Geografiya 10 sinf 2017. indd


Tabiiy  geografi k  jarayonlar



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

Tabiiy  geografi k  jarayonlar
  deb,  Yerning  tashqi  (ekzogen)  kuchlari 
va  inson  xo‘jalik  faoliyati  ta’sirida  sodir  bo‘ladigan  jarayonlarga  aytiladi. 
Tabiiy  geografik  jarayonlar  tog‘  jinslarining  yemirilishida,  tog‘ 
jinslari  fizik  holatining  o‘zgarishida,  yer  yuzasi  relyefining  shakl-
lanishi  va  o‘zgarishida,  atmosfera  hodisalari  rivojlanishida  namoyon 
bo‘ladi.  Ular  rivojlangan  hududlarda  turli  xil  inshootlarni  joylashti-
rish,  qurish  va  ishlatishda  ma’lum  bir  qiyinchiliklar  yuzaga  keladi. 
Shuning  uchun  bunday  jarayonlar  rivojlangan  va  tarqalgan  joylarda 
turli  xil  inshootlar  qurishning  ilmiy  asoslarini  ishlab  chiqish  muam-
mosi  vujudga  kelmoqda.
Sel,  surilma,  ko‘chki,  botqoqlanish,  ko‘p  yillik  muzloq,  qurg‘oqchilik, 
o‘pirilma  tarqalgan  joylarda  qurilish  ishlari  olib  borish  uchun  hozirgi 
paytda  maxsus  qoidalar,  yo‘riqnomalar  ishlab  chiqilgan.
Tabiiy  omillar,  o‘z  navbatida,  ikki  katta  guruhga  bo‘linadi:  Yerning 
ichki  kuchlari  bilan  bog‘liq  va  tashqi  kuchlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
omillar.
Yerning  ichki  kuchlari 
endogen 
(yunoncha  «endo»  –  ichki,  «genos» 
–  kelib  chiqish)  kuchlar  deb  ataladi.  Ular  ta’sirida  vulqonlar  otiladi, 
zilzilalar,  tektonik  harakatlar  sodir  bo‘ladi.  Bunday  jarayonlar  endogen 
yoki  geologik  jarayonlar  deb  ataladi.
Tashqi  omillar
 ekzogen
  (yunoncha  «ekzo»  –  tashqi,  «genos»  –  kelib 
chiqish)  omillar  yoki  kuchlar  deb  ataladi.  Tashqi  kuchlar  ta’sirida  vu-
judga  keladigan  jarayonlar  ekzogen  jarayonlar  yoki  tabiiy  geografi k  ja-
rayonlar  deb  ataladi.  Bunday  jarayonlar  Quyosh  issiqligi,  og‘irlik  kuchi, 
yer  usti  va  osti  suvlari  hamda  organizmlar  ta’sirida  vujudga  keladi  va 
rivojlanadi.  Ekzogen  jarayonlarga  nurash,  eroziya,  abraziya,  defl yatsiya, 
surilma,  karst,  sel,  qor  ko‘chkisi  kabi  hodisalar  kiradi.
Nurash
  deb,  haroratning  o‘zgarishi,  kimyoviy  jarayonlar,  atmosfera, 
suv  va  organizmlar  ta’sirida  tog‘  jinslarining  yemirilishiga  aytiladi.  Nu-
rash  uch  turga  ajratiladi: 
fi zik,  kimyoviy  va  organik
  nurash.
Fizik
 
nurash
,  asosan,  harorat  va  namlikning  o‘zgarishi  natijasida  sodir 
bo‘ladi.  Kunduzi  havo  haroratining  ko‘tarilib  ketishi  natijasida  tog‘  jinslari-
da  darzlar  hosil  bo‘lib,  ular  bo‘laklarga  bo‘linib  ketadi. Ammo  tog‘  jinsla-


56
rining  kimyoviy  tarkibi  o‘zgarmaydi.  Fizik  nurash  cho‘llarda  va  qoyali 
tog‘larda  keng  tarqalgan.
Kimyoviy
 
nurash
  deb,  havo,  suv  ta’sirida  tog‘  jinslarining  yemirilishi 
va  kimyoviy  o‘zgarishiga  aytiladi.  Kimyoviy  nurash  ta’sirida  barqaror 
minerallar  hosil  bo‘ladi.
Organik
 
nurash
  deb,  tog‘  jinslarining  organizmlar  (o‘simlik,  hayvo-
not  dunyosi,  mikroorganizmlar)  ta’sirida  yemirilishiga  aytiladi.
Eroziya
  (lotincha  «erosio»  –  yemirish,  yuvilish)  deb  tog‘  jinslari 
va  tuproqning  oqar  suvlar  ta’sirida  yuvilishiga  aytiladi.  Eroziya 
yu-
zalama 
va 
chiziqli
  turlarga  bo‘linadi. 
Yuzalama eroziya
  jarayoni  tog‘ 
yonbag‘irlarida  keng  tarqalgan.  Uning  oqibatida  tog‘  yonbag‘irlarida-
gi  jinslar  yuvilib,  pastga  tushadi.  Yumshoq  jinslardan  tashkil  topgan 
qiya  joylarda  yuvilish  natijasida  jarlar  vujudga  keladi. 
Chiziqli eroziya
 
daryo  eroziyasi  deb  ham  ataladi.  Buning  natijasida  daryo  o‘zanlari  va 
qirg‘oqlari  yuviladi.
Daryo  qirg‘oqlarining  yuvilishi  Xorazm  va  Qoraqalpog‘istonda  «dey-
gish»  deyiladi.  Amudaryo  1925-yilda  sobiq  To‘rtko‘l  shahrining  yaqi-
nidan  oqqan.  1938-yilga  kelib  Amudaryo  shaharni  yuvib  keta  boshladi, 
1950-yilga  kelib  esa  daryo  To‘rtko‘l  shahrini  butunlay  yuvib  ketgan. 
Keyinchalik  daryodan  ancha  uzoqda  yangi,  hozirgi  To‘rtko‘l  shahri 
bunyod  etildi.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish