Sorbsion gazoanalizatorlar O’lchash prinsipi. Sorbsion gazoanalizatorlar ishi asosida sorbriya jarayoni bilan boruvchi turli effektlar yotadi. Tukli havo nam o’lchagichlari keng tarqalgan. Ularda o’lchash ma’lumoti signali havo namligi o’zgarishi bilan tuk uzunligining o’zgarishi asosida shakllanadi. Sorbsion gazoanalizatorlarda gaz va bug’lslarning absorbsiya jarayoni bilan boruvchi mexanik, issiqlik optic va elektr ta’sirlari qo’llaniladi.
Prinsipial sxema Vodorod konsentratsiyasini o’lchash uchun mo’ljallangan dilotometrik gazoanalizatorlarda analiz qilinayotgan gaz haydalanidigan kamera 2 da polladiydan yasalgan ingichka devorli trubka 1 joylashtirilgan. Analiz qilinayotgan gaz tarkibida bo’lgan vodorod polladiyda erib ketadi. Shunda trubka 1 uzunligi shishish ta’siri hisobiga vodorod konsentratsiyasi oshishi bilan ortadi. Chunki trubka 1 ning yuqori oxiri korpus 2 ga qotiriladi. Uning pastki qismi erkin siljiydi. Sig’imli, induktiv yoki pnevmatik ko’chish o’zgartirgichi 4 yordamida trubka 1 ning pastki oxiriga mahkamlangan plastina 3 ko’chishi o’lchanadi. Bu ko’chish ko’p komponentli gazli aralashmalardagi vodorod konsentratsiyasi bilan bog’liqdir.
Pollasdiyli trubka o’rniga adsorbentdan tayyorlangan sterjen qo’llaniladigan propan , butan uglerod dioksidi yoki boshqa texnik gazlar konsentratsiyasini o’lchash uchun mo’ljallangan sorbsion dilotometrik gazoanalizatorlar bizga ma’lum.
5 b rasmda analiz qilinayotgan aralashmadagi sorblangan aniqlanayotgan component massasini aniqlashga asoslangan gazoanalizator sxemasi ko’rsatilgan.So’nggisida sorbent qatlami 2 surtilgan yuzasida elektrod 3 qirqilgan pyezoelektrik plastina 1 tebranish amplitudasi yoki chastotasi o’lchash orqali amalga oshiriladi. Plastina yuqori chastotali generator 5 ning tebranish konturiga qo’shilgan va analiz qilinayotgan modda haydaluvchi kamera 4 ga joylashtirilgan.
Tenglama va munosabatlar.
Sorbent 2 qatlami bilan selektiv sorblanuvchi aniqlanayotgan component koeffitsienti o’zgarganda sorbent 2 ning massasi o’zgaradi va plastinaning tebranish chastotasini o’zgartiradi. Bunga muvofiq generator 5 ning ham tabranish chastotasi o’zgaradi. Bu generatorning chiqish signali aralashtirgich 6 ga keladi, tayanch chastotasi signali esa aralashtirgichga germetik kamera 5 da joylashtirilgan elektrod 10 li peyzokvartsli plastina 9 orqali tebranish chastotasi aniqlanadigan generator 7 dan keladi. Aralashtirgich kirishida yuzaga keluvchi urish chastotasi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: