Geografiya 10 sinf 2017. indd


Janubi-sharqiy  Osiyo  davlatlari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Janubi-sharqiy  Osiyo  davlatlari.
  Janubi-sharqiy  Osiyo  subre-
gioni  tarkibiga  Hindixitoy  yarimoroli,  Malay  arxipelagi  orollari, 
Yangi  Gvineyaning  g‘arbiy  qismi  kiradi.  Uning  maydoni  4,5  mln 
km
2
  bo‘lib,  umumiy  quruqlik  maydonining  3%  ni  egallaydi.  Aholi-
si  soni  630  mlnga  yaqin.  Ya’ni  bu  subregionda  jahon  aholisining 
8,5%  dan  ko‘prog‘i  istiqomat  qiladi.  Geografik  joylashuvi  jihatidan 
Vyetnam,  Kambodja,  Laos,  Myanma,  Tailand  va  Malayziya  yarim-
orol,  Bruney,  Indoneziya,  Singapur,  Filippin  va  Sharqiy  Timor  esa 
orol  davlatlar  hisoblanadi.  Bu  yerda  maydon  kattaligi,  aholi  soni,  ij-
timoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasiga  ko‘ra  bir-biridan  farq  qiluvchi 
11  ta  davlat  joylashgan.  Ular  orasida  faqat  Laos  quruqlik  ichkarisi-
da  joylashgan  davlat  bo‘lganligi  sababli  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  dengizga 
chiqa  olmaydi. 
Davlatlarning  4  tasi  monarxiya  boshqaruv  shakliga  ega.  Ma’mu-
riy-hududiy  tuzilishiga  ko‘ra,  Malayziya  va  Myanma  davlatlari  federa-
tiv  davlatlar  hisoblanadi. 


126
Hind  va  Tinch  okeanlari  oralig‘ida  joylashganligi;  mintaqa  davlatlari 
iqtisodiyoti  rivojida  ikki  yirik  sivilizatsiya  –  Xitoy  va  Hindiston  ta’sir-
ining  kuchli  ekanligi;  buyuk  geografi k  kashfi yotlar  davrida  rivojlanishni 
boshlagan  xalqaro  savdo  va  dengiz  yo‘llari  ustida  joylashganligi  mint-
aqa  geografi k  o‘rnining  asosiy  xususiyatlari  hisoblanadi. 
Subregion  relyefi da  tog‘li  va  tekislik  hududlar  salmog‘i  deyarli  teng. 
Mintaqada  yirik  tekislik  hududlari  mavjud  emas.  Asosan,  subekvatorial 
va  ekvatorial  iqlim  mintaqalarida  joylashgan  bo‘lib,  iqlim  xususiyatlari 
bu  yerda  doimiy  yashil  tropik  o‘rmonlarning  mavjud  bo‘lishiga  sababchi 
bo‘lgan.  Mintaqaning  42%  hududi  o‘rmonlar  bilan  qoplangan.  Suv  re-
surslari  bilan  yaxshi  ta’minlangan.  Mekong,  Iravadi,  Chao-Praya,  Xongxa 
daryolari  eng  asosiy  chuchuk  suv  manbalari  hisoblanadi.  Mintaqaning 
yirik  daryolari,  asosan,  yarim  orol  davlatlar  hududidan  oqib  o‘tadi.
Dunyo  okeani  biologik  resurslari  ham  davlatlar  iqtisodiyotida  katta 
ahamiyatga  ega.  Ular  aholi  tomonidan  iste’molda  keng  foydalaniladi. 
Malay  arxipelagining  ba’zi  orollarida  tabiiy  dur  yetishtiriladi. 
Mintaqa  tabiiy  resurslari  orasida  mineral  resurslar  muhim  iqtisodiy 
ahamiyatga  ega.  Myanma  hududidan  to  Indoneziyagacha  cho‘zilgan  qa-
lay-volfram  belbog‘i  o‘tgani  sabab  barcha  yarimorol  davlatlari  hamda 
Indoneziya  hududidan  katta  miqdorda  qalay  rudalariga  qazib  olinadi. 
Subregion  qalayning  umumiy  zaxiralari  bo‘yicha  jahonda  birinchi  o‘rin-
ni  egallaydi.  Surma  zaxiralari  bo‘yicha  Janubi-sharqiy  Osiyo  qit’ada 
birinchi,  jahonda  esa  ikkinchi  o‘rinni  egallaydi.  Bundan  tashqari,  ushbu 
hududdan  neft  (Indoneziya,  Malayziya,  Bruney),  toshko‘mir  (Vyetnam, 
Indoneziya),  uran  rudalari  (Indoneziya,  Filippin),  oltin  (Myanma,  Vyet-
nam,  Filippin),  volfram  (Myanma,  Tailand),  boksit  (Indoneziya,  Filip-
pin,  Malayziya)  kabi  mineral  resurslar  ham  qazib  olinadi.
Janubi-sharqiy  Osiyoning  deyarli  barcha  davlatlarida  aholining  tabiiy 
ko‘payish  darajasi  yuqori.  Bunga  birinchi  navbatda  milliy,  diniy  omillar 
katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Indoneziya,  Filippin,  Vyetnam  mintaqaning  aho-
li  soni  ko‘p  bo‘lgan  davlatlari  hisoblanadi.  Janubi-sharqiy  Osiyo  hudu-
dida  200  dan  ortiq  xalqlar  yashaydi.  Ular  orasida  malayliklar,  laolar, 
tayliklar,  vyetnamliklar,  semanglar,  birmaliklar,  fi lippinliklar,  yavaliklar, 
xitoylar  katta  salmoqa  ega. 
Indoneziya,  Malayziya,  Bruneyda  islom  diniga  e’tiqod  qiluvchi-
lar  oldingi  o‘rinda  turadi.  Tailand,  Laos,  Kambodja,  Myanma  hamda 
Vyetnamda  buddizm,  Singapurda  esa  konfusiylik  dini  keng  tarqalgan. 


127
Ayrim  davlatlarda 
katoliklarning  sal-
mog‘i  katta  (Filippin,  Sharqiy  Timor).
Subregionda  o‘rtacha  zichlik  1  km-
2
ga  140  kishini  tashkil  etadi.  Kichik 
hududli  davlatlarda  bu  ko‘rsatkich  an-
cha  yuqori  (masalan,  Singapurda  o‘rt-
acha  zichlik  1  km

ga  8000  kishidan 
oshadi).
Urbanizatsiya  darajasi  50%  atrofi da. 
Industrlashgan  hududlarda  bu  ko‘rsat-
kich  yuqori  (Singapurda  100%),  qish-
loq  xo‘jaligi  iqtisodiyotida  katta  sal-
moqqa  ega  davlatlarda  esa  past  (Sharqiy  Timor  30%  atrofi da).  Jakarta, 
Bangkok,  Manila  mintaqaning  eng  yirik  shaharlari  bo‘lib  hisoblanadi 
(25-rasm). 
Mintaqa  davlatlari  tarixiy  rivoj lanishida  Xitoy  va  Hindistonning  ta’si-
ri  katta  bo‘lsada,  ushbu  davlatlarning  aksariyat  qismi  o‘z  ijtimoiy-iqti-
sodiy  taraqqiyot  yo‘lini  belgilashda  yapon  modeliga  murojaat  qilish-
gan.  Natijada  Janubi-sharqiy  Osiyo  davlatlari  ichida  Singapur,  Tailand, 
Malayziya  kabi  yangi  sanoatlashgan  davlatlar  (so‘nggi  yillarda  ijti-
moiy-iqtisodiy  ko‘rsatkichlarda  ijobiy  o‘zgarishlar  yuz  berayotgan  rivoj-
lanayotgan  davlatlar  guruhi)  soni  ortib  bormoqda.  Bundan  tashqari,  bu 
yerda  Bruney  kabi  neft  eksport  qiluvchi  davlat,  Sharqiy  Timor,  Laos 
kabi  iqtisodiyoti  past  darajada  rivojlangan  davlatlar  ham  mavjud.
Subregionda  konchilik  (deyarli  mintaqaning  barcha  davlatlarida), 
yoqilg‘i-energetika  (Indoneziya,  Malayziya,  Bruney  va  b.),  rangli  me-
tallurgiya  (Indoneziya,  Malayziya,  Tailand,  Vyetnam  va  b.),  mashina-
sozlik  (Indoneziya,  Singapur,  Malayziya  va  b.),  kimyo  (Indoneziya, 
Malayziya,  Singapur,  Vyetnam  va  b.),  yengil  va  oziq-ovqat  (deyarli 
mintaqaning  barcha  davlatlarida)  sanoatlari  tarmoqlari  rivojlangan.
Qishloq  xo‘jaligida  dehqonchilik  ustun  soha  bo‘lib,  sholi  asosiy 
ekin  turi  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  mintaqa  davlatlarida  turli  zira-
vorlar,  choy,  kofe,  kopra,  geveya  (tabiiy  kauchuk  olish  uchun)  kabilar 
ham  yetishtiriladi.  Chorvachilikda  baliqchilik  rivojlangan.  Geografi k 
o‘rin  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda,  Janubi-sharqiy  Osiyo  dav-
latlari  uchun  asosiy  transport  turlari  suv  va  avtomobil  transporti  hi-
soblanadi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish