Genetikadan masala ishlash



Download 1,16 Mb.
bet32/111
Sana30.12.2021
Hajmi1,16 Mb.
#87066
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111
Bog'liq
genetika

72-masala. Oq, yassi mevali qovoq o‘simliklari oq, noksimon mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 38 tasi oq, yassi va 12 tasi sariq, noksimon mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

73-masala. G‘o‘za o‘simligida hosil shoxlarining cheklanmagan tipda bo‘lishi (S) cheklangan bo‘lishi (s) ustidan va gullarining sariq rangi (U1) och sariq rangi (u1) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli g‘o‘za o‘simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 372 ta o‘simlik olingan bo‘lib, ularning 88 tasi cheklanmagan shoxli, sariq gulli; 94 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 92 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 98 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo‘lgan. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli o‘simliklar o‘zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo‘yicha qanday natija olish mumkin?

74-masala. Tut ipak qurtining qurtlari oq rangli, sariq pilla o‘rovchi zoti yo‘l-yo‘l rangli, oq pilla o‘rovchi zoti bilan chatishtirilganida, F1 da faqat yo‘l-yo‘l rangli, sariq pilla o‘rovchi qurtlar olingan. F2 da esa quyidagi natija olingan: 6388 ta yo‘l-yo‘l rangli, sariq pilla o‘rovchi qurtlar, 2147 ta yo‘l-yo‘l rangli, oq pilla o‘rovchi qurtlar; 2099 ta oq rangli, sariq pilla o‘rovchi qurtlar va 691 ta oq rangli, oq pilla o‘rovchi qurtlar. O‘rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatini, chatishtirish uchun olingan ipak qurti zotlarining hamda F1 va F2 avlod qurtlarining genotipini aniqlang.

75-masala. CHorvachilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklardan birida bir necha yillar davomida shoxsiz, qora sigirlar xuddi shunday shoxsiz, qora buqalar bilan chatishtirib kelingan. Lekin, olingan buzoqlar bu belgilar bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan. Ularning ma’lum qismi ota-onasiga o‘xshash shoxsiz, qora bo‘lgan bo‘lsa, qolganlari: shoxsiz, qizil; shoxli, qora va shoxli, qizil bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan sigir va buqalarning genotipini aniqlang. Xo‘jalikda faqat shoxsiz, qora buzoqlar olish uchun qanday chatishtirish o‘tkazish kerak?

76-masala. Odamlarda ko‘zning jigarrang bo‘lishi ko‘k rangi ustidan va o‘ng qo‘l bilan ishlashga layoqatlik(o‘naqaylik) chap qo‘l bilan ishlashga layoqatlik (chapaqaylik) ustidan to‘liq dominantlik qiladi.

1) ota-onasi digeterozigotali bo‘lgan bolalar ko‘z rangi va qaysi qo‘l bilan ishlashga layoqatlik bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘ladi?

2) otasi ko‘z rangi bo‘yicha geterozigotali va chapaqay, onasi esa ko‘k ko‘z, lekin ikkinchi belgi bo‘yicha geterozigotali bo‘lsa, shu oilada tug‘ilgan bolalar qanday fenotipga ega bo‘ladi?

3) ko‘k ko‘z va o‘naqay yigit, jigarrang ko‘z va o‘naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita bola tug‘ilgan bo‘lib, ulardan biri jigarrang ko‘z va chapaqay, ikkinchisi esa ko‘k ko‘z va o‘naqay bo‘lgan. Ota-ona va bolalarning genotipini aniqlang.



4) ko‘k ko‘z va o‘naqay yigit, jigarrang ko‘z va o‘naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita farzand tug‘ilgan bo‘lib, ulardan biri jigarrang ko‘zli va chapaqay, ikkinchisi esa ko‘k ko‘z va o‘naqay bo‘lgan. Yigit ikkinchi marta boshqa ayol bilan turmush qurgan bo‘lib, bu ayolning ko‘zi jigarrang, o‘zi o‘naqay bo‘lgan. Nikohdan tug‘ilgan 9 ta farzandning hammasi jigarrang ko‘zli va o‘naqay bo‘lgan. Yigitning va ikkinchi ayolning genotipini aniqlang.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish