Signalizatsiya — nazorat qilinadigan parametrlarning yuqori va quyi o‘lchamlarga yetish hollarida ovozli yoki yorug‘lik yordami bilan xabar berilishini ta’minlaydigan uskuna
Signalizatsiya — nazorat qilinadigan parametrlarning yuqori va quyi o‘lchamlarga yetish hollarida ovozli yoki yorug‘lik yordami bilan xabar berilishini ta’minlaydigan uskuna.
Signalizatsiya — nazorat qilinadigan parametrlarning yuqori va quyi o‘lchamlarga yetish hollarida ovozli yoki yorug‘lik yordami bilan xabar berilishini ta’minlaydigan uskuna.
Taqsimlovchi gaz quvuri — gaz taqsimlash tarmog‘idagi gaz manbaidan kiruvchi gaz quvurigacha gaz iste’molchilariga gaz yetkazib beruvchi gaz quvuri.
Tashqi gaz quvuri — kiruvchi gaz quvuridan oldinda o‘rnatilgan o‘chiruvchi moslamagacha bo‘lgan yer osti va yer ustidan yoki binoning kirish joyidagi g‘ilofgacha bo‘lgan yer ostidan o‘tkazilgan gaz quvuri.
Ta’mirlash — mahsulotlar (gaz quvurlari va inshootlar)ning sozligi yoki ish qobiliyatini tiklash hamda uning resurslarini yoki asosiy qismlarini tiklash bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar majmui.
Texnik xizmat ko‘rsatish — mahsulot (texnik qurilma)dan maqsadli foydalanish, saqlash va yetkazib berishda uning ish qobiliyatini yoki sozligini saqlab turish bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar majmui yoki yakka operatsiya.
Shkafli gaz tartiblash punkti (ShGTP) — gaz taqsimlash tarmoqlarida gaz bosimini pasaytirish va uni belgilangan darajada saqlab turish uchun mo‘ljallangan shkaf ko‘rinishida tayyorlangan texnologik qurilma.
1-§. Amal qilish sohasi va qo‘llash tartibi
1-§. Amal qilish sohasi va qo‘llash tartibi
2. Mazkur Qoidalar quyidagilarga nisbatan amal qiladi:
aholi yashash joylaridagi, jumladan qishloqlararo tashqi gaz quvurlari;
gaz bosimi 1,2 MRa gacha bo‘lgan tashqi (maydon ichidagi), ichki gaz quvurlari hamda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarishlardagi gaz jihozlari (texnik qurilmalar);
gaz tartiblash punktlari (GTP), gaz tartiblash qurilmalari (GTQ) va shkafli gaz tartiblash punktlari (ShGTP);
po‘lat gaz quvurlarini elektro-kimyoviy korroziyadan himoyalash vositalari;
gaz taqsimlash va iste’mol qilish bo‘yicha texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari va vositalari;
gaz quvurlaridagi bino va inshootlar.
3. Mazkur Qoidalar quyidagilarga nisbatan amal qilmaydi:
avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS);
texnologik (maydon ichidagi) gaz quvurlari va metallurgiya ishlab chiqarishidagi gaz jihozlari;
bosimi 1,2 MRa dan yuqori bo‘lgan magistral va kiruvchi gaz quvurlari;
texnologik (maydon ichidagi) gaz quvurlari hamda tabiiy gazdan xomashyo sifatida foydalanadigan kimyo, neftkimyo, neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlab chiqarish sanoatlaridagi gaz jihozlari;