Geoaxborot tizimida standartlashtirish
Standartlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilot (ISO) nodavlat tashkiloti boʻlib, 1947-yilda umumjahon standartlarini ishlab chiqish, axborotlarni almashish jarayonlarini yaxshilash hamda xalqaro savdoning oʻsishini doimiy ravishda ta’minlab turish maqsadida tashkil boʻlgan. Hozirgi kunda ISO standartlari ishlab chiqarish bilan, loyihalash, tajriba bilan mashgʻul boʻlgan eksportchilar, importchilar tomonidan keng ravishda yuritilmoqda. Bunday standartlar mahsulotlar sifatini baholashda vа ularni boshqa bir mahsulot bilan taqqoslashda qoʻllanilib kelmoqda.
ISO faoliyati deyarli barcha sohalardagi standartlarni qoʻllab kelmoqda, faqatgina elektrotexnika vа elektronika sohasidagi standartlarni ishlab chiqish Xalqaro elektrotexnika komissiyasi vakolatiga kiradi (IEC). Hozirgi kunda ISO tarkibiga 163 davlatning milliy standartlashtirish tashkilotlari a’zo hisoblanadi.
Demak, yuqorida biz ISO standartlariga qisqacha toʻxtalib oʻtdik va endi esa nima uchun xalqaro standartlashtirish geoaxborot tizimida zarurligini tushunib olishimiz kerak bо’ladi.
ISO tashkilotida turli xil qoʻmitalar faoliyat koʻrsatadi vа ular turli sohalarga mas’ul hisoblanadi. Bu qoʻmitalarda ishchi guruhlar tashkil etilgan boʻlib, ular yangi standartlarni yaratish bilan shugʻullanadi. Shunday qoʻmitalardan biri ISO/TC /211/ Geographic Information/Geomatics qoʻmitasidir.
ISO/TC/211/Geographic Information/Geomatics qoʻmitasida turli standartlar ishlab chiqiladi va asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
raqamli geografik axborot tizimida standartlashtirish;
yer joylashuvi bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq standartlashtirishni joriy etish.
Standartlar turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, geografik axborot tizimi uslubi, ma’lumotlar bazasi vositalari va xizmatlari (tushuncha va tamoyillarni hisobga olganda), ma’lumot yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish, ma’lumot olish imkoniyati, tasvirlash va ma’lumotlarni turli foydalanuvchilarga yetkazish kabilar.
Axborot texnologiyalaridagi mavjud standartlarni umumlashtirish vа ma’lumotlarni iloji boricha ma’lum bir qolipga keltirish orqali maxsus jarayon tashkil etiladi.
Hozirgi kunda geoaxborot tizimidagi standartlarni quyidagi xalqaro tashkilotlar oʻz ish faoliyatlarida ishlatadilar:
Yerni kuzatuvchi sun’iy yoʻldoshlar boʻyicha qoʻmita (CEOS, Committee оf Earth Observation Satellites);
Raqamli geoaxborot boʻyicha ishchi guruh (DGIWG, Digital Geographic Information Working Group);
ВМТ ning xalqaro oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik tashkiloti (FAO, Food and Agriculture Organization of the United Nations);
Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIS, International Federation of Surveyors);
Global fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi (GSDI, Global Spatial Data Infrastructure);
Geodeziya boʻyicha xalqaro assotsiatsiya (IAG, International Association оf Geodesy);
Xalqaro kartografiya assotsiatsiyasi (ICA, International Cartographic Association);
Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti (ICAO, International Civil Aviation Organization);
Geoilm vа masofadan zondlash jamiyati (GRSS Geoscience and Remote Sensing Society);
Xalqaro gidrografiya byurosi (IНВ, International Hydrographic Bureau);
Global kartalash boʻyicha xalqaro boshqaruvchi qoʻmita (ISCGM, International Steering Committee for Global Mapping);
Fotogrammetriya vа masofadan zondlash boʻyicha xalqaro jamiyat (ISPRS, International Society fоr Photogrammetry and Remote Sensing).
Do'stlaringiz bilan baham: |