Geografik o‘rni va chegaralari. Tabiiy sharoiti va resurslari


Aholisi va mehnat resurslari



Download 52,81 Kb.
bet7/19
Sana18.01.2017
Hajmi52,81 Kb.
#557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Aholisi va mehnat resurslari. Eron Janubi-G‘arbiy Osiyoning eng ko‘p millatli mamlakakatlaridan biri. Bu yerda 30 dan ortiq yirik va mayda xalqlar yashaydi, agar ellat va qabila guruhlarini olsak bu son yanada ko‘payadi.

Eron xalqining ko‘pchiligi eron guruhining hinduyevropa tillar oilasiga kiradi. Bu guruhga forslar (51%), gilonlar, mozondariylar(8%), kurdlar(7%), lurlar(2%), balujilar (2%), baxtiyorlar, tolishlar, tatlar, hazoriylar, jamshidlar, armanlar, afg‘onlar, tojiklar kiradi. Ikkinchi guruh tyurk guruhining oltoy tillar oilasiga kiruvchilar ozorlar (24%), turkmanlar (2%), qoshg‘aylar, kajarlar, afshorlar, shohsevanlar, qorapapahlar, nafarlar, hurosonlar, baharlular, eynalular kiradi. Uchinchi guruh semit guruhining semito-hamit tillar oilasiga arablar (3%) va ossuriylar kiradi. To‘rtinchi kartvel guruhining kavkaz tillar oilasiga gruzinlar kiradi.

Eronning ko‘p millatliligiga uning qadimiy va o‘rta asrlardagi hukmronlarining bosqinchilik siyosati, o‘z hukmronligiga ko‘pgina har xil tilli qabila va xalqlarni qo‘shib olishi, shuningdek shunday bosqinchiliklarni bir nechtasini o‘z boshidan o‘tkazishi sabab bo‘lgan.

Mamlakatning asosiy etnik birligi forslar (eronliklar). Eronning markaziy va janubiy tumanlarida to‘plangan, eronliklar joylashgan tumanlarning shimolida ularga etnik jihatidan yaqin gilonlar, mozandoriylar va tolishlar yashaydi, g‘arbda - kurdlar, lurlar va baxtiyorlar, sharqda - afg‘on, balujiylar, xazoriylar va tojiklar yashaydi. Ozorlar Ozarbayjon Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Eronning shimoli-g‘arbida yashaydi. Ularga qardosh bo‘lgan yarim ko‘chmanchi va o‘troq qabilalardan afshorlar, shoxsevanlar, qorapapahlar ham shu yerda yashaydilar. Mamlakatning janubida qoshg‘aylar va ba’zi bir tyurk ko‘chmanchi qabilalar, shuningdek arablar yashaydi.

Eronning yagona davlat tili fors tili hisoblanadi (58%). Hamma rasmiy ishlar, maktab va oily o‘quv yurtlarida darslar fors tilida olib boriladi. Boshqa tarqalgan tillardan tyurk (26%), kurd (9%), turk (1%), arab (1%), lur (2%), baluj (1%), boshqa tillarda 2%.

Eronning davlat dini islom dini bo‘lib (99%), shundan shialar 89% va 10% sunniylar tashkil etadi, oz qismi (1%) zardushtiylar, yaxudiylar, xristanlar tashkil etadi. Shialik mamlakat dini deb 1502-yilda Safoviylar hukumatining asoschisi Ismoil I tomonidan e’lon qilingan. Eronda shialikka forslar, ozorlar, gilonlar, mozondariylar, lurlar, baxtiyorlar, qoshg‘aylar, shoxsevanlar, tolishlar, kurdlar va arablarning bir qismi e’tiqod qiladi. Sunniylikka afg‘onlar, balujiylar, kurdlar va arablarning bir qismi, turkmanlar, jamshidlar e’tiqod qiladi.

Eronning aholi soni 2007-yil ma’lumoti bo‘yicha 72 mln kishini tashkil etadi. 70- yillarda mamlakat aholisi 34 mln. kishini tashkil etganda olimlar bashorati bo‘yicha 2000-yili uning soni 60 mln. kishidan ortish kerakligini bildirishgan. Ko‘rib turibsizki oxirgi yillarda Eronning aholisi tez ko‘paymoqda. Aholining tabiiy o‘sishi taxminan 0,72%ni tashkil etadi. Aholining o‘sishiga emigratsiya va imigratsiya unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.

1933 yilda Eronning aholi soni 15 mln. kishi, 1956-yil – 18,9 mln. kishi, 1977-yil – 34 mln. kishi, 1995-yil – 64,6 mln. kishini tashkil qilgan. 23 yil mobaynida (1933 – 1956 y) mamlakatning aholi soni 3,9 mln. kishiga ko‘paydi, 1957 – 1977 y (20 yil) 15,1 mln. kishiga va oxirgi 18 yilda 1977 – 1995 y 30,6 mln kishiga ko‘paydi.

Tug‘ilish har 1000 kishiga-16,83 bola, o‘lim har 1000 kishiga-5,55 tani tashkil etadi, (bolalar o‘limi har 1000 ta bolaga – 41,58 tasi o‘ladi). O‘rtacha umr ko‘rish-erkaklarda-68,31 yosh, ayollarda – 71,07 yosh. Har bir ayolga o‘rtacha 1,82 tug‘ilgan bola to‘g‘ri keladi. iqtisodiy faol aholi 23.68 mln kishi, shundan qishloq xo‘jaligida – 33%, sanoatda – 25%, xizmat ko‘rsatishda – 42% aholi band, ishsizlik – 11,2%. Yosh tarkibi: 0-14 yoshgacha – 28%, 15-64 yoshgacha – 67,2%, 65 va undan yuqori – 4,8%.

Tarix fanlaridan ma’lumki shaharlar juda qadimgi zamondan ma’muriy hokimiyat, savdo va hunarmandchilik markazlari, xarbiy qo‘rg‘onlar sifatida Nil, Dajla va Furot daryolari deltalarida paydo bo‘lgan. Kapitalizmning rivojlanishi va yirik mashinasozlik sanoati, transport va jahon bozorining o‘sishi bilan shaharlarda sanoat to‘plandi, ko‘p shaharlar transport tugunlariga, savdo-taqsimot markazlariga aylanib bordi. XX asr o‘rtalarida nomoddiy ishlab chiqarish sohalarining o‘sishi bilan shaxarlarning vazifalari yanada ko‘paydi.

Hozirgi vaqtda aholining joylashishi shaharlar geografiyasiga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib bormoqda.

Xorijiy osiyoda aholining joylashuvi ayniqsa noteksdir. Bu yerda bir tomondan-aholisi nihoyatda zich dengiz bo‘yi tekisliklari, daryo vodiylari va deltalari hamda vohalardan, ikkinchi tomondan esa aholi nihoyatda siyrak tarqalgan cho‘llar va chalacho‘llar baland tog‘lar, tropik o‘rmonlardan iborat.

Eronda ham aholi juda notekis joylashgan. Oxirgi yillarda bu yerda aholining o‘rtacha zichligi ko‘tarilgan holda (18 dan 39 kishigacha 1km²) ayrim hududlarida odam yashamaydi. Eron aholisining eng zich joylashgan hududlari: markaziy viloyati, Isfaxon atrofidagi yangi sanoat tumani, Eronning shimoliy, shimoli-g‘arbiy va g‘arbiy qismlari.

Regionning ko‘pgina mamlakatlarida ro‘y berayotgan shaharlarning nixoyatda jadal o‘sishi tufayli aholining hududiy joylashuviga urbanizatsiya tobora katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Yirik shaxarlar, “millioner” shaharlar ayniqsa tez o‘smoqda. Urbanizatsiya (lotincha urbs - shahar) deb mamlakatda, hudud va jahonda shaharlarining o‘sishi va shahar aholisi salmog‘ining oshishiga, murakkab shaharli shoxobchalari, tizimlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga aytiladi.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shaharliklarning soni ko‘paya boshladi. Asrning boshlarida shaharliklarning soni taxminan 25% tashkil etar edi. Oxirgi yillarda esa Erondagi aholi soni 100 ming kishidan ortiq bo‘lgan, 14 shaxarda 25% dan ortiq, hammasi bo‘lib shaharlarda 70% ortiq aholi yashaydi. Texron, Isfaxon, Tabriz, Mashxad, Sheroz, Obodon shaxarlari tez o‘smoqda .

Masalan, Isfaxonda 1966-yildan 1976-yilgacha aholi soni ikki baravar ko‘paydi. Yangi shahar-yo‘ldoshlar paydo bo‘lyapti (Isfaxon yaqinidagi metallurglar sharhri Aria-Shaxr qad ko‘tardi).

Eronning ko‘p shaharlari bir-biriga o‘xshaydi va haligacha o‘ziga xos bo‘lgan ko‘rinishini saqlab qolgan. Odatda shaharning markazida maydon joylashadi va shu maydondan to‘rtta katta ko‘cha to‘rt tomonga yo‘naladi, chekkalarida daraxtlarni sug‘orishga muljallangan ariqlar oqadi. Bu yerda masjid va usti yopilgan bozor ham joylashgan. Markaziy ko‘chalarga bir qator kichik, ensiz egri-bugri va qishloq ko‘cha va tor ko‘chalar tutashgan. Shahar ko‘chalarida ko‘rimsiz bo‘lgan kambag‘al aholining uylari to‘plangan. Yirik zamonaviy yevropa uslubida qurilgan ko‘pqavatli binolar mavjud.

Qishloq aholisi. Shaharlarning tez o‘sayotganligiga qaramay, jahon aholisining yarmidan ortig‘i qishloq joylarda yashaydi.

Qishloq aholisining joylashishida asosan ikki xil shakl mavjud: g‘uj va tarqoq joylashish.

Aholining qishloqlarda g‘uj bo‘lib joylashishi Rossiyada, G‘arbiy Yevropada, Xitoy, Yaponiyada va rivojlanayotgan ko‘p mamlkatlarning ko‘pchiligida ko‘p tarqalgan. Lekin qishloqlarning shakli xilma-xil bo‘ladi. Fermalar AQSH, Kanada va Avstraliyada eng ko‘p tarqalgan. Aholi joylashishining aralash turlari ham mavjud. Ko‘chmanchi chorvachilik o‘lkalarida doimiy qishloq joylari umuman yo‘q.

Osiyoda qishloq aholi punktlarining tarqalishi uchun qishloq shakli xarakterlidir. Mangollarda, afg‘onlarda, beduin-arablarda, ya’ni saxro arablarda va boshqa xalqlarda ko‘chmanchilik bilan turmush kechirish tarzi saqlanib qolgan; bu joylarda aholi asosan o‘tovlarda yashaydi.

Eronda XX asrning boshlarida qishloq aholisi asosiy xalq bo‘lib kelar edi. Shaharlarda sanoat korxonalari ko‘paygani sari uning ulushi 50-yillardan kamaya boshlab, endilikda atigi aholining 25%ini tashkil etadi.

Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar avval Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynar edi. Endi esa ular o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, ko‘plari o‘troqlikka o‘tdilar. Ammo haligacha mamlakatda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi hali ham bor.

Eronda demografik siyosat. Eron prezidenti Ahmadi Nojod o‘z mamlakati fuqorolarini aholini ikki baravar ko‘paytirishga chaqirdi. Parlamentda nutq so‘zlab turib, bu Texronni G‘arb bilan qarama-qarshi turishga yordam beradi deb aytdi. Ahnadi Najod Erin aholisining soni 70mln.dan 120mln.ga yetishi shart deb hisoblaydi.

Eron aholisining o‘sishiga din ulamolari qarshi, lekin shu payitgacha bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlagan edi. Bundan tashqari hukumat tug‘ilish darajasini nazorat qilib turish uchun o‘z budjetidan mablag‘ ajratadi. Bu mablag‘lar, jumladan ayollrni “sterilizatsiyasi” uchun, shuningdek yosh oilalir uchun mahsus kurslarga sarflanadi. Shu payitgacha Eron hukumati ota-onalar ikkitadan ortiq farzand ko‘rishmasligi siyosatini qo‘llab-quvvatlar edi. Prezidentning aytishicha oilada ikkita farzand meyor emas deb hisoblaydi. Bizning mamlakatda imkoniyatlar juda ko‘p, g‘arb mamlakatlarida esa tug‘ilishda muammolar ko‘p. Ular Eron mamlakatida tug‘ilishning ko‘payishidan havotirda va biz oxir-oqibat ular ustidan hukimronlikni o‘z qo‘limizga olamiz deb aytdi Ahmadi Najot. Deputatlarga oilada nechta bola bo‘lishidan qat’iy nazar ayollarga ko‘proq bo‘sh vaqt yaratib berish haqida qonun ishlab chiqish uchun topshiriq berdi.

Biroq prezident g‘oyalariga darxol ko‘p tanqidlar paydo bo‘ldi. Ular davlat boshlig‘ining mulohazasi uchun hali vaqt erta deb hisoblashadi: mamlakatda inflyatsiya va ishsizlik darajasi o‘sayotgan bir vaqtda norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra mehnatga layoqatli aholining 25%i ishsizdir.


Download 52,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish