Genetika masalalar to’plami


Genlarning ko’p tomonlama ta'siri (pleatropiya)



Download 317,32 Kb.
bet12/14
Sana12.12.2022
Hajmi317,32 Kb.
#884233
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
GENETIKA 2022 kichik guruh uchun

Genlarning ko’p tomonlama ta'siri (pleatropiya).

1 .Sichqonlar jun rangining kulrang bo'lishi


Ava Bgenlarining komplementar ta'siriga bog'liq.
A gen mustaqil holda junning qora bo'lishini ta'minlaydi, В gen mustaqil holda jun rangiga ta'sir eta olmaydi, bu genlarning retsessiv allellari junning oq bo'lishini ta'minlaydi. Kulrang sichqonlar o'zaro chatishtirilganda 58ta kulrang, 19 ta qora junli sichqonlar olindi Ota-ona genotipini aniqlang.
A) AaBbxAaBb B)AABbxAABb
C) A ABBxAaBb D) AaBbxAaBB

2.Sichqonlarda junining sariq rangda bo'lishini ta'minlovchi gen dominant bolib, pleyotrop ta'sirga ega. Sariq rangdagi erkak va urg'ochi sichqonlar chatishtirilganda 124 ta sariq va 62 ta kulrang sichqon olingan. Ota-ona genotipi va nobud bo'lgan sichqonlar sonini toping.


A)Aa x Aa; 62 ta AA
B)AA x aa; 62 ta Aa
C)Aa x aa;186taAa
D)AAx AA; 124 ta AA

3. Sichqonlarda jun rangi sariq va qora bo'lishi bir juft allel genlarga (A — a)bog'liq. Malum bo'lishicha sariq rangli sichqonlar faqat geterozigotali holatda boladi Agar sariq rangli sichqonlar qora rangli sichqonlar bilan chatishtirilsa nisbat qanday bo'ladi?


A)l:l B)3:l C)2:l D)l:2:l

4. Qaysi genotipli sariq junli quyonlar embrionlik davrida halok bo'ladi? Buning sababini ko'rsating. A)faqat gomozigotalilar, genlarning pleyotropiya ta'siri natijasida


B)faqat gomozigotalilar, genlarning komplimentar
ta'siri natijasida
C)gomozigota va geterozigotalilar, genlarning
pleyotrop ta'siri natijasida
D)gomozigota va geterozigotalilar, genlarning
polimeriya ta'siri natijasida

5. Sariq junli erkak va urg'ochi quyonlar chatishtirildi. Ulardan 24 tasi sariq, 11 tasi oq quyonlar olindi. Urg'ochi va erkak quyonlarning genotipi va hosil bo'lgan avlodlar nisbatini aniqlang.


A)Aa va Aa; 2:1 B)Aa va aa; 1: 1
C)AA va aa; 3 : 1 D)Aa va AA; 2 :1

6. Qorako'l qo'y zotlarida mo'ynaning sheroziy bo'lishi dominanat genga. Qora bo'lishi retsessiv genga bog'liq. Mo'ynasining rangi sheroziy bo'lgan geterozigota sovliq va qo'chqorlar chatishtirilganda, duragaylarda ajralish nisbati qanday bo'ladi?


A)l:l B)2:l C)3:l D)l:2:l

7. Pleyotropiya deb nimaga aytiladi?


A)bir nechta genning bir belgining rivojlanishiga ta'siri
B)ayrim allel bo'lmagan genlarning o'zaro ta'siri natijasida belgilarning rivojlanishi
C)ayrim genlarning ko'p tomonlama ta'sirida bir necha belgilarning irsiylanishi
D)ayrim genlarda yuz beradigan mutatsiyalar

8. Gulli o'smliklarda gullarning to'q qizil rangda bo'lishini ta'min etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham to'q qizil rangda bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu quyidagilardan qaysi birining ta'siri natijasida ro'y beradi?


A)komplementar B)epistaz
C)polimeriya D)pleyotropiya

9.Sariq junli erkak va oq junli urg'ochi quyonlar chatishtirildi. Ulardan 12 tasi sariq, 11 tasi oq quyonlar olindi. Urg'ochi va erkak quyonlarning genotipi va hosil bo'lgan avlodlar nisbatini aniqlang.


A)Aa va Aa;2:l B)Aa va aa; l:l
C)AAva aa;3:l D)Aa va AA; 2:l

10. Qoramollarda D gen tana qismlari o’zaro nisbatini nomutanosiblikka olib keladi (oyoqlarining kalta bo’lishi, bosh suyagi, mushak sistemasiga ta’sir etib, qoramol vaznining oshishiga). D gen letal xususiyatga ega. Uning retsessiv allali d gen esa tana qismlarining normal nisbatta bo’lishi va hayotga layoqatligini ta’minlaydi. Geterozigota genotipli qoramollardan hosil bo’lgan 200 ta avloddan nechtasi o’lib ketadi? A) 100 B) 50 C) 150 D) 0


11. Odamda talassemiya (A) chala dominant holda irsiylanadi Dominant gomozigotalar erta halok bo’ladi, geterozigotalar yashaydi O’roqsimon anemiya (b) retsessiv gomozigota holatda o’limga olib keladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo’ladi. Digeterozigota otaonalardan tug’ilgan farzandlaring necha foizi halok bo’ladi?


A) 43,75 B) 25 C) 50 D) 75

12. Odamda talassemiya (A) chala dominant holda irsiylanadi. Dominant gomozigotalar erta halok bo’ladi, geterozigotalar yashaydi. O’roqsimon anemiya (b) retsessiv gomozigota holatda o’limga olib keladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo’ladi. Digeterozigota otaonalardan tug’ilgan farzandlarning necha foizi talassemiyaning yengil formasi bilan kasallangan bo’ladi?


A) 25 B) 37,5 C) 50 D) 75

13. Odamda talassemiya (A) chala dominant holda irsiylanadi. Dominant gomozigotalar erta halok bo’ladi, geterozigotalar yashaydi. O’roqsimon anemiya (b) retsessiv gomozigota holatda o’limga olib keladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo’ladi. Digeterozigota otaonalardan tug’ilgan farzandlarning necha foizi o’roqsimon anemiyaning yengil formasi bilan kasallangan bo’ladi?


A) 25 В) 31,25 С) 50 D) 75

14. Odamda talassemiya (A) chala dominant holda irsiylanadi. Dominant gomozigotalar erta halok bo’ladi, geterozigotalar yashaydi. O’roqsimon anemiya (b) retsessiv gomozigota holatda o’limga olib keladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo’ladi. Digeterozigota otaonalardan tug’ilgan farzandlarning necha foizi ikkala kasallik bo’yicha sog’lom bo’ladi? A) 6,25 B) 25 C) 31,25 D) 50


15. Qorako’l qo’ylari junining sheroziy rangda bo’lishini ta’minlovchi gen dominant bo’lib, pleyotrop ta’sirga ega. Sheroziy rangdagi erkak va urg’ochi qo’ylar chatishtirilganda 82 ta sheroziy rangli va 41 ta qora rangli qo’zichoq olingan. Ota-ona genotipi va nobud bo’lgan qo’ylar sonini toping.


A) Kk x kk; 123 ta Kk В) Kk x Kk; 41 ta KK C) KK x kk; 41 ta Kk D) KK x KK; 82 ta KK

16. Qorako’l qo’ylari junining sheroziy rangda bo’lishini ta’minlovchi gen dominant bo’lib, pleyotrop ta’sirga ega. Sheroziy qo’ylarni o’zaro chatishtirilganda, jami 750 ta qo’zichoqlar olinib, sheroziy va qora rangli qo’zichoqlar 490:260 nisbatda bo’lgan. Ushbu avlodda qo’zichoqlardagi fenotipik nisbat nechaga teng ekanligini toping.


A) 1:2:1 B) 1:1 C) 3:1 D) 2:1

17. Qorako’l qo’ylarida sheroziy rang Aa genotip, qora ranglilik esa aa genotip ta’sirida yuzaga chiqadi AA genotip esa qo’ylarni embrional rivojlanish davrida nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Qo’ychilik xo’jaliklari naslda sheroziy qo’ylar olish va iqtisodiy zarar ko’rmaslik uchun quyidagi qaysi genotipli ota-onani chatishtirishni qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi?


A) Aa x Aa B) AA x aa C) aa x aa D) Aa x aa

18. Tovuqlarda bir juft gen (A-a) o’z ta’sirini har tomonlama namoyon qiladi AA- letal, Aa-kalta oyoqlilik, aa-esa odatdagi oyoqlilikni namoyon qiladi. Tajribalardan birida kalta oyoqli tovuqlar o’zaro chatishtirilganda jami 600 ta jo’jalar olinib, ulardan 400 tasi kalta oyoqli, 200 tasi uzun oyoqli bo’lgan. Ota ona genotipini aniqlang.


A) Aa x Aa B) AA x aa C) aa x aa D) Aa x aa

19. Tovuqlarda bir juft gen (A-a) o’z ta’sirini har tomonlama namoyon qiladi. AA - letal, Aa – kalta oyoqlilik, aa - esa odatdagi oyoqlilikni namoyon qiladi. Agar tajribada odatdagi oyoqlik tovuq va xo’rozlar chatishtirilsa F2 da necha foiz jo’jalar kalta oyoqlik tug’iladi?


A) 25 В) 0 C) 50 D) 75

20. Sichqonlarda jun rangini sariq va qora bo’lishi bir juft allel (Ss) genlariga bog’liq. Bu genni ss holati sichqonlarda qora rangni, Ss genotip esa sariq rangni nazorat qilsa, SS genotip esa sichqonlarni embrional rivojlanish davrida nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi. Sariq sichqonlar o’zaro chatishtirilsa nazariy jihatdan kutilgan 3:1 nisbat o’rniga sariq va qora rangli sichqonlar 2:1 nisbatda paydo bo’lgan. Ota-ona genotipini aniqlang.


A) Ss x Ss B) SS x ss C) ss x ss D) Ss x ss

21. Sichqonlarda jun rangini sariq va qora bo’lishi bir juft allel (Aa) genlariga bog’liq. Bu genni aa holati sichqonlarda qora rangni, Aa genotip esa sariq rangni nazorat qilsa, AA genotip esa sichqonlarni enibrional rivojlanish davrida nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi. Sariq rangli sichqonlar o’zaro chatishtirilganda sariq va qora sichqonlar 204:102 nisbatda bo’lgan. Ota-ona genotipi va nobud bo’lgan sichqonlar sonini toping.


A) Aa x aa; 102 ta AA B) Aa x Aa; 101 ta AA C) AA x aa; 102 ta AA D) AA x AA; 198 ta AA

22. Sichqonning junining sariq rangda bo’lishini ta’minlovchi gen dominant bo’lib, pleyotrop ta’sirga ega. Sariq rangdagi erkak va urg’ochi sichqonlar chatishtirilganda 124 ta sariq va 62 ta kulrang sichqon olingan. Ota-ona genotipi va nobud bo’lgan sichqonlar sonini toping.


A) Aa x aa; 186 ta Aa B) Aa x Aa; 62 ta AA
C) AA x aa; 62 ta Aa D) AA x AA; 124 ta AA

23. Sichqonlarda jun rangi sariq va qora bo’lishi bir juft allel genlarga (A-a) bog’liq. Ma’lum bo’lishicha sariq rangli sichqonlar faqat geterozigotali holatda bo’ladi. Agar sariq rangli sichqonlar qora rangli sichqonlar bilan chatishtirilsa nisbat qanday bo’ladi?


A) 3 :1 В) 1:1 С) 1:2:1 D) 2:1

24. Odamda talassemiya (A) chala dominant holda irsiylanadi. Dominant gomozigotalar erta halok bo’ladi, geterozigotalar yashaydi. O’roqsimon anemiya (b) retsessiv gomozigota holatda o’limga olib keladi, geterozigotalar yashaydi va kasallikning yengil formasi bilan kasallangan bo’ladi. Digeterozigota otaonalardan tug’ilgan farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ota-onaga o’xshaydi?


A) 12,5 % B) 25 % C) 50 % D) 75 %

25. Karp balig’ining tangachalari bir xil va lentasimon bo’lgan xillari bor. Lentasimon tangachlarga ega baliqlar urchitilganda hosil bo’lgan 4500 ta avlodning 25 % i nobud bo’ldi. Ota-ona genotipini aniqlang?


A) AA x aa B) AaBb x AaBb
C) Aa x Aa D) Aa x aa

26. Pleyotropiya hodisasiga mos keluvchi javoblarni tanlang. 1) bitta genning bir qancha belgini rivojlanishiga ta’siri; 2) allel bo’lmagan bir necha genning bitta belgini rivoj lanishiga ta’siri; 3) organizmning miqdoriy belgilarida uchraydi; 4) organizmning nobud bo’lishiga sabab bo’ladi; 5) tovuq pati jingalak bo’lishi hayotchanlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi; 6) gul, poya va shoxlarning to’q qizil bo’lishiga olib keladi; 7) lavlagi ildizmevasidagi shakar miqdorini belgilaydi; 8) bug’doy boshog’i uzunligi shu hodisa tufayli ta’minlanadi.


A) 1,3,5,7 B) 1,4,5,6 C) 2,3,7,8 D) 2,4,6,8

27. Tovuqlarda kalta oyoqlilikga javob beradigan (bb) gomozigota resessiv holda o’limga olib keladi. DDjingalak; Dd-to’lqinsimon; dd-normal patni rivojlantiradi. Digeterozigota organizmlar chatishtirilganda yashovchan va normal patli tovuqlar tug’ilish ehtimolini (%) aniqlang.


A) 18,75 B) 6,25 C) 37,5 D) 56,25

28. Tovuqlarda kalta oyoqlilikga javob beradigan (bb) gomozigota resessiv holda o’limga olib keladi. DDjingalak, Dd-to’lqinsimon, dd-normal patni rivojlantiradi. Digeterozigota organizmlar chatishtirilganda, yashovchan tovuqlar genotipi ajralishi qanday bo’ladi?


A) 1:2:2:4:1:2 B) 1:2:1
C) 1:2:2:4:1:2:1:2:1 D) 3:6:3:1:2:1

29. Tovuqlarda X xromosomada joylashgan resessiv gen jo’jalarning tuxumni yorib chiqmasdan oldin nobud bo’lishiga olib keladi. Avlodda 120 ta tirik jo’ja olindi. Ularning qanchadan qismini urg’ochi va erkak tovuqlar tashkil qiladi.


A) 80 ta erkak va 40 ta urg’ochi
B) hammasi erkak
C) 60 erkak va 60 urg’ochi
D) 40 erkak va 80 urg’ochi

Download 317,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish