Gavhar Artyomovna Petrosyan Rahimova (1911.7.11, Margʻilon — 2003.18.2, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Tamaraxonimnushg singlisi. 1924 — 27 yillar Margʻilondagi bolalar uyida tarbiyalangan va u yerda Us t a Olim Komilov rahbarligidagi dutorchi qizlar toʻgaragiga qatnashib, Tamaraxonimdan raqs asoslarini oʻzlashtirgan. Qoʻqon (1927—28), Samarqand (1928— 30, 193337), Andijon (193033), oʻzbek harbiy teatrlarida aktrisa, raqqosa va baletmeyster. Mohinbonu ("Farhod va Shirin"), Xoljon xola (F. Zafariy, "Halima"), Zebo ("Arshin mol olon"), kabi obrazlar yaratgan. 1937—39 yillar Oʻzbek Davlat musiqali teatrida yakkaxon raqqosa. Oʻzbek davlat filarmoniyasida xotinqiz dutorchilar ansamblida(1939—40), Xorazm garmonchilar ansamblida (1940— 41), Oʻzbek davlat xotinqizlar front ansamblida (1941—ya45), Oʻzbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1945— 68) raqqosa, baletmeyster, badiiy rahbar. 1968 i. "Lazgi" ansamblini tashkil etgan va unga 1982-yilgacha rahbarlik qilgan. 1983-yildan oʻzi qayta tashkil qilgan Zebo Gʻaniyeva nomidagi konsertfront sayyor brigadasining rahbari boʻlgan. R. ijod etgan "Ufori soxta", "Buxorocha", "Uygʻurcha", "Ozarbayjoncha", "Andijon samosi", "Usmoniya", "Gul oʻyin" kabi va "Katta oʻyin" (Us t a Olim Komilov bilan hamkorlikda), "Ufori soxta", "Oʻzbekiston qizlari", "Jayxun misoli lazgi", "Koʻzim qarosi", "Lazgi salomi" singari raqslari bilan oʻzbek raqsi rivojiga munosib hissa qoʻshdi. "Elyurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Raqs san`ati insonning mehnat jarayoni va borliqdan olgan hissiy taassurotlari bilan bog`liq holda yuzaga kelgan. Bu san`at dastlab qo`shiq va so`z bilan bog`liq bo`lib, keyinchalik mustaqil san`at turiga aylangan. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega bo`la borgan. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniqlik bergan.
Har bir xalqning raqs an`analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo`lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar ta`sirida tarkib topib rivojlangan. O`zbek raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanganlar. Ayrim raqslar ro`mol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etilgan, ba`zan ijrochi xalq cholg`u asboblari (qayroq, doira, nog`ora va h.k.) da o`ziga o`zi jo`r bo`lgan.
Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu erda raqs juda qadimiyligidan guvohlik beradi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» davridayoq raqs san`ati shakllanib, xalq va professional raqs – ikki yo`nalishda rivojlanishga kirishgani haqida tarxiy ma`lumotlar bor. Shuningdek, turli taraqqiyot bosqichlarida yurtimizda raqs va o`yinlar bir-biriga ta`sir ko`rsatishi natijasida «Beshqarsak», «Katta o`yin», «Lazgi», «Kema o`yin», «Ashshadaroz» kabi qadimiy o`yinlar vujudga kelgan.
XX asrga kelib raqs san`ati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Farg`ona raqsi yo`nalishida shakllanib, zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida rivojlandi. Mazkur yo`nalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib o`tib, o`z shakli shamoyili, mazmuniga ega bo`ldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg`unboeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Mo`minov, Ma`mura Ergasheva, Yulduz Ismatova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova va Dilafro`z Jabborova, Qizlarxon Do`stmuhamedova, Malika Ahmedova kabi raqs ustalarining xizmati katta bo`lgan.
Mustaqillik yillarida o`zbek milliy raqs san`atiini rivojlantirish borasida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Sohani rivojlanitirishga qaratilgan me`yoriy hujjatlar qabul qilinib, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi faoliyati yo`lga qo`yildi. Bu kabi amaliy ishlar ayni paytda ham davom ettirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4956-sonli farmoni 4-bandiga asosan «O`zbeknavo» estrada birlashmasi va «O`zbekraqs» milliy raqs birlashmasi negizida «O`zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil etilib, Muassasa tarkibida yangi bo`lim – Raqs
va xoreografiya san`ati faoliyatini rivojlantirish va tashkil etish bo`limi
faoliyati yo`lga qo`yildi. Uning maqsad va vazifalari, kelajakda amalga
oshiriladigan ishlari belgilab olindi.
BugungikundaToshkent shahrida 10ta davlat va xususi yraqs ansambllari mavjud.Bu ansambllarda 200dan orti qraqqos va raqqosalar faoliyat yuritishadi.Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 16ta raqs jamoalari mavjud bo`lib, ularda 400ga yaqin san`atkorlar ijod qilmoqda.Shuningdek, A.Navoiy, Muqimiy, Berdaq nomidagi musiqali teatrlar hamda Toshkent operetta teatrida 150dan ortiq raqqos va raqqosalar, balet artistlari mehnat qilmoqdalar.
Sohani
rivojalantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgan bo`lsada, bugungi raqs
san`atini qoniqarli deb bo`lmaydi. Buni keyingi paytlarda OAVda milliy
raqs san`atiga doir chop etilayotgan tanqidiy maqolalar va
teleko`rsatuvlardagi mulohazalarda, bugungi kunda raqs san`atining nufuzi
tushib borayotganligi, sohada echimini kutayotgan bir qator kamchilik va
muammolar ko`zga tashlanayotganligi, shuningdek, hududlarga xos raqs
uslublari o`zaro qorishib, raqs san`atining milliy xususiyatlari yo`qolib
borayotganligi keskin tanqid qilinayotganligidan bilish qiyin emas.
Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriligi “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan “Milliy raqs san`atining rivojlanish tarixi, dolzarb muammolari va zamonaviy konsepsiyalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
Konferensiyadan
ko`zlangan asosiy maqsad ham Prezidentimizning 2017 yil 31 maydagi
“Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-30-22-sonli qarori ijrosini ta`minlash
hamda o`zbek milliy raqs va xoreografiya san`atining taniqli namoyondalari
ishtirokida raqs san`atini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar
ishlab chiqish, eng ilg`or tajribalarni ommalashtirish, ilmiy yangilik va
xulosalarni sohaga izchil joriy etib borishdan iborat.
Ilmiy-amaliy konferensiyada “Milliy
raqs san`atining rivojlanish tarixi, dolzarb muammolari va zamonaviy
konsepsiyalari” bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, professor
Do'stlaringiz bilan baham: |