QONDA GEMOGLOBINNING KAMAYISHI BELGILARI
Kamqonlikda quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:
Bosh og’rig’i, bosh aylanishi;
Terining oqimtirligi;
Zaiflik, kuchsizlik;
Ishtahaning kamayishi;
Uyquchanlik, doimiy charchoq;
Mushak og’rig’i;
Quloqlarda shovqin;
Tez-tez virusli kasalliklarga chalinish;
Qo’l va oyoq uchlari sovuqligi.
Agar kishida ushbu belgilarning bir yoki bir nechtasi kuzatilsa, bunda gemoglobinni aniqlash uchun qon tahlili topshirish tavsiya etiladi. Tahlil natijalari normal ko’rsatkichlardan past bo’lsa, demak qonni ko’paytirish uchun choralar ko’rish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |