Oliy geodeziya. Yer shakli va kattaligini aniqlash masalalari bilan shug‘ullanadi va yer yuzasidagi ayrim nuqtalarning koordi- natalarini yagona tartibda aniqlaydi. Uning alohida bo‘limi kosmik geodeziya deyiladi. Kosmik geodeziya Yerning sun’iy yo‘ldoshlari, qit’alararo raketalar uchirish yordamida Yer va boshqa sayyoralarni o‘rganadi va butun dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni teletayp lentalari orqali muntazam nazorat qilib boradi.
Topografiya. Yer yuzasining ma’lum cheklangan maydonida geodezik o‘lchashlar o‘tkazish va joyni qog‘ozga tasvirlash bilan shug‘ullanadi.
Kartografiya. Yer yuzasini yoki uning ayrim qismlarini qog‘ozga xarita va tarxlar tarzida tuzib, rasmga olib, ularni nashr qilish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |