Geografiya 10 sinf 2017. indd


-§. ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/140
Sana18.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#386889
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140
Bog'liq
Geografiya o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsu (1)

11-§. ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR
Yer  yuzida  inson  paydo  bo‘libdiki,  to‘xtovsiz  ravishda  tabiatga 
ta’sir  ko‘rsatib,  undan  foydalanish  va  o‘ziga  qulay  qilish  maqsadida 
o‘zgartirib  kelmoqda.  Insonning  xo‘jalikdagi  faoliyati  ta’siri 
antropo-
gen ta’sir 
deyilib,  uning  oqibatida  geotizimlarning  o‘zgarish  darajasi, 
miqyosi  va  jadalligi  turlicha  bo‘ladi.  Bu  bir  tomondan  geotizimlar-
ning  o‘ziga  xos  tabiiy  xususiyati  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  ikkinchi  tomon-
dan  insonning  geotizimga  ta’sir  ko‘rsatishiga  bog‘liqdir. 
Geotizimlarning  tabiiy  xususiyatlari,  ya’ni  o‘zini  o‘zi  boshqarishi 
va  qayta  tiklanish  xususiyatining  kuchli  yoki  kuchsizligi,  antropo-
gen  ta’sirga  chidamliligi  yoki  chidamsizligi  turli  geotizimlarda  har 
xil  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga,  inson  faoliyati  ham  turlichadir.  Masalan, 
inson  geotizimlarga  konchilik  sanoati  orqali  bir  xil  ta’sir  ko‘rsatsa, 
shahar  qurilishida  boshqa  xil,  dehqonchilik,  chorvachilik,  o‘rmon 
xo‘jaligida  esa  yana  boshqacharoq  ta’sir  etadi.  Natijada  har  xil  dara-
ja  va  ko‘rinishda  inson  uchun  ijobiy  va  salbiy  o‘zgargan  geotizimlar 
hosil  bo‘ladi. 
Ko‘pincha  insonning  xo‘jalik  faoliyati  ma’lum  tabiat  komponentlari 
bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Lalmi  dehqonchilikda  tuproq,  chorvachilikda  va 
o‘rmonchilikda  o‘simlik  (o‘t  o‘simliklar  va  daraxt),  konchilik  sanoati-
da  tog‘  jinsi  (foydali  qazilma)  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Binobarin,  ushbu 
komponentlar  o‘sha  hududlarda  ma’lum  darajada  o‘zgarishga  uchray-
di.  Ba’zan  bu  o‘zgarishlar  boshqa  komponentlarning  ham  u  yoki  bu 
darajada  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Ayrim  xo‘jalik  sohalarida  inson 
ikki  va  undan  ortiq  tabiat  komponentlari  bilan  munosabatda  bo‘ladi. 
Sug‘oriladigan  dehqonchilikda  tuproq  va  suv,  sanoat  ishlab  chiqarishi-
da  tuproq,  suv,  havo,  o‘simlik  bilan  munosabatda  bo‘ladi.
Tabiat  komponentlarining,  shuningdek,  yonma-yon  geotizimlarning  
uzviy  bog‘liqligi  komponentlardan  biriga  biror  maqsadda  qilingan  ta’sir, 
ko‘pincha  boshqa  komponentlarga  ataylab  qilinmagan  ta’sirning  sodir 
bo‘lishiga  olib  keladi  (suvomborlarini  qurish  –  atrofdagi  yerlarni  suv 
bosishiga,  yerosti  suvlarining  olinishi  –  yer  yuzasining  cho‘kishiga  va 
h.k.).  Aslida,  xo‘jalik  faoliyatining  deyarli  barcha  turi  (ishlab  chiqarish, 
rekreatsiya,  tabiatni  muhofazalash,  ilmiy-tekshirish)  amalda  doimiy  yoki 
vaqti-vaqti  bilan  geotizimlarga  ta’sir  etadi.  Mazkur  ta’sirning  miqyosi, 
tezligi  va  boshqa  ko‘rsatkichlari  asosida  geotizimlar  ma’lum  darajada 


46
o‘zgarishga  uchraydi.  Geotizimlardagi  o‘zgarish,  o‘z  navbatida,  aholi-
ning  sog‘lig‘i  va  xo‘jalik  faoliyatida  ijobiy  yoki  salbiy  oqibatlarni  kel-
tirib  chiqaradi. 
Aslini  olganda,  geotizimlar  juda  ko‘p  va  turli-tuman  omillar  ta’siri-
da  shakllanadi,  rivojlanadi,  o‘zgaradi.  O‘tgan  asrning  70-yillariga  kelib, 
inson  xo‘jalik  faoliyati  ta’sirida  o‘zgargan  geotizimlarni 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish