Geografik o‘rni va chegaralari Tabiiy sharoiti va resurslari



Download 28,77 Kb.
bet8/12
Sana11.01.2017
Hajmi28,77 Kb.
#37
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Qishloq xo‘jaligi. Nil vodiysi dunyo dehqonchiligining qadimiy o‘cho‘qlaridan biri. Dehqonlar (dehqon- fallahlar) ko‘p sonli ijtimoiy guruhlarni tashkil etadi. 1960-70-yillarda Sovet Ittifoqi bilan hamkorlikda Nilda Asvon shahrida baland to‘gon qurildi va dunyoda suv ombori hajmi bo‘yicha eng kattasidir. Nil oqimini tartibga solish orqali mamlakatda ekin maydonlar deyaeli ⅓ qismga ko‘paydi. Shu bilan birga Asvon gidroenergiya majmuasining qurilishi qishloq xo‘jaligi uchun bir qator salbiy oqibatlarga olib keldi. Nilda mavsumiy to‘lin suvlilikni tugatilishi bilan asrlar davomida tuproqlar uchun asosiy o‘g‘it hisoblangan hosildor ilni Nil keltirmay qo‘ydi.

Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i – dehqonchilikdir. Ekin maydonlari hajmi jihatidan donli va dukkakli osimliklar ustun turadi (2/5). Asosiy oziq-ovqat o‘simligi (aholining ozuqa ratsionini 80%i) – makkajo‘xori va bug‘doy hamma yerda yetishtiriladi, lekin ular mahalliy ehtiyojni qondirmaydi. Misr dunyoda donli ekinlar tarqalishining markazlaridan biridir lekin hozirgi vaqtda dunyoda eng yirik don importyorlaridan biri. Sholi mamlakat uchun yangi o‘simlik bo‘lib, deltaning shimoliy qismi va vohalarda yetishtiriladi. Misrliklarning oziq-ovqat ratsionida dukkaklilar katta o‘rinni egallaydi. Ekin maydonlarining 10%i sabzavot ekinlari balan band.

Muhim eksport ekini – paxta ( ekin maydonining 10-20%i). Misr o‘ta uzun tolali paxta yetishtiruvchi yirik davlatlardan biridir, dunyoda sifati bo‘yicha tengi yo‘q. Qiymati jihatidan paxta eng muhim ekindir (barcha qishloq xo‘jalik maxsulotlari qiymatining ¾ qismi).

Chorvachilik ozuqa bazasining nisbatan pastligi tufayli yaxshi rivojlanmagan. Qadimda mollardan asosan tortish kuchi sifatida foydalanilgan. Hozirgi vaqtda ozuqa ekinlaridan katta hosil olinishi tufayli bir qator fermalar intensiv sut chorvachiligiga ixtisoslashgan, asosan pishloq ishlab chiqariladi.



Transporti. Mamlakatda yuk tashishning katta qismi avtomobil transportiga to‘g‘ri keladi. An’anaviy suv transporti katta ahamiyatga ega (Nil va magistral kanallarda yuk tashish). Quvur transporti rivojlanmoqda. Neft quvurlari asosiy ahamiyatga ega bo‘lib Suvayshdagi konlarni neftni qayta ishlovchi va iste’mol qiluvchi – Qohira va Aleksandriya bilan bog‘laydi.

Asosiy dengiz porti – Aleksandriya (mamlakat yuk aylanmasining 2/3 qismi), Port-Said, Suvaysh (Suvaysh kanalidagi tranzit baza; bu port shaharlar erkin sanoat zonasi deb e’lon qilingan).

Misr transport tizimida Suvaysh kanali xalqaro ahmiyatga ega bo‘lgan transport kommunikatsiyasi asosiy o‘rinni egallaydi. U orqali 10-15% dengizdagi xalqaro yuk tashish amalga oshiriladi. Kanal uzunligi- 173km, kengligi- 85m, chuqurligi- 19,5m. Kanalga xizmat qiluvchilar 14,5ming kishi, biroq undan keladigan daromadlar neftdan keladigan daromadlarga teng. Suvaysh kanalining “poytaxti” Ismoiliya shahri hisoblanadi. Shaharda kanalning ma’muriy kengashining rezedensiyasi, ilmiy markaz joylashgan.


Download 28,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish