Qiyalikdagi trassani tog‘larning yonbag‘ridan olib o‘tishda II toifali trassani juda ham kichkina nishablikda loyihalanadi. Tog‘lik joylarda egri-bugri joylar ko‘p uchraganligi sababli, tras- sani olib o‘tishda joylarni loyihada ko‘proq ko‘rsatiladi. Ana shun- day joylardagi trassadan foydalanish vaqtida tog‘dan toshlarning o‘pirilib tushishi, nurab to‘kilishi, yomg‘irning oqish yo‘nalishi va b. ko‘rsatib qo‘yiladi.
Suv trassani ko‘ndalangiga yorib o‘tib, nishab chizig‘i tez-tez o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. Murakkab joylarni qo‘shim- cha tarzda ko‘rib chiqiladi. Bunday sharoitda trassa qimmatga tushadi.
Asosiy katta trassalar vodiylar bo‘ylab yoki suvlarning bo‘lini- shi bo‘ylab joylashganligi sababli, kutilmagan hodisalar kamroq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |