texnologik (maydon ichidagi) gaz quvurlari hamda gaz qazib chiqarishga va ishlab chiqarishlaridagi gaz jihozlari; - texnologik (maydon ichidagi) gaz quvurlari hamda gaz qazib chiqarishga va ishlab chiqarishlaridagi gaz jihozlari;
- suyultirilgan uglevodorodli gazlar (propan-butan)ni saqlash, yetkazib berish va foydalanish obyektlari;
- gazdan foydalanuvchi ko‘chma qurilmalar hamda avtomobil, temir yo‘l transporti, uchuvchi apparatlar, daryo va dengiz kemalari gaz jihozlari;
- maxsus, harbiy maqsaddagi gaz va gazdan foydalanuvchi jihozlar;
- tajriba gaz quvurlari hamda gaz jihozlarining tajribaviy namunalari;
- gaz-havo aralashmasining portlash energiyasidan foydalanuvchi yoki himoya gazlarini olish uchun mo‘ljallangan qurilmalar.
II. Gaz taqsimlash va gaz iste’mol qilish tizimlari - II. Gaz taqsimlash va gaz iste’mol qilish tizimlari
- 1-§. Umumiy talablar
- 4. Aholi yashash joylaridagi gaz taqsimlash va ishlab chiqarishlardagi gaz iste’moli tizimlari mazkur Qoidalar, amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
- 5. Gaz taqsimlash va gaz iste’mol qilish tizimlari, xavfsiz gaz uzatish va zarur hollarda tezkorlik bilan gaz tarmog‘idan to‘xtatishini ta’minlashi lozim.
- 6. Gaz taqsimlash tarmog‘idagi gaz quvurining tuzilishi gaz quvurlaridan xavfsiz va ishonchli foydalanilishi, gazni bosim va sarf bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarga muvofiq yetkazib berishi, shuningdek kondensatli tiqilmalar shakllanishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
- 7. Texnik shartlarda, rejasida gaz taqsimlash tarmog‘idagi ulanish nuqtasi, undagi gaz bosimi, quvur diametri va tayyorlangan material, elektro-kimyoviy himoya vositalari (po‘lat gaz quvurlari uchun), shuningdek tuproqning emirilishga faolligi va daydi toklar manbai mavjudligi ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
- 2-§. Gaz taqsimlash tarmoqlari
- 8. Gaz quvurlarini yotqizish shartlari, gaz quvuri atrofidagi gorizontal va vertikal yo‘nalishda o‘tkazilgan muhandislik kommunikatsiyalar, shuningdek binolar, inshootlar, tabiiy va sun’iy to‘siqlarga nisbatan masofalarni belgilashda amaldagi Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) talablari hisobga olinishi lozim.
- 9. Gaz quvurlari konstruksiyasining mustahkamlik va turg‘unlik hisob-kitoblari, shuningdek gaz quvurlarining gidravlik hisob-kitoblari tegishli hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
- 10. Gaz quvurlarining hisob-kitoblari unga ta’sir etadigan turli kuchlanishlar, jumladan ta’sir vaqti, yo‘nalishi, shuningdek tuproq va tabiiy sharoitlar (cho‘kishlar, seysmik ta’sirlar, hududlarda bajariladigan ishlar va boshqalar) keltirib chiqaradigan kuchlanishlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim.
- Gaz quvuriga ta’sir etadigan kuchlanishlarni hisob-kitob qilishda quvur va armatura vazni, gaz quvurining dastlabki kuchlanish ostidagi holati, haroratning keskin o‘zgarishi, ko‘chmalar va yog‘ingarchiliklardagi qo‘shimcha kuchlanishlar ta’sirini inobatga olish lozim.
- 11. Yer ustidan o‘tkazilgan gaz quvurlari uchun, tebranma kuchlanishlar mavjud bo‘lgan hollarda yoki gaz quvurining seysmik hududda joylashishida gaz quvurining harakatlanishini ta’minlaydigan va shu bilan birga uning ustunlardan tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan mahkamlanishini ko‘zda tutish lozim.
- 12. Gaz quvurini yer ustidan o‘tkazishda standart harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan tayanch qismlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |