54
Òog‘ jinslarida temir birikmalarining borligi qizil-sariq
ferralit tuproqlarni hosil qilgan. Òuproqlar chirindiga boy emas.
O‘simliklar oziqani ko‘proq barglari orqali oladi.
Ekvatorial o‘rmonlarning asosiy xususiyati doimiy yashil-
ligi, ko‘p yarusliligi va juda qalinligidir. Ba’zan tangadek joyga
ham quyosh nuri tushmaydi. Bu yerda o‘simliklarning 25 000 tu-
ri, jumladan, daraxtlarning 1 000 turi mavjud. Yuqori yarusda
(35 — 50 m)
seyba,
palma daraxtlari ko‘proq. O‘rta yarusda
moyli palmalar, quyi yarusda esa
rafiya palmasi bilan daraxt-
simon paporotniklar,
lianalar, eng pastda o‘t o‘simliklar va bu-
tazorlar tarqalgan.
Hayvonlarning ko‘pchiligi daraxtlarda yashaydi.
Turli qush-
lar, kemiruvchilar, hasharotlar, martishkalar, shimpanzelar
daraxtlarda umr kechiradi. Yerda faqat
mitti Afrika bug‘uchasi
(bo‘yi 40 sm),
karlik begemot (bo‘yi 80 sm),
o‘rmon fili,
okapi, gorilla va boshqalar yashaydi.
Yirik yirtqich hayvonlardan
qoplon uchraydi.
O‘rmonning barcha qismlarida chumolilar tarqalgan. Qush-
larning yuzlab turi, ilon, kaltakesaklar bor. Ekvatorial o‘rmon-
lar zonasi mavsumiy nam o‘rmonlar bilan almashadi. Òabiati
ekvatorial nam o‘rmonlar tabiatiga o‘xshash, faqat qishda bir-
ikki oy kam yog‘in yog‘adi, ba’zan yog‘insiz bo‘ladi. Lekin
hayvonlar turi va soni ko‘payadi.
Savannalar. Afrika maydonining 40 % ini savannalar egal-
laydi. Bu yerlardagi baland bo‘yli o‘t o‘simliklar dasht land-
shaftlarini eslatadi, tabiatning fasliy o‘zgarishi kuchli,
sernam
va qurg‘oqchil fasllar almashinib turadi. Savannalar yirik hay-
vonlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi.
Mavsumiy nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga tutash zona-
chasida qalin o‘t o‘simliklarning bo‘yi 3 m ga yetadi. Òo‘p-to‘p
daraxtzorlar, butazorlar savanna uchun xos. Bu yerlarda qizil
ferralit tuproqlar tarkib topgan.
Yog‘in, asosan, yozda yog‘adi. Òuprog‘i qizil-qo‘ng‘ir, o‘t
o‘simliklar uncha baland emas, uzoq masofada yakka va to‘p-
to‘p daraxtlar va butazorlar uchraydi. Eng ko‘p tarqalgan
55
daraxt
sershox akatsiya, qum palmasi. Sahroyi Kabirga tutash-
gan zonachada cho‘llashgan savanna landshafti shakllangan. Past
va siyrak o‘t o‘simliklar, tikanli butalar, bargsiz molochay, ti-
kanli va sersuv daraxtsimon o‘t o‘simligi ko‘p tarqalgan. Sa-
vannalar uchun baobab va kaktuslar ham xos.
Dunyoning biror joyi yo‘qki, savannadagidek yirik hayvon-
lar to‘plangan bo‘lsa. Bu yerda xilma-xil
antilopalar (ularning
40 ta turi bor),
zebra, jirafa, fil (balandligi 4 m, og‘irligi 12 t
gacha),
buyvol, karkidon, begemot, pavian (maymun turi),
sher, qoplon, sirtlon, chiyabo‘ri, gepard, suvda
timsohlar (Nil
timsohi 5 — 6 m uzunlikka ega) uchraydi (12- rasm). Qush-
lardan
eng kichik nektarxo‘r, kotib qush, eng katta
Afrika tuya-
qushi (bo‘yi 2,8 m, og‘irligi 90 kg gacha),
marabu, mirzàqush
va boshqalar ko‘p tarqalgan.
Savannalarning o‘ziga xos landshaftlarini asrash borasida
xalqaro miqyosda chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ko‘plab milliy
bog‘lar, qo‘riqxonalar, buyurtmalar tashkil etilgan.
12- rasm. Afrika hayvonot dunyosi.
Begemot
Setse
pashshasi
Tuyaqush
Karkidon
Jirafa
Zebra
Sher