Viruslarning tashqi muhit omillariga nisbatdan chidamliligi Hayvonlar virusi xo`jayin hujayrasidan tashqarida bo`lganda faolsizlanadi. Lekin turli xil shakllarda katta farqlar kuzatiladi. Poliomielit virusi oqmaydigan suv havzalaridan bir haftagacha faolligini saqlaydi. Ko`pgina viruslar faolligini pasterizatsiya jarayonida bir necha minut davomida yo`qotadi. Shu bilan birga zardob sariqligini gomologik virusi qaynatilgandan so`ng ham faolligini saqlaydi.
Tamaki mozaikasi virusi quritilgan o`simliklarda yillar davomida saqlanib qoladi. Bir xil viruslar haroratga chidamli bo`lib -76oC da ham tirik qoladi. Ultrabinafsha nurlar bilan ta’sir qilganda hamma viruslarning tezda nobud bo`lishiga olib keladi. Chunki viruslar nuklein kislotalari nurlar ta’siriga chidamli bo`ladi. Faglar dezinfeksiyalovchi moddalarning kichik kontsentratsiyalarida yo`q bo`lmaydi. Ular antibakterialga nisbatan chidamli bo`ladi hamda xrolofer va fermentlarga ham.
Viruslarning tadqiqot qilish molekulalari genetikaning paydo bo`lish va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Fransiyalik mikrobiolog va virusolog Andrey Mishel Lvov mezogeniya hodisasini o`rgangani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi. 1965-yilda molekulyar genetika sohasida faglarning faoliyatini o`rganishda Maks Delburyuk Alfred D.Xerish va Salvador E. Muriya 1969-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`lishgan.
Viruslarda genom replikatsiyasi va genlar ekspressiyasi. Virionlar ichidagi virus genomi DNK yoki RNK shaklida bo`lib bir zanjirli yoki ikki zanjirli va halqasimon yoki chiziqli shaklga ega bo`lishi mumkin. Turli xil guruhlarda viruslar genomikasining o`lchami va tuzilishining murakkab keng diapozonda o`zgaradi. K.B RNK tutuvchi fagda 4 ta gen bo`lsa, DNK tutuvchi virusli chechakda 250 tagacha bo`ladi.
Virusli genom bitta yoki bir nechta nuklein kislotaga ega bo`lishi mumkin. 2 zanjirli RNK tutuvchi retroviruslarda 10 ta molekula yoki segment iborat bo`lsa, bir zanjirli RNK tutuvchi retroviruslarda butun shaklga ega bo`ladi. Yoki segmentlangan bo`ladi. DNK tutuvchi viruslar genomi umurtqali hayvonlarda chiziqli 1ta yoki 2ta zanjirdan tashkil topgan. B gepatiti virusi genomi 2ta zanjirli halqasimon DNK dan iborat bo`ladi. Lekin A va C gepatiti viruslari 1 zanjirli RNK + I tashkil topgan bo`lib RNK musbat qutblanishga egadir.
Hozirgi vaqtda baltimorning klassfikatsion tizimi ishlab chiqilgan bo`lib unda 2 xil parametr nazarda tutiladi. Virionda mavjud bo`lgan nuklein kislota tipi va uning xo`jayin hujayrasida replikatsiya strukturasini molekulasining qutblanishiga ko`ra hamma RNK tutuvchi viruslar 2-guruhga bo`linadi. Pozitiv va negativ guruhlarga pozitiv RNK li viruslar (+RNK) sifatida belgilanadi. Xo`jayin hujayrasida ribosomalarda translyatsiya bo`lish xususiyatiga ega ya’ni i-RNK vazifasini oladi.
Hujayraga virus o`tgandan so`ng virus genomining replikatsiyasi transkripsiya translyatsiya jarayoni bir qancha xususiyatlarga egadir.
Birinchidan hujayra yadrosi va sitoplasmasida virus genom DNK larini transkripsiya bo`lishi uchun fermentlar bo`lmaydi, ya’ni RNK matritsasida sintez bo`lishi uchun shuningdek, sitoplazmada ham transkripsiyalaydigan fermentlar bo`lmaydi. Shuning uchun DNK tutuvchi viruslar hujayra yadrosiga joylashib oladi va xo`jayin genomidan virus i-RNK sini hosil qila oladi. Boshqa hamma viruslar i RNK sintezi uchun o`zlarining maxsus fermentlarini yarata oladi, ishlab chiqadi.
Ikkinchidan eukariotlarning oqsil sintezlovchi apparati faqatgina monosistronli i-RNK sintezlaydi. i-RNK ni ichidagi polisistron molekulalari initsiatsiyani tashimaydi. Viruslar monosistronli i-RNK ni sintezlash qobiliyatiga va alohida ajralib ketadigan katta molekulasi proetinli i-RNK ni kodlamaydi.