69-masala. Bangidevona o‘simligida gulining alvon (qizil) rangda bo‘lishi (P) oq rangi (p) ustidan, ko‘saklarining tikanli bo‘lishi (S) silliq bo‘lishi (s) ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Qizil gulli, silliq ko‘sakli bangidevona o‘simligi oq gulli, tikanli ko‘sakka ega o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 320 tasi qizil gul, tikanli ko‘saklarga va 312 tasi qizil gul, silliq ko‘saklarga ega bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan o‘simliklarning o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha genotiplarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |