- U yoki bu omilning yetishmovchiligiga koʻra gemofiliyaning A (klassik), B (Kristmas kasalligi), C va boshqalar farqlanadi.
- Klassik gemofiliya – umumiy kasallikning 85 % holatlarida uchraydi va qon ivish xossasining VIII omili yetishmovchiligi bilan bogʻliq (antigemofil globulin), bunda faol trombokinaza hosil boʻlmaydi.
- Gemofiliya B turi – 13 % holatlarda qayd etiladi, bunda IX omil yetishmovchiligi kuzatiladi (plazma tromboplastin komponenti, Kristmas omili), hamda qon ivish xossasining I bosqichida faol trombokinaza hosil boʻlishi buziladi.
- Gemofiliya C turi – juda kam, yaʼni 1-2 % holatlarda qayd etiladi va qon ivish xossasining XI omili yetishmovchiligi bilan tushuntiriladi.
- Gemofiliyaning qolgan turlari 0,5 % holatlardagina kuzatiladi va bunda turli plazma omillari yetishmovchiligi kelib chiqadi: V omil (paragemofiliya), VII omil (gipoprokonvertinemiya), X omil (Styuart-Prauer kasalligi) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |