2. G`aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi, uning yuzaga kelishi
Ma’lumki, davlat moliyaviy nazoratining dastlabki, joriy va so`nggi nazorat shakllari mavjud. Agar budjet amaliyoti nuqtayi nazaridan qaraydigan boisak, dastlabki budjet nazorati turli darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg`armalari budjetlari loyihalarini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash, budjet tashkilotlarining budjet mablag`lari bo`yicha xarajatlar smetasini hamda budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha smetasini tuzish, tasdiqlash va tegishli moliya organlarida belgilangan tartibda ro`yhatga olish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shakli hisoblanadi.
Joriy nazorat shakli moliyalashtiruvchi organlar tomonidan mablag`larning ajratilishida, bevosita to`lovlarning amalga oshirilishida olib boriladi.
Davlat budjeti g’azna ijrosining joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish Moliya vazirligi tizimidagi hududiy va mahalliy moliya organlari bilan bir qatorda, g’aznachilik organlariga ham yuklatiladi. (Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo`limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.)
Dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish budjet tashkilotlari va budjetdan mablag` oluvchilar
bajarish, xizmat ko`rsatish, pul to`lash yoki ma`lum harakatlardan voz kechish vaboshqa shu kabilarning amalga oshirilishini anglatadi.
Majburiyatlarni hisobga olish tizimida quyidagi omillar asosiy o`rin egallaydi (1.1- rasm):
1.1- rasm. Majburiyatlari hisobga olish tizimidagi omillar1
majburiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi.
Majburiyat, odatda, yozma ravishda rasmiylashtiriladigan, so^zsiz bajarilishi talab qilinuvchi va'da demakdir. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra, majburiyat fuqarolik huquqiy munosabati boiib, maium bir shaxs (qarzdor) boshqa bir shaxs (kreditor) manfaati hisobiga maium bir harakatlarni amalga oshirishi, ya'ni mol-mulkni berish, ish Majburiyatlarni qabul qilishda quyidagilar asos boiib xizmat qiladi.
imzolangan va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kontrakt va shartnomalar, tender savdolari asosidagi tovar va xizmatlar xaridlari bo`yicha hujjatlar, ishlab chiqaruvchilarning tovar va xizmatlari sifati va boshqa xususiyatlarini tasdiqlovchi patentlar, litsenziyalar va boshqalar;
ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to`lovlarni amalga oshirish uchun qonuniy asos boiib xizmat qiluvchi hujjatlar;
jarimalar va sud qarorlariga asosan, penyalar to`lovini amalga oshirish uchun asos boiuvchi tegishli davlat vakolatli organlari qarorlari;
budjet dotatsiyalarini ajratish, davlat grantlari, mukofotlar bo`yicha to`lovlarni amalga oshirishga asos bo`luvchi hujjatlar.
Majburiyat qabul qilish huquqiga ega mas'ul shaxslar budjetdan mablag` oluvchilar va budjet tashkilotlari rahbarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan boshqa mas'ul shaxslar hisoblanadi. g`aznachilikda o`rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega boigan budjetdan mablag` oluvchi tashkilot rahbarining buyrugi asosida g`aznachilikbo`linmalari bilan ishlash uchun aniq xodimlar belgilanadi. g`aznachilikorganlarida budjet tashkiloti rahbari va u tomonidan mas'ul etib tayinlangan shaxslarning imzo namunalari va tashkilotning muhr izi namunalari g’aznachilikning maxsus kartochkalarida saqlanadi. Imzo namunalari va muhr izi kartochkalari o`rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. Kartochkalarning bir nusxasi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro`yhatga oluvchi mutaxassisda, ikkinchi nusxasi xarajatlar to`lovini nazorat qiluvchi mutaxassisda saqlanadi. g`aznachilikda ikki turdagi majburiyat amal qiladi: yuridik majburiyat va moliyaviy majburiyat. Yuridik majburiyat budjetdan mablag` oluvchilar va ularga mol (tovarlar, ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar o`rtasidagi shartnoma tegishli tartibda majburiy ravishda g`aznachilikda ro`yhatdan o`tkazilganidan keyin vujudga keladi. Yuridik majburiyatlarni tegishli g`aznachilikorganlarida majburiy ravishda ro`yhatga olishdan ko`zlangan asosiy maqsad - budjet nazoratining samaradorligini yanada oshirish, shartnomalarda nazarda tutilgan xarajatlarning tasdiqlangan rejadan (xarajatlar smetasi ko`rsatkichlaridan) ortib ketishiga yol qo`ymaslik. Moliyaviy majburiyatlar - budjet tashkilotlarida va budjetdan mablag` oluvchilarda ularga pul mablag`larini oikazib berish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar bo`lib, ular qabul qilingan yuridik majburiyatlar va xarajatlarni to`lash uchun berilgan ruxsatnomalar doirasida hisobvaraq-fakturalari hamda moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida g’aznachilik bo`linmalari tomonidan qabul qilinadi hamda ro`yhatdan o`tkaziladi5.
Do'stlaringiz bilan baham: |