TO‘G‘RI VA EGRI CHIZIQLAR QAYDNOMASI
Hisoblashni tekshirish uchun quyidagi ifodalar qo‘llaniladi:
D = 2T - K bo‘lgani uchun
S 2 T - S K = S ( 2 T - K ) = S D ; (10.17)
2) S P + S K = S S - S D . (10.18)
Oxirgi tenglamaning ikkala tomoni butun trassaning uzunligi- ni ko‘rsatadi. Bu uzunlik trassaning bosh va oxirgi nuqtalari piketlash belgilarining ayirmasi sifatida olinishi ham mumkin. Trassa uzunligining uchala qiymati o‘zaro teng bo‘lishi kerak (qay- dnomaga qarang).
NIVELIRLASH JADVALINI TO‘LDIRISH
Jadvaldagi belgilar ish davomida hisoblanadi. Bog‘lovchi nuq- talarning belgilari nisbiy balandlik yoki asbob gorizonti orqali, oraliq nuqtalarning belgilari esa faqat asbob gorizonti orqali, oraliq nuqtalarining belgilari esa faqat asbob gorizonti bo‘yicha hisoblanadi (123- rasm). Jadvalda (33- jadval) ¹ 0 va ¹ 1 pi- ketlar orasidagi nisbiy balandlik (1242 - 948 = +294) musbat nisbiy balandliklar grafasiga (8) yozilgan va ¹ 1 va ¹ 2 piketlar orasidagi nisbiy balandlik (816 - 2111 = -1295) manfiy nisbiy balandliklar grafasiga (9) yozilgan, nol piket belgisi (149, 149, 727, 727) va nisbiy balandlik bo‘yicha ¹ 1 piket belgisi (149,727 + 0,294 = 150,021) hisoblangan, ¹ 2 piket belgisi ¹ 1 piket belgisiga va tegishli nisbiy balandlikka teng va hokazo. Bog‘- lovchi nuqtalarning belgilari va ulardan olingan sanoqlar bo‘yicha har bir bekat uchun asbob gorizonti hisoblangan, masalan, ¹ 1 bekat uchun 149,727 + 1,242 = 150,969. Asbob gorizontidan boshqa nuqtalardan olingan sanoqni ayirib shu nuqtalar belgilari olingan, masalan, +60 nuqta belgisi 150,969 - 1,305 = 149,664 ga teng. ¹ 1 piket belgisi tekshirish uchun asbob gorizonti orqali ham olinishi mumkin: 150,969 = 150,021.
H i s o b l a s h n i b e t m a - b e t t e k s h i r i s h . Betning tagida hisoblashni betma-bet tekshirilgan, buning uchun orqa va oldingi sanoqlarning o‘rtachasi va faqat bog‘lovchi nuqtalarning nisbiy balandliklari qo‘shilgan. Bu yig‘indilarning ayirmasi (-833) oxirgi va birinchi nuqtalar belgilarining ayirmasiga teng (148,894 -
14—O‘.O‘tanov 2 0 9
123- rasm. Trassa boshini reperga bog‘lash.
149,727 = -0,833). Bundan tashqari, ¹ 3 va ¹ 6 piketlar orasidagi nisbiy balandliklar yig‘indisi (-833) ham ¹ 3 va ¹ 0 piketlar belgilarining ayirmasiga teng (-833). Bu tekshirishda oraliq nuqtalar va poperechniklarning (124- rasm) belgilari ishtirok etmaydi. Bunday tekshirish hisoblari har betning tagida bajarilishi lozim.
Jadvaldagi hamma hisoblashlar sanoqlar yozilgandan keyin dar- hol bajarilishi kerak. Noto‘g‘ri yozilsa, chizib qo‘yib, to‘g‘risiga, tepasiga yoki yangi qatorga yoziladi. O‘chirg‘ich qo‘llash ma’n etiladi. Agar betma-bet tekshirish hisoblash to‘g‘ri ekanligini isbot etsa, shunday holdagina to‘ldirish yana davom ettiriladi. Jadval- ning yangi beti oxirgi bog‘lovchi nuqtaning yozuvlarini va uning belgisini yozishdan boshlanadi. Nivelirlovchi shu bekatdagi hamma
2 1 0
2 1 1
www.ziyouz.com kutubxonasi
33- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |