Geoekologiyа fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 309,67 Kb.
bet83/87
Sana18.02.2022
Hajmi309,67 Kb.
#456675
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
геоэкология маруза

Nazorat uchun savollar:
1. Geotizim turlarini asoslab bering.
2. Geoekologik yondashuv tizimli yondashuvning bir turi ekanligini tushuntiring.
3. Loyixalashning geoekologik asoslari nimalardan iborat?
4. Tabiiy -texnik geotizimlar - hududiy loyixalash va rejalanggirish ob’ekti.
5. Sanoat geotextizim nima?
6. Transport geotextizimlarini asoslang.
7. Shaxar va suv xo’jaligi geotextizimlarini tushuntirib bering.
8. Siz yashab turgan hududda (viloyat, tuman, shaxar va b.) qanday geotextizimlar mavjud, ularning funktsiyalari nimalardan iborat?


Quyidagi ilmiy tayanch atama, ibora va tushunchalarni izoxlang.
Tabiiy geotizim, integral geotizim, tabiiiy-texnik geotizim, tabiiy-antropogen tizim, antropogen-texnogen tizim, tabiiy-xo’jalik tizim, majmuali integral geotextizim, sotsial-tabiiy-texnik geotextizim, sanoat geotextizim, transport geotextizim, shaxar geotextizimi, suv xo’jaligi geotextizimi.

Mavzu: Geoekologik xaritalashtirish va rayonlashtirish
Mavzu quydagi reja asosida yoritiladi:
1. Ekologik xaritalashtirishning mazmuni
2. Ekologik xaritalashtirishning tasniflanishi
3. Ekologik xaritalarni tuzishning metodologik asoslari
4. Amaliy ekologik xaritalashtirish
5. Ekologik monitoring natijalari asosida xaritalashtirish
6. Geoekologik xaritalashtirish usullarini asoslash.


Geoekologik xaritalashtirish mazmuni, turlari va tasniflanishi. Atrof muhit holatini xaritada tasvirlash muxim masala, uning ilmiy va ahamiyati barchaga ma’lum. Ekologik xaritalashtirish deganda faqat birgina «Ekologik xarita» ni tuzishni nazarda tutmaslik kerak. «Ekologiya» tushunchasiga kura tirik organizmlarning bir-birlari va atrof muhit bilan bo’lgan o’zaro munosabatlarini o’rganish deb qaralsa, u holda bu yo’nalishda bir necha bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan mavzuli xaritalar yaratish mumkinligi ravshan bo’ladi. Tabiat muxofazasi, tabiatdan foydalanish, ekologik vaziyatlar, inson bilan tabiat munosabatlarining geografik va ekologik aspektlarini kamrab olganliklari tufayli bu borada ko’plab turli mavzuli analitik va sintetik xaritalar tuzish taqozo etiladi.
Ekologik xaritalarni mazmuni, funktsional vazifasi (biror maqsadga yo’naltirilganligi), undan foydalanish turiga kura uch tipga: 1) umumekologik, 2) aniq maqsadga yo’naltirilgan, 3) amaliy xaritalarga ajratish mumkin. Umumekologik xaritalarga mazmunan keng qamrovli, ko’pgina ekologik hodisalar va jarayonlarni majmuali umumlashgan tarzda tasvirlaydi. Bu guruxdagi xaritalar sintezlashgan toifaga mansubligi tufayli kartog’rafik mazmuni ancha murakkab tuzilmaga ega va shuning uchun ham boy ma’lumotlarga egaligi bilan ajralib turadi. «Tabiatdan foydalanish», «Ekologik xarita», «Geoekologik xarita», «Tabiatni muxofaza qilish» va boshqa shu toifadagi xaritalar umumekologik xaritalar deb atash mumkin.
Aniq maqsadga yo’naltirilgan ekologik xaritalar maxsus kartog’rafik mazmunga ega bo’lib, biror ekologik yoki tabiat muxofazasiga oid hodisalarni tasvirlashga qaratilgan bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda ushbu toifadagi xaritalar mazmuni ma’lum maqsadga yo’naltirilganligi tufayli tabiat komponentlari yoki resurslaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan ekologik vaziyatni tavsiflaydi. Bu borada, masalan, suv resurslaridan foydalanish borasida hududda tarkib topgan ekologik axvol va u bilan bog’liq boshqa jarayon va hodisalar umumlashgan holda xaritada aks ettiriladi. Albatta, asosiy xaritada suv resursidan foydalanish va uning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, ayrim xarita-kesmalarda asosiy xaritani mazmunini to’ldirish maqsadida ba’zi hodisalar tasvirlanadi. Bu guruxdagi ekologik xaritalar ma’lum tabiat resurslaridan foydalanish natijasida tarkib topgan axvol (vaziyat) ni tasvirlashga qaratilganligi tufaili mutaxassislar uchun u integral baholashga xizmat qiladi.
Amaliy ekologik xaritalar mazmunan tegishli ekologik vaziyatlarni yaxshilashga xizmat qiladi. Kartog’rafik jihatdan va o’z oldiga qo’ygan aniq maqsadiga kura bu toifadagi xaritalar sintetik va analitik guruxlarga bo’linadi. Sintetik ekologik xaritalar mazmunan ancha boy, ularda xisob-kitob natijalari olingan ko’rsatkichlar, mezonlar, me’yoriy ma’lumotlar, kuzatish asosida erishilgan jamlama ma’lumotlar, tajribaviy va dala axborotlari maxsus kartog’rafik shartli belgilar asosida tasvirlanadi. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, bu guruxdagi xaritalar ko’proq qayta ishlangan, ya’ni taxlil qilingan miqdoriy va sifatli ko’rsatkichlarni tasvirlaydi, bu jihatdan ular analitik xaritalardan keskin farq qiladi.

Download 309,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish