.Stivensonning bergan ma'lumotlariga ko'ra Shimoliy Irlandiyada yangi tug'ilgan bolalarning 40% irsiy kasallikka chalingan bo'lar ekan. Bularga tabiiy abort natijalari (ular 14% ga yaqin) kirmaydi. Odamiarda uchraydigan irsiy kasalliklar ikki toifaga: gen kasalliklari va xromosoma kasalliklariga ajratiladi. Gen kasalliklari N.P.Bochkov, A.I.Zaxarov, V.I.Ivanov klassifikatsiyasiga binoan monogen va poligen kasalliklarga bo'linadi. Monogen kasalliklar o'z navbatida autosoma dominant, autosom retsessiv va jinsiy xromosoma bilan bog'liq kasalliklarga ajraladi.
Gen kasalliklari nihoyatda ko'p. Ularga misol qilib modda almashinishi bilan bog'liq bo'lgan galaktozemiya, qandli diabet, fenilketonuriya daltonizm, gemofiliya kabi kasalliklarni olish mumkin. Xromosoma kasalliklari ayanchli oqibatlarga olib keladi. Xromosoma kasalliklariga chalinganlar homilalik davridan boshlab nobud bo'ladilar yoki tug'ilgandan keyin o'ladilar. Masalan, odamning 18 xromosomasining uchta bo'lishi natijasida paydo bo'ladigan Edvards sindromida bola kichik vaznda, chala tug'ilgan, nerv sistemasi rivojlanmagan, bosh suyagi, ko'z kosalari kichik, barmoqlari changak holda bo'ladi. Hayot kechirish muddati ko'pincha 6 oydan oshmaydi.
13 xromosomaning uchta bo'lishi tufayli Patau sindromi hosil bo'ladi. Bunday bolaning vazni Jiaddan tashqari kichik bo'ladi, yurak qon-tomir sistemasi buzilgan bo'lib, chaqaloq 3-4 oy yashaydi. Shereshevskiy-Terner, Daun, Klaynfelter sindromli bolalarda ham ko'pgina irsiy anomaliyalar kuzatiladi. Bolalarning irsiy kasalliklar bilan tug'ilish ehtimolini aniqlash, uning oldini olish chora-tadbirlarini belgilashda tibbiy-genetik maslahat muhim rol o'ynaydi.
5. Tibbiy-genetikmaslahat
Sog'lom, aqliy va jismoniy jihatdan baquwat, har tomonlama kamol topgan shaxsni voyaga yetkazish doimo hukumatimiz diqqat markazida bo'lgan. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov qilgan nutqlarini birida, "Sog'lom avlod deganda shaxsan men, eng awalo sog'lom naslni tushunaman. Sog'lom bolaning tug'ilishi eng awalo onaning sog'lomligiga bog'liq" deb ta'kidladi. Ona-bolaning sog'lom bo'lishida tibbiyot xodimlarining roli beqiyos. Shu sababli barcha homilador ayollar tibbiyot xodimlarining nazoratida bo'ladilar. Tibbiy ko'rikdan o'tayotgan homilador ayollar orasida u yoki bu irsiy kasaliigi bor, nuqsonli bola tuqqan, yoshi 35 dan oshgan, yaqin qarindoshiga turmushga chiqqan, bolasi turmaydigan shaxslar bo'lsa, ular tibbiy-genetik maslahatxonalarda maxsus ko'rikdan o'tadilar.
Tibbiy-genetik maslahatlarida homilador ayolning qoni, siydigi tekshirib ko'riladi va uning o'zi, turmush o'rtog'i, oila a'zolari bilan suhbat o'tkazilib irsiy kasali bor deb taxmin qilinayotgan ayol va uning tug'ilajak homilasiga dastlabki tashxis qo'yiladi. Qo'yilgan tashxisni qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida homilaning o'rab turgan amnion suyuqligi shprits orqali olinib (72-rasm) u sitogenetik, biokimyoviy, molekular biologik, fizikaviy metodlar yordamida tekshiriladi. Tekshirish natijalari o'rganilib, tahlU qilinadi. Unga asoslanib ona va homiladagi taxmin qilinayotgan irsiy kasallik genga yoki xromosomaga bog'liqligi, uning dominant yoki retsessiv holatda irsiylanishi, jinsiy xromosoma yo autosomaga bog'liqligi aniqlanadi. Olingan ma'lumotlar homilador ayolga beriladi. Agar homiladagi irsiy kasallik o'ta xavfli bo'lmasa, uni oldini olish yoki rivojlanib ketmasligi uchun tibbiy xodim tavsiya etgan dorilarni ichish, parhezni saqlash, fiziko-terapevtik shifo olish tavsiya etiladi. Yaqin vaqtga qadar monogen irsiy kasallikni homilador ayolda namoyon bo'lishi kasallikni paydo bo'lish ehtimolligiga qarab taxmin qilinsa, endilikda DNK tuzilishidagi nuqsonlarga qarab belgilanadi.
Mabodo homiladagi irsiy kasallik xromosomalar sonini o'zgarishi yoki aberratsiyasi bilan aloqador bo'lsa, vrach-genetik eru-xotinni xohishiga ko'ra irsiy kasali bor homilaning dunyoga keltirish yoki keltirmaslik to'g'risida homilador ayol va uning turmush o'rtog'iga maslahat beriladi. Sog'lom bolaning dunyoga kelishi bir tomondan ota-onaning irsiy omillariga, ikkinchi tomondan esa tashqi muhit omillariga bog'liq.
Irsiy kasalliklarni oldini olishda faqat tibbiy genetik maslahat berish emas, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, ayniqsa uni radioaktiv moddalar bilan ifloslanishini oldini olish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga suvni, havoni, tuproqni sanoat, transport, maishiy xizmat chiqindilari bilan ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik zarur.
5.Tabiiy fanlar tizimida genetikaning o'rni Irsiyat va o'zgaruvchanlik organizmlarning ko'payishi bilan aloqador. Ko'payish, irsiyat va o'zgaruvchanlik asosida murakkab biokimyoviy, fiziologik jarayonlar yotadi. Bu bilan genetikani biokimyo va fiziologiyaga bog'liqligi izohlanadi. Organizmlarning individual rivojlanishi irsiy omil - genlar faoliyati bilan belgilanadi. Genlar ta'sirini ontogenezning umumiy qonuniyatlaridan ajratilgan holda tushuntirish mumkin emas. Bu esa genetikaning embriologiya bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Hozirgi zamon biokimyo, fiziologiya, embriologiya va boshqa biologik fanlar genetika bilan o'zaro aloqada bo'lmay, o'z maqsadlariga erishadilar deyish noto'g'ridir. Chunki irsiy o'zgarishlar - mutatsiyalar organizmdagi barcha fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni qamrab oladi. Genetika o'simliklar va hayvonlar sistemasiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Faqat irsiyatning moddiy asoslarini tadqiq qilish orqali o'simlik va hayvonlarning turli sistematik guruhlari orasida filogenetik vaqinlikni aniqlash mumkin. Genetikaning tibbiyot fani bilan aloqasi nihoyatda dolzarb sanaladi. Odamlarda olib borilgan genetik tadqiqotlar tufayli 5000 ga yaqin irsiy kusalliklar aniqlandi. Ularning xromosomalar, genlarning o'zgarishi bilan iloqador ekanligi ma'lum bo'ldi. Tibbiy genetik bilimlar asosida irsiy kasalliklaiga tashxis qo'yish, bu kasalliklarning oldini olish tadbirlari helgilanmoqda. Genetikaning ekologjya fani bilan bog'liqligi nihoyatda xilma-xil. Awalo atrof muhitning ifloslanishi o'simliklar, hayvonlar, odamlar irsiyatiga /ararli ta'sir etishi va shunday ta'sirlar natijasida paydo bo'ladigan irsiy kasalliklarning oldini olish uchun ekologik tadbirlar belgilanmoqda. (i s net i ka evolyutsion ta'limot bilan ham uzviy aloqador. Ch.Darvinning ta'biricha o'zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va sifatlar vujudga kelsa, irsiyat ularni bo'g'inlarda mustahkamlaydi, tabiiy tanlanish esa ma'lum sharoitga moslanishni vujudga keltiradi. Natijada foydali o'zgaruvchanlikka ega organizmlar yashab, zararli o'zgaruvchanlikka ega organizmlar esa yashash uchun kurashda nobud bo'ladilar. .Genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati Genetikaning asosiy vazifalariga genning o'zgarishi, gen kelib chiqishi, genlarning ta'sir mexanizmlari, ularning nazoratidagi jarayonlar va butun organizmda murakkab belgi va xususiyatlarning boshqarilishini o'rganish kiradi. Hozirgi zamon genetikasining vazifasi nazariy muammolar bilan birga muhim amaliy vazifalarni hal etishdir. Genetika hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlarning irsiyatini tushuntirish va ularni inson manfaatlariga mos ravishda o'zgartirish metodlari va yo'llarini ishlab chiqishga mas'uldir. Seleksiya yangi nav va zotlarni yaratish bilan shug'ullanishiga qaramay, u irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganmasdan rivojlana olmaydi. Genetika irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rgatiib seleksiyaning ilmiy jihatdan asoslangan metodlarini yaratish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda makkajo'xori va boshqa o'simliklarda duragay yetishtirish yo'lga qo'yilgan bo'lib, bu o'simliklar toza navlarga qaraganda hosildordir. Genetik qonunlarga asoslanib respublikamiz olimlari g'o'zaning bir qancha tezpishar, hosildor, ko'sagi yirik navlarini yaratdilar va ishlab chiqarishga joriy etdilar. Gen injenerligi rivojlanishi bilan transgen o'simliklar va hayvonlar hosil qilindi. Genetikaning tibbiy muammolarni hal etishdagi o'rni ham ahamiyatlidir. Butun yer yuzidagi tug'ilgan bolalarning 4-5 foizida turli irsiy kasalliklar namoyon bo'ladi. Irsiy kasalliklarga masalan, asab (epilepsiya), endokrin (kreatinizm), qon (gemofiliya), moddalar almashinuvi bilan bogiiq boshqa qator kasalliklar kiradi. Odam va hayvonlar irsiy kasalliklari alohida genlarning va xromosomalarning o'zgarishi bilan aloqador. Xromosomaning yetishmasligi yoki ortiqchaligi, hamda genlar tuzilishi va funksiyasini o'zgarishi turli nomaqbui hodisalarga olib kelishi mumkin. Irsiy kasalliklarning sababini bilish yoshlik davrda kasallik rivojlanishini oldini olish va davolash metodlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Radiatsion genetikaning rivojlanishi koinotda olib borilayotgan tadqiqotlar tufayli muhim o'rinni egallaydi. Koinotga uchishda inson irsiyatiga turli nurlar ta'sir etishi mumkin. Binobarin koinot genetikasining yana bir muammosi koinot nurlanishi xavfliligini genetik tomondan baholash va uning oldini olish tadbirlarini yaratishdan iboratdir. Muntazam radiatsion (u va /3) nurlanish ta'sirida bo'lgan odamlar avlodida nuqsonli bolalar tug'ilish ehtimoli birmuncha yuqori bo'ladi. Antibiotiklar yaratilishi va mikroorganizmlar genetikasi paydo bo'lganaan so'ng genetika farmatsevtika sanoatida muhim o'rin tuta boshladi. Oxirgi yillarda genetika oldida hayvonlar va insonlarni oziqlantirish uchun aminokislotalarni ishlab chiqarish muammosi turibdi. Bu muammoni aminokislotalarni yuqori darajada ishlab chiqaruvchi yangi organizmlarni hosil qilish yo'li bilan hal etish mumkin. OITS (oritirilgan immunitet tanqisligi sindromi), saraton kasalligi juda xavfli kasallik bo'lib, mutaxasislarning fikricha bu kasalliklar hujayralarning irsiy apparati o'zgarganda yuzaga keladi. Bu kasalliklarga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqish nihoyatda dolzarb sanaladi.
Savollar va topshiriqlar
Genetika atamasining lug'aviy ma'nosini tushuntiring.
Genetika fanini tekshirish obyekti nima?
Irsiyat va o'zgaruvchanlikning ahamiyati nimadan iborat?
O'zgaruvchanlikning qanday xillari mavjud?
Irsiyat va irsiylanishni bir biridan nima farqi bor?
Fanga genetika atamasi qachon va kim tomonidan kiritilgan?
Mendel qonunlari kimlar tomonidan va qanday obyektlarda qayta kashf qilingan?
Genetika fanining rivojlanishi necha bosqichdan tashkil topgan?
Genetikaning birinchi rivojlanish bosqichini izohlab bering?
Genetikaning ikkinchi rivojlanish bosqichida qanday kashfiyotlar qilindi?
Genetikaning uchinchi rivojlanish bosqichida nimalar aniqlangan?
J 2. Genetikaning bo'iimlari va ularning tekshirish obyektlarini yoriting. Genetikaning asosiy metodlarini qayd qiling va ularning har birini izohlang.
Genetikaning boshqa fanlar bilan aloqasini tushuntiring.
Genetika fanining nazariy va amaliy ahamiyatini siz qanday tushunasiz?
Testlardan to'g'ri javobni aniqlang
Irsiyat bu:
Organizmlarning o'ziga xos tuzilishini kelgusi avlodga berish xossasi
Irsiy axborot uzatishning muayyan usuli
S. Irsiy axborotni yoki genotipdagi genlarni o'zlashtirish D. Ota yoki ona organizinning o'z xossasini kelgusi naslga berish usuli O'zgaruvchanlik bu:
A. Organizmlarning o'ziga xos tuzilishini kelgusi avlodga berish xossasi V. Irsiy axborot uzatishni muayyan usuli S. Nasllar orasidagi farq D. Irsiy axborot yoki genotipdagi genlarni o'zgarishi Genetika fanining bo 'limlari:
Mavzu: Psixogenetika faning rivojlanish tarixi. Odam genetikasi genetika fanining bir shahobchasi bo’lib, u odamdagi irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganadi. Odam genetikasi antropologiya va tibbiyot bilan uzviy aloqadordir. Odam genetikasi shartli ravishda antropogenetika va tibbiyot genetikasidan tashkil topgan. Antropogenetika odam organizmidagi normal belgi-xossalarning, tibbiyot genetikasi esa uning patologiyasi ya’ni nasliy kamomatlarning irsiylanishini tadqiq qiladi.