8-rasm. Ma’lumotlar bazasi dialogi
Ma’lumotlar bazasini to‘ldirish va mavzuli kartani yaratish uchun "Ro‘yxat" "Spisok" strukturasini olingan buyurtmaga mos ravishda o‘zgartirish kerak. Masalan, "CHegaralar" qatlami uchun maydonchalar ajratilib, rayon nomi, har bir ma’muriy rayon uchun esa haydaladigan erlar maydoni, qishlok xo‘jalik erlari tarkibi, shudgorlanganlik darajasi (ya’ni rayonning qishlok xo‘jaligi ekinlari umumiy maydonlaridan haydalgan erlar ulushi); "Aholi yashash joylari" qatlami uchun - aholi yashash joylarining nomi, ulardagi aholining soni berilishi mumkin. "Tuproqlarning sifatiǁ qatlami uchun – indeks ko‘rsatkichi, o‘g‘it turi va solish me’yori, tuproqning suv-havo rejimi, tuproq unumdorligi, almashlab ekish maydoni raqami, maydonning nishabligi va boshqa ma’lumotlar beriladi. Jadval tarkibini o‘zgartirish yo‘llari 8-rasmda keltirilgan.
Bunday dialogga "Jadvalǁ ”Tablitsa” →ǁO‘zgartirish" ”Izmenit” → "Qayta qurish" “Perestroit” menyusi orqali chiqiladi. So‘ngra tarkibi o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan jadval nomi tanlanadi. ―Ma’lumotlar turlarini qo‘shishǁ "Dobavit pole", ―Ularni o‘chirishǁ "Udalit pole" tugmasi orqali amalga oshiriladi. ―Ma’lumotlar turlarini izohlashǁ "Opisanie polya" dialogida bajariladi.
"Indeksǁ maydonida bayroqchalarni o‘rnatish zarur (so‘rovlar va ob’ektlar bilan bog‘liq boshqa muolajalarni amalga oshirish uchun). 6.3-rasmning yuqori qismida jadvalning tarkibi o‘zgartirgandan keyingi ―Ro‘yhatǁ darchasi ko‘rsatilgan.
Eslatma. Berilgan maydonlarning matnlari tiplarini MapInfo Ma’lumotnomasidan" "V spravochnike" topiladi.
―OKǁ ni bosgach, "Ro‘yhat" va "Karta" darchalari birgalikda yopiladi. Bunday vaqtda MapInfo dasturi jadval tarkibini o‘zgartirishga kirishgan bo‘ladi. YAna ushbu qatlamni tiklash uchun ―Qatlamlarni boshqarishǁ "Upravlenie sloyami" darchasiga kirib, ―Qo‘shishǁ “Dobavit” komandasi orqali ushbu qatlamni boshqa qatlamlar qatoriga qo‘shish zarur.
Eslatma. "Qatlamni boshqarish" va unga mos "Kartalar" darchalaridagi qatlamlar joylashishini "Qatlamli pirog" "Sloyonыy pirog" ko‘rinishiga mos shaklda tasavvur qilish mumkin — eng pastda rastrli qatlam joylashgan (tiniq oq rastrlardan tashqari), undan balandda chegaralar, keyin esa gidrografiya, yo‘llar, aholi yashash joylari, yozuvlar (agar ular alohida qatlamga chiqarilgan bo‘lmasa) va h.k. mavzuli qatlamlar qo‘yilgan vazifaga binoan joylashgan bo‘lishi kerak.
Jadvalga axborotlarni kiritishning bir qancha usullari mavjud. Ma’lumotlar bazasini tashqi manbalaridan import qilish, avtomatik uslubda axborotlarni kiritish (maydonlar, chiziqlar uzunligi va koordinatalarini), bevosita qo‘lda yozish bilan amalga oshirish ham mumkin, ya’ni avtomatik kiritishni qo‘lda bajarish ham mumkin. Quyida bu jarayonni ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |