Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi. Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA) kompaniyasiga tegishli boʻlib, interaktiv geografik axborot tizimi koʻrinishida boʻladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi.
AtlasGIS – bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal kartografiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan koʻp funksiyali axborot kartografik tizimdir. Uning imkoniyatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
kartalarni kiritish, tahrir qilish va bosmaga chiqarish;
tasvirlash vositalarini rivojlantirish: shtrix va ranglardan toʻlaligicha foydalanish, simvollarni yaratish va tahrir qilish, koʻp sonli qoʻyilmalar, mavzuli kartografiyalash;
ishchi grafika – doiraviy va chiziqli diagrammalar, grafiklar;
Atlas Ware GIS/S/VB yordamida amaliy masalalarni yaratish imkoniyati (S++ va MS Visual Basic);
rastr loyihalar bilan ishlash;
fazoviy qidiruv/tahlil – geografik obyektlarni birlashtirish, geografik belgilariga qarab ma’lumotlarni jamlash, bufer zonalarni yaratish;
geokodlash – pochta manzili va indeksi boʻyicha izlash, bunda manzil nomi toʻliq yoki qisman kiritiladi;
maxsus oʻrnatilgan funksiya va operatorlar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar (59 funksiya va 22 operator);
SQL serverlarga va tarmoqda ishlashga qulay boʻlishi uchun ichki oʻrnatilgan SQL ta’minoti;
geografik obyektlarni multimedia vositalari bilan birlashtiruvchi Application Linking tizimi;
raqamlashtirishda qoʻllaniladigan barcha digitayzerlar bilan birga ishlash imkoniyati;
rastr va vektor tasvirlar bilan ishlash imkoniyati;
bir qismi rastr va bir qismi vektordan tashkil topgan va soni 250 tagacha boʻlgan qatlamlar bilan ishlash imkoniyatlari.
AtlasGIS tizimida “What You See Is What You Map” tamoyili qoʻllanilgan, ya’ni “Nimani koʻrsang, oʻshani kartaga tushirasan” qabilida. AtlasGISning boshqa GAT dasturlaridan farqi shundaki, u maxsus makrotil yordamida emas, balki keng tarqalgan MS Visual Basic va S tillari yordamida dasturlanadi. Bu esa, oʻz navbatida, dasturdan foydalanuvchilarga qoʻshimcha algoritmlarni yaratish imkonini beradi.
Bu tizimning kamchiligi uning qimmatligidir. Boshqa dasturlarda keng tarqalgan DXF-formatni AtlasGIS tushunadigan formatga oʻzgartiradigan alohida konvertir mavjud boʻlib, u qoʻshimcha ravishda sotiladi. Vaholanki, bunday konvertirlash boshqa dasturlar doirasiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |