Gender tenglik masalalari



Download 287,5 Kb.
bet5/13
Sana31.12.2021
Hajmi287,5 Kb.
#251542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Insho 11

Jinsiy shilqimlikka qarshi kurash tarixidan. 1979 yilda, xotin-qizlar harakatining ikkinchi to‘lqini avjida ayollar ilk bor jinsiy tegajaklikka qarshi chiqa boshladilar, shu xususdagi dastlabki qarorlar esa 1980 yilda paydo bo‘ldi. 1991 yilda huquqshunoslik professori Anita Xill Oliy sud a’zosi Klarens Tomas EEOS - jinsiy shilqimlikka qarshi kurashuvchi tashkilotda uning boshlig‘i sifatida ishlagan paytida bergan ko‘rsatmasi hammani hayratga soldi. Afsuski, uning ko‘rsatmalari Tomasni Oliy sudga saylanishiga halaqit bermagan bo‘lsa-da, bu hol butun AQSH xotin-qizlarining jinsiy shilqimlik muammosini ijtimoiy muhim masala sifatida ko‘tarib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Xalqaro Mehnat Tashkilot (XMT) ma’lumotlariga ko‘ra, sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlaydigan xotin-qizlarning 15%idan 20%izigacha jinsiy shilqimlik qurbonlari bo‘lmoqda, biroq arzlarning faqat uchdan bir qismi sudgacha etib boradi. XMT, shuningdek, xabar beradiki, har ikki daniyalik ayolning bittasi, avstriyalik ayollarning uchdan bittasi, fransiyalik ayollarning to‘rtdan bittasi jiddiy jinsiy shilqimlikning qurbonlariga aylangan.11

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha hozirgi paytda biron-bir tadqiqot yo‘q, demak, ishda, ayniqsa oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba qizlarga nisbatan jinsiy shilqimliklar ko‘lami haqida ma’lumotga ega emasmiz. Biroq, mazkur maqola mualliflarining kuzatuvlariga ko‘ra, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning bunday turi ancha keng ko‘lamga ega va intim xizmatlar o‘qishda muvaffaqiyat bilan almashtiriladigan tovar sifatida foydalaniladi.

Ayolning himoyasizligi, ayniqsa ishga kirish paytida namoyon bo‘ladi. Ilk tanishuvdayoq ish beruvchi uni tovar, o‘z ofisi uchun mebel sifatida ko‘zdan kechiradi. Kasbiy malakasi deyarli e’tiborga olinmaydi. Eng muhimi - yuzi chiroyli va qomati kelishgan, 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak.



Seksual shilsimlik va xukmronlik. Jinsiy aloqaga majburlash, aloqaning o‘zi uchun qilinmaydi, bu hukmronlik va bo‘ysundirish masalasidir. SHu sababli, jinsiy ta’qibni muhokama etar ekanmiz, bu o‘rinda hukmronlik va kamsitish tushunchalariga alohida ahamiyat beramiz. Jinsiy majburlash xizmat lavozimini suiste’mol qilishning eng makkor usullaridan biridir. Seksual shilqimlik holatlarining aksariyatini ayolga nisbatan erkak tomonidan qilinadigan shilqimlik tashkil etadi, chunki ayni erkaklar shilqimlikdan o‘z ustunliklarini namoyish etish uchun foydalanishga imkon beradigan, qurbon kishining bo‘ysinishini talab qiladigan xukmronlikka egadirlar. SHu boisdan biz ushbu bobda ayni shunday holatlar haqida so‘z yuritamiz, vaholanki ba’zan bunday hollarning aksi ham bo‘lishi kuzatiladi.

Ayollar uchun ishga joylashish yoki boshqa imtiyozlar uchun boshliq bilan birga bo‘lish to‘g‘risidagi boshliqning besharm taklifi faqat tahqirlovchi tusga ega. Bunday taklif uning erkaklar bilan teng ahvolda emasligini ta’kidlaydi. SHilqimlikka uchragan ayollarning 48%i va qolgan ayollarning 60%i fikricha, jabrlangan ayolning o‘zi buni xohlagan va shu sababli shunday harakatlarni o‘zi keltirib chiqargan. Bu g‘oyat jiddiy muammo bo‘lib, bu o‘rinda ayni zo‘ravonlik qurboni “ayblash ob’ekti” hisoblanadi.

Jamiyatda bu masalada yakdil xukm mavjud: “ishdagi hamma ayollarga ham shilqimlik qilinmaydi”. Ayrimlarning fikricha, go‘zal, boshliq qo‘lida o‘yinchoq bo‘lishni istamaydigan, o‘ziga nisbatan ta’qibga javoban qat’iy ahloqiy tamoyillarini ilgari suradigan hamda o‘z qadrini biladigan ayolga nisbatan ta’qib qilish hollarini tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Birinchidan, AQSHdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ishlaydigan ayollarning 80%i ta’qibga uchragan - ya’ni, deyarli har qanday ayol shilqimlikka uchraydi . Ikkinchidan, bunday ta’qib hukmronlikdagi tengsizlikka asoslangan. Bu ayolning tashqi ko‘rinishi yoki harakatiga emas, balki erkak-boshliqqa bog‘liq. Biz jabrlanuvchini qonun buzuvchining harakatlarida ayblayapmiz. Agar qonun mavjud bo‘lsa, har bir inson o‘z harakati uchun javob berishi kerak Agar qonun mavjud bo‘lsa, har bir inson o‘z harakati uchun javob berishi kerak. Agar erkak - boshliq ahloq-odob va insoniylikning odatdagi andozalariga xilof ish tutsa, u javobgar bo‘lishi kerak. Ayolning nima qilgan, qilmaganining ahamiyati yo‘q. Erkak tanlash imkoniyatiga ega, lavozimini suiste’mol qilishni lozim topdi. Bu ayolning emas, erkakning aybidir.

Ushbu ijtimoiy uydirmaning ziddiyati shundaki, (ingliz tilidagi “victim’’-qurbon atamasi qurbonni jinoyatni sodir qilishga gij-gijlashda ayblash amaliyotini anglatadi) agar o‘g‘ri ochiq qolgan sumkangizdan hamyoningizni o‘g‘irlab olsa, uni shaxsiy mulkni o‘g‘irlaganlikda ayblashadi. Sizga ehtiyotsizligingiz uchun tanbeh berishlari mumkin, biroq, o‘g‘rini shunday harakatga undaganlikda ayblashmaydi. Biroq, jinoyat ayolga, ayniqsa ayol va seksga tegishli bo‘lsa, bunda ayolning o‘zini gij-gijlaganlikda ayblashadi. Ayonki, bunday ikki yoqlama andoza qayta-qayta ko‘rib chiqilishi kerak, toki jamoatchilik fikri uchun jinsiy shilqimlikning ayollarga qarshi qaratilgan zo‘ravonlik ekanligi ayon bo‘lsin.12

Seksual shilqimlik seksual xujumga juda o‘xshab ketadi. U qurquv va sarosima uyg‘otishi va uning psixologik oqibatlari uzoq vaqt davom etishi mumkin. SHilqimlikdan aziyat chekkanlar o‘zlarini aybdordek his qilishadi, uyalishadi yoki qo‘rqishadi, ba’zilari esa ularga ishonch bilan qaramaydilar va kerakli darajada muomala qilmaydilar, deb hisoblashadi. Bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bosimning oshishi, asabiy zo‘riqishlar, himoyasizlik va kamsitilish hissi - bular qurbonlar duch keladigan noxushliklarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatidir. Qurbonlar boshidan kechirganlarining ham jismoniy, ham ma’naviy oqibatlari etarlicha jiddiy bo‘lishi ham mumkin.

Qurolli to‘tsnashuvlar va mojaroli vaziyatlarda gender zo‘ravonlik. “Aholi yarmining manfaatlari va ovozlari qarorlarda o‘z ifodasini topmagan taqdirda mavjud boshqaruv tizimlari va jarayonlarining qonuniyligi shubha tug‘dirishi lozim. Qonuniylikning bunday tanazzuli qurolli to‘qnashuvning gender tabiatida yaqqol namoyon bo‘ladi: xotin-qizlar kamdan-kam hollarda urushda qarorlar qabul qiladilar yoki ishtirok etadilar, biroq ularning oqibatlaridan doim aziyat chekadilar”.13

Erkaklar va ayollar rollarining stereotiplari ularga ixtilofli vaziyatlarda qanday e’tibor ajrata olishimizga ta’sir ko‘rsatadi. Bu shuni anglatadiki, quyidagi turli-tuman rollarning har biri diqqat-e’tiborimizdan tashqarida qolishi mumkin. Masalan, urush ko‘pincha erkaklar harakati sohasi safida ko‘rib chiqilsa-da, ularga ayollar turli yo‘llar bilan jalb qilinadi:

Xotin-qizlar askarlar sifatida.

Xotin-qizlar askarlarning xotinlari va onalari sifatida.

Xotin-qizlar harbiy to‘qnashuv yo‘naltirilgan fuqarolik hamjamiyatlarining a’zolari sifatida.

Xotin-qizlar zo‘ravonlik va boshqa harbiy jinoyatlar qurbonlari sifatida.

Xotin-qizlar oila boquvchilari va ro‘zg‘or boshliqlari sifatida.

Bolalar, qariyalar, yaralanganlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiluvchi xotin-qizlar.

Xotin-qizlar ijtimoiy va siyosiy tashkilotchilar sifatida.

Xotin-qizlar bosqinchilar sifatida.



SHuningdek, to‘qnashuv va urushlar erkaklarga va erkaklik konsepsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘zdan kechirish favqulodda ahamiyatga ega. Erkaklarning ko‘pchiligi urushda ishtirok etish yoki etmaslik to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilmaydi, bunga ularni qonun orqali yoki zo‘rlashning boshqa vositalari yordamida majburlashadi. Bunday hollarda ojizlik, his-tuyg‘ular va hayajonlar jazolanadi va atrofdagilar tomonidan masxara qilinadi, erkaklar stereotiplari majburan singdiriladi va natijada ularda og‘ir ruhiy asoratlar kelib chiqishi mumkin.

So‘ngra, to‘qnashuv va urush gender rollari va stereotiplarining mustahkamalanishiga xizmat qiladi, ayni paytda ular kutilmagan tarzda ijtimoiy silsilalar vaziyatida an’anaviy bo‘lmagan rollarni keltirib chiqaradi. Urush krizis vaziyati bo‘lib, mojaroning jamiyat ichida gender rollarga ta’siri urushdan keyingi davr strategiyalarida ham faol yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Harbiy mojaro hududlarida odamlar savdosi alohida muammoni tashkil etadi. Jinoiy guruhlar qurbonlari bo‘lgan migrantlar huquqlarining buzilishi, va ularning odatda, noqonuniy tarzda olib kelinishi hamda aldov va zo‘ravonlik yo‘li bilan turli vazifalarni bajarishga majbur etilishi juda qo‘pol shakllarda amalga oshiriladi. Bunday jinoiy harakatlarning faqat kam qismi oshkor bo‘lib, xalqaro hamjamiyatga ma’lum bo‘ladi. Xususan, XMT ma’lumotlariga ko‘ra, bu tashkilot Bolqon mojarosi hududlaridan 30-40 kishidan iborat bir necha guruh ayollarni ozod qilishga yordam bergan. Bu ayollar ushbu hududlarga aldov yo‘llar bilan olib kelingan (ularga avvaliga ofitsiant yoki boshqa xizmatchi xodim bo‘lib ishlash taklif etilgan) va ular fohishalik bilan shug‘ullunishga majbur qilingan.

Harbiy to‘qnashuvdagi zo‘ravonlikning gender xarakterini alohida qayd etish kerak. Zo‘ravonlik va majburiy homiladorlik shu tarzda urush va genotsid quroli sifatida ishlatiladi. Muntazam ravishda zo‘rlash bugungi kunda inson huquqlari masalalari bilan shug‘illanuvchi xalqaro tashkilotlar tomonidan rasman harbiy jinoyat deb hisoblanadi. Erkak va ayollarning urush paytida zo‘rlash va boshqa jinsiy tajovuz qurbonlari deb tan olish adolat masalasi hisoblanadi.


Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish