Geografik o‘rni va chegaralari Tabiiy sharoiti va resurslari


Xo‘jalik rivojining asosiy muammolari



Download 28,77 Kb.
bet6/12
Sana11.01.2017
Hajmi28,77 Kb.
#37
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xo‘jalik rivojining asosiy muammolari. Yuz yillar mabaynida sug‘oriladigan Nil vodiysi va deltasidagi dehqonchilik misrliklarni katta qismi uchun mehnat faoliyatining asosiy manbai hisoblanar edi. XIX asrda Misrning Britaniyani yarim mustamlakasiga aylantirilishi bilan vaziyat o‘zgara boshladi. Inglizlar o‘zining to‘qimachilik fabrikalarini paxta bilan ta’minlash uchun ommaviy paxta ekishni o‘zlashtirishi oziq-ovqat ekin maydonlarini qisqarishiga olib keldi.

XX asrda demografik portlash, dehqonchilikda asta-sekin texnika ta’minotining ortishi va mahsuldorlikni ortishi bilan aholi o‘rtasida agrar muammolarni keltirib chiqardi. Yer maydonlarini bo‘lib berish shunga olib keldiki. Hozirgi vaqtda barcha dehqonchilik xo‘jaliklarini yarmi (3mln atrofida) 3 feddandan kam (1feddan=0,42ga), 96%i esa 5 feddandan kam yerga ega. Qishloq aholisi saharga intilmoqda, biroqshaharlarda iqtisodiy baza yetarli darajada rivojlanmagan. Bir qator yirik sanoat korxonalari Misrda XX asrning ikkinchi yarmida qurilgan.

Nil bo‘yi dehqonchilik yerlari maydoni bo‘yicha Shveysariyadan kichik bo‘lib, aholisi bo‘yicha deyarli o‘n marta ortiq. 90-yillar o‘rtalaridan Misr sug‘oriladigan yerlar maydonini kengaytirish bo‘yicha katta loyihani amalga oshirishga kirishdi. Nilning chap sohiliga parallel bo‘lgan Nosr ko‘lidan Aleksandriyagacha magistral kanal qurish boshlandi. Bu Liviya cho‘lida texnogen vohalar tashkil etish va qishloq xo‘jaligida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beradi.

“Ortiqcha aholi” muammosi - zamonaviy Misrning bosh ijtimoiy-iqtisodiy muammosidir. “Ortiqcha aholi”ni minimal yashash darajasini ta’minlash uchun davlat oziq-ovqat mahsulotlarini subsidiyalar bilan ta’minlashga va import qilishga majbur.

“Ortiqcha aholi” muammosini hal qilishning muhim bo‘g‘ini Misrda ishchi kuchini eksport qilish hisoblanadi. 80-yillarda Misrdan tashqarida 4 mln.misrlik ishchilar bo‘lgan (noqonuniy emigrantlar bilan 5 mln gacha), shundan ¾ qismi Fors ko‘rfazi mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Mamlakat aholisining deyarli yarmi dengizorti iqtisodiga qaram. 80-yillarda emigrantlarning valyuta o‘tkazmalari neft va paxta eksporti, hamda Suvaysh kanali xizmatidan tushadigan daromadlardan ortib ketdi.

Mehnat emigratsiyasi “ortiqcha” misrliklarni turmush darajasini qo‘llab-quvvatlashda muhm rol o‘ynaydi. Biroq emigratsiya iqtisodiy rivojlanish muammosini hal qila olmadi. Emigratsiyaga “ortiqcha” bo‘lmagan aholi, yosh va ishga yaroqli erkaklar jo‘nar edi. Misr emigratsiya oqimi bilan minglab malakali ishchilardan maxrum bo‘ldi. Bo‘sh ish o‘rinlarini yangi ishsiz fallahlar o‘zining past malakasi hamda savodsizligi bilan band qila olmadi. Malakali misrlik emigrantlar xorijda ancha past malakali ishlarda ishlashadi va mamlakatga oldingi malakasini yoqotgan holda qaytishadi. Bu, shuningdek dehqon- emigrantlarga ham taalluqli bo‘lib, ulardan xorijda qora ishchi sifatida foydalanishadi, ular qytgandan so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlariga qiziqishi yo‘qolgan bo‘lar edi.

Hozirgi vaqtda Fors ko‘rfazidagi boy monarxiyalar infratuzilma qurilishida birmuncha katta hajmdagi ishlarning yakunlanishi bilan shuningdek Iroqdagi siyosiy vaziyatning notinchligi bilan Misr emigrantlarining “reimport” jarayoni kuzatilmoqda (Iroq Misr ishchi kuchlarini eng yirik importyori edi). So‘nggi besh yil ichida Misr migratsiyasidagi saldo nisbiy bo‘lib, 300 ming kishini tashkil etadi.


Download 28,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish