Jins bilan birikkan holda irsiylanishga oid masalalar 1.Odam gemofiliya kasalligi jinsiy xromosomaga birikkan holda irsiylanadi.Gemofiliya bo’yicha sog’lom ayol va gemofiliya bo’yicha sog’lom erkak turmush qurganda, ulardan bitta gemofiliya bilan kasallangan va bitta sog’lom o’g’il bolalar tug’ilgan. Ota-ona genotipini toping.
2.Gemofiya bilan kasallangan ayol sog’lom erkakga turmushga chiqqanda ulardan tug’ilgan qizlarning necha % i ning genotipi onasiga o’xshaydi?
3.Gemofiliya bilan kasallangan erkak sog’lom lekin tashuvchi ayol bilan turmush qurganda ulardan 4 ta farzand tug’ilgan bo’lsa, ularning nechtasi gemofiliya bo’yicha sog’lom bo’lgan?
4.Daltonizm kasalligi jinsga birikkan holda irsiylanadi. Daltonizm kasalligi bo’yicha sog’lom ayol, daltonizm bilan kasallangan erkakga turmushga chiqqanda ularda tug’ilgan farzandlarning barchasi sog’lom bo’lgan bo’lsa, ota-ona genotipini aniqlang.
5.Daltonizm bo’yicha tashuvchi ayol bilan sog’lom erkak turmush qurganda ulardan tug’ilgan qizlarning necha % daltonizm bo’yicha tashuvchi bo’lmagan sog’lom bo’ladi?
6.Rangni yaxshi ajrata olmaydigan erkakning
qoni normal iviydi. Ayol esa rangni ajrata
oladigan qoni normal iviydi. Ularda tug’ilgan farzandlarning necha % i ikki belgisi bo’yicha kasal bo’ladi?
7.Gemofiliya bo’yicha tashuvchi, daltonizm bo’yicha kasal ayol ikki belgi bo’yicha ham kasal erkakga turmushga chiqdi ulardan tug’ilgan farzandlarning necha % i bir belgisi bo’yicha sog’lom bo’ladi?
8.Gipertrixoz nasldan naslga Y xromosoma orqali o’tadi. Gipertrixoz kasalligi bilan chalingan erkakdan tug’ilgan qizlar gipertrixoz kasalligi bo’yicha sog’lom yigit bilan turmush qurganda ularda tug’ilgan farzandlarning gepertrixoz kasalligi bilan chalinish ehtimoli necha % bo’ladi.
9.Drozofila meva pashshasi ko’zining qizil rangini iodalovchi gen W, oq rangini ifodalovchi gen w ustidan dominantlik qiladi. Ular jinsiy xromosomada joylashgan. Tajribada qizil ko’zli gomozigotali urg’ochi drozofila, oq ko’zli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. Olingan F1 dagi erkak va urg’ochi formalar o’zaro chatishtirilib F2 da 300 ta drozofila olingan:a)Ulardan nechtasi erkak nechtasi urg’ochi
b)Erkak drozofilaning qanchasi qizil ko’zli, qanchasi oq ko’zli bo’lgan?
10.Gipertrixoz nasldan naslga Y xromosoma orqali, polidaktiliya esa autosomada joylashgan dominant gen orqali o’tadi. Otasi gipertrixoz, onasi esa polidaktiliya bilan kasallangan oilada ikkala belgi bo’yicha sog’lom qiz tug’ilgan. Bu oilada yana ikkala belgi bo’yicha o’g’il va qizlar tig’ilishi mumkinmi?
11.Gemolitik yigit sog’ qizga uylansa, bu nikohdan tug’ilgan qiz va o’g’illar sog’ bo’lsa, nevaralarda gemofiliya bilan kasallanish kuzatiladimi?
12.Odamning Y jinsiy xromasomasida oyoqdagi ikkinchi va uchinchi barmoq orasida pardalarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi gen bor. Shunday erkak barmoqlarida pardasi yo’q ayolga uylansa mazkur belgi bolalarda va nevaralarda paydo bo’lish ehtimoli qanday?
13.Sog’lom ota onadan albinos gemofiliyali o’g’il tug’iladi. Ota-onaning genotipini va ikinchi o’g’lining sog’tug’ilish ehtimolini aniqlang.
14.Sog’ ayol va erkakdan ikkita o’g’il bola tug’ildi. Ulardan biri gemolitik ikkinchisi daltonik. Ota-ona va o’g’illarining genotipini aniqlang.
15.Quloqda yung bo’lishi Y xromosomada joylashgan genga bog’liq. Polidaktiliya geni dominant bo’lib autosomada joylashgan.
Otasi gipertrixoz (quloqda yung bor) onasi polidaktiliya bo’lgan oilada har ikkila belgi bo’yicha normal qiz bola tug’ildi. Shu oilaning keyingi farzandining ikkala belgi bo’yicha normal holda tg’ilish ehtimoli qanday?
16.Otasi gemofiliya bilan kasallangan kishining sog’lom qizi gemofilik yigitga turmushga chiqsa, bu oilada sog’lom bola tug’ilish mumkinmi?
17.Otasi daltonik bo’lgan qiz, otasi daltonik bo’lgan yigitga turmushga chiqqan. Bolalarning sog’lom bo’lishi yoki daltonik kasallikka chalinish to’g’risida qanday fikrdasiz?
18.Ranglarni ajrata oladigan erkak va ayoldan tug’ilgan daltonik o’g’il uylanib normal ko’radigan qiz ko’rdi. Uning ikkinchisi qizi esa turmushga chiqqanda bitta normal ko’radigan qiz va bitta daltonik o’g’il ko’rdi. Shu oilaning yana biri normal ko’radigan qiz, beshta normal ko’radigan o’g’il ko’rdi. Ota-onaning va farzandlarining genotipini aniqlang.
19.Biror kasallik retsessiv bo’lib X xromasomada joylashgan. Onasi tashuvchi, otasi sog’lom bo’lganda bolalarning necha %i da kasallik uchraydi?
20. Gemofiliya kasalligi retsessiv bo’lib, X xromosomada joylashgan. Otasi sog’lom, onasi esa tashuvchi bo’lganda, o’g’illarning necha % ida kasallik uchraydi?
21. Gemofiliya kasalligi retsessiv bo’lib, X xromosomada joylashgan bo’lib, jinsga birikkan holda irsiylanadigan retsessiv belgi. Albinizm kasalligi geni autosomalarga joylashgan retsessiv belgi. Har ikki belgi bo’yicha sog’lom bo’lgan ota-onadan gemofiliya bilan og’rigan albinos o’g’il tug’ildi. Ota-ona genotipini ko’rsating.
22.Mushuklarda ranglarni ifodalovchi genlar X xromosomada joylashgan. Qora rang dominant, lekin malla rang ustidan to’liq dominantlik qila olmaydi, natijada geterozigotalar orali belgi-toshbaqa rang hosil bo’ladi. Toshbaqa rangli mushukchalarning jinsi va genotipi qandaybo’ladi.