Gazlamalardan turli buyumlar tayyorlash texnologiyasi



Download 1,51 Mb.
bet3/9
Sana13.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#355567
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xamidova h

Bichiq detallari: old bo‘lak etak qismi - 1 dona, orqa bo‘lak etak qismi - 1 dona, old koketka - 2 dona, orqa koketka - 2 dona, qo‘yma burmalar.

Ishlov berish ketma-ketligi. Koketkalaming o‘rta chiziqlari hamda old va orqa bo‘laklar etak qismlarining o‘rta chiziqlari, yengboshi chizig‘ining yuqori nuqtasi sirma qaviqlar bilan tikib belgilab qo‘yiladi. Har ikkala qavat koketkalar old va orqa bo‘laklari o‘ng tomonlarini bir-biriga qaratib, yelka qirqimlari bo‘yicha avval qo‘lda ko‘klab olib, keyin mashinada 1,0 santimetr chok haqi bilan biriktiriladi. ko‘klov iрlari olib tashlanib, choklar yorib dazmollanadi.

Ustki va ostki koketkalar o‘ng tomonlarini bir-biriga qaratib, yelka choklari va koketkalarning o‘rta chiziqlarini bir-biriga mos keltirib, to‘g‘nog‘ichlar qadab chiqiladi va bo‘yin o‘mizi qirqimlari qo‘lda ko‘klab biriktiriladi. keyin mashinada 0,7 santimetr chok haqi bilan aylantirib biriktirib tikiladi. koketka o‘ngiga ag‘dariladi va chok haqlarini ostki koketka tomonga qaratib mashinada bostirib tikiladi.

Ustki va ostki koketkalarning yeng o‘mizi va pastki qirqimlari bir-biriga to‘g‘rilanib, tekislab olinadi. Old va orqa bo‘lak etak qismlari o‘ngini o‘ngiga qaratib qo‘yiladi va yon qirqimlari to‘g‘rilanib, ko‘klov qaviqlari bilan tikib chiqiladi. So‘ngra 1,5 santimetr chok haqi tashlab mashinada baxyaqator yurgiziladi, qirqimlar maxsus mashinada yo‘rmalanadi va old bo‘lak tomonga qaratib yotqizib dazmollanadi.

Old va orqa bo‘laklarning yuqori qirqimlari bo‘yicha 0,7 va 1,2 san­timetr masofalarda ikki qator baxyaqator yurgizib chiqiladi va iрlaridan tortib burma hosil qilinadi. Qo‘yma burma bo‘laklari bir-biriga ulanib, ulangan choklari yo‘rmab chiqiladi, keyin ochiq qirqimlari 0,2 - 0,3 santimetrga teskarisiga bukilib, maxsus siniq chok tikadigan mashinada ishlanadi.

Qo‘yma burmalarning ikkinchi qirqimi bo‘yicha 0,5 - 0,7 san­timetr masofada baxyaqator yurgizib, burma hosil qilinadi. Burmalari tekis taqsimlangan qo‘yma burmani o‘ngini koketkaning o‘ngiga qaratib qirqimlariga to‘g‘rilab qo‘yib, koketkaning atrofiga gir aylantirib qo‘lda ko‘klab biriktiriladi. Old va orqa bo‘laklarning yuqori qimqim- larini koketkalarning o‘ngiga o‘ngini qaratib ko‘klab olinadi, so‘ngra mashinada 1,0 santimetrli chok haqi bilan baxyaqator yurgiziladi.

Koketkalarning astarlari teskari tomoniga o‘girilib, o‘rta chiziqlarini etak qismining o‘rta chiziqlariga to‘g‘rilab avval qo‘lda ko‘klab chiqiladi, keyin mashinada baxyaqator yurgiziladi. Koketkalar o‘ngiga ag‘dariladi va tekislanadi.

Yengning qirqimlari 1,0 santimetrli chok haqi bilan biriktirib tikiladi va yo‘rmalanadi. Yengning yuqori qirqimlari bo‘yicha ham belgilangan oraliqda baxyaqator yurgizib burmalanadi, yengboshi qirqimining yuqori nuqtasi yelka chokiga, yengning pastki choki yon chokka to‘g‘rilanib, to‘g‘nog‘ichlar bilan qadab olinadi.

Yeng avval qo‘lda ko‘klab biriktiriladi, gavdaga kiydirib ko‘rib, to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qilingandan keyin mashinada tikiladi, choklari yo‘rmalanadi va yeng tomonga qaratib yotqizib dazmollanadi. Yengning pastki qirqimlari va ko‘ylakning etak qirqimlari belgilangan miqdorda bukilib, yashirin qaviqlar bilan tikib qo‘yiladi. Ko‘ylak ortiqcha iplardan tozalanadi va dazmollanadi.




Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish