9- rasm. Kartadagi ob’ektga mavzuli axborot berish usuli
Ma’lumotlarni EHM xotirasiga qo‘lda kiritish: a) ma’lumotlarni bevosita jadval ko‘rinishida (ya’ni Exsel dagidek) kiritish uchun "Jadvalni" "Tablitsu" → "Ro‘yhatlar" "Spiski" darchasini ko‘rsatish zarur; b) "Karta" darchasiga o‘tib, qurollar panelidagi "Axborot" "Informatsiya" tugmasini tanlash va kursor strelkasi bilan kartadagi axborot kiritilayotgan ob’ektni ko‘rsatish kerak (9-rasm).
Avtomatik ravishda jadvalga ma’lumotlarni kiritish. Ushbu uslub odatda kartadagi ko‘plab ob’ektlar bo‘yicha (uchastkalar yuzasi, yo‘llar uzunligi, erdan foydalanishda burilish burchaklari kordinatalari va boshqalar) ma’lumotlarni EHM xotirasiga joylashda, shuningdek qator nostandart savollarga javob berishda, masalan, tipik bo‘z tuproqlar maydonlari, transformatsiyalanuvchi ekinlarning umumiy maydoni va boshqalar xaqidagi ma’lumotlarni kiritish zarur bo‘lganda qo‘llaniladi. Buning uchun so‘rovning maxsus uslubi (SQL) dan foydalaniladi. Bu usul bilan ishlash qo‘llanmada bayon etilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |