Gavhar Artyomovna Petrosyan Rahimova



Download 30,92 Kb.
bet1/2
Sana06.01.2022
Hajmi30,92 Kb.
#321961
  1   2
Bog'liq
Gavhar Artyomovna Petrosyan Rahimova


Gavhar Artyomovna Petrosyan Rahimova (1911.7.11, Margʻilon — 2003.18.2, Toshkent) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Tamaraxonimnushg singlisi. 1924 — 27 yillar Margʻilondagi bolalar uyida tarbiyalangan va u yerda Us t a Olim Komilov rahbarligidagi dutorchi qizlar toʻgaragiga qatnashib, Tamaraxonimdan raqs asoslarini oʻzlashtirgan. Qoʻqon (1927—28), Samarqand (1928— 30, 193337), Andijon (193033), oʻzbek harbiy teatrlarida aktrisa, raqqosa va baletmeyster. Mohinbonu ("Farhod va Shirin"), Xoljon xola (F. Zafariy, "Halima"), Zebo ("Arshin mol olon"), kabi obrazlar yaratgan. 1937—39 yillar Oʻzbek Davlat musiqali teatrida yakkaxon raqqosa. Oʻzbek davlat filarmoniyasida xotinqiz dutorchilar ansamblida(1939—40), Xorazm garmonchilar ansamblida (1940— 41), Oʻzbek davlat xotinqizlar front ansamblida (1941—ya45), Oʻzbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1945— 68) raqqosa, baletmeyster, badiiy rahbar. 1968 i. "Lazgi" ansamblini tashkil etgan va unga 1982-yilgacha rahbarlik qilgan. 1983-yildan oʻzi qayta tashkil qilgan Zebo Gʻaniyeva nomidagi konsertfront sayyor brigadasining rahbari boʻlgan. R. ijod etgan "Ufori soxta", "Buxorocha", "Uygʻurcha", "Ozarbayjoncha", "Andijon samosi", "Usmoniya", "Gul oʻyin" kabi va "Katta oʻyin" (Us t a Olim Komilov bilan hamkorlikda), "Ufori soxta", "Oʻzbekiston qizlari", "Jayxun misoli lazgi", "Koʻzim qarosi", "Lazgi salomi" singari raqslari bilan oʻzbek raqsi rivojiga munosib hissa qoʻshdi. "Elyurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Raqs san`ati insonning mehnat jarayoni va borliqdan olgan hissiy taassurotlari bilan bog`liq holda yuzaga kelgan. Bu san`at dastlab qo`shiq va so`z bilan bog`liq bo`lib, keyinchalik mustaqil san`at turiga aylangan. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega bo`la borgan. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniqlik bergan.

Har bir xalqning raqs an`analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo`lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar ta`sirida tarkib topib rivojlangan. O`zbek raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanganlar. Ayrim raqslar ro`mol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etilgan, ba`zan ijrochi xalq cholg`u asboblari (qayroq, doira, nog`ora va h.k.) da o`ziga o`zi jo`r bo`lgan.

Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu erda raqs juda qadimiyligidan guvohlik beradi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» davridayoq raqs san`ati shakllanib, xalq va professional raqs – ikki yo`nalishda rivojlanishga kirishgani haqida tarxiy ma`lumotlar bor. Shuningdek, turli taraqqiyot bosqichlarida yurtimizda raqs va o`yinlar bir-biriga ta`sir ko`rsatishi natijasida «Beshqarsak», «Katta o`yin», «Lazgi», «Kema o`yin», «Ashshadaroz» kabi qadimiy o`yinlar vujudga kelgan.

XX asrga kelib raqs san`ati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Farg`ona raqsi yo`nalishida shakllanib, zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida rivojlandi. Mazkur yo`nalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib o`tib, o`z shakli shamoyili, mazmuniga ega bo`ldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg`unboeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Mo`minov, Ma`mura Ergasheva, Yulduz Ismatova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova va Dilafro`z Jabborova, Qizlarxon Do`stmuhamedova, Malika Ahmedova kabi raqs ustalarining xizmati katta bo`lgan.



Mustaqillik yillarida o`zbek milliy raqs san`atiini rivojlantirish borasida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Sohani rivojlanitirishga qaratilgan me`yoriy hujjatlar qabul qilinib, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi faoliyati yo`lga qo`yildi. Bu kabi amaliy ishlar ayni paytda ham davom ettirilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4956-sonli farmoni 4-bandiga asosan «O`zbeknavo» estrada birlashmasi va «O`zbekraqs» milliy raqs birlashmasi negizida «O`zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil etilib, Muassasa tarkibida yangi bo`lim – Raqs

va xoreografiya san`ati faoliyatini rivojlantirish va tashkil etish bo`limi

faoliyati yo`lga qo`yildi. Uning maqsad va vazifalari, kelajakda amalga

oshiriladigan ishlari belgilab olindi.

BugungikundaToshkent shahrida 10ta davlat va xususi yraqs ansambllari mavjud.Bu ansambllarda 200dan orti qraqqos va raqqosalar faoliyat yuritishadi.Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda 16ta raqs jamoalari mavjud bo`lib, ularda 400ga yaqin san`atkorlar ijod qilmoqda.Shuningdek, A.Navoiy, Muqimiy, Berdaq nomidagi musiqali teatrlar hamda Toshkent operetta teatrida 150dan ortiq raqqos va raqqosalar, balet artistlari mehnat qilmoqdalar.

Sohani

rivojalantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgan bo`lsada, bugungi raqs

san`atini qoniqarli deb bo`lmaydi. Buni keyingi paytlarda OAVda milliy

raqs san`atiga doir chop etilayotgan tanqidiy maqolalar va

teleko`rsatuvlardagi mulohazalarda, bugungi kunda raqs san`atining nufuzi

tushib borayotganligi, sohada echimini kutayotgan bir qator kamchilik va

muammolar ko`zga tashlanayotganligi, shuningdek, hududlarga xos raqs

uslublari o`zaro qorishib, raqs san`atining milliy xususiyatlari yo`qolib

borayotganligi keskin tanqid qilinayotganligidan bilish qiyin emas.

Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriligi “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan “Milliy raqs san`atining rivojlanish tarixi, dolzarb muammolari va zamonaviy konsepsiyalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.



Konferensiyadan

ko`zlangan asosiy maqsad ham Prezidentimizning 2017 yil 31 maydagi

Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish

chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-30-22-sonli qarori ijrosini ta`minlash

hamda o`zbek milliy raqs va xoreografiya san`atining taniqli namoyondalari

ishtirokida raqs san`atini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar

ishlab chiqish, eng ilg`or tajribalarni ommalashtirish, ilmiy yangilik va

xulosalarni sohaga izchil joriy etib borishdan iborat.

Ilmiy-amaliy konferensiyada “Milliy



raqs san`atining rivojlanish tarixi, dolzarb muammolari va zamonaviy

konsepsiyalari” bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, professor


Download 30,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish