Gaz va tabiiy gazlar



Download 354,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana29.08.2021
Hajmi354,66 Kb.
#159397
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
kimyoviy matnlar ustida ishlash

2-topshiriq. Matnga reja tuzing va reja asosida matn mazmunini so‘zlang. 

 

3-topshiriq.  Quyidagi  so‘zlar  ishtirokida  gap  tuzing:  modda,  birikma, 

tibbiyot, mahsulot, bo‘yoq, tola. 

 

4-topshiriq.  Berilgan  fe’llarni  uchta  zamonda  tuslang:  o‘rganmoq,  kirmoq, 

ko‘rsatmoq, yaratmoq, paydo bo‘lmoq, qayta ishlamoq. 

 

 

Gaz va tabiiy gazlar 



 

Kundalik turmushimizda ko‘pincha gaz deganda oshxona gaz plitasida 

ko‘k  bo‘lib  yonadigan  metan gazini  ko‘z oldimizga keltiramiz. Metan  gazi 

yer  osti  gaz  konlaridan  chiqarib  olinadi.  Bunday  gaz  konlari  O‘rta  Osiyoda 

ko‘p.  Kondan  chiqarib  olingan  gaz  aralashmalardan  tozalangach,  quvurlar 

orqali  zavod  va  turar  joylarga  yuboriladi.  Bundan  tashqari,  gaz  ba’zi  neft 

quduqlaridan  ham  chiqadi.  Shuningdek,  gaz  toshko‘mir  va  slanesni  maxsus 

ishlab ham olinishi mumkin.  

Gazlarning  turi  ko‘p.  Masalan,  havo  bir  necha  gazlar  aralashmasidan 

iborat. Barcha gazlarning asosiy xossasi shundaki, ular har qanday bo‘shliqqa 

yoyilib,  uni  egallab  oladi.  Agar  nasos  bilan  shisha  ichidagi  havoning  yarmi 

chiqarib olinsa, undagi qolgan havo shisha idishning butun hajmiga  yoyilib 

uni bir tekisda egallab oladi. 

“Hammabop” bu gaz odamlarning og‘irini yengil qiladi. Siqilgan havo 

yerda  avtomobillar  shinasida  ishlatiladi,  kosmosda  esa  yonilg‘ini    bakdan 

raketa  dvigatellariga  “siqib  chiqarish”da  xizmat  qiladi.  Havo  maxsus 

pnevmatik  qurilmalardagi  turli  avtomatlarning  klapanlarini  boshqaradi, 

temirchilik o‘chog‘idagi olovni yondiradi, puflama musiqa asboblaridan ovoz 

chiqaradi va yelkanli qayiqlarni suv uzra yeldiradi. 

Rang-barang reklama naychalarini turli xil gaz aralashmalari yoritadi, 

gaz  lazerlarida  kuchli  yorug‘lik  oqimi  hosil  bo‘ladi.  Ksenon  gazlari  bilan 



 

23 


fotografik  chatnash  lampalarining  kolbalari  to‘ldiriladi.  Kripton  gazi  esa 

oddiy elektr chiroqlarining cho‘g‘lanma tolasini tez kuyib qolishdan asraydi 

va  chiroqning  uzoq  vaqt  ishlashiga  yordam  beradi.  Gaz  sanoatda  keng 

ishlatiladi:  yer  ostidan  chiqadigan  tabiiy  gazlar,  qattiq  yoqilg‘ilarni  sun’iy 

ravishda  gazlashtirib  olinadigan  generator  gazlari,  koks  gazlar  yoqilg‘i 

xomashyo sifatida ishlatiladi. 

 

1-topshiriq. Tayanch so‘z va iboralar:  tabiiy gaz, yoqilg‘i, gaz konlari, 

metan, etan, butan, propan, atsetelin, etilen, generator, neft quduqlari. 

 

2-topshiriq. Savollarga javob  bering. 

 

1. Tabiiy gaz konlari qayerlarda uchraydi? 



2. Tabiiy gaz  tarkibi nimalardan iborat? 

3. Tabiiy gazdan nimalar  olinadi? 

4. O‘zbekistonda qanday yirik gaz konlari bor? 

 

3-topshiriq. Quyidagi sifatlarni tarjima qiling  va ular  ishtirokida  gap 

tuzing:   

              katta, asosiy, qimmatbaho, turli, muhim, tabiiy

 

4-topshiriq. Yuqorida berilgan  sifatlarning  sinonimlarini toping  va  ular  

yordamida so‘z birikmasi hosil qiling.               

 

 


Download 354,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish