Andazani gazlamaga joylashtirish va bichish (6.31-rasm). shimni bichish uchun gazlama uzunasiga ikki buklab to‘shaladi. Gazlama enli bo‘lsa old va orqa bo‘laklarning andazalari yonma-yon qo‘yiladi, agar gazlama ensiz bo‘lsa, uzunasiga ketma-ket joylashtiriladi, bunda andazalarda belgilangan o‘rta chiziqlar gazlamaning bo‘y iрi yo‘nalishiga mos tushishi kerak. Andazalar gazlama eniga joylashmasa, orqa bo‘lak odim qirqimining yuqori qismiga uloq tushirish mumkin.
Andazalaming konturlari bo‘yicha kerakli chok haqlari qo‘yib, bo‘rlab chiqiladi va detallar bichib olinadi. Bichilayotgan paytda belgilangan joylarga nazorat belgilari - kertimlar berib ketiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |