1-topshiriq. Tayanch so‘z va iboralar: etalon kauchuk, dietilefir, sirka
aldegidlar, alkogol, biokimiyo, fiziologiya
2-topshiriq. Matnni o‘qing va reja tuzing.
3-topshiriq. Matndagi fe’llarni aniqlang va fe’l zamonlarida tuslang.
4- topshiriq. Berilgan so‘zlarni antonim yoki sinonimini aniqlang: zaharli,
asab, iste’mol etish, zarar yetkazmoq, yomon, ta’m.
Oltingugurt
Oltingugurt insoniyatga juda qadimdan ma’lum bo‘lgan element. U
tabiatda erkin va birikmalar holida keng tarqalgan. Oltingugurt inson
organizmidagi ayrim vitaminlar holida aminokislotalar tarkibida uchraydi.
Bundan tashqari u o‘simlik va hayvon organizmidagi oqsillarning asosini
tashkil qiladi. Bu uning muhim hayotiy element ekanligini ko‘rsatadi.
Oltigugurt och sariq, mo‘rt, oson maydalanadigan qattiq kristall modda. U
issiqlikni yaxshi o‘tkazadi. Oltingugurt suvda erimaydi. U suvdan ikki
marta og‘ir. Ammo uning kukuni suv yuzida qalqib yuradi, ya’ni suvda
ho‘llanmaydi. Oltingugurt deyarli barcha metallar bilan (alyuminiy, mis va
rux bilan qizdirilganda) masalan, simob, natriy, kaliy bilan reaksiyaga
kirishadi.
25
1-topshiriq. Tayanch so‘z va iboralar: metallar bilan qo‘shilishi, sifatida
ko‘rinadi, eriydi, issiqlik va elektr tokini o‘tkazadi, bug‘lanadi, ajralib
chiqadi, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, meditsina.
2-topshiriq. Matnni quyidagi reja asosida, berilgan so‘z va so‘z
birikmalaridan foydalangan holda so‘zlab bering.
1. Oltingugurtning tabiatdagi o‘rni.
2. Oltingugurtning kimyoviy xossalari.
3. Oltingugurtning qo‘llanishi.
3-topshiri. Quyidagi so‘zlar bilan gap tuzing: qo‘shilmoq, reaksiyaga
kirishmoq, o‘zaro bog‘lanmoq, reaksiya, o‘zaro bog‘lanish.
4-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga birikadi va birikkanda so‘zlarini qo‘yib
gaplarni yozing.
1. Oltingugurt kamfaol metall. Odatdagi haroratda oltingugurt kislorod
bilan … maydalanadi, oksidlanmaydi.
2. Natriy faol metall hisoblanadi. Havoda natriy tez oksidlanadi, kislorod
bilan ham … , shuning uchun kerosinda saqlanadi.
Molekula
Olamdagi barcha narsalar mayda zarralar – atomlardan, aniqrog‘i
atomlar guruhidan tashkil topgan. Bunday atomlar guruhi molekulalar deb
ataladi. Tabiatdagi atomlarni qurilishdagi metallarga o‘xshatsa bo‘ladi.
Qurilish materiallarining bir necha turidan, chunonchi, g‘isht, taxta, xoda,
to‘sindan yuzlab turlicha uylar quriladi. Taxminan 90 turdagi atomdan tabiat
va inson yuz minglab har xil modda yaratgan. Har qaysi moddadagi atomlar
turli xil guruhlarda birikib, turli molekulalar hosil qiladi.
Har bir moddaning o‘z molekulalari bo‘ladi. Bu molekulalardan
ba’zilari juda oddiy tuzilgan. Masalan, kislorod molekulasi ikkita kislorod
atomidan, vodorod molekulasi esa ikkita vodorod atomidan tashkil topgan.
Bular oddiy moddalardir.
Uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan molekulalar ayniqsa
qiziq xossalarga ega. Ularning soni juda ko‘p bo‘lib, hozirga qadar 3
26
milliongacha boradi, olimlar esa ko‘plab yangi bunday birikmalarni uzluksiz
kashf etmoqdalar va sun’iy ravishda yaratmoqdalar.
Juda murakkab molekulalar ham mavjud. Oqsil, kauchuk, yog‘och va
ko‘pgina sintetik materiallarning molekulalari bir necha yuz, hatto mingga
yaqin atomlardan tuzilgan.
Moddalarning xossalari birinchi navbatda ulardagi molekulalarning
xossasiga bog‘liq. Agar molekulalar bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lsa,
bu molekulalardan tashkil topgan modda gazsimon bo‘ladi. Bunga suv
bug‘ini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Suv bug‘ida molekulalar tez va erkin
harakatlanadi, faqat gohi-gohida bir-biri bilan to‘qnashib qolishi mumkin.
Agar suv bug‘i sovutilsa, suvning molekulalari sekin harakatlanib, bir-biri
bilan qo‘shila boshlaydi va bug‘ suyuqlikka aylanadi. Suyuq moddalardagi
molekulalar bir-biri bilan ancha zich bug‘langan, lekin ular hali nisbatan
erkin harakatlana oladigan bo‘ladi. Agar suv 0 darajagacha sovutilsa, u
muzlaydi va qattiq kristall modda – muz hosil bo‘ladi; muzda suv
molekulalari joyidan deyarli qo‘zg‘almagani holda tebranishi mumkin.
Molekulalarda ko‘pgina o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Bu
o‘zgarishlar kimyoviy reaksiyalar deb ataladi. Kimyoviy reaksiyalar
yordamida yangi moddalar va materiallar hosil qilish mumkin.
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Tayanch so‘z va so‘z birikmalarini eslab qoling:
mayda zarralar, atomlar, molekula, kimyoviy reaksiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |