GENETIKA ASOSLARI - Genetiya yunoncha so’zdan olingan bo’lib,”tug’ilish, kelib
chiqish “degan ma’noni bildiradi.Genetika atamasini fanga 1906-yilda angliyalik olim V.Betson tomonidan kiritilgan. Irsiyat-tirik organizmlarning o’ziga xos belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga qoldirish ,ya’ni nasldan –naslga berish xossasidir. Gen-belgi va xususiyatlar genlar orqali o’tadi. Gen-belgi va xususiyatlar genlar orqali o’tadi. Genotip-ma’lum bir organizmlarning barcha genlarning yig’indisi. Fenotip-organizmning barcha belgi va xususiyatlarning yig’indisi Genetika fani oldida turgan vazifalar quyidagilar: - --irsiyatning moddiy asoslari-xromosomalar,genlarning strukturasi va funksiyasini tekshirish.
- --organizmlar belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga berilishi va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash.
- --turli fizik va kimyoviy omillar ta’sirida organizmlarda irsiy o’zgaruvchanlikning paydo bo’lish qonuniyatlarini ochish.
- --inson ehtiyoji uchun zarur bo’lgan sermahsul o’simlik navlari,hayvon zotlarini yaratishning samarali usullarini ishlab chiqish.
- --odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo’lish sabablarini o’rganish,ularni oldini olish va davolashning samarali usullarini izlab topish.
Vazifalarni hal etish usullari……… - Duragaylash-bu usulning mohiyati,chatishtirish natijasida olingan avlodlarda ota-ona belgilarining irsiylanishini o’rganishdan iborat.
- Sitogenetik-ota-ona xromosomalarining holati mahsus mikroskoplar yodamida o’rganiladi.
- Molekulyar genetik- DNK va RNK strukturasi va vazifasi o’rganiladi.
- Ontogenetik-organizmning genotipi va fenotipiga tashqi muhit omillarining ta’sirida qanday ta’sir namoyon bo’lishini o’rganiladi.
- Genetik injeneriya-bir organizmning noyob genlarini ikkinchi organizmga ko’chirib o’kazish ishlari o’rganiladi.
Genetika fanining rivojlanish tarixi. - 1-bosqich.G.Mendel va uning izdoshlari tomonidan irsiyat va irsiylanish qonunlarining kashf etilishi.
- 2-bosqich.T.Morganning xromosoma nazariyasining yaratilishi va uning rivojlantirilishi.
- 3-bosqich.Genetik tadqiqotlarga kimyo,fizika,kibernitika kabi fanlarning yutuqlarini tadbiq etish bilan bog’liq.
Hissa qo’shgan olimlar:J.A.Musayev,O.Jalilov,N.Nazirov,S.Mirahmedov,A.Abdukarimov.Abdullayev Genetikada ishlatiladigan simvollar: - X-chatishtirish
- ♂-ota organizm
- ♀-ona organism
- P-parents-”ota-ona”
- G-gametalar
- F-olingan organizmlar
Do'stlaringiz bilan baham: |