Oshqozon osti bеzi gormonlari
Oshqozon osti bеzining endokrin qismida 4 xil hujayra borligi aniqlangan. A- tipdagi hujayralar – glyukogon, B – tipdagi –insulin, D – tipdagi – samotastatin va PP tip F hujayra – pankreatik polipeptid ishlab chiqariladi.
Insulin. B – hujayralarda avval preproinsulin sekretsiyalanib, proteazalar ta’sirida proinsulinga o’tadi. Proinsulin molekulasida 84 ta aminokislota qoldig’i bor. Undan 33 ta aminokislotadan iborat C – peptid deb nomlangan fragment ajralib chiqsa proinsulin faol insulinga aylanadi. Bog’langan isulinning molekulyar massasi 60 000 dan 100 000 gacha, faol insulin 51 ta aminokislota qoldig’idan iborat. Molekulasida ikkita polipeptid zanjir bor. Birinchisi - qisqa A – zanjiri 21ta aminokislota qoldig’idan tashkil topgan. Ikkinchisi – uzun B - zanjiri 30 aminokislota qoldig’idan iborat. Zanjirlar o’zaro S-S bog’lar bilan bog’langan.
Insulinni sеkrеtsiyasi glyukoza va Ca2+ionlari leytsin, arginin, samatotropin ishtirokida ortadi. Samatostatin esa kamaytiradi.
Insulinni ta'sir etish mеxanizmi
Insulin qonga o’tkanda erkin va plazma oqsili bilan bog’langan shaklida bo’ladi. Erkin holdagi Insulin shu gormonga sezgir hamma hujayralarga, bog’langan shakli esa faqat yog’ to’qimasiga ta’sir etadi.
Insulin membranadagi rеtsеptor bilan bog’lanib insulin-retseptor komsplеksini hosil qiladi. Bu kompleksni hosil bo’lishi mеmbranada joylashgan ferment va Ca2+, Na+, K+ ionlarni, glyukozani, aminokislotalarni, transport oqsillarini konfiguratsiyasini o’zgartirib nofaol holdan faol holga o’tkazadi. Insulinni eng muhim effekti – gipoglikemik, qondagi glyukoza miqdorini glyukozani hujayra ichiga transporti hisobiga pasaytirish – insulinni membranaviy effekti.
Hujayra ichidagi metabolizmga ta’sir etayotganda insulinni membranaviy – hujayra ichidagi mexanizmi namoyon bo’ladi. Membranada joylashgan retseptor insulin bilan kompleks tashkil qilib, guanilatsiklaza faolligini oshiradi
( GTF Gs→ sGMF + PP I ) hosil bo’lgan sGMF proteinkinazalarni modifikatsiyaga uchratib metabolizmga ta’sir etadi.
Shuningdеk insulin hujayra ichki vositalarni hosil bo’lishiga ham ta’sir etadi. sGMF orqali guanilatsiklazini faolligini oshirib, sAMF konsеnratsiyasini kamaytiradi. Insulinni bu ta’siri natijasida qonda glyukoza, aminokislota, yog’ kislotalar, glitserin va K+ konsentratsiyasi pasayadi, hamda siydik bilan aminokislot va K+ chiqib ketishini ham kamaytiradi. Shuning uchun insulinni metabolizmga ta’siri anabolik ta’sir deb ataladi, (+) musbat azot balansi bilan xarakterli.
Do'stlaringiz bilan baham: |