Sanoati. 1960-yillardan boshlab Eron hukumati mamlakatni sanoatlashtirish siyosatini olib bormoqda, uning sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga o‘zgartirish kiritish harakatini olib bormoqda. Neftdan kelayotgan daromadlariga tayanib Eron diversifikatsiya o‘tkazmoqda, ya’ni o‘z iqtisodiyotining turli-tuman strukturalarining (tuzilishlarining) kuchaytirishga intilmoqda. Bu mamlakat uchun yangi bo‘lgan metallurgiya, mashinasozlik, avtomobilsozlik, kimyo, elektrotexnika, neftni va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sanoat tarmoqlari tuzildi.
Og‘ir sanoat. So‘nggi 30 yil ichida Eronda eronliklar orzu qilgan og‘ir sanoat tashkil etildi, ya’ni sanoat mamlakatda eng yangi zamonaviy texnika bilan jihozlanmoqda. 1973-yilda Isfaxonda birinchi metallurgiya zavodi ishga tushdi. 1972-yil Erak va Tabrizda mashinasozlik zavodlari ishga tushdi. Faqat 70-chi yillarning boshida 115 ta sanoat ob’ektlari ishga tushirildi, shu jumladan Bander-Shoxnurdagi transeron (eron orasidagi aloqaga oid) gazoprovodi, Xavftepadagi sellyuloz-qog‘oz kombinati va h.k. qurildi.
Bandar-Abbosda, Axvazda, Bushirda, Seraxs va Mashxadda po‘lat eritish zavodlari ishga tushirildi. Fors ko‘rfazi sohillaridagi Axvaz va Bushirda Xindistondan keltirilayotgan temir rudasi va yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanayotgan metallurgiya zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatda sarflnayotgan mablag‘ning 45%i davlat sektoriga tegishli.
Eronga xorijiy va xususiy sarmoya aralash xolda kirib kelmoqda (Eron sarmoyasi bilan birgalikda). 1974-yil Eronda yiliga 10 ming. avtomobil chiqaradigan katta eron-amerika «Jeneral Motors-Eron» zavodi o‘z ishini boshladi (keyinchalik bu son 50 minggacha yetdi).
Fransiya bilan Eron o‘rtasida sun’iy o‘git ishlab chiqarish zavodi, gazni suyultiruvchi zavod va AESlar qurish to‘g‘risida bitimlar tuzildi.
Eronning an’anaviy ishlov beradigan sanoat tarmoqlari ham rivojlanmoqda, masalan: to‘qimachilik sanoati. Eron o‘ziga kerakli iste’mol tovarlarning 92%ini ishlab chiqaradi. Akril, polisteror va neylon gazlamalarni ishlab chiqaradigan uchta fabrika qurilgan.
Yoqilg‘i sanoati. Eron dunyoda eng yirik neft qazib chiqaruvchi davlatlardan biridir. Eron neft qazib chiqaruvchi davlatlar orasida 4-o‘rinda turadi.
Neft sanoati XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Angliya fuqarosi Uiliyam d’Arsi 1901-yil eron shoxidan Eron hududining 70%ida neft quvurlarini 60 yillik monopol ekspluatatsiya qilish uchun konsessiya oldi. 1908-yilda Fors Ko‘rfazida neft konlarini ochdi. Aksiyalarning asosiy qismi Buyuk Britaniyaga qarashli bo‘lgan Angliya-Eron neft kompaniyasi Massodiq hukumati neft kompaniyalarini davlat mulkiga aylantirgunga qadar, 1951-yilgacha neft qazib olish ishlarini olib bordi. Bu tarmoqni boshqarish uchun “Eron milliy neft kompaniyasi” (INNA) tashkil qilindi, ammo bu kompaniya ishlarni yo‘lga qo‘ya olmadi. Chunki dunyoda yirik neft qazib chiqarish transmilliy neft kompaniyalari Erondagi milliylashtirish siyosatiga qarshi chiqib, INNAning eksport qilayotgan neftiga baykot e’lon qilishdi. 1954-yil Massodiq hukumati ag‘darilgandan so‘ng Eron shoxi neft tashkiloti bilan yangi shartnomalar tuzdi. Bu shartnomada 40% AQSH, 40% Buyuk Britaniya, 14% aralash Anglo-Niderlandiya va 6% fransuz kompaniyalari o‘z sarmoyalari bilan ishtirok etishdi. INNA esa neft konlariga mulkdorlik huquqini saqlab qoldi.
So‘nggi yillarda Eron neft konlarini o‘zlashtirish uchun yangi xorij firmalarini jalb etishga harakat qilmoqda. “Total” neft kompaniyasi Sirri neft konlarini o‘zlashtirmoqda, bundan tashqari Eronda Malayziyaning “Petronas” kompaniyasi, Italiyaning “Adjin” kompaniyasi va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Eron Janubi-G‘arbiy Osiyoda neftni qayta ishlash sanoati rivojlanganlik darajasi bo‘yicha eng yetakchi davlatlardan hisoblanadi. Neftni qayta ishlovchi korxonalar – Obodon, Isfaxon, Sheroz, Erak, Bandar-Abbos, Bandar-Tohirda barpo qilingan.
Eron gaz qazib chiqarish va eksport bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallaydi. Xuroson va mamlakatning janubiy hududlardagi aniqlangan gaz zahiralari 17,010 trl.m³. Transeron gazoprovodi ishga tushirilgandan so‘ng gaz sanoatda va hayotda keng ishlatila boshlandi, Saraxs-Mashxad yangi gazoprovodi qurildi.
Texron yaqinidagi Keroj, shimoldagi Sefidrud, janubdagi Diz va boshqa daryolarda bir nechta elektrstansiyalar qurilganidan so‘ng mamlakatda elektroenergiya ishlab chiqarish oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |