104
shakllanishini ta’minlaydi. Olimlarning taxmin qilishicha,
bundan 65 mln. yil ilgari yerga ulkan asteroid kelib urilgan,
natijada atmosferaga juda ko‘p chang chiqarilgan va oqibatda
dunyo uch yil zimistonga aylangan.
Quyosh nurlarining kam
tushishi natijasida harorat pasaygan, ko‘p o‘simliklar o‘sishdan
to‘xtagan, oziq zanjirlari buzilgan va ko‘p turlar, jumladan
dinozavrlar ham qirilib ketgan. Bu dinozavrlarning qirilib
ketish sababini tushuntiruvchi yetakchi nazariyalardan biridir.
Boshqa nazariyaga ko‘ra inson zoti taxminan 6 mln.
yil oldin, yog‘in miqdori kamayib, harorat keskin pasaygan
davrda tez rivojlana boshlagan.
Afrikadagi Buyuk Yoriq
vodiysidagi eng qadimgi ajdodlarimiz daraxtlarda yashashga
moslashgan edilar. Lekin iqlimning uzoq vaqt davom
etgan o‘zgarishlari natijasida daraxtlar o‘t-o‘simliklar bilan
almashgan. Ularning oilalari o‘zlari moslashgan sovuqroq
va quruq yalang tekislikka o‘tib, yirtqichlar yetishi mumkin
bo‘lgan sharoitga tushib qolganlar.
Ana shunday qirilib ketishi
mumkin bo‘lgan sharoitda ikki evolutsion sakrash yo‘li bilan
moslashib olganlar.
Birinchisi,
uzoq masofalarga tik yurib bora
oladigan, qo‘llari bola va oziqni tashish uchun bo‘sh bo‘lgan
mavjudotlarga va undan keyin katta aqliy imkoniyatlarga
ega bo‘lgan, mehnat va ov qurollarini ishlata oladigan, ham
go‘sht, ham o‘simlik yeydigan mavjudotlarga aylangan
lar.
Ikkinchisi,
aqliy qobiliyati bo‘lgan mavjudotlar dastlabki odam
deb qaralgan. Inson keyinchalik moslasha borib ko‘chib yurib,
yanada kuchli bo‘lib iqlim o‘zgarishlariga moslashgan.
Ammo Yer yuzida qaror topgan
iqlimiy sharoit XX asr
o‘rtalariga kelib kuchli antropogen ta’sirga uchradi. Ya’ni,
ilgari tabiatdan ta’sirlanib, unga moslashishga harakat
qilgan inson endilikda tabiatning o‘zgarishiga kuchli ta’sir
ko‘rsatuvchiga aylandi. Yer yuzasida aholi sonining ortishi,
tabiiy resurslarga bo‘lgan talab va ehtiyojning to‘xtovsiz oshishi
va nihoyat fan va texnikaning rivojlanishi, insonlarning
tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi
Yer shari iqlimining
105
o‘zgarishiga olib keldi va bu jarayon shiddat bilan davom
etmoqda.
Hatto shunday paytlar keldiki, olimlar Shimoliy muz
okeani dengizlarida kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yish, Sibir
hududini o‘zlashtirish maqsadida arktika muzliklarini sun’iy
ravishda eritish ustida izlanish olib bordilar. Jumladan, rus
olimi P.Borisov «... agar biz qutblardagi muzliklarni yo‘qotsak,
ularning iqlimga ta’siridan
qutulibgina qolmay, balki quyosh
radiatsiyasini qutblarga oson singishiga ham yo‘l ochamiz. Bu
esa sayyoramizning quyoshdan oladigan issig‘iga yana issiq
qo‘shadi. Qutblardagi mangu muzliklarning ertami-kechmi
erib ketishi va yerdagi iqlimning iliq, odatdagi tusga kirishi
aniq.
Shubhasiz, buning uchun bir necha ming yillar kerak
bo‘ladi. Lekin ahvolni tabiiy ravishda yaxshilanishini kutish
zarurmi? Hozir insoniyat iqlimni sun’iy ravishda o‘zgartira
oladigan energiya resurslariga egadir» deb aytgandi
16
.
Bugungi kunda insoniyat yer va suv resurslari, o‘simlik va
hayvonot dunyosi resurslari kabi iqlim resurslaridan ham keng
foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: