Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

2.
 
Evolyutsion nazariya ustida ishlash. 
Turlarning o`zgarishi to`g`risidagi dastlabki g`oya Darvinda “Bigl” 
kemasidagi safar davridayoq paydo bo`ladi. Lekin bu jarayon sabablarini aniqlash 
masalasi hali ko`p jihatdan muammo edi. Darvin Angiliyaga qaytgach, xonaki va 
tabiiy sharoitdagi hayvon, o`simliklarning o`zgaruvchanligiga doir ma’lumotlarni 
ko`plab yig`a boshladi va 1837 – yilning iyul oyida yon daftariga evolyutsiya 
bo`yicha dastlabki mulohazalarni yozdi. Shu vaqtdan boshlab, 20 yildan ortiqroq vaqt 
mobaynida u evolyutsiya g`oyasini rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlar, dalillarni 
to`play boshladi va ularni puxta o`rgandi. Evolyutsion nazariyaning birinchi xomaki 
nusxasi 1839 – yili tayyor bo`ldi. Turlar kelib chiqishi nazariyasining asosiy 
qoidalari esa 1842 – yili yozilgan qisqacha ochyerkida o`z ifodasini topdi. 1844 – 
yilga kelib, turlarning paydo bo`lishi to`g`risidagi ochyerk oxiriga yetkazildi. Bu 
davrda sun’iy va tabiiy tanlanishning ijodiy roli Darvin e’tiborini tobora ko`proq 
o`ziga jalb etdi. 
Darvin turlarning o`zgarishi haqidagi nazariya juda muhim ilmiy kashfiyot 
bo`lib, fanda katta qadam ekanligini yaxshi tushungan holda uni har tomonlama 
asoslashga harakat qilganligi uchun ham nazariyaning qisqacha mazmunidan faqat 
Darvinga juda yaqin olimlar – Lyayel va Gukerlar xabardor edi xolos. 
1856-yili Lyayel Darvinga organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi 
qarashlarini kengroq bayon etishni maslahat berdi. Shundan keyin u nashr etilgan 
“Turlarning kelib chiqishi” asariga qaraganda 4 marta katta hajmli asar yozishga 
kirishdi. Lekin asarning yarmini yozib bo`lgach, olimning ilgari o`ylagan fikrlari 
tamomila o`zgardi. Gap shundaki, Malayya arxipelagida ish olib borayotgan 
taniqli tadqiqotchi, zoolog Alfred Uolles 1858-yil 18 iyunda Darvinga xat va 
kichik maqola yubordi. Darvin Uolles yuborgan maqolaning mazmuni bilan 
tanishgach, u bilan o`zining g`oyasi va fikrlarida hayron qolarlik darajada 
o`xshashlik borligiga ajablandi. Shunga qaramasdan, u Uollesning maqolasini 
jurnalda e’lon qilmoqchi va uni evolyutsion ta’limotning birinchi muallifi deb 
e’tirof etmoqchi bo`ldi. Lekin Darvin evolyutsion ta’limot ustida 20 yildan buyon 
tinmay ishlayotganligidan va juda ko`p faktik materiallarga ega ekanligidan 
xabardor bo`lgan Lyayel, Guker va boshqa olimlar bunga e’tiroz bildirdilar va 
Darvin o`z ta’limotini qisqa maqola shaklida yozishiga va uni Uolles maqolasi 
bilan bir vaqtda e’lon qilishiga maslahat berdilar. Natijada 1858-yili 1-iyulda 
Londondagi “Linney jamiyati” majlisida Uolles maqolasi bilan Darvin 
nazariyasining qisqacha ochyerki haqida axborot tinglandi va jamiyat jurnalining 
avgust 
oyi 
sahifalarida 
Uolles 
maqolasi 
bilan 
Darvinning 
“Organik 
mavjudotlarning tabiiy holatda o`zgarishi, tabiiy tanlanish, xonaki hayvonlarni 
yovvoyi turlar bilan qiyoslash to`g`risida” nomli maqolasi nashr qilindi. Ammo 
har ikki maqola ham olimlar diqqatini o`ziga torta olmadi. Natijada Lyayel va 
Guker Darvinni o`z nazariyasini qisqacha bo`lsa-da, bitta kitob holida yozib, nashr 
ettirishga shoshirdilar va nihoyat, 1859 yil 24 noyabrda «Tabiiy tanlanish yo`li 
bilan turlarning kelib chiqishi, ya’ni yashash uchun kurashda eng yaxshi 
moslashgan zotlarning saqlanib qolishi» degan mashhur asari chop etildi.


45 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish