Gazlamalarni bichish



Download 48,3 Kb.
bet1/3
Sana31.03.2022
Hajmi48,3 Kb.
#522090
  1   2   3

11– MA’RUZA
GAZLAMALARNI BICHISH .
Reja:
11.1. Kiyim detallarini o‘yib olish.Bichish sexining yakunlovchi operasiyalari.
11.2.Gazlamalarni bichishning takomillastirish yo'llari
Tayanch so‘z iboralari: Vertikal pichokli, disk pichokli , lenta pichokli bichish mashinalari lazer nuri, elektr uchquni, gidromonitor, rulon, rama, yo‘naltiruvchi tirqishlar, taranglovchi rolik, valik, chopqilar, harakatlanuvchi, ustki stol, uzatuvchi rolik, lenta, baraban, qirqadigan valik, gazlamani bosib turadigan valik, pichoqlar.


11.1. Kiyim detallarini o‘yib olish.Bichish sexining yakunlovchi operasiyalari.

11.1. rasm. Detallarni sirpantirish usuli bilan o‘yib olish usuli

  1. — gazlama ruloni, 2— rama, 3, 4, 5, 6 — taranglovchi roliklar,

7, 8 — uzatuvchi roliklar, 9, 10 — valiklar, 11, 12 — bostirma valiklar.


Gazlama rama, taranglovchi roliklar va uzatuvchi roliklardan o‘tib, ustiga bostirma valiklar o‘rnatilgan, pastki sahnida chopqilar o‘rnatilgan ilgarilama — qaytar harakatlanuvchi stol 13 dan iborat bgchish zonasiga o‘tadi.14 baraban gazlamani tortib olib, pastki 15 stol tomon olib boradi va detallar birin-ketin ustma-ust taxlanadi.Pastki stol ustki stol bilan birga borib-kelib turadi.Bu usul Peterburgdagi "Rassvet" tikuvchilik birlashmasida joriy etilgan.
Valiklarda bichish usulida gazlama aylanib turadigan 2 ta valik orasidan o‘tkaziladi.Ularning bittasi qirqadigan, ikkinchisi gazlamani bosib turadigan bo‘ladi.Kirqadigan valikda detallar shaklidagi pichoklar teriladi.
Bu usulda bichishni avtomatlashtirish osonlashadi.Hozir Oryol mashina-sozlik zavodi chiqargan VPE, NPE PV-38 markali presslar o‘yib olish uchun ishlatilmoqda. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlarda erkaklar ko‘ylaklaridagi mayda detallarni o‘yib olishdan foydalanilmokda. Bunda to‘shama balandligi 110 mm. ga, ya’ni 150 qavatga yetadi.

11.2. rasm. Detallarni valiklar orasida o‘yib olish

Biroq gazlamalarni faqat mexanik usulda emas, balki mexanik bo‘lmagan usulda ham qirqish mumkin. Ularning bir-biridan farqi shundaki, mexanik usulda qirqish asboblariga, gazlama bevosita tegib turishi shart bo‘lsa, mexanik bo‘lmagan usudda gazlamaga qirqish asbobi bevosita tegib turmaydi.Shuning uchun bu usul kontaktsiz qirqish usuli deyiladi.Bu usullarga: lazer nurida bichish, elektr uchqunida bichish, gidromonitorda bichish kiradi.


Gazlamani lazer nuri bilan qirqishda uzluksiz rejimda ishlaydigan optikaviy kvantaviy generatorlar (OKG) ishlatilad.U SO2 bilan ishlaydi. U yana o‘zgaruvchan tok bilan ishlaydigan bo‘lishi mumkin. To‘shamalar lazer nuri bilan katta tezlikda qirqilsa, qirqilgan joylarning cheti tikroq tushadi.Sun’iy tolali gazlamalarning esa chetlari erib qolib, qirqilgan joyi titilib ketmaydi.OKG ning foydali ish koeffisiyenti 12— 15%. Keyinchalik gazli lazer yordamida qirqib olish uchun "Luch" mashinasi yaratildi.
Elektr uchquni bilan bichish usulida gazlama 1 ustida grafit chiziq 2 chizilib, unga elektrod 3 ulanadi.Grafit chiziqning narigi uchida yana bitta elektrod 4 bo‘ladi.Elektrodlarga yuqori kuchlanishli tok berilsa, gazlama butun grafit chiziq bo‘ylab qo‘yib qirqiladi.
Gidromonitorda bichishga gazlamalarni nihoyatda katta bosim kuchi bilan otilib chiqayotgan ingichka suv oqimvda qirqish usuli kiradi.Bu usullar tayyorlov bichish ishlarini to‘la avtomatlashtirish imkonini bermaydi;,
Yu.S.Pavlenko va V.I.Sigalov kabi olimlar gazlamani potok usulida bichishni taklif etdilar. Bu usulda bichiladigan agregatning ishlash prinsipi quyidagicha. Bichiladigan gazlama o‘rish iplari yo‘nalishida, qirqish asboblari esa arqoq iplari yo‘nalishi da harakat qiladi.Bichish paytida gazlamaning siljish tezligi gazlamani uzatish tezligi deb ataladi.Potok usulida bichish uchun universal qirqish asbobi sifatida mik-roplazma yoyi ishlatilishi mumkin.

Download 48,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish