Andazani gazlamaga joylashtirish va bichish (6.28-rasm). Ko‘ylak ensiz gazlamadan bichilganda, gazlama uzunasiga ikki buk- lab to‘shaladi.
Old va orqa bo‘laklar etak qismlarining andazalari o‘rta chiziqlarini gazlamaning buklov chizig‘iga to‘g‘rilab, ketma-ket joylashtiriladi, keyin xuddi shu tartibda old va orqa bo‘laklarning koketkalarining andazalari joylashtiriladi, koketkalarning yoniga yeng andazasi qo‘yiladi.
Qo‘yma burmalar 45° qiyalikda bichiladi. Andazalarning konturlari bo‘yicha kerakli chok haqlari qo‘yib, bo‘rlab chiqiladi va detallar bichib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |