Geografiya 10 sinf 2017. indd


quyidagi  jadvalni  to‘ldiring



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

 
quyidagi  jadvalni  to‘ldiring
:
Tabiiy geografi k o‘rin ko‘rinishlari
Janubi-g‘arbiy va Janubiy Osiyo 
davlatlari
Dengiz chegaralariga ega bo‘lgan davlatlar
Quruqlik ichkarisida joylashgan davlatlar
Orol davlatlar
Yarimorol davlatlar
Arxipelag davlatlar


123
29-§. SHARQIY VA JANUBI – SHARQIY OSIYO 
DAVLATLARI 
Sharqiy  Osiyo  davlatlari.
  Osiyoning  sharqiy  qismida  joylashgan 
hududlari  Sharqiy  Osiyo  subregioni  hisoblanadi.  Shimoliy,  g‘arbiy, 
janubiy  qismlaridan  mintaqaning  quruqlik  chegaralari  o‘tsa,  sharqi 
Yapon,  Sariq,  Sharqiy  Xitoy,  Janubiy  Xitoy  dengizlari  zanjiri  bilan 
o‘ralgan.  Uning  umumiy  maydoni  11,8  mln  km
2
,  aholisi  soni  esa  1,5 
mlrd.dan  ortiq.  Mazkur  mintaqa  Yer  shari  quruqlik  maydoning  deyarli 
8%  ini  egallaydi;  dunyo  aholisining  22,2%  ni  o‘z  ichiga  oladi;  dunyo 
bo‘yicha  YMM  ning  1/4  qismidan  ortiq  shu  mintaqa  hissasiga  to‘g‘ri 
keladi.  Subregion  hududida  5  ta  mustaqil  davlat  joylashgan. 
Sharqiy  Osiyo  subregioni  Osiyoning  maydon  jihatdan  eng  katta 
mintaqasi  hisoblanadi.  Uning  davlatlari  orasida  Xitoy  maydon  katta-
ligiga  ko‘ra  jahonda  uchinchi,  aholi  soniga  ko‘ra  esa,  birinchi  o‘rinni 
egallaydi.  Koreya  Respublikasi  mintaqaning  maydon  jihatdan  kichik 
davlati  hisoblansa,  Mongoliya  aholi  soniga  ko‘ra  guruhda  so‘nggi 
o‘rinni  egallaydi.  Subregion  davlatlarining  yana  bir  o‘ziga  xos  jihati 
shuki,  har  bir  davlat  o‘z  siyosati,  rivojlanish  holatiga  ko‘ra  deyarli 
bir-biriga  o‘xshamaydi.  Bu  yerda  bozor  iqtisodiyoti  talablarini  o‘zi-
da  singdirgan  sotsialistik  tuzum  asosida  rivojlanayotgan  Xitoy  Xalq 
Respublikasi,  jahonning  eng  harbiylashgan,  yopiq  davlat  siyosat  yuri-
tuvchi,  totalitar  tuzumga  ega  bo‘lgan  Koreya  Xalq  Demokratik  Res-
publikasi  (KXDR),  mintaqadagi  yagona  monarxiya  tuzumiga  ega 
bo‘lgan,  jahonning  iqtisodiy  jihatdan  eng  rivojlangan  davlatlaridan 
biri  –  postindustrial  davlat  Yaponiya,  yangi  sanoatlashgan  davlat  – 
Koreya  Respublikasi  bilan  bir  qatorda  iqtisodiyoti  nisbatan  past  dara-
jada  rivoj langan  Mongoliya  joylashgan. 
To‘g‘ridan  to‘g‘ri Tinch  okeaniga  chiqish  imkoniyatiga  ega  (Mongoli-
yadan  tashqari)  ekanligi,  subregionning  qadimiy  sivilizatsiya  markaz-
laridan  biri  ekanligi  geografi k  o‘rnining  ijobiy  jihatlari  hisoblansa,  g‘ar-
biy  va  janubiy  qismlarining  baland  tog‘liklardan  iboratligi,  asosiy  qismi 
Tinch  okeanbo‘yi  seysmik  zonasida  joylashganligi,  salbiy  jihat  sifatida 
namoyon  bo‘ladi.
Sharqiy  Osiyo  davlatlari  relyef  xususiyatlari  nisbatan  o‘xshash. 
Barcha  davlatlarda  tog‘li  hududlar  katta  maydonni  tashkil  qiladi.  Shu 


124
bilan  bir  qatorda,  Gobi,  Taklamakon  kabi  cho‘llar  ham  mavjud.  Tog‘ol-
di,  daryo  vodiylari,  dengizbo‘yi  hududlari  mintaqaning  asosiy  tekislik 
hududlarini  tashkil  qiladi  (24-rasm).
          Taklamakon  cho‘li                 
Yaponiya                                    Tibet  tog‘lari
24-rasm.
  Sharqiy  Osiyo  mamlakatlari  tabiati  manzaralari
Sharqiy  Osiyo  davlatlari,  asosan,  mo‘tadil,  subtropik  va  subekvato-
rial  mintaqalarda  joylashgan.  Mazkur  davlatlar  iqtisodiyotida  ularning 
hududida  mavjud  bo‘lgan  tabiiy  resurslar  katta  ahamiyatga  ega.  Mineral 
resurslarning  turli  ko‘rinishlari  Yaponiyadan  boshqa  barcha  davlatlarda 
tarqalgan  bo‘lsa,  Yaponiya,  Koreya  yarimoroli  davlatlari  suv  resurslar-
iga  boyligi  bilan  ajralib  turadi.  Undan  tashqari,  yer  (Xitoy),  o‘rmon 
(Xitoy,  Koreya  yarimoroli  davlatlari),  rekreatsion  (Yaponiya,  Xitoy,  Ko-
reya  Respublikasi)  resurslar  ham  katta  iqtisodiy  ahamiyatga  ega.
Subregion  aholi  soni,  uning  zichlik  darajasi  yuqori  bo‘lgan  hudud-
lardan  biri  hisoblanadi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  omili  Yaponiya, 
Koreya  Respublikasi  aholisining  tabiiy  ko‘payish  darajasiga  salbiy 
ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Ularda  tug‘ilish  darajasi  pastligi  sababli  aholi 
orasida  katta  yoshlilar  hamda  qariyalarning  salmog‘i  ortib  bormoqda. 
Xitoyda  aholi  sonining  sekin  o‘sishiga,  bu  yerda  so‘nggi  yillargacha 
olib  borilgan  aholi  sonini  qisqartirishga  qaratilgan  demografi k  siyosat 
sabab  bo‘lmoqda.  Mintaqa  davlatlari  orasida  KXDR  va  Mongoliyada 
tabiiy  ko‘payish  jarayoni  yuz  bermoqda.  Subregionda  aholi  o‘rtacha 
zichligi  1  km
2
ga  136  kishiga  teng.  Aholi  zichlik  ko‘rsatkichlari  Koreya 
Respublikasida  eng  yuqori  (1  km
2
ga  510  kishi),  Mongoliyada  esa  eng 
past  (2  kishi). 
Subregionda  o‘rtacha  urbanizatsiya  darajasi  58%  bo‘lgan  holda,       
uning  davlatlari  orasida  iqtisodiyoti  rivojlangan  Yaponiya  (93%),  Ko-
reya  Respublikasida  (82%)  baland,  KXDRda  esa  past  (60%)  ko‘rsat-
kichlar  kuzatiladi.  Sanoatida  konchilik  (Xitoy,  Mongoliya,  KXDR), 


125
yoqilg‘i-energetika  (Xitoy,  Koreya  Respublikasi,  Yaponiya),  qora  va 
rang li metallurgiya (Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi), mashinasoz-
lik  (Xitoy,  Yaponiya,  Koreya  Respublikasi),  kimyo  (Xitoy,  Yaponiya, 
Koreya  Respublikasi,  KXDR),  o‘rmon  va  yog‘ochsozlik  (Xitoy,  Koreya 
Respublikasi),  yengil  va  oziq-ovqat  (subregionning  barcha  davlatlari) 
tarmoqlari  muhim  ahamiyatga  ega.  Turli  tarmoqlarda  sanoat  mahsu-
lotlari  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  Xitoy,  Yaponiya,  Koreya  Respublikasi 
davlatlari  jahonda  yetakchi  davlatlardan  hisoblanadilar.  Ayniqsa,  ushbu 
davlatlarning  qora  metallurgiya,  kemasozlik,  avtomobilsozlik,  elektroni-
ka  va  elektrotexnika,  kimyo  sanoatlaridagi  ulushi  katta. 
Sharqiy  Osiyo  davlatlari  iqtisodiyotida  qishloq  xo‘jaligi  katta 
ahamiyatga  ega.  Mongoliya  va  Yaponiya  qishloq  xo‘jaligida  chor-
vachilikning,  qolgan  davlatlarda  esa  dehqonchilikning  hissasi  yuqori. 
Dehqonchilik  tarmoqlaridan  donchilik  (bug‘doy,  sholi,  makkajo‘xo-
ri),  texnik  ekinlar  yetishtirish  (paxta,  tamaki,  choy,  kartoshka, 
soya),  bog‘dorchilik  yaxshi  rivojlangan.  Chorvachilikda  qoramol-
chilik,  cho‘chqachilik,  parrandachilik  va  baliqchilik  muhim  o‘rin 
tutadi.  Mongoliyada  qo‘y  va  echkichilik,  yilqichilik,  tuyachilik  va 
bug‘uchilik  tarmoqlari  ham  rivojlangan.  Transportida  quruqlik  trans-
porti  muhim  ahamiyatga  ega.  Dengizbo‘yida  joylashgan  davlatlarda 
suv  transporti  ham  yaxshi  rivojlangan. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish