Zo‘ravonlikning turlari va shakllari. Zo‘ravonlik davlatning o‘ziga xosligi, turmush tarzi, mafkurasi, milliy mentaliteti, an’ana va odatlari o‘ziga xosligiga ko‘ra turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Zo‘ravonlik ildizlari chuqur bo‘lib, bir jihatdan u davlat tuzilmasiga tegishli - bu qonunlar hamda davlatning ichki va tashqi siyosati, mafkurasi, iqtisodiyoti orqali ko‘rsatadigan tazyiqi, ikkinchi tomondan, u madaniyat, ahloq, din, an’analar va urf-odatlarga tegishli.
Yaqin davrlarda ham zo‘ravonlik haqida oshkora gapirilmas edi. Endilikda ushbu muammo ko‘plab mamlakatlarda ijtimoiy darajada namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro darajada zo‘ravonlikning shakllaridan biri - xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni inson huquqlarini buzish deb tan olinishiga va tegishli ravishda qator mamlakatlarning qonunchiligida, ijtimoiy-psixologik, tibbiyot, yuridik amaliyotida o‘zgartirishlar kiritilishiga erishildi.
Zo‘ravonlikning qator ildizlari va manbalari bo‘lgani tufayli uning shakllari ham ko‘p va ularni shartli ravishda uch toifaga ajratish mumkin8.
Davlat tomonidan zo‘ravonlik.
Gender zo‘ravonlik.
Uyda sodir etiladigan zo‘ravonlik.
Zo‘ravonlikning o‘ziga xos shakli - insonni o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik qilishni ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda o‘z joniga qasd qilish hollari ko‘paymoqda. Bunday fojiaviy holatlarning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin, biroq, u har doim o‘tkir yolg‘izlik tuyg‘usi, kishining boshqalarga kerak emasligi hamda atrofdagilar tomonidan yordam ko‘rsatilmasligi bilan bog‘liqdir.
Davlat tomonidan zo‘ravonlik
Etnik mojarolar, etnik urushlar. Masalan, XXI asr arafasidagi Bolqon yarim orolida milliy negizda yuzaga kelgan ko‘p sonli urushlar va qurolli o‘zaro to‘qnashuvlar, Isroil bilan Falastinning ko‘p yillik urushi va boshqa ko‘p sonli misollar shundan dalolat beradiki, davlatlar vatanparvarlik yoki “ozodlik” tusidagi turli shiorlar vositasida butun-butun xalqlarni urushga jalb etadi. Urush esa har doim insonning asosiy huquqi - yashash huquqining poymol bo‘lishini anglatadi.
Deportatsiya - bu mamlakatdan shaxslarni siyosiy, davlat va boshqa tusga ega bo‘lgan turli asoslarga ko‘ra zo‘ravonlik bilan chiqarib yuborilishi (masalan, agar odam mamlakatdagi viza tartibini buzganligi aniqlanganda).
Majburiy migratsiya (etnik yoki boshqa xususiyatga ko‘ra etnik yoki boshqacha kamsitishlar tufayli mamlakatdan chiqib ketish).
Joydan ko‘chirish (etnik xususiyati tufayli, mamlakat ichidagi boshqa turar joyga, odatda, noqulay sharoitli joyga majburlab ko‘chirish). Masalan, qrim tatarlarning Ulug‘ Vatan urushi paytida ko‘chirib yuborilishi.
Ekologik zo‘ravonlik:
Atrof-muhitning buzilishi oqibatida millat genofondining o‘zgarishi va majburiy migratsiya. Masalan, O‘zbekistonda Orol dengizidagi ekologik halokat shu hududda yashovchi aholi salomatligiga tuzalmas ziyon etkazmoqda, ommaviy ishsizlik va migratsiyani keltirib chiqarmoqda.
Gender zo‘ravonlik
Zo‘ravonlikning bu turi jinsiy xususiyatiga ko‘ra kamsitishga asoslangan bo‘lib, odatda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik sifatida izohlanadi. Bunga ko‘p sonli muammolar kiradi va ularning asosiylari quyidagilar:
Erkaklar va ayollarning ijtimoiy sub’ektlar sifatida tengligiga asoslangan har ikkala jins uchun teng huquqlilik, teng imkoniyatlar va teng javobgarlik siyosatining tan olinmasligi. Bunday siyosat sex, - ya’ni biologik jins tushunchasidan foydalanishga asoslangan. Bunday siyosatning yuritilishi patriarxat qarashlarning qaror topishiga ko‘maklashadi va xotin-qizlarni shaxs sifatida kamsitishga, ularning jamiyatdagi maqomini pasaytirishga olib keladi.
Tra(e)ffik (Rossiyaning SHimoli-G‘arbida shunday an’ana vujudga kelganki, “traffik” so‘zi narkotiklarning noqonuniy aylanishini anglatadi, “treffik” so‘zi esa odamlarning noqonuniy ko‘chishini yoki odamlar, birinchi navbatda ayollar va qizlar savdosini anglatadi.
Jinsiy shilqimlik, shu jumladan, ish joyida egallab turgan lavozimidan mahrum qilish yoki ishsiz qolishi, xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishdan mahrum qilish yo‘li va boshqa yo‘llar bilan ko‘rqitish orqali jinsiy aloqaga majburlash.
Xotin-qizlarning kamsitilishiga, ularning huquq va erkinliklarini buzishga olib keladigan patriarxal qarashlar siyosatini yuritish va shunday urf-odatlarni targ‘ib qilish.
Ayollar asrlar davomida zo‘ravonlikdan ozor chekkan. Zo‘ravonlik ijtimoiy, yuridik, psixologik va tibbiy muammolarning butun bir majmuasini yuzaga keltiradi, biroq, mohiyati o‘zgarmasdan qoladi. Ayolga nisbatan zo‘ravonlik - bu har bir insonning ajralmas huquqi - shaxsiyati va badani daxlsizligi huquqining buzilishidir. O‘zbekistonda xotin- qizlarga nisbatan zo‘ravonlik tahdidli ko‘lamga ega. Statistika bunday tashvishli holatning to‘liq manzarasini aks ettira olmaydi. Ko‘pincha ayolning jismoniy va ruhiy salomatligiga tahdid jamiyat e’tiboridan tashqarida qolib ketmoqda, ayniqsa, oilada bunday holatlar yuz bersa. Muhimi, mutlaq raqamlarda emas, balki, eng avvalo, yo‘nalishlardadir. Nohukumat tashkilotlar taqdim etgan statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2001 yil va 2002 yilning 3 oyi davomida oilaviy muammolar tufayli o‘z joniga qasd qilishga sabab bo‘lish faktlari bo‘yicha (ularning 95 % ayollar) 71 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. O‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (2000-2001 yillardagi qasd holatlari bilan) erkaklarga nisbatan jabrlangan xotin-qizlar sonining ko‘payib borayotganini yaqqol ko‘rsatadi. Xususan, 2001 yilda oilaviy munozaralar tufayli o‘z joniga qasd qilgan erkaklar soni 15,7 %ni tashkil etgan. Oilaviy munozaralar tufayli shu yili o‘z joniga qasd qilgan xotin-qizlar soni umumiy qayd qilingan qasd qilish holatlarining 29,5 %ini tashkil etgan.
SHu tarzda gender zo‘ravonlik, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik - bu global muammo bo‘lib, u bilan barcha darajalarda - individiumdan tortib umuman davlat miqyosigacha kurash olib bormoq zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |