Jins bilan birikkan holda irsiylanishga oid mustaqil yechish uchun masalalar.
1-masala. Drozofila meva pashshasi ko’zning qizil rangini ifodalovchi gen-W, oq rangini ifodalovchi gen-w ustidan dominantlik qiladi, ular jinsiy xromosomalarda joylashgan. Tajribada qizil ko’zli gomozigota urg’ochi drozofilla, oq ko’zli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. Olingan F1 dagi erkak va urg’ochi formalar o’zaro chatishtirilib ,F2 da 300 ta drozofila olingan:
Ulardan nechtasi erkak va nechtasi urg’ochi
Erkak drozofillalarning qanchasi qizil ko’zli, qanchasi oq ko’zli bo’lgan ?
2-masala. Mushuklarda B gen jigarrang junning, b gen qora rangli junni rivojlanishini ta’minlaydi. Getorozigota forma chipor junli bo’ladi, bu genlar jinsiy xromosomalarda joylashgan. Qora junli erkak mushukni jigarrang junli urg’ochisi bilan chatishtirilib, 6ta nasl olingan.Ulardan 4 tasi urg’ochi mushuklardir
Nechta urg’ochi mushuk chipor rangli
Nechta erkak mushuk jigarrang bo’ladi?
3-masala. Odamda gemofiliyani keltirib chiqaruvchi gen – h X xromosomada joylashgan. Otasi gemofiliya bilan kasallangan qiz sog’lom yigitga turmushga chiqqan va 8 ta farzand ko’rishgan.
Farzandning nechtasi sog’lom?
Qizlarning nechtasi sog’lom?
Gemofiliya bilan kassallangan o’g’il bolalar nechta?
4-masala. Odam ranglarni ajrata olmaslik-daltonizm kasalligi retsessiv (d) xolda nasldan- naslga o’tadi. Rangni normal ajratadigan odamlarda D geni bor. Xar ikki gen X xromosomalarda joylashgan. Ranglarni normal farq qiladigan, lekin mazkur belgi bo’yicha geterozigota qiz, daltonik yigitga turmushga chiqqan va 8 ta farzand ko’rgan:
Ayol necha xil gameta hosil qiladi ?
Tug’ilgan bolaning nechtasi normal ko’radi?
Nechta o’g’il bolalarda daltonizm kasalligi mavjud ?
Nechta qiz bola daltonizm kasalligi bilan kasallangan? ?
5-masala. Odam terisida teri bezlarining bo’lmasligi retsessiv, bo’lishi dominant belgi hisoblanadi. U belgining genlari X xromosomada joylashgan. Mazkur belgi bo’yicha geterozigota qiz, ter bezlari bor yigitga turmushga chiqib, 4 ta farzand ko’rgan
Farzandlarning nechasida teri bezlari bo’lmaydi ?
Nechta o’g’il bolada teri bezlari bo’lmaydi ?
Qizlarning nechtasi mazkur belgi bo’yicha geterozigota hisoblanadi
6-masala. Tovuqlarda B gen patining chipor, b gen qora rangni bo’liushini ta’minlaydi. Tajribada chipor tovuq, qora xo’roz bilan chatishtirilganda F1 dagi 16 ta tovuq va xo’rozdan :
Nechta xo’roz chipor patli ?
Nechta tovuq qora patli bo’ladi ?
F1 tovuq va xo’rozlar o’zaro chatishtirilib, F2 da 80 ta paranda olinsa ularda , nechtasi chipor, nechtasi qora patli bo’ladi?
Ularning nechtasi tovuq nechtasi xo’roz bo’ladi ?
7-masala. Viandot tovuqlarda chipor patning ba’zilari oltin rangda, bazilari kumush rangda tovlanadi. Oltin rangli chipor belgi retsessiv, kumush rangli chipor belgi dominant bo’ladi. Kumush rang chipor patli tovuqni, oltin rang chipor patli xo’rozlar chatishtirilib 30 ta jo’ja olingan:
Ulardan nechtasi tovuq?
Jo’jalarning nechtasi chipor patli bo’ladi ?
Xo’rozlar nechtasi kumushrang chipor patli bo’ladi ?
Tovuqlarning nechtasi oltin rang chipor patli bo’ladi ?
F1 da necha xil genotip olingan ?
8-masala. Kanareykalarda patning yashilligi dominant, qo’ng’irligi retsessiv belgi hisoblanadi. Havaskor qush boquvchi yashil patli erkak kanareyka bilan, qo’ng’ir patli urg’ochi kanareykani chatishtirib, F1 da yashil va qo’ng’ir patli kanareyka olgan. Yashil kanareykalarning yarmisi erkak yarmisi urg’ochi bo’lgan ota-ona kanareykaning va F1 duragaylarining genotipini aniqlang .
9-masala. Gerhem o’z shogirdlari bilan birgalikda shimoliy Karolina shtatida yashovchi oilalarida qonda fosfor yetishmasligi bilan bog’liq bo’lgan rahit kasalligining alohida formasi nasldan-naslga o’tishini o’rgangan va bu kasallikni D vitamini bilan davolash mumkunligini aniqlagan. Bu kassallik dominant genga bog’liq holda nansldan-naslga o’tadi. Mazkur kassallik bilan kassallangan 14 erkak va sog’lom ayollarning oilasida 21 ta qiz va 14 ta o’g’il bolalar tug’ulgan. Qiz bolalarning hammasi qonda fosfor yetishmasligi kasalli bilan kasallangan. O’g’il bolalarning hammasi sog’lom bo’lgan. Mazkur kassallik nasldan-naslga qanday beriladi? U gemofiliya kasalligi nasldan- naslga o’tishidan qanday farq qiladi ?
10-masala. Tovuqlar jinsiy xromosomasida joylashgan K gen letal xususiyatiga ega bo’lib jo’jalar tuxumdan chiqmasdanoq nobut bo’lishiga olib keladi .Agar XKXk x Xk Y genotipga ega xo’roz va tovuqlar chatishtirilsa jo’jalarning necha foizi tuhumdayoq nobut bo’ladi? Ularning genotipi qanday ekanligini aniqlang .
Do'stlaringiz bilan baham: |