Pletotropiyaga doir masala. 1.sichqonlarda junning sariq va kulrang bo’lishi autosoma genining ikkita alleli bilan belgilanadi. Sariq erkak va urg’ochi sichqonlar chatishtirilganda 235 ta sariq, 123 ta kulrang sichqonlar olingan. Urg’ochi, erkak va F1 sichqonlarning genotipini toping
2.Qorako’l qo’y zotlarida mo’ynaning sheroziy bo’lishi dominant genga, qora bo’lishi retsessiv genga bog’liq. Mo’ynasining rangi sheroziy bo’lgan geterozigota sovliq va qo’chqorlar chatishtirilganda, duragaylarda ajralish nisbati qanday bo’ladi?
3.O’simliklarning qator turlarida albinism geni bor. Bu gen bo’yicha gomozigota o’simliklar xlorofilni sintezlay olmaydi. Bu gen bo’yicha geterozigota tamaki o’simligida o’z-o’zidan changlanish kuzatildi va 500 ta urug’ hosil bo’ldi. Ulardan qanchasi barcha jihatlari ota-ona o’simliklariga o’xshaydi?
4. O’simliklarning qator turlarida albinism geni bor. Bu gen bo’yicha gomozigota o’simliklar xlorofilni sintezlay olmaydi. Bu gen bo’yicha geterozigota tamaki o’simligida o’z-o’zidan changlanish kuzatildi va 500 ta urug’ hosil bo’ldi. Qancha oq tuple o’simliklar o’sib chiqadi?
5. Barmoqlarining normal bo’lishini ta’minlovchi gen branxidaktiliya geni ustidan chala dominantlik qiladi. Branxidaktiliya geni letal xususiyatiga ega
Qaysi nikohda farzandlar o’limi kuzatilmaydi?
1.Aa x Aa 2.AA x AA 3.Aa x AA 4.AA x aa
A.1,2 B.2,3 C.3,4 D.Barchasi
6.O’roqsimon anemiya retsessiv holda irsiylanadi. Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90 % hayotdan ko’z yumadi. Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’ yigit oat-onasi sog’lom bo’lgan lekin, ukasi erta vafot etgan ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 ta farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu bolaning ona tomondan buva va buvilarining genotipi qanday bo’lishi mumkin?1. AA x Aa 2.Aa x aa 3. Aa x Aa 4.AA x aa
A.1,2,3 B.3 C.1,3 D.2,4
7. O’roqsimon anemiya retsessiv holda irsiylanadi. Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90 % hayotdan ko’z yumadi. Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’ yigit oat-onasi sog’lom bo’lgan lekin, ukasi erta vafot etgan ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 ta farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Ota-ona genotipi qanday bo’lishi mumkin?1. AA x Aa 2.Aa x aa 3. Aa x Aa 4.AA x aa
A.1,2,3 B.3 C.1,3 D.2,4
8. O’roqsimon anemiya retsessiv holda irsiylanadi. Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90 % hayotdan ko’z yumadi. Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’ yigit oat-onasi sog’lom bo’lgan lekin, ukasi erta vafot etgan ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 ta farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu oilada keyingi farzandning o’roqsimon anemiya bilan kasallanish ehtimolligi qancha?
9 O’roqsimon anemiya retsessiv holda irsiylanadi. Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90 % hayotdan ko’z yumadi. Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’ yigit oat-onasi sog’lom bo’lgan lekin, ukasi erta vafot etgan ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 ta farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu oilada keyingi farzandning fenotip va genotip jihatdan sog’lom?
10. O’roqsimon anemiya retsessiv holda irsiylanadi. Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90 % hayotdan ko’z yumadi. Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’ yigit oat-onasi sog’lom bo’lgan lekin, ukasi erta vafot etgan ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 ta farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu oilada keyingi farzandning fenotip bo’yicha sog’lom tug’ilish ehtimolligi qancha?
11. O’roqsimon anemiya retsessiv holda irsiylanadi. Bu belgiga ega bo’lgan bolalarning 90 % hayotdan ko’z yumadi. Ota-onasi sog’lom bo’lgan sog’ yigit oat-onasi sog’lom bo’lgan lekin, ukasi erta vafot etgan ayolga uylandi. Ular ko’rgan 4 ta farzanddan biri 5 yoshida vafot etgan. Bu oilada keyingi farzandning fenotip bo’yicha sog’lom tug’ilish ehtimolligi qancha?
12.Meksika it zoti dogda terida jun bo’lmasligini taminlovchi gen gomozigota holda organizmning o’limiga olib keladi. juni normal itlar chatishtirilganda naslning bir qismi nobud bo’lgan. Boshqa chatishtirishda bunday bo’lmagan. Birinchi chatishtirishdan olingan kuchuklarning barchasini geterozigota organizmlar bilan chatishtirilganda ularning qanchasida kuchuklarning o’limi kuzatiladi?
A.66.7% B.33.3% C.25% D.50%
13.Sariq junli sichqonlar chatishtirilganda 72 ta sariq junli sichqonlar 36 ta qora sichqonlar hosil bo’ldi chatishtirishda ishtirok etgan ota-ona sichqonlar genotipini aniqlang.
14.Sariq junli erkak va urg’ochi quyonlar chatishtirildi. Ulardan 24 tasi sariq, 11 tasi oq
quyonlar olindi. Ota-ona quyonlarni va F1 quyonlar genotipini aniqlang.