70-masala. Gomozigotali bangidevona o‘simliklari quyidagi tartiblarda chatishtirilgan:
1) qizil gulli, ko‘saklari tikanli x oq gulli, ko‘saklari silliq;
2) qizil gulli, ko‘saklari silliq x oq gulli, ko‘saklari silliq.
Har ikkala chatishtirishdan olingan F1 o‘simliklari o‘zaro chatishtirilsa, o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha keyingi avlodda olingan o‘simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo‘ladi? Ularning nisbatlarini aniqlang.
71-masala. Qovoq o‘simliklarida mevaning oq rangda bo‘lishi W geniga va sariq bo‘lishi w geniga, mevaning yassi bo‘lishi S geniga va noksimon bo‘lishi s geniga bog‘liq. Qovoq o‘simliklari meva rangi va shakli bo‘yicha qanday genotiplarga ega bo‘lish ehtimoli bor? Bunday genotiplarga qanday fenotiplar to‘g‘ri keladi? Ularning nechtasi gomozigotali bo‘lishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |