Mustaqil yechish uchun masalalar
Tovuqlarning ayrim turlarida patlarini hoshiyali va oq rang bo'lishini belgilaydigan genlar X— xromosomada joylashgan, hoshiyali patlarni ta'minlovchi gen dominant holda irsiylanadi. Ma’lumki, tovuqlarning makiyonlari geterogametalidir.
parranda fermasida oq tovuqlarni xoshiyali xo'rozlar bilan chatishtirildi va F{ olingan hamma tovuq va xo'rozlar hoshiyali bo'lgan edi. Fx da olingan tovuq va xo'rozlar o'zaro chatishtirilganda F2 da 594 hoshiyali xo'roz va 607 ta hoshiyali va oq tovuqlar olindi. Barcha individlarni genotipini aniqlang.
havaskorlarda hoshiyali xo'rozlar va oq tovuqlar bo'lgan. Ularni o'zaro chatishtirishganda avlodda 40 ta hoshiyali xo'roz va tovuqlar hamda 38 ta oq tovuq va xo'rozlar olingan. Ota-onalar va duragaylarning genotipini aniqlang?
Seleksionerlar ayrim hollarda endi tuxumdan chiqqan jo'jalarning jinsini aniqlashi mumkin. Ota-onalar qanday genotipga ega bo'lganda buni amalga oshirish mumkin?
Ma’lumki, tillarang geni (jigarrang) kumush (oq) rang geniga nisbatan dominant bo'lib, jinsiy X— xromosomasida joylashgan.
Tovuqlarda patining rangini ta'minlovchi gen jinsiy X xromosomada joylashgan holda irsiylanib, Sgen patning chipor, b—qora rangda bo'lishini ta'minlaydi. Tajribada chipor tovuq qora xo'roz bilan chatishtirilgan. Fx da olingan tovuq va xo'rozlar qanday genotip va fenotipga ega bo'lgan? Fx da olingan tovuq va xo'rozlar o'zaro chatishtirilib, F2 da 80 ta parranda olinsa, ulardan nechtasi chipor, nechtasi qora patli bo'ladi? Jinsi bo'yicha qanday ajralish namoyon bo'ladi?
Ter bezlari bo'lmagan yigit shu belgi bo'yicha sogiom qizga uylanadi. Ota-onasining va bo'lajak bolalarining genotipini aniqlang. (Ushbu belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar X— xromosomada joylashgan bo'lib, ter bezlarining bo'lmasligi retsessiv belgidir).
Otasi ko'k ko'zli va daltonik bo'lgan, sogiom, jigarrang ko'zli ayol, ko'k ko'zli daltonizm bo'yicha sog'lom erkak bilan turmush qurdi. Bu oilada tug'ilgan bolalar qanday fenotip va genotipga ega bo'lishlari mumkin? Ma’lumki, ko'zning jigarrang bo'lishi autosomada joylashgan dominant gen orqali irsiylanadi. Daltonizm esa X— xromosomada joylashgan retsessiv gen bilan ifodalanadi.
Odamlarda gemofiliya X— xromosomada joylashgan retsessiv gen orqali nasldan naslga o'tadi. Albinizm esa autosomada joylashgan retsessiv gen bilan ifodalanadi.
Ushbu belgilari bo'yicha sogiom ota-onadan ikkala belgi bo'yicha kasal o'g'il tugildi. Ikkinchi farzandi ham ikkita belgi bo'yicha kasal bo'lib tug'ilish ehtimolini aniqlang.
Daltonik va kar-soqov erkak rangni normal ajrata oladigan, yaxshi eshitadigan ayolga uylandi. Ularda kar-soqov va daltonik o'g'il va daltonik, ammo yaxshi eshitadigan qiz tug'iladi. Bu oilada ikkita belgi bo'yicha kasal bo'lgan qiz tug'ilish ehtimolini aniqlang.
(Daltonizm va kar-soqovlik retsessiv belgilardir, faqat daltonizmni belgilovchi gen X— xromosomada, kar-soqovlikni belgilovchi gen autosomalarda joylashgan).
Gipertrixoz nasldan-naslga Y— xromosoma orqali, polidaktiliya esa autosomada joylashgan dominant gen orqali o'tadi. Otasi gipertrixoz, onasi esa polidaktiliya bilan kasallangan oilada ikkala belgi bo'yicha sogiom qiz tug'ilgan. Bu oilada yana ikkala
belgi bo'yicha sogiom o'g'il va qizlar tug'ilishi mumkinmi?
Y xromosomaga bog'liq bo'lgan gipertrixoz belgisi bola 17 yoshga to’lganidan keyin yuzaga chiqadi. Ixtiozning bir shakli retsessiv belgi bo'lib, X xromosoma bilan bog'liq. Har ikkala belgi bo'yicha normal ayol bilan gipertrixozli erkak oilasida ixtioz belgisiga ega bo'lgan o'g'il tug'ilgan. Shu bolada gipertrixoz belgisi bo'lishi mumkinmi? lkkita belgi bo'yicha normal farzand tug'ilishi mumkinmi? U qanday jinsli bo'ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |