partiyasiga Burbonlar bilan Kolin`ilar boshchilik qildilar. :
Burbonlar xonadonining boshlig'i Antuan Burbon kichkinagina vassal davlat bo'lgan fransuz
Navarrasining qiroli edi. Burbonlar ayniqsa Fransiyaning janubida mashhur edilar. KOLINBI
admiral edi ta uning (O`rta Fransiyadagi) aristokratok Shatil`onlar familiyasidan
qarindoshlari juda kup edi. Saroyda «siyosatchilarning» mo''tadil partiyasi ham bo'lib, bu"
partiya har ikki chekkadagi partiyani yarashtirishga urinardi. Bu partiyaning namoyandasi
gugenotlarga bir qadar diniy hu
quqlar berilishining tarafdori bo'lgan kantsler Lopital` edi. Uning tashabbusi bilan 1560
yilda Orleanda bitishuvga kelish maqsadida Bosh shtatlar chaqirilgan edi (Bosh shtatlar 1484
yildan buen chaqirilmay turgan edi). Shtatda Burbonlarning tarafdorlari ko'p bo'lib chiqdi,
ular Fransiyada sekulyarizatsiya utkazishni yoqlab chiqdilar. Umuman esa, soslovielar o'rtasida
yakdillik bo'lmady. Qisqagina sessiyadan so'ng shtatlar tarqatib yuborildi. Shunday bo'lsada,
1562 yilda hukumat edikt chiqardi (yanvar` edikti), bu ediktda kal`vinistlarga ko`pdan-ko`p
cheklashlar bilan o'z kul`tla'rini ado etishga ruxsat berildi. Bu edikt gugenotlarni ham,
katoliklarni ham qanoatlantirmadi. Joilarda har ixkala diniy partiya tarafdorlari o'rtasida
qurolli to'qnashuvlar bo'lib turdi. Katoliklar ham, gugenotlar ham zo'r berib fuqarolar
urushiga tayyorlana boshladilar.
Gugenotlar urushlarining boshlanishi. Gugenotlarning urushi 36 yil davom etdi (1562—1598). Bu
urush 1562 yil 1 martda Vassi shahridagi uryiqitlar bilan boshlanib ketdi. Shahar
gugenotlarining yig'ini ibodat qilayotgan vaqtda gersog Giz o'zining qurollangan odamlari
bilan ularga hujum qildi! Gugenotlarning qurollangan bir qismi hujum qilganlargazarba
berdi. Ikki dushman guruhining dastlabki qurolli to'qnashuvi ana shu tarzda ro'y berdi. Shundan
keyin ko'p o'tmay, har ikki tomon feodallarining qurolli kuchlari chinakam o'rush harakatlarini
boshlab yubordilar. Ahyonahyonda urush harakatlari to'xtatilib, yarash sulhi tuzilardi.
Dastlabki o'n yil mobaynida uch marta ana shunday urush bo'ldi. Har ikki lagerga rahbarlik
qiluvchi xonadonlarning katta namoyandalari bu urushlar davomyda yo'q bo'lib ketdi:
katoliklarning rahbari Fransua Giz bilan gugenotlar rahbari Antuan Burbon o'ldirildi.
'
1572 yilda saroyda bir plan paydo bo'ldi, bu planda tashqi siyosat vositasi orqali
katoliklarni gugenotlar bilan yarashtirish mo'ljallangan edi. Kolin`i Niderlandiyaga yordam
bahonasi bilan Ispaniyaga qarshi urush loyihasini ishlab chiqdi, Niderlandiyani Ispaniya qo'lidan
ozod qilish bilanoq fransuz yerlariga qo'shish ko'zda tutilgan edi. Partiyalarni yarashtirish
dinastiya (sulola) nikohi bilan mustahkamlanishi lozim edi. Karl IX ning singlisi Margarita Valua
o'lib ketgan Antuan Burbonning o'g'li Genrix Navarrskiyga erga tegayotgan edi, Genrix
Navarrskiy esa, bu vaqtda gugenotlarning bosh rahbari bo'lib qolgan edi. Ammo bu bitishuv
Gizlar hamda Yekaterina Medichi tomonidan buzildi. Parijga nikoh to'yiga kelgan gugenotlar
1572 yil 24 avgustga o'tar kechasi xoinona qirib tashlandi. Bu Varfolomey kechasi deb atalmish
voqea faqat Parijdagina yuz berib qolmadi. Ana shu tarzda oldipdan tuzilgan planga muvofiq
Fransiyaning boshqa shaharlarida . ham gugenotlar qirib tashlandi. Parijda 2 mingdan ortiq
gugenot halok bo'ldi. O'ldirilganlar orasyda admiral Kolin`i ham bor edi.
Gugenotlar urushining ikkinchi davri. Varfolomey kechasidan keyin gugenotlar urushining
ikkinchi davri boshlandi. Bu urush birinchi davrdagi urushlarga qaraganda ancha shafqatsizlik
bilan olib borildi. Bu vaqtda Fransiyaning janubi va g'arbi shimoldan butunlay ajralib ketgan
edi. U yerda gugenotlarning mustaqil ittifoq davlati tuzilgan edi. Umumiy ittifoqqa
kirgan turli viloyatlarni mahalliy zodagonlar orasidan chiqqan ogubernatorlar idora
qilardi, ular ana shunday «avtonomiyadan» ko'proq foyda kurgan edi.
70 yyllarda gugenotchilikning siyosiy ideologiyasi ham aniq shaklga kirdi. Ularning
qatorlarida bo'lgan bir qancha jo'shqin va iste'dodli publitsistlar o'z pamfletlarida qirollik
abso
lyutizmini qoralar, o'rta asr Bosh shtatlarini ko'klarga ko'tarib maqtar. davlat hokimiyatining
«ijtimoiy shartnoma» yo'li bilan kelib chiqishi haqidagi nazariyani rivojlantirar edilar.
Dastlabki qirollarni xalq saylab qo'yardi^ deb yozgan edilar gugenot publitsistlari. «Xalq
ularni, ya'ni (qirollarni) saylar ekan, ular bilan shartnoma tuzardiki, bu shartnomaga
binoan qirollar xalq manfaatlariga rioya qilishlari kerak. Qirol unvoni — shavkat emas,
balki mehnat, zo'ravonlik emas, balki jamoatchilik uchun xizmatdir», qirol hokimiyati xalq
oldida javobgar bo'lishi kerak. Uz hokimiyatini suiiste'mol qilgan qirollar zolimlardir va
xalq ularni haydab yuborishga haqlidir.
Biroq, gugenot monarxomaxlarining1 nazariyalarida respublikachilik, zolimlarga
qarshi kurash ohanglari aristokratlarga mehr qo'yish bilan chambarchas chatishib ketgan
edi. Ular «xalq deb xalqning eng yaxshi qismig'^i, ya'ni aristokratlarni ko'zda tutardilar.
«Biz xalq deganda,— deb yezdi monarxomaxlardan Yuber Lang ye,— biz butun xalqni emas, balki
uning namoyandalari bo'lgan gersoglar, shahzodalar, zodagonlarni ko'zda tutamiz...
Avom xalqning hokimlik qilishidan yoki dvoryanlarni yo'q qilishga intiluvchi o'ta
demokratlardan saqlaningiz» degan edi. 1577yilda «Zolimlarga qarshi da'vo»2 degan
dabdabal'i sarlavha ostida pamflet yozgan yana bir respublikachi gugenot Dyu Plessi
Morne (1549—1623) bunday degan edi: «Xalq ko'p boshli bahaybat mahluqdir, u davlat
ishlarini hal qilishga qodir emas».
Uz umrini yashab bo'lgan eski tartiblarga qaytish ishtiyoqidagi gugenotlar aristo'kratiyasi
siyosiy dasturining reaksion xarakterini uchinchi publitsist Fransua Otman
(1524—1589) o'zining «FrankoGalliya» (1573 yil) pamfletida ochiqravshan namoyon qildi. Bu
asarida u quyidagilarni yozgan vdi: «Merovinglar 'va Karolikglarning eski
;tartiblariga qaytish kerak, u paytda butun aholi o'zo'zini boshqarishda ishtirok
etar.va qirollarni saylar edi». Otmanning ideali boshqarishning tarqoq ko`rinishi bo'lib, unda
Fransiyani tashkil qiluvchi mintaqa`davlatlar konfederatsiyasini tvdrollykning eng yaxshi va
eng e'tiborli kishilari boshqarishlari Qerak edi. Barvaqt o'lib ketgan publitsist Et`en
Laboesi (1530— 1563) 1monarxomaxlar orasyda eng radikaldemokratik pozisiyada
turardi. U 1562—1563 yyllarda yozilgan, ammo keyinroq— 1574 va 1576 yyllarda bosilib
chiqqan «Ixtiyoriy qullik haqida mulohazalar» kitobiniig muallifi edi. Gugenot yozuvchi
Agripp d' Obin`e (1552—1630) o'z dostonlari va memuar larida monarxomaxlik, zulmga
qarshi kurash motivlari yaq 1 kol aks etgan. Bu yozuvchi Varfolomey kechasidagi
dahshatlar uchun Yekaterina Medichi va Karl IX dan o'ch olishga chaqyrgan J
edi. "
Katolik ligasining tashkil topishi. 70yillarning o'rtalalarida katoliklar shimolda
Katoliklar ligasi nomi ostida o'zlarining siyosiy ittifoqini tashkil etdilar. Bu ligaga
o'lib ketgan Fransua Gizning o'g'li Genrix Giz' rahbarlik qilgan. u katoliklar
partiyasyning hammaga ma'qul rahbari bo'lib olgan edi. Bu liga Parijdagi qirol hukumatini
nazorat qilib turardi. 1576 yilda Blua shahrida to'plangan yangi Bosh shtatlarda ham liga
a'zolari ko'p edi. Katoliklar ligasi qirol Genrix III ning 1gugenotlar bilan yarash bitimi
tuzish va ularga diniy erkinlik, berish to'g'risidagi urinishlariga qat'iy qarshilik
ko'rsatdi. 1584—1585 yillarda Parijda yana bir siyosiy tashkilot — Parij ligasi tashkil
etildi. Bu liga o'z tarkibi jihatidan katoliklar ligasiga qaraganda ancha demokratik
xarakterda edi. Bu ligaga kirgan Parijning ko'p sonli mayda burjuaziyasi qirolni
gugenotlarga yon bergani uchun, saroy ahllarini esa, ularning zebiziynat ichidagi
dabdabali hayoti uchun, qirol amaldorlari va sud`ya'larinya tama'girliklari va lo'ttibozligi
uchun tor-mor qilib tashlashga tayyor edi. Eng jangovar katolik ordenlarining monaxlari
rahbarlik qilayotgan bu Parij ligasining a'zolari fanatik kayfiyatda bo'lish bilan birga,
ayni paytda eng ashaddiy katolik reaktsiyasini ham qo`llab-quvvatlar edilar.
Uch Genrixning urushi. Gugenotlarning katoliklar bilan kurashlari uchinchi davrda — 80
yillarning yarmidan boshlab juda keskinlashib ketdi. Bu vaqtda gugenotlarning sakkizinchn
urushi (1585—1589) davom etmoqda edi, bu urushda ayni bir paytda Genrix Giz, Genrix Valua
(qirol Genrix III) va Genrix Burbon (uning qirol Navarrskiy degan nomi ham bor edi)
ishtirok etgani tufayli, unga «uch Genrixning urushi» deb ¦ nom bergan edilar.
Katoliklar lagerida Genrix Giz tobora muhim o'rin ola boshladi. Uning tarafdorlari
ochiqdanochiq Gizlar taxtga Valuadan ko'ra ko'proq haqlidirlar, deya boshladilar,
chunki ular (Gizlar) bevosita Karl Buyukning avlodi emishlar. Genrix III ning vorisi
bo'lmagani tufayli liga a'zolari qiroldan Genrix Gizni rasman taxt vorisi deb e'lon qshshshni
talab etdilar. Genrix III avval boshdanoq Gizlarning vasiydyagini malol ko'rar edi. 1588
yilda u qo'shinlarni Parijga tomon sura boshladi va Gizni hamda' liganing boshqa
rahbarlarinn qamoqqa olishga tayyorlandi. Bundan liga doirasidagilar xabardor bo'lib
qolganlaridan so'ng, ligachilar poytaxtda o'z agitatsiyalarini kuchaytirdilar va Parijda
qirolga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. 1588 yil may oyining 12 va 13 kunlarida
Parlj ko'chalarida shahar,tarixida birinchi marta barrikada
lar1 paydo bo'ldi. Hunarmandlar, mayda savdogarlar, xalifalar, ishchilar, mardikorlar faqat
barrikadalar quribgina qolmay, balki qirol qo'shinlari bilan jang boshlashga ham tayyor
edilar.
^ Genrix III Parijdan Shartr shahriga qochib ketdi, u yerdan poytaxtga haytib kelib,
g'alayonchilardan o'ch olishga umid bog'lagan edi. Qirol Gizlarga qarshi harbiy kuchlar" to'pladi.
Ammo bu kuchlar bilan Parijga tomon kirishga jur'at'qilolmadi. Genrix III dastavval Gizning
o'zidan qutulishga qaror berdi. Shu maqsa'dda Giz yarashish bahonasi bilan qirol huzuriga
taklif etildi. Qirol qabulxonasida soqchi soldatlar liga rahbariga xanjar sanchdilar (1588
yil 22 dekabr`). Bunga javoban Parij Valuaga bo'ysunishdan bosh tortdi. Haqiqatda shahar o'z
hokimiyat boshqarmalariga zga bo'lgan mustaqil respublikaga aylandi. Hokimiyat bosh`^armalari
orasida demokratik «16 lar komiteta» katta ahamiyatga ega bo'ldi, bu «komitet» poytaxt
tumanlaridagi saylab qo'yiladigan tashkilotlarining vakillaridan i'borat edi: Parijdan
o'rnak olib, boshqa shaharlar ham mustaqil shaharrespublikalarga aylandilar.
Mamlakatning janubigina emas, shimoli ham mayda parchalarga bo'linib ketdi.. Genrix III
o'zining ahvolini yaxshilash uchun Genrix Navarrskiy bilan ittifoq tuzmoqchi bo'ldi va uni
o'zining vorisi deb e'lon qildi. 1589 yil bahorida bitim tuzilib, har ikkala qirol Parijga
tomon yurish boshladi. Ammo Genrix III Parijga qaytib kelmadi. 1589 yil 1 avgustda Dominikan
ordenining monaxi Jak Kleman koralning SenKlu qarsrgohiga pistirib kirib, uni xanjar
sanchib o'ldirdi, shu tariqa' Genrix Gizning o'lim'i uchun undan o'ch oldi. Genrix III ning
o'lishi: bilan Valualar dinastiya (sulola)si tamom bo'ldi. ?z tarafdorlari tomonidan Fransiya qiroli
qilib e'lon etilgan Genrix Burbon Genrix IV nomi bilan yangi Burbonlar dinastiya (sulola)sini
boshlab byordi.
Gugenotlar urushlarining tugashi. Nant edikti. Yangi qirolking ahvoli dastavval ancha mushkul
edi. Parij «yeretik» qirolni tan olgisi kelmadi. Uldirilgan Genrix Gizning ukasi gersog
Karl Mayenskiy yangi qo'shinlar to'plab, gugenotlarga qarshp urushni yangidan boshlab yubordi.
Filipp II Ispanskiy katoliklarga yordam berish uchuy Fransiyaga o'z qo'shinlarini" yubordi. U
Parijga qirol qilib o'z odamini o'tqazishni mo'ljallagan edi.
Genrix IV liga qo'shinlarini Arka va Ivra yaqinida— 1589 va 1590 yillarda "ikki marta tor-mor
keltirdi. Ammo u hali qat'iy g'alabani qo'lga kiritmatan edi. Turli viloyat larda
dehqonlarning hokim sinflarga qarshi keng harakati ko'proq azob chekkan g'arbiy viloyatlarda
(Puatu, Sento'nj, Limuzen, Marsh va Perigor viloyatlarida) ayniqsa kuchayib ketdi. Qo'zg'olon
ko'targan dehqonlar krokanlar1 deb nom oldilar, chunki ular dvoryanlarga, soliq yig'uvchilarga
va soldatlarga qarshi hujum qilganlarida ana shunday da'vat bilan tashlanardilar. Perigorda
qo'zg'olon ko'targan dehqonlarning soni 40 ming kyshiga yetdi.
Genrix IV ga dehqon qo'zg'olonlarini bostirish uchun ko'p kuch sarf etishga to'g'ri keldi. Lekin
gersog Mayanskiy ham gugenotlarga qarshi kurashishdan ko'ra, ko'proq katoliklar orasidagi
demokratik elementlarga qarshi kurash olib borishga majbur bo'ldi. Parijdagi «16 lar komiteti»
gersogga qarshi qattiq janjal ko'tardi. Shu tufayli 1591 yilda gersog va uning ittifoqchilari
komitetni tugatdilar. Gersog hokimiyatii o'z qo'lida saqlab qblishdan umidini uzib, Genrix IV
bilan yashirin muzokaralar boshladi, u ma'lum mukofogevaziga Genrixga ko'maklashishga va'da
berdi.
Quyi tabaqa xalq ommasining harakati har ikki lagerdagi feodallarni o'zaro yon berishga va
shoshilinch ravishda yarashishga majbur etdi. Genrix IV ning protestantizmi bu yarashishga to'siq
bo'lganligi tufayli, u katolik dinig'a o'tishga qaror berdi (1593 yil 25 iyul`). Genrix
Navarrskiy, uni dinidan qaytishda ayblagan ba'zi maslakdoshlarga: «Parij messaga2 arziydi»
degan edi. Shundan keyin Parij taslim bo'lishga majbur bo'ldi. Genrix IV 1594 yil martida
poytaxtga kirib keldi; bundan bir oy ilgari u Shartr shahrida Fransiyaning shubhasiz qiroli
sifatida toj kiygan edi. So'nggi o'ninchi urush (1594—1598) qisman liga a'zolariga, asosan esa
Filipp II Ispanskiyga qarshi olib borildi. U Fransiyaga qarshi Niderlandiyadan harbiy platsdarm
sifatida foydalangan edi. Ammo hujum muvaffaqiyat qozona olmadi. 1598 yilda ispan
qo'shinlari Verv`e shahri yaqinida (Ispaniya Niderlandiyasida) Genrix IV qo'shinlari tomonidan
mag'lubiyatga uchra
tildi. „
Bir tomondan, dehqonlar va shahar plebeilari harakatining xavfi, ikkinchi tomondan, Ispaniya
tomonida^ tashqaridan keladigan yordamdan umidning uzilishi gersog Mayenskiy boshchiligidagi
feodalkatoliklarni taslim bo'lishga majbur etdi. Gugenotlarning urushlari 1598 yilda Nant
edikta e`lon qilinishi bilan tugallandi. Genrix IV bu ediktda gugenotcharni qirol
hokimiyati bilan yarashtirishga urindi. Zdikt katolitsizmni Fransiyaning davlat dini deb e'lon
.qildi. Butun Frantsyyada katolik ibodatlar tiklandi (bu vaqtgacha janub va g'arbda ko'p
joylarda u butunlay to'xtab qolgan
edi). Katolik ruhoniylariga yerlari va boshqa mulklari qaytarib berildi. Ammo shu bilan bir
vaqtda gugenotlar ham o'z dinlariga e'tiqod qilish imkonini oldilar. Gugenotlar o'z cherkov
yig'inlari (sinodlar) va alohida siyosiy majlislar to'plash huquqiga ega bo'ldilar. Ular qirol
huzurida o'zlarining alohida vakillari bo'lishi huquqini oldilar. Hukumat ediktdagi
moddalarni bajarish garovi sifatida 200 ga yaqin qal'ani gugenotlar ixtiyorida qoldirdi. Nant
edikta, mohiyat e'tibori bilan odatdagi qirol farmoni emas edi. Bu edikt urush qilayotgan
ikki tomon o'rtasidagi yarash bitami ediki, bularning hech biri bir-biriga o'z irodasini
majburan qabul qildirish uchun yetarli kuchga ega bo'lmay qolgan edi.
Nant edikti G'arbiy Yevropada din erkinligini e'tirof etishning birinchi namunasi edi. Genrix
IV bunday chora gugenotlarni markaziy hukumatga bo'ysundirish uchun eng qulay chora' bo'lar deb
hisoblagan edi. Uning bu mo'ljali bir daraja to'g'ri bo'lib chiqdi. Eng yirik gugenot
dvoryanlari siyosiy oppozitsiyadan tezda qayta boshladilar va shu bilan birga o'z dinlarini
o'zgartirib, katolitsizmga qaytdilar. Uzgargan vaziyatda aristokratlarga protestantizm endi
kerak bo'lmay qolgan edi.
XVII ASRNING BIRINCHI YARMIDA FRANSIYA
Genrix IV niig mustabidlik siyosati. Gugenotlarning urushlari davridagi feodal anarxiyasi
Fransiyaga qimmatga tushdi. Sanoat va savdo-sotiq ishlari juda qiyin ahvolda edi. Qishloq
xo'jaligi ko'pgina viloyatlarda tamomila tushkunlikka yuz tutgan edi. Davlatning moliyaviy
ishlari chatoqlashib, barbod bo'lib ketgan edi. Bunday sharoitda kuchli qirol hokimiyatini
tiklash albatta zarur bo'lib qolgan edi. Nihoyat, bundan ko'pchilik o'rta va mayda dvoryanlar
ham, shuningdek, burjuaziya ham manfaatdor edi. Qirol buzilgan «tartib»ni tiklashi lozim
edi. Monarxomaxlarning qirolga qarshi qo'zg'olon ko'tarishga chaqirib yozgan eski pamfletlari o'z
ahamiyatini yo'qotib qo'ydi. Ammo Jan Bodenning (1530—1596) dastlab 1576 yildayoq nashr
etilgan, lekin boshda muvaffaqiyat qozona olmagan «Davlat» degan kitobi juda mashhur bo'lib
qoldi. Boden bu asarida absolyutizm nazariyasini rivojlantirgan edi. U monarxomaxlarning
qirol bilan xalq o'rtasida bitim tuzish asosida davlat hokimiyati barpo qilish haqidagi
ta'limotidan mazax qilib kulgan edi. Boden fikricha, har qanday hokimiyat va huquqning
manbai qirolning o'zidir, u kuchga tayanib Bosh shtatlarga murojaat qilishi uchun zaruriyat ham
qolmas emish. Genrix Navarrskiy Bodenning traktatidan yaxshi xabardor edi. U o'zining amaliy
ishida ana shu kitobning bir qancha qoidalirldan foydalandi. Genrix IV (1593 yildan keyin)
Bosh shtatlarpi chaqirmaydigan bo'ldi va Parij parlamentinpmg hsch cy'.iciui o'ziga bo'ysunishini
talab qildi. Cherkov ishlarida ham Genrix IV papaning aralashuviga toqat qila olmadi. Gu
genotlar yoki katoliklar oppozitsiyasiga mansub bo'lgan katta feodallarga qirol juda katta
pensiyalar tayinlab, pora berib sotib olishni afzal ko'rdi (ligachilar rahbari gersog
Mayenskiy ham shunday pensionerlardan biri bo'lib qoldi). Mabodo bu tadbir kor qilmay
qolguday bo'lsa, hukumat zo'r^ lik ishlatardi. 1602 yilda gersog Bironning fitnasi fosh
qshshndi. Buning uchun gersognin? boshi ketdi.
Genrix IV ning iqtisodiy siyosati. Genrix IV o'ziga g'ayratli va iste'dodli vazirlar
tanlab ola bildi. Moliya vaziri Syulli (1560—1651) ana shunday vazirlardan biri edi.
Syulli ancha ilg'or dvoryanlar qismining namoyandasi bo'lib, Fransiyaning iqtisodini tiklash va
rivojlantirish maqsadini ko'zda tutgan edi. Syulli dehqonchilikni mamlakat farovonligining
manbai deb bilar edi. U: «Dehqonchilik—bu Fransiya boyligining haqiqiy koni, Peru
xazinasidir» degan edi. Syulli soliqlar tufayli tinkasi qurigan fransuz dehqonlariga
nafasini rostlab olishga imkon berish lozimligini tushunardi. Hukumat soliqlar undirish
ishlarinitartibga soldi, o'tgan yillardan to'planib kelgan boqimandalarni bekor qildi, deh
qonlardan olinadigan yeoliqlarni hatto bir qadar kamaytirdi. Lekin xazinaga tushadigan
soliqlar summasi bu tadbirlar bilai kamayib ketmadi, chu'nki Syulli soliq undiruvchilarning
o'zini qattiq qisib qo'ydi, ijaraxo'r (otkupshik)lar oladigan foydalarni kamaytirdi. Qishloq
xo'jalitini qaytadan tiklash yo'lida Syulli yana bir qancha boshqa tadbirlarni amalga oshirdi:
bir viloyatdan ikkinchi bir viloyatga g'alla olib chiqish uchun erkinroq yo'l ochib berdi,
botqoqliklarni quritish ishlarini tashkil etdi, qishloq xo'jaligida yangi xil ekinlar: jo'xori,
lavlagi, xashaki o'tlar va hokazolarni ekishni kengaytiruvchilarga yengilliklar berildi.
Genrix IVhukumati shoyi, polotno, to'r, gilam to'qish manufakturalari va boshqa xil
manufakturalarni rivojlantirishga ham katta e'tibor berdi. Hukumat Fransiyani o'z pillasi
bilan ta'min etishga harakat qildi, buning uchun turli tumanlarda tut daraxtlari o'tqazildi.
Genrix IV fransuz sanoatiga nisbatan protektsionizm (homiylik) siyosatini qo'llandi. Chet el
sanoat mollarini kiritish xiyla cheklab qo'yildi; vatan sanoati ishlab chiqarishini arzonlatishni
ko'zda tutib, xom ashyoni Fransiyadan chetga chiqarish man qilindi. Ishlab chiqarishni kengaytirish
uchun manufakturachilarga xazinadan katta-katta subsidiyalar berila boshladi.
Genrix IV zamonida yo'llarni yaxshilash ishlariga ham katta e'tibor berildi va muntazam pochta
joriy qilindi; Fransiyaning ayrim shaharlari o'rtasida muntazam qatnab turadigan omnibuslar
ham o'sha Genrix IV zamonida rasm bo'ldi. Niderlandiya va Angliya kompaniyalaridan namuna olib,
1604 yilda fransuz OstIndiya kompaniyasi tuzildi. Taxminan o'sha vaqt
larda fransuzlar Qanadani1 mustamlaka qila boshlashdi. Shu tariqa Genrix IV ning iqtisodiy
siyosati burjuaziya manfaatlariga qaratilgan edi. Boshda gugenotlardan chiqqan qirolni
tanishdan bosh tortgan Parij bo'rjuasi Genrix IV qirolligining oxiriga kelib, unga bo'lgan
munosabati do'stona MVHOCBbatdan ham o'tib . ketgan edi.
Genrix IV ning tashqi siyosati. Genrix IV juda faol tashqi siyosat olib bordi, uning bu
siyosati Valuaning eng qudratli davrlarida olib borgan tashqi siyosatni eslatar edi. Genrix
IV ispan va nemis Gabsburglarini Fransiyaning eng ashaddiy dushmani deb bilardi. XVI asrning
90yillarida Filipp II ning Fransiyaga bostirib kirganligi Gabsburglarning agressiv
planlarini yana bir marta aniq ko'rsatib berdi. Tabsburglar katoliklarning butun Yevropadagi
uchiga chiqqan reaktsiyasining tayanchi edi. Qirollik qilgan butun umrida o'z mamlakati
ichida^katolik fanatizmiga qarshi kurash olib borishga majbur bo'lgan Genrix IV Gabsburglarga
qarshi kurashida protestantlik mazhabidagi mamlakatlar bilan ittifoq bo'lib ish ko'rdi. U
Yevropada protestantlarning kuchli ittifoqini barpo etish niyatida edi, uning rejasiga ko'ra bu
ittifoqda Angliya, Fransiya va Gollandiyadan tashqari yana protestantlik mazhabidagi german
knyazlari, Skandinaviya mamlakatlari va Shveysariya ham kirishi kerak edi. Gabsburglar bilan
urush bo'lishi muqarrar deb bilgan Genrix IV va Syulli bu urushga qunt bilan tayyorlana
boshladilar. Katta-katta yollanma otryadlar tashkil etilib, ular o'rgatildi. Artilleriya
omborlariga zahira qilib juda ko'p o'qdori bosib qo'yildi. Urush bo'lib qolguday bo'lsa, urush
xarajatlari uchun deb xazinada katta pul g'amlab qo'yilgan edi. Fransuz hukumati imperatorga
qarshi yana urush boshlashga shaylanib turgan german . knyazlari bilan mahkam aloqa bog'lagan edi.
Biroq 1610 yilda, Gabsburglar Germaniyasiga qarshi urushga tayyorgarlik ishlari ayni qazib
turgan bir mahalda Genrix IV o'ldirildi. Uni o'ldirgan Fransua Raval`yak o'taketgan urushqoq
katoliklar doirasiga mansub edi. Bu Genrix IV ga qilingan suiqaedlarning to'qqizinchisi
bo'lib, suiqaedlarni Genrix IV ga «yeretik» va «yeretiklar do'sti» deb qarab kelingan katolik
feodallar reaktsiyasi uyushtirgan edi.
Lyudovik XIII. 1614 yildagi Bosh shtatlar. Genrix IV ning taxt vorisi Lyudovik XIII Fransiya
qiroli bo'lgan paytda !! ishlr bola edi. Uning onasi Mariya Medichi2 qirollikning regepti
bo'ldi. Aristokrat feodallar oppozitsiyasi qirolning 1CHSH1IP1L.ai va uning hukumati
zaifligidan foydalandi. Syulli iste'fo berishga majbur bo'ldi. Zodagonlar va saroy ahli
qirol xazinasini talontoroj qila boshladilar. Mariya Medichi favoritlarini ha deb
almashtira berib, ularga davlatning juda katta mablag'larini sarf qilib qo'ydi. Pulga muh
toj bo'lib qolgan hukumat 1614 yilda Bosh shtatlarni chaqirdi.. Ammo Bosh shtatlarga to'plangan
soslovielar mutlaqo murosaga kelisha olmadilar va hatto birbirlariga dushmanlik qila
boshladilar. Uchinchi soslovie vakillari qirol nomiga yozilgan uch soslovieni uchta og'ayniga
tenglashtirganlarida, imtiyozli soslovielarning vakillari g'azabga kelib, o'zlarini «etik
do'zlarning farzandlari»ga tenglashtirishdan qattiq norozi bo'ldilar. Dvoryanlar o'z
maktublarida qirol uchinchi soslovie tomonidan qo'yilgan arznomalarga e'tibor bermasligi
kerak, deb ochiqdanochiq talab qildilar. Bosh shtatlar tezda tarqatib yuborildi. Shundan
keyin to 1789 yilgi fransuz revolyusiyasigacha u chaqirilmadi.
Rishel`e va uning absolyutizmni mustahkamlash siyosati. 1614 yilda chaqirilgan Bosh shtatlarda
iste'dodli va g'ayratli yepiskop Arman Jan dyu Plessi Rishel`e (1585—< 1642) e'tibor qozonib,
saroyning ham diqqatini o'ziga jalb qildi va so'ngra qirol kengashi xizmatiga o'tdi (1619
yilda fransuz qirolining taqdim etishiga ko'ra papa Rishel`ega kardinal unvonini berdi).
Rishel`e 1624 yilda Davlat kengashiga a'zo va davlatning haqiqiy rahbari bo'lib oldi. U shu
vazifada 18 yil davomida ishlab, qirol absolyutizmini mustahkamlash uchun ancha xizmat
qildi. Rishel`ening o'zi ruhoniy bo'lishiga qaramay, davlat manfaatlarini cherkov manfaatla
ridan ustun qo'idi, u feodal reaktsiyasi qasrdan chiqmasin — papadanmi, yoki dunyoviy
feodallardanmi, yoxud hatto qirol avlodi a'zolaridanmi — unga qarshi izchillik bilan kurash
olib bordi. Markazlashgan qudratli davlat tuzishni Rishel`e o'z oldiga eng buyuk maqsad qilib
qo'ydi, uning fikricha, bu dav,latda qirolning o'zi fuqarolari ustidan, hatto dvoryanlar
ustidan ham mutloq hokim bo'lishi kerak edi. Asl chiqishi dvoryan bo'lgan Rishel`e dvoryanlarning
soslovie va mulkiy imtiyozlarini bekor qilishni ko'zda tutmasa ham, lakin dvoryanlarning
qirolga (birinchi navbatda harbiy xizmatda) sadoqat bilan xizmat qilishini va umumdavlat
qono'nlariga bo'ysunishini talab qilardi. Rishel`e feodallar oppozitsiyasini va aristo
kratlarning saroydagi har qanday fitnalarini shafqatsiz ta'qib qildi. Qirolning saroyda
fitnalar bilan mashg'ul bo'lib kelgan onasi va ukasi shahzoda gersog\Orleanskiy Gaston
Rishel`ening talabi bilan saroydan chetlashtirildi. Eng yirik feodal, Langedok gubernatori
gersog Monmoransi qirolga qarshi «fitna»da qatnashganligi uchun qatl qilindi. Zodagonlar
ning boshqa rahbarlari — gersog Vandom bilan gersog Giz (o'ldirilgan Genrix Gizning o'g'li)
Fransiyadan chiqib ketishlari va darbadarlikda kun kechirishlari kerak edi.
Rishel`e feodallarning davlat strategiyasi nuqtai nazaridan biron ahamiyatga ega bo'lmagan
juda ko'p qasrlarini yer bilan yakson qildirdi> Kardinal dvoryanlar orasidagi duellarni
qattiq ta'qib qilardi. Duelda urishgan dvoryanlarni, duelda birontasi o'ldirilmagan taqdirda
ham, Fransiyadan haydattirardi.
Gugenotlar harakatchning bostirilishi. «Shafqat edikta». Rishel`e gugenotlar masalasini tubdan
hal qilishga muvaffaq bo'ldi. Gugenotlar hukumatning zaifligydan foydalanib, 20 yillar
oxirida markazga qarshi yana bosh ko'tardilar va janubda o'zl'arining' feodal gugenotlar
respublikasini e'lon qildilar. XVI asrdagi gugenotlar urushlari davrida bo'lgani singari eng
katta feodallar — gersog de Rogan va boshqa «siyosiy gugenotlar» yana gugenotlarga bosh bo'lib
oldi. G'arbning katta porti bo'lgan Laroshel` porti qo'zg'olonchilarning eng muhim punkti bo'lib,
inglizlar bilan aloqa bog'lagan va ingliz flotining yordamiga ko'z tikkan edi. Rishel`e
shahzoda Konde qo'mondonligi ostida Langedokka qo'shin yubordi. Uzi esa Laroshelni qamal
qilishga jo'nadi. Ingliz floti qamalda qolgan shaharga zarur yordam_ ko'rsata olmadi.
Rishel`ening buyrug'i bilan uzunligi 1,5 kilometr keladigan katta damba qurildi, shu damba
vositasi bilan shahar dengizdan ajratib qo'yildi; ayni vaqtda chuqur xandaq qazilib,shahar
quruqlikdan ham ajratildi. Shu tariqa hamma tomondan o'rab olingan Laroshel` shahri 1628 yil
oktyabrida maslim bo'ldi. Shu vaqtda gugenotlar janubda ham mag'lubiyatga uchradilar. Endi
Rishel`e Iant edikti bilan hisoblashmaydigan bo'lib qoldi. Ammo uNant ediktini bekor
qilmadi. Gugenotlar 1629 yilgi «shafqat edikti»ga muvofiq, o'zlarining dinlarida qoldilar,
lekin ¦siyosiy imtiyozlaridan mahrum etildilar. Ularning qal'alari tortib olindi, alohida
gugenot qo'shinlari tugatildi, alohida gugenot sud palatalari va shu kabilar yopib qo'yildi.
Gugenotlar masalasi >ana shu taxlitda .hal qilinishi tufayli «Fransiya milliy birlashish
jihatidan yutib chiqdi»1.
Idora qilishning' markazlashtirilishi., Rishel`e Fransiyaning idora qilish sistemasini qayta
tashkil etdi. Uning davrida davlat sakretarlari markaziy apparatida eng muhim o'rin
oldilar. Bular — vazirlar, ayrim mahkamalarning to'la huquqli rahbarlari edi. Vazir
kardinalning o'zi davlatni idora qshgash ishlarining hammasini o'z qo'lida saqlagan bosh vazir
edi. Qirol kengashi esa, aksincha, Rishel`e vaq¦1ida quruq savlat bo'lib qoldi, xolos.
Qirol kengashi aristokratdvoryanlar bilan to'lib ketdi. Ammo asosiy ishlarni bu kengash
emas, balki vazirlar — davlat kotiblarining o'.chlari hal etardi. Absolyutizmning
yanada rivojlanishida
intendantlar g'oyat katta ahamiyatga ega bo'ldi. Viloyatlarni idora qilish markazdan yuborilgan
politsiya, sud va moliya intendantlari markaziy hokimiyatning. joylardagi g'oyat kuchli quroli
edi1. Bu maisablar fransuz davlatidagi juda ko'p boshqa mansablarga o'xshab pulga sotilmas,
sotib oliim'as va otadan bolaga meros bo'lib ham o'tmas edi. Parij tayinlaydigay amaldor
intendantlarga viloyatlardagi shahar munitsipalitetlari, viloyatlarning gubernatorlari va
bal`yaj (bal`e) boshliqlarini nazorat qilib turish. vazifasi yuklangan edi. •Shunday qilib,
joylardagi hokimiyat aslda qirol atentlari" qo'liga o'tib ketgan edi. Intendantlarning
«zulmi»dan shikoyat qilish XVII vaXVIII asrlar oppozitsiyachi dvoryanlar publitsistikasining
absolyutizmni tanqid qilish ¦motivlaridan biri bo'lib qolgan edi.
Iqtisodiy siyosat. Iqtisodiy siyosat sohasida Reshel`e Genrix IV boshlagan ishni davom
ettirdi. Genrix IV singari u ham rivojlanib borayotgan manufakturani g'ayrat bilan qo'llab
quvvatladi. Uning vaqtida fransuz Kanadasi («Yangi Fransiya»)ga tinmay odam ko'chirib"turildi.
Fransuzlar Antel` orollariga ham kirib bordilar. Rishel`e fransuz savdo flotining
rivojlanishiga homiylik qildi. Ammo fransuz burjuaziyasining savdosanoat va kolonizatsiya
sohasidagi harakati niderland va ingliz burjuaziyasiga qaraganda akcha suet edi. Fransuz
burjuaziyasi qisman davlat xarakteridagi, qisman qishloqda—dvoryanlar va dehqonlar orasidagi
sudxo'rlikdan busiz ham katta foyda olardi. Odatda imtiyozli manufaktura korxonalari
(qirol manufakturalari) ham burjuaziyaga katta foyda keltirardi. Ammo shunga qaramasdan,
Rishel`e vaqtida Fransiya har holda mustamlakachilik siyosatida ishtirok qila boshlagan edi.
Yevropadan tashqaridagi mamlakatlarni talash va bosib olishda Angliya bilan Gollandiyaning yangi
raqibi yuzaga kelmoqda edi.
Dehqonlarning qo'zg'olonlari. Markazlashgan davlat apparatining kuchayishi, qirol
saroyixarajatlarining tinmay oshib borishi va keng ko'lamda olib borilayotgan tashqi siyosat
g'oyat katta pul mabl'ag'larini talab qilardi. Rishel`e zamonida doimiy qo'shinning soni 150
ming kishiga yetgan edi. Soliqning asosiy qiomi avvalgidek qoloq va turli feodal
soliqlaridan mushkul ahvolga tushib qolgan dehqonlardan olinar edi. Eng ko'p tarqalgan davlat
solig'i — bitta tal`yaning o'zi Rishel`e zamonida to'rt baravar ortgan edi. 1610 yilda bu
soliqdan •11,5 million livr daromad olingan bo'lsa, 1643 yilda bu soliq miqdori 44 million
livrga yetdi. Soliqlarning ko'payishiga javoban dehqonlar ommasi tez-tez qo'zg'olon
ko'tarardi. Ri
shel`e hukmronlik qilgan zamonda qirollikning hamma joyida dehqonlarning qo'zg'olonlari
bo'lgan edi. 1635—1636 yillarda g'arbda — G'ienada, Angulemda va Puatuda dehqonlarning katta
qo'zg'olonlari bo'ldi. 1639 yilda Normandiyada Jan Yalangoyoq boshchiligida katta qo'zg'olon
ko'tarilgan edi. Bu qo'zg'olon ayniqsa keng quloch yoyib, o'z xarakteri jihatidan dehqonlar
urushi tipidagi harakatga o'xshar edi. Dehqonlar soliq to'plovchilarga hujumlar qilib, ularni
o'ldirardilar. Ular ~«jafokash armiya» degan xarakterli nomga ega bo'lgan,o'z armiyasini
tuzdilar. Qo'zg'olonchilar qo'zg'olonga qo'shni tumanlarni ham qo'shilishga da'vat etib, qo'l yozma
xitobnomalar tarqatdilar. 1639 yilgi harakat qatnashchilarining asosiy tarkibi kambag'al
dehqonlardan va shahar kambag'allaridan iborat edi. Lekin soliq azobiga nisbatan butun aholi
o'rtasida nafrat shu qadar zo'raygan ediki, harakatga shahar va qishloqlarning byrmuncha
badavlat tabaqalari ham bir qancha vaqtgacha qo'shildilar. Qo'zg'olonni bostirish uchun hukumat 4
ming kishilik qo'shin yubordi.
XVII asrning 30 va 40yillarida dehqonlarning ayrim harakatlari mamlakatning boshqa
mintaqalarida — Pikardiya, Shampan`, Burgundiya, Langedok, Dofineda ham bo'lib o'tgan edi.
Rishel`e 1642 yilda, .Uttiz yillik urush zo'rayib ketgan bir vaqtda o'ldi. Fransiya bu urushda
1635 yildan qatnashib kelardi. Undan bir yil o'tgach Lyudovik XIII ham o'ldi. Ammo Fransiyada
:absolyutizm*shu qadar mustahkamlanib olgan ediki, Lyudovik XIII ning taxt vorisi Lyudovik XIV
qirollik qilgan vaqtda bu idora uso'li .g'oyat rivoj topdi.
XVI asrking ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi yarmida Fransiya madaniyati. XVI asrning
ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi yarmidagi Fransiya tarixining jo'shqyn siyosiy davriga
fransuz madaniyatining ancha jonlanishi va taraqqiy etishi moe bo'lib tushgan edi. Bu davrdagi
Fransiya madaniyati tarixida ikki jihat: 1) fransuz tilining badiiy jihatdan shakllanishi
hamda klassik fransuz adabiyoti deb ataladigan adabiyotning vujudga k'elishi va 2)_fransuz
ratsionalistok falsafasining rivojlanishi ayniqsa e'tiborni jalb qiladi.
Fransuz tili XVI asrning birinchi yarmi va o'rtalaridayoq fransuz shoirgumanistlari tomonidan
adabiy jihatdan puxta ishlangan edi. Rablening o'ziyoq «Gargantyua va Pantagryuel`» ramanini
nashr etish rrqali fransuz adabiy tilini xalq tiliga yaqinlashtirish yo'li bilan bu tilni
demokratlashtirish uchun ko'pgina ish qildi. 1549 yilda «Fransuz tilini himoya qilish va ulug'lash»
adabiy pamfletining nashr etilishi fransuz adabiy tili masalalarini hamda uni rivojlantirish
va takomillashtirish metodlarini ishlab chiqishda ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu asar
mashhur shoirlar P`er Roicap (1524—1585) va Joaken dyu Belle (1522—1566) boshchilik kilgan
«Pleyada» adabiy guruhsi tomonidan bosib chiqyarilgan edi. «Fransuz tilini himoya qilish va
ulug'lash» asarida fransuz tilining olijanob fazilatlari haqidagi f'ikr zo'r dabdaba bilan
bayon etilgan edi; ikkinchi tomondan pamfletda klassik antik lotin tilining lug'atgrammatik
materialidan foydalanish yo'li bilan, shuningdek, xalq laxjalaridan .foydalanish, xuousan
«har xil hunarlarning laxja tilidan» foydalanish yo'li bilan tilni rivojlantirish va boyitish
zarurligi ko'rsatib o'tildi.
«Pleyadaning» fransuz tilini islohat qilish sohasidagi ishini XVI asrning 90 yillarida va
XVII asrning birinchi choragida adabiyotchi Fransua deMalerb (1555—1628) davom ettirdi. U ham
adabiyotchilar, filologlar va shoirlarning alohida guruhsiga boshchilik qilar edi. Malerb va
uning do'stlari tilning lug'at asosida, grammatika asosida, shuningdek, she'r tuzilishi,
radiflar va shu singarilar asosida fransuz tilining bir xil va barcha yozuvchilar uchun
majburiy bo'lgan qoidalarini ishlab chiqishga intildilar. Malerb ravshan, «oqilona» uslub uchun,
Parij tilining sofligi uchun kurashib, adabiy uslubning provintsializm bilan ortiqcha bul
g'anishiga qarshi chiqdi. Malerbningch faoliyati shunday bir klassik fransuz adabiy tilining
shakllanishiga ko'p jihatdan yordam berdiki, 'keyinchalik fransuz adabiyotining mashhur klassik
yozuvchilari shu tilda yozdilar. Bu yozuvchilarning ijodiy faoliyati qisman XVII asrning birinchi
yarmidayoq boshlandi, ammo o'sha asrning ikkinchi yarmida juda avj olib ketdi: Qornel` (1606—
1684), Mol`er (1622—1673), L a f o nten (1621—1695), Rasin (1639—1699) va
boshqalar.
XVI asrning ikkinchi yarmida. Fransiyada ratsioialistik falsafaning dastlabki vakili — 'so'nggi
fransuz gumanista Mishel` Monten` (1533—1592) edi. Monten` o'zining asosiy asari
«Tajribalar»da (1588 yil) aqlidrokning ustupligi haqidagi g'oyani asosiy fikr sifatida
keltiradi. Bu asar ustida Monten` 20 yildan ko'proq ish olib borgan bo'lib, juda katta
filosofik entsiklopediya xarakteriga egadir, Aqlidrok, Montenning fikricha, tlbiiy
voqealarni va ijtimoiy hayot voqealarini baholashga eng yuksak mezondir. Monten` o'z
zamonasidagi voqelikning «aqlga to'g'ri kelmasligini» zo'r aql va kulgi bilan fosh qilib,
fuqarolar (gugenotlar) urushlar'i davrida har ikkala diniy partiyalar fanatizmini qoraladi,
odatda siyosiy arboblar amal qiladigan vahshiylik, zo'ravonlik va boyishga intilishni fosh
etdi. Ayni vaqtda Monten` Amerikadagi indeetslarning Yevropa «vahshiylari» tomonidan
talanishiga qarshi qizg'in norozilik bildirgan zamondoshlardan biri edi.
Fransuz ratsionalistik falsafasining XVII asrdagi eng yirik namoyandasi Rene Dekart (yoki
lotincha — Cartesius) (1596—1650) edi. Dekart o'z Vatanida falsafiy faoliyati bo'g'ilayotganini
his qilib, Fransiyadan jo'nab ketdi va o'z umri
iing so'nggi o'n yilini (1629 yildan boshlab) Gollandiyada va Shvetsiyada o'tkazdi. U Gollandiyada
o'zining asosiy asarlari — «Metod to'g'risida mulohazalar» (1637 yil) va
«Falsafa asoslari» (1644 yil) yezdi. Ingliz faylasofi Frensis Bekonga qaramaqarshi o'laroq
Dekart birinchi o'ringa bilishning induktiv metodini emas, balki deduktiv metodini
(umumiydan xususiyga, aql ma'lumotlaridan ayrim kuzatishlarga o'tish metodini) qo'ydi.
Dekart ana shunday metod namunasi deb matematikada qo'llaniladigan metodni hisoblar edi.
Matematika bo'yicha uning o'zi chuqur mutaxassis edi. Bilish masalalarida Dekart uchun
xarakterli bo'lgan dualizmga hamda uning ikkita parallel va bir-biridan mustaqil bo'lgan
substantsiyalarni— jismni (uning asosiy belgisi tortish kuchidir) hamda ruhni (uning asosiy
xususiyati — tafakkurdir) tan olishiga qaramay, Dekart ta'limoti o'z zamonasi uchun
progressiv ahamiyatga ega bo'lgan edi. Dekart aqlidrokni yuqori qo'yib, sxolastik
falsafaning qoldiqlariga va uning «mustahkam» obro'siga zarba berdi. Ikkinchi
tomondan, Dekart tabiat haqidagi o'zining aniq ta'limotida amalda zamonaviy tabiiyot
fanining ma'lumotlariga asoslandi. Dekart obyektiv dunyoning realligini va
materialligini tan oldi; dunyo, Dekartning fikricha, materiyaning juda mayda zarrachalaridan
iborat. Tabiatdagi barcha o'zgarishlarni, hatto koinotning — Quyosh, yulduzlar, planetalar va
shu singarilarning vujudga kelishini materiyaning harakati bilan tushuntirar edi.
Shu tarzda Dekart ta'limotida yorqin materialistik fikr m omentlari bo'lib, bu narsa
keyinchalik XVII asrning ikkinchi yarmida va XVIII asrda Fransiyadagina emas, balki Angliya,
Gollandiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham materializmning rivojlanishiga kuchli
ta'sir ko'rsatdi.
XLVII BOB 1618—1648 YILLARDAGI O'TTIZ YILLIK URUSH
XVI asr oxirida Germaniyaning iqtisodiy tushkunligi. Buyuk geografik kashfiyotlar va bu
kashfiyotlar bilan bog'liq tarzda savdo yo'llarining o'zgarib ketishi Germaniyaning iqtisodik
taraqqiyotiga yomon ta'sir qildi. XVI asrning ikkinchi yarmida buning oqibati shu bo'ldiki,
nemys savdosotig'i tushkunlikka yuz tutdi. Venetsiya bilan savdo qilgan Dunayning yuqorisidagi
shaharlar (Augsburg, Ul`m va boshqalar) ham, niderland va ingliz sanoati va savdosining
raqobatiga bardosh bera olmagan Reyn shaharlari (Kyol`n, Aaxen, Vorms va boshqalar) ham
tushkunlikni boshidan kechirmoqda edi. Ganza ittifoqi XVII asr boshlariga kelib tamomila
barbod bo'ldi. Gamburg, Lyubek, Bremen bir qadar iqtisodiy ahamiyatlaryni saqlab
qolgan zdilar. AMMO ularning roli_ shu qadar past ediki, ularni Amsterdamga ham, Londonga
ham sira taqqoslab bo'lmas edi. Butun Germaniya tobora agrar mamlakatga aylanib borar, unda
yetishtirilgan qishloq xo'jalik mahsulotlari sanoati ko'proq taraqqiy qilgan mamlakatlarga
chiqarilar edi. Gollandiya, Shvetsiya, Angliya ko'proq Germaniyaning shimoli-sharqiy viloyatlari:
Brandenburg, Prussiya, Pomeraniya, Meklenburg, Sileziyadan chiqariladigan g'alla, kanop losi,
qoramol, go'sht va shu singari mahsulotlar sotib olar edil ar. Germaniyaning viloyatlarida
krepostnoilik qaytadan tiklandi, bu galgi krepostniklik eng og'ir uqubatli formalarda
edi.'G'arbiy Yevropaning xiyla taraqqiy topgan mamlakatlarida— Angliya, Fransiya,
Niderlandiyada XVI asrga kelib krepostnoilik tamomila yo'qotilgani holda G'arbiy va Janubiy
Germaniyada qaram dehqonlikning anchagina qoldiqlari ozmiko'pmi saqlangan, Sharqiy Germaniyada
esa XVI—XVII asrlarda krepostnoilik ishlab chiqarishning hukmron usuliga aylanib ketgan
edi. Qaram dehqon huquqning «ikkinchi nashri» Germaniya taraqqiyotining xarakterli xususiyati
bo'lib, uning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligidan ayniqsa yorqin dalolat berardi.
Siyosiy tarqoqlik. Germaniyaning siyosiy tarqoqligi saqla^ nibgina qolmay, balki XVI asr
davomida yana ham avj oldi. Knyazlar cherkov mulklarini edusodara (sekulyarizatsiya) qilish
hisobiga o'z yerlarini ko'paytirdilar. Ular ichki va tashki (eksport) savdodan o'z daromadlarini
oshirish yo'lida foydalanib, o'zlarining mahalliy knyazlik absolyutizmini o'rnatdilar. Lyuteran
cherkovining mahalliy hokimlarga batamom bo'ysundirilishi munosabati bilan mahalliy
knyazlarning siyosiy hokimiyati kuchaydi. Mamlakatning siyosiy tarqoqligi knyazlarning
hudud chegaralarini talashib, ayrim shaharlar, savdo yo'llari va shu kabilar ustida
muttasil nizojanjalla. riga sabab bo'ldi. Islohattsiyadan keyin knyazlarning o'zaro
kurashlariga qulay ideologik bahona ham topildi. Knyazlarning protestantlarga va
katoliklarga ajralganligi to'qnashishlarga «g'oyaviy» tue berib, mamlakatning hududi
mayda bo'laklarga bo'linib ketishini avj oldirdi va rasmiylashtirdi. Diniy nizolar kn
yazlarning imperatorga qarshi olib borgan kurashlarini ham niqoblab turaverdi. Imperator av
valgidek mamlakatdagi katoliklar partiyasiga rahbarlik qilar va papalik bilan mahkam
ittifoqda edi. Eng yirik knyazlarning ko'pchiligi protestant edi, ulardan ko`pi lyuteran, bir
kismi (pfal`tsgraf Reynskiy va janubig'arbiy Germaniyadagi boshqa knyazlar) esa kal`vinist
edi. Mahalliy siyosiy partikulyarizm uchun olib borilgan kurash dabdabali shior bilan^, «sof
tavrot ta'limoti erkinligi uchun» kurash shiori bilan niqoblangan edi. Imperator knyazlarni
o'ziga bo'ysundirishga harakat qilar va bunga «yeres`»ning kuchayib ke^tishiga yo'l qo'ymaslik,
cheklab qo'yish istagini vaj qilib ko'rsatardi.
Gabsburglarning Avstriya ko'p millatli davlati. Knyazlar kuchayib, natijada'aslida knyazlik
absolyutizme joriy*qilinganiga qaramasdan, imperator hokimiyatining kuchi hali oz
muncha emas edi. To'g'ri, Gabsburglar yirik va mayda feodal yerlarining german
konfederatsiyasigagina boshchilik qilardi. Ularning avvalgidek hozir ham umumimperiya
boshqarma organlari va sudlari, umumimperiya moliyasi (soliqlar va hokazolar), umumimperiya
qo'shini yo'q edi. Germaniyani aslida idora qiluvchi ular emas edi. Lekin Gabsburglarning kuchi
o'zlariga meros qolgan juda keng yerlarga egalik qilishda edi; bu yerlarda qisman nemislar,
ko'proq esa slavyanlar, vengrlar, ital`yanlar va boshqa xalqlar yashardi. Gabsburglar
xonadonining meros yerlari sharqda — Avstriya (Yuqori va Quyi Avstriya), Shtiriya,
Karintiya, Krayna, Chexiya, Vengriya (uning g'arbiy qismi va g'arbda — Tirol, Shvabiya,
El`zasni o'z ichiga olardi. . Gabsburglarning meros yerlari ko'lami jihatidan har bir va hatto
eng yirik knyaz yeridan ham ko'p marta ortiq edi.
Gabsburglarning Yevropadagi agressiv planlari. Ammo Gabsburglar faqat Germaniyadagina
.hukmrbnlik qilib qolmadilar. Gabsburglarning urug'lari 44spaniyani ham idora qilardilar.
Ispaniyadagi Gabsburglar avstriyagerman Gabsburglarini qo'llabquEvatlar edilar,
albatta. Karl V ning dunyoga hokim '<5o'lish ishtiyoqi Filipp II ga ham meros bo'lib o'tgan
edi. Filipp III zamonida Ispaniya zaiflashib qoldi. Shu sababdan u vaqtda boshqa
mamlakatlarga va ichki dushmanlarga qarshi kurashda ispan Gabsburglari bilan avstriya
Gabsburglarining kuchlarini birlashtirish g'oyat muhim masala bo'lib qolgan edi. Nihoyat,
imperator katolik cherkovidan madad olib turar edi; katolik cherkovi XVI asrning ikkinchi
yarmida yana kuchayib olgan, o'zini qayta qurib, hamma mamlakatlarda, ayniqsa
Germaniyada protestantlarga qarshi hujumga o'tgan edi. Imperator o'zining meros yerlariga,
Ispaniyaning yordamiga va papaning madadiga tayanib turib, knyazlarni o'ziga bo'ysundirishni
va shu tariqa garchi kechikib bo'lsada, Germaniyani birlashgan, markazlashgan davlatga
aylantirishni mo'ljallar edi. Ammo bu vazifaning uddasidan chiqib bo'lmadi. Mamlakat_
iqtisodiy tushkunlikni boshidan kechirayotgan, shaharlar iqtisodiy jihatdan zaiflashib
qolganligi tufayli ularning ijtimoiy va siyosiy reli pasayib ketgan, qaram dehqonlikning
o'sishi tufayli feodallarning ta'siri kuchaygan bir sharoitda mamlakatni birlashtirish ishi
ayniqsa qiyin va murakkab vazifa edi. Bundan tashqari, Gabsburglar faqat Germaniyani
o'zlariga bo'ysundirish masalasi bilangina mashg'ul emas edilar: Ular. XVI asr oxirida ham,
XVII asr boshida ham o'zlariga qo'shni mamlakatlarga nisbatan agressiv siyosatni davom
ettirdilar. Ular XVII asrda sanoat va savdosotig'i taraqqiy qilgan bir qaicha Yevropa
mamlakatlarini, shu jumladan, Gollandiya, Angliya, Fransiya, Daniya, Shvetsiyani o'zlariga
qarshi qilib qo'ydilar. Nemis protestant knyazlarining o'zlari ham imperatorga qarshi kurashda
Germaniyadan tashqarida ittifoqchilar qidira boshladilar. Ichki ijtimoiysiyosiy ziddiyatlar g'oyat
murakkab bo'lgan tashqi halqaro munosabatlar bilan chirmashib ketganligi tufayli Germaniya
vayron qiluvchi Uttiz yillik urush maydoni bo'lib qoldi. Bu urush uning mavjud siyosiy tarqoq
ligini yanada ko'proq mustahkamladi.
Katoliklar reaktsiyasi va protestant knyazlarning qarshiligi. Germaniyada katoliklar
reaktsiyasi Karl V ning dastlabki taxt vorislari — Ferdinand 1 (1555—1564) va Maksimilian II
(1564—1576) davridayoq katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Ammo Karl V dan keyin uchinchi bo'lib
hukmronlik qilgan imperator Rudol`f II (1576—1612) vaqtida reaktsiya ayniqsa kuchayib ket
d'i. Rudol`f II iezuitlar tarbiyasini olgan va Filipp II Ispanskiy saroyida ancha yashab,
uning ta'limini olgan edi. Rudol`f II ning yordami bilan iezuitlar Avstriyadan
Chexiyaga o'tib oldilar. Katoliklar Bavariyasida ham ular uya qurgan edilar. Katoliklar
protestantlarni Reyn mintaqalaridan muvaffaqiyat bilan siqib chiqara boshladilar. Katoliklar
reaktsiyasi G'arbiyShimoliy Germaniyaga kirib bordi. Katoliklar reaktsiyasiga qarshi zarba
uyushtirish maqsadida Janubiy va G'arbiy Germaniyadagi protestant knyazlar 1608
yilda Tavrotchilar ittifoqiga birlashdilar. Pfal`tsgraf Fridrix Reynskiy bu ittifoqqa
bosh bo'ldi. Landgraf Gessenskiy, kurfyust Bradenburgskiy va imperiyaning bir necha shahari
(Strasburg, Ul`m va boshqalar) bu ittifoqqa qo'shildilar. Protestantlar tuzgan harbiysiyosiy
ittifoqqa javoban katolik knyazlar 1609 yilda Katoliklar ligasi nomi bilai o'z ittifoqlarini
tashkil etdilar. Ligaga Bavariya gersogi Maksimilian bosh bo'ldi. Liga imperator bilan,
ispan Gabsburglari va papa bilan bevosita aloqada edi. Liganing armiyasiga qo'mondon qilib
tajribali general Tilli tayinlandi.
Ittifoq va liga tuzilishi bilan bu ikki lagerning bir. biriga dushmanlik munosabati shu
qadar keskinlashdiki, ular o'rtasida 1610 yildayoq urush boshlanishi mumkin bo'lib qoldi. Birok
Genrix IV Fransuzskiy o'limi tufayli urush bu o'rtada boshlanmay qoldi, chunki ittifoq a'zolari
undan yordam olish umidida edilar. Urush Rudol`f II ning taxt vorisi imperator Matvey (1612—
1619) davrida boshlandi. Chexiyada yuz bergan voqealar urushning boshlanib ketishida katta rol
o'ynadi.
1526 yildan keyingi davrda Chexiya. Chexiya 1526 yilda yana imperiya tarkibiga kirdi va u
Gabsburglar xonadonining meros yeri deb hisoblana boshladi. Chexiya Gabsburglar tarkibiga
kirayotganida chexlarga ularning avtonomiyasini, chex seymini, davlat tili sifatida chex
tilini va milliy cherkov sifatida chexlarning isloh qilingan cherkovini saqlab qolish va'da
qilingan edi. Amalda esa Gabsburglar behayolik qilib, o'z va'dalarini bajarmadilar. Vena
hukumati chexlarning davlat ido
*g
rasi ishlariga bevosita aralashadigan buldi. Chexiyaga nemieamaldorlari yuborilardi.
Nemis dvoryanlari chexlarning yerlarini sotib olardilar. Chexiyaga iezuitlarning suqulib
kirish^i natijasida bu yerda katolitsizmning tiklanish masalasi ko'ndalang bo'lib qolgan
edi.
«Chex birodarlari» jamoalarini ayniqsa qisar va uning faoliyatini har qanday yo'llar bilan
cheklardilar. Guschilikning eng jiddiy ta'siri XVI asr Chexiyasida ana shu jamoalarda
saqlanib qolgan edi; shaharliklarning juda ko'p vakillari, qisman dehqonlar va mayda
ritsarlar bu jamoalarga kirar edi. Chex seymi qirol Gabsburg ijozati bilangina yig'ilar,
aslda esa u o'zining rahbarlik ahamiyatini yo'qotgan edi.
1547 yilda seymning oppozitsion tarzdagi chiqishidan keyin uning huquqlari yana ham
kamaytirilgan edi. Jumladan, shaharlik (meshchan)larning vakillari seymga butunlay
deyarli kiritilmay. qo'ygan edi. Chexiyada yuz bergan jiddiy ahvol 1609 yilda
qo'zg'olon ko'tarilishiga olib keldi. Pragada Gabsburglarga qarshi namoyishlar bo'lib o'tdi.
Shaharliklar tomonidan qo`llab-quvvatlangan chex dvoryanlari muvaqqat hukumattuzdilar va
harbiy lashkar to'pladilar. Seym chex soslovielari nomidan, agar Rudol`f II chexlarning
siyosiy va diniy huquqlarini e'tirof qilmasa, uni uzlarining qiroli deb tanimasliklarini
aytgan edi. Bunga javoban Rudol`f II 1609 yilning 9 iyulida maxsus «hazrati oliy
yorlig'i» (Maestat deb> atalgan yorliq)ni imzolashga majbur bo'lgan edi; qirol o'zining
bu yorlig'ida chex panlari, ritsarlari, meshchanlari va dehqonlarining cherkov
tashkilotlari zrkinligini e'tirof qilgan edi. Chexlarga o'z urfodatlari bo'yicha bemalol
toatibodat qilish, protestant cherkovlarini mone'siz qurish, maktablar ochish huquqlari va
boshqa shu kabi huquqlar berilgan edi. Praga universiteta protestantlar qo'liga o'tdi.
Soslovielar o'z huquqlarini himoya qilish va Maestatning bajarilishini nazorat qilib
turish uchun uzlarining maxsus o'ttizta defensorlari (himoyachilari)ni saylab qo'yish
huquqini oldi. Lekin Gabsburglarning bu yon berishi vaqtincha edi. Qirolning bu yorlig'iga
qaramasdan, Praganing katolik arxiepiskopi, katolik panlar va o'lka getmanlari
bilan sud`yalardan iborat qirol, ma'murlari chexlarii ham diniy, ham siyosiy jihatdan
qisaverdilar. Imperator Matvey reaktsiyaga har tomonlama homiylik qildi. 1617
yilning yozida u chex tojini o'zining taxt vorisi shahzoda Ferdinand Shtiriyskiyga kiygizdi. U
ham Maksimilian Bavarskiy bilan birga katoliklar reaktsiyasining eng jonboz
rahbarlaridan edi. Ferdinand Shtiriyskiyning Chexiya qiroli deb e'lon qilinishi bu yerda
Gabsburglarga qarshi yana katta noroziliklar boshlanishiga sabab bo'ldi.
Chexiyada 1618 yilgi qo'zg'olon. O'ttiz yillik urushning Chexiya davri. XVII asrning yigirmanchi
yillari oxiriga kelganda Che xiya iqtisodiy' jihatdan juda og'ir ahvolda qolgan edi. Savdo
sotiq va sanoat orqaga qarab ketmoqda, edi; bu tushkunlik qisman shu vaqtlarda Markaziy
va Sharqiy Yevropa boshidan kechirayotgan og'ir ahvolni aks zttirsa, qisman Chexiyada
Gabsburglar idora qilish siyosatining chex millatiga qarshi qaratilganligi oqibati edi.
Mamlakatda qaram dehqonlik kuchayib bormoqda edi.
Shunday qilib, Gabsburg» larning siyosiy va diniy zulmi Chexiyadagi,inqirozning umumiy
manzarasini yanada yomonlashtirar edi, xolos.
Qo'zg'olon 1618 yilning 23 mayida «defenestratsiya» deb atalgan narsadan boshlanib
ketdi: qirolning uchta maslahatchisi Praga qasri derazasidan tashqariga uloqtirib
tashlandi, qirol yo'qligida Chexiyani o'sha uch maslahatchi idora qilardi, Chex dvoryanlari graf
Turn boshchiligida 30 kishidan iborat direktoriya tarzida muvaqqat hukumat tuzdilar. Armiya
tashkil qilishga kirishildi. Iezuitlar va Chexiyadagi katolik cherkovining bir qancha oliy
ruhoniylari mamlakatdan haydab yuborildi. Chexiya Gabsburglar hukmronligidan qutuldi. 1619
yilda Matvey o'lib, o'rniga Ferdinand II taxtga o'tirganidan keyin, chex panlari unga qarshi
Tavrotchilar ittifoqining rahbari kurfyurst Fridrix Pfal`tskiyni Chexiyaning qiroli qilib'
sayladilar. Chexlarning qo'zg'oloni avval boshda muvaffaqiyatli ravishda rivojlanib
borayotgan edi. 1619 yilning 6 iyunida graf Turn o'z. qo'shinlari bilan Vena ostonalariga
yetib borgan edi. Chex dvoryanlari nemis Tavrotchilar ittifoqiga katta umid bog'lagan
edilar, chunki bu ittifoq chexlarning Gabsburglar ustidan g'alaba.qilishidan manfaatdordek
bo'lib ko'ringan edi. Aslda esa chexlar qo'zg'oloni mag'lubiyatga uchradi. Bu ko'zg'olon hali keng
milliy harakat tusiga kirib yetolmagan edi. Dehqonlar va shaharliklar ommasi hali bu
haraqatda yetarli darajada ishti'rok qilayotgani yo'q edi. Chex dvoryanlari guschilar davrini
zslab, Gabsburglarga qarshi urushga xalq ommasini tortishga shoshilmas edilar. XVI asr oxiri
va XVII asr boshida Chexiya qishloqlarida ahvol nihoyatda keskinlashgan edi. Chexiyada
qaram dehqonlik eng shafqatsiz tusga kirgan edi. Barshchina yiliga '108 kunga yetib qolgan edi.
Ish juda qizg'in payt
larda dehqonlar panlar uchun haftasiga 3—4 kunlab ishlar edilar. Qaram dehqon dehqonlar
barshchinadan tashq,ari natura bilan olinadigan har xil soliqlar to'lashlari lozim edi, davlat
soliqlari («berna» va shu kabilar) bu hisobga kirmas edi. Dehqonlarning kayfiyati yomon edi.
Ba'zi joylarda tartibsizliklar boshlangan edi, dehqonlar eng og'ir soliqlarning bekor
qilinishini, barshchinaning qisqartirilishini, yer-mulklarni boshqaruvchilarning almashtirilishini
va hokazolarni talab qildilar. 1620 yilning kuzida Jatetsk mintaqaida dehqonlarning katta
qo'zg'oloni bo'lib, bu qo'zg'olonda 7000 dehqon qatnashdi. Qo'zg'olon feodal tartiblariga qarshi
qaratilgan edi. Buning ustiga chex dvoryanlari zo'r umidlar bog'lagan nemis Tavrotchilar
ittifoqi ularga astoydil yordam bermadi. Nemis protestant knyazlari endi ikki kurfyurlikka
bosh bo'lib olgan kurfyurst Pfal`tskiyning kuchayishini sira istamas edilar. Fridrixning o'zida
esa xususiy (pfal`ts) kuchlari ozgina edi. U o'zining qaynotasi, ingliz qiroli Yakov I dan
madad olarman deb o'ylagan edi, ammo uning bu umidi puchga chiqdi. Yakov I Styuart nemis
knyazlarining imperatorga qarshi qo'zg'olonini ma'qullamadi. U chexlarni o'zining «qonuniy
monarxi»ga qarshi qo'zg'olonga «isyonchilar» deb hisoblar edi.
Katoliklar ligasining sarkardasi Tilli protestantlarning uyushqoqsizligidan,birbirlaridan
shubhalanishlarydan foydalanib, chexlarga qarshi darhol hujumga o'tdi. Tilli Chexiya
hududiga bostirib kirdi va 1620 yil 8 noyabrda Praga yaqinidagi Oq tog' yonida chex va
Pfal`ts qo'shinlarini tor-mor qildi. Fridrix Chexiyadan, so'ngra Germaniya tuprog'idan ham qochib
ketdi. Imperatorga yordam berib turgan ispan qo'shinlari Pfal`tsga bostirib kirdilar. Chexiyada
g'oyat shafqatsiz reaktsiya boshlandi.
1621 yil 21 iyunda Pragada qo'zg'olon rahbarlaridan 27 kishi, shu jumladan, uchta shaharlik umum
oldida jazolab o'ldirildi. 1627 yilda Praga seymida Maestat tugatilishi rasman e'lon
qilindi. Chexiyada katoliklar cherkovi.tamomila tiklandi. Nemis tili birdanbir davlat tili
deb e'lon qilindi. Hamma yerda chex amaldorlari o'rniga nemis amaldorlari o'tirib oldi.
Ko'plab chex yerlari musodara qilindi. Chex dvoryan yer egalarining qariyb to'rtdan uch qismi
o'z'erlaridan mahrum bo'ldi, bu yerlar musodara qilindi, nemislar qo'liga o'tdi. Mingminglab
chexoilalari jonajon o'z mamlakatidan quvg'in qilindi. Muxojirlik qilishga majbur bo'lgan chex
ziyolilarining eng yaxshi namoyandalari, yozuvchilar, o'qituvchilar, farmatsevtlar, yuksak malakali
hunarmandlar va shu kabilar Chexiyani tashlab chiqib ketdilar. Bularning hammasi mamlakatni
iqtisodiy. tushkunlikka va yalpi ishsizlikka mahkum etgan holda Chexiyaning ishlab chiqaruvchi
kuchlariga juda katta zarar yetkazgan edi. Nemisavstriya feodallari katolik ruhoniylari
bilan ittifoq bo'lib chex milliy madaniyatining o'ziga ham juda kata zarar yetkazdi. Chex
maktablari iezuitlar qo'liga topshirib qo'yildi. Chex madaniyati ta'qib ostiga olindi.
Nemislar guschilar adabiyotini hamda Gus va guschilar davriga oid barcha arxiv, manbalarini
sistemali ravishda yo'q qilar edilar. Chexiya yashnab turgan mustaqil mamlakatdan uzoq vaqt
largacha nemislarning asoratga mahkum etilgan va xonavayron qilingan viloyatiga aylanib
qoldi.
Daniyaning urushga kirishi. Daniya davri. Avstriya Gabsburglarining Chexiyani tor-mor
qilishi va ispanlarning Pfal`tsni bosib olishi Uttiz yillik urushning «chexiya
pfal`ts davri» deb atalgan birinchi davrining oqibatlari edi. Imperator bilan liga g'olib
chiqdilar. Katoliklarning g'alabasi musodara qilingan cherkov yerlaridan tashkil topgan
protestant knyazlar mulkini xavf ostiga qo'ydi. Imperatorning g'alabasi
1624 yildan beri boshida kardinal Rishel`e turgan Fransiyani ham tashvishga solib qo'ydi.
Niderlandiya yana (1621 yildan boshlab) Ispaniya bilan urushmoqda edi. Yakov Angliyskiy ham
o'zining kuyovi Fridrix Pfal`tsskiy taqdiri bilan qiziqmoqda edi. Shunday qilib, imperator
bilan knyazlar o'rtasidagi, katoliklar bilan protestantlar o'rtasidagi, Gabsburglar bilan
Chexiya o'rtasidagi munosabatlarga doyr ichki masala chet ellarga ham katta ta'sir ko'rsatdi.
Germaniyadagi ichki urush tez orada murakkab xalqaro kurashga aylanib ketdi, bu kurashda esa
G'arbiy Yevropa mamlakatlarining g'oyat keng koalitsiyasi Germaniyaga qarshi chiqdi. Rishel`ening
tashabbusi bilan 1625 yil dekabr` oyida Angliya, Gollandiya va Daniya o'rtasida avstriya va
ispan Gabsburglarita qarshi Uchlar ittifoqi tuzildi. Daniya qiroli imperatorga qarshi urush
boshlagan taqdirda Angliya bilan Gollandiya unga katta subsidiya berishni" va'da qildilar.
Daniya qiroli Kristian IV o'sha
1625 yildayoq chinakamiga urush boshlab, o'z qo'shinlari bilan Germaniyaga bostirib kirdi va unda
shimoliy german lyuteran knyazlarining qo'shnnlari bilan qo'shildi.
Vallenshteyn. Daniyaliklarga qarshi o'z qo'shinini tashkil etish uchun Ferdinand II ning yetarli
mablag'i yo'q edi. Kato
liklar ligasining qo'shini ozgina bo'lib, uni ham to'ldirish kerak edi. Shundan keyin
imperator qo'shin tashkil etish to'g'risida boy dvoryan Al`brext Vallenshteyn (1583— 1634)
ga murojaat qildi. Vallenshteyn asli chex bo'lsa xam; batamom nemislashib ketgan va
chex dvoryanlarining yerlari musodara qilingan vaqtda juda ko'p yer, o'rmon, kon va
shu kabilarni sotib olgan edi. Vallenshteyn XVI asrda va XVII asr* boshlarida Italiyada
juda ko'p va qisman Germaniyada uchraydigan kondot`erlar, ya'ni harbiy
sohibkorlar qabilidagi kishi edi. G'oyat iste'dodli tashkilotchi va sarkarda bo'lgan
Vallenshteyn qisqa bir vaqt ichida yollanma soldatlardav iborat 30 ming kishilik armiya tashkil
etdi. U o'z soldatlariga) katta pul to'lar, ammo ularni qattiq intizomda saqlar v»
mashqta'limga juda ko'p e'tibor berardi. Vallenshteyn qo'shi» tashkil etishga sarflagan
mablag'larini keyinchalik qo'lga kiritilgan o'ljalar va dushmanga solingan katta-katta
tovonlar vositasida hatto ortig'i bilan ham qaytarib oldi. Vallenshteyn Injilchilar
ittifoqi qo'shinlarining qo'mondonv graf Mansfel`dni, so'ngra esa Tilli bilan birgalikda
Daniya* qirolining izidan quvib borib, uni butunlay tor-mor qildi va Yutlandiya tuprog'iga
bostirib kirib, Kopengagenni xavf ostiga qo'ydi. Daniya qiroli sulh tuzishni so'rashga
majbur* bo'ldi va bu sulh bilan 1629 yil mayida Lyubekda tuzildi. Kristian IV
bundan keyin Germaniya ishlariga aralashmaslikka va'da qildi. Vallenshteyn o'z g'alabasi uchun
mukofot tariqasida butun bir knyazlik — Meklenburg gersogligini hamda? «Baltika va
Okeaniya dengizlari generallisimusi» degan unvo» oldi. Ferdinand II ning o'zi esa
protestantlar ustidan qozonilgan g'alabani 1629 yilgi resttitutsion ediktni chiqarish bilan
nishonladi, bu ediktga ko'ra protestantknyazlar 1552 yildan (knyazlar imperator Karl
V ni yenggan yildan) keyi» undan tortib olgan hamma yerlarni katolik cherkoviga
qaytarib> berishga majbur etildi.
Shunday qilib, katolik reaktsiyasi janub bilangina kifoyalanib qolmadi, balki shimolga ham
kirib bordi. Imperatorprotestant knyazlarning iqtisodiy qudratiga jiddiy zarba berdi.
Biroq katoliklar lagerining g'alabasi bu lager` rah^barlari o'rtasidagi nizojanjallar
tufayli bushashib ketdi. Liganing yo'lboshchisi Maksimilian Bavarskiy va boshqalar»
Vallenshteynni yomon ko'rardilar. Ularning talabiga muvofiq; imperator 1630 yilda
Vallenshteynni iste'foga chiqartishga) va uning qo'shinini tarqatish to'g'risida buyruq berishga
majbur bo'ldi.
Shvetsiyaning urushga kirishi. Rus davlotining pozitsiyasi. Glbsburglarning yangi g'alabasi
Fransiyani imperatorga qarshi kurashda yangi ittifoqchi qidirishga majbur etdi. Shvedlar> qiroli
Gustav Adol`f (1611—1632) Fransiyaga anna
shunday ittifoqchi bo'ldi. Rishel`e shved qiroliga katta subsidiya berdi. Ammo urushga aralashish
uchun Gustav, Adol`fning^zida ham ancha vaj bor edi. ImPeratorning Daniya ustidaiqozongan
g'alabasi va Vallenshteyn bilan Vena saroyining Shimoliy va Baltika dengizlarida kuchli german
floti barpo qilish to'g'risidagi plani Gustav Avgustni. jiddiy tashvishga solib qo'ydi. Bundan
tashqari, shved feodallari allaqachonlardan beri yangi yerlar bosib olishni niyat qilib
yurardilar. XVII asrning 30yillariga kelib Shvetsiya tom! ma'nosnda Baltika bo'yi davlatiga
aylangan edi.
Livoniya urushi natijasida Shvetsiya Estlandiya (ya'ni Estoniya) ni bosib olgan edi; 1617
yilda Rossiya bilan tuzilgan
Stolbovo sulhiga muvofiq Fin qo'ltig'i qirg'oqlarini, ya'ni Kareliya bilan Ingermanlandiyani
egallagan edi; 1629 yildam boshlab Kurlyandiya (hozirgi Latviya hududmi) ni o'z nazorati
ostiga olgan edi. Shvetsiya Finlyandiyani ham o'ziga qaratib olganligi tufayli Baltika dengizi
(uning janubiy qirg'oqlaridan boshqa) deyarli butunlay «shved kuliga» aylangan edi. Shu bilan
birga Gustav Adol`f katoliklar reaktsiyasiga ham befarq qaray olmas edi. XVII asrda Shvetsiyada
feodallar aristokratiyam hali qisman katolik dinida edi; O`rta va mayda dvoryanlar hamda
dehqonlarning yuqori tabaqasi, aksincha, katoliklar yer egaligining tiklanishidan xavotirda
edilar', shuning uchun Germaniyadagi o'z «injilchi birodarlari»ga yordam ko'rsatishga tayyor
edilar.
Shvetsiyaning imperatorga qarshi kurashidan Rossiya ham manfaatdor edi. Podsho Mixail Fedorovich
hukumati bu vaqtda (XVII asrning 'birinchi yarmida) polyaklar agressiyasiga qarshi qattiq
«urash olib borayotgan edi. Katoliklar Pol`shasi imperator va papadan hamisha yordam olib
turar edi. Shuning uchun Gabsburglarga qarshi ittifoqni qo`llab-quvvatlash Moskva davlotining
milliy manfaatlariga mos'bo'lib tushar edi. Shvetsiyaning Gabsburglarga qarshi urush boshlashi,
dastavval, Pol`shani Rossiyaga qarshi urush olib borish uchun Gabsburglardan olib turadigan
yordamidan mahrum qilar'edi. Moskva hukumati rasmiy suratda Gabsburglarga qarshi urushga
kirishmasa ham, iqtisodiy jihatdan va diplomatiya sohasida (mamlakatlar bilan, qisman
Turkiya va Qrim tatarlari bilan olib borilgan vduzokaralarda) shved qiroliga katta yordam
ko'rsatgan edi. Rossiya shvedlar uchun g'oyat qulay shartlarda Shvetsiyaga juda ko'p g'alla (javdar)
va porox yasash uchun ishlatiladigan selitra berdi1.
Urushda shvedlar davri. Gustav Adol`f 1630 yilning yozida Pomeraniyaga askar to'shirdi. Biroq
urush harakatlarining birinchi yili shvedlar uchun unchalik tmuvaffaqiyatli bo'lmadi.
Branderburg va Saksoniya, garchi protestant mamlakatlar bo'lsalarda, Daniyaning tor-mor
qilinganligini eslab, Gustav Adol`fga qo'shilishdan qo'rqdilar. Tilli bu vaziyatdan foy
dalanib, 1631 yilning bahorida strategiya jihatidan muhim bo'lgan va shvedlar tomoniga o'tib
ketgan Magdeburg shahrini egalladi. Shahar hujum qilib olindi va oyovsiz talandi, vayron
qilindi. Liga soldatlari ayollarni ham, bolalarni ham ayamasdan, shahar aholisidan 30 ming
kishini qirib tashladnlar. Gustav Adol`f harbiy tazyiq ko'rsatish yo'li bilangina Brandenburg
kurfyurstini koalitsiya tomoniga o'tishga majbo'r etdi. Saksoniya kurfyursti shved qiroli bilan
harbiy bitam
tuzdi. Shvedlar qo'shini son jihatidan u qadar ko'p bo'lmasa ham (qariyb 30 ming kishi), urushga
yaxshi tayyorgarlik kurgan edi. Bu qo'shindagi askarlarning ko'pchiligi erkin shved dehqonlaridan
iborat bo'lganligidan milliy tarkibi jyhatidan Liga qo'shiniga va Vallenshteyn armiyasiga
o'xshagan qurama emas, balki bir xil edi. Shvedlar qo'shinida qattiq intizom «o'rnatilgan,
urushga «muqaddas va xaloskorlik urushi» xarakteri berilganidan avval boshda o'ziga xos
ishtiyoq ham kuchli zdi. Nihoyat, shvedlar armiyasining harbiy texnikasi ham juda yaxshi edi. Shved
soldatlari mushketlar bilan qurollangan edtsaar va bu mushket (pilta miltiq)lardan nemis
soldatlariashkidan kura uch baravar tezroq otardilar. Shvedlarda yengil
dala to'plari ham ko'p edi. Jild kiygizilgashshgi sababli desa byadiR D "^^ TO'PLZR
b°SHDa ^shman^RDa yo'q edi
Gustav Adol`f 1631 yil 17 sentyabrda Leyptsig yaqinidagi Breitenfel`d qishlogi yonida Tilli
qo'shinlariga qaqsh™ zarba berdi. Shundan keyin shved qo'shinlari Yuqori Dunayda va Reinda ^paido
bo'ldilar. Shved qiroli 16311632 yilgi kishni Maints shahrida o'tkazdi. 1632 yil bahorida
Gustav Adol`f Lex daresi buyida imperiya qo'shinlarini tor-mor keltirdi, katoliklar
ligasining sarkardasi Tilli shu yerdagi jangda halok buldi. Juda tang ahvolda qolgan
Ferdinand II yana Vallenshteinga murojaat qildi. Endi bu safar Vallenshteyn sira cheklanmagan
vakolatlar oldi, hatto dushman bilan yarash va sulh tuzish huquqi ham berildi. Vallenshteyn
landsknextlardan yana qo'shin to'plab, 1632 yilning kuzida Lyutsen shahri yenida Gustav Adol`f
bilan to'qnashdi. Bu yerda 1632 yilning 16 noyabrida ikkinchi katta jang bo'lib, bunda ham
shvedlarning qo'li baland keldi va ular Vallenshteyn qo'shinlarini chekinishga majbur etdilar.
Lekin bu jangda qirol I ustav Adol`f o'ldirildi, uning o'limi shvedlar armiyasida darhol
tartibsizlik boshlanib ketishiga sabab bo'ldi
^ Vallenshteynning halok bo'lishi. Lyutsen yonidagi jangdan keiin Vallenshteyn Chexiyaga chekindi, u
bundan oldin shu yerdan saksoniyaliklarni surib chihargan edi. Vallenshteyn endi Saksoniya
kurfyurstini sulh tuzishga majbur etib, keyin shvedlarga qarshi hujum boshlamoqchi edi.
Katoliklar ligasi Vallenshteynning ko'zga ko'rinarli muvaffaqiyatlarga erisha olmaganligidan
foydalanib, imperatorni yana unga qarshi qilib qo'ydi. 1634 yil boshida Vallenshteyn
qo'mondonlik vazifasidan olindi, so'pgra davlatga xiyonat qilishda ayblandi va, nihoyat, 1634
yilning 25 fevralida Liganing ko'rsatmasi bilan ish kurgan bir guruh ofitserlar tomonidan
Eger qal'asida o'ldirildi («Eger falokati»).
Imperiya armiyasi shvedlar orasida intizom bo'shashib ketayotganligidan foydalanib, ularga 1634
yil 6 sentyabrda Nordlingen yonida qattiq zarba berdi. Buning natijasida shvedlar Janubiy
Germaniyadan surib chiqarildi. 1635 yil bahorida imperator saksoniya kurfyursta bilan sulh
tuzishga muvaffaq bo'ldi. Yana Gabsburglarning omadi kelganday bo'lib ko'rindi." Ammo Rishel`e
endi Germaniyaga qarshi ochiqdanochiq urushga kirishishga qaror berdi. Fransiyaning urushga
kirishishi {1635 yil) Gabsburglar koalitsiyasining ahvolini qiyinlashtirib yubordi va bu
koalitsiyani tamomila mag'lubiyatga uchratdi.
Urushda fransuzshvedlar davri. Fransiya o'z tomonida ko'pgina ittifoqchilarga ega bo'lgani
holda Germaniya bilan Ispaniyaga qarshi urush boshladi. Urushni davom ettirayotgan Shvetsiyadan
tashqari, Gollandiya, Savoyya, Venetsiya, Vengriya (Transil`vaniya) Fransiya tomonida edi.
Pol`sha Fransiyaga dustona xayrixoh bo'lib, betaraflik saqlashini bildirdi Urush harakatlari
faqat Germaniya hududidagina emas, balki Ispaniyada, Ispaniya Niderlandiyasida, Italiyada
va Reinning har ikki qirg'og'ida olib borildi. Shunday bo'lsa hambirinchi davrda ittifoqchilar
muvaffaqiyat qezona olmadilar. Ittifoqning o'zi tarkibi jihatidan uncha mustahkam eias edi.
Ittifoqchilar birbirlari bilan yaxshi "kelishib olib harakat qilmadilar. Faqat 40yillar
boshida, Rishel`e ham o'lgandan keyin, Fransiya bilan Shvetsiyaning qo'li anik, baland bo'lib
qoldi. Fransuz qo'shinlari 1643 yilda g'arbda Rokrua (Sharqiy Fransiya) yonidagi jangda ispan
piyodalarini g'oyat katta mag'lubiyatga uchratdilar. Shundan keyin fransuz qo'shinlari butun
El`zasni bosib olishdi. 1645 yilda shvedlar sharqda, Chexiyaning Yankovitsi shahri yonidaimperiya
qo'shinlarini tor-mor keltirdilar. Daniyaning endi bu safar Gabsburglar tomonini olib,
urushga kirishishi ham imperatorga yordam berolmadi. (1643—1645 yillardagi DaniyaShvetsiya
urushi.) Fransuzlar va shvedlarning birlashgan armiyasi 1646 yilda Bavariyaga bostirib kirdi.
[Urushning yutqazilayotganligi Vena saroyi uchun ayon bo'lib bormoqda edi. Ferdinand II dan
keyin 1637 yilda taxtga o'tirgan imperator Ferdinand III hukumati sulh muzokaralari
boshlashga majbur bo'ldi.
Vestfaliya sulhi. Aslida 1645 yilning iyunidayoq boshlangan sulh muzokaralari Vestfaliyaning
ikki shahrida olib borilmoqda edi. Osnabryukda imperator elchilari shved hukumati elchilari
hamda german protestant knyazlari bilan, Myunsterda imperator elchilari fransuz hukumati
bilan muzokaralar olib bormoqda edilar. Muzokaralar 1648 yil kuzidagina tamom bo'ldi.
Vestfaliya sulhi natijasida g'oliblar ancha hududni o'zlariga qo'shib oldilar. Shvetsiya
G'arbiy Pomeraniyani va Sharqiy Pomeraniyaning bir qismini, shu jumladan, Shtettin shahri va
Ryugen orolini, Vismar shahrini va uning portini, Bremen arxiepiskopligini (ammo Bremen
shahridan tashqari) va Verden yepiskopligini o'ziga qo'shib oldi. Shu bilan birga Shvetsiyaga 5
.million taler tovon to'landi. Fransiya El`zasni (Strasburg shahridan tashqari) egalladi va
Yuqori Lotaringiya (Mets, Tul` va Verden shaharlari)ga bo'lgan huquqi uzil-kesil tasdiqlandi.
Germaniyaning uz ichida Sharqiy Pomeraniyani, Magdeburg arxiepiskopligini va boshqa bir qancha
viloyatlarni o'ziga qo'shib olgan Brandenburg; Luzatsiya (Lujits yeri) ni o'ziga qo'shib olgan
Saksoniya, shimoli-g`arbda ba'zi bir qo'shni viloyatlarning yerlari hamqo'liga o'tgan Braunshveyg va
yuqori Pfal`tsni egallagan Bavariya o'zlarining yerlarini kengaytirdilar (bunda Bavariya gersogi
hatto kurfhuquqshunoslik unvonini olishga muyassar bo'ldi, bu — sakkizinchi kurfyurstlik edi.
Vestfaliya kongressi imperiya knyazlarining boshqa mamlakatlar bilan mustaqil diplomatik
aloqalar o'rnatish
huquqlarini tan oldi. Shu tariqa Yevropa diplomatiyasi Germaniyaning siyosiy jihatdan bo'linib
ketishini ma'qulladi. Vestfaliya kongressining bu yerda eslatib o'tish lozim bo'lgan muhim
diplomatik aktlaridan yana biri shuki, Yevropada allaqachonlardan beri mavjud bo'lgan, lekin
shu vaqtgacha rasmiy ravishda tanilmagan ikki davlatning mustaqilligi e'tirof etildi. Bu
davlatlar Shveytsariya Ittifoqi bilan Gollandiya edi. Fransiya bilan Ispaniya o'rtasidagi urush
Vestfaliya kongressidan keyin ham davom etdi va u faqat 1659 yilda Pireneya sulhidan
keyingina tamom bo'ldi.
Shu sulhga asosan Ispaniya o'zining bir qancha hududini ham Fransiyaga berdi.
Germaniyaning vayron bo'lishi. Elba nari yog'ining yalpi asoratga tushirilishi.G'ttiz yillik
urushda Fransiya bilan Shvesiya g'olib chiqdi. Ular bu urushdan keyin XVII asrning ikkinchi yarmi
va XVIII asr boshlarida Yevropa diplomatiyasida yetakchi rol o'ynadi. Germaniya esa, aksincha,
urush natijasida g'oyat zaiflanib qolgan edi. Germaniya ancha hududidan mahrum bo'lish
bilan birga, uzoq davom etgan urushda nihoyat darajada vayron bo'lgan edi, chunki urush asosan
Germaniya hududida olib borilganedi. Mamlakat g'oyat katta moddiy zarar ko'rdi. Urush
keltirgan vayronalik tufayli Germaniya bir necha o'n yillargacha o'zini o'nglab ololmadi. Ba'zi
mintaqalarda, chunonchi, Saksoniya, Brandenburg, Pfal`ts, Vyurtembergda aholining yarmi va
hatto bundan ham ko'prog'i qirilib ketgan edi. Chexiyada 1618 yildagi 2,5 million aholidan
1650 yilga kelib atigi 700 ming kishi qolgan zdi. Juda ko'p ekin yerlari huvillab qoldi va
o'rmonlar bilan qoplandi. Yuzlab qishloqlar yo'q bo'lib ketdi. Shvedlar Saksoniya va Chexiyadagi
juda ko'p konlarni ishdan chiqardilar, bu konlar ko'p yillargacha ishga solinmay keldi. German
shaharlaridagi savdo va sanoat urush vaqtida yana ham qattiqroq oqsay boshladi.
Boshpanasiz qolgan va tirikchilik vositalaridan mahrum bo'lgan dehqonlar yordam so'rab
feodallarga murojaat qilishga majbur bo'ldilar. Bunday sharoitda qaram dehqon huquq urushdan
avvalgidan ko'ra ham tezroq avj olib ketdi. Sharqiy Germaniya acopatra tushgan dehqonlar
mamlakatiga aylandi, ular iqtisodiy va siyosiy jihatdan tamomila o'z pomeshchikyunkerlariga
qaram bo'lib qoldilar.
«Endilikda pomeshchikdvoryanlar qishloqning tanho xo'jayini bo'lib qoldi... Dehqonlarning eng
so'nggi kuchlari ham sindirildi... Yana cheklanmagan majburiyatlari davri boshlandi...
Qaram dehqonlik holati endi umumiy hol bo'lib qoldi; endilikda erkin dehqonlar oq qarg'adek
kamdankam uchraydigan bo'lib qoldi»1. XLVIII BOB
XVI—XVII ASRLARDA SHVETSIYA
Shvetsiyaning Daniya hukmronligidan ozod bo'lishi. Shvetsiyada Kal`mar uniyasidan norozilik XVI asr
boshlarida Daniya chreodallari hukmronligiga qarshi keng milliy harakat tusini oldi. Bu
hukmronlikka qarshi dushmanlik ruhi SHEetsiyada tobora kuchaymoqda edi. Shimoliy va Baltika
dengizlarida daniyaliklarning savdo-sotiq ishlari kengaya borgani sari Daniya hukumati
Baltikabo'yida yanada ko'proq mustahkamlanib olishta harakat qilar va Shvetsiya hududini
Daniyaning shimolisharqdagi ta'sirini kuchaytirish uchun zarur baza deb bilar edi.
, Daniya qiroli Kristian II (1513—1523) bu masalada ayniqsa "katta planlar
tuzdi, u zaiflashib qolgan Ganzaning o'rnini Daniya bosadi va Baltika dengizida
savdo-sotiq ishlarini tamomila o'z qo'liga kiritib oladi, deb hayol qilgan edi. Daniya
qo'shinlari 1520 yilda Stokgol`mni bosib oldilar, Sture xonadoni regentligi tugatildi, shved
dvoryanlari, ruhoniylari va shaharlyklarining ko'pgina namoyandalari o'ldirildi, Daniya
hokimiyatiga oppozitsion kayfiyatda bo'lganlardats jami 100 dan ko'proq kishi qirib tashlandi.
Daniya feodallarining shved milliy oppozitsiyasiga nisbatan qilgan bu qirg'ini Shvetsiya
tarixida «Stokgol`m fojiasi» (1520 yil noyabr`) deb ataladi. Ammo daniyaliklarning bu
terrori milliy harakatning yanada kuchayishiga sabab bo'ldi, xolos. Mamlakatning turli
joylarida dehqonlar, shaharliklar, o'rta va mayda dvoryanlar Daniya hukmdorlariga qarshi
bosh ko'tardilar. Shvesiyaning tog'li tumani bo'lgan Dalekarliyada milliy harakat ayniqsa
keng va qat'iy tue oldi, bu yerda dehqonlar otryadlar tuzdilar va bu otryadlar
daniyaliklarning qo'shinlarini muvaffaqiyatli ravishda surib chiqardilar. O`rta dvoryanlardan
chiqqan Gustav Vaza butun milliy harakatga boshchilik qilib, mamlakatdagi barcha kuchlarni:
dvoryanlar, shaharliklar va dehqonlarni bir qancha vaqtgacha umumiy bir milliy
front qilib birlashtirib turishga muvaffaq bo'ldi. Milliy harakat g'alaba bilan tugadi.
Shvedlar Skandinaviyasining eng janubiy qismidagina daniyaliklar bir necha mintaqani o'z
qo'llarida saqlab qoldilar. 1523 yilda Gustav Vaza Stokgol`m shahriga tantanali suratda
«irib borib, Kal`mar uniyasini bekor qildi va Shvetsiyani mustaqil deb e'lon qildi. Uning
o'zi Shvesiyaning qiroli qilib saylandi (u 1523—1560 yillarda hukmronlik qildi); Gustav
Vaza asos solgan «milliy» shved sulolasi bundan keyingi asrlarda Shvetsiyanigina emas, balki
XV! asrning ikkinchi yarmi va XVII asrda qo'shni Pol`shani ham idora qildi.
Gustav Vazaning idora qilishi. Shvedlar islohattsiyasi (ko`rinishi) va
•sekulyarizatsiyasi. Avval boshda yangi shved hukumatining ahvoli juda og'ir edi. Mamlakat
daniyaliklar zulmi va uzoqqa cho'ziltan ozodlik urushi tufayli xonavayron bo'ldi. Sanoat va
savdo-sotiq ishlari kasod bo'ldi. Xazinada pul qolmadi. Mahkamaning 1527 yilda qirolga
yozgan dokladida bunday deyilgan edi: «Sizning qasr va qal'alaringiz vayron bo'lib yotibdi.
Qirolning daromadlari tamoman sarf bo'lib ketgan. Tamojnyalardan boj tushmay qo'ydi desa
bo'ladi. Mis va kumush konlari tushkunlikka uchragan. Shahar sanoati ayanch holga tushib qoldi...
qirol xazinasidagi xarajatlar uning daromadidan uch hissa ortiqdir».
Islohattsiya va sekulyarizatsiya qilish yo'li bilan bu mushkul ahvoldan qutulish chorasi topildi
Shvetsiyadagi katolik cherkovi boshliqlarining hatto dvoryanlar orasida ham allaqachon burdi
ketgan edi, chunki eng ko'zga ko'ringan yepiskoplar shved milliy doiralari bilan emas, ko'proq
Daniya qiroli bilan aloqada edilar. Germaniyada o'tkazilgan islohattsiya bu yerda ham
allaqachonlar havas qo'zg'atib qo'ygan edi. Shuning uchun 1527 yildayoq Shvetsiyaning Vesterosdagi
seymida Shvetsiyada ham islohattsiya qilingan injilchilar cherkovi1 o'rnatish, cherkov yerlarini
sekulyarizatsiya qilish 1masalasi asosan hal qilingan edi. Shvetsiyada uzulkesil isloh 1536
^1539 yillarda o'tkazildi. Angliyadagi kabi Shvetsiyada ham sekulyarizatsiya qilish natijasida
qirol va ayniqsa dvoryanlar boyib ketishdi, chunki sekulyarizatsiya qilingan mulklarning ko'p
qismi dvoryanlyr qo'liga o'tdi.
Uzining moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun Gustav Vaza yana bir qancha boshqa tadbirlarni
ham ko'rdi..U 1542 yilda maxsus farmon chiqarib, qirollikdagi ishlanmay bo'sh yotgan barcha
jamoa yerlarini o'z mulki deb e'lon qildi. 1551 yilda chiqarilgan farmonda barcha yer osti
boyliklari, ya'ni Shvesiyada juda. ko'p bo'lgan har xil konlar qirol mulki deb e'lon qilingan
edi. Dvoryanlar hukumatining yer masalasidagi siyosati dehqonlarning ahvolini yomonlashtirib
qo'ydi. Ilgari cherkovga qarashli bo'lgan yerlarni o'z qo'llarita kiritib yulgan yangi yer eralari
barshchina va obrokni ko'paytirdilar, hamda erkin va yarim qaram bo'lgan dehqonlarni mumkin
qadar qaram dehqon qilishga harakat qildilar. Bu hol, shuningdek dehqonlar ixtiyoridagi
yerlarning tortib olinishi ham dehqonlarda qattiq norozilik tug'ilishiga sabab bo'ldi. Bir
vaqtlar daniyaliklarga qarshi kurashda qaror topgan milliy birlik ¦fronti tarqalib ketib,
uning o'rniga mahalliy (shved) feodallarga qarshi va qirol hukumatiga qarshi dehqonlar
kurashi •boshlanib ketdi. 30 va 40 yillarda Shvetsiyada dehqonlarning bir nech'a marta katta
qo'zg'olonlari bo'ldi. Bu qo'zg'olonlardan eng mashhurlari: Dalekarliyada bo'lgan 1526—1533
yillardagi qo'zg'olon,. OstGollanddagi 1538 yilgi qo'zg'olon va dehqonlarning 1536— 1543
yillarda bo'lib o'tgan janubiy shved harakatidir. Janubiy, shved harakati vaqtida o'rmochlarda
juda ko'p «o'rmon ahli» dan otryadlar uyushtirilib, bu otryadlarga qo'shilgan kishilarning soni 10
mingga yetgan edi. Pirovard natijada bu qo'zg'olonlarning hammasi bostirildi. Qirolning
moliyaviy ishlari yaxshilangandan keyin hukumat katta yollanma armiya saqlash imkoniyatiga ega
bo'ldi va bu armiyadan dehqonlar harakatini bostirish uchun foydalandi. Asosan
dehqonlardan tashkil topgan qirol armiyasiga sekinasta dehqonlarning eng faol
elementlari qo'shila bordi va shunday qilib, dehqonlar oppozitsiyasiga rahna solingan edi.
XVI—XVII asrlarda Shvetsiyaning iqtisodiy taraqqiyoti.
XVI asrda Shvetsiya iqtisodi bir qancha muvaffaqiyatlarga. zrishdi. Qishloq xo'jaligining
(asosan janubiy va janubi-sharqiy tumanlarda) tovar mahsuldorligi ortishi bilan birga,
mamlakat sanoati — temir, mis, kumush, qalayi qazib chiqarish, qurolsozlik,. yog'och
tilish va qog'oz sanoati, mo'yna ishlash, kemasozlik ham taraqqiy qilmoqda edi. Gustav
Vaza Germaniyadan juDa ko'p konchilar va metallsozlar chaqirib keltirdi. Yog'och
tilish korxonalari va shaxtalarda XVI asrning ikkinchi yarmidayoq tog'dggi daryolar, soylar
va shalolalarning quvvatidan keng foydalanardilar. XVII asrda Shvetsiyada har xil qurol
yarog'lar ishlab chiqarilardi. Ishlanmagan temir va undan tayyorlangan har xil buyumlar
shvedlarning chetga chiqaradigan mollari ichida asosiy o'rin tutardi. Shunisi xarakterliki,
XVI—XVII asrlarda Shvetsiyada manufaktura tigshdagi sanoat korxonalarini ko'pincha
dvoryanlarning o'zlari tashkil qilar edilar. Bu esa qisman o'sha davrda Angliyadagi mayda
dvoryanlarning korxona egalari bo'lishini eslatardi. Shvetsiya, Angliya, Fransiya,
Niderlandiya, Germaniya, Daniya, Pol`sha va Rossiya bilan qizg'in savdo-sotiq ishlari olib
borardi. Ko'pgina shaharlar — Stokgol`m, Kal`mar, Upsala, Abo, Gel`singfors (Xel`sinki)
va boshqalar muhim savdo markazlari bo'lib qolgan edi. Okean nari yog'idagi mamlakatlar bilan
savdo-sotiq ishlarini olib borish uchun Shvetsiyada 1627 yilda «Janubiy kompaniya» tashkil
qilingan edi. 1668 yilda Shvesiyada ' davlat banki tashkil qilindi, bu Yevropada eng
ilk ochilgan banklardan biri edi. Lekin Shvetsiya sanoati juda ham bir yoqlama taraqqiy
etgan edi. AsosaI qazib chiqaruvchi sanoat taraqqiy topgan bo'lib, metallsozlik sanoati
qisman rivojlangan edi.
Shvetsiyaning XVII asrdagi eksporti asosan xom ashyodan va yarim xom ashyodan iborat edi, ya'ni chet
ellarga temir, mis, har xil turdagi yog'och, yog', baliq, mo'yna va shu kabi narsalar
chiqarilar edi. Gazmol (movut, pologo va hokaz^o)7 yuqori naTgmetall buyumlar va iu
kabilarni Shvetsiyaning o'zi chet ellardan sotib olar edi. Ikkinchi tomondan, Shvetsiyaning qishloq
.xo'jaligi tinmay o'sib borayotgan sanoat ehtiyojlarini qondira olmas edi. Shvetsiya XVI asrda
juda ko'p g'allani, XVII asrda undan ham ko'prog'ini chet ellardan — Rossiyadan va Baltika<)o'yi
mamlakatlaridan sotib olardi. Mahalliy sanoat xom ashyo (jun, kanop va shu kabilar)ning
yetishmaganligi Shvetsiya sanoatining rivojlanishiga xalaqit berardi. Shvetsiyaning to'qimachilik
sanoati XVII asrda ham zndi vujudga kelayotgan holatda edi.
XVI—XVII asrlarda Shvetsiyaning tashqi siyosati. Daniya ^ukmronligidan qutulib olganidan keyin
Shvetsiyaning o'zk qo'shnilariga nisbatan keng miqyosda agressiv siyosat yurgiza boshladi. Baltika
masalasi Shvetsiyaning tashqi siyosatida asosiy o'rin tutardi. XVI asrda ham, XVII asrda ham
qirollik qilgan shved qirollarining tashqi siyosati Baltika dengizi orqali bo'ladigan savdo
sotiq ishlarida tanho o'zlari hukmron bo'lish maqsadida Baltika dengizini butunlay o'z
qo'llariga kiritishga intilishdan iborat edi. Shu maqsapga erishish uchun Shvetsiya bu davr ichida
o'z qo'shnilari bilan juda ko'p urushlar qildi. Shvetsiya Livoniya urushida ishtirok qilib, natijada
Estoniya ni v a Liflyandiyaning bir qismini bosib oldi. XVII asr boshlarida Rossiyaning
zaiflanib qolganligidan foydalanib, Shvetsiya 1617 yilgi Stolbovo sulhiga muvofiq
Ingermanlandiya va Kareliyani bosib oldi, shunday qilib, Moskva davlotini Baltika dengizi
qirg'oqlaridan tamomila ajratib qo'ydi. G'arbiy Yevropa bozorlariga yuboriladigan rus mollarini
Narvaga, Abo, Viborg va Revelga olib borish lozim bo'lib qoldi. Chet el savdogarlari rus
savdogarlari bilan bevosita savdo-sotiq qilolmay qoldilar. Rus savdogarlari o'zlarining
tashqi savdo ishlarini Arxangel`skka ko'chirishga majbur bo'ldilar, chunki bu yerga shvedlar kirib
bora olmas edilar.
1629 yilda Al`tmark sulhiga muvofiq Shvetsiya Riga shahrini, Kurlyandiyani, Sharqiy Prussiya
bilan Litvaning bir qismini olib, Liflyandiyadagi yerlarini kengaytirdi. Qirol Gustav II
Adol`fning (1611—1632) keng ko'lamdagi istilochilik planlari haqida yuqorida1 aytib o'tilgan
edi, u Baltika dengizining janubiy (nemis) qirg'oqlarini bosib olishni aniq niyat qilib,
Uttiz yilik urushda qatnashgan edi. Darhaqiqat, Baltika dengizi «shvedlar dengizi»ga (yoki
«shvedlar ko'li»ga) aylangandek bo'lib ko'ringan edi. 1648 yilgi Vestfaliya sulhiga muvofiq,
Shvetsiya Germaniyaning shimolidagi g'oyat muhim mintaqalarini, ya'ni Germaniyaning eng katta
daryolaridan u'chtasi —Elba, Vezer va Oder daryolarining dengizga quyadigai joylarini
egallagan edi. Bundan tashqari, Shvetsiya Daniyaning Gotland orolini (1645 yilda) bosib olgan
va Zund orqali shved kemalarining bemalol (boj to'lamay) o'tib yurii huquqiga ega bo'lgan edi.
XVII asr o'rtalarida Shvetsiya daniyaliklarni Janubiy Skandinaviyadan butunlay surib chiqargan
edi (1658 yilda Blikeng, Skoniya va Golland viloyatlarining qo'lga kiritilishi ko'zda
tutiladi). .
XVII asrning ikkinchi yarmida Shvetsiya uch million aholis.ch bo'lgan mamlakatga aylandi. Ammo
bunda shvedlarning o'zi esa bir milliondan ortiq emas edi. Qolgan ikki millioni boshqa
xalqlar: finlar, karellar, ruslar, estonlar, latishlar, polyaklar, litvaliklar, nemislar va
daniyadiklar edi. Bunday holda Shvetsiyaning davlat tuzumi mustahkam bo'lib qola olmas edi.
Bo'ysundirilgan va ezylayotgan millatlar ertamikech Shvesiyadan ajralib chiqib, etnik
chiqishlari jihatidan yaqin bo'lgan, tili bir xil bo'lgan, shuningdek, iqtisodiy va madaniy
manfaatlari yaqin bo'lgan qo'shni mamlakatlarga qo'shilib ketishga intilmay iloji yo'q edi. Bundan
tashqari, Shvetsiyaning yuz ellik yildan ortiqroq davr mobaynida Vaza sulolasidan bo'lgan shved
qirollari amalga oshirib kelgan agressivlik, urushqoqlik va ulug' davlatchilik siyosatiga
javoban qo'shni mamlakatlarning shvedlar agreesiyasiga qarshi kurashini qo'zg'atardi.
Shvedlar Baltika dengiziga tanho o'zlari hokim bo'lishga intilib, Rossiya, Pol`sha,
Germaniya, Daniyaning va Baltikabo'yiga biron jihatdan aloqador bo'lgan boshqa
mamlakatlarning hayotiy manfaatlariga qo'pol' ravishda putur yetkazardilar. Shvedlarning
bosqinchiligiga xalaqit berish maqsadida harakat boshlagan Yevropa davlatlarining ittifoqi
XVII asr o'rtalaridayoq tuzilgan edi, unda Pol`sha, Daniya, Avstriya,. Brandenburg va
Moskva davlati ayni bir vaqtda Shved qiroli Karl X ga qarshi otlangan edilar. XVII asr
oxirlarida shvedlarga qarshi (Rossiya. Pol`sha va Daniyadan iborat) ittifoq. qat'iy
rasmiylashdi^1700—1721 yillarda davom etgan Shimoliy urush Shvetsiyaning tamomila mag'lubiyati
bilan tugadi va natijada u Yevropaning ikkinchi darajali davlatlari qatoriga tushib
qoldig! s^,
Ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi. Shvetsiyaning XVI— XVII asrlardagi taraqqiyotida yuz bergan
ziddiyatlar yolg'iz tashqi ziddiyatlardangina iborat bo'lib qolmadi. Mamlakat ichida ham ijtimoiy
va siyosiy ziddiyatlar yetilib qolmoqda va tobora keskinlashmoqda edi. Shvetsiya sanoat va
savdoni rivojlaqtirish sohasida bir qancha muvaffaqiyatlarga erishgan bo'lsada, ammo shunga
qaramay, bu davrda u sanoat mamlakatiga aylana ol:madi. Shved shaharlari taraqqiy etgan
bo'lishiga qaramay, G'arbiy Yevropaning eng ^araqqiy etgan boshqa mamlakatlarining shaharlari
kabi adamlakatda katta ta'sirga ega
bo'la olmadilar. Shvetsiyaning ijtimoiy tuzumi uchun oqsuyak dvoryanlarning g'oyat katta e'tiborga
ega bo'lganliklari xarakterlidir; ular ishlanadigan yerlarning ko'p qismini, ko'pgina
o'rmonlar, konlar, ko'llar va boshqa hududlarni egallab olgan edilar. Harbiy, ma'muriy
va diplomatiya sohasidagi rahbarlik o'rinlarda ham oqsuyaklar turardi. Senat, XVII asrda
Shvetsariyaning muntazam ishlab turadigan oliy hukumat organiga aylantirilgan ilgarigi davlat
kengashi — riksrad ham o'sha aristokratlar qo'lida edi.
Aristokratlarning ta'siri Gustav Adol`f davridayoq o'sgan va uning qizi (avval yosh bo'lib,
so'ngra ulg'aygandan keyin ham hech qanday mustaqillik ko'rsatmagan) qiroleva Xristiana
hukmronlik qilgan zamonda .(1632—1654) esa ayniqsa kuchaygan edi. Xristiana vaqtida
unvonli dvoryanlar juda ham ko'payib ketgan edi. Quyida keltirilgan raqamlar buni yaqqol
ko'rsatadi: 1632 yilda Shvetsiyada 4 graf, 9 baron, 321 dvoryan bo'lgan; 1654 yilda esa graflar
22 taga, baronlar 54 taga, dvoryanlar 649 taga yetgan. XVII asr o'rtalarida dvoryanlar
qirollikka qarashli yerlarning hammasini deyarli talontoroj qilishgan va o'zaro bo'lishib
olishgan edilar. XVII asrning o'rtalariga kelib Shvetsiyada qirollikka qarashli hamma qulay
haydaladigano'tloq yerlarning kamida 70 foizi dvoryanlar qo'lida edi. Dvoryanlar o'z
yerlarida yashayotgan dehqonlardan davlat soliqlarini o'z foydalariga to'plash, mahalliy qishloq
cherkovlariga pastorlar tayinlash, bir necha nojo'ya ishlar uchun dehqonlarni o'zlari sud qilish
huquqini oldilarPomeshchiklar XVI va XVII asrlarda ham iqtisodiy va yuridik jihatdan
o'zlariga qaram bo'lib qolgan dehqonlarni har qanday yo'llar bilan krepostnoilarga
ailantirishga harakat qilar edilar.
Shu tarzda Shvetsiyada XVI—XVII asrlarda ro'y bergan feodal jarayonlari o'z xarakteri jihatidan
«ikkinchi marta asoratga solish» deb ataladigan hamda Elbaning sharqidang mamlakatlarda ro'y
bergan jarayonlarga yaqinlashib qolgan? edi. Oqibat natijada mahalliy sharoitlar tufayli,
avvalomamlakatda yetarli darajada qulay va keng haydaladigan. yerlar yo'qligi tufayli,
shuningdek, tarixiy, iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi boshqa sabablar tufayli Shvetsiyada XVI
asrda ha»m, XVII asrda ham qaram dehqonlik sistemasi qaror topmadi. Shunga qaramay asoratga
solish sohasidagi tendentsiyalarancha real bo'lib, buning natijasida Shvetsiya dehqonlariniig
ahvoli ancha yomonlashgan edi.
Bularning hammasi o'tkir ijtimoiy ziddiyatlarni keltirib chiqardi. XVII asrning o'rtalarida
Shvetsiyaning turli tumanlarida dehqonlarning jiddiy harakatlari ro'y berdi. 1653. yilda O`rta
Shvetsiyadagi (Nerke viloyati) qo'zg'olon ayniqsa kuchli bo'ldi. Bu qo'zg'olonda dehqonlar
mamlakatdagi barcha dvoryanlarni yakson qilish shiorini tashladilar. Taxminan shu paytlarda qaram
viloyatlarda — Finlyandiya, Qareliyada, Baltakabo'yi mintaqalarida, shuningdek ilgari Daniyaga
tegishli bo'lgan va yaqinda qayta qo'shib olingan janubiy Shvetsiya viloyatlarida dehqonlarning
g'alayonlari bo'lib o'tdi. Mayda dvoryanlar va burjuaziya o'z navbatida aristokratiyaning
zo'ravonligidan g'azablanar, hamda riksdagda (Shvetsiya seymining quyi palatasi) aristokratiya
tomonidan talontoroj qilingan qirollik yerlaritsing xazinaga qaytarilishini (bu narsa r ye
duktsiyadeb ataladi) talab qilardilar. Shvetsiyada XVII asrning ikkinchi yarmidagi qirollar —
Karl X va Karl XI davrida qisman reduktsiya o'tkazildi. Biroq aristokratiya doiralari shundan
keyin ham o'z siyosiy ta'sirlarini, yo'qotmadilar. Shietsiya XVIII asrning boshlarida ham umuman
Tipik feodalsosloviyali aristokratik monarxiyaligicha qolaverdi.
XLIX BOB XVI—XVII ASRLARDA POL`SHA
XVI asrda Pol`shaning iqtisodiy taraqqiyoti. XVI asrda Pol`sha katta davlat edi, Buyuk Pol`sha,
Mazoviya, Qichik Pol`sha, Litva, Galitsiya, JanubiG'arbiy Rus`, G'arbiy va Sharqiy Prussiya (bu
o'lka qaram, vassal mamlakat sifatida), Livoniyaning bir qismi (Liflandiya) Pol`sha davlati
tarkibiga kirgan edi. XVI asr boshlarida Pol`shaning 5 millionga yaqin aholisi bor edi (o'sha
davrdagi Angliya yoki Niderlandiyadagidan ancha ortiq edi). Ammo shu bilan birga XVI asrda
Pol`sha tipik agrar ;mamlakat bo'lib qola berdi. Umuman uning sanoati va savdosi yaxshi
rivojlanmagan edi. Turklarning SharqiJanubiy Yevropadagi istilolari munosabati bilan va
Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Pol`sha xalqaro savdoning asosiy yo'llaridan chetda
qolib ketgan edi. Sharqiy Yevropadagi boshqa mamlakatla.r (Sharqiy Germaniya, Baltikabo'yi
mamlakatlari) kabi Pol`sha ham G'arbiy Yevropadagi sanoat sohasida ancha taraqqiy qilgan
mamlakatlarga qishloq xo'jalik mahsulotlari yetkazib beradigan agrar mamlakatga aylanib
bormoqda edi. Visla va Neman daryolarida'n Baltika dengizi portlariga Pol`shadan juda ko'p
miqdorda javdar, bug'doy, arpa, suli, zig'ir, xmel`, ko'n, yog', mum, smola, yog'och, qoramol va
shu singarilar tashib borilardi. Pol`shaning o'ziga esa chetdan turli gazmol, metall buyumlar
va panlarning ko`pdan-ko`p qasr va qo'rg'onlari uchun har xil jihozlar va ziynat buyumlari
keltirilardi.
Qaram dehqonlikning kuchayishi. Chetga qishloq xo'jaligi mahsulotlari chiqarish va birinchi
navbatda g'alla sotishga asos
langan tashqi savdoning rivojlanib borishi negizida Pol`shada XV asr oxiri va butun XVI asr
davomida qaram dehqon huquq kuchayib bormoqda va tobora umumiy tue olib, dehqonlar
ommasining ahvolini ayniqsa og'irlashtirmoqda edi. Seymda ketmaket qabul qilingan qonunlar
polyak dehqonlarini asoratga solishni yuridik jihatdan rasmiylashtirib berar, dehqonni panlar
ixtiyoriga tamomila topshirardi. 1496 yilda qabul qilingan qonun (statut) tirikchilik uchuy
pul topish maqsadida bir dehqon oilasidan faqat bir kishining chetga ketib ishlashi mumkin
deb, dehqonlarning qishloqdan chetga chiqib ketishlarini cheklab qo'ygan edi. 1520 yilda qabul
qilingan qonun ilgari barshchina bilan sira aloqasi b^lmagan dehqonlarni ham haftada bir kun
barshchina ishlab berishga majbur etar edi. 1543 yilda chiqarilgan qonun qochib ketgan
qaram dehqon (xolop)ning barcha mol-mulki bilan o'z pomeshchigi ixtiyoriga qaytarilishini talab
qilar edi. 1575 yilda qabul qilingan qonunda pomeshchik yerlarida yashagan dehqonlar uchun «pan
xohishirodasi bilan» cheksiz barshchina o'rnatildi. Qaram dehqonlar tamomila panlar sudi
ixtiyoriga berilgan edi. Dehqonlarni hamma ishlar yuzasidan, shu jumladan, jinoiy ishlar uchun
ham pomeshchik sud qilar edi. Pan «g'azabi oshib» qaram dehqon dehqonni o'ldirib qo'yganida ozgina
jarima bilan qutular edi. Pomeshchik dehqonlarning hamma yerlarini tortib olib, o'zlarini
xizmatkor, malay qilishga ^haqli edi. Qaram dehqon dehqonlarni yersiz sotish va sotib olish juda
avj olgan edi.
XVI asrdagi dvoryan publitsistlari ham qaram dehqon dehqonlarning ahvoli g'oyat og'ir
bo'lganligini e'tirof etishga majbur bo'lganlar. Saroy voizi, olim Pyotr Skarga (XV asr axiri
va XVI asr boshlari): «Xristianlar olamida dehqonlar bilan bizning qirolligimizdagi kabi
bunchalik yomon muomala qiladigan boshqa qirollikni men kurgan emasman» degan edi.
Savdo-sotiq ishlari bilan shug'ullanuvchi polyak shlyaxtasi iqtisodiy monopoliyani faqat o'z sinfi
qo'lida saqlab qolishga intildi. Hukumat shlyaxtaning chet ellarga qishloq xo'jalik
mahsulotlarini boj to'lamay chiqarishi uchun imkoniyat bergan va spirt tayyorlash monopoliyasini
shlyaxta qo'liga topshirib qo'ygan edi. Qishloqdagi karvon saroylar, temirchilik ustaxonalari va
tegirmonlarning hammasi pomeshchiklar .monopoliyasida edi. Pomeshchiklar manfaatini ko'zlab,
hukumat chet ellardan kiritiladigan sanoat mollaridan boj olmas va pomeshchiklarga zarur
bo'lgan sanoat mollarini Pol`shadan chetga chiqartirmas edi.
XVI—XVII asrlarda polyak shaharlarining evolyutsiyasi. Pol`shada XV asrning ikkinchi yarmi — XVI
asrning birinchi yarmida shahar rivojlanishda davom etdi. Bu davrda qo'pgina yangi shaharlar
vujudga keldi, bular orasida tez o'sayotgan Var
shava1 ham bor edi. Eski shaharlardan janubda Krakov, Lyublin: Sandomir, shimolda Torun` va
Gdan`sk (yoki Dantsig) ajralib turardi. Pol`sha savdogarlari g'arbdan janubiy sharqqa (Qora
dengizning shimoliy sohilidan, Moskva davlatidan) yo'llar Pol`sha orqali o'tganligi munosabati
bilan vositachi savdogarlar sifatida katta foyda olardilar. Pol`sha Germaniya, Vengriya,
Italiya, Skandinaviya mamlakatlari va Rossiya bilan intensiv savdo olib borardi. Pol`sha
shaharlarida bu Davrda sanoatning turli tarmoqlari: movut to'qish, turli gazlamalarga gul
bosish, metallurgiya, ko'nchilik, qog'oz, shisha va boshqa ishlab chiqarishlar ancha muvaffaqiyatli
rivojlandi. Boy shaharliklar orasida mahalliy polyak elementlari ustunlikni qo'lga ola
boshladilar. Kelgindi nemis hunarmandlari va savdogarlari sekinasta polyaklar bilan qo'shilib
ketdilar.
s
Ammo Pol`shadagi shahar hayotining bu yuksalishi uncha uzoqqa cho'zilmadi. Bunga4 qisman savdo
yo'llarining o'zgarishi, xususan Turkiyaning Bolqon yarim orolidagi istilolari munosabati
bilan Qora dengizning janubi-sharqida va Dunay sohilida savdoning kasodga uchrashi sabab
bo'ldi. Bu hol Pol`sha savdo oborotlari hajmini ancha qisqartirdi. Ammo Poliiada Visla bo'ylab
va so'ngra qishloq xo'jalik mahsulotlari eksportining tobora ortib borishi munosabati bilan
Baltika dengizi bo'ylab savdo rivojlana boshladi. Ammo xuddi shu savdo sha _ harliklarga
emas, balki panlarga va shlyaxtalarga asosiy foydani keltirdi. Panlar va shlyaxtalar
qaram dehqonlik xo'jaligini rivojlantirib, XV asrning oxiridan va ayniqsa XVI asrdan boshlab
Pol`sha shaharlariga hujum boshladilar va uning iqtisodiy pozitsiyalarini butun choralar bilan
kamsitdilar. Panlar va shlyaxtalar o'z qishloq xo'jalik mahsulotlarini poshlinasiz olib chiqish
'huquqini davlatdan olgan bir paytda, polyak sanoati har qancha imtiyozli poshlinalarga
qaramasdan chet el konkurentsiyasidan himoya qilinmasdi. Panlar va shlyaxtalarning manfaatlari
hamda shaharlarning yakdol zarari hisobyga Pol`shaga sanoat mahsulotlarining bemalol olib
kirilishiga ruxsat etilgan edi. Pol`sha hukumati shahar hunarmandchilik sexlarini siqib qo'ydi
va qisman tugatdi. Shaharliklarga yer sotib olish ta^qiqlab qo'yildi. Polyak feo— dallari
qaram dehqon dehqonlarni shahar sanoati mahsulotlarini sotib olishdan ataylab tiyib
turardilar va bu bilan ichki bozorning biror darajada kengayishiga xalaqit berardil'ar.
Ichki bozor rivojlanmasa, milliy sanoat ham rivojlana olmaydi. Ana shu tadbirlar natijasida
XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi yarmida Pol`sha shaharlarining xo'jaligi
orqaga qarab ketdi. Ayrim joylarda vujudga kela. boshlagan manufakturalar halok bo'la
boshladi. Shahar hunarmandchiligi zo'rga yashab kelardi. Shu tarzda polyak uchinchi sosloviesining
shakllanishi uzil-kesil barbod bo'ldi.
Pol`shaning siyosiy tuzumi. Qaram dehqon huquq avjiga chiqqan hamda polyak shaharlari iqtisodiy
va siyosiy jihatdan zaif bo'lgan sharoitda fe'odallar (panlar va shlyaxtalar) mamlakatda butun
hokimiyatni o'z qo'llarida saqlab turar edilar. G'rta asrlar oxirida Yevropaning ko'pchilik
mamlakatlarida markazlashgan davlatning siyosiy ko`rinishi bo'lgan absolyutizm tashkil topgan
holda, Pol`shada, aslida XVI asrda ham feodal tarqoq monarxiyasi hukm surmoqda edi. Qirol
hokimiyati juda zaif bo'lib, nomigagina mavjud edi. Pol`sha qirolligi chin ma'nodagi monarxiya
emas edi. Dvoryanlar seymi saylab qo'yadigan va huquqlari shu seym tomonidan cheklab qo'yilgan
qirol chinakam qiroldan ko'ra, o'ziga xos polyak dvoryanshlyaxta respublikasining umrbod
prezidentiga o'xshardi. F. Engel`s «Dehqonlar urushi» degan kitobida'nemis ritsarligini polyak
shlyaxtasi Oylan taqqoslagan holda xarakterlab, bunday degan edi: «Kre 1YUSTN0YLIK negiziga
qurilgan dvoryanlar demokratiyasining Pol`shada mavjud bo'lgan tarzdagi ko`rinishi... jamiyatning
eng ibtidoiy formalaridan biri edi»1.
Pol`sha qirolining doimiy armiyasi yo'q edi, shuning uchun u tamomila shlyaxta lashkariga, ya'ni
«pospolita qulatuvchilari»ga qaram edi. Qirolning moliyaviy ahvoli ham nihoyatda tang edi.
Hatto bir zamonlar qirolga qarashli yer-mulklarning ham ko'p qismi XV asr davomida va XVI asr
boshlarida magnatlar qo'liga o'tib ketgan edi. Qirollar bu yerlarni qirollik ixtiyoriga
qaytarish (reduktsiya qilish) masalasini ko'p marta ko'tarib chiqqan bo'lsalar ham, lekin
natijasiz qolgan edi.
Polyaklar islohattsiyasi (ko`rinishi) va kontrislohattsiya. XVI asrning 20 yillaridan e'tiboran Pol`shada
islohattsiya harakatlari keng tarqala boshladi. Polyak islohattsiyasi (ko`rinishi)ning xususiyati
uning juda xilma-xil ekanligida edi. Pol`shaga lyuteranlik, ham kal`vinizm, guschilar cherkovi
(«chex birodarlary») va boshqalar kirib kela boshladi. Troitsa haqidagi ta'limotni rad etuvchi
hamda xristian dogmatlari va urfodatlarini ratsionalistik ruhda talqin qiluvchi
antitrinitarizm deb ataladigan oqim Pol`sha islohattsiyasi (ko`rinishi)ning eng demokratik oqimi
edi2. Antitrinitarizm kichik Pol`sha shaharlarida, ayniqsa Krakovda eng ko'p
tarqalgan edi. Ammo uning ta'siri ham yetarli darajada keng emas edi.
Dehqonlar ommasi orasida islohattsiya umuman kam tarqaldi. Polyak dehqonlari ideologik
jihatdan tamomila katolik cherkovi ta'siri ostida qoldylar. Polyak bo'lmagan dehqonlar
(ukrainlar va beloruslar) sharqiy pravoslavie aqidasiga amal qilardilar. Islohattsiya
asosan dvoryanlarni va qisman shahar doiralarini qamrab oldi. Cherkovga qarashli juda ko'plab
katolik yerlarining sekulyarizatsiya qilinishi ko'pgina panlar va shlyaxtalar orasida xayrixohlik
tug'dirdi. Yangi islohattsiya qilingan cherkov jamoalarining rahbarlari dvoryanlarga
ularning siyosiy ta'sirini yanada ko'proq kuchaytirishni va'da qildi. Biroq, Pol`sha
islohattsiyasi (ko`rinishi) muvaffaqiyatli chiqmadi. Aslida bu narsa turli feodal to'dalarining o'zaro
kurashiga aylanib ketdi, chunki har bir islohattsiey oqimning u yoki bu magnatlaridan iborat
homiylari bor edi. 1570 yilda Sandomirdagi syezdda milliy polyak islohat, siyalashtirilgan
cherkovini yaratish yo'lidagi urunish muvaffa
qiyatsiz chiqdi.
Katolik reaktsiyasi polyak islohattsiyasi (ko`rinishi)ning tarqoqligidan foydalandi. Polyak qirollarining
o'zlari feodal oligarxiyasiga qarshi katolik cherkovining madadiga muhtoj edi. 1564 yilda
qirol Sigizmund II Avgust Pol`shaga iezuitlarning
kirishiga ruxsat berdi. XVI asrning 80 va 9.0 yillarida katolik reaktsiyasi to'la tantana
qildi. Polyak protestant dvoryanlarining ko'pchiligi katolitsizm qanoti ostiga qaytdi.
1569 yilgi Lyublin uniyasi. Sigizmund II Avgust vaqtida (1548—1572) Pol`sha o'z yerlarini ancha
kengaytirdi. 1561 yilda Ivan Grozniyga qarshi olib borilgan Livoniya urushi davomida
Liflyandiya Pol`shaga qo'shib olindi. Shundan bir necha yil keyin o'sha Livoniya urushi tufayli
Pol`sha Litva bilan yangi uniya (ittifoq) tuzdi. 1569 yilda polyak va litva feodallarining
Lyublinda bo'lib o'tgan qo'shma seymida umumiy polyaklitva seymiga ega bo'lgan va umumiy tashqi
siyosat olib boradigan birlashgan Pol`shaLitva davlati tuzilganligi e'lon qilindi. Keng
Litvarus yerlarining qo'shib olinishi polyak panlarining janubdagi (ukrain) g'allakor yerlarini
bosib olishiga va kolonizatsiya qilishiga keng imkon berdi. Sharqdagi kolonizatarlik siyosati
katoliklar reaktsiyasining uzil-kesil g'alabasi uchun sharoit tug'dirib berdi. Endi polyak
dvoryanlari Pol`shaning o'zida katolik cherkovining yerlarini musodara qilishdan bemalol voz
kechishlari mumkin edi. Buning ustiga katolik cherkovi polyaklarning hukmron sinflari uchun
nihoyat darajada zarur bo'lib holgan edi. Janubiy rus yerlaridagi mahalliy dehqon aholisi
orasida bosqinchi va krepostnik polyak panlariga harshi qattiq norozilik va dushmanlik
boshlangan edi. Dehhonlarni ideologiya jihatidan polyaklar ta'siriga bo'ysundirish maqsadida
panlar pravoslav dinidagi rusukrain aholisini katolik diniga kiritish planini tuzib
chiqdilar. Daf'atan katolik diniga kiritish aholining qarshiligiga uchraganligidan, katolik
ruhoniylari «cherkov uniyasi» deb atalgan o'rta bir o'tish yo'\lidan foydalandilar. Pravoslav
cherkovi o'z diniy rasmodatlarini va ibodat qilishda slavyan tilini saqlab qolgani holda Rim
papasiga bo'ysunishi lozim edi. Shu cherkov uniyasi to'g'risidagi qaror 1596 yilda Brest
shahridagi cherkov soborida qabul qilingan edi (Brest uniyasi).
Yagellolar sulolasining tugashi. Qirol hokimiyatining yana zaiflanib ketishi. 1572 yilda
Yagellolar sulolasi tugadi. Bu sulolaning so'nggi namoyandasi bo'lgan Sigizmund II Avgustdan
farzand qolmadi. Saylovlarda (eleksiyada) panlar Polipaning tojitaxtini fransuz shahzodasi
va keyinchalik Genrix III nomi bilan Fransiyaning qiroli bo'lgan Genrix Valuaga taklif
qildilar. Genrix atigi bir necha oygina Pol`shapiig qiroli bo'lib turdi. U akasi Karl IX
o'lganligi to'g'risidagi xabarni eshitishi bilanoq Pol`shadan jo'nab ketdi. Ammo upiig nomi
Pol`sha qirollarining huquqini yana ham cheklab qo'yish bilan mashhurdir. 1573 yilda Genrix
«artikullar» (moddalar)ni imzolashi kerak edi; bu «artikullar» qirolga taxt pprisi
belgilashni man qilgan, seymlar chiqargan qarorlarii ¦in'diqlash yoki rad qilish, sulh tuzish va
lashkar to'plash (pospolit qulashi) huquqlaridaya qirolni mahrum qilar edi. Mabodo qirol
«qirollik rasmodatlari»ni buzguday bo'lsa, fuqarolari (ya'ni panlar va shlyaxtalar) unga
qarshi qo'zg'olon ko'tara olar edi.
Navbatdagi qirol Stefan Batoriy (1576—1586) Livoniya urushini muvaffaqiyat bilan tamomlagan
(1582 yilda) bo'lsada, uning hxjimiyati ham katta emas edi.'
Vaza sulolasi qirollarining hukmronlik qilishi. Stefan Batoriyning vorislari bo'lgan va shved
qiroli Vaza xonadonidan chiqqan qirol Sigizmund III (1587—1632) hamda uning o'g'li
Vladislav IV (1632—1648) zamonida qirol hokimiyatining obrusi birmuncha ko'tarildi. Shu bilan
birga yangi sulolaning qo'shni xalqlarga nisbatan tutgan agressiv, bosqinchilik siyosati
oqibat natijada Pol`sha davlotining mustahkamlanishiga emas, balki aksincha, uning ochiqdan
ochiq zaiflashishiga olib keldi. Pol`sha XVII asrning birinchi yarmida o'zining tashqi siyosatida
bir necha marta jiddiy muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sigizmund III shved yerlarini o'z
hukmronligi ostida birlashtirish uchun juda ko'p kuch sarf etdi. Ammou buning uddasidan chiqa
olmadi. Shvetsiyada Vaza sulolasining boshqa bir protestant naslnasabi (butog'i)
mustahkamlanib olgan edi. Sigizmund III va Vladislav IV ning Moskva davlatiga nisbatan
olib borgan agressiv siyosati ham muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqdi. XVII asr boshlarida Rossiyada
keskinlashib ketgan ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlardan foydalanib, Sigizmund dastlab o'z
gumashtasi Ljedmitriy (birinchi «qallob») orqali Moskvaga ta'sirini o'tkazmoqchi bo'ldi. Bu
Ljedmitriy o'ldirilganidan keyin, Sigizmund ikkinchi qallob — «tushin o'g'risi»ni qo'llab
qo'ltiqladi, so'ngra esa Moskva davlatiga qarshi ochiqdanochiq interventsiya yo'liga tushdi va shu
yo'l bilan Moskvaga o'zi podsho bo'lib saylanishga harakat qildi.
Minin va Pojarskiy boshchiligida ko'tarilgan rus xalqvatanparvarlik harakati oqibatida
polyaklar Moskvadan haydaldi. Polyak qirolini Moskvaga podsho qilish yo'lidagi urinishi
tamomila barbod bo'ldi. Moskva davlati bilan bo'lgan ikki urush(1609—1618 va 1632—1634
yillar) • Pol`shaning darmonini quritdi. Rossiyaning vaqtincha Smolenskdan mahrum bo'lishi
Pol`shaning bu urushlarda sarflagan xarajati va~kuchlarining o'rnini qoplay olmadi.
Baltika bo'yida Pol`shaning mavqei yaxshi emas edi. Pol`sha hukumati Shvetsiya foydasiga bir qancha
yon berishlar qilishga majbur bo'ldi. 1635 yilgi Shtumdorf yarash sulhiga binoan Livoniyaning
katta qismi Shvetsiya qo'lida qoldi. Ayni vaqtda 1618 yilda Prussiya gersogligining Brandenburg
bilan birlashuvi munosabati bilan Baltika dengizida Pol`shaning ta'siri keskin kamaydi.
Kazakdehqonlarning Pol`shaga qarshi qo'zg'oloni. Pol`shaning Moskva davlatiga qarshi olib
borgan kurashi davrida po
lyak feodallarining ukrain xalqiga zulmi kuchayib ketdi. Polyak feodallari ukrain xalqini
ayniqsa XVII asrdan boshlab ijtimoiy (krepostniklik) jihatdan ham, milliydiniy jihatdan ham
qattiq qisa boshladilar. Panlarning tobora zo'rayib ke^gayotgan zulmiga qarshi kazaklar
qo'zg'olon ko'tardilar. Zaporoj`e Sechi qo'zg'olonchi kazaklarning markazi edi. Qazakdehqonlar
Kosin,s kiy va Nalivay ko boshchiligida XVI asrning 90 yillarida dastlabki katta
qo'zg'olonlarni ko'targan edilar. So'ngra kazaklarning yirik qo'zg'olonlari XVII asrning 30
yillarida bo'lib o'tdi. 1630 yilda kazaklar Taras Fyodorovich rahbarligida polyaklarning katta
armiyasini talafotga uchratdi. Zaporoj`e kazaklari I. Sul i m a boshchiligida 1635 yilda
Kodak shahrini bosib oldilar va vayron qildilar. Bu shahar Pol`sha hukumati tomonidan Sechga
yaqin joyda qurilgan edi. 1637 yilda getman Pavel Vo't (yoki Pavlyuk), 1638 yilda Yatsko
Ostryanin va Dmitro Gun i boshchiligidagi kazaklarning qo'zg'olonlari ham uncha keng tue
olmadi. Ukrainadagi harakat 40 yillarda ham davom etdi. Ayni vaqtda XVII asrning 30 va
40 yillarda Belorussiyaning turli joylarida ham panlarga qarshi qo'zg'olonlar ko'tarildi.
Lekin ukrainlar harakati 1648 yilda, bu harakatga juda katta harbiy tashkilotchi va siyosiy
arbob BogdanXmel`n i s k i y bosh bo'lgandan keyin, ayniqsa keng ko'lamdagi milliyozodlik
harakatiga aylanib ketdi. Zolim polyak panlariga qarshi kurashda Bogdan Xmel`nitskiy yordam
so'rab qardosh rus xalqiga murojaat qildi. 1654 yilda Xmel`nitskiy tashabbusi bilan
Pereyaslavlda Ukrainaning Moskva davlatiga qo'shilishi rasmiylashtirildi. Shundan keyin Rossiya
bilan Pol`sha o'rtasida uzoq yillar davom etgan (1654—1667) qattiq urushdan so'ng tuzilgan
sulh natijasida Smolensk, Chernigov, Yaapqirg'oq Ukraina va Kiyev shahri ham Moskva davlatiga
qo'shildi. Shunday qilib, panlar Polipasi oqibat natijada Rossiyaga ancha yon berishga majbur
bo'ldi.
Kostka Naperskiy qo'zg'oloni. Og'ir qaram dehqonlik zulmy^ hamda polyak dehqonlarining
huquqsizligi Pol`shaning o'zida ko`pdan-ko`p xalq harakatlarini keltirib chiqardi. Buyuk va
Kichik Pol`shaning ko'pgina joylarida XVI asrning 90 yillaridayoq dehqonlarning
qo'zg'olonlari bo'lib o'tdi. XVII asrning boshlarida Krakov voevodligida dehqonlarning bir
qancha g'alayonlari ro'y berdi (1615 va 1630yillar). Ammo polyak dehqonlarining harakati
Sigizmund III ning ikkinchi o'g'li—qirol Yan Kazimir, (1648—1668) dukmronlik qilgan davrda
1651 yilda ayniqsa keng tue oldi. Qo'zg'olon bir yo'la bir necha tumanda 1651 yil bahorida
shlyaxtalar. Bogdan Xmel`nitskiyga qarshi yurishga jo'nagan paytida boshlandi. Qo'zg'olon
markazlaridan biri Kalish voevodligi (Buyuk Pol`sha) edi. Eng katta harakat 1651 yilda Kichik
Pol`shaning janubidagi Podgal`eda avj oldi. Qo'zg'olonga o'zini qirol polkovnigi deb tanitgan
shlyaxtachi Aleksandr Kostka* Naperskiy boshchilik qildn. U Xmel`nitskiy bilan aloqada edi.
Kostka Xmel`nitskiyning da'vatini dehqonlar orasida tarqatdi. Naperskiy harakatining o'zida
polyak dehqonlaridan tashqari ukrain dehqonlari ham qatnashdilar. Kostka Naperskiyning shiori
qaram dehqonlik huquqini tamomila tugatish va butun yerni dehqonlar qo'liga berishdan iborat
edi. «Bas, panlarning bizlarni qiynaganlari yetar...»—der edi Kostka dehqonlarga.
Qo'zg'olonchilar keyinchalik Krakovni bosib olishni va qo'zg'olonni butun Pol`shaga yoyishni
mo'ljallagan edilar. Ammo harakat to'la avj olmadi. 1651 yil iyunining boshlarida Naperskiy
Vengriya bilan chegaradosh bo'lgan Chorshchtin qal'asini egallashga muvaffaq bo'ldi. Bu yerda u
mustahkamlanib olib, Vengriyadan yordam kutdi. Qo'zg'olonchilar harakatining ana shu
sustkashligidan foydalangan Krakov yepiskopi katta qo'shin bilan Chorshchtin ostonalariga keldi
va uch kunlik qamaldan keyin uni egalladi. Kostka va qo'zg'olonning boshqa rahbarlari qo'lga
olinib, Krakovga yuborildi va u yerda qatl etildi.
Ammo shundan keyin ham qo'zg'olon yana bir oz vaqt davom etib turdi. Berestech ostonalarida
Xmel`nitskiyning mag'lubiyatga uchraganligi va shlyaxta pospolit ag'daruvchilarining qaytib
kelganligi haqidagi xabar dehqonlar harakatini uzil-kesil sindirdi. Panlar va shlyaxtalar
qo'zg'olonchilardan o'ch olib juda ko'p kishilarni qatl qildilar, qiynadilar v« boshqa xildagi
ekzekutsiyalarga duchor qildilar.
XVLI asrning ikkinchi yarmida Pol`shadagi feodal anarxiya. XVII asrning birinchi yarmi va
o'rtalari mobaynida Pol`shada feodal anarxiyasi tobora kuchayib bordi. 1652 yildan Pol`sha
seymida o'rnatilgan «liberum veto» («Erkin veto») deb ataladigan tartib,ga ko'ra seym
qarorlari bir ovozdan qabul qilinishi kerak edi. Loaqal bir deputat qarorga qarshi
norozilik bildirsa, bu qaror qabul qilinmasdi. Seym bunday sharoitda qonun chiqarish
faoliyatini deyarli to'xtatib qo'ydi. Mamlakatda doimo goh ochiq, goh yashirin o'zaro urush b)'lib
turdi. Bu esa uning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga juda katta zarar yetkazdi.
XVI asrda Pol`sha madaniyati. XVI asrda Pol`sha madaniyati o'z taraqqiyotida ancha yuksalishga
erishib fan, adabiyot, san'at, siyosiy tafakkur sohalarida bir qaicha ajoyib vakillarni yet
kazib berdi. XV asrning ikkinchi yarmi — XVI asrning birinchi yarmida Pol`sha iqtisodining
yuqorida ko'rsatib o'tilgan yuksalishi polyak madaniyatining ana shu yuksalishiga asos bo'ldi.
Shaharlarning o'sishi, Polipaning keng xalqaro iqtisodiy va siyosiy aloqalarga qo'shilishi,
shlyaxtalarning sinf sifatida shakllanishi, ularning savdo bilan bog'lanishi va eng ilg'or
vakillarining shaharliklar bilan yaqinlashuvi,— ana shularning hammasi muayyan vaqt davomida
polyak madaniyatining barq urib rivojlanishi uchun sharoit yaratib berdi. Bu madaniyat ma
halliy ahamiyatgagina emas, balki xalqaro ahamiyatga ham egz bo'ldi.
Krakov universiteti butun Yevropada yirik, mashhur ilmiy markaz bo'lib qoldi. Bu
universitetda astronomiya, matematika, rim huquqi, klassik antik adabiyotni o'rganish
ayniqsa yuksak darajada turardi. Krakov universiteti XV asrda, ayniqsa XVI asrning
birinchi yarmida yangi, gumanistik marifatparvarlikning o'choqlaridan biri bo'lib qoldi. Mashhur
Nikolay Kopernik (1473—1543) Krakov universiteti bilan bog'langan edi. U yaratgan yangi
ilmiy geliotsentrik sistemakeyinchalik hammaning e'tirofiga sazovor bo'ldi. Uning qirq
yillik ilmiy ishiga yakun yasagan asosiy asari — «Samoviy sferalarning aylanishi to'g'risida»
degan kitobi 1543 yylda uning vafotidan sal ilgari dunyoga keldi.
XVI asrning birinchi yarmida polyak adabiyoti muvaffaqiyatli rivojlandi. Uning o'ziga xos
xususiyatlari — maroqli ekanligida va tashqi badiiy afzalliklaridagina emas (xususan, polyak
adabiy tilining lug'ati va grammatikas'i shakllandi),. balki g'oyaviy yo'nalishida ham edi. XVI
asrdagy ilg'or polyak yozuvchilari mamlakatdagi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashganini, feodal
zodagonlar hukmronligini, qaram dehqonlik zulmini kuzatib, bu hodisalarga qarshi keskin
norozilik bildirdilar, hamda ijtimoiy tuzumni islohat qilish yuzasidan aniq takliflar
kiritdilar. «Sofdil kishining haqqoniy tasviri» kitobining muallifi N i k o l a y Rey
(1505—1569) ana shunday yozuvchilar jumlasiga kiradi. Bu kitobda oddiy kishilar — shaharliklar
va dehqonlarning og'ir hayoti yaqqol ko'rsatilgan. «Chapaqay» satirik asarinipg muallifi Yan K o x
anovskiy (1530—1584) o'z asarida shlyaxtalarning bekorchilik va ayshishrat bilan o'tadigan
hayotini va ularning dehqonlarga nisbatan shafqatsizligini ayniqsa qattiq qoralagan.
Antitrinitariylarning demokratik protestant oqimiga mansub bo'lgan Andrey Frich Modjevskiy
(1503—1572) o'zintChg asosiy asari «Rech` Pospolitayani tuzatish to'g'risida» kitobida cherkov
yer egaligini sekulyarizatsiya qilishni, shlyaxtalarning tor sosloviyali imtiyozlarini cheklashni,
Pol`sha seymiga shaharliklardan vakillar kiritishni, mamlakatda to'la diniy erkinlik
o'rnatilishini taklyf qildi.
Pol`shadagi Uyg'onish davri tasviriy san'atda yaqqol aks etdi. Umumevropa ahamiyatiga ega
bo'lgan atoqli haykaltarosh Vit Stvosh (1445—1533) yog'ochni o'yib haykal yasashning ajoyib ustasi
edi. U o'n ikki yil mobaynida Krakov soborida yog'ochni o'yib yasagan mehrob har biri ikki
metrdan balandroq bo'lgan ko'pgina odam figuralarining juda katta monumental inshootidir.
Stvosh yaratgan haykallar uchun formaning dinamikligi, inson badani anatomiyasini juda yaxshi
bilishlyk, mohirona kompozitsiya, chuqur insoniylik va chinakam xalqchillik xarakterlidir.
Biroq, polyak madaniyatining yuksalishi uncha uzoqqa bormadi. XVI asrning ikkinchi yarmida va
ayniqsa XVII asrda mamlakatning iqtisodiy tanazzulga uchrashi va xususan polyak shahar
larining tushkunligi va feodal katolik reaktsiyasining tantanasi munosabati bilan
ma'rifatparvarlik, insonparvarlik adabiyoti orqaga keta boshladi. Pol`sha maktabi iezuitlar
qo'liga o'tdi. Katolik kontrislohattsiyasi (ko`rinishi) protestantlarning radikal va demokratii oqimlarini
tor-mor keltirib, universitetda qisman sxolastikani qayta tikladi: XVI asrning oxiri —
XVII asrning birinchi yarmidagi polyak adabiyoti o'zining jangovar fosh qiluvchilik
xususiyatlaridan mahrum bo'lib, o'z ta'sirini toraytirdi, uning kitobxonlari asosan pan va
tor shlyaxta doiralaridangina iborat bo'lib qoldi.
BOB XVI—XVII ASRLARDA TURKIYA
XV asr oxiri va XVI asrda Usmoniylar imperiyasining o'sish Turkiya imperiyasi 1453 yilda Konstantinopol shahrini bosib olgandan keyin yana kengaya
boshladi. Muhammad II 50 va 60 yillarda Bolqon yarim orolida Dunaybo`yidagi Serbiyani,
Bosniyani, Gertsegovinani va Albaniyani istilo qildi. Bolqon yarim oroli bilan qo'shni bo'lgan
Valaxiya vassal qaram qilib qo'yildi. 70-yillarning o'rtalaryda turklar Qrimni va Tanu
(Azov) shahrini bosib oldilar. Taxminan shu vaqtlarda turklar Kichik Osiyoda Trapezund
shahrini, deyarli butun Anatoliyani to Frot daryosigacha istilo qildi. Ammo Muhammad II ikki
marta katta muvaffaqiyatsizlikka ham uchradi: u Belgradni ishg'ol qila olmadi, turklar uni
1456 yilda qamal qilgan bo'lsalarda, maqsadlariga erisha olmadilar; shuningdek, Rodos
orolini ham ololmadilar (1480 yilgi qamal muvaffaqiyatsiz bo'ldi).
Muhammad II ning nabirasi Salim I zamonida (1512—1520) turklarning istilolari yana
boshlandi. Salim Eronga qarshi qilgan g'olibona, urushida Zakavkaze mamlakatlaridan Ozar
bayjonni, Armanistonning va Gruziyaning bir qismini, Dog'iston va Kurdistonni istilo
qildi. So'ngra Salim Suriya bilanMisrni (1517 yil) bosib olib, butun islom dunyosining boshlig'i sifatida o'ziga xalifa unvonini oldi.
Krit, Kipr va O`rta dengizdagi boshqa yerlarini o'z qo'lida saqlab qolish uchun
Venetsiya Turkiya sultoniga har yili katta xiroj to'lab turishga majbur edi.?
Do'stlaringiz bilan baham: |