G'arbiy Yevropa va Osiyo



Download 0,61 Mb.
bet1/6
Sana15.02.2022
Hajmi0,61 Mb.
#449851
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
semyonov o`rta asrlar tarixi 2-3 kitob


G'arbiy Yevropa va Osiyo
2 qism
XV BOB
XI ASRDA YEVROPANING IQTISODIY TARAQQIYOTI
G'ARBIY YEVROPA O`RTA ASR SHAHARINING
VUJUDGA KELISHI VA UNING ILK RIVOJI
O`rta asr Yevropasi tarixida XI asr. G'arbiy Yevropa tarixida XI asr burilish asri bo'ldi. Bu
asrda Yevropaning juda ko'p mamlakatlarida feodal munosabatlar uzil-kesil rasmiylashdi.
Hatto feodalizm xiyla sekin sur'atlar bilan rivojlangan mamlakatlarda (Angliya, Germaniya,
Skandinaviya va g'arbiy slavyan mamlakatlari) ham XI asrda feodallashish jara«ni chuqur
ijtimoiy o'zgarishlarga olib keldi. Shu sababli bu mamlakatlarda ishlab chiqarishning feodal
usuli, bir tomondan, jamiyatning feodal katta yer egalartsga va, ikkinchi tomondan, ularga
qaram bo'lgan qaram dehqonlar va yarim qaram dehqonlarga bo'linishi hukmron ijtimoiy hodisalarga
aylandi. Ammo XI asrda feodal Yevropasi taraqqiyotida yana boshqa muhim bir jarayon ham
boshlandi. Bu esa hunarmandchilik va savdo-sotiqning markazi sifatida, xususiy mulkchilikning
va qishloqdagidan tamomila boshqacha ishlab chiqarish munosabatlarining ligi formalari
to'plangan manzilgoh sifatida shaharlarning paydo bo'lishidir. Bu esa ko'pgina shaharlarning
vujudga kelishida va o'sha damgacha, asosan, ma'muriy yoki sof ^arbiy manzil vazifasini o'tab
kelgan ko'hna markazlarning jonlanishida namoyon bo'ldi. Shu paytdan e'tiboran shahar ijtimoiy
taraqqiyotnigag muhim omili bo'lib qoldi. XI asr oxiriga kelib Yevropada Sharqqa tomon salib
yurishlari boshlandi. Salib yurishlari G'arbiy Yevropani tanholik holatidan chiqarib, uning
iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotini tezlashtirishga ancha ta'sir ko'rsatdi.
Ilk o'rta asr davrida hunarmandchilik va mol ayirboshlash. Ilk o'rta asr biqiq natur al xo'jalik
hukmronligi bilan farq qilardi. F. Engel`s «AntiDyuring» nom li asarida biqiq natural
xo'jalikni mana bunday deb ta'riflaydi: «O`rta asr jamiyatida, ayniqsa uning birinchi
asrlarida, ishlab chyqarish asosan shaxsiy iste'molga qaratilgan edi. Ishlab chiqarish .asosan
faqat ishlab chiqaruvchining o'zining va oilasining ehtiyojlarini qondirar edi. Qishlo;qda
bo'lgani singari, shaxsiy feodalning ehtiyojlarini ham qondirar edi. Demak, bunda ayirboshlash yo'q edi va mahsulotlar
tovar xarakterniy olmas edi. Dehqrn oilasi o'z extiyojiga kerak bo'lgan narsalarning deyarli
hammasini: qurolasboblarni, kiyimkechakni, shuningdek, tirikchilik vositalarini ishlab
chiqarar edi»1.
Darhaqiqat,. ilk o'rta asr zamonidagi G'arbiy Yevropa ekonomikasini tasvirlovchi eng yaqqol
hujjatlar (Karolinglar davri yodgorliklari) o'sha ilk o'rta asr qishlog'ini xuddi ana shunday
xususiyatlar bilan ko'rgsatadi. Dehqonlar pomeshchikfeodal foydasiga barshchina o'taydilar, unga
obrokni ko'proq natura bilan to'laydilar. Dehqon xo'jaligi yetishtirgan mahsulotlar,. odatda,
senyor qo'rasining ehtiyojlaryga sarflanardi. Buyuk. Karl o'zining «Yer egasi (yer-mulk)lar
to'g'risidagi kapitulyariy»sida buni juda yaxshi ifodalab bergan edi. Dehqonlar ozuqa
mahsulotlaridan tashqari, feodalga hunarmandchilik buyumlari ham yetkazib berishlari kerak edi.
SenJermen monastirining IX asrdagi poliptikasida dehqenlar temirchilikg to'quvchilik va
boshqa hunarmandchilik yo'l'i bilan ishlab chiqargan buyumlarini monastirga berishga
majburdirlar, deyiladi. Karolinglarning yodgornomalarida ko'rsatilishicha, hunarmandchilik
qishloq xo'jaligidan hali ajralib chiqmagan. Bu yerda dehqon bilan hunarmandning har ikkalasi
hali bir odamday bo'lgan.
BiroQ Buyuk Karl zamonidayoq mohir hunarmandlar mavjud bo'lib, ular endi qishloq xo'jaligida
band qilinmagan, ulardan faqat mutaxassislar sifatida foydalanilgan. Har bir qirollikning
yer egasisida kerakli bo'lgan yigirmalab ana shunday hunarmandlar (temirchilar, zargarlar,
duradgorlar, ko'nchilar, chilangarlar va boshqalar) «Yer egasi to'g'risidagi kapitulyariy»da
sanab ko'rsatiladi. Ammo qo'ralarda mehnag qiluvchi ana shunday hunarmandlarning mavjudligi
hal» hunarmandchilikning qishloq xo'jaligidan batamom ajralib. chiqqanligini ko'rsatmaydi.
Hunarmandlar yer egasiga birlashtirilgan, unga bog'lab qo'yilgan, ular ishlab chiqargan
mahsulotlar esa feodalning ehtiyojini qondirishga ketadi va shuning uchuy u tovar sifatida
bozorga chiqarib sotilmaydi. Shunday qilib, qo'ra hunarmandchiligi natural xo'jalik turlaridan
biriga aylanib qoldi. G'arbiy Yevropada doimiy suratda shug'ullanuvchi shahar hunarmandchiligi
paydo bo'lishidan oldin, bu hunarmandchilik o'tkinchi bir davrni boshidan kechirgan, ya'ni G'arbiy
Yevropaning elmael kezib yuruvchi sayyor hunarmandlarv (duradgorlar, tosh teruvchilar,
kosiblar, mashinachilar va boshqalar) bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yurib, pomeshchiklarga va
qisman dehqonlarga xizmat ko'rsatganlar. Sayyor hunarmandlar ko'pincha aslida dehqonlar
bo'lib, ular yig'imterim paytida qishloqqa qaytib kelib, dalada o'z oila a'zolari bip
lan birgalikda ishlardilar. Bu hunarmandlar ko'pincha Italiyadan yoki Yaqin Sharqdan kelgan
ajnabiylar (yunonlar, suriyaliklar, arablar, yahudiylar va boshqalar)dan iborat bo'lardi.
Ilk o'rta asr zamonidagi mol ayirboshlash (savdo qilish) yer egasilarning yoki dehqonlarning
ehtiyojlarini qondirgandan keyin ortib qolgan mahsulotlarni bozorga chiqarib sotishdan
iborat bo'lardi. «Yer egasilar to'g'risidagi kapitulyariy»da va Karolinglar davrining boshqa
ba'zi hujjatlarida bozorlar bo'lganligi ko'proq eslatib o'tiladi. Ilk o'rta asr davrida
cherkov va monastirlar huzurida an'anaviy yarmarkalar bo'lardi. Ammo bu savdo joylarida, har
holda, mahalliy sotuvchilar kam bo'lardi. Asosiy savdogarlar: lombardiyaliklar, yahudiylar,
suriyaliklar, arablar, vizantiyaliklardan iborat kelgindi savdogarlar edi. Bu ajnabiy
savdogarlar odatda feodal qasrlari va qo'rg'onlariga doimo tashrif buyurib, ular bu qasr va
qo'rg'onlarda ziynat buyumlari (xususan oltin va kumush bezaklar, qimmatbaho toshlar), ipak
gazlamalar, qo'lda otadigan qurol-yarog' va Sharq hunarmandchiligining boshqa ba'zi buyumlari,
shuningdek Sharq shirinliklari va dorivorlarini olib kelib sotardilar. Bunday ayirboshlash
ishlab chiqarishning tub mohiyatiga hali sira qo'l tegizmagan edi. Yer egasi va dehqon qishlog'i
o'z xo'jaligining maqsad va vazifalariga ko'ra hali, asosan, natural xo'jalikligicha qolib
kelmoqda edi. Mayda yer-mulkqishloq «jamoalari»n«ng biqiq holda yashashi ilk o'rta asr
iqtisodining eng xarakterli va o'ziga xos xususiyatlaridan biri edi.
Hunarmandchilikning qishloq xo'jaligidan ajralib chiqishi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishi,
avvalo, dalalardagi dehqonchilikning serhosil bo'lishi, shuningdek hunarmandchilik
texnikasining rivoj topa borishi tufayli hunarmandchilik asta-sekin alohida bir kasbga,
kishilar ayrim guruhsining asosiy mashg'ulotiga aylandi. Endilikda hunarmand o'z vaqtini
butunlay hunarga sarflaydigan bo'ldi. U qishloq bilan aloqasini butkul uzib, ishlab chiqarish
sharoitlari (xom ashyosi bor va ishlangan molni bozorga chiqarib sotish imkoniyati, hayoti va
mol-mulki ma'lum darajada xavfxatarsiz hamda aloqa yo'llari qulay bo'lgan va hokazo) eng
qo'l keladigan yangi, doimiy joyga ko'chib bordi. X—XI asrlarda Yevropada turli hunarlar
orasidan mustaqil kasb bo'lib ajralib chiqqan ikkita hunar: temir buyumlar yasash (tug'ilib
kelayotgan metallurgiya) va movut to'qish (jun gazlamalar ishlash) ayniqsa kattaahamiyat kasb
etgan edi. Temir asboblar qishloq xo'jaligida ham (omoch tishi, plug, mix, belkurak va
hokazo), shuningdek harbiy ishda ham (temir qalqon, qilich, nayza, dubulg'a va shunga o'xshgsh
risarlik qurol-yarog'lari) talab qilinardi. Movut to'qishning o'sib borishi Yevropada ancha
noqulay (va shu bilan birga qimmatbaho) mo'ynadan tikilgan kiyimni, qisman esa sifati
jihatidan sovuq mavsumga uncha to'g'ri kelmaydigan zig'ir tolasidan tikilgan kiyimni siqib
chiqargan jundan tikilgan kiyimning rasm bo'lishi bilan bog'liqdir. «Qo'y zyg'irpoyadaa g'olib
chiqdi», degan xalq maqollaridan biri bu iqtisodiy faktni ana shu tariqa ifodalagan edi.
Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish kuchlari o'sganligidan dalolat beruvchi qo'ychilikning rivoj
topishi yangi sano.atni 'mustahkamlash uchun zaruriy baza bo'ldi. Germaniyaning Reyn va Yuqori
Dunay bo'yi okruglari metallurgiya sanoati ilk taraqqiy etgan tumanlardan biri bo'ldi.
Flandriya, Frislandiya va Shimoliy Italiya movut to'qish sanoatining eng ko'hna o'choqlari deb
hisoblanadi. Qyshloq xo'jaligidan ancha burun ajralib chiqqan boshqa hunarlarorasida
kulolchilik, ko'nchilik (egarjabduq yasash va poyabzalchilik) va turli xildagi binokorlik
(mohirona g'isht terish, duradgorchilik, tomga tunukacherepitsa yotqizish va hokazo) bo'lgan.
Uzining maxsus ishlab chiqarishida band bo'lgan hunarmand. o'qigan, malakali master bo'lishi
kerak edi. Bunday hunarmandchilik bozor orqali iste'molchiga ^izmat qilishni maqsad qilib
qo'yar. zdi (lekin dastlabki paytlarda bu yerda ham yakka buyurtmachilarga ishlash hodisalari yo'q
emas edi). Shu tariqa,. hunarmand mayda mol ishlab chiqaruvchiga aylandi. Pirovardida, u
dehqonchilik bilan aloqasini uzib, faqat shahar hunarmandigina bo'lib qoldi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi va uning qishloq xo'jaligidan ajralib chiqishi asosida
Yevropada o'rta asr shahari maydonga keldi.
Shaharlarning kelib chiqishi. XI asrdan oldin ham Yevropada shaharlar bor edi.' Shaharlarning
ko'pchiligi Rim davridan o'rta asrga meros bo'lib qolgan. Italiyada, Fransiyada, Angliyada,
G'arbiy va Janubiy Germaniyada, shuningdek, Ispaniyada bunday shaharlar oz emas edi, chunonchi:
Italiyada — Rim, Florensiya, Milan, Neapol`, Fransiyada — Parij, Lion, Marsel`, Bordo,
Angliyada — London, Vinchester va Iork, Germaniyada — Aaxsn, Trir, Maynts, Augsburg,
Regensburg, Ispaniyada — Barselona pa Saragosa va hokazo. Biroq bu shaharlar ilk o'rta asr
davrida sapoat ishlab chiqarishi va savdo-sotiq markazlari bo'lmagap. Bular dunyoviy va ruhoniy
feodallarning rezidensiyalari yoki qal'alari bo'lgan. Feodallarning mulozimlari yoki
xizmatkorlari bo'lib xizmat qilmagan shaharliklar, dehqonlar sipgari, odatda, dehqonchilik
bilan shug'ullangan. Ko'hna Rim shahri hududining o'zida qisman aholi o'rnashgan edi.
Huiarmaidchilikning rivojlanishi va uning qishloq xo'jaligidan ajralib chiqishi bilan eski Rim
shaharlari gavjumlashdi va ko'plab yapgi shaharlar paydo bo'ldi. Marks bilan Engel`s o'zlarining
birgalashib yozgan «Nemis ideologiyasi» degan ilk asarlarida «Har bir millat ichidagi mehnat
taqsimoti, hammadan burun sapoat va savdo mehnatining dehqonchi
lik mehnatidan ajralishiga va shu bilan shaharning sshi~ lotsdan ajralishiga hamda shahar
manfaatlari bilan qishloq manfaatlarining bir-biriga qaramaqarshi bo'lishiga olib keladi»1,
—deb yozgan edilar.
Dehqonlarning feodallar ekspluatatsiyasiga qarshilik ko'rsatishining tobora o'sib borishi
shaharlarning rivojlanishiga katta yorda;M qildi. Pomeshchiklarning yer-mulklaridan qochib'
ketgan krepostnoilar vujudga kela boshlagan shaharlarning dastlabki mehnatkash aholisini
tashkil qildilar.
Yangi shaharlar turli joylarda: feodallarning qasrlari tevaragida (chunonchi, hozirgi G'arbiy
Yevropa shaharlarining nomlarida tez-tez uchrab turadigan —«burg» qo'shimchasi — Strasburg,
Augsburg, Freyburg, Gamburg, Brandenburg va hokazo), monastirlar tevaragida (bunday
shaharlarning nomi odatda «sankt», «san», «sen» («svyatoy») so'zlari bilan boshlanadi, ma
salan, SenJermen, SentAlbans, SanktGallen, SantYago va b.), ba'zan daryolardan kechib
o'tiladigan qulay joylarda (Angliyada Oksford va Kembridj, Germaniyada Mayn daryosi bo'yidagi
Frankfurt va Odra daryosi bo'yidagi Frankfurt shaharlari, Niderlandiyada Bryugge («ko'prik»
shahari va hokazo) vujudga keldi.
Iqtisodiy markaz bo'lgan shaharning, vaqt o'tishi bilan, atrofdagi tumanlar uchun ahamiyati
tobora ortib bordi. Shahar hunarmandlari shahar bozoriga muntazam kelib turadigan deh
qonlarni o'z sanoat buyumlari bilan ta'minlab turardilar. Shaharliklar esa, dehqonlardan
qishloq xo'jalik xom ashyosi sotib odardi. Shunday qilib, shahar bilan qishloq o'rtasidagi mehnat
taqsimoti doimo davom qilib turadigan uzviy bir holat kasb etdi. Hunarmandchilik va
savdo-sotiq markazi bo'lgan shahar qishloqni savdo oborotiga tortib, unda ham tovarpul
munosabatlariniig rivojlanishiga yordam qildi.
Xalqaro savdoning rivojlanishi. XI asrga kelib shaharlar faqat qo'shni qishloqlar bilangipa
savdo-sotiq qilmay, balki ularning ko'plari ancha keng savdo-sotiq aloqalari ham bog'la
dilar. Bu shaharlar birbirovlari bilan zo'r berib aloqa qilishlaridan tashqari, Vizantiya va
Arab Sharqining ayrim savdo markazlari bilan ham savdo-sotiq aloqalari bog'ladilar. O`rta
dengiz bo'yida katta savdo-sotiq ishlari olib borgan shaharlar orasida ayniqsa Italiyaning
Genuya, Amal`fi, Piza, Venetsiya singari shaharlari alohida ajralib turardi. Venetsiya bilan
Genuya avvalroq katta savdo floti qurdilar. Bu shaharlarning aholisi tez o'oib bordi. Bu
shaharlarda boy savdogarlarning yuqori tabaqasi maydonga kelib, u hokimiyatni o'z qo'liga
kiritib oldi. Sharq bilan savdo-sotiq qilishda janubiy Fransiya shaharlari: Marsel`, Arl`,
Narbonna ham qatnashdi lar. Kataloniya markazi Barselona shahari O`rta dengiz bo'yi savdosida
faol rol o'ynadi.
O`rta dengiz bo'yi tumanidan tashqari, XI asrda Yevropa savdosining ikkinchi bir tumani —
Shimoliy dengiz bo'yida markazi Niderlandiya bo'lgan mamlakat ham ajralib chiqdi. Agar
ital`yan, janubiy fransuz va Kataloniya savdogarlari savdo•sotiqda asosan vositachilik
rolini o'ynagan bo'lsalar (ital`yan, fransuz va ispan savdogarlari Sharqdan kelgan tovarlarni
sotib olib, so'ngra ularni Yevropa mamlakatlariga olib borib lullardilar), Niderlandiya,
shimoliy fransuz va Reyn bo'yidagi nemis savdogarlari, shuningdek, Shimoliy Italiya shaharlari
keng xalqaro savdo-sotiq olib borish uchun hunarmandchilik mahsuloti ishlab chiqaradigan
maxsus bazalariga ega edilar. Niderlandiyada va Germaniyada — Gent, Bryugge, Ipr, Arras,
Bryussel`, Kyol`n shaharlari, Italiyada — Milan va Florensiya shaharlari bu masalada yetakchilik
rolini o'ynadilar. Ammo Shimoliy dengiz va Baltika dengizi bo'yidagi shaharlarga. nisbatan
O`rta dengiz bo'yi shaharlari bu ilk davrda, ya'ni X—XI sa hattoki XP asrlarda savdo-sotiq
ishlarvda hukmroi vaaiyatni egallagan edilar. Sharqdan keladigan mahsulotlar qimmatbaho
tovarlar bo'lib, ularning bir qismini yuqori sifatli <5uyum sifatida Yaqin Sharq mamlakatlari
yetkazib turardi va u mahalda G'arbiy Yevropa bu buyumlarni ishlab chiqara bilmasdi.
Qishloq ahvolidagi o'zgarishlar. Shaharning qishloq bilan olib borgan savdo-sotiq aloqalari
dehqonlar bilan feodallar o'rtasidagi munosabatlarni o'zgartirib yubordi. Dehqonlar qo'lida
pul paydo bo'ldi. Hamisha talabi va ehtiyoji o'sib borgan senyor pulga doimo muhtojlik sezib,
dehqonlarga obrokni qisman pul bilan to'lattirishga harakat qildi. Dehqonlarni pul bilan
obrok to'lashga ko'chirish kelajakda qaram dehqonlarni asta-sekin shaxsiy ozod bo'lishga olib
keldi.
. Ammo XI asrda bu jarayon endigina boshlangan edi. Feodallarning pul renta (yer solig`i)si haqidagi
talabiga dehqonlar ko'pincha yana <3ir ortiqcha dahmaza deb qarardilar. Qishloqning ishlab
chiqaruvchi kuchlari bir qadar yutuqqa erishgan bo'lishiga qaramay, bu ishlab chiqaruvchi kuchlar
hamon past darajada qolib kelmoqda edi. Shaharning qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan
ehtiyoji qiyinchilik bilan qondirilardi. Qishloq aholisi sonining o'sib borishi qo'shimcha
yerlarga ehtiyojni yanada oshirardi. Ilgari daraxtzorlar hamda shoxshabbalardan tozalangan va
haydalib ekin ekiladigan yerlar endi yetishmay qoldi. Qishloqda yer qahatchilngi sezilmoqda
edi.
Shu munosabat bilan G'arbiy Yevropada kolonizatsiya qilish {boshqa yerlarga ko'chib borib uni
egallash) keng tue oldi. XI asrda o'rmonlardagi daraxtlarni kesib yer ochish va bo'sh yotgan
•erlarni ishga solish Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida aktual vazifa bo'lib qoldi.
Bungacha xalq ko'chib borib o'rnash
magan yoki kam o'rnashgan «taqir» yerlarda yangi qishloq va ovullar paydo bo'ldi. Uz
daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo'lgan feodallar bu «ichki kolonizatsiya»ga homiylik
qiladilar. Yangi yerlarga ko'chib borib o'rnashgan odamlar, ba'zan, olis yerlardan qochib kelgan
qaram dehqonlar bo'lib, mahalliy feodallar hali ochilmagan qo'riq yerlarga joylashtirish uchun
ularni bajonu dil qabul qilib olardilar.
«Ichki kolonizatsiya» ba'zi hollarda «tashqi kolonizatsiya» ga aylanadi. Shu jumladan, Yevropa
dehqonlarining birinchi salib yurishlarida qatnashishi bir qism G'arbiy Yevropa dehqonlarining
sharqda yerga ega bo'lib olish va, ayni zamonda, qaram dehqon qaramlikdan ozod bo'lish kabi ba'zy
orzuumidlar bilan bog'langan edi. Kolonizatsiya payti X—XI asrlarda Pirenei yarim orolidagi
ispaniyalik xristian xalqlarning arablarga — mavrlarga qarshi olib borgan kurashida yaqqol
namoyon bo'ldi. Elba daryosining orqa tomonidagi slavyan yerlari hududini nemislar
tomonidan kolonizatsiya qilish ham X—XI asrlarda boshlangan edi.
XVI BOB SALIB YURISHLARI
Salib yurishlarining ta'rifi. Salib yurishlari deganda Yevropa feodallarining XI asr oxiridan
to XSH asr oxirigacha uzoq vaqt davomida Yaqin Sharqda — Suriyada, Falastinda, Misrda, Bolqon
yarim orolida, Kipr orolida va boshqa joylarda olib borgan har'biykolonizatsiya
ekspeditsiyalari ko'zda tutiladi.
Tashqi jihatdan bu ekspeditsiyalar diniy ruhdagi ekspedisiyalar edi, chunki katolik cherkovi bu
kurashni — «butning — yarim oyga» qarshi, xristianlikning — islomga qarshi kurashidir, deb
e'lon qilgan edi; yurishlardan muddao Falastinni «kofirlar» dan xalos qilish va xristianlar
e'tiqodicha, Quddusdagi «Iso payg'ambar qabri»ni xristianlarga qaytarib olib berishdir deb,
rasmiy e'lon etildi. Haqiqatda esa, bu bosqinchilik yurishlaridak iborat bo'lib, ularda
yevropalik ba])oilar na ritsarlar hech tap tortmay, Sharqning shaharlariSH1 taladilar, butui
butun knyazlik (beklik) va qirolliklarni bosib oldilar, o'zlari uchun feodal renta (yer solig`i)sining yangi
soliq to'lovchilariii qo'lga knritdilar. Ammo salib yurishlarida, fsodallardai tashqarp,
jamintnipg boshqa sinflari, jumladan, dehqonlar ham qatnashdilar. Bu hol salib yurishlariga
eidp yalii, ommaviy tue berdn. Zamondoshlarga butun Yevropa harakatga kelganday, xalqlarnnpg
qandaydir' yangi buyuk hijratp 1och bergaiday bo'lib ko'ripdi. Salib harakatining kolkret
sabablarpii bir tekshirib ko'raylik.
Salib yurishlarining sabablari va ularning qatnashchilari.
Salib yurishlarining sabablarini qisman XI asrning ikkinchi yarmida Yaqin Sharqda yuz bergan
o'zgarishlardan, qisman feodal G'arbiy Yevropaning o'zidagi umumiy iqtisodiy taraqqiyot va
keskin ijtimoiy ziddiyatlardan qidirmoq kerak.
XI asrda Sharqda Yevropa feodallarining hujum qilishi uchun juda qulay bir vaziyat maydonga
kelgan edi. Vir vaqtlar qudratli deb hisoblangan Bag'dod xalifaligi 1055 yilga kelib
batamom tarqaldi. Boshqa yirik davlat — Komninlar zamonidagi Vizantiya ham og'ir kunlarni
boshidan kechirmoqda edi. Bolqon yarim oroliga bostirib kirgan pecheneglar Vizantiya
imperiyasiga shimol tomondan hujum boshlagan edilar. Sitsiliya normannlari g'arbdan Vizaltiyaga
xavf solmoqda edilar. Amma yealjuq turklari Vizantiya uchun ayniqsa xavfli edilar, ular Kichik
Osiyoning katta bir qismini bosib olgan va, ayni zamonda, Konstantinopolga qo'shni bo'lgan
Nika shahrini o'zlariga poytaxt qilib olgan edilar. 1071 yilda turklar Mantsinkert shahari
yonida vizantiyaliklarni qattiq mag'lubiyatga uchratdilar. Yangi imperator Aleksey Komnin (1081
yildan idora qila boshlagan edi) garchi turklarning bir necha hamlasini to'xtatgan bo'lsada,
lekin har holda, imperiyaning ahvolini mustahkam deya olmasdi. XI asrning 80 va 90
yillarida u turklarga qarshi yordam berishni so'rab papaga va Germaniya imeratoriga bir necha
bor mo'rojaat etdi. Ilgari yakkayuyagona bo'lgan xristian cherkovi 1054 yildan e'tiboran
ikkita raqib qismga— sharqiy (pravoslav) va g'arbiy (katolik) cherkovlarga qat'iy ajralib
ketgan bo'lsa ham, Aleksey Komnin siyosiy maqsadlarni ko'zda tutib, papa boshchiligida bu
cherkovlarii hatto qaytadan birlashtirishga ham tayyor edi. Shunday qilib, Sharqning ikki eng
yirik davlati — Arab xalifaligi bilan Vizantiya imperiyasi — salibchilarga birorbir jiddiy
to'sqinlik ko'rsatishdan ojiz edilar. Buning ustiga, ulardan biri (Vizantiya hatto Yevropa
feodallarini Sharq mojarolariga aralashishga da'vat etdi. Turklarga kelsak, XI asrning 80 va
90 yillariga keliboq ularning nomustahkam harbiyqabila ittifoqi tarqalib keta boshlagan
edi. Feodallashib borayotgan ayrim turk bekliklari g'arb feodallarining hujumini to'xtata
olmadilar.
Ammo salib yurishlarining, jumladan, birinchi salib yurishining asosiy sababi, axirpirovardi,
G'arbiy Yevropaning o'zidagi ijtimoiy ziddiyatlarning o'tkirlashib ketganligi edi. XI asrda
mayda ritsarlarning ko'pchiligiga yer yetishmas edi. Savdo-sotiq va shaharlarning rivojlanishi
natijasida ehtiyojlarning o'sib borishi munosabati bilan feodallarning mahalliy dehqonlarni
ekspluatatsiya qilishdan oladigan daromadlari ular uchun kifoya qilmaydigan bo'lib qoldi. Juda
ko'p ritsarlar yerdan butkul mahrum qilingan edilar, chunki feodal'larga qarashli yer-mulk va
daromadlar (feod) odatda katta o'g'ilga berilar edi va kichik akaukalar esa otadan qolgan
merosdan biror
narsa olishga haqlari yo'q edi. Sharqdagi yerlarni bosib olish maqsadida u yerlarga yurishlar
qilish bunday ritsarlarning mushkul ahvoldan chiqishlarining birdanbir yo'li edi. Yirik
feodallar (knyazlar va baronlar) o'z sinflari ichidagi mojaro va ixtiloflarning oldini olish
uchun ritsarlarning diqqate'tiborini boshqa narsalarga jalb etish muhimroq edi.
XI asr oxiri — XII asr boshida salib yurishidagi g'oyat muhim masala—dehqonlar masalasi edi.
G'arbiy Yevropaning feodal zulmi natijasida asoratga tushirilgan, ezilgan dehqonlari
dastlabki paytlarda Sharqqa bajonu dil yo'l oldilar. Qaram dehqon qaramlikdan x'alos bo'lish,
qarzlarni tugatish, Sharqdan yer olish umidi (shuni aytish kerakki, dehqonlarning geografik
tasavvuri tamomila xayoliy, amalga oshmaydigan bir tasavvur edi) o'n minglab kishilarning
tug'ilib o'sgan shahar va qishloqlarini tashlab, uzoq yurtlarga ketishga majbur etdi va ularning
ko'plari bu joylarda ochyalang'och qolib, xorzorlikda o'lib ketdi. Dunyoviy va ruhoniy
feodallar dehqonlarning Sharqqa qiladigan yurishini vujudga kelgan og'ir ahvoldan
qutulishning o'ziga xos bir yo'li deb bilardilar. Bu narsa tovarpul muiosabatlari
rivojlanishi bilan feodalkrepostniklik tuzumi keig tarqalayotgan va feodal ekspluatatsiyasi
kuchayib borayotgan bir sharoitda Yevropada dehqonlar urushining to`g`ridan-to`g`ri boshlanib ketish
xavfidan hukmron sinflarii qutqargan bo'lardi. Ko`pdan-ko`p monaxlar va boshqa daydi
voizxonlar dehqonlar orasida targ'ibot yurgizib, ularni Sharqqa yurishdek «ezgu ishda»
qatnashishga da'vat etardilar. Biroq dehqonlar masalaning mohiyatiga darhol tushunib yetmagan
bo'lsalarda, lekin oqibatnatijada, ular gapning nimada ekanligini ochiqoydin payqab
oldilar. Sharqqa qilingan dastlabki ikki yurishda dehqonlar ko'pchilikni tashkil qilgan bo'l
salar, uchinchi yurishdan boshlab ular qatnashmay qo'ydilar. Bundan keyingi salib yurishlarining
hammasida faqat feodallarning o'zlari qatnashdilar. Yevropa qirollari, eng yirik feodallar
(graflar va baronlar), shuningdek, ko`pdan-ko`p ritsarlar Yaqin Sharqda, faqat Arab Sharqidagina
emas, balki Vizantiyada ham yangi feodal davlatlar barpo etish masalasini ochiqdanochiq
ko'zlay boshladilar. Quddus va Falastin masalasi, keyinchalik ularning planlarida ikkinchi
darajali masala bo'lib qolgan edi.
Italiya shaharlari, ayniqsa ulardan ikkitasi — Genuya bilan Venetsiya — salib yurishlarida juda
faol qatnashdilar. Bu shaharlarning flotn salibchilarni Sharqqa tashib olib ,bordi, salib
lashkarlarini oziqovqat mahsulotlari bilan ta'minlab turdi. Bosib olingai hududlarni
taqsimlashda bu har ikki shahar qatnashib, birinchi galda Sharqning portlari va bozorlaripi
o'zlariga monopoliya qilib olishga harakat qildilar. Lekin, shunga qaramay, shaharlar salib
yurishlarida harakatga keltiruvchi asosiy kuch emas edi. Sharqqa qilingan salib yurishlarini
«muqaddas urushlar» deb e'lon etgan katolik cherkovi, tabiiy, bu yurishlardan o'z manfaatlari
yo'lida foydalanishga intildi.
Bu vaqtga kelib papalik zo'r qudratga ega bo'ldi. Dunyoviy hokimiyat bilan olib borilgan
to'qnashuvlarda papa imperatorning o'zini bir necha marta mag'lubiyatga uchratdi1.
Salib yurishlari papalikka ko'pgina real foydalar keltirishi: parchalanib ketgan feodal
Yevropasiga siyosiy jihatdan rahbarlik qilishi, sharqiy «sxizmatiklar»ni, ya'ni sharqiy
pravoslav cherkovining ajralib ketgan xristianlarini Rimga bo'ysundirish uchun, katolik
ruhoniylari katolitsizm mazhabiga o'tkazishni orzu qilgan Sharq musulmonlari orasidagi
missionerlik faoliyati uchun juda katta ionalar to'plashi mumkin edi. Ana shu vajdan, papa
Urban II 1095 yilning kuzidd Janubiy Fransiyaning Qlermon shahrida ko'p kishilik cherkov
yig'inini to'plab, unda so'zgachiqib «kofirlar»ga qarshi kurashmoq uchun Sharqqa jo'nab ketishga
da'vat etdi. Urbanning asosiy da'vati «Iso payg'amba.r qabrini» xristianlarga qaytarib
olib berish va «muqaddas» Falastinni xalos qilishdan iborat edi. Papa salib qat
nashchilarining gunohidan kechishni va'da qildi, shuningdek, u Sharqda salibchilarni
kutayotgan boy o'lja haqida ham ochiqdanochiq aytdi. Yig'inda qisman fransuz, qisman boshqa
mamlakatlardan kelgan minglab ritsarlar hozir bo'ldilar. Feodallarning ko`pdan-ko`p
yig'inlarini o'tkazish faktining o'zi shu narsani yaqqol ko'rsatadiki, papa bosh ko'tarib
chiqmasdan ancha burun ritsarlar orasida keig propaganda olib borilgan va ularnipg bir
qismipi Falastinga salib yurishi o'tkazish planidan maifaatdor qilishga ulgurilgai. Papaiing
bu chiqishi apcha ilgari tayyorgarlik kurila boshlagai ishni tashkiliy va ideologiya jihatdan
rasmiylashtirishdan iborat bo'ldi, xolos. Birinchi salib yurishi. Salib yurishlarining
boshlanishi 1096 yilga to'g'ri keldi. 1096 yilning bahorida Shimoliy va Sharqny Fransiyaning
qisman G'arbiy Germaniyaning dehqonlar ommasp salib yurishi uchun yo'lga tushdi. Qo'yni puch
yong'oqqa to'lgizilgap dehqonlarga monax Pyotr Am`enskiy (Pyotr Pustinnik) va kichik mulkdor
ritsar Val`ter Golyak boshchilik qildilar. Dehqonlar olomoni yomon uyushtirilgan, naridanberi
qurollantirilgap, oziqovqat mahsulotlari bilan muntazam ta'minlapib turplmas
edi. Salibchi dehqonlar tarkibila o'g'irlik va talonchplik qilishdan manfaatdor bo'lgan
betayin, sayoq elementlar ham kam emas edi> Bu hol salibchilar «kofirlar» istiqomat
qiladnpsh yerlarga yetib bormasdanoq ma'lum bo'lib qoldi. Jumladai, salibchilar Reyn
daryosi bo'yidagy shaharlardan o'tib kota turib, u yerlarda (Kyol`nda,i Mayntsda va
boshqa shaharlarda) iogromlar uyushtirdilar. Keyin ular Ven
L
griya va Bolgariya singari mamlakatlar orqali o'tib, bu yerlarda ham talonchilikni davom
ettirdilar. Salibchilar olomoni Konstantinopolga kelib kirgach, imperator ularning
tartibsiz.lik ko'rsatishi va zo'ravonlik. qilishidan xavfsirab, ularni Kichik Osiyo sohiliga
jo'natib yuborishga shoshildi. Kichik Osiyo sohilida salibchilar olomoni tez orada turk qo'shiniga
to'qnash keldi va u salibchilarning ko'pchilik qismini qirib tashladi. Shunday qilib,
salibchilarning Sharqqa qilgan yurishi batamom mag'lubiyatga uchradi.
1096 yilning kuzida ritsarlar, asos'an fransuz va ital`yan ritsarlari, qisman G'arbiy Germaniya
ritsarlari jo'nab ketdilar. Bu yurishga Quyi Lotaringiya gersogi Gotfrid Bul`onskiy boshchilik
qilib, o'zi bilan birga Sharqqa ikkita ukasi — Bolduin bilan Yevstafiyni olib ketdi. Shimoliy
fransuz feodallariga Normandiya grafi Robert hamda Flandriya grafi Robert boshchilik
qildilar, janubiy fransuz feodallari Tuluziya grafi Raymundni o'zlariga yo'lboshchi qilib
oldilar." Janubiy fransuz yepiskoplaridan biri, papa tomonidan cherkov vakili (legati) qilib
tayinlangan yepiskop Ademar ham ularga hamroh bo'ldi. Tarentiya gersogi Boemund janubiy
Italiya feodallariga boshchilik qildi, jiyani graf Tankred unga hamrohlik qildi.
Ritsarlar ham Sharqqa Konstantinopol` orqali ketgan bo'lsalarda, lekin turli yo'llar bilan
bordilar. Ba'zilari Pyotr Am`enskiy rahbarligidagi dehqonlar otryadlari bosib o'tgan eski
yo'ldan, ya'ni ReynDunay daryolari bo'yidan bordilar. Boshqa otryadlar Shimoliy Italiya orqali
o'tib, so'ngra Bolqon yarim orolidan Adriatika dengizi sohili bo'ylab ketdilar. Uchipchi
otryadlar, butun Italiyani bosib o'tib, keyin Kalabriyadan kemalarga tushib Bolqon yarim oroliga
qarab ketdilar na bu yerdan Kopstaptipopolga bordilar. Birinchi yurishda jami bo'lib 30—40
mipgtacha ritsar qatnashdi. Ammo ular huzurida ko'pgina yarog'bardorlar, xizmatkorlar, har
qanaqangi savdogarlar bor edi; birinchi salib yurishidan omon qolgan dehqon lashkarlari ham
ritsarlarga kelib qo'shildilar.
1097 yil bahoridagina Konstantinopolga batamom yig'ilib bo'lgan feodalsalibchilar Vizantiya
imperatoriga qasamyod qilishdan bosh tortib, uzoq vaqtgacha qaysarlik qilib yurdilar.
Salibchilar Sharqda turklardan urushib olinadigan yerlarni Vizantiyaga beramiz, dsb imperator
oldida va'da berishni sira istamas zdilar. Nihoyat ritsarlar zimdan va'dalarining ustidan
chiqishni o'ylamasalarda, har qalay qasamyod qildilar.
Shundan keyingina, 1097 yil yozida, ritsarlar lashkari Kichik Osiyoga o'tkazib yuborildi. Bu yerda
salibchilar Dorileya yonida bo'lgan jangda turklarni majaqlab tashladilar, shundan keyin ular
janubi-sharqqa, Falastin tomonga qarab ketdilar. Chidab bo'lmaydigan jazirama issiqda tog'lik
yo'llardan o'tish ular uchun g'oyat mashaqqatli bo'ldi. Salib qatnashchilari ning ko'plari yo'lda
halok bo'ldi. Agar salibchilar Shimoliy Suriya chegarasida ittifoqchilarga duch kelmaganlarshxa,
bu yurish tamomila barbod bo'lgan bo'lur edi. Bu ittifoqchilar armanlar bo'lib chiqdi. Qichik
Armaniston deb atalgan o'lka (Kilikiyada) salibchilar yordamidan manfaatdor edi, chunki u
Vizantiya bilan ham, turklar bilan ham g'oyat darajada dushmanlik munosabatida edi. Yevropa
feodallaridan biri — Balduin (Gotfridning ukgyi) tez orada Edessa knyazi, boshqasi — Suriya
bilan Mesopotamiya chegarasidagi Armaniston koloniyasining knyazi bo'lib oldi. Salibchilarning
Edessani bosib olishi strategiya jihatidan muhim edi, chunki Edessa Suriya bilan Falastinni
shimol tomondan turklar hujumidan qo'riqlab turardi. 1098 yil yozida salibchilar «Sharq
poytaxti»—Antioxiyani bosib oldilar, Boemund Tarenskiy Antioxiyaga knyaz bo'lib oldi. Uchinchi
yirik feodal — Raymund Tuluzskiyga Tripoli mintaqai (Antioxiyaning janubida) tegdi. Nihoyat,
1099 yil yozida salibchilar Quddusga yetib bordilar. 1099 yilning 15 iyulida ular shturm bilan
Quddusni qo'lga kiritdilar. Salibchilar shaharni qattiq taladilar va uning aholisining katta
qismini, musulmonlarni ham, xristianlarni ham ayamay vahshiylarcha qirib tashladilar. Bu
istilolar natijasida salibchilar O`rta dengizning butun sharqiy sohilini, ya'ni ilgarigi
Finikiya, Suriya va Falastinni egalladilar. Quddus, Antioxiya, Tripoli, Edessa, Tir, Sidon,
Akra shaharlari ularning qo'liga o'tdi. Salibchilarning shimoldan janubga tomon tor mintaqa
bo'lib cho'zilib ketgan mulklarining uzunligi 1200 km ga yetar edi.
Quddus qirolligi. Salibchilar bosib olingan hududda o'z davlatlarini tuzdilar. Bu
davlat Quddus qirolligi deb ataldi. Bu davlatga dastlab Gotfrid Bul`onskiy qirol qilib
saylandi, ammo Quddus qirolligi Balduinning vorislari zamenila (ISK)—1118) qat'iy
rasmiylashdi. Balduin Edessa knyazligini Balduin Bursheskiy degan boshqa feodalga berdi.
Quddus qirolligi o'ziga xos «namunali» feodal davlati edi. Yevropaning hech bir joyda,
Sharqdagidek, feodal iyerarxiyasi printsipi bu qadar izchillik bilan amalga oshirilmagan edi.
Falastinni bevosita idora etgan Quddus qirolligidan tashqari, shu qirollikning vassal
davlatlari sifatida yana uchta yirik kpmzlik: Antioxiya knyazligi, Tripoli va Edessa
grafliklari bor edi. Bularning har biri ma'lum miqdorda baronliklarga, baronliklar esa o'z
navbatida ritsarlik lenlarga bo'linpsh eli.
Quddus qirolligida maxsus feodal konstitutsiyasi tuzilib, u kichik feodallarning o'z senyor
baronlariga va baron ham knyazlarning qirolga pisbatan bo'lgan munosabatlarini yo'lga solib
turadigan bo'ldi. Nu konstitutsiya Quddus assizlari deb nom oldi. Assizlarda ritsarning bir
yilda necha kun urushda xizmat qilib berishi belgilapgan edi. Feodallarning meros
qoldirish tartiblari belgilandi. Assizlarga muvofiq, qirol hokimiyati saylab qo'yyladigan va
cheklangan hokimiyat edi. Qirolni eng katta feodallar kengashi saylar edi, bu kengash Oliy
palata deyilardi. Oliy palata, ayni zamonda, feodallarning da'vo va bahslarini teqshirib
hal etuvchi oliy sud hisoblanardi. Knyaz va baronlarning bu palatasidan tashqari, qirol
o'ziga birorta ham muhim qaror qabul qila olmasdi.
Quddus qirolligidagi barcha yer-mulklar harbiy xarakterga ega bo'lib, ya'ni feodallardan
iborat edi. Shunday qilib yevropaliklar Sharqda feodal munosabatlar ko'zga yaqqol tashlana
digan, klassik formadagi davlat barpo etdilar.
Biroq Sharqda barpo etilgan yangi davlat mustahkam emas edi. Qirol hokimiyati zaif edi.
Ritsarlar o'zboshimcha va intizomsiz edilar. Mahalliy aholi zolim «franklar»ni yomon ko'rardi
(Sharqda barcha yevropaliklarni fransuzlar nomi bilan ana shunday deb atardilar). Ritsarlar
hatto qishloqlarda mahalliy aholi orasida yashamas ham edilar. Ular shaharlarda, qisman
yangidan qurilgap qasrlarda istiqomat qilib, hech qanaqa ro'zg'or (xo'jalik) yuritmasdilar va
faqat dehqonlardan olinadigan pul renta (yer solig`i)si bilangina tirikchilik o'tkazardilar. G'arbning
katolik ruhoniylari kattagina yer-mulklarga ega bo'ldilar. Quddusning lotin (katolik)
patriarxi qirollikda qiroldan keyin ikkinchi shaxe hisoblanardi. Salibchilarning istilolari
natijasida Italiya shaharlari katta-katta foydalar ko'rdi. Genuyaliklar bilan venetsiyaliklar
Suriya va Falastindagi butun savdo-sotiq ishlarini o'z qo'llariga kiritib olib, arablar bilan
vizantiyaliklarni ikkinchi o'ringa surib qo'ydilar. Shahar atrofidagi yer-mulklarning bir
qismini ham ana shu genuyaliklar bilan venetsiyaliklar oldilar. Feodallarning aksicha, Italiya
shaharliklari o'z qo'llariga kiritib olgan yerlarda xo'jalik bilan shug'ullanadigan bo'ldi.
Shaharliklar bu yerlarda eng qimmatli ekinlar (paxta, shakar qamishi, zaytun o'simligi va h.
k.) plantatsiyalari barpo etib, ko'proq ishchi kuchi sifatida qullardan foydalanardilar.
Diniyritsarlik ordenlari. Salibchilar Sharqda mudofaani tashkil qilmoq uchun o'ziga xos doimiy
qo'shin tuzishga majbur bo'ldilar.
1099—1100 yillarda birinchi salib yurishi tamom bo'lgandan keyin ritsarlarning bir qismi
Yevropaga qaytib ketdi. Falastinda hammasi bo'lib bir necha ming ritsar qoldi, xolos. Shundan
keyin bu ritsarlarga yordam tariqasida diniyritsarlik ordenlari barpo etildi. Bular ayni
bir vaqtda ham monaxlar, ham ritsarlar bo'lib xizmat qildilar. Ularning maxsus monaxlik
ustavi va ayni zamonda, alohida diniy va harbiy boshliqlari — ordenlarning magistrlari bor
edi. Ordenlar •bevosita papaga bo'ysunardi. «Ritsarbirodarlar» ritsarlik yarog'aslahalari
ustidan alohida monaxlik plashlari — mantiyalari1 kiyib yurardilar. Ammo qolganlari chinakam
ritsarlar bo'lib, ular odatda harbiy ta'lim kurgan, ajoyib chavandoz hamda qilich va nayzani
mohirona ishlata biladigan kishilar edi. Odatda bu odamlar ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan
ko'proq ritsarlar oilasiga mansub shaxslar edi. Falastinda va Yevropaning turli mamlakatlarida
ordenlarni yer-mulklari bo'lib, ular shu yer-mulklardan keladigan daromadlar hisobiga
yashardilar. Sharqda uchti orden tashkil etildi. 1119 yilda birinchi bo'lib. tamplierlar yoki
ibodatxona ahllari (fransuzcha temple — ibodatxona degan fransuz ordeni tashkil bo'ldi, chunki
orden binosi, rivoyatlarga ko'ra, qachonlardir podsho Salomonning qadimiy yahudiylar
ibodatxonasi joylashgan hududda bo'lgan. Tamplierlar ordeni tashkil bo'lgandan keyin,
tez orada shunga o'xshash, gospital`erlar yoki ionnitlar (o'z homiysi avliyo Ioann sharafiga)
degan ital`yan ordeni bunyodga keldi. Dastlabki paytlarda gospital`yerlar haqiqatan o'z
oldilariga ziyoratchilar davolanadigan gospitallarda — kasalxonalarda xizmat qilishni maqsad
qilib qo'ygan edilar. Keyinroq 1190 yilda nemislarning uchinchi bir ordeni ta'sls etilib, u
Nem i s yoki Tevton ordeni deb ataldi. Bu orden boshqa ordenlardan ancha keyinroq barpo
etilib, u Falastinda uncha uzoq turmadi. XIII asr boshida Tevton ordeni Yevropaga ko'chib o'tib,
Quyi Visla daryosi qirg'og'ini o'ziga makon qilib tanlab oldi, polyak feodallari mahalliy
«majusiylar»ga —"prusslarga qarshi kurashish uchun Tevton ordenini bu yerga taklif etgan
edilar. Tevton ordeni Prussiyani istilo etib va shuning oqibatida «Tevton» ordeni degan nom
o'rniga «Pruss» ordeni degan nom olib, u Boltiq bo'yida anchagina baquvvat davlatga aylandi
va keyinchalik Pol`sha qirolligpning o'zining mustaqilligiga jiddiy xavf tug'dira boshladi.
Ikkinchi va uchinchi salib yurishlari. Biroq Quddus qirolligi diniyritsarlik ordenlari
tarzidagi qo'shimcha kuchga ega bo'lishiga qaramay, uning ahvoli juda nochor edi. XII asrning 30
—40 yillarida Quddus qirolligi eng kuchli qirollikka aylangap edi. Ammo 1144 yilga kelib
uning yerlarining anchagina qismini (Kichik Armaniston va Edessani) turklar bosib oldi.
Quddus qiroli turklarga qarshi Yevropadan yordam berish uchuv yangi ritsarlarni chaqirishni so'rab
papaga murojaat qildi. Bunga javoban, 1147—1149 yillarda ikkinchi salib yurishi uyushtirildn.
Ikkinchi salib yurishida fransuz qiroli Lyudovik VII va germap imperatori Konrad III ham
qatnashdilar. Lekin yurishga tortilgap harbiy kuchlar ancha ko'p bo'lishiga qaramay, bu yurish
butuplan muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Salibchilar Quddusga xavf solayotgan Damashqni
qo'lga olmoqchi bo'ldilaru, lekin uddasidan chiqa olmadilar. Quddus qirolligining
ahvoli yaxshilanmadi. XII asrning ikkinchi yarmida uning ahvoliyana. battar yomonlashdi.
Salibchilar Quddus shaharining o'zini qo'ldan boy berib qo'ydilar. Kurdlardan chiqqan sulton
Salohiddin boshliq turklar 1187 yilda Quddusni bosib oldi. Salohiddin (1171—1193)
markazi Misr bo'lgan katta davlat barpo> etdi. U butun Misrni, Suriyaning bir qismini,
Mesopotamiyaning bir qismini egalladi va Quddus qirolligini batamom tugatishga harakat
qildi.
Salohiddinga qarshi Yevropada yangi, uchinchi salib yurishi (1189—1192) tashkil qilindi. Uchinchi
salib yurishi keng o'ylanilgan tadbir edi. Bunda Yevropaning uchta davlati: fransuz, ingliz va
german davlatlari qatnashdi. German imperatori bu vaqtgacha Italiyada ko'pgina urushlar olib
borgan, Shtaufenlar dinastiya (sulola)siga mansub bo'lgan mashhur Fridrix I Barbarossa edi1. Ammo
Barbarossa Suriyaning tog' tagidan oqib o'tadigan daryosidan kechib o'tish paytida 1190 yilda
suvga g'arq bo'lganligi uchun Falastingacha yetib bora olmadi. Qiroldan judo bo'lgan nemis
otryadlariniig katta qismi Yevropaga qaytib ketdi. Boshqa ikki qirol — fransuz qiroli Filipp
II Avgust bilan ingliz qiroli Richard I Sher yurak birbirlariga azaldan dushman edilar. Ular
Falastinga u qadar hamjihatlik bilan harakat qilmadilar. Har ikki qirolning biri
ikkinchisiga ishonmasdi.
Richard I Sharqdagi urushda eng faollik ko'rsatdi. U avvalo katta Kipr orolini bosib ola
bildi, shundan so'ng ingliz qo'shinlari fransuz qo'shinlari bilan birgalikda O`rta dengiz
sohilidagi muhim Akra qal'asini qamal qildilar (1191 i.). Akra ittifoqchilar tomonidan
olindi. Lekin, shundan so'ng, Filipp II Avgust Falastinni tashlab o'z yurti — Fransiyaga qaytib
ketdi. Richard Falastinda yana bir yil turib qoldi. Yaffa yonidagi jangda (1192 yil avgust)
Richard Salohiddinga jiddiy zarba berdi. Lekin Quddusni olishga muyassar bo'lolmadi. U
Salohiddin bilan shartnoma tuza oldi. Bu shartnomaga ko'ra yevropalik ziyoratchilar
xristianlarning muqaddas shaharlari hisoblangan QudDus, Vifleem, Nazaret va boshqa joylar
ga bemalol boradigan bo'ldilar.
Uchinchi salib yurishining eng muhim natijasi, yuqorida eslatib o'tilgapidek, Kipr orolining
G'arbiy yevropaliklar tomonidan istilo etilishi bo'ldi. Keyinchalik Quddus qiroli o'z saroy
ahllari bilan birga Akradan bu yerga ko'chib keldi. Salibchilarning barcha yer-mulklari ichida
Kipr qirolligi eng mustahkam qirollik bo'lib chiqdi. Bu qirollik XV asrning ikkinchi
yarmigacha, ya'ni 250 yil yashadi.
To'rtinchi yurish. Vizantiyaning istilo etilishi. XIII asrning boshlarida papa Innokentiy III
Yevropani yangi salib yurishiga da'vat etdi. Bu to'rtinchi salib yurishi edi (1202—1204). To'r
tinchi salib yurishi o'ziga xos yurish bo'lib, u boshqa salib yurishlariga nomi jihatdangina
aloqadar bo'lsada, lyokin u butun salibchilik harakatining bosqinchilik mohiyatini ro'yirost
ochib bergan yurish bo'ldi. To'rtinchi yurish qatnashchilari hatto Falastingacha xam yetib bora
olmadilar. Salibchilar bu safar turklarga yoki boshqa musulmonlarga qarshi yurish qilmay, balki
xristianlar"Vizantiyasiga yurish qildylar. To'rtinchi yurish tarixida venetsiyaliklar ayniqsa
katta rol o'ynadilar, ular yurish marshrutining o'zini ham o'zgartirib yubordilar.
Salibchilarning feodal rahbarlari dastlab TurkiyaMisr sultoniga qarashli Misrga yurish
qilishni mo'ljallagan edilar. Misr bilan foydali savdo-sotiq olib borgan, lekin Vizantiyani
kuchsizlantirishdan manfaatdor bo'lgan Venetsiya, salibchilarni dastlabki niyatlaridan qaytarib,
o'zining savdo raqibi va konkurenti Konstantinopol` ustiga yurish qilishga yo'lladi.
Angellarning yangi Vizantiya dinastiya (sulola)si ichidagi alg`ov-dalg`ovlardan foydalangan
(Komninlardan keyin 1185 yildan idora qila boshlagan edi) salibchilar 1204 yilda
Konstantinopolni bosib olib, Bolqon yarim orolining janubiy qismida Lotin imperiyasi degan
yangi davlat barpo etdilar. Quddus korrlligi singari, bu davlat ham tipik feodal davlat
edi. Shimoliy fransuz feodali, Flandriya grafi Balduin imperiyaga boshliq qilib qo'yildi.
Imperiya tarkibila bir nechta yirik vasallik mulklari: Fessalopika qirolligi, Afina
gersogligi, Axeyya knyazligi va boshqalar bor edi.
Vizantiyadan ko'i miqdorda yer-mulklarni: Qonstantinopolning bir qismini, Gallipol` shahrini,
Egey dengizidagi ba'zi orollarni, Ioniya orollarini, Krit orolini, Peloponnesning
janubi:g'arbiy qismini Venetsiya oldi. Vizantiyani istilo etishda eng katta rol o'ynagan
Venetsiya doji Enriko Dandolo «Romeya (Vizantiya) imperiyasining sakkizdan uch qismining hokimn
dstan rasmiy nom oldi»1.
«Lotin», ya'ni G'arbiy Yevropa feodallari Vizantiyaning mahalliy aholisini ayovsiz taladilar va
ekspluatatsiya qildilar. Venetsiya Konstantinopolda, Bolqon yarim orolida va O`rta depgiz
sharqiy qismining ko'pgina orollaridagi butun savdo-sotiq ishlarini o'z qo'liga kiritib oldi.
Ammo Vizantiyaning ba'zi mulklari o'z mustaqilligini saqlab qoldi. Qichik Osiyoning g'arbin
sohilida savdo-sotiq ishlarida muhim o'rin tutgan greklarnnig Nikeya imperiyasi bu mulklar
orasida eng

kuchlisi hisoblanardi. Kichik Osiyo shimolidagi imperiyaning bir qismi Trapezund mustaqil


bo'lib qolaverdi. Bolqon yarim orolida Epir mustabidligi (knyazligi), Lotin Amerikasi na
zaridan tashqarida qoldi.
Vizantiyaning istilo etilmagan uchta hududidagi eng yirik Nikeya imperiyasining
imperatori Mixail VIII Paleolog lotinlar zulmi ostida yashagan greklarning xayrixohligiga
tayanib, 1261 yilda Koystantinopolni bosib oldi va u yerdan yevropalik feodallarni haydab
yubordi. Vizantiya imperiyasi ana shu tariqa qaytadan tiklandi. Lekin qaytadan tiklangan
Vizantiya endi kuchsizlanib qolgan davlat edi. To'rtinchi salib yurishi buyuk davlat bo'lgan
Vizantiyani yo'q qildi. Vizantiya qayta tiklangandan keyin uning Bolqon yarim orolidagi va
Kichik Osiyoning kambar qismidagi mulklarining anchamunchasi cheklanib qolgan edi. To'rtinchi
salib yurishi boshlanishidan burunroq, Vizantiyaga qaram holda yashagan bolgarlar 1186— 1187
yillarda uning zulmidan xalos bo'lgan edilar. Serbiya mulklari ham taxminan shu vaqtlarda
Vizantiyadan ajralib chiqqan edi.
So'nggi salib yurishlari. Hammasi bo'lib sakkiz marta salib yurishlari bo'ldi. Lekin dastlabki
to'rtta salib yurishi eng muhim deb hisoblanadi. Keyingi to'rtta salib yurishida kishilar uncha
ko'p qatnashmagan, shuningdek, umumevropa xarakteriga ega bo'lmagap yurishlar edi. Bu yurishlarda
ayrim podsholar va alohida mamlakatlar ishtirok etgan edi. Beshinchi yurish (1217—1221)piit
shupisi qiznqki, uning tashkilotchilari to'rtinchi yurish qatpashchilarining dastlabki plapini
qandaydir amalga oshirmoqchi bo'ldilar. Beshinchi salib yurishi qatnashchilari dastlab Falastinda
urush harakatlari olib bordilar, keyin ular bu urush harakatlarini Misrga ko'chirdilar.
Salibchilar Misrda Damietta shahrini bosib oldilar, lekin keyin muvaffaqiyatsizlikka uchrash
natijasida o'zlari qo'lga kiritgan Nil vodiysining bir qismini bo'shatib chiqishga majbur
bo'ldilar. Falastinda urush harakatlari olib borilgan dastlabki bosqichda Vengriya qiroli
Andrey II katta rol o'ynadi.
Oltipchn yurish (1228—1229) Fridrix I Barbarossaning nevarasi —¦ Fridrix II Shtaufenning
Sharqqa qilgan yurishi edi. Ammo bu safar ham birorbir arzigulik keng urush harakatlari olib
borplgapn po'q. Fridrix II kuch ishlatib emas, balki ko'proq diplomatii yo'l bilan Quddusni va
boshqa ba'zi bir shaharlarni qaptarib olishga muyassar bo'ldi. Ammo tez orada (1244 yilda)
turklar Quddusni yana qaytarib oldilar va xristianlar uni endn bmtamom qo'ldan chiqardilar.
Yettinchi va sakkpzinchi salib yurishlari fransuz qiroli Lyudovik IX tomopidan uyushtirilib, ular
fransuzlarning Shimoliy Afrikadagi tl'siripi mustahkamlamoqchi bo'lgan edilar. Lyudovik IX
ham yettinchi yurishda (1248—1254) Misrga hujum qildi, lekin bu hujum yapa muvaffaqiyatsiz
chiqdi. Uning o'zi
asir tushib qoldi va bu asirlikdan qutulish uchun katta haq to'lashi lozim bo'ldi.
Fransuzlarning bundan keyingi(1250 yyldan boshlab) qilgan urush harakatlari ham hech qanaqa
natija bermadi.
Sakkizinchi yurishda (1269—1270) Lyudovik Tunis shahrini qamal qilish uchun zo'r berib kuch
to'pladi, bundan muddao Afrikada urush harakatlarini yanada davom ettirish uchun tayanch
bazasiga ega bo'lish edi. Ammo Tunisni qamal qilish paytida fransuzlar lagerida o'lat kasali
boshlanib, ko'plar qatorida qirolning o'zi ham halok bo'ldi. Bu yurish yevropaliklarning so'nggi
yirik harbiy ekspeditsiyasi bo'lib, u salibchilik harakati bayrog'i ostida Yaqin Sharqdagi
musulmonlar joylashgan hududlarni bosib olishni maqsad qilib qo'ygan edi. Shundan keyin
Sharqqa qilinadigan yurishlar to'xtadi. Salibchilarning yer-mulklari birin-ketin qisqarib,
turklar qo'liga o'ta boshladi. 1268 yilda turklar Antioxiyani, 1289 yilda — Tripolini, 1291
yilda — Akrani oldi. XV asrning ikkinchi yarmida Kipr oroli venetsiyaliklar qo'liga o'tdi.
Salib yurishlarining ahamiyati. Harbiy ekspeditsiyalar sifatidagi salib yurishlari batamom
muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Yevropa feodallari Sharqda mustahkam davlat barpo eta
olmadilar. Istilo qilipgan deyarli barcha hududlarni qoldirib ketishga to'g'ri keldi.
Ritsarlar Sharqni tashlab chiqib ketdilar. Bir qancha sabablar shunga majbur etdiki, Yevropa
feodallarida yangi salib yurishlari uyushtirish ishtiyoqi qolmadi. XIII asr oxiriga kelib,
Yevropada siyosiy vaziyat tamomila o'zgardi. bujudga kelgan milliy davlatlar birbirovlari
bi. lan shiddatli va uzoq davom etgan urushlar boshlab yubordilar; ritsarlar o'z harbiy
hunarlarini Yevropaning o'zida ham qo'llanish imkoniga ega bo'ldilar. Ikkinchi tomondan, ishlab
chiqarnsh kuchlarining o'sishi va tovarpul muposabatlarining yanada rivojlanishn bilan ritsarlar
o'z ds'hqoplaripi ishlatib katta-katta daromadlar oladigan bo'ldilar, ritsarlarning bir qismi
(masalan, Angliyada) qishloq xo'jaligi bilan tunu kun shug'ullana boshladi. Yaqin Sharq, aksincha,
bu vaqtda salibchilar tomonidan talangan va xarob etilgan edi. XIII asrda mo'g'ullarning
O`rta Osiyoga bostirib kirishi Yaqin Sharqning ahvolini yana battarroq yomonlashtirib, Hindiston
va Xitoy bilan savdo-sotiq aloqalarini qiyinlashtirib qo'ydi. Shunday qilib, G'arbiy Yetsropa
feodallari nazarida Sharq ham o'zining avvalgi jalb qiluvchi kuchipi yo'qotib qo'ygan edi. Salib
yurishlari bu feodallarning havasipi keltirmaydigap bo'ldi.
Harbiy muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, har qalay, salib yurishlarining G'arbiy Yevropa
taraqqiyoti uchun ahamiyati g'oyat katta bo'ldi. Avvalo, salib yurishlari O`rta dengiz bo'yi mam
lakatlarida Yevropa savdosotig'ining rivojlanishiga yordam berdi. Bu salib yurishlari
natijasida arab va vizaitiyalik savdorgarlarning Yaqin Sharqdagi savdo monopoliyasi qattiq
zarbaga uchradi va bu yerlarda Italiya, janubiy Fransiya va sharqiy Ispan (Kataloniya) shaharlari
gegemoniyasi o'rnatildi. Endilikda bu shaharlar Sharq bilan Yevropaning qolgan qismi o'rtasida
vositachilik rolini o'ynaydigan bo'ldi. Salib yurishlari vaqtida G'arbiy Yevropaning Sharq bilan
savdo-sotiq aloqalari muntazam bir yo'lga tushgan edi. Levantiya savdosi (Yevropada uni
shundaydeb atardilar) G'arbiy Yevropa ekonomikasining uzviy bir qismi bo'lib qolgan edi.
Salib yurishlarining boshlarida Sharqda,n keltiriladigan tovarlar miqdori shu yurishlar oxiriga
kelib o'n marta ko'paydi. Venetsiya bilan Genuya O`rta dengizning sharqiy yarmigacha, to Shimoliy
Qora dengiz sohiligacha kirib bordilar va u yerlarda ko`pdan-ko`p savdo faktoriyalari barpo
qildilar.
So'ngra, salib yurishlar yevropaliklarning Sharqning sanoat va qishloq xo'jalik texnikasi bilan
tanishishlariga imkon berdi. Yevropaliklar shu davr ichida Sharq to'qimachilik va metallurgiya
ishlab chiqarishining, bo'yoqchilik ishyning, atirupa va dorivorlar tayyorlash ishyning ko'pgina
usullarini o'rgandilar, shuningdek, grechixa, shafran (za'far), sholi va boshqa qishloq xo'jalik
ekinlarini Yevropaga olib ketdilar.
Sharq maishiy masalada yevropaliklarga katta ta'sir ko'rsatdi. Ritsarlar Sharqning nozik
odatlarini, saroy mulozamat («nazokati») qoidalarini o'zlashtirib oldilar, o'zlarining badan,
yuz, sochlarini yaxshilab parvarish qiladigan bo'ldilar. Vannalarda va yaxshi jihozlangan
hammomlarda yuvinish o^at tusiga kirdi. Ritsarlik qasrlarida va shahar xonadonlarida Sharqdan
keltirilgap ajoyib yangi shaxmat o'yini paydo bo'ldi.
Sharq bilap yaqip aloqa qilish natijasida yevropaliklarning saviyasi sezilarli darajada
kengaydi. Sharqda madaniy xalqlar bor ekanligini ilgari ular xayollariga ham keltirmagan
edilar. Dag'al diniy fanatizm (mutaassiblik) ideologiyasini qurol qilib olib salib yurishlar
boshlagan ko'pgina g'arbiy yevropalik feodallar va savdogarlar Sharq hayoti bilan
tanishgaplaridan keyin, boshqa dinlarga anchamuncha yo'l qo'yadigan bo'ldilar. Yevropaliklar
xristian dinini musulmon dini bilan taqqoslab ko'rib, xristian dinining o'ziga va xususan
salib yurishlarp davrida o'rta asr papaligi tomonidan bevosita amaldn qo'llanilgan teokratizm
ideyaga nisbatan ba'zi bir taiqidiy «idisha va mulohazalarga kela bildilar.
Ammo salib yurishlarining G'arbiy Yevropaga ko'rsatgan ta'siri hyaqidi pshirilar ekan, Arablar
Sharqining madaniyati salib yurishlarndan tashqari, boshqacha yo'llar bilan, jumladan, Ispanii
orqpli Yevropaga o'tib kirganligini ham unutmaslik kerak. Ispaniya arablari yoki mavrlar
G'arbiy Yevropaniarab madaniyatiippg bir qancha juda muhim tomonlari bilan tanishtirgan
edilpr. Np.chaitiyaning butun o'rta asr davomida Italiya, ayniqsa Venetsii orqali ko'rsatgan
ta'siri bilinib turardi. Ikkinchi tomopdai, G'arbiy Yevropaning o'zi XI—XIII
asrlar davrida o'zining ishlab chiqaruvchi kuchlarining o'sishi jarayonida yangi ijtimoiy, siyosiy
va madaniy formalar yaratdiki, salib yurishlari bu formalarning rivojlanishiga faqat bilvosita
ta'sir ko'rsatishi mumkin edi, xolos. Chunonchi, dehqonlarning qaram dehqon qaramlikdan ozod
bo'lishi, markazlashgan davlatlarning rivojlanishi, shaharlarning ravnaq topishi Yevropadagi
tarixiy taraqqiyotning o'ziga xos jarayonidan boshqa narsa emas edi. Salib yurishlari keyingi
o'rta asr Yevropasi hayotidagi bu eng muhim hodisalarning rivojini tezlatdi, xolos.
XVII BOB
O'RTA ASR YEVROPASIDA SHAHARLARNING YANADA RIVOJLANISHI (XII—XV ASRLAR)
XII—XV asrlarda shaharlarning ravnaq topishi. XII—XV
asrlarda G'arbiy Yevropada shaharlarning ravnaq topganligi ko'rildi. Bu davrda shaharlar qo'shni
feodallar bilan qattiq kurash natijasida erkinlikni qo'lga kiritdilar. Shahar hunarmandchilik
ishlab chiqarishi mustahkamlanib, hunarmandlik sexlari tarzida o'ziga xos tashkiliy bir
formaga ega bo'ldi. Savdo-sotiq Yevropaning janubidan shimoliga va g'arbidan sharqiga yoyilib,
keng tue oldi. Shaharlararo va xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi katta iqtisodiy kuch va
siyosiy ta'sirga ega bo'lgan gil`diya va ganzalar tarzida maxsus savdogarlar ittifoqlarining
tashkil topishiga sabab bo'ldi. Savdosudxo'rlik va ayirboshlash operatsiyalarining rivojlanishi
asosida banklar maydonga kela boshladi. Shaharlar qishloqqa tobora ko'proq ta'sir ko'rsatib,
qaram dehqonlik tuzumining yemirilishini tezlashtirdi va qaram dehqon dehqonlarning tezroq ozod
bo'lishiga yordam berdi. Nihoyat, Yevropaning turli mamlakatlarida markazlashgan millim
davlatlarni vujudga keltirish jarayonida shaharlar juda muhim rol o'ynadilar, qirollarning
feodal tarqoqlikka qarshi olib borgan kurashlarida juda zo'r ko'makdosh bo'ldilar.
'Shaharlarning senyorlarga qarshi kurashi. Shaharning o'zinio'zi idora qilish turlari. Shaharlar
yashay boshlagan ilk davrda ular, odatda, qo'shni feodallarga qaram edilar. Shaharlar odatda
senyorlar tayin etgan gumashtalar tomonidan boshqarilar edi. Hamma joyda shahar hatto bitta
feodalga emas, balki bir yo'la bir necha feodalga qarar edi. Masalan, Fransiyaning shimolidagi
Am`en shahri ayni vaqtda to'rtta senyorga qarar edi. Shuningdek, Fransiyaning janubidagi ko'hna
Rim shahri Arlga bir vaqtda to'rtta feodal xo'jayinlik qilardi. Biroq shaharlar o'z ishlab
chiqarishini rivojlantirib, iqtisodiy jihatdan mustahkamlangandan hamda sex va gil`diyalarga
uyushganlaridan keyin ular senyor hukmronligidan xalos bo'lish uchun kurash boshladilar.
Ba'zan shaharliklar katta pul to'lab, o'zlarini senyorlardan qutqazdilar. Ammo ¦faqat
eig boy shaharlargina shunday qilardi. Chunonchi, Fransiyaning janubidagi shaharlar ana shunday
yo'l bilan xalos bo'lgan. U qadar boy bo'lmasa ham, ammo hunarmand aholisi
mustahkam uyushgan shaharga ko'proq kuch ishlatib o'z erkini qo'lga kiritishga to'g'ri
kelardi. Bu jihatdan shimoli-sharqiy •fransuz shaharlari feodallar bilan qattiq kurashning
juda yorqin namunalarini ko'rsatdilar. Bu yerda XI asr oxiridan e'tiboran va XII asr
mobaynida qo'zg'olonlar ko'tarish yo'li bilan 40 ga yaqin shaharlar senyorlardan ozod
bo'lib, ular erkin shaharlar yoki sh a h a r l a rk ommunalar huquqini oldilar. Fransuz
qirollari dastlab kimni quvvatlash — ¦feodallarnimi yoki shaharlarni quvvatlash kerakmi degan
masalada ikkilanib qolgan zdilar. Ammo yirik feodallarga qarshi kurashishda shaharlar
qirollarning muhim tayanchi ekanligini tez orada qirollar tushunib yetdilar. XII asr
o'rtalaridan e'tiboran qirol hokimiyati bilan kommunalar o'rtasida mustahkam ittifoq
o'rnatildi. Shaharkommunalar yiliga qirolga muayyan bir miqdorda pul to'lar va uning urushlar
olib borishi uchun qo'shinlarning kichik bir otryadini yuborardilar. Shaharkommunalarning qirolga
qaramligi ham ana shu bilangina chegaralanar edi. Kommunalar qirolning kollektiv
vassallariga o'xshab ketardi. Ular ichki idora ishlarida to'la avtonomiyadan foydalanardilar.
Qommunalarning saylab qo'yiladigan shahar kengashi va sudlari, o'z shahaf qo'shini, o'z bayrog'i
bo'lardi. Keyinchalik, XIV asrda, qirol hokimiyati kommunalarning huquqlarini asta-sekin
cheklab qo'ydi. Ammo boshqa mamlakatlarda kommunalar bundan keyin ham o'z mustaqilliklarini
kuchaytira berdilar. Masalan, Italiyada III asrda imperator hokimiyatining inqirozga
yuz tutganligi tufayli kommunalar •chinakam shaharrespublikalarga aylandi.
Germaniyadaham xuddi ana shunday bo'ldi. Germaniyada zrkin imperiya shaharlari butun o'rta asr
davomida amalda mustaqil shahar respublikalari bo'lib saqlanib qoldilar. Ispaniya
Kastiliya'shaharkommunalari o'z erkinliklarini xiyla uzoq vaqtgacha saqlab
qoldilar. Ular XVI asrdagina bu erkinlikni batamom yo'qotdilar.
Ammo, bordiyu shaharlar kommunalar bo'lmasa ham, ular yo qirollar, yoki mahalliy knyaz
feodallar tomonidan berilgan bir qancha yengillik va imtiyozlarga ega edilar. Fransuz va in
gliz. qirollari «katta pul evaziga» ko'pincha shaharlarga yorliq gramotalari beraverar edilar.
Bu yorliq gramotalariga muvofiq shaharliklar o'zlarining saylab qo'yiladigan kengashlariga ega
bo'lish huquqini qo'lga kiritardilar; biroq,, shu bilan bir qatorda, kengashlarning yonginasida
qirol amaldori ham ish ko'raverar edi. Shaharliklar qirolga ma'lum summada soliqlar to'lar
edilar, bu soliqlarni shahar aholisiga shaharliklarning o'zlari taqsimlar edilar (Angliyada
bunday to'lovlar
«firma» deb atalardi). Shaharliklar o'z shaxsi va mulkiy huquqlari uchun garantiya olardilar.
Shaharliklarning yer-mulki qaram dehqon mulki emas, balki erkin mulk,deb qaralardi. Barcha
qaram dehqonlar shaharda bir yilu bir kun istiqomat qilguday bo'lsalar, ular ozod kishilarga
aylanardilar. «Shahar havosi insonni erkin qiladi» degan mashhur maqol ana shu zaminda kelib
chiqqan. Shaharliklarga savdo-sotiq qilish erkinligi, bozor ochish, sex va gil`diyalar tashkil
qilish huquqi berildi.
O`rta asr shaharining tashqi qiyofasi va hayoti. O'rta asr shahari hozirgi zamon shaharlaridan
keskin farq qilardi. A'vvalo u, odatda, shaharqal'adan iborat edi. Har joyhar joyida
minoralari va ochilibyopiladigan darvozalari bo'lgan qalin va baland shahar devorlari shuni
ko'rsatar edi. Shaharning asosiy qismi («burg», «grad», «kreml`») devor bilan o'rab olingan
bo'lib, vaqt o'tishi bilan shahar atrofidagi yerlar ham qo'rg'on devori bilan berkitiladigan
bo'ldi. Bunday tarzda shahar bir qancha kontsentrik halqalarga o'xshar edi. Hunarmandlar bilan
savdogarlardan iborat bo'lgan shaharliklar shahar lashkarida har doim harbiy xizmat o'tardilar.
Shahar aholisi harbiy ishni bilishi, har qaysi odam o'z xonadonida muayyan qurol-yarog' zahiraiga
ega bo'lishi lozim edi.Bundan tashqari: odatda shaharda umumiy aslaha qurolombori bo'lib,
urush xavfi tug'ilgan paytda hamma ah^oliga shu ombordan qurol-yarog' tarqatilardi.
O`rta asr shaharlari odatda uncha katta bo'lmas edi. Shahar hududining cheklangan bo'lishi
mudofaa inshootlari qurish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shahar zaminini ha^r qanaqa qilib
bo'lsada, iqtisod qilinardi. Ko'chalar tor bo'lardi. Uylar bir necha qavat qilib qurilardi,
shu bilan birga, yuqori qavatlarning har biri quyi qavatlarga qaraganda oldinga turtib
chiqqan bo'lardi, shuning uchun hatto oftobli kunlarda ham bu yeriing ko'chasi yarim qorong'i
bo'lardi. Bunday sharoitda shaharlarda, tabiiy, bog'rog' qilish va boshqa ko'chatlar o'tqazishga
kam joy qolardi. XII—XIII asrlarda G'arbiy Yevropada shahar binolari ko'proq xarsang tosh va
g'ishtdan qurilardi, bu esa G'arbda tegishli qurilish materiallari mavjudligini ko'rsatardi.
Biroq shahar uylarining arxitekturasi, umuman olganda, uncha murakkab bo'lmagan va bir xilda
bo'lgan. Jamoat binolari—shahar soborlari va cherkovlari, shahar ratushasi (shahar boshqarmasi
joylashgan uylar) vaboy savdogarlarning hamda shaharlarda istiqomat qiluvchi feodallarning
oz sonli uysaroylarigina o'zlarining kattaligi va hashamatlari bilan boshqalarnipg
uylaridan ajralib turardi.
O`rta asr shaharlari aholisiiiig soniga ko'ra ham uncha katta emas edi. Aholisi 8, 10, 15, 20
ming kishidan iborat bo'lgan shaharlar juda katta shaharlar deb hisoblanardi. Aholisi 4—6
minggacha bo'lgan shaharlar o'rtacha shahar hisoblanardi. 1000 va 2000 aholili shaharchalar ko'p
edi. Haqiqatda bular yarim shahar, yarim agrar qishloqlar bo'lib, ulardagi aholi
hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan bir qatorda, qishloq xo'jaligi bilan
shug'ullanishni davom ettiradi.Xullas, shahar aholisining qishloq xo'jaligi bilan aloqasi
deyarli o'rta asr oxirigacha saqlanib qoldi va aholisi odatda sigir, cho'chqa, echki va boshqa uy
hayvonlari asraydigan kattaroq shaharlarda mol boqiladigan yaylovlar va ba'zan hatto shahar
atrofidagi qo'shni joylarda haydab ekin ekiladigan kichikkichik maydonlar ham bo'lardi.
Biroq, umuman olganda, o'rta asr shahari endilikda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi
edi. Unda qishloq xo'jaligi yordamchi bir kasbga aylanib qolgan edi. O`rta asrlar davrida
shaharning sanoat va savdo ishlari bilan shug'ullanishi uning tashqi qiyofasida ham o'z aksini
topdi. Shahardagi ayrim ko'chalarda butkul hunarmandlar yoki boshqa kasb egalari joylash
ganligi tufayli bu ko'chalarning nomlari ham shu kasblarga monand qilib qo'yilardi. Deyarli
har bir shaharda temirchilar, to'qimachilar, qurolsozlar (bronnaya), kulolchilar, mahsido'zlar,
ko'nchilar degan ko'chalar va boshqa ko'chalar bo'lardi. Hunarmandchilik ishxonasi (masterskoyi)
ning darchasi odatda ko'chaga qaragan bo'lib, ko'chadan o'tib boruvchi odamlar
hunarmandchilik ishxonasi ishlab chiqargan barcha mahsulotni shu darcha orqali ko'ra olar edi.
Yezda derazasi balandga ko'tarib qo'yilgan bo'lib, iste'molchi shu ochiq derazadan kerakli
narsalarni ishxonaning o'zidan sotibolishi mumkin edi.
Bundan tashqari, shaharda bir yoki bir nechta bozor ochilib, ulardagi maxsus rastalarda
tovarlar, ya'ni: pop, go'sht, pichan, movut va hokazolar sotilar edi.
Umuman olgapda, antisanitariya o'rta asr shahari uchun g'oyat xarakterli bir hol edi. Tor
ko'chalarda havo kam edi. Buning ustiga bu ko'chalarning ko'pchiligining tagi yotqizilmas edi.
Shuning uchun, jazirama issiq va quruq obhavoda shaharni chang bosib yotardi, yog'ingarchilik
vaqtlarda, aksincha loy ko'chalardan yuk ortib o'tish va piyoda yurish g'oyat mashaqqatli bo'lardi.
O'rta asrlar davrida shaharlarni birorbir sun'iy chiroq bilan yoritish degan ran yo'q edi.
Birorta badavlat odam shahar ko'chalaridan kechasi o'tmoqchi bo'lsa, uni mash'ala ko'targan
xizmatkori kuzatib borardi.
Shahar aholisining zichligi, gadoylar va uy-joysiz darbadarlarning ko'pligi, kasalxona va
birorta muntazam sanitariya nazoratining yo'qligi tufayli o'rta asr shaharlari har qanaqa
yuqumli kasalliklarning doimiy uyasi bo'lib qolaverdi. O`rta asr Yevropasida o'lat kasali g'oyat
dahshatli bo'lib, bu yuqumli kasallikdan butunbutun mamlakat aholisining ko'pchilik qismi
batamom qirilib ketgan edi. Shunisi xarakterliki, yuqumli o'lat kasalligi odatda shaharlarda
paydo bo'lib, so'ng u qishloqqa tarqalardi.
Shahar patritsiati. Dastlabki paytlarda shaharlardagi hokimiyat odatda eng boy
shaharliklar: savdogarlar, sudxo'r
lar, shaharli yer egalari va uy egalarining qo'lida bo'lar edi. Bu toifa — patritsiat deb
atalardi. Shunday qilib, feodallarga, qarshi olib borilgan xalq harakatlaridan patritsiat o'z
manfaatlari uchun foydalandi. XIII asrda G'arbiy Yevropaning bir qancha mamlakatlarida,
ayniqsa Italiya va Germaniyada sexlar patritsiatga qarshi kurashgan edilar. Sexlarning
mahalliy patritsiatga qarshi olib borgan bu kurashini tarixchilar ba'zan «sex inqiloblari»
deb yuritardilar.
Sexlar harakatining natijasi shu bo'ldiki, patritsiat shahardagi o'z hokimiyatini eng nufuzli
sexlar bilan (amalda bu sexlarning badavlat yuqori tabaqasi bilan) bo'lishishga majbur bo'ldi.
Tashqi savdo-sotiq kuchli rivojlangan shaharlarda patritsiat hatto bu masalada hech kimga yo'l
bermay, hokimiyatni yolg'iz o'z qo'lida saqlab qoldi. Masalan, Italiyaning Genuya va Venetsiya
singari shahar patritsiatrespublikalarida, Germaniyanish" Gamburg, Lyubek va boshqa shular kabi
eng yirik Ganza shaharlarida apa shunday bo'lgan edi.
Sexlar va ularning uyushtirilishi. O`rta asrlarda sex hunarmandchiligi sanoat ishlab
chiqarishining asosiy ko`rinishi hisoblanar edi. Sexlar shu shahardagi muayyan bir kasb
egalarining birlashmasidan iborat bo'lib, avvalo ular tovarlar ishlab chiqarishda va ularni
mahalliy bozorga chiqarib sotishda mopopol ahvolni saqlab qolishpi o'z oldilariga maqsad
qilib qo'ygan edilar. XI asr oxiri — XII asr boshlaridagi manbalarda dastlabki sex
tashkilotlari bo'lganligi eslatib o'tiladi. Sexlarning ko'pchiligi XII asrning ikkinchi yarmida,
XIII asrda va hattoki XIV asr boshlarida vujudga kelgan. Birorbir shahmrdagi sexlar soni
birinchi vaqtlarda uncha ko'p bo'lmagan. Vaqt utishi bilan sexlar maydalashib, ularning soni
yirik shaxarlarda o'plab pa hatto yuzlab hisoblangan. Chunonchi, XIV asrning o'rtalarida Parijda
350 ta sex, Londonda — (K) ta, Qyol`pda 50 ta na hoka.cho sexlar bo'lgan. Har bir sex ishlab
chiqarishpshp' birorta tarmogiii o'ziga monopoliya qilib olgap. Masalan, to'qimachilik sanoatida
ip yigirish, to'qish, bo'yoqchilik, jup titish, jun savash va hokazo sexlari bo'lgan. Temirchilar
sexi vaqti bilan qurolsozlar, qozonchilar (degre.chlar), arrachilar va hokazo sexlarga
bo'linib ketdi.
Shunday k,ilpb, sexlar o'rta asr ishlab chiqarishidagi mehpat taqsimotippng o'ziga xos bir
ko'ripishi edi. Yangi hunarmaidchnlik kasbining maydonga kelishi yangi hunarmandchilik sexipi
keltirib chiqardi. Usta —tsexiing asosiy siymosi edi. U o'.ch xususiy ishxonasiga va ish
qurollariga ega bo'lgan, bir yokk bir nechta xalfasp, bir yoxud bir nechta shogirdlari bo'lgan
mayda ishlab chpqaruvchp edi. Usta, xalfa, shogird o'ziga xos sex nerarxiyasi (quyi
mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bo'yeuiish tartibi. Tarj.) edi. Usta bo'lmoq uchun,
taxmiiai, pkknta birinchi (quyi) bosqichpi bosib o'tishi lozim edi. Sexlarda ishlab
^iqarishning batafsil ishlangan tartibi (regla mentatsiyasi) bo'lardi. U yo bu sex ustalari
tomonidan saylab qo'y'iladigan oqsoqollar va nozirlar ayrim ustalarning ishlab chiqarishda
ham, o'zlari ishlab chiqargan buyumlarni bozorga chiqarib sotishda ham ma'lum qoidalarga rioya
qilishlarini nazorat qilib turardilar. Sex a'zolariga past sifatli buyum ishlab chiqarish, xom
ashyodan ko'p zahira qoldirish, umum ishlatadigan mehyaat qurollaridan tashqari birorta boshqa
qurol ishlatish, tovarlarni olrbsotarlarga (chayqovchilarga) sotish, belgilab qo'yilgandan
ortiqcha xalfa va shogirdlar ishlatish man etilgandi. Sex ishning bir vaqtda boshlanib, bir
vaqtda tamom bo'lishini kuzatib borardi. Bu barcha tadbirlarni amalga oshirishdan muddao sex
a'zolari o'rtasida tenglikni saqlashga, o'zaro raqobat (konkurentsiya) bo'lishiga yo'l qo'ymaslik,
shunungdek, bozorga sex a'zosi bo'lmagan begona kishilarni kiritmaslik edi.
Sexlar hali kuchsiz bo'lgan shahar hunarmandchiligini tashqi konkurentsiyadan (qaram dehqonlarning
yer-mulk yonidagi hunarmandchiligining, shuningdek, qishloqlardagi erkin hunar egalarining va
boshqalarning konkurentsiyasidan) saqlab, o'zlari yashay boshlagan dastlabki davrda ijobiy rol
o'ynadi. Bu sexlar texnika tajribasini saqlab qolib, ishlab chiqarishning o'ziga xos maktabi
bo'ldi. Sexlar qo'shni feodallarga va mahalliy patritsiatlarga qarshi kurashda shaharliklarni
jipslashtirib, siyosiy tashkilotlar sifatida katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Biroq, taxminan XIV asrning yarmidan e'tiboran G'arbning eng asosiy mamlakatlarida —
Fransiyada, Angliyada, Germaniyada, Italiyada — sex tuzumi asta-sekin yemirila boshladi. Ishlab
chiqarishning o'sib borishi va bozorning kengayishi munosabati bilan hunarmandlar o'rtasidagi
tenglik yo'qoldi. Ayrim sexlar o'rtasidagi tenglik ham yo'q bo'ldi. Qambag'al («kichik») sexlar
boyroq («katta») sexlarga qaram bo'lib qoldi. ' Butunbutun sexlar ko'pincha tovarlarni uzoq
joylardagi bozorlarga olib borib pullovchi sudxo'rning ta'siri ostiga tushib qolar edi.
Ba'zan xom ashyo (jun, zig'ir va h. k.) egasi bo'lgan .savdogar sexda xohlagancha tartib
o'rnatib, sexni qandaydir kollektiv ishchiga aylantirardiki, bular o'sha savdogarga qaram
bo'lib qolar edi.
Shu bilan birga xalfalarning ahvoli keskin o'zgardi. Agar ilk davrda xalfa oradan bir qancha
vaqt o'tgandan keyin chusta bo'lishni umid qilsa (garchi bu vaqtda ham usta bo'lish amalda hamisha
mumkin bo'lavermasa ham), lekin keyingi davrda uning usta bo'lishi mutlaqo mumkin bo'lmay
qoldi.. Ustalik unvoni, odatda, nasldannaslga meros bo'lib o'tadigan bo'ldi. Ustaning o'g'li
yoki kuyovi usta bo'lishi mumkin ediku, lekin yot shaxe hech qachon usta bo'la olmasdi. Xalfalar
oddiy yollanma ishchilarga yoki o'sha vaqtning ta'biricha, «abadiy xalfalar»ga aylanib qolardi.
Ayni zamonda sex texnika jihatdan takomillashgan
qurolasboblarni kiritishni man etganligi va barcha hunarmandlardan ishlab chiqarishning
an'anaviy, eskirgan usul va qurollariga rioya qilishni talab etganligi tufayli, u endilikda
texnika taraqqiyotiga to'sqin bo'lib qoldi.
Ekspluatatsiya qilinuvchi xalfalar sex masterlariga qarshi sinfiy kurash olib bordilar.
Xalfalar o'zlarining «birodarlik» va «hamkorlik» degan alohida tashkilotlarini tuzib, qis
man birbirlariga iqtisodiy yordam berishni, qisman xo'jayinlariga qarshi kurash uyushtirishni
maqsad qilib qo'ydilar. «Birodarlik» tashkilotlari ish tashlash va boyqot qilish metodlarini,
ba'zan esa kurashning zo'ravonlik formalarini ham qo'llardilar.
O`rta asr shaharida sinfiy kurashning uch bosqichi. Shunday qilib, o'rta asr shahari umuman
olganda, sinfiy kurashning uch bosqichini boshidan kechirdi. Boshda shaharliklar o'z mustaqil
liklari uchun feodallarga qarshi umuman front bo'lib kurashdilar. Kommunaga ega bo'lish huquqi
uchun qilingan harakat o'rta asr shaharining bu ilk davridagi kurashning eng yorqin ifodasi
bo'lib, bu vaqtda savdogarlar, hunarmandlar, xalfalar birgalikda feodallarga qarshi bosh
ko'tarib chiqqan edilar. Xronologik jihatdan bu kurash XI—XII asr va XIII asr boshlariga
to'g'ri keladi. So'ngra, sex hunarmandlari patritsiat oliy tabaqasiga qarshi bosh ko'tarib chiqib,
bir qancha shaharlarda «sex inqiloblari» deb atalgan «inqiloblar» natijasida
patritsiatning oliy tabaqasini butunlay ag'darib tashladilar, yoki uni o'z hokimiyatini sexlar
bilan sherik qilishga majbur etdilar. XIII—XIV asrlarda Germaniyada savdogar patritsiat
aristokratiyasiga qarshi hunarmandlar sexlarining kurashi ayniqsa yaqqol namoyon bo'ldi. Kyol`n
shaharining tarixi va undagi sex hunarmandlarining 1369 va 1396yillardagi ikkita qo'zgoloni
bunga ayniqsa ochiqoydin misol bo'la oladi. Italiyada, ayniqsa Florentsiyada, Milanda,
Sienada va Lombardiya hamda Toskaniya shaharlarida ham sexlarning yirik qo'zg'olonlari bo'lib
o'tdi. Ayni shu zamonda Fransiya shaharlarida — Parijda, Ruanda, Lionda va boshqa shaharlarda
ham bu kurashga doyr anchamuncha faktlar bor. Nihoyat, uchinchi bosqich — shaharlardagi plebey
elementlarining (mayda hunarmandlar bilan xalfalarning) shahar patritsiatiga, shuningdek,
yiryk sexlarga qarshi bosh ko'tarib chiqishlaridir. Bu harakatlar XIV asrning ikkinchi yarmida
.va XV asrda yuz berdi. 1378 yilda Italiyadagi Chompi qo'zg'oloni bu harakatlar uchun eng yaqqol
misoldir. Bu haqda XIII—XV asrlarda «Italiya to'g'risida» degan bobda gapiriladi1.
Savdoning rivojlanishi. XII—XV asrlarda G'arbiy Yevropa savdosi katta yutuqlarni qo'lga
kiritdi. Salib yurishlari natijasida'ko'p yutuqlarga erishgan O`rta dengiz havzasi bilan bir
qatorda, Yevropaning boshqa qismida—Shimoliy Germaniya shaxarlarini Niderlandiya, Skandinaviya
mamlakatlari va Novgorod bilan bog'lagan Shimoliy va Boltiq dengizlarida ham savdo-sotiq
ishlari keng ko'lamda rivojlandi. Nemis ganzasi (savdo ittifoqi) deb ataladigan ittifoqqa
qarashli bo'lib, o'zlarining katta-katta savdo oborotlariga ega bo'lgan shaharlar bular orasida
ayniqsa ajralib turardi. Germaniyaning Lyubek, Gamburg, Br.yemen va boshqa shaharlari ana shu
Nemis ganzasi tarkibiga kirar edi. XIII—XV asrlar davrida Ganza (jami bo'lib bunga 80 ga
yaqin shahar kirgan edi) Yevropaning shimolisharqi bilan, Skandinaviya, Pol`sha va Rossiya bilan
keng savdo-sotiq olib borardi. Ganza bilan intensiv ravishda savdo-sotiq olib borgan
shaharlar orasida yirik rus shahri Ulug' Novgorod bor edi. Boshqa rus shaharlaridan Pskov,
Smolensk va Polotsk Ganza bilan savdo-sotiq munosabatlarida bo'lgan edilar. Shimoliy va
Sharqiy Yevropadan olib ketiladigan o'rmon va qishloq xo'jaligi mahsulotlari (g'alla, baliq,
asal, kanop losi, yog'och, smola, arava moyi, mo'yna va boshqalar) evaziga ganzaliklar G'arbiy
Yevropa hunarmandlari ishlab chiqargan mahsulotlarni (Flandriya va ingliz movutlari, nemis
larning metall buyumlari, fransuz vinolari va h. k.), shuningdek, qisman Levantdan
keltiriladigan tovarlarni (dorivorlar, janubning quruq mevalari, sharqning zeb-ziynat
buyumlari va boshqalarni) bu yerlarga olib kelardilar. Shimoliy (Boltiq bo'yinemis) va
janubiy (O`rta dengizdagi) savdo markazlari, asosan, suv (dare) yo'llari orqali birbirlari
bilan aloqa qilardilar. Germaniyada Reyn va Elba, Fransiyada Sena va Rona asosiy dare
yo'llari hisoblanar edi. Al`p tog'lari orqaly o'tgan SenBernar, SenGotard va Brenner
singari bir ¦tsgpcha dovonlar quruqlikdagi muhim savdo-sotiq yo'llari rolini o'ynardi.
XIII asrda va XIV asrning birinchi yarmida Yevropadagi turli mamlakatlarning tovarlari kelib
yig'iladigan eng gavjum savdo joyi—Shampan` yarmarkasi edi. Yarmarkalar birbirovidan uncha
yiroq bo'lmagan Shampanning to'rtta shaharida (Trua, Bar, Bri va Lan`i) bo'lib, haqiqatda butun
yil bo'yi savdo davom qilardi. Shampan` yarmarkalari o'rta asrdagi vaqtvaqti bilan bo'ladigan
savdodan («yarmarka» so'zining asl ma'nosi; «yilda bir marta bo'ladigan savdo» demakdir) yangi
zamoy savdosi uchun xarakterli bo'lgan doimiy, muntazam, kundalik savdo oborotiga ko'chish
ko`rinishi edi.
Yuz yillik urush munosabati bilan XIV asrning ikkinchi yarmida Shampan` yarmarkalari o'z
ahamiyatini yo'qotdi. Ularning o'rniga Lion shahri qadko'tarib, uning yarmarkalari ham keng
xalqaro ahamiyatga ega bo'ldi. Keyinroq, XV—XVI asrlarda, Jeneva shahri va uning mashhur
yarmarkasi yirik xalqaro savdo markazi o'rnini egalladi.
Germaniyada FrankfurtMayn shahridagi bahorgi va kuzgi
yarmarkalar hamda Leyptsig shahridagi yarmarka (1165 yildan buen davom etib keladi) xalqaro
yarmarkalar sifatida ajralib chiqdi.
Banklarning vujudga kelishi. Xalqaro savdo rivojlanishi munosabati bilan G'arbiy Yevropada
muntazam pul operatsiyalarini olib boruvchi alohida muassasalar sifatida banklar ham paydo
bo'la boshladi. Bank ishining rivojlanishida sarrof {pul maydalovchi)lik kasbi katta rol
o'ynadi. Har qanday yarmarkada yoki katta bozorda sarrof odatda zarur shaxe bo'lib
hisoblanardi. U o'rta asrlar davrida faqat qirollar tomonidangina emas, balki yirik
feodallar tomonidan ham zarb etilgan tangachaqalarning, odatda, soxtami yoki soxta
emasligini, ya'ni tangachaqaning sifatini aniqlab berardi. Tangachaqalarni maxsus
tarozchada tortib ko'rish yo'li bilangina uning haqiqiy qiymatini aniqlash mumkin edi.
Sarroflar pullarni ayirboshlar va ularni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirar edilar,
savdogarlarning bekor yotgan mablag'larini omonatga olar va, nihoyat, o'zlarining xususiy pul
zahiralaridan savdogarlarga (kredit) qarz berib turardilar. Dastlabki bankirlar ko'proq
ital`yanlardan chiqqan edi. «Bank», «kredit», «lombard», «bankrotlik» degan so'zlar asli
ital`yancha bo'lib, keyinchalik ular umumevropa ahamiyatiga ega bo'ldi. Florentsiyada
papa . kuriyasining daromadlari o'sib borishi munosabati bilan bank ishi rivoj
topdi. Papalar Yevropaning turli mamlakatlaridagi ruhoniylardan o'zlariga qarashli
daromadlarni yig'ishni Florentsiya bankirlariga topshirar edilar, buning evaziga
bankirlar papa xazinasiga oldindan katta-katta summalarni olib kelib topshirishlari lozim
edi. Ital`yanlardan tashqari, o'rta asrlar davrida sudxo'rbankirlar sifatida yahudiylar
katta rol o'ynaydilar, yahudiylar, odatda qirollar va feodallarga qarzga pul berib turar
edilar. O`rta asrlar davrida pul qarz berish shartlari hali juda ibtidoiy darajada edi. Qarz
pul g'oyat yuqori foizlar bilan berilardiyu, lekin kreditor (qarz beruvchi)ning o'z
kapitalini yana qaytarib olishiga sira ko'zi yetmasdi. Feodallar va hatto qirollar ham qarz
olgan pullarini to'lashdan aksariyat bosh tortar edilar. Bu hol ko'pincha yirik bankirlar
xonadonlarining sinishiga sabab bo'lgan edi.
Shaharlar rivojining qishloqdagi ijtimoiy hayotga ko'rsatgan ta'siri. O`rta asrlardagi shahar
qancha ko'p rivojlansa, u feodal qishlog'iga shuncha ko'p ta'sir ko'rsatdi. Ko'p yer egasilar bozor
oborotiga tortila boshladi. Masalan, XIII va XIV asrlardagi ingliz manorlari (feodal
votchinalari) Londonga va Yevropa qit'asiga jun, g'alla, qoramol va boshqa tovarlarni ko'plab
jo'natib, keng savdo ishlari olib bordilar. Ganza savdosi Shimoliy va Boltiq dengizlari
tumanidagi turli mamlakatlarda yer egasilar yetkizgan mahsulotni o'z savdo oborotiga tortgan
edi. Boy uzumzorlar egasi bo'lgan Burgundiya monastirlari ko'pincha uzoq yurtlarga eksport
qilinadigan ajoyib vinolar pishirar edilar. Dehqonlar ham mahalliy bozor bilan tobora
ko'proq aloqa qiladigan bo'ldilar. Shular natijasida qishloqdagi natural xo'jalik o'rnini pul
xo'jaligiga bo'shatib bera boshladi. Bu hol natural majburiyatlarni (barshchinada ishlash va
mahsulot bilan obrok to'lashni) pul renta (yer solig`i)si bilan almashtirishga va dehqonlarni shaxsiy
qaram dehqon qaramlikdan asta-sekin ozod qilishga olib keldi.
XIII—XIV asrlarda iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan Yevropa mamlakatlarida — Italiyada,
Fransiyada, Angliyada, Niderlandiyada va G'arbiy Germaniyada dehqonlarni qaram dehqon qaramlikdan
ozod qilish juda tezlashdi, ammo, shunga qaramay bu nomi aytib o'tilgan mamlakatlarda bu
jarayon hamma yerda ham bir xilda jadallik bilan borgani yo'q. Mahsulotlarni bozorga chiqarib
sotish istiqboliga mukkasi bilan ketgan feodallar, ba'zan hatto barshchinani kuchaytirmoqchi
ham bo'ldilar. Lekin bunday «feodal reaktsiyasi» odatda dehqonlarning qarshiligiga duch
kelardi, bu qarshilik esa ba'zan yirik qo'zg'olonlarga aylanib ketardi, bu hol feodallarni
batamom pul rentasiga o'tishlik uchun rozilik berishga majbur etdi.
Ikkinchi tomondan, pul xo'jaligi rivojlanishi natijasida dehqonlarning o'zlarini ichida keskin
mulkiy tabaqalanish boshlandi. Dehqonlar orasidan batraklarni ekspluatatsiya qiladigan,
sudxo'rlik bilan shug'ullanadigan, pomeshchiklardan yoki boshqa dehqonlardan katta-katta yerlarni
ijaraga oladigan baquvvat, boy xo'jaliklar ajralib chiqa boshladi. Qishloqning boshqa qismida
ko'p sonli kam yerli dehqonlar maydonga keldi. Pomeshchiklar va boy dehqonlar bu kam yerli
dehqonlar orasidan o'zlariga qishloq xo'jalik ishchilarini terib olar edilar.
Feodalizm yemirilishi sharoitida o'rta hol va eng kambag'al dehqonlar ahvolining yomonlashuvi
dehqonlarning yirik qo'zg'olonlariga — XIV—XVI asrlarda Yevropaning turli mamlakatlarini
birin-ketin titratgan dehqonlar urushlariga olib keldi.
¦ v
•XVIII VO B XI—XV ASRLARDA FRANSIYA
G'arbiy Yevropada siyosiy markazlashishning boshlanishi.
XI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran shaharlarning va tovarpul xo'jaligining rivojlanishi
zaminida G'arbiy Yevropada siyosiy markazlashish jarayoni boshlandi. Parchalanib ketgan dav
latlarni birlashtirish, qirol hokimiyatini mustahkamlash va kuchaytirish jarayoni yuzaga keldi.
«Tenglar o'rtasida bir'inchisi»pgaa bo'lgan qirollikdan iborat shaklsiz feodal monarxiyay»
asta-sekin, ancha markazlashgan va tartibga tushgan toifaviy monarxiyaga aylanib, XV—XVI
asrlarda esa mutlaq monarxiyaga o'tdi.
F. Engel`s o'rta asrlardagi qirol hokimiyatining ahamiyati to'g'risida bunday deb yozgan edi:
«u tartibsizlikdagi tartib vakili edi, isyonchi vassal davlatlarga bo'linishga qaramaqarshi
o'laroq, tarkib topayotgan millatning vakili edi»1. Qirol hokimiyati feodalizm pardasi
ostida tashkil topgan barcha inqilobiy elementlarga moyil bo'lganidek, bu inqilobiy
elementlar ham qirol hokimiyatiga xuddi shunday moyil edi. Feodal tarqoqlikni bartaraf
qilish zaruriy va tarixan progressiv vazifa edi.
G'arbiy Yevropaning ikkita mamlakatida — Angliyada va Fransiyada markazlashgan davlatlar juda
tez tarkib topdi. Bu mamlakatlarda siyosiy markazlashish jarayoni, asosan XIII— XV asrlardayoq
tugallandi.
Fransiyada ham, Angliyada ham birlashish jarayoniga qulaylik tug'dirgan tarixiy shartsharoit,
avvalo, har ikkala mamlakatdagi sanoat, savdo-sotiq sohasida, shaharlar va ichki bozorning
tashkil topishida iqtisodiy rivojlanishning jadallik bilan borishi bo'ldi. Mamlakatning turli
tumanlari bilan bog'langan yirik shaharlarning, jumladan, Parij va Dondon shaharlarining
ertaroq vujudga kelishi siyosiy jihatdan markazlashishni ayniqsa yengillashtirdi. U yoki bu
mamlakatda tovarpul munosabatlarining rivojlanishi zaminida kuchli uchinchi toifa2—
shaharliklar maydonga keldi. Aholining barcha guruh" lari orasida shaharliklar tarqoq feodal
monarxiyasini tepasida kuchli qirol hokimiyati turgan, isyonchi fedallarni tartibga
chaqirishga va mamlakatda mustahkam «qirollik osoyishtaligi»ni ta'minlashga qurbi yetadigan
markazlashgan qirollikka aylantirishdan juda manfaatdor edilar.
F. Engel`s eng avvalo Fransiyaning tarixini nazarda tutib, u bunday deb yozgan eDi: «Qirol
hokimiyati bilan byurgerlar ittifoqi X asrdan boshlandi; janjalnizolar natijasida bu ittifoq
tez-tez buzilib turdi, butun o'rta asrlar davomida rivojlanish uzluksiz bir yo'nalishda
bormadi, axir; bu ittifoq, nihoyat qirol hokimiyatining batamom g'alaba qilishiga hozircha
yordam berarkan, u yangidan tiklanib, tobora mustahkamroq va tobora qudratliroq bo'ldi,
buning evaziga qirol hokimiyati esa o'z ittifoqchisini qullik asoratiga tushirdi va taladi»
FRANSIYANING BIRLASHA BOSHLASHI, GENERAL SHTATLARNING TASHKIL TOPISHI
XI—XIII asrlarda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. XI,
XII va XIII asrlarning ikkinchi yarmida Fransiyada ishlab chiqaruvchi kuchlarning juda tez
rivojlanganligi ko'rildi. Dehqonchilik ancha o'sdi. Yerning bir qismi bir juft ho'kiz qo'shilgan
g'ildiraksiz yongil,
bilan yaxshilab haydalar edi. Bug'doy, javdar, suli, arpa va boshqa boshoqli ekinlar hosili
ko'payib, ekilgan urug'likka qaraganda besh va hatto olti hissa ortiq g'alla yig'ib olinadigan
bo'ldi. Bog'dorchilik, polizchilik, uzumchilik sohasida katta yutuqlarga erishildi. Shahar
larning o'sishi bilan ozuqa mahsulotlari — non, go'sht, yog', sabzavot va boshqalarga,
shuningdek, turli qishloq xo'jalik xom ashyosiga (jun, zig'ir, teri va hokazolarga) bo'lgan talab
ko'paydi. Tovar munosabatlari fransuz qishlog'iga kira boshlab, uni mahalliy shaharlar bilan
juda yaqindan bog'ladi. Parij o'sib borishi bilan u faqat o'ziga tutashgan okruglardagi qish
loqlardagina emas, balki ancha uzoq okruglardagi qishloqlardan ham o'zini qishloq xo'jalik
mahsulotlari bilan ta'minlashni talab qildi.
XI—XIII asrlarda Fransiya shaharlari katta yuksalishni boshidan kechirdi. Janubdagi shaharlarning
ko'pchiligi, shu jumladan, ko'pgina ko'hna Rim shaharlari, ancha katta sanoat markazlariga
aylanibgina qolmay, balki ular Italiya va Yaqin Sharq (Levant) bilan ham qizgin savdo-sotiq
olib bordilar. Bular orasida Marsel`, Tuluza, Monpel`e, Narbonna alohida ajralib turardi.
Ayni zamonda shimolda va shimolisharqda Am`en, Suasson, Lan, Sanlis, Bove, Ruan, Reyms, Trua
va boshqa ko'pgina shaharlar o'sib chiqdilar va sanoatning muhim markazlariga aylandilar. Bu
shaharlarda movut va kanop gazlamalari yetishtirilardi, mo'yna ishlanardi, temir, qalayi,
kumush, emal` va boshqalardan turli metall buyumlar tayyorlanardi. Rivojlanayotgan shimolisharq
savdosanoatining gavjumligi ko'p sonli yarmarkalarda namoyon bo'ldi. Shampanning turli sha
harlarida — Truada, Provenda, Brida, Lan`ida va boshqa joylarda deyarli butun yil bo'yi
savdo-sotiq qilinar edi. Umuman, savdo oborotlarining miqyosi va tashqi savdoda ishtirok
etish jihatidan Fransiyaning shimoli-sharqiy viloyatlari janubiy shaharlarga qaraganda hali
orqada edilar. Ammo, ikkinchi tomondan, shimoldagi hunarmandchilik ishlab chiqarishi
janubdagiga nisbatan kamroq rivojlangan edi. Shimolisharqning savdo-sotiq munosabatlari
qisman xalqaro ayirboshlash (Germaniya, Niderlandiya, Shimoliy Italiya bilan savdo-sotiq qilish),
qisman shimoli-sharqiy viloyatlar o'rtasidagi ichki ayirboshlash xarakteriga ega edi,' shuning o'zi
bilan Shimoli-sharqiy Fransiyaning keng ichki bozoriga asos solindi. Ana shu
ichki bozor zaminida kelajakda umumfransuz milliy bozori vujudga kelishi lozim edi. Parij
ko'proq savdo va sanoat markazi ahamiyatiga molik bo'lib, bunga faqat shimoliy va shimoli
sharqiy viloyatlargina emas, balki shimoli-g`arbiy va g'arbiy raysnlar ham yaqinlasha boshladilar.
Qirollik poytaxtining Sena, Marna va Luara singari buyuk dare havzasida joylashganligi uni
shakllanayotgan milliy, iqtisodiy, til va madaniy aloqalarning tabiiy markaziga aylantirdi.
Birinchi Kapetinglarning idora qilishi. Birinchi Kapetinglar hokimiyati dastlab tamomila zaif
edi. X va XI asrlarda Fransiya G'arbiy Yevropaning eng tarqoq monarxiyalaridan biri edi.
Qirol bu yerda knyazfeodallardan birining, hattoki kuchli bo'lmagan knyazfeodalning
oddiygina o'rnini egallardi. Ko'pgina qo'shni yirik feodallar, har qaysisi o'z holicha qiroldan
kuchliroq edi. Va faqat feodallarning o'zaro raqibligi, cherkovning, keyinroq esa
shaharlarning Kapetinglarni qo`llab-quvvatlashi, bu dinastiya (sulola) vakillarining ustalik qilib,
ohista siyosat yurgizishi birinchi paytlarda loaqal o'z urug'ining qirollik unvonini qo'ldan
chiqarmay, balki uni nasldannaslga meros qilib qoldirish imkoiini berdi. Qirol o'zining
merosiy domenida — Il` de Frans gersogligida ozmiko'pmi xo'jayin edi. Bu nisbatan kambar
mintaqa bo'lib, shimoldan janubga qarab cho'zilib ketgan va ammo ikkita kattagina shaharni —
Parij bilan Orleanni o'z ichiga olgan edi, shu bilan birga, bu hududm boshqa mulklar ham
suqilib kirgan edi.
Qirol domeni (yurti) hududi Fransiyadagi ikki muhim daryoning, ya'ii Sena bilan Luara
mansablari, quyi va yuqori oqimlari bo'ylaridagi joylar boshqa fsodallarga qarashli edi.
Qirol domenini halqa qilib o'rab olgap eng yirik feodal kpyazlik mulklari quyidagilar edi:
shimolda — Flandriya grafligi, Normandiya gersogligi, Bretan` gersogligi, g'arbda — Anji
grafligi va Akvitaniya gersogligi, janubda — Overn` grafligi va so'ngra Tuluza (Lagedok)
grafligi, sharqda — Shampan` grafligi va Burgundiya gersogligi bor edi. Bu eng yirik
gersoglik va grafliklardan tashqari, kichik miqyosda o'nlab boshqa mustaqil feodal yerlari ham
bor edi. Hatto qirol o'ziga qarashli domenda ham mahalliy baronlarga qarshi qattiq kurash
olib borardi. Qirol Parijdan Orleanga borganida uni ko`pdan-ko`p qurolli mulozimlar
albatta kuzatib borishlari kerak edi. Hokimiyatni otadan o'g'ilga meros qilib qoldirish
odatini saqlamoq uchun Kapetinglar X—XI asrlar davrida va hatto XII asrning birinchi yarmida
ham qirol valiahdiga o'zi hayot vaqtidayoq toj kiygizish urfodatini bajarar edi. «Qari
qirol» yonida odatda, boshqa «yosh qirol» ham qirollikni boshqarar edi.
Qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi. XII asrning birinchi yarmidagina Lyudovik XI va Lyudovik
XII hukmronlik qilgan davrda qirol hokimiyati bir qadar yuksala boshladi. Lyudovik VI Semiz
(1108—1137) deyarli butun o'ttiz yillik hukmronlik davrini o'z domenidagi baronlarga qarshi
kurash bilan o'tkazib, pirovardi ularni o'ziga bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi. Shimoliy
Fransiyada sanoat shaharlarining gurillab o'sishi muhim siesiy natijalarga ega bo'ldi.
Fransiyaning bu qismida yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, shaharlar kommuna1 huquqini olish uchun
zo'r berib va dattiq harakat qildilar. Lyudovik VI boshda ikkilanib, shahar harakatiga
nisbatan darhol qulay mavqeini egallamadi. Ammo Lyudovik VII davrida (1137—1180), ayniqsa
undan keyingi qirol — Filipp II Avgust davridayoq qirollik hokimiyati shaharlarning mahalliy
feodallarga qarshi olib borgan kurashida shu shaharlarni qat'iyan qo`llab-quvvatladi.
Lyudovik VII davrida qirol sulolaviy nikoh yo'li bilan janubig'arbdagi juda katta
gersoglikni — Akvitaniyani qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Lyudovik VII ikkinchi salib yurishda qatnashdi, lekin bu yurish unga kam foyda keltirdi. Lekin
qirol yo'q vaqtida mamlakatni idora qilib turgan abbat Sugeriy ham mahalliy baronlarga
qarshi muvaffaqiyatli kurashni davom ettirdi.
Shaharlarning feodallarga qarshi olib borgan kurashlarida Sugeriy ham bu shaharlarni zo'r berib
qo`llab-quvvatladi. Nihoyat, savdo bojlari ko'payib borganligi tufayli, shuningdek, qirol
yer-mulklaridan keladigan daromadlarning ortib borishi natijasida o'sib borgan qirollik
moliya ishlarini g'oyat zo'r qobiliyat egasi bo'lgan Sugeriy tartibga tushirdi.
Filipp II Avgust. Lyudovik VII ning o'g'li Filipp II Avgust (1180—1223) o'z hukmronligi ostida
fransuz yerlarini birlashtirish siyosatini izchillik bilan olib borib, bu ishda porloq
yutuqlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Filipp qirollik domenida joylashgan fransuz
shaharlariga ham, boshqa

knyazfeodallarga qarashli hududdagi shaharlarga ham homiylik ko'rsatdi. Filipp II o'zi


hukmronlik qilgan davrning boshlaridayoq shimoldagi Pikardiyani va Vermynduani qirollik
domeniga qo'shib olgan edi. Uning Plantagenetlar bilan bundan keyingi olib borgan kurashi
katta g'alaba bilan tamom bo'ldi. XIII asr boshlarida Filipp II fransuz mulklarining
ko'pchiligini: Normandiya, Anju, Men, Turen`, Puatuning bir qismi (1204—1214) ni
Plantagenetlardan tortib oldi. Fransuzlarning ingliz qiroli Ioann Yersizni (1214 yil
iyulining boshida Larosh O' Muan yonidagi jangda) va uning ittifoqchilari—Flandriya grafini va
german feodallarini (o'sha 1214 yil iyulining oxirida Buvin yonidagi jangda) mag'lubiyatga uch
ratgan 1214 yil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. Buvin yonidagi ikkinchi jangda —erkin
fransuz kommunalaridan tashkil topgan shahar lashkarlari katta rol o'ynadi, bu bilan qirol
hokimiyatining shaharlar bilan tuzgan ittifoqi ochiqoydin namoyish qilindi.
Yuqorida nomi aytib o'tilgan mulklar qo'lga kiritilishi natijasida Filipp II LaManshga va
Atlantika okeaniga bemalol chiqadigan bo'ldi; eng muhim ikki dare — Sena bilan Luara
mansablari endilikda tamomila fransuz qiroliga qaraydigan bo'ldi. Qisqa muddat ichida
qirol domeni hududi bir necha marta ko'paydi.
Filipp II davrida boshqa muhim mulklar: qirol domenining g'arbidagi Blua va uning
janubidagi Overnning bir qismi, Fransiyaning eng janubidagi Langedokning sharqiy qismi
(Tuluza grafligiga qarashli mulklardan tortib olingan qismi) ham qo'shib olindi. Sharqiy
Langedok1 Filipp II qirolligining oxiridayoq qo'shib olingan edi. Bu mahalda qirolning o'g'li
shahzoda Lyudovik (bo'lg'usi Lyudovik VIII) papa Innokentiy III ning da'vati bilan, yeretik
al`bigoylarga qarshi salib yurishida qatnashgan edi.
Filipp II Avgustning ma'muriy islohoti. Filipp II davrida qirol domeniga ko'p miqdorda
yerlar qo'shib olinishi munosabati bilan muhim ma'muriy islohat o'tkazildi. Qirollikka
qarashli barcha mulklar bal`yaj deb ataluvchi teng ma'muriy okruglarga bo'linib, ularga
qirollik gubernatorlari — bal`yalar boshliq qilib qo'yildi. Bal`yalar o'z funksiyalari
jihatidan Buyuk Karlning graflarini eslatardilar. Bal`yalar qaramog'ida sud, soliqlar yig'ish,
lashkarlar chaqirish ishlari bo'lardi. Bal`yalar vaqtvaqti bilan qirolga yozma hisobot berib
turishlari lozim edi. Bal`yalar odatda qisqa muddatga va saroyga yaqin turgan kishilardan
tayinlanib, ular mahalliy provintsial zodagonlarga qavmqarindosh bo'lmasligi yoki biror
masalada ular bilan yaqin munosabat bog'lamasligi shart edi. Filipp II davrida jami bo'lib 20
bal`yaj tashkil qilingan edi. Janubda, Langedokda bal`yalar o'rniga seneshallar taiinlandi.
Seneshallarning bal`yalardan farki

Plantageneglarning yerlari


shunda ediki, seneshallar mahalliy dvoryanlar orasidan chiqqan amaldorlar edi. Qirol
hokimiyatining janubdagi ta'siri, tabiiy, shimol, g'arb va xususan qirollik markazidagiga
qaraganda zaifroq edi.
Lyudovik IX Avliyo va uning sud—ma'muriy sohadagi islohatlari. Lyudovik VIII qisqa vaqt
qirollik qilganidan keyin Filipp II ning nabirasi, Sharqqa qilingan so'nggi salib yurish
larining tashkilotchisi Lyudovik IX Avliyo Fransiyada uzoq vaqt hukmronlik qildsh"Lyudovik IX
(1226—1270) taxtga chiqqanida endigina 11 yoshga to'lgan bola edi. Yangidan qo'shib olingan
yerlarning feodal zodagonlari va qirollik taxtiga sof vassallik munosabatlarini saqlab
qolgan mustaqil knyazfeodallar qirollikni yana parchalab yuborish maqsadida yosh qiroldan
foydalanmoqchi bo'ldilar. Biroq Lyudovik IX ning onasi, qirolevareget Blanka Kastil`skaya
saroy bilan aloqador feodallarning bir qismiga, mayda ritsarlardan iborat qirollik
vassallariga va shaharlarning ko'magiga tayaNib, feodal zodagonlar isyonini bostirdi. Voyaga
yetgan Lyudovik IX qirol hokimiyatini yanada mustahkamlab, umuman buvasi Filipp II ning
dasturini davom ettirdi.
Lyudovik IX davrida Puatuning janubiy qismi va Tuluza shahari bilan G'arbiy Langedok qo'shib
olindi. Qirol 1259 yilda Angliya bilan Fransiya o'rtasida tinchlik shartnomasi tuzdi, bu
shartnoma Fransiya uchun foydali edi. Bu tinchlik shartnomasiga muvofiq (bu Parij tinchlik
shartnomasi deb atalar edi) ingliz qiroli shimolda va shimoli-g`arbda ilgariroq o'z qo'lidan
boy bergan viloyatlardan — Normandiya, Anju va boshqalardan qat'iy voz kyochib, o'z ixtiyorida
faqat Akvitaniyani, shunda ham fransuz qiroliga vassallik huquqi bilangina saqlab qoldi.
Ammo Lyudovik IX qirolligidagi eng muhim narsa hududlar qo'shib olishgina emas, balki
ma'muriysud va moliya islohatlaridir.
Lyudovik IX davrida Fransiyani idora qiluvchi markaziy boshqarma tashkil topdi. Qirollik
kengashi yoki qirollik kuriyasi XIII asrda feodallarning syezdidan markaziy byurokratik
muassasaga aylanib, so'ng u bir qancha boshqarma (vedomstvo) larga bo'linib ketdi. Kichik
qirollik kengashi yoki «tor doiradagi kengash» ajralib chiqib, u qirolning va uning eng yaqin
amaldorlarining kantsler, konnetabel` va markazlashtirish siyosatiga tortilgan, qirolga yaqin
turgan oz sonli. feodallarning doimiy ish ko'ruvchi kengashiga aylandi. Sud ishlarini
yurgizuvchi qirollik kuriyasining boshqa qismi alohida muassasa bo'lib qoldi. Bu so'nggi
muassasa Parlament (aynan: «sud mahmadonalari» kengashi) degan maxsus nom oldi. Nihoyat,
soliqlzr yig'ish va ularni harakat qilish hamda boshqa qirollik daromadlari ustidan
qaraydigan alohida hisoblash palatasn kuriyadan ajralib chiqdi.
Qirol amaldorlarining, ayniqsa sud boshqarmasidagi
l
amaldorlarning katta bir qismi universitetlarda «Rim huquqi»dan ta'lim olgan shaxslar
bo'lib, ko'pincha ular pastki tabaqadan chiqqan, lekin baland martabaga erishganliklari uchun
butkul qirolga xizmat qilishga tayyor turgan va unga sodiq kishilar edi. Odatda, ularni
legistlar (lotincha lex— «qonun», «huquq» so'zidan kelib chiqqan) deb atardilar. Legistlar
ko'p vaqt shaharliklar orasidan chiqar edi. Qirol hokimiyatining shaharlar bilan ittifoqi ana
shu vaqtda yana bir marta isbotlandi.
Qirol janjalli masalalar chiqqan paytda ularni hal etish uchun faqat qirollik sudiga
murojaat etishga feodallarni majbur etib, o'z, domenida yakkamayakka olishuvlarni man
etdi. Janjal chiqqan kun bilan urush boshlanishi o'rtasida 40 kunlik muhlat belgilanib, shu
orada kuchsiz tomon qirolni bu janjalga aralashtira olein degan muddaoda xususiy urush
qilish huquqi ancha cheklab qo'yildi. Lyudovik IX ning sud islohoti ham muhim ahamiyatga ega
bo'ldi. Qirol sudi butun qirollik uchun oliy shikoyat sudi deb e'lon qilindi, bu sudga hatto
qirollik domemiga hali qo'shib olinmagan hududlarning fuqarosi ham shikoyat bilan
murojaat qila olardi. Ba'zi sud ishlari (o't qo'yish, soxta tangachaqa chiqarish, xotinqizlar
ni o'g'irlash va h. k.) albatta qirol sudida ko'rilishi kerak edi. Qirollik moliyasi. Lyudovik
IX tangachaqa zarb qilishda feodallar bilan raqobat qildi. U boshqa gersog va
graflarninr tangachaqa pul chiqarish va uni amalda yurgizishni bekor qilmasa ham, lekin
qirollik tangachaqa pulining shu gersog va graflarning mulklarida o'zlariniki bilan bab
baravar yurgizilishiga monelik qilmaslikka o'z vassallarini majbur etdi. Natijada eng
salmoqli qirollik tangachaqa puli odatda feodallarning yomoi sifatli pullarini siqib
chiqarar edi. XIII asr o'rtalarnda qirol byudjeta juda o'sdi. Savdo-sotiqdan, sanoatdan va
qirollik srmulklaridan (savdo-sotiq, iqti'sodiy jihatdan rshyujlaigan tumanlardagi)
keladigan daromadlarning tobora ko'payib borishidan tashqari, Lyudovik IX xazinani boyitish
maqsadida feodallarning tanho yerlaridan ustalik bilan* foydalandi. Lyudovik IX zamonida
yirik feodallardan undiriladigan vassallik to'lovi yuqori darajada oshdi. Qirol o'z
vassallaridan ko'p daromad olgani singari, shaharkommunalardan ham o'shanchalik ko'p daromad
olardi. Fransuz cherkovi «in'om» sifatida qirolga katta-katta aqcha to'lardi.
Lyudovik IX davrida bevosita qirol xazinasiga kelib tushadigan salib solig'i davlatning
doimo olib turadigan solig'i rolini o'ynadi.
Umuman Lyudovik IX davrida qirollik daromadlarining o'sishi o'sha zamonda Fransiyaning xo'jalik
jihatdan yuksala borganligini ochiqdanochiq ko'rsatar edi. Pul xo'jaligining rivojlana
boshlashi, shaharlar, sanoat va savdo-sotiqning o'sishi oqibatida mamlakatning siyosiy
jihatdan markazlashuvi xalq xo'jaligi barcha tarmoqlarining taraqqiy qilishiga ijobiy ta'sir
etdi.
Dehqonlar harakati. XIII asrda Fransiyada qishloqning ahvolida ko'zga ko'rinarli o'zgarishlar
yuz berdi. Mamlakatda shaharlarning o'sishi va tovar xo'jaligi rivojlana boshlashi munosabati
bilan qaram dehqon dehqonlarning bir qismi (servlar) feodallar tomonidan pul obrogiga
ko'chirildi. Bu masala salib yurishlari dehqonlarni ozod qilishga birinchi sababchi bo'lib, ancha
katta rol o'ynadi. Sa?lib yurishiga ketayotib va bunda odatda pulga muhtojlik sezgan feodal
o'z qaram dehqonlariga pul to'lab ozodlikka chiqishni yoki shu pul evaziga loaqal eng og'ir
qaram dehqonlik majburiyatlardan qutulishni taklif etar edi. Natural majburiyatlarni ana shu
tariqa pul bilan ayirboshlash dehqonlarni shaxsan ozod bo'lishiga yordam qildi va bu hol esa
progressiv xarakterga ega bo'ldi. Ammo XII asrda va XIII asrning birinchi yarmida bu jarayon
Fransiyada hali yetarli darajada keng tarqalmagan edi. Barshchinada ishlatiladigan va natural
obrok yig'ib odadigan qaram dehqonlik tuzumi feodal ekspluatatsiyasining ustun ko`rinishi bo'lib
qolaverdi. Ikkinchi tomondan, dehqonlar tovarpul xo'jaligiga hali yetarli darajada
tortilmaganliklari sababli obrokni pul bilan to'lashga o'tishning o'zi bu vaqtda dehqonlarga
og'irlik qilardi. Qirol xazinasiga to'lanadigan to'lovlar va jumladan, salib yurishlari bilan
aloqador nohaq soliqlar (salib yurishi solig'ini to'lash, qirol Lyudovik IX ni asirlikdan
qutqazish uchun pul yig'ish va h. k.) dehqoilar gardaniga ognr yuk bo'lib tushdi.
XIII asrning o'rtalarida fransuz qishlogidagi dehqonlar ommasi ahvolining yomonlasha borishi
zaminida ko'plab har qanaqangi mahalliy janjallar va dehqonlarning sei`orlarga qarshi
chiqishlari yuz berib turdi. Dehqonlarning bu chiqishlari ba'zan ancha 'keng tue olib, butun
butun viloyatlarni o'z ichiga olgan ommaviy g'alayonlarga aylanib ketardi. Fransiyaning ai
chagina qismiga yoyilgan bunday yirik qo'zg'olonlar jumlasiga 1251 yilda cho'ponlar h a r. a k a
t i nomi bilan mashhur bo'lgan harakat kiradi. Ideologiya jihatdan bu harakat salib yurishlari
bilan aloqador edi. Dehqonlar orasida targ'ibot olib borilib, ularning o'zlarini salib
yurishida, jumladan, qirol Lyudovik IX ni asirlikdan qutqazishda qatnashishga da'vat
qilinardi. Dehqonlar yangi salib yurishining tashkilotchisi sayyor va'zgo'y «vengriyalik muallim»
Yakov nomli kishi bo'lib, u o'zining xalqqa qilgan va'zlarida senyorning «oddiy xalqqa»
ko'rsatgan adolatsizliklari va zo'ravonliklari to'g'risidagi ijtimoiy temalarga ham to'xtalib
o'tardi. Ko'p sonli dehqonlar olomoni Parijga to'planib, so'ngra u yerdan janubga tomon yo'l
oladi, senyorlarning yo'lda uchragan qo'ralarini poymol qiladi va ulardagi mol-mulkni bosib
oladi. Qo'zg'olonchilarni Orlean va Tur shaharlaridagi kambag'allar qo`llab-quvvatladilar. Qo'z
g'olonchilarning soni tez o'sib bordi, ba'zi bir voqeanavislar
ning aytishicha, qo'zg'olonchilarning soni 100 ming kishigacha yetgan. Biroq yomon uyushtirilgan,
harbiy ishda tajribasi bo'lmagan, oxirgi maqsadning nimaligiga tushunib yetmagan va uzoq
yurishning marshrutini yaxshi bilmagan dehqonlar o'zlari qo'lga kiritgan yutuqlarni mustahkamlay
olmadilar va harakat tezda barbod bo'ldi. Dehqonlarning ayrim otryadlari yo'lda oziqovqat va
boshqa qiyiichiliklarga duch kelib, yana o'z yurtlariga qaytib ketdilar. Qo'zg'olonchilarning
qolgan otryadlarini hukumat va feodallarning shaxeiy harbiy kuchlari tor-mor keltirdilar.
Harakat qatnashchilarining ko'plari qirib tashlandi yoki qo'lga tushirildi, harakat boshlig'i Yakov
Vengerskiyning o'zi ham halok bo'ldi.
Filipp IV Chiroylivauning Bonifatsiy VIII bilan to'qnashuvi, Lyudovik IX ning nevarasi Filipp
IV Chiroyli (1285—1314) Kapetinglar dinastiya (sulola)sininguchinchi yirik vakili edi. Filipp IV o'z
qirolligining boshlarida boy Shampan` grafligini, Ispaniya bilan chegaradosh bo'lgan Navarra
qirolligini za Fransiyaning janubi-sharqidagi Lione (Lion viloyati bilan Lion shaharini) ni
qirollik domeniga qo'shib oldi. Shundan keyin, Filipp IV qirollik qilgan davrining boshidan to
oxirigacha o'sha zamondagi Shimoli-g`arbiy Yevropaning sanoat o'lkasi hisoblangan Flandriyani
egallashga harakat qildi. «Flandriya muammosi» xullas, batamom hal bo'lmasdan qoldi. Qurtra
yopidagi jangda («shtor jangi») Gent va Bryugge hunarmandlari bilan Flandriya dehqonlari 1302
yilda fransuz ritsarlarinn qattiq mag'lubiyatga uchratdilar. Biroq, bu muvaffaqiyatsizliklarga
qaramay, qirol qo'shinlari 1305 yilda Lilla yonidagi jangda flamandliklarga zarba
berganlaridan so'ng, G'arbiy Flapdriyaning bir qismi va uning bir qancha sanoat shaharlari
qirol domeniga qo'nshb olppdi.
Filipp IV davrnda «mustaqil» vassal knyazliklar sopi tamomila oz qoldi. Flandriya
grafligidan tashqari, faqat Burgundiya, Yefetan`, Akvitaniya gersogliklari (Akvitaniya
inglizlar qaramog'ida edi) va Burgundiya grafligi .(sobiq Burgundiya qirolligining shimoliy
qismi) hali qo'shib olinmagan edi.
Flandriya urushi vaqtida xarajatlarning g'oyatda ko'payib ketganligi, shuningdek, qirol
saroyida ortiqcha ierofgarchiliklarga yo'l qo'yilganligi tufayli XIV asr boshlarida Filipp IV
ning moliyaviy ishlari tamomila izdan chiqib ketdn. Qirol har qanday yo'llar bilan
daromadlarini ko'paytirmoqchi bo'ldi. U shaharlardan pul qarz olib, odatda uni qaytarmasdi;
talonchilik maqsadida yahudiylarni mamlakatdan haydab yuborib, nohaq soliqlar olib
bo'lganidan so'ng yana ularni mamlakatga kirgizardi; u tangachaqani buzib, buning oqibatida
fransuz savdosini izidan chiqarib yubordi, . qirollikka qarashli yer-mulklardagi dehqonlarni
katta haq to'lash evaziga ozodlikka chiqishga majbur etar edilar. Qorolning soliq yig'uvchilari
qo'shib olingan viloyatlarning hammasida izg'ib yurganlari uchuy keng aholi ommasi ularni juda
yomon kurar edi. Nihoyat, Filipp IV kudratli katolik cherkovi manfaatlariga jiddii putur yet
kazdi bungacha katolik cherkovi soliq tarzida emas, balki uziga xos «in'om» yoki «yordam»
tariqasida qirolga ma'lum miqdorda PUL to'lab kelardi. Endilivda Filipp IV ruhoniilarning
ham mu.chtazam suratda soliqlar to'lashlarini talab etdi.

Qirolga papa Bonifatsiy VIII (1294—(1303) keskin qarshi chiqdi. Bonifatsiy VIII Grigoriy VII


va Innokentiy III lar snngari, teokratik ideyalarga juda qattiq berilgan odam edi.
Ruhoniylarning qirolga birorbir soliq to'lashini papa man etdi va bundan tashqari, graf
Flandriyskiy Filipp IV ustidan papaga shikoyat qilganligi uchun papa Flandriyaga qarshi urushni
to'xtatishni qiroldan talab qildi. Papaning aralashuviga javoban, Filipp IV 1302 yilda uch
toifaning — ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklarning vakillarini chaqirib ularga qirol
bilap papa o'rtasidagi janjalni muhokama qilishni taklif etdi. General shtatlar1 (bu yig'ilish
ana shunday deb atalgan edi) papaning Fransiyaning ichki ishlariga aralashish haqidagi da'vosini
(fransuz ruhoniylari ham shunga kirgan edi) qoralab chiqdi.
Jamoatchilik ko'magiga tayangan Filipp IV, papalikka qarshi zo'ravonlik tadbirlarini
qo'llashga o'tdi.
Papaning Fransiyaga yuborgan legati (vakili), qirol buyrug'iga muvofiq qamoqqa olindi.
Rimning o'zidagi to'sto'polonlardan foydalangan Filipp IV Rimga o'z agenti Nogareni yubordi,
Nogare papa bilap adovatlashib yurgan Rim baronlari guruhini kuchaytirdi. Bonifatsiy VIII
Rimdan ketib Anan`idagi o'z xonadonining qasriga borganida, Nogare qurolli otryadi bilan bu
qasrga kirib oldi. Haqiqatda papa bir qancha vaqt qamoqqa tushib qoldi. Bu voqealardan
keyin, oradan sal o'taro'tmas, keksayib qolgan Bonifatsiy VIII vafot etdi. Papaning o'limidan
keyin, Filipp IV ning taz'yiqi ostida Kliment V nominn qabul qilgan bordolik (fransuz)
arxiepiskop papalikka saylandi. Kliment V Rimda istiqomat qilishni xohla* madk, u Rimda
yapgi qo'zg'olonlar chiqishidan xavfsirardi, shu sabablp u o'z rszidsntsiyasini Fransiyaga ko'chirdi.
Dastlab u Liopda o'rnlshdm, ksymp Lpip`op shaharnga ko'chib keldi, bu yerda iapalar dsyarli 70
yil davomida (1309—1378) istiqomat qilpshdi.
Shunday qilib, ilgarigi vaqtlarda feodal qirollari va imperatorlarini osonlikcha yengib
kelgan papalar bu safar milliy elementlarga tayangan va milliy siesatni o'tkazgan fransuz
qiroli bilan kurashda tamomila muvaffaqiyatsizlikka uchradilar.
Filipp IV ning qistovi bilan 1309 yilda boy Tamplierlar ordeni tugatildi, qirol bu
ordendan juda katta pul qarz olgan edi. Yeretiklikda ayblangan orden fransuz hukumatining
taz'yiqi bilan sud javobgarligiga tortildi. Yuzlab ritsarlarmonaxlar gulxanlarda
kuydirildi, barcha yer-mulklar, ko'pdan

kup uylar va juda ko'p pul mablag'lari tortib olinib, qirol xazinasnga topshirildi.


General shtatlar. Qirolning papa bilan qilgan mojarosi munosabati bilan birinchi marta
chaqirilgan General shtatlar, keyin Filipp IV davrida 1308 va 1313—1314 yillarda yig'ildi.
Doimo moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirgan Filipp IV, har safar yangi soliqlar uchun
rozilik be'rishni shtatlarga taklif qilardi. Yangi soliqlarni tasdiqlash funktsiyasi XIV
asrning birinchi yarmida Filipp IV ning vorislari davrida General shtatlarning bundan
kyoyingi faoliyati uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi.
General shtatlar tuzilishi.natijasida Fransiyaning davlat taraqqiyoti olg'a qarab bir qadam
tashladi, chunki qirolni aholining keng va eng nufuzli tabaqalari bilan bog'lovchi yangi muhim
organ paydo bo'ldi. General shtatlarga boy shaharliklardan vakillar tortilishi ayniqsa muhim
edi. Bu parsa shaharlarning siyosiy ta'siri o'sib borganligini ko'rsatar edi. General
shtatlar endilikda butun mamlakat miqyosida qirol hokimiyatining shaharlar bilan tuzgan
ittifoqining yangi ko`rinishi edi. Qirol uchinchi toifaga tayanib, o'z moliya ishlarini
mustahkamlay oldi va qaysar feodallarni yana ko'proq cheklab qo'idi. Dastlabki tarqrq feodal
monarxiyasi o'z o'rnini markazlashgan toifaviy monarxiyaga bo'shatib berdi, bu monarxiyani
boshqarishda mamlakatdagi uchta rasmiy toifa vakillarining majlisi, shu jumladan, yang'idan
shakllanib kelayotgan sinf — burjuaziya vakillari ham ishtirok qildi.
YUZ YILLIK URUSH VA FRANSIYANI SIYOSIY JIHATDAN BIRLASHTIRISHNING TUGALLANISHI
Valuaning idora qila boshlashi. 1328 yilda Kapetinglarning katta avlodi tugadi. Filipp IV
vafot etgandan keyin uning birin-ketin qirollik qilgan uch o'g'li qazo qilib, ulardan erkak
zurriyoti qodmadi. Feodallar qirollik taxtiga Kapetinglar kichik avlodining vakili bo'lmish
Filipp VI Valuani (1328— 1350) saylab qo'ydilar. Valua qirolligi davrida, 1349 yildch,
Fransiyaning janubi-sharqida muhim Dofine viloyati (sobiq Arelat qirolligining bir qismi)
qo'shib olindi. Chunki Dofine voris valiahdining udeli bo'lib qoldi, ana shu zamondan e'ti
boran taxt vorisi odatda dofinlik valiahd deb ataladigan bo'ldi. Yangi dinastiya (sulola), umuman
olganda Fransiyani birlashtirish va qirol hokimiyatini mustahkamlashni amalga oshirib, o'zidan
burun o'tgan ajdodlar siyosatini davom ettirdi. Ammo Fransiya bilan Angliya o'rtasida boshlanib
ketgan yuz yillik urush munosabati bilan Valuaning vazifalari g'oyat mushkullashdi.
Yuz yillik urushning boshlanishi. Fransuz feodallarining mag'lubiyati. 1337 yildan 1453 yilgacha
goh to'xtab, goh davom etgan Yuz yillik urush ikki qo'shni feodal davlatning to'qna
shuvi bo'lib, ularning har bir» bu vaqtga kelib siyosiy jihatdan anchamuncha markazlab olgan
va katta moddiy mablag'larni qo'lga kiritgan edi. Ingliz feodallari bilan fransuz feodal
lari o'rtasida kontinentdagi mulklar uchun chiqqan azalgi hudud mojarolari urushning
chiqishiga asosiy sabab bo'lgan edi. Ingliz feodallari Normandiya bilan Anjuning qo'ldan
ketganini sirasira unutolmadilar. Fransuz qirollari hali inglizlar qo'lida qolib kelayotgan
Akvitaniyadagi mulklarni uzil-kesil tugatishga harakat qilardilar. Ammo Akvitaniya Angliya
uchun iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega edi. Akvitaniyadan qimmatbaho vino, meva,
zotdor otlarni Angliyaga olib ketilardi. Akvitaniyada ingliz feodallarining ko`pdan-ko`p yer
mulklari bor zdi. Inglizlar bu yerda eng katta ma'murin va sud`yalik lavozimlarini egallab,
katta-katta daromadlar olardilar. Flandriya masalasida ham Angliya bilan Fransiya o'rtasida
nizo chiqdi. Filipp IV bu kichik, lekin sanoat jihatdan boy o'lkani egallash uchun butun kuch
quvvatini sarflagam edi. Ammo u Flandriya shaharlarining bir qisminigina qo'lga kiritishga
muvaffaq bo'lgan edi. Filipp VI Flandriya kommunalari bilan kurashda Flandriya grafiga yordam
berdi va shuning o'zi bilan bu o'lkaga o'z ta'sirini kuchaytirdi. Lekin ingliz savdosi
manfaatlari Flandriya bilan juda yaqindan bog'langan edi. Flandriya sanoatining o'zi ingliz
junisiz ish ko'rolmasdi. Flandriya masalasi Angliya bilan Fransiyani Yuz yillik urushga olib
kelgan boshqa bir muhim sabab dyoyish mumkin.
Filipp IV ga xotin tomondan nabira bo'lmish ingliz qiroli Eduard III ning fransuz taxtiga
qilgan da'vosi urush chiqishiga bahona bo'ldi. Lekin Fransiyada vorislikni boshqacha prinsipi
o'rnatilgan edi. Fransuz huquqshunoslari, xotin tomondan avlod bo'lgan odamlar qirollik taxtiga
o'tirolmaydi, deyishdi. Shunis.i qiziqki, bunda ular yerga xotinlar vorisligini man etgan
«Sali haqiqati» ni dalil qilib keltirdilar.
Yuz yillik urushda jang harakatlari juda sekinlik bilan bordi. Urush rasmiy suratda 1337
yilda boshlandi. Flandriya va u bilan qo'shni Brabant Angliya tomoniga o'tdilar. Flandriya grafi
fransuz qiroli tomonga qochib o'tdi. Ammo faqat 1310 yilga kelib inglizlar qat'iy harakatlar
boshlab, fransuzlarning Sleys (Shel`da daryosining mansabiga yaqin joyda) yonida turgan
flotini yo'q qildilar. Dengizda qozonilgan bu g'alaba ingliz flotini dengizda hukmron qilib
qo'ydi. Lekin inglizlar bilan fransuzlar quruqlikda to'qnash kelgunlarigacha oradan yana bir
necha yillar o'tdi. Bu to'qnashuv Shimoli-sharqiy Fransiyaning Kresiga yaqin joyida Flandriya
chegarasidagi 1346 yilda bo'lgan jang edi. Fransuz feodallari katta talafot ko'rdilar.
Eduard III boshchiligidagi ingliz qo'shinlari to'la g'alabaga erishdilar. Fransuzlarning
yengilishining asosiy sababi fransuz ritsarlarining umumiy safda turib jang qilishga
qobiliyat sizligi edi. Ingliz qo'shinlari orasida ajoyib o'qyoy otuvchilarning bo'lishi
ularning qo'lini baland qildi. Ingliz kamonchilariyuqoritabaqa dehqonlar orasidan
(yomenlardan)1 tanlab olingan yollanma qo'shin hisoblanardi. Iomenlar 350 qadam masofadan
turib og'ir kamonlardan mo'ljalga aniq urardilar.
Iomenlar sabot va matonat bilan, shuningdek, o'zlarining harbiy mahorati bilan,
ritsarlarning og'ir qurol-yarog'larini va ularning yakkayakka bo'lib ko'rsatgan jasoratini puchga
chiqardilar. Undan keyingi, 1347 yilda Eduard III Kale portini bosib: oldi, bu port uzoq
vaqtgacha inglizlarning quruqlikdagi hukmronligining tayanch manziliga aylandi.
Yuz yillik urushda ikkinchi yirik jang 1356 yilda Puat`ega yaqin joyda bo'lib o'tdi. Ingliz
qo'shinlari bu safar Fransiyaning shimoliga emas, balki g'arbiga keltirib tushirildi. Fransuz
feodallari ko'p sonli ritsar otliqlar yordamida inglizlarni majaqlab tashlash umidida edilar.
Biroq inglizlar yana g'olib chiqdilar. Ingliz tomonining bosh qo'mondoni Eduard III ning o'g'li —
Eduard «Qora shahzoda» bo'lib, u o'z qo'shinini Puat`ega yaqin joydagi tepalikka o'rnashtirdi,
fransuz ritsarlari esa bu joyda yetarlicha keng harakat qilolmadilar. Dushman bilan jang
vaqtida inglizlar ko'p fransuz feodallarini, shuningdek, ritsarlarni xam asir qilib oldilar.
Fransuz qiroli Ioann (Jan) Rahmdilning o'zi ham asir qilib olindi (Ioann Rahmdil vafot
etgap Filipp VI ning o'rniga 1350 yilda qirol bo'lgan edi). Bu g'alaba oqibatida G'arbiy va
Shimoliy Fransiyaning katta bir hududini inglizlar okkupatsiya qildi. Gien` va Gaskondan
tashqari (XIV asrda Akvitaniya ana shu i'kki viloyatga bo'lingan edi), inglizlar Puat`eni,
Overnning anchagina qismini va boshqa fransuz yerlarini bosib oldilar. Ingliz otryadlari
Fransiyaning 'shimolini talab, deyarli Parijgacha borib yetdilar. Urushdagi mag'lubiyat Fransiyada
sinfiy ziddiyatlarni keskinlashtirib mamlakatda jiddiy siyosiy tanglikni keltirib chiqardi.
Bu paytda fransuz General shtatlari siyosiy jihatdai katta rol o'ynadi.
1356—1357 yillarda General shtatlar. 1358 yilgi Parij qo'zg'oloni. Qirol asir qplib
olinganlpgp sababli qirollikni boshqarshp naqtincha dofin Karl (Sharl`) ga va unipg feodal
maslahatchilari qo'liga o'tdi. Hukumatnipg ahvoli juda og'ir edi. Xazinada pul qolmadi. Harbiy
kuchlar orasida tartibintizom yo'q edi. Inglizlarning Parijga hujum qilish xavfi bor edi.
Markaziy boshqarmalarda poraxo'rlik, o'g'irlik, tartibsizlik hukm surardi. Dofin 1356 yil
kuzida General shtatlarni chaqirishga majbur bo'ldi. 1356 yilgi General shtatlar odatdan
tashqari bir tue oldi. Unga faaqulodda ko'p deputat to'plandi. Shu bilan bir ga 800 kishidan
iborat bo'lgan deputatlarning yarmiuchinchi toifa vakillari edi. Uchinchi toifa vakillari g'oyat
faollik ko'rsatib, hukumat yurgizayotgan siyosatni keskin tanqid qildilar. Demokratik
kayfiyatdagi Lan yepiskopi Lekoq va Parijdagi movut to'quvchilar sexining oqsoqoli Et`en
Marsel` oppozitsiyaga boshchilik qildilar. General shtatlar ko'p oliy amaldorlarni
almashtirishni, saroi xarajatlarini qisqartirishni va General shtatlarga soliqlar tayinlash
huquqigina emas, balki ularni yig'ish va xarajat qilish huquqi ham berilishini dofindan talab
qildi. So'ngra, bundan keyin muntazam suratda (yilda uch marta) General shtatlarni chaqirib
turishni talab etdi. Urush masalasida General shtatlar uni davom ettirish tarafdori bo'lib,
faqat shtatlarning roziligini ol ganda k keynngina dushman bilan sulh shartnomasi tuzishni
talab qildi. General shtatlarning bu barcha talablari 1357 yilgi Buyuk mart ordonansi nomi
bilan rasmiy suratda qonunlashtirildi. Dofin
1357 yil 3 martida J5y qonunga imzo chekdi.
Uchinchi toifaning «o'zboshimchaligi»dan g'azablangan saroy feodallari Et`en Marsel` va
harakatning boshqa rahbarlariga nisbatan jazo choralari qo'llashni qattiq talab etdilar. Dofin
o'zi IxMzo qilgan mart ordonansini bajarishga ro'yxush bermadi. Shundan keyin 1358 yilning 22
fevralida Parijda qo'zg'olon ko'tarildi, bu qo'zg'olonni Marsel` tarafdorlari tayyorlagan edi.
Parijning 3 mingga yaqin hunarmandlari va xalfalari Qirol maydoniga to'plandilar va qirol
saroyiga bostirib kirdilar. Dofinning bosh maslahatchilaridan ikkitasi o'ldirildi. Shundan
keyin Marselning o'zi shahzodaning—«bosh maslahatchisi» bo'lib oldi. Ammo Marselning vasiyligi
malol kelgan dofin, tez orada, Parijdan qochib ulgurdi. U Komp`en shahrini (Parijning
shimolisharqida, Uaza daryosi bo'yida) o'ziga rezidentsiya qilib tanladi va bu yerda feodallarni
hamda General shtatlardagi uchinchi toifaga mansub eng mo''tadil deputatlarni o'z tevaragiga
to'play boshladi. Xuddi shu vaqtda,
1358 yil bahorida, Parijning shimolidagi tumanda dehqonlarning katta qo'zg'oloni tayyorlanar
edi. Bu qo'zg'olon Jakeriya qo'zg'oloni degan nom oldi.
Jakeriya. XIII asr o'rtalaridayoq Fransiyada dehqonlar noroziligi yuz berganligi yuqorida aytib
o'tilgan edi. Qaram dehqon dehqonlarning o'nlab ayrim mahalliy chiqishlari XIII asrning
ikkinchi yarmi — XIV asrning birinchi yarmidagi xronikalarda ro'yxatga olingan. Keng dehqonlar
harakatining asosiy sababi (bu narsa faqat Fransiya uchungina emas, balki bundan keyin ham
ma'lum bo'lishicha, XSH—XIV asrlardagi Yevropaning boshqa barcha mamlakatlari uchun ham xarakterli
edi) feodal sistemasining yemirilishi, feodalqaram dehqonlik ekspluatatsiyasining eski
formalaridan tovarpul munosabatlariga asoslangan, dehqonlar ommasi uchun yanada og'irroq
bo'lgan uning yangi, ixchamroq formalariga o'tilishi bo'ldi.
Dehqonservlarning shaxsiy qaram dehqon qaramlikdan ozod etilishi va ularning «yangi
villanlar»ga aylantirilishi Fransiyada XIII asrning ikkinchi yarmi da XIV asr boshlarida zo'r
berib davom etdi. Qirol Lyudovik X qirollik yer-mulklaridagi dehqonlarni haq to'lash sharti
bilan ozodlikka chiqarish to'g'risida 1315 yilda farmon chiqardi. Qirol o'z farmonida boshqa
katta yer egalari ham mendan ibrat oladilar, deb umid qilgan edi. Servlarni ozod etish
tobor,a keng miqyooda davom etdi. Yangi «erkin villanlar» (haq to'lab shaxsiy ozodlikka
chiqqan
sobiq servlar ana shunday deb atalardi) fransuz qishloqlarida tez-tez uchraydigan bo'ldi.
Servlarga yaqin turgan «eski villanlar» ham majburiyat o'tashdan haq to'lab qutuldilar. «Yangi»
va «eski» villanlar muayyan pul obroklari (chinshi) to'lash sharti bilan vorisiy zamindorlarga
aylandilar. Biroq «xalos bo'lish» fransuz dehqoni gardaniga og'ir yuk bo'lib tushdi. Ozodlikka
chiqish uchun to'lanadigan haqning g'oyat darajada yuqori bo'lishi «ozod bo'lgan» dehqonni sudxo'rlar
sirtmog'iga tushirdi. Ayni zamonda senyorlar, avvalgidek, dehqonlarni sud qiladigan
senyorlik sudini saqlab qoldilar, shuningdek, bir qancha natural yig'inlar undirishni va shu
jumladan, kichik barshchinada ishlatishni davom ettirdilar. Bularning hammasi dehqon
xujaligining rivojlanishiga to'sqinlik qilardi, dehqonni mustaqil erkin mayda tovar ishlab
chiqaruvchiga aylantirishni to'xtatib turardi.
1349 yilda Fransiyaga o'lat kasalligi («qora o'lim») tarqalib, shimoliy fransuz qishlog'iga
ancha katta ziyonzahmat yetkazdi. Nihoyat, Yuz yillik urush, bu urush orqasida davlat tomoni
dan katta-katta soliqlar solinishi va chetdan kelganlar, ya'ni inglizlar tomonidan ham,
vatandoshlar — fransuz feodallari tomonidan ham qishloqlarni bearmon payhon qilinishi sababli
fransuz qishloqlarining g'oyat darajada tinkamadori quridi. Hech qanday hokimiyatni tan
olmasdan, kapando'zlik (marodyorlik) qilgan harbiy otryadlar, ya'ni brigandalar dehqonlarga
ayniqsa katta ziyon yetkazdilar. Brigandalar fransuz qishloqlarini bemalol taladilar,
dehqonlarning oziqovqat mahsulotlari va mol-mulklarini tortib oldilar, molhollarini
bosib oldilar, dehqon xo'jaligini tamomila izdan chiqardilar, dehqonlarning o'zlari esa
talovchilardan o'rmonlarga qochib, beknnib yurishga majbur bo'ldilar. Mahalliy senyorlar
brigandalarga qarshi kurashishda dehqonlarga hech qanday yordam ko'rsatmadilar. Hatto
brigandalarning «kapitailari» bilan til biriktirib, talab olingan o'ljalarni bo'lishda
ishtirok etgan senyorlar ham yo'q emas edi.
1358 yilda Bove okrugida (okrug markazi Bove shahri) qo'zg'olon boshlanib, u keyin Sena,
Marna va Uaza daryolari havzasidagi katta tumanga yoyildi. Il` de Frans, Pikardiya va
Shampan` dehqonlari qo'zg'oldilar.
1358 yil iyunining dastlabki 10 kuni ichida harakat juda keng miqyosda yoyildi. Dehqonlar
(dvoryanlar nafratlanib ularni jaklar deb atardilar) feodallarga qarshi g'oyat darajada
g'azablangan edilar. Dehqonlarning shiori: «Barcha zodagon kishilarni oxirgi zurriyotigacha
bitta qoldirmay qirib tashlash» degan shior edi. Ammo ular qirol bizni qo`llab-quvvatlaytsi
deb o'ylab, o'z bayroqlarida qirollik gerbining emblemasi bo'lmish nilufarni tasvirlab
ko'rsatdilar. Bove okrugiga qarashli bir qishloqdan chiqqan va harbiy ishdan xabari bo'lgan
dehqon Gil`om Qal` qo'zg'olonchilarga boshchilik qildi. ShimoliShar qiy Fransiyaning ba'zi bir
shaharlari dehqonlar tomoniga o'tgan bo'lsada, lakin ular g'isbatan kam va ko'proq mayda
chuyda shaharlar edi. Masalan, Bove shahari qo'zg'olonchilarga qo'shildi va ular ancha mustahkam
ittifoq tuzdi. Boshqa shaharlardan Sanli, Mo, Ruan jaklarini quvvatlab chiqdilar. Pul zarb
qiluvchilar sexining oqsoqoli, Et`en Marselning do'sti va maslakdoshi Jan Vayan boshchiligida
jaklarga yordam berish uchun Parijdan 300 kishilik otryad yuborildi. Biroq Am`en, Komp`en va
boshqa yirikroq shaharlar jaklarni qo`llab-quvvatlashdan bosh tortdilar.
Parij savdogarlari oqsoqoli Et`en Marselning o'zining tutga n mavqei g'alati bo'ldi.
Marsel` qo'zg'olon ko'targan dehqonlarga og'izda qizg'in xayrixohlik bildirdi. Uning farmoyishi
bilan Jan Vayan boshchiligida Parijdan jaklarga otryad jo'natildi. Ammo, shu bilan bir
vaqtda, Et`en Marsel` dehqonlar qo'zg'olonining ahamiyatiga yetarlicha baho bermadi. Et`en
Marsel` tomonidan jaklarga yuborilgan yordam sira yetarli emasdi. Et`en Marsel` dofinga
qarshi kurashish planini, har qalay*, qo'zg'olon ko'targan dehqonlar bilan ittifoq bo'lib emas,
balki Fransiyaning zng yirik feodali—Navarra qiroli Karl Yevuz bilan ittifoqlikda amalga
oshirishni mo'ljalladi., Yeu feodal ham Kapetinglar avlodidan bo'lib, fransuz taxtining
da'vogarlaridan edi. Ispaniya bilan chegaradosh Navarra qirolligidan tashqari, Karl Yovuznipg
Normandiyada ham ko'pgina yer-mulklari bor edi. Qo'zg'olon paytida jaklar bilan qo'shnichplikda
yashagan Karl Navarrskiy bu qo'zgolopga befarq qaramadi. U Uaza daryosi vodnysidagi Klermop
shaharidan uncha uzoq bo'lmagan joydan.turib qo'zg'olon ko'targan dehqoilarga hujum qildi. Ammo
jaklar ko'p sonli bo'lganligini hisobga olib, makkor shahzoda jang qilishga botinmay,
hiylanayrang ishlatish YO'liga o'tdi. Karl go'yo muzokara olib borish muddaosida Gil`om ¦ Qalni
o'z huzuriga taklif etib, uni xiyonatkorona qamoqqa oldi, so'ngra esa uning boshiga
qizitilgan temir tojni kiydirib, qatl etdi. Shundan keyin Shimoliy Fransiyada
feodallarning qonli jazolashi boshlanib, dehqonlardan o'ch olindi. Karl Yovuznipg o'zining
otryadlari, shuningdek, boshqa feodallarning otryadlari qariyb 20 ming dehqonni qirib
tashladilar. Dehqonlarni faqat fransuz feodallari kaltaklabgina qolmay, balki hatto urush
sharoitida ham o'zlarining sinfdosh birodarlariga yordam berishga shoshilgan ingliz feodallari
ham ularni o'lgudek do'pposladilar.
Shu tariqa, jaklar qo'zg'oloni qora qonga botirildi. Yetarln darajada uyushmaslik, dehqonlarning
dushman feodallarga ko'ngilchanlik qilishlari, birorbir aniq va ravshan dasturning
bo'lmasligi — Jakeriya qo'zg'olonining mag'lubiyatga uchrashining asosiy sabablari ana shulardir.
Jakeriyaning, shuningdek, o'rta asrlar davridagi boshqa dehqonlar qo'zg'olonlarining yengi
lishining sababi — dehqonlarning shaharda ishonchli ittifoq
chisining yo'qligi bo'ldi, bunday ittifoqchisiz hech bitta dehqon qo'zg'oloni yengib chiqishi mumkin
emas. Et`en Marselning dehqonlar masalasidagi siyosati sinfiy jihatdan cheklangan va
kaltabinlik siyosati edi. Ammo Marsel` o'zining siyosiy xatosi uchun tez orada qattiq pand
yedi. Dehqonlar harakatidan qo'rqib qolgan feodallar dofin tevaragiga jipslashdilar.
Dofinning ayg'oqchilari Parijda o'z faoliyatlarini kuchaytirdilar. Shu orada Parijning o'zida ham
norozilik o'sib bordi.
Et`en Marselning boy shaharliklarning manfaatlarini nazarda tutib o'tkazgan soliq
siesatidan mayda hunarmandlar norozi zdilar. Ana shundan foydalangan dofin tarafdorlari
poytaxtda oppozitsiya boshliqlariga qarshi dushmanlik harakatini uyushtirdilar. Uz dushmanlari
bilan yuzmayuz kelgan to'qnashuvlarning birida, 1358 yilning 1 avgustiga o'tar kechasi Et`en
Marsel` o'ldirildi.
Karl V ning islohatlari. Urushning yangi davri va fransuzlarning muvaffaqiyatlari. Qirol
Ioann Londondagi asirlikda vafot etgandan keyin, 1364 yildan dofin Karl Karl V nomi bilan
(1364—1380) hukmroilik qila boshladi. Karl V 50 yillardagi siyosiy inqirozdan bir qapcha
saboq oldi va qirol bo'lib olgapdan keyin, bir necha muhim islohatlar o'tkazdi. Bu
islohatlar qirollnk hokimiyatining ahvolini ancha mustahkamladi. Avvalo Karl V inglizlar
bilan sulh shartnomasi' tuzdi. 1360 yilgi Bretin`i sulh shartnomasi juda og'ir shartlarni o'z
ichiga olgan bo'lib, fransuzlar Fransiyaning shimoli va g'arbidagi ko'pgina hududlarni
inglizlarga berishga majbur bo'lgan edi. Ammo Fransiya urushni davom ettirishga ojiz
bo'lganligidan shunday qilish juda zarur edi.
Nafasni rostlab olishdan foydalangan Karl V eng xavfli feodallarni yer bilan yakson qildi. U
Karl Yovuzga qarashli mulklarni musodara qildi va uning o'ziii Fransiyadai haydab yubordi.
Gersog Bretapokiy fransuz qiroliga vassal qaramlikni tan olishga majbur bo'ldi. Karl V ning
tug'ishgan ukasi Burgundiya gersogi qilib saylandi, shu bilan Parij saroyi Burgundiya
gersogligiga o'zining siyosiy ta'sirini o'tkaza boshladi. Qaroqchi shaykalarga aylangan
(brigandalar) va mahalliy aholini ayovsiz talagan feodallarning harbiy otryadlari (kam
pan`ilar) ni tugatish uchun hukumat ko'p kuchquvvat sarfladi.
Lekin Karl V davlatning moliya ishlariga ayniqsa katta e'tibor berdi. 1369 yilda u bir qancha
doimiy soliqlar to'plash — tamojnya boji (edlar), tuz solig'i (gabel`) va xonadon solig'i (yoki
«tutun» solig'i), ya'ni pechkasi (fuaji) bo'lgan har bir uydan soliq yig'ish to'g'risida General
shtatlarning roziligini oldi. Hukumat shtatlarni chaqirmay turib ham, noma'lum vaqtgacha
(«harbiy zaruriyat buni talab etgan paytgacha») bu soliqlarni yig'ish huquqini oldi. Shunday
qilyb,qirolga diromadlarning doimo kelib turadigan manbalari topshirnb qo'yildi va u
endilikda General shtatlarga unchalik bog'liq bo'lman qoldi. Karl V shtatlarni chaqirishga barham
bersada, har holda, uchinchi toifa a'zolarining moliya sohasidagi tajribasidan foydalanishga
qaror berdi. Uchinchi toifaning ko'pgina vakillarini u amaldorlar sifatida moliya
boshqarmasiga jalb qildi. Burjuaziya vakillari markaziy boshqarmaga ishga qo'yildilar, lekin
ular endi nazoratchilar sifatida emas, balki feodal davlatning oddiy" qirollik amaldorlari
etib kabul qilindilar.
Moliya islohoti qo'shinni qaytadan isloh "qilish uchun Karl V ga zarur bo'lgan mablag'larni
yetkazib berdi. Yollanma askarlar qabul qilish yo'li bilan qirollikning yirik harbiy otryadlari
tuzildi, bu otryadlarning bir qismi otliq askarlardan, bir qismi piyoda askarlardan iborat
edi. Strategiya jihatdan muhim bo'lgan qasrlar qaytadan tiklandi, 120 ta kemadan iborat
harbiy flot qurildi, fransuz qo'shinida to'plar paydo bo'ldi. To'plarning paydo bilishi harbiy
sohadagn muhim yangilik edi.
Harbiy islohat natijalari urushning borishida darhol namoyon bo'ldi. Urush harakatlari
boshlanibketgandanso'ng (1369 yilda), bu harakatlar inglizlar uchun muvaffaqiyatsiz bo'lib
chikdi. Karl V ning iste'dodli bosh qo'mondoni Dyugeklen katta janglarga kirmay, lekin kichik
kichik' epchil otryadlar bilan tez-tez va to'satdan harakat qilib, inglizlarni birin-ketin
Normandiya, Puat`e va Giendan surib chiqardi. Dyugeklen qasrlarni qamal qilishda
artelleriyadan ustalik bilan foydalaidi. U 200 dan ziyodroq qal'aqo'rgopni dushmandai
tozaladi. 138E yilda inglizlar qo'lida jami bo'lib bir nschta sohpl bo'yi shaharlar qolgan
edi. Urush astaseknn so'na bordi. Karl V va Dyugeklen vafot etgandan keyin, 1396 yilda 28
yil1ga cho'zilgan yarashish ahdi tuzildi.
Karl VI davridagi feodallar anarxiyasi. «Shahzodalar feodalizmi». XIV asrning oxiri — XV
asrning boshlari Fransiyada yapgi siyosiy inqiroz zamoni bo'ldi. Karl V ning o'g'li Karl VI
(1380—1422) balotatga yetmasdan turib qirol bo'ldi. 93 yillarnimg boshlarida u telba bo'lib
qoldi, shu davrdan e'tiborai iomigagina qirollik qildi. Saroyda feodallar to'dasining ku
rashi boshlaiib, unga qirollik xonadoniga mansub shahzodalar boshchilik qildi. Saroy
feodallarining bir to'dasiga qirolnipg akasi gersog Orleanskiy boshchilik qildi. Janubning
qudratli feodallari — arman`yaklar ham bu to'dani qo`llab-quvvatladilar. Ikkipchi to'daning
boshlig'i gersog Burgundskiy bo'lib, Karl VI ning amakisi edi1. Har ikkala tuda navbati bilan
hokimiyat tepasiga chiqib olib, u davlat mablag'larini talontoroj qildi, qirollikka qarashli
mulklarni bosib oldi, shaharlarni taladi.
Yuqori soliqlardan, ayaldorlarning yirtqichligidan va bir hovuch oliy martabali feodallarning
saroydagi zo'ravonligidan d,zob chekkan shaharlarning noroziligi Parijda, Ruanda, Am`enda va
Flandriyaning turli shaharlarida 1380—1382 yillarda bo'lib o'tgan bir qancha shahar
g'alayonlarida yfodalapdi. Parij xalq ommasi 1382 yilda qurolaslaha omborini egallagan va
voqeanavislarning aytishicha, temir to'qmoqlar bilan qurollanib, soliq yig'uvchilarni va
qirollikning boshqa amaldorlarini o'ldira boshlaganlar («to'qmoqchilar qo'zg'oloni»). Nor
mandiyada, Overinda va Langedokda XIV asr 60—80 yillarning boshidan to oxirigacha keng
miqyosda dehqonlar qo'zg'olonlari bo'lib o'tdi. Bu qo'zg'olonlar ham qisman shaharlardagi xalq
ommasining chiqishlari bilan bog'langan edi. Qo'zg'olon ko'targanlarni tyushenlar deb atadilar
(tyushen suzining asl ma'nosi—«o'rmon kishilari» demakdir. Aftidan, qo'ztolonchilar o'rmonlarda
yashirinib yurganliklari uchun shunday deb atagan bo'lsalar kerak). Biroq bu g'alayonlarning
hammasi hukumat tomonidan bosti
rildi.
Kaboshchilar qo'zg'oloni. Karl VI davrida shahar qo'zg'olonlari orasidagi epg yirik qo'zg'olon —
kaboshchilar qo'zg'oloni edi. Bu qo'zg'olon 1413 yil 27 aprelda Parijda bo'ldi. Bunda
poytaxtning keng hunarmandlar ommasi qatnashdi. Simon Kabosh (qo'zg'olonning o'zi ham ana
sho'ning nomi bilan ataldi) boshchiligidagi Parij qassoblari sexi qo'zg'olonda ayniqsa katta
rol o'ynadi. Parij universiteti vakillari ham harakatda qatnashdilar, ular yangi keng
ordonans loyihasi tarzida qo'zg'olonchilarning 258 moddadan iborat talabnomasini ishlab
chiqdilar, bu loyiha qirol amaldorlarining suiiste'mol qilishlariga, shuningdek, eng yirik
feodallarning — shahzodalar va boshqa oliy martabali senyorlarning boshqaruv ishlariga
aralashishlariga ham barham berishpi maqsad qilib qo'ygap ma'muriy, sud Yea moliya
islohatlaripiig mufassal planipi o'z ichiga olgan edi. Usha vaqtda hokimiyat tspasida turgan
orleanliklarni kaboshchilar yordamida ag'darib tashlashga intilgan Burgundiya to'dasi.ularni
ochiqdanochiq qo`llab-quvvatladi. Kaboshchilar harakati qatnashchilarining tarkibi har xil
bo'lgailigi va gersog Burgundskiy tomonidan yetarlicha yordam berilmaganligi tufayli qo'zg'olon
1413 yilda bostirildi. Mag'lubiyatdan keyin kaboshchilarning bir qismi Burgundiyaga qochib
ketdi. Shu davrdan boshlab gersog Burgundskiyning saroyi qirol hukumatiga qarshi
fitnalarning asosiy markazi bo'lib qoldi. Gersog Burgundskiy ingliz qiroli bilan
muzokara boshlab, u bilan dustlik shartnomasi tuzdi.
Angliya bilan urushning yana boshlanishi. Inglizlarning hujumi. Fransuz feodallari orasidagi
kurash ingliz saroyi uchun sir emas edi. Ingliz qiroli Genrix V (Lankasterlar dinastiya (sulola)siga
mansub odam) qulay vaziyatdan foydalanishga qaror berib, 1415 yilda urush harakatlarini yana
boshlab yubordi. U o'sha zamonda g'oyat kup hisoblangan^O ming kishilik qo'shin bilan Sena daryosi
mansabiga kelib tushdi. Fransuz hukumatn 100 ming kishilik lashkar to'pladi, lekin uning
harbiy mahorati g'oyat past edi. 1415 yil kuzida ingliz qo'shinlari bilan fransuz qo'shinlari
Azenkurga (Pikardiyada) yaqin joyda to'qnashganlarida, fransuzlar yana qattiq mag'lubiyatga
uchradilar. Gersog Orleanskiyning o'zi inglizlarga asir bo'lib tushdi. Ingliz feodallariga
dust bo'lgan burgundiyaliklar «betaraflik» saqlab jangda qatnashmadilar. Shundan keyin
inglizlar butun Normandiyani i stilo qildilar. Inglizlar deyarli Parijga yaqinlashib qoldilar
va gersog Burgundskiyning ko'magida Karl VI hukumatini juda tahqirli sulh shartlarini qabul
qilishga majbur etdilar. 1420 yilgi Trua shartnomasiga ko'ra, Angliya bilan Fransiya umumiy
qirol qo'l ostida bitta qirollikka birlashdilar. Karl VI vafot etgandan keyin tez orada, shu
Karl VI ning qizi malika Yekaterinaga uylangap Genrix V har ikkala mamlakatning qiroli
bo'lishi kerak edi.
Shartnomaga muvofiq Karl VI ning o'g'li vorislik huquqlaridan mahrum etildi. U Parijdan
Arman`yaklarga qochib o'tdp. 1422 yil avgust oyining oxirida Genrix V 36 yoshida t.o'satdai qazo
qildi. Shu yilning oktyabrida keksa Karl VI vafot qildi. Siyosiy vaziyat darhol mushkullashdi.
Inglizfransuz qirolligi tarafdori bo'lgan Burgundiya to'dasi Genrix V bilan Yekaterinaning
10 oylik o'g'li Genrix VI ni Angliya va Fransiyaning qiroli deb e'lon qildi. Arman`yaklariing
«milliy» fransuz to'dasi dofin Karlpi Karl VII pomi bilan qirol deb e'lop etdp. Luara
daryosipppg janubpdagn kichkipa Burj shahrn bir necha yilgacha Karl VII iing ioytaxti
bo'lib qoldi.
Fransuz qirolligipiig ahvoli ogir edi. Urushiiig oxiri ko'rinmasdi. Fransiyaning shimoli bilan
janubi ikki raqib mamlakatga aylanib qolgan edi. Ingliz feodallari Fransiyaning bosib
olingai qismida o'z uylaridagidek xo'jayinlik qilardplar. 1428 yilda ular Orleanni qamal
qidmoqchi bo'ldilar. Agar Orlean olinsa, inglizlarning Fransiya janubiga yanada hujum
qilishlari uchun bemalol yo'l ochilgan bo'lur edi.
Janna d'Ark. Cho'zilyb ketgan urush qirollikka qarashli acocni'i rapoplarning dushman tomonidan
bosib olinishi, Burgundiya feodallarining xoinlik siyosati — bularning hammasi Fransiya xalq
ommasini tashvishga va tahlikaga soldi. Turli joylarda ipterventlarga qarshi xalq bosh ko'tarib
chiqa boshladn. Ana shupday chiqishlarning biri dehqon qizi Janna d'Ark nomi bplap boglaigan
bo'lib, u urushning borishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Janna d'Ark Burgundiyadan uncha uzoq
bo'lmagan Shampannipg Lotaringiya bilan chegaradosh joyidagi Domremi degan qishloqdan chiqqan
edi. Turli yo'llar kelib tutashgan bu joyda urush haqidagi xabarlar ayniqsa ko'p fikr va
mulohazalarga sabab bo'ldi. Xayolchan, serandisha va cheksiz hayajonlanishga moyil Janna d'Ark
bu hikoyalarni zo'r berib tinglardi. Fransiya
ii inglizlardan xuddi Janna d'Arkdek jasur odam xalos qilishi lozim degan ishonch asta-sekin
bu qiz ko'nglida tug'ila bordi. Bu vazifaga u, xudoyi taoloning o'zi topshirgan ish deb qaradi.
Erkak kiyimini kiyib olgan Janna d'Ark harbiy ishni bilgan bir guruh hamqishloqlari bilan
birgalikda dushmanlar bilan kurashda yordam bermoq uchun Karl VII ni izlab borish uchun yo'lga
ravona bo'ldi. 1429 yilning martida Karl VII ning qasrlaridan birida uni qirol qabul
qildi. Orlean to'dasi yangi «avliyo»ning obro'e'tiboridan foydalanmoqchi bo'ldi. Janna d'Arkni
armiyaga olishdi. Ritsarlik yarog'aslahalarini taqib olgan bu qiz otda qo'shinni aylanib chiqib,
uni Orlean yonida urush harakatlarini boshlashga da'vat etdi va g'alaba qo'lga kiritilajagini
oldindan karomat qildi. Janna fransuz qo'shini ichida intizomni ko'tarishga chaqirdi va dushman
bilan olishuvlarda o'zi katta pahlavonlik ko'rsatdi. Orleanni ozod qilish operatsiyalari to'la
g'alaba qozondi. Orlean 1429 yilning 5 mayida ozod qilindi. «Orlean qizi» haqidagi shon
shuhrat butun Fransiya tuprog'iga yoyildi.
To'g'ri histuyg'uga amal qilgan Janna tez orada Karlga Reyms shahrida toj kiyish marosimini
o'tkazishga maslahat berdi. Karl bu maslahatni qabul qildi. Karl VII ning toj kiyish
marosimi muvaffaqiyatli o'tdi va bu Fransiyaning «qonuiiy qiroli» bo'lgan Karlning obro'
e'tiborini darhol ko'tardi. So'ngra, Janna d'Ark urush harakatlarini tezlatish va Parij
tomonga yurish qilishni qattiq turib qirolga taklif etdi. Ammo Orlean to'dasi bu ishni paysalga
sola boshladi. Dehqon qizining maslahatlariga quloq ooldilaru, lekin bu maslahatlar
bajarilmadi. Unga hatto uning o'zini katta xavfxatar ostida qoldiruvchi mayda-mayda harbiy
operatsiyalarni bajarish topshirilardi. Shupday operatsiyalarning birida (Komp`en shahrini
mudofaa qilish paytida) burgundiyaliklar Jannani asir qilib olib, so'ng uii katta aqcha
evaziga inglizlarga topshirdilar. Inglizlar Janna d'Arkni sehrgarlikda aybladilar. 1431
yilning 30 mayida Janna d'Ark sehrgar sifatida Ruandagi bir maydonda o'tda kuydirildi. Karl
VII Janna d'Arkni o'lim jazosidan qutqarishni hatto xayoliga ham keltirmadi.
Yuz yillik urushning tugashi va uning oqibatlari. Janna d'Ark halok bo'lsa ham, lekin uning
vatanparvarlik ishi o'z samarasini berdi. Inglizlarga qarshi kurashdagi jiddiy yutuqlar uning
nomi bilan bog'langan. Janna d'Ark haqidagi xotira fransuz vatanparvarlarini bundan keyingi
kurashga da'vat etgan o'ziga xos bayroq bo'lib qoldi. Fransiyaning turli joylaridan mayda
ritsarlarning, dehqonlar va shaharliklarning yangi qurolli otryadlari yordam berish taklifi
bilan Karl VII huzuriga kelardilar. Ayni zamonda go'dak qirol davrida va harbiy
muvaffaqiyatsizliklar sharoitida inglizlar lagerida feodallarning ayrim to'dalari o'rtasida
ichki kurash tobora ko'proq keskinlashib borardi. 1435 yilda gersog Burgundskiy ingliz
fransuz to'dasi bilan tuzgan ittifoqini bekor qildi. 1436 yilda Karl VII Parijga kirib
keldi. 40 yillarda inglizlardan Gien` va Normandiya batamom qaytarib olindi. Ular qo'lida
birgina Kale porti qoldi. Garchi urishuvchi tomonlar o'rtasyda rasmiy sulh shartnomasi
tuzilmagan bo'lsa ham, lekin Yuz yillik urush 1453 yilda to'xtadi.
Yuz yillik urush Fransiyani juda vayron qilib tashladi. Ko'p shaharlar, turli viloyatlarning
savdo-sotiq ishlari izdan chiqdi, jumladan shimolning janub bilan qiladigan savdosi uzoq
vaqtgacha to'xtab qoldi. Qirollikdagi aholi to'rtdan uch. qismga kamayib ketdi. Ekin
ekiladigan dalalarning ko'pchiligi xarobalarga aylandi, u yerlarda o'rmon va chakalakzorlar
paydo bo'ldi; yuzlab qishloqlar go'yo ularda hech qachon odam bolasi yashamagandek, yer yuzidan
g'oyib bo'ldi. Ammo urushning Fransiya uchun ijobiy tomonlari ham bo'ldi. Urush patijasida
avvalo, aholida milliy his uyg'ondi. Urush xalqning vatanparvarlik yuksakligi bilan tamom
bo'ldi. Yuz yillik urush, oqibatnatijada, Fransiyani birlashtirish jarayonini ilgari surdi.
Urushgacha mamlakatning janubig'arbida inglizlarga qarashli bo'lgats ancha keng hududlar
(Gien` va Gaskon`) endilikda Fransiya qirolligiga qayta birlashtirildi. Qirol
hokimiyatining janubiy viloyatlar (Langedok) ustidan muntazam nazorati Yuz yillik urush
paytida va undan keyingina uzil-kesil o'rnatildn. Fransuz qirolining inglizlar ustidan
g'alaba qilishi Burgundiya gersogligini qo'shib olish masalasini pavbatga qo'ydi. Burgundiya
gersoglari urush mahalida iigliz feodallari bilan ittifoq tuzgan edilar. Inglizlarning
maglubiyati gersogliknipg mavqeipi zaiflashtirib qo'ydi. Parij hukumati birlashtirilmay
qolgan feodal mulklari orasidagi eng yirik feodal yerlarning mustaqilligiga barham berish
uchun tabiiy, bu vaziyatdan foydalanishga shoshildi.
Yuz yillik urush vaqtida Fransiya siyosiy markazlashish masalasida katta yutuqlarni qo'lga
kiritgan edi. Urush paytida yirik feodallar xalq nazarida o'zlarini tamomila badnom
qildilar. Qirol hokimiyati barcha muvaffaqiyatsizliklardan qat'i nazar, o'zini «tarkib
topayotgan millat»1 markazi qilib ko'rsatdi. Butun kuch bilan davlat mudofaasini mustahkamlash
zarur bo'lgap urush sharoitlarida qirol hokimiyati yollangan doimiy armiyani o'z ixtiyoriga oldi
va muntazam soliqlar yaratdi; shu muiosabat bilan markaziy va mahalliy qirollik amal
dorlari apiarati ancha kengaydi. Karl V ooliqlariga qo'shimcha qilingan soliqlar orasida
tal`ya nomli yangi soliq ayniqsa ketta ahamiyatga ega bo'ldi (bu soliq Karl VII davrida, 1439
yilda joriy qilipgan edi). Tal`ya solig'i aholining asosiy ommasi — dehqonlar bilan
shaharliklarning mulklaridan undirilardi. Qirollarga «umrbod» qilib belgilab berilgan bu
soliq kelgusida fransuz qirolligidagi davlat daromadlariiing asosiy manbai bo'lib
qoldi.
Inglizlar bylan olib boriltan urush mahalida kattagina rol o'ynagan General shtatlar shu
urushning borishida amalda yo'q bo'ldi. Toifalar o'rtasidagi nizojanjal, fransuz shahar
larining birbirovlari bilan yetarlicha inoq bo'lmasligi, uchinchi toifa vakillarining
boshqaruv apparatiga, birinchi galda moliya boshqarmasiga kirib olishi bu faktni yetarli
darajada izohlab beradi. Qirollar, Karl V dan boshlab, General shtatlar o'rniga, vaqtvaqti
bilan notabllar («mashhur kishilar») deb atalgan odamlarning yig'ilishlarini chaqirib turadigan
bo'ldilar. General shtatlarning aksi o'laroq, bu yig'ilishlar toifa vakillarining yig'ilishiga
o'xshamasdi va faqat maslahat berish xarakterida bo'lardi. Notabllarning yig'ilishida qatnash
gan shaharliklar, amalda o'ziga xos moliya ekspertlari edi. Hukumat bulardan ba'zi bir xil
ma'lumot olishni istardi, lekin hukumatda ularning fikri inobatga olinmasdi.
XV ASRNING IKKINCHI YARMIDA FRANSIYA. ABSOLYUT MONARXIYAGA UTILISHI
Lyudovik XI. Fransiyani birlashtirishning tugallanishi.
XV asrning ikkinchi yarmida qirol hokimiyati allaqachon cheklanmagan monarxiya xususiyatlariga
ega bo'lib, u Fransiyadaeng zo'r qudratga erishdi. XV asrda Lyudovik XI (1461—1483) eng atoqli
qirol bo'lib, uni Fransiyaning birinchi absolyut qiroli deb bejiz aytmaganlar. U o'z
zamonasining atoqli siyosatdoni, eng yirik diplomata edi. U o'z hukmronligining ko'pchilik
qismini yirik feodallarga qarshi ayovsiz kurashda o'tkazdi. Feodallar unga qarshi «Jamiyat
baxtsaodati uyushmasi» degan mashhur nom ostida ittifoq tuzdilar. Ittifoqning asosiy rahbari
gersog Burgundskiy — Karl Jasur edi. Lyudovik XI ning tug'ishgan ukasi ham shu ittifoq bilan
aloqador edi (biroq Karl nomli buning ukasi tez orada vafot etadi). Lyudovik XI odamlarni
pul berib sotib olib va turli fitnalar uyushtyrib, ittifoq boshliqlarining o'ylagan niyatlarini
barbod etadi. Lyudovik XI Lotaringiya feodallarini va Shveytsariya ittifoqi kantonlarini
gersog Burgundskiyga qarshi ko'tara bildi. 1477 yili Nansi yoiidagi jangda Karl Jasur
mag'lubiyatga uchradi va o'ldirildi. Uniig mulklarining asosiy qismi, ya'ni Burgundiya
gersogligi Lyudovik XI qo'liga o'tdi. Karl Jasurga qarashli Flandriyani va Niderlandiyadagi
boshqa mulklarni uning AvstriyaGermaniya shahzodasi Maksimilian Gabsburgga erga chiqqan qizi
Mariya Burgundskaya o'ziga meros qilib oldi. Lyudovik XI Burgundiya masalasini hal qilib,
isyonchi feodallarning bemalol adabini bera oldi. Ular birin-ketin qamoqqa olinib, qiynoqqa
va aeobga solindi/bir qismi qatl qilindi. Shular orasida Arman`yaklar xonadoni butunlay
halok bo'ldi.

Yillar utishi bilan Lyudovik XI tobora ko'proq gumonsiraydigan va hsch kniga ishonmaydigan


bo'lib qrldi. U deyarli Parijni tashlab chiqib, ko'pchilik vaqtda shotlandiyalik va shveytsariyalik
o'qchilar himoyasi ostida shahar tashqarisidagi Plessi le Turdagn mustahkamlangan qasrda
istiqomat qildi. Feodallarning yashi fitnalaridan xavfsirab, Lyudovik XI shaharlarga
tayanmoqchi bo'ldi, lekin ularga ham ishonmay, shaharlarning erkinligini har qapaqa yo'llar
bilan cheklab qo'ydi. Ammo, shunga qaramay, u shahar oavdosi va sanoatini rivojlantirish
uchun ko'p ish qildi. Lyudovik XI Lionda zo'r berib ipakchilik manufakturalari qurdirdi va u
yerda eng yirik yarmarka tashkil etdi. U shimol.iy fransuz savdogarlari uchun Angliya bilan
foydali shartnoma tuzdi va Langedok savdogarlarining venesiyaliklar bilan qilgan rakobatida
langedokliklarni qo`llab-quvvatladi. Bordo shahri qirolning' alohida homiyligidan
foydalandi. Lyudovik XI davrida Burgundiya gersogligidan tashqari, qirollik domeniga boshqa
yirik viloyatlar Fransiyaning1 shimolida — Pikardiya va markazida — Berri, shuningdek,
janubida — Provan` grafligi qo'shib olindi. Lyudovik XI davrida ichki bojlarning bir qismi
bekor qilindi, bu esa ichki'savdo-sotiqning ancha jonlanishiga yordam berdi. Lyudovik XI ning
savdosanoat sohasidagi siyosati merkantilizm deb atalgan siyosat edi. Merkantilizm
siyosatini ho'llanishdan muddao — tashqi savdoda «ma'qul balans» o'rnatish yo'li bilan mamlakatda
qimmatbaho metallarni jamg'arishga intilib, shu qimmatbaho metallarni tashqariga chiqarishga
qaraganda, ularni mamlakatga keltirishni ko'paytirishdan iboratdir. Merkantil` sistemasining
asosiy kridalaridan biri, umuman olganda, chet elga oltin va kumush chiqarishni qattiq
taqiqlab qo'yish edi.
Feodallar uchun dahshatli bo'lgan Lyudovik XI burjua uchuya uning o'z kishisi hisoblanar edi. U
ba'zan burjua odamlarini mening qadrdonlarim deb atar va ularni tortinmaynetmay kabul
qilaverardi. Tashqi qiyofasi jihatdan oriq, qaddi bukchaygan, ustiga eskirgan uzun kamzul
kiyib olgan, doimo sertashvish va ish bilan band bo'lgan Lyudovik XI, g'oyat ulkan va yetarli
darajada markazlashgan qirollikning qirolidan ko'ra, ko'proq «o'rta sinf» orasidan chiqqan
kishiga o'xshab ketardi. U qo'shnilariga, kam markazlashgan yoki hali butunlay markazlashmagan
davlatlarga xavfxatar sola boshlaydi. Yevropada Lyudovik XI ni sira yeqtirmas va undan qo'rqar
edilar. Uni har qanday diplomatik fitnalar yo'li bilan iozik o'rgimchak uyasi yasab, shu uyaga
o'z raqibini aldab iliitiruvchi makkor o'rgimchakka o'xshatardilar.
J
Lyudovik XI ning o'g'li Karl VIII (1483—1498) mustaqilligini hamon saqlab qolgan so'nggi
Bretan` gersogligini qo'shib oldi (1491 y.). Fransiyaning Qapetinglar davrida boshlanib, Valua
davrida tamom bo'lgan siyosiy markazlashishdagi uzyuqqa chuzilgan jarayon ana shu .tariqa
tugallandi. XVI asrga kelib Fransiya `vropadagi eng katta va eng markazlashgan qirollik
lardan biriga aylandi.
Fransuz millotining tarkib topa boshlashi. Fransuz markazlashgan davlati vujudga kelishi
bilan bir vaqtda fransuz millati tarkib topa bordi. XV asrning oxiri — XVI asrning
boshlariga kelib Fransiyada millatning vujudga kelishi uchun barcha elementlar mavjud edi.
Ayrimayrim tarqoq feodal mulklar.idan fransuz qirolligining yagona umumiy hududi
tashkil topdi. Viloyatlardagi mahalliy tillar (sheva va dialektlar) bilan bir qatorda, Parij
dialekti asosida rivojlangan yagona fransuz adabiy tili vujudga keldi. O`rta asrlar oxiriga
kelganda Fransiya iqtisodiy jihatdan allaqachon bir butun o'lka tusini oldi; mamlakatda
umumfransuz bozori tashkil topib, uning markazi shimolda edi; fransuz madaniyati o'z milliy
xususiyatlariga ega bo'lib, u adabiyotda eng ravshan ifodalandi. Yuz yillik urushning zamondoshi
bo'lgan Jan Fruassarning (1337—1404) mashhur «Xronikasi» ilk fransuz badiiy prozasining
porloq namunasidir. Lyudovik XI ning biografi Filipp de Kommi n n i n g (1446—1511)
«Memuarlari» adabiy va siyosiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'ldi. Filipp de Komminning
barcha asarlari Fransiyaning birligi uchun kurash ideyasi bilan sug'orilgan. Asarlarining bir
qismini jonajon fransuz tilida yozgan Estash Deshan (1340—1407) yirik shoir, ko'p ballada,
qo'shiq va satiralarning muallifi edi. Deshan eng ilk davrdagi fransuz gumanistlarining biri,
italiyalik mashhur yozuvchigumanist Petrarkanyng ehtirosli muhlisi edi.
O`rta asrlar oxiriga kelganda «fransuz» so'zining asl ma'nosi o'zgardi. Ilgari mahalda u
faqat «Fransiyaning shimoliy aholisi» degan tor ma'noda hatto «faqat Il` de Frans aholisi»
degan tushunchani bildirardi, epdilikda aholining qaysi viloyatda tug'ilgan yoki yashaganligidan
qat'i nazar, fransuz qirolligining har bir aholisi fransuz deb ataladigan bo'ldi.
XIX BOB
XI—XV ASRLARDA ANGLIYA
XI—XIII ASRLARDA ANGLIYADA SIYOSIY MARKAZLASHISHNING BOSHLANISHI
Normandiya istilosi va Vil`gel`m Istilochining idora qilishi. XI asrdagi o'rta asrlar
Angliyasi tarixidagi eng yirik voqea Normandiya gersogi Vil`gel`m boshliq fransuznormand
feodallari tomonidan Angliyani istilo qilinishi bo'ldi. Buistilo uchun Vil`gel`m Istilochi
degan laqab oldi1. 1066 yil
14 oktyabrda Vil`gel`m LaMansh bo'g'ozidan suzib o'tib, qariyb
15 ming kishilik katta ritsarlar qo'shini bilan Angliya terri
toriyasiga bostirib kirdi. Vil`gel`m qo'shinida faqat normandlargina emas, balki Fransiyaga
qarashli boshqa viloyatlarning yer-mulk va qaram dehqonlar izlovchi ritsarlari ham bor edi. Vil`
gel`mga ro'baru chiqqan ingliz qiroli Garold normandlarning hujumini to'xtata olmadi. Bir
qismi ritsarlardan, boshqa bir qismi dehqonlarning piyoda lashkarlaridan iborat bo'lgan ing
lizsaks qo'shinlari Gastings shahri yonidagi jangda batamom mag'lubiyatga uchradi. Garold
o'ldirildi. Shundan keyin Vil`gel`m aylanma yo'l bilan Londonga qarab bordi, so'ng Duvr,
Kenterberi va Sautvork shaharlarini bosib oldi. Uiing qo'shinlari Londondan yuqoriroqda Temza
daryosini kechib o'tdi. London shimoldan kesilib qoldi va u taslim bo'lishi lozim edi.
Vil`gel`m Londonga kirdi, u 'bu yerda 1066 yil 25 dekabrda Vil`gel`m I (inglizcha Vil`yam I)
nomi ostida Angliya qiroli deb e'lon qilindi. Toj kiyish mahalida u «qirol Eduardnipg asl
qonunlariga» rioya qilaman deb qasamyod qildi, shu bilan u qirol Eduardning qonuniy vorisi
ekanligini ta'kidlamoqch,! bo'ldi. Yangi qirolni tan olmagan odamlarning yerlari musodara
qilinib, o'zlari Anglnyadan quvg'ip qilinadilar, deb qo'rqitildi. Biroq, normandlar
hukmronligiga qarshi Angliyaning shimolida chiqqan ikki qo'zgolon (1068 va 1071 yillarda)
ayovsizlik bilan bostirilgandan ksyingina Vil`gel`m I ning hokimiyati uzil-kesil
mustahkamlandi. Butgacha gullabyashiagan York vodnysi iormaidlar tomonidan vayrop qilindi
va uzoq vaqtgacha xarobazorga aylandi. Faqat mahalliy inglizsaks feodallarigipa emas,
balki qo'zg'olonda qatnashgan dehqonlar ham jazolandilar^ chunki ular ajnabiylarning
hukmronlik qilishini istamasdilar. Mamlakat Normandiya uslubida qurilgan ko'p sonli «kvadrat»
qasrlarga to'lib ketdi. Londonning o'zida, Temza daryosi bo'yidagi qadimgi Rim devorlarining
xarobalariga yaqin joyda Tauer nomli (lotincha «minora» so'zidan) mudhish qirol qasri
qurilib, u qasr hozirgacha saqlanib qolgan.
Mamlakatning istilo qilinishi va qo'zg'olonlarning bostirilishi natijasida eski inglizsaks
feodallarining katta bir qismi o'zinitsg yer-mulklaridan mahrum qilinib, ularning o'rnini
yangi fransuznormand kelgindilari egalladi. Ingliz cherkovining yepiskoplari ham batamom
almashtirildi. Avvalgi inglizsaks yepiskoplarining o'rnini fransuz yepiskoplari egalladi.
Juda ko'p miqdordagi yerlarni — deyarli barcha o'rmonzorlarni va ekin ekiladigan yerlarning
qariyb yettidan bir qismini Vil`gel`m o'ziga oldi. Shunisi qiziqki, Vil`gel`m yangi
baronlarga yer taqsimlab berar ekan, baronlarga qarashli yer-mulklarning bir joyda
to'planmasligiga harakat qildi. Eng katta baronlarning o'nlab va yuzlab yer-mulklari bor edi
yu, lekin bu yer-mulklar odatda ko'p gr'afliklarga tarqalib ketgan edi.
Feodallar sinfi shaxsiy tarkibining o'zgarishi Angliya uchun ikki yoqlama ahamiyatga ega edi.
Birinchidan, yerga egalik qiluvchi yangi feodallar qiroldan minnatdor bo'lishlari kerak edi va,
shunday qilib, ularning qirolga vassallik munosabatlari bu vaqtda quruqlikdagiga qaraganda
mustahkamroq. bo'lishi lozim edi. Feodallar o'zlaryning yer-mulklari uchun, qirol talabiga
qo'ra, harbiy xizmat o'tashlari va bundan tashqari, ayniqsa feodallarni (rel`ef) meros qilib
qoldirish paytida boj tariqasida yuqori soliqlar to'lashlari kerak edi. Vil`gel`m faqat o'z
vassallaridangina emas, balki vassallarining vassallaridan (o'z feodallariga egalik
qiluvchi ritsarlardan, baronlardan) ham qirolga qasamyod etishni talab qilardi. Normandlar
istilosi natijasida Angliyada harbiyfeodal sistemasi ana shu tariqa qattiq markazlashgan
bir tue oldi.
Orolga yangi yer egalari kelishining_ ikkinchi oqibati — feodalqaram dehqonlik
munosabatlariningyanada rivojlanishi va kuchayishi bo'ldi. Yuridik jihatdan har xil dehqonlari
bo'lgan govak inglizsaks manori (feodal yer-mulki) yangi xo'jayinlar davrida kontinental
(fransuz) yer-mulki namunasida xiyla bir xil feodalqaram dehqonlik qiyofasiga ega bo'ldi. Buni
ko'rsatish uchun shugina misol kifoyadirki, ilgarigi vaqtda dehqonlar lordga biror formada
obrok to'lar yoki jilla bo'lmaganda, barshchinada ozmoz ish qilib berardilar, yangi lordlar esa
ularni villanlar, ya'ni yer-mulkni tasarruf etuvchi qaram dehqonlar kategoriyasiga kirgizib
qo'yardilar. Shunday qilib, ilgarigi mahalda erkin bo'lgan ko'p dehqonlar endilikda shaxeiy
erkinlikdan mahrum bo'ldilar. Hatto oradan ko'p asrlar o'tgandan keyin ham ingliz
dehqonlarining Vil`gel`m Istilochi zamoni «normandlar qulligi» zamoni edi, deb esga
olishlari va Angliyada qaram dehqon huquqini yolg'iz Vil`gel`m va uning baronlari joriy
qildilar, deyishlari bejiz emas.
«Dahshatli sud kitobi». Vil`gel`m Istilochi tomonidan Angliya aholisining ro'yxatga olinishi
(1086 y.) XI asrdagig'oyat katta tadbir edi. Angliyada hech qachon ko'rilmagan bu tadbirga
aholi q'o'rqinch bilan qaradi. Ro'yxatga olish natijasida tuzilgan varaqalar xalq orasida
«Dahshatli sud kitobi» deb ataldi* Qirol xazinasi yer egaligining hajmi to'g'risida endi aniq
ma'lumotlarga ega ekan, aholi ro'yxati hukumatga «Daniya puli» deb atalgan eski yer solig'ini
ko'paytirilgan miqyosda undirish imkonini berdi. Yangi normandfransuz lordlarining ingliz
qishlrg'idagi qaram dehqon ahvolni rasmiylashtirishga intilishi ana shu ro'yxatda ravshan aks etdi.
1086 yilgi ro'yxatda dehqonlar turli nomlar ostida gavdalandilar: ozod kishilar (kelajakda
ular frigol`derlar yoki yerni erkin tasarruf qiluvchilar deb ataldilar), sokmenlar,
villanlar, bordarilar, kottarilar1,
!
shunintdek, ko'pgina miqdorda qullar ham uchraydi. Ammo villanlar ro'yxatda tez-tez uchrab
turadilar. XI—XII asrlar sharoitida qaram dehqon tabaqa xususiyatlariga ega bo'lgan deh
qonlarning bu kategoriyasi (feodal yer-mulki hududida barshchina o'taydigan va shu
hududga birkitib qo'yilgan) ingliz qishlog'ining feodalqaram dehqonlik qiyofasini hammadan
ko'ra ochiqroq xarakterlab beradi. Ammo Angliyaning shimoli-sharqiy qismida, hatto 1086 yilgi
ro'yxatda ham, dehqonlarning salkam yarmi «erkin kishilar», qisman sokmenlar holatida
qolaverdi.
Qirollikdagi tinchlikning mustahkamlanishi. Vil`gel`m va uning tevaragidagi fransuznormand
feodallari o'rnatgan idora tartibi mahalliy aholi uchun, xususan, xalq ommasi uchun juda
qattiq va og'ir bo'ldi. Qelgindi fransuzlar mahalliy inglizsakslar bilan to'qnashib qolgunday
bo'lsalar, qirol hamisha «o'z» kishilarini — fransuzlarni himoya qilar edi. Noma'lum odam
fransuzni o'ldirib qo'ysa, butun bir qishloq va hattoki butun bir okrug («sotnya») ko'plashib
javobgar bo'lar edi. Ammo shu Vil`gel`mning o'zi mamlakatda qirollik osoyishtaligini
ta'minladi. Uning davrida daniyaliklarning bosqinchilik yurishlariga uzil-kesil xotima
berildi. Feodallar o'zaro urushlarni to'xtatdilar. Yangi normand baronlari juda katta yer
mulklarga ega bo'lsalar ham, lekin bu mulklar turli grafliklarda tarqoq holda edi.
Baronlarning hech biri o'z boyligi jihatidan qirolga tenglasha olmasdi. Qirolga qarashli
mulklar ayrim vassallarning, hattoki eng yirik vassallarning mulklariga qaraganda o'nlab
marta ustunlik qilardi.
Ingliz savdogarlari qirol hokimiyatining kuchayishidan tez orada foyda ko'radigan bo'ldilar.
Mamlakatda savdo-sotiq jonlana boshladi. Vil`gel`mning quruqlik bilan aloqasi ham bunga
yordam berdi. Ingliz savdogarlariga Normandiya (Vil`gel`m hamon normand gersogi bo'lib
hisoblanardi) va Flandriya (yangi ingliz qirolevasi ana shu yerlik edi) bilan savdo-sotiq
qilish imkoniyati berildi. Flandriyaga ko'p miqdorda juntovar tashila boshladi. Jun kelajakda
butun ingliz xalq xo'jaligini rivojlantirishda muhim rol o'ynadi.
Vil`gel`m Istilochining vorislari. Vil`gel`m I Istilochining o'g'illari qirol hokimiyatining
mustahkamlashni davom ettirdilar. Vil`gel`m I ning kenja o'g'li Genrix I (110E— 1135) ning
qirollik davri bu jihatdan ayniqsa muhim edi. Genrix I davrida qirollik sudi kuchayib, u
mutaxassissud`yalari bo'lgan va muntazam ravishda ish olib boruvchi sud palatasiga aylandi.
Qirol sud`yalari vaqtvaqti bilan mamlakat bo'ylab safarga chiqib, ayrim grafliklarda sud
ishlarini olib borardilar (shuning uchun ular sayyor sud`yalar deb atalardi). Sud palatasi
qirol kursisi sudi degan nom olgan edi. Genrix I davrida moliya boshqarmasi ham tashkil
topdi. Oliy moliya pa chi yangi feodallar qiroldan minnatdor bo'lishlari kerak edi va, shunday
qilib, ularning qirolga vassallik munosabatlari bu vaqtda quruqlikdagiga qaraganda
mustahkamroq. bo'lishi lozim edi. Feodallar o'zlaryning yer-mulklari uchun, qirol talabiga
qo'ra, harbiy xizmat o'tashlari va bundan tashqari, ayniqsa feodallarni (rel`ef) meros qilib
qoldirish paytida boj tariqasida yuqori soliqlar to'lashlari kerak edi. Vil`gel`m faqat o'z
vassallaridangina emas, balki vassallarining vassallaridan (o'z feodallariga egalik
qiluvchi ritsarlardan, baronlardan) ham qirolga qasamyod etishni talab qilardi. Normandlar
istilosi natijasida Angliyada harbiyfeodal sistemasi ana shu tariqa qattiq markazlashgan
bir tue oldi.
Orolga yangi yer egalari kelishining_ ikkinchi oqibati — feodalqaram dehqonlik
munosabatlariningyanada rivojlanishi va kuchayishi bo'ldi. Yuridik jihatdan har xil dehqonlari
bo'lgan govak inglizsaks manori (feodal yer-mulki) yangi xo'jayinlar davrida kontinental
(fransuz) yer-mulki namunasida xiyla bir xil feodalqaram dehqonlik qiyofasiga ega bo'ldi. Buni
ko'rsatish uchun shugina misol kifoyadirki, ilgarigi vaqtda dehqonlar lordga biror formada
obrok to'lar yoki jilla bo'lmaganda, barshchinada ozmoz ish qilib berardilar, yangi lordlar esa
ularni villanlar, ya'ni yer-mulkni tasarruf etuvchi qaram dehqonlar kategoriyasiga kirgizib
qo'yardilar. Shunday qilib, ilgarigi mahalda erkin bo'lgan ko'p dehqonlar endilikda shaxeiy
erkinlikdan mahrum bo'ldilar. Hatto oradan ko'p asrlar o'tgandan keyin ham ingliz
dehqonlarining Vil`gel`m Istilochi zamoni «normandlar qulligi» zamoni edi, deb esga
olishlari va Angliyada qaram dehqon huquqini yolg'iz Vil`gel`m va uning baronlari joriy
qildilar, deyishlari bejiz emas.
«Dahshatli sud kitobi». Vil`gel`m Istilochi tomonidan Angliya aholisining ro'yxatga olinishi
(1086 y.) XI asrdagig'oyat katta tadbir edi. Angliyada hech qachon ko'rilmagan bu tadbirga
aholi q'o'rqinch bilan qaradi. Ro'yxatga olish natijasida tuzilgan varaqalar xalq orasida
«Dahshatli sud kitobi» deb ataldi* Qirol xazinasi yer egaligining hajmi to'g'risida endi aniq
ma'lumotlarga ega ekan, aholi ro'yxati hukumatga «Daniya puli» deb atalgan eski yer solig'ini
ko'paytirilgan miqyosda undirish imkonini berdi. Yangi normandfransuz lordlarining ingliz
qishlrg'idagi qaram dehqon ahvolni rasmiylashtirishga intilishi ana shu ro'yxatda ravshan aks etdi.
1086 yilgi ro'yxatda dehqonlar turli nomlar ostida gavdalandilar: ozod kishilar (kelajakda
ular frigol`derlar yoki yerni erkin tasarruf qiluvchilar deb ataldilar), sokmenlar,
villanlar, bordarilar, kottarilar1,
!
shunintdek, ko'pgina miqdorda qullar ham uchraydi. Ammo villanlar ro'yxatda tez-tez uchrab
turadilar. XI—XII asrlar sharoitida qaram dehqon tabaqa xususiyatlariga ega bo'lgan deh
qonlarning bu kategoriyasi (feodal yer-mulki hududida barshchina o'taydigan va shu
hududga birkitib qo'yilgan) ingliz qishlog'ining feodalqaram dehqonlik qiyofasini hammadan
ko'ra ochiqroq xarakterlab beradi. Ammo Angliyaning shimoli-sharqiy qismida, hatto 1086 yilgi
ro'yxatda ham, dehqonlarning salkam yarmi «erkin kishilar», qisman sokmenlar holatida
qolaverdi.
Qirollikdagi tinchlikning mustahkamlanishi. Vil`gel`m va uning tevaragidagi fransuznormand
feodallari o'rnatgan idora tartibi mahalliy aholi uchun, xususan, xalq ommasi uchun juda
qattiq va og'ir bo'ldi. Qelgindi fransuzlar mahalliy inglizsakslar bilan to'qnashib qolgunday
bo'lsalar, qirol hamisha «o'z» kishilarini — fransuzlarni himoya qilar edi. Noma'lum odam
fransuzni o'ldirib qo'ysa, butun bir qishloq va hattoki butun bir okrug («sotnya») ko'plashib
javobgar bo'lar edi. Ammo shu Vil`gel`mning o'zi mamlakatda qirollik osoyishtaligini
ta'minladi. Uning davrida daniyaliklarning bosqinchilik yurishlariga uzil-kesil xotima
berildi. Feodallar o'zaro urushlarni to'xtatdilar. Yangi normand baronlari juda katta yer
mulklarga ega bo'lsalar ham, lekin bu mulklar turli grafliklarda tarqoq holda edi.
Baronlarning hech biri o'z boyligi jihatidan qirolga tenglasha olmasdi. Qirolga qarashli
mulklar ayrim vassallarning, hattoki eng yirik vassallarning mulklariga qaraganda o'nlab
marta ustunlik qilardi.
Ingliz savdogarlari qirol hokimiyatining kuchayishidan tez orada foyda ko'radigan bo'ldilar.
Mamlakatda savdo-sotiq jonlana boshladi. Vil`gel`mning quruqlik bilan aloqasi ham bunga
yordam berdi. Ingliz savdogarlariga Normandiya (Vil`gel`m hamon normand gersogi bo'lib
hisoblanardi) va Flandriya (yangi ingliz qirolevasi ana shu yerlik edi) bilan savdo-sotiq
qilish imkoniyati berildi. Flandriyaga ko'p miqdorda juntovar tashila boshladi. Jun kelajakda
butun ingliz xalq xo'jaligini rivojlantirishda muhim rol o'ynadi.
Vil`gel`m Istilochining vorislari. Vil`gel`m I Istilochining o'g'illari qirol hokimiyatining
mustahkamlashni davom ettirdilar. Vil`gel`m I ning kenja o'g'li Genrix I (110E— 1135) ning
qirollik davri bu jihatdan ayniqsa muhim edi. Genrix I davrida qirollik sudi kuchayib, u
mutaxassissud`yalari bo'lgan va muntazam ravishda ish olib boruvchi sud palatasiga aylandi.
Qirol sud`yalari vaqtvaqti bilan mamlakat bo'ylab safarga chiqib, ayrim grafliklarda sud
ishlarini olib borardilar (shuning uchun ular sayyor sud`yalar deb atalardi). Sud palatasi
qirol kursisi sudi degan nom olgan edi. Genrix I davrida moliya boshqarmasi ham tashkil
topdi. Oliy moliya palatasi shaxmat taxta palatasi deb atalardi, chunki bunda ustiga katakli
movut yopilgan (shaxmat taxtasini eslatadigan) stol turardi. Bu stollarda pul sanalardi1.
Erkak zurriyoti qoldirmagan Genrix I vafotidan so'ng, Angliyada uzoq davom etgan o'zaro
urushlar boshlaidi. Taxt Genrix I ning jiyani Stefan Bluasskiy (uning otasi Fransiyadagi Blua
grafi bo'lgan edi) qo'liga o'tdi. Ammo Genrix I ning qizi Matil`da ham taxt da'vogari bo'lib
chiqdi. Matil`da dastlab german imperatori Genrix V ning xotini edi,keyin esa (ikkinchi
nikoh bilan) Fransiyadagi Anju grafi Jofrua Plantagenetga erga chiqqan edi. Stefan bilan
Matil`da o'rtasidagi kurash qariyb 20 yil davom qildi. Ingliz feodallari o'zaro urushning
borishida ikki lagerga 'bo'lindilar va markaziy hoknmiyatning zaifligidan foydalanib, o'z
talonchiliklari bilan mamlakatni xonavayron qildilar. Angliyada batamom anarxiya hukmronlik
qildi. Mamlakat ichkarisida savdo-sotiq ishlari kamaydi. Savdogarlar safarga chiqqan
paytlarida doimo ritsarlar tomonidan talandi. 1154 yilga kelibgina o'zaro urushlar to'xtadi.
Taxt Matil`daning o'g'li — Genrix II Plantagenet qo'liga o'tdi.
Genrix II Plantagenetning islohatlari. Genrix II davrida (1154—1189) ingliz qirolligining
chegaralari goyatda kengaydi. Genrix II ning mulklari qatoriga, Angliya va Normandiyadai
tashqari, uning Fransiyadagi meros mulklari — Anju, Puat`e, Turen` va boshqalar kirar edi.
Qiroleva (malika) Eleonora uchuy sep tariqasida u Akvitaniya gersogligini oldi. Genrix II
davrida Angliya Irlapdiyaii (uning sharqny sohilipi) istilo qila boshladi. Genrix II ning
mulklari kengayib ketganligidan ingliz va fransuz burjua tarixchilari uning davlotini «Anju
imperiyami» deb ataydilar.
Uzining ko'p sonli mulklaridagi moddiy resurslariga tayanib, shuningdek, feodallar o'rtasida
bundan oldin yuz bergan o'zaro urushlaridan aholi ichidagi o'rta sinflarning norozi
bo'lganligidan foydalanib, Genrix II qirol hokimiyatining obro'e'tiborini yanada ko'tara
oldi. Uz qirolligining boshidanoq u grafliklarning barcha sheriflarini (Angliya grafligida
oliy ma'muriy va sud lavozimidagi shaxe Tar j.) o'zgartirib, ularnnng o'rniga o'ziga
ishonchliroq bo'lgan yangi odamlarni tayin etdi. G'alayoplar mahalida feodallar tomonidan
o'zboshimchalik bilan qurilgan «qonunsiz» qasrlarning ko'pchiligi yo'q qilib tashlandi. Ayni
zamonda mamlakatda qirollik sudining ahamiyati ortdi.
Genrix II ning sud oohasidagi asosiy refo>rmasi sud maslahatchilarining o'rnatilishi edi.
Qirol har bir ritsarga, har
bir shaharlik va erkin dehqonga feodal va baronlarning sudlariga emas, balki qirollik
sudiga murojaat etish huquqini berdi. Sayyor qirollik sudlari joylarda ish kurgan
paytlarida, bu ishni tekshirish uchun alohida «maslahatchilar» ni mahalliy ritsarlar va
badavlat frigol`derlarning vakillarini (odatda, 12 knshidan iborat vakillarni) jalb qilar
edilar.Uz aytganlarining to'g'riligiga ont ichgan bu guvohlar og'zidan chiqqan gaplarga sud
tekshirishining eski formalari davridagiga qaraganda ko'proq ishonilardi. Sud tekshirishining
eski formalari qo'llanilgan ilgarigi mahalda ayblanuvchining aybini aniqlamoq uchun uni
turli xil qiynoqazobga mubtalo qilinardi, ya'ni tanasiga cho'g' yoki qizitilgan temir
bosilardi, qaypagan suv sepilardi yoki qattiq kaltaklanardi. Qirol sudlari faoliyatining
kuchayishi, o'zo'zidan qirollik daromadlarining muhim qismini tashkil qilar edi. Ammo
islohatnipg sigeiy tomoni muhim edi. Ana shu islohat tufayli Genrix II mayda ritsarlarni va
Angliyada hali asoratga tushirilmay qolgan ancha ko'p sonli dehqonlarni (ya'ni yerpi tasarruf
etuvchilarni) yoki frigol`derlarni, shuningdek, shaharliklarni ham o'z tomoniga tortdi.
Qirollik sudi ana shu barcha tabaqalarni yirik feodallarning zulmidan ma'lum darajada himoya
qildi. Biroq mamlakatdagi dehqon aholisining juda ko'pchiligi — qaram dehqon villanlar —
xo'jayin lordlarning zulmi ostida qoldirildi. Xo'jayin lordlar villanlarni o'zlari
istaganlaricha sud qilar va jazolardilar (qirollik sudiga taalluqli jinoiy ishlargina
bundan mustasno edi). Qirollik sudi villanlardan na yerga va na boshqa mol-mulklarga doyr
da'volarni qabul qilmasdi, chunki u qaram dehqonlarni yuridik jihatdan to'la huquqln bo'lmagan
odamlar deb hisoblardi.
Keyinchalik, XIII—XIV asrlarda, ingliz maslahatchilari sudi astasekip rivojlapib bordi.
Maslahatchiguvohlar ayblanuvchipi qoralaydngan yoki oqlaydigan hukm chiqaruvchi masla
hatchilarga, maxsus sud jyurisi a'zolariga aylandilar. Ikkinchi tomondan, barcha dehqonlar
qaram dehqon qaramlikdan ozod bo'la borishlari bilan ular shu qirollik sudidan foydalanar
ekanlar, umuman vaqt o'tishi bilan bu sud uzil-kesil umumgrajdanlar sudiga aylandi.
Qalqon puli. Genrix II doimiy qo'shin tuzmoqchi bo'ldi. Chunki vassallarning ritsarlik xizmati
bir yilda ma'lum kunlar bilan cheklangan bo'lardi, bu esa quruqlikda uzoq urushlar olib
borishda o'ng'aysizlik tug'dirardi. Shusababli Genrix II ritsarlarning bir qismini harbiy
xizmatdan bo'shata boshladi. Bunday ritsarlar shaxeiy xizmat qilish o'rniga harbiy yoki qalqon
solig'i to'lashlari lozim edi. Bu pulga qirol yil bo'yi xizmat qilishga rozi bo'lgan ritsarlarni
o'ziga yollashi mumkin edi. Qalqon pulining joriy qilinishi muhim ijtimoiy oqibatlarga ega
bo'ldi. Bu tadbir tufayli ingliz ritsarlari harbiyfeodal xizmatdan ertaroq ozod bo'lib,
tinch qishloq xo'jayinlariga aylana boshladilar. Qelgusida bu holat quyi ingliz dvoryanlarini
shahar burjuaziyasi bilan yaqinlashtirishda katta rol o'ynadi.
Cherkov bilan to'qnashuv. Genrix II ingliz cherkovini tamomila o'ziga qaram qilmoqchi bo'ldi. U
yepiskoplar va abbatlarning saylovi mening 'ishtirokimda o'tkazilishi kerak deb talab qildi.
Ruhoniylar jinoiy ishlar bo'yycha boshqa hamma fuqarasingari, qirollik sudi tomonidan sud
sqilinishi lozim. Arxiepiskoplar qirolning roziligini olgandan keyingina papa bilan
munosabatda bo'la 4>lar edi.
Biroq cherkov islohotini o'tkazishda Genrix II ingliz cherkovining boshlig'i, Kenterberi
arxiepiakopi Foma Beketning qarshiligiga duch keldi. Yepiskoplar, dunyoviy baronlar va papa
qo`llab-quvvatlagan Foma Beket Klarendon shahridagi cherkov soborida (1164) qirolning qistovi
bilan qabul qilingan yangi qarorlarning turmushga oshirilishiga ko'nmadi. Darg'azab bo'lgan
Genrix II qaysar arxiepiskopdan qutulishga qaror berdi va Beketni o'ldirishni o'zining ikki
ritsariga buyurdi (1170 y.). Arxiepiskop ibodat qilayotgan mahalida o'ldirildi. Biroq shosh
qaloqlik bilan berilgan farmoyishning oqibati qirolning o'zi uchun juda noqulay, bo'ldi.
Baronlar Foma Beketning o'limidai Genrix II ga qarshi qo'zg'olon ko'tarishga bahona sifatida
foydalandilar. Asoratga tushirish tugallanishi munosabati bilan XII asrda ahvoli yomonlashgan
dehqonlar ommasi ichida Foma avliyo deb shuhrat qozongan edi. Uning qirolga qarshi chiqishini
dehqonlar kuchayib borayotgan feodalbyurokratik tuzumga qarshi norozilik deb bilardilar.
Agar qirol Foma Beketni atayin o'ldirganligi aybini yuvmasa va cherkov ishiga aralashishni
to'xtatmasa, u cherkovdan quviladi, deb papa unga do'qpo'pisa qildi. Genrix II ancha yon
berishga majbur bo'ldi. U Klarendondagi qarorlarni bekor qildi. Qirol Kenterbedi shahriga
kelib (kelgusi, 1171 yilda) o'ldirilgan arxiepiskopning qabri ustida, men o'ylamasdan
farmoyish beribman va bu farmoyishni o'ldirish haqidagi buyruq deb «noto'g'ri tushunilgan» deb
hammaning oldida tavbatazarru qildi. Usha yili Genrix II Irlandiyani istilo qilish payiga
tushdi. Bunda, jumladan, u Irlandiya istilo qilingandan keyin mustaqil Irlandiya cherkovining
papaga tobe qilinishini va shu bilan papaning ko'ngli olinishini ko'zda tutgan edi.
Genrix II qirolligining so'nggi yillari yana baronlar oppozitsiyasiga qarshi qattiq kurashda
o'tdi. Angliya baronlari Plantagenetlarning quruqlikdagi mulklariga egalik qiluvchi feo
dallar bilan ittifoq tuzdilar. Baronlar qari qirolning o'z o'g'illarini o'ziga qarshi
oyoqlantirdilar. 1189 yilda qirolga qarshi qaratilgan katta fitna fosh qilindi. Bu fitnada
qiroleva Eleonora va shahzodalar, ya'ni Genrix bilan Eleonoraning bolalari qatnashgan
edilar. Ana shu feodal to'sto'poloni vaziyatida Genrix II ham vafot etdi.
Buyuk erkinlik xartiyasi. Genrix II ning o'g'illari Richard I Sher Yurak (1189—1199) va Ioann
(Jone) Yersiz (1199—1216) davrlarida qirol hokimiyati zaiflashib qoldi. Richard deyarli
Angliyada yashamadi ham, chunki hamisha yoki Sharqda salib yurishi bilan, yo Fransiyadagi urushlar
bilan band bo'ldi. Ioann Yersiz Filipp II Avgust bilan kurashda doimo muvaffaqiyatsizlikka
uchradi va pirovardida, Normandiyani, Anjuni ©a Fransiyadagi boshqa bir qancha mulklarni
qo'ldan boy berdi. Bundan tashqari, yangi Kenterbedi arxiepiskopini saylash masalasiga
¦aralashib, u papa Innokentiy III bilan to'qnashib qoldi. Papa Ioanni cherkovdan quvib, butun
Angliyada ibodat qilishni man etdi (1208 y.). Taxtdan ajralish xavfi ostida qolgan va jami
yatning yetarlicha qo`llab-quvvatlashiga ko'zi yetmagan qirol taslim bo'lishga majbur bo'ldi.
U.o'zini papaning vassali deb tan oldi va har yili papaning xazinasiga bir ming funt
sterling xiroj to'lash majburiyatini oldi (1213 y.).
Papa bilan to'qnashuvdagi muvaffaqiyatsizlik mamlakatda qirolning obro'^e'tiborini juda
tushirib yubordi. Ioann va uning amaldorlari qo'llab kelgan har xil tamagirliklar, nohaq
yig'inlar yig'ilishi va zo'ravonliklar qilinishi faqat baronlar v va yepiskoplar orasidagina
emas, balki ritsarlar va shaharliklar orasida ham qirolga qarshi norozilik tug'dirdi. Ayni
zamonda kuchayib borgan qirol hokimiyatining nazorati malol kelgan yirik feodallarda
mahalliychilik kayfiyatlari paydo bo'lib qoldi. Qirol o'ylab chiqargan, lekin ritsarlar befoyda
deb bilgan quruqlikdagi yangi urushga ritsarlarning ko'pchiligi qatnashishdan bosh tortdi. Ana
shular natijasida 1215 yilning yozida Ioann Yersizga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Eng yirik
baronlar qo'zg'olonga rahbarlik qildilar. Ammo qo'zg'olonga ko'pgina ritsarlar, shuningdek,
London shahri ham qo'shildi. Qo'zg'olonchilar asir qilib olgan Ioann 1215 yil 15 iyunda Buyuk
erkinlik xartiyasiga imzo chekishga majbur bo'ldi.
1215 yilgi Xartiya 63 moddadan iborat katta siyosiy hujjat edi. U lotin tilida tuzilgan edi.
Xartiya, asosan feodallar sinfining manfaatlarini ko'zda tutuvchi ko`pdan-ko`p yon berishlar va
imtiyozlarni o'z ichiga olgan edi. U baronlarga va feodallarga o'z feodallarini meros qilib
qoldirishni va «odatga ko'ra» mo''tadil vassallik to'lovlari to'lashni ta'minlar edi. Ular uchun
imtiyozli bo'lgan «Tenglar sudi» (perlar sudi) ni topshirib qo'yildi. Tenglar sudining
qonuniy hukmidan va mamlakat qonunlaridan tashqari, Angliyada birorta erkin kishi qamoqqa
olinmaydi, avaxtaga qamalmaydi, mol-mulkidan mahrum etilmaydi, yoki yurtdan haydab
yuborilmaydi, deb qirol Bukj erkinlik xartiyasining 39 moddasida tantanali va'da berdi. Bu
modda, avvalo yirik feodallarga taalluqli edi. 34^ modda baronlarning sud manfaatlarini
ko'zda tutib tuzilgan bo'lib, unda baronlarga qarashli sudlar saqlab qolinishi ta'kidlangan
va qirollik sudlari bu sudlarning ishiga aralashmasligi garantiyalangan edi. Xartiyada
baronlar va ritsarlardan iborat Buyuk qirollik kengashi tuzilganligini (12 va 14 moddalar)
eslatib o'tiladi. Shu kengashning roziligidan keyingina qirol feodallardan qo'shimcha mablag'lar
olishi mumkin edi. Xartiyadagi in'om qilingan moddalarga qirolning rioya qilmayotganligi
sezilib qolsa, 25 barondan iborat Alohida komitet qirolga qarshi feodallarni qo'zg'olonga
chaqirish huquqiga ega edi (61 modda).
Xartiyaning bir qancha moddalari shaharlarga taalluqli edi. Xartiya shaharliklarga ichki va
tashqi savdo-sotiq erkinligini, suv yo'llarida monesiz safar qilishni, uzunlik va og'irlik
o'lchovlari birligini va shaharning o'zo'zini idora qilishni garantiyalab bergan edi. Dehqon
frigol`derlar ritsarlar bilan birgalikda o'zlariga qarashli yerlarga hech kimning tiqilmasligi
garantiyasini olgan edilar. Jamiyatning eng mazlum sinfi bo'lgan qaram dehqon dehqonlargagina
Buyuk erkinlik xartiyasi hech qanaqa erkinlik bermagai edi. U qaram dehqon huquqni bekor
qilmadi. Hatto qirol amaldorlarining nohaq yig'imlar solib villanlarni xonavayron qilishi
taqiqlangan moddada ham, shu villanlarning real manfaatlari emas, balki ular ustidan tur
gan lordlarning manfaatlari (garchi bular ziyon ko''rsada) nazarda tutilgan edi.
Feodallar hujjati bo'lgan va avvalo yirik baronlarning manfaatlarini ta'minlagap Buyuk
erkinlik xartiyasi, har holda, progressiv ahamiyatga ega edi. Xartiya baronlar ayrim grup
pasining talabi bo'lmasdan, balki siyosiy markazlashish prinsipini endi rad etmagan, bu
printsip bilan hiooblashgan va davlatni idora qilishni ma'lum darajada tartibga tushirishga
intilgan, umumai, feodal dvoryaplari barcha toifasining ham talabi edi. Buyuk erkinlik
xartiyasining shaharliklar talabini hisobga olishi juda muhim bo'ldi. Angliyadagi uchinchi toifa
birinchi marta shu yerda siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdiki, feodallar u bilan hisoblashishga
majbur bo'ldilar. Buyuk qirollik kengashi yoki xartiyada eslatib o'tilgan baronlar va risarlar
parlamenta tez orada (shu XIII asrda) ingliz parlamentiga aylandi. Bu parlamentda
fransuzlarning General shtatlaridagiga o'xshash qirollikdagi uchta toifaning vakillari bor edi.
ANGLIYA PARLAMENTINING VUJUDGA KELISHI
XIII asrda Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti.
XIII asr mobaynida Angliyada qishloq xo'jaligi ham, sanoat ham zo'r berib taraqqiy etdi. Yerni
ishlash takomillashdi, bu vaqtda agronomiyaga doyr turli traktat (ilmiy asar)larning bosilib
chiqishi shuni ko'rsatadi. Ikki dalali sistema o'z o'rnini ko'proq uch dalali sistemaga bo'shatib
beradi. Qoramol tobora ko'proq urchitila boshlashi munosabati bilan dalalarni go'nglash
keng qo'llaniladigan bo'ldi. Angliyada qo'ychilik ayniqsa ko'p rivojlana boshladi. Qo'y juni chet
elga Flandriyaga ko'p miqdorda jo'natiladigan bo'ldi, mahalliy movutsozlik rivojlanishi
munosabati bilan junning ma'lum qismi Angliyaning o'zida iste'mol qilinardi. XII asrda
Angliyada dehqonchilik sohasida erishilgan yutuqlarni ana shu fakt ko'rsatib beradiki, bu asrda
Angliyadan Yevropa qit'asiga ko'p g'alla olib ketilardi. Shunday qilib, Angliyada qishloq
xo'jaligi mahsulotlarining faqat keng ichki bozorigina emas, balki tashqi bozori ham vujudga
kelgan edi. Dehqonlar, xususan ularning yuqori tabaqasi bo'lgan frigol`derlar tovar
munosabatlariga tortilgan edi. Ritsarlar bozor bilan yaqindan bog'langan edilar, XIII asrda
ular o'z iqtisodiy faoliyatlarida shaharliklar bilan yaqinlashib, qishloq xo'jaligi va savdo
sbtiqqa tobora ko'proq jalb qilindi.
Feodallar orasida ko'p sonli ma'muriyatga ega bo'lgan, o'zidan keyin xiyla murakkab manorial
buxgalteriyasi qoldirgan monastir` va yepiskoplik maiorlari bozor munosabatlariga eng ko'proq
tortilgan edi. Dunyoviy yirik feodallar—baronlar bozor bilan uncha aloqa qilmasdilar.
Baronlarning qaram dehqonlari yetishtirgan mahsulotning ko'p qismi feodalning va uning
mulozimlarining extisjiga sarflanardi.
Angliya uchun XIII asr shaharlarning gurillab o'sishi xarakterlidir: shu asrda shaharlar soni XI
asrdagiga qaraganda 50%dan ortiqroq ko'paydi. Shu davr ichida shahar aholisi 5 dan 15% ga
ortdi. Ayniqsa muvaffaqiyatli rivojlanib borgan movutsozlikdan tashqari, shaharlarda.boshqa
hunarlar: temirchilik, qurolsozlik, ko'nchilik, qalayi buyumlar yasash va hokazslar ham
yoyildi. XIII asr boshidayoq Angliyada 80 dan ziyod shahar o'zinio'zi idora qilish huquqiga ega
edi; shaharlar muayyan yillik vznoslar (firmalar) to'lashi evaziga qiroldan shahar kengashini
erkii saylab qo'yish huquqipi, shaharliklarning o'zlari soliq solish, bozorlarga ega bo'lish
huquqini va boshqa huquqlarni qo'lga kiritdilar. Shaharlarda sexlar rivojlandi (Angliyada
sexlar savdo-sotiq tashkilotlariga o'xshash, gil`diyalar deb nom olgan edi). Shahar toifasi
muhim ijtimoiy kuchta aylandiki, u bilan qirol va feodallar ham hisoblashar edilar.
Mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining umumiy o'sishi va uning iqtisodining
mustahkamlanishi sharoitida XIII asrda rivojlanib borayotgan feodal jamiyatning ijtimoiy
ziddiyatlari g'oyat keskinlashdi. Ziddiyatlarning bir yo'li feodallar bilan dehqonlar o'rtasida
bordi. Ingliz dehqonlari XIII asrdan boshlab og'ir davrni boshdan kechirar edi. XIII asr
dehqonlar ommasini eng ko'p asoratga tushirish davri bo'ldi. XIII asrda ingliz qishlog'ida
asosiy siymo hisoblangan villanlar turar joyvga biriktirilgan bo'lib haftalik barshchinani
(yozgi mavsumda haftada 5 kungacha) o'tashga majbur bo'lgan, lordga nikoh solig'i va boshqa nohaq
soliqlar to'lagan, uning sudiga bo'ysundirilgan tamomila qaram dehqon kishi edi. XIII asrdati
ingliz dehqoni aslida villanga emas, balki servga o'xshab ketardi. Ingliz huquqshunoslari «Rim
huquqi»ni dalil keltirib, villanlar Rim qulining bir turi edi deb ochiqoydin fikr
bildirgan edilar. XIII asrda turli manorlarda ko'plab tartibsizliklarning yuz berishi,
dehqonlarning tez-tez qochishlari, .butun jamoa dehqonlarining lord uchun majburiyatlarni
bajarishdan bosh tortishlari (bordiyu bu majburiyatlar, ayniqsa eski «manor odamiga» zid
keladigan yangi majburiyatlar bo'lsa) bejiz emas edi. Lordlar tomonidan keng yaylovlar va mol
boqiladigan boshqa yerlarning bosib olinishi zaminida dehqonlarning lordlarga qarshi olib
borgan kurashiga doyr ko'ptina faktlar ma'lumdir1. Yetarli miqdorda yaylov va mol
boqiladigan boshqa joylar bo'lmaganidan'keyin dehqonlar keng ko'lamda chorvachilik bilan
butunlay shug'ullana olmadilar. Durust ingliz qishlog'ida yana frigol`derlar, ya'ni erkin
dehqonlar bor edi; ularning ahvoli villanlarning ahvolidan yaxshiroq edi. Ammo bu vaqtga
kelib frigol`derlarning ahvoli ha:m yomonlashdi. Ayrim grafliklarda lordlar frigol`derlarni
ham barshchina ishlashga (garchi villanlarga qaraganda kichikroq masshtabda bo'lsa ham) majbur
qilar edilar; bundan tashqari, frigol`derlar orasida keskin (villanlardagiga nisbatan ancha
jadalroq) tabaqalanish yuz berdi, buning natijasida frigol`derla'rning ko'plari kam yerli
kishilarga aylanib qoldilar.
XIII asrda Angliyadagi ijtimoiy ziddiyatlarning boshqa bir yo'li bir tomondan, yirik
feodallar, ya'ni lordlar, yepiskoplar, yirik monastirlarning abbatlari o'rtasida yuz bergan
bo'lsa, ikkinchisi— mayda ritsarlar o'rtasida kelib chiqdi. Yuqorida aytib o'tilgan yirik
feodallar mamlakatdagi yerlarning ko'pchilik qismini egallab olgan edilar. Ularning har biri
bir necha o'nlab, ba'zan esa yuzlab manorlarning egasi edi; qaram dehqon dehqonlar, asosan
shularga qarashli edi. Mayda ritsarlar ozgina haydaladigan yeri bo'lgan kichik manorlarga
egalik qilardilar, shu sababli ularda qaram dehqonlar juda oz bo'lardi yoki hatto butunlay
bo'lmasdi; mayda ritsarlar o'z xo'jaliklarida asosan batragaar mehnatidan foydalanib, ularni
kam yerli dehqonlar—kotterlar hisobidan yollardilar. Shunday qilib, ritsarlar garchi feodallar
sinfiga mansub bo'lsalarda, lekin ular faqat o'z mulklarining kattakichikligi va qirol
saroyidan ancha uzoqda turishlari bilangina emas, balki xo'jalik yurgizish jihatidan ham yuqori
tabaqa baron aristokratlardan
keskin farq qilar edilar. Savdo-sotiq zaminida ritsarlar shaharliklar bilan tobora ko'proq
yaqinlashdilar. Ritsarlar soliq go'lovchilar sifatida ham shaharliklar bilan yaqinlashdilar, chunki
Angliyada ritsarlar yer solig'i va boshqa soliqlardan ozod qilinmatan edilar, Fransiyada esa
buning aksi edi. Bularning hammasi ritsarlar bilan shaharliklarning birgalikda siyosiy
chiqishlar qilishi uchun sharoit yaratib berdi, XIII asrning ikkinchi yarmidagi siyosiy yavoqealar
xuddi shuni ko'rsatdi.
Ingliz parlamentining boshlanishi. Ioann Yersiz Buyuk erkinlik xartiyasini imzolar ekan,
haqiqatda uni bajarmoqchi emas edi. Ioann Yersizni o'zi ichgan qasamiga rioya qilish maj
buriyatidan xalos etgan papa Innokentiy III ham qirol tovdonita o'tdi. Ioann baronlar
bilan yangi urushga tayyorlana boshladi, bu urush tez orada boshlandi ham, ammo urush
harakatlari ayni qizib turgan paytda qirol qazo qildi. Ioann Yersiz vorisi kichik yoshli o'g'li
Genrix III (1216—1272) baronlar oligarxiyasi qo'lida uzoq vaqtgacha qurol bo'lib qoldi. Lekin
u hatto balog'atga yetgandan keyin ham mamlakatni idora qilishda deyarli o'zgarish bo'lmadi.
Lapashang va beqaror Genrix III papani va yepiskoplarni, shuningdek, fransuz xotini bilan
birgalikda Fransiyadan Angliyaga kelgan qarindoshurug'lari va ularning do'stlarini ingliz
baronlariga qarshi qilib qo'ymoqchi bo'ldi. Bu feodallarga Genrix saxiylik bilan mansablar va
yer-mulklar ulashdi. Bu esa ingliz baronlari o'rtasida qahrg'azab uyg'otdi. Shaharlar papa
kuriyasiga ketayotgan yuqori to'lovlardan norozi bo'ldilar. Ritsarlar va erkin dehqonlar qirol
amaldorlari va sudlarining suiiste'mollaridan va baronlarning o'zlarining joylarda davom
ettirayotgan bemaza o'zboshimchaliklaridan g'azablanardilar. Bundan avvalgi yili mamlakatda
hosil yomon bo'lganligiga va ocharchilikka qaramay, shahzoda Edmund (qirolning kekja o'g'li)ning
Sitsiliya taxtini1 istilo qilnsh uchun qirol 1258 yil bahorida baronlar va ritsarlardan ular
oladigan daromadlarning to'rtdan uch qismini to'lashlarini talab etdi. Qirolning talabiga
javoban, qurollangan va o'zlariga ko'p ritsarlarni ergashtirib olgan baronlar saroyga kirib
keldilar hamda barcha «fransuzlar»ni idora ishlaridan chetlatib, «qirollikda islohatlar»
o'tkazish uchun alohida komissiya tayin etishni talab qildilar. Shundan so'ng, tez orada
baronlarning Oksfordda to'plangan «quturgan parlamenta» alohida konstitutsiya («Oksford
oziqovqatlari») ishlab chiqdi. Bu alohida konstitutsiya qirolni baronlarning doimiy
nazoratiga topshirdi.
Dastlabki paytda baronlar ritsarlar bilan kelishib harakat qildilar. Ammo baronlar
hokimiyatni faqat o'zlari uchun bosib olishga intilayotganliklarini, ritsarlar masalasida no
aniq va'dalar berish bilan cheklanayotganliklarini ritsarlar tezda payqadilar. Ritsarlar
norozilik bildirdilar. Ularning talablari boshqa bir hujjatda «Vest vazirlik oziqovqat
lari» nomli mashhur hujjatda ifodalangan edi. «Vest vazirlik oziqovqatlari»
rntsarlarning o'z senyorlari — baronlari bilan bo'laditan munosabatlarini tartibga solib
turardi, shuningdek, qirol sheriflari, eschitorlari1 va sud'yalarining suiiste'mollarini
yo'qvtish to'g'risida bir qancha takliflar kiritdi. Eng mayda ritsarlar ayniqsa ko'p faollik
ko'rsatdilar (Angliyada ular bakalavrlar deb atalardi).
Harakatga keyinchalik shaharliklar va bir qancha joylarda dehqonlar, qisman frigol`derlar,
qisman villanlar kelib qo'shildilar. Baronlar to'dasi bo'linnb ketdi. Demokratik ele
mentlarning faolligidan, xususan, boshlanib ketgan dehqonlar harakatidan qo'rqib qolgan
baronlarning ko'pchiligi tezda qirol tomoniga o'tdi. Ammo Simon de Monfor2 boshchilik qilgan
yirik feodallarning bir qismi qirol bilan kurashni davom qildirib, ritsarlar va
shaharliklar bilan ittifoq tuzdi.
1264 yil bahorida Simon qirolning tarafdorlari bo'lgai baronla'rni yakson qilib, Genrix III
ni va uning katta o'g'li shahzoda Eduardni asir qilib oldi. Simon de Monfor bir necha vaqt
Angliyaning diktatori bo'lib oldi. 1265 yil boshida u keng tarkibda parlament chaqirdi:
parlamenta baron va yepiskoplardan tashqari, rntsarlarning (har bir graflikdan ikki kishi
dan) va shaharlarning (har bir shahardan ikki kishidan) vakillari taklif qilindi. Shunday
qilib, fransuz General shtatlariga o'xshash, Angliyada birinchi marta uch toifa vakillaridan
iborat parlament chaqirildi.
Simon de Monforga hokimiyat tepasida uzoq vaqt qolish muyassar bo'lmadi. Baronlarning ko'pchilik
qismi dushmanlar lageriga o'ta boshladi. Shahzoda Eduard asirlikdan qochib, qirollik
kuchlarining asosiy tashkilotchisi bo'lib oldi. 1265 yil a`gustda Ivzem yonidagi jangda Monfor
mag'lubiyatga uchradi va o'ldirildi. Uning tarafdorlari jazoga tortildilar. Parlament yana
birgina yirik feodallar tarkibila yig'iladigaya
bo'ldi.
o
Eduard I ning idora qilishi. «Namunali parlament». Eduard I (1272—1307) 50—60 yillardagi
«g'alayondan» katta saboq olgan xiyla g'ayratli qirol edi. Ayni zamonda 1258—1265
yillardagi baronlar urushi mahalida o'rta va quyi sinflarning harakatidan qo'rqib qolgan
feodallar endi qirollik tojtaxt tevaragida mustahkamroq zichlashdilar. Eduard I o'z mavqeini
yanada kuchaytirish uchun bir qancha istilochilyk urushlari qilshi. Eduard I Uel`sni istilo qildi
(1282 y.)1 va Shotlandiya bilan uzoq urush olyb bordi. Shotlandiya bilan olib borilgan urush
g'oyat og'ir bo'ldi. Urushni davom qildirish uchun yetarlicha mablag'i bo'lmagan qirol juda mushkul
bir ahvolga tushdi. Oppozitsiyaning yantidan bosh ko'tarib chiqishining oldini olish va zarur
mablag'ga ega bo'lish maqsadida 1295 yili qirolning o'zi umum toifaviy parlament chaqirdi. Bu
parlamentning tarkibi kelajakda ana shunday yig'ilinshar uchun namuna bo'lganligidan, uni
keyinchalik «namunali parlament» deb atadilar. Ammo 1265 yilda Monfor parlamenti qanaqa
tarkibda to'plangan bo'lsa, bu parlament ham xuddi shunday tarkibda yig'ildi. Bu parlamentda
lordlar, dunyoviy va ruhoniy feodallar, ritsarlar va shaharliklar yig'ilgan edi. Shu paytdan
e'tiboran Angliya parlamenti muntazam suratda yig'iladigan bo'ldi, tez orada (1297 y.)
soliqlarni tasdiqlash huquqini oldi.
XIV asrda parlamentning rivojlanishi. XIV asr o'rtasida qirol Eduard III (1327—1377)
davrida parlament ayniqsa tez-tez (deyarli har yili) chaqiriladigan bo'ldi. Fransiya bilan
boshlanib ketgan Yuz yillik urush hukumatdan katta pullar talab qildi. Pulga muhtoj bo'lgan
qirol har safar parlamenta murojaat etib, undan «subsidiya» yoki «ko'mak» so'rashga majbur
bo'ldi. XIV asrda ingliz parlamentining huquqi ham asosan rasmiylashdi. Parlament soliqlarni
tasdiqlash huquqidan tashqari, qonunlar (parlament nizomlari yoki aktlari) chiqarish huquqini
oldi. Parlament, shuningdek siyosiy ishlar bo'yicha, jumladan,' qirollik vazirlari tomonidan
sodir bo'ladigan xizmat jinoyatlari bo'yicha oliy sud ham bo'lib qoldi. 1343 yildan e'tiboran
parlament ikki palataga bo'lindi. Yuqori palata lordlar palata s i deb atalib, u ruhoniy
lordlar, arxiepiskoplar, yepiskoplar, eng yirik monastirlarning abbatlari va dunyoviy
lordlar (baronlar)dan iborat bo'lardi. Umum palatasi deb atalmish quyi palata graflik
larning vakillari bo'lgan ritsarlar va shaharliklardan iborat bo'lardi.
Ingliz burjua tarixchilari odatda tasdiqlaganlaridek, o'rta asr davridagi ingliz parlamenti
chinakam milliy parlament emas edi. Unda dehqonlar ommasining vakillari yo'q edi. Shahar
aholisining quyi tabaqalari ham parlamentda o'z vakillariga ega emas edilar va, ba'zi bir
istisnolarni hisobga olmaganda, ular deputatlar saylashda qatnashmasdilar.
XIV—XV asrlarda Angliyadagi shahar idorasi tobora ko'proq yopiq sexoligarxiya xarakteriga zga
bo'ldi. XIV asrdan boshlab ritsarlar grafliklardagi hokimiyatni o'z qo'llariga kiritib olib,
bu vaqtga kelganda endi bozor, savdo-sotiq bilan, ba'zan esa sanoat bilan ham yaqindan
bog'langan uzil-kesil qishloq xo'jayinlariga aylangan edilar. XIV asrning ikkinchi yarmidan
boshlab tuzilgan murosaga keltiruvchi sud`yalar degan yangi mansab, ritsarlarning joylardagi
siyosiy hokimiyatining ifodasi edi. Ritsarlar bu mansabni bepul bajarar edilar. Murosaga
keltiruvchi sud`yalar politsiyachilik tartibida mayda ishlarni, shuningdek, ishchi kuchi yollash
masalalariga, ish haqi belgilash va boshqa shunga o'xshash masalalarga oid ishlarni qarar edilar.
Murosaga keltiruvchi sud`yalar dehqonlarga qarshi xususan qishloq kambag'allariga qarshi
dvoryanlar toifasining sinfiy manfaatlarini ochiqdanochiq himoya qilar edi.
UOT TAYLER QUZG'OLONI
XIV asrda Angliyaning iqtisodiy taraqqiyoti. Kommutatsiya jarayoni. XIII asrning ikkinchi yarmida
va xususan XIV asrda Angliya o'z iqtisodiDa yana ancha katta siljishlarni boshdan kechirardi.
Flandriya bilan va quruqlikdagi botqa mamlakatlar bilan olib borilgan qizg'in savdo-sotiq
munosabatlari ingliz qishlog'ini keng bozor aloqalariga tortdi. «Flandriyada xalq bizning
junimizni qayta ishlash bilan tirikchilik qiladi va busiz uzok yashay olmaydi yoki halok bo'ladi,
yo bo'lmasa, biz bilan tinchosoyishtalikda yashamog'i lozim»,— deyiladi. Yuz yillik ur>sh
vaqtlaridagi bir ingliz pamfletida. Ingliz junining bir qismi Italiyaga olib ketiladi, u
yerda bu junni Florentsiya movutsozleri juda qadrlaydilar. XIII— XIV asrlarda Angliyaning
o'zida mahalliy sanoat zo'r berib rivojlandi.
Angliya shaharlarining, avvalo Londonning o'zining o'sishi, Fransiya shaharlaridagi singari
qishloq xo'jalygining boshqa mahsulotlariga — g'alla, go'sht, sut mahsulotlari, teri va hoka
zolarga bo'lgan talabni tobora oshirdi.
Pul xo'jalygining rivojlanishi Angliyadagi qaram dehqon yer-mulkining—manorning yemirilishiga
sabab bo'ldi. Lordlar barshchinani pul abrogi bilan ayirboshlashni (kommutatsiya qilishni)
foydaliroq deb bildilar. Bunday paytda ular o'zlariga qarashli yerlarni (domenlarni) kam
yerli dehqonlar orasidan chiqqan yollanma ishchilar mehnati bilan ishlaydigan bo'ldilar. Ba'zi
bir lordlar hech qanday xo'jalik yurgizmay, yillik pul renta (yer solig`i)si olishni afzal ko'rib, o'z
domenlarini ijaraga berardilar. Kommutatsiya XIII asrdayoq katta yutuqlarga erishdi. XIV
asrning birinchi yarmida bir qancha tumanlarda kommutatsiya barshchinani batamom siqib chiqardi.
Qo'l ishchi kuchi talab etmaydigan chorvachilik rivojlangan joylarda kommutatsiya ayniqsa keng
qo'llandi. Angliyaning shimoli-g`arbiy va qisman markaziy tumanlarida ana shunday bo'lgan edi.
Chet
elga g'alla eksport qilish bilan aloqador bo'lgan donchilik xo'jaligi katta rol o'ynagan
janubi-sharqiy grafliklarda kommutatsiya jarayoni sekinroq bordi. Iirik lordlarning janubi
sharqdagi manorlarida va ko'p sonli cherkovmonastirlarning yer-mulklarida barshchinaga aynitssa
qattiq yopishib olishdn. U yerda hatto barshchinani kuchaytirish hodisalari tez-tez uchratib
turilardi. Ammi, shunga qaramay, butun mamlakatda pul renta (yer solig`i)si tobora ko'proq tarqaldi. Shu
munosabat bilan ingliz qaram dehqon dehqoni ham shaxsan ozod dehqonga aylandi. Uning lordga
munosabati muayyan pul renta (yer solig`i)lari to'lashdan iborat bo'lib qoldi, xolos. Chek yer avvalgidek,
uning tasarrufida qoldi. U pul ishlash uchun shaharga ketishi va umuman, o'z istiqomat joyini
o'zgartirishi mumkin edi.
Kommutatsiya birinchi galda eng badavlat dehqonlar uchun foydali edi. XIII asr boshida o'rta hol
dehqonlar kommutasiyadan ko'piicha voz kechardilar, chunki ularning pul topishlari qiyin edi.
Zaqt o'tishi bilan, qishloqda pul miqdori ko'payishi bilan o'rta hol dehqonlar ham kommutatsiya o'z
ah" vollarini yaxshilashipi bilib, unga boshqacha nazar bilak qaraydigan bo'ldilar. Ammo lord
belgilagan pul renta (yer solig`i)sining yuyat yuqori ekanligidan dehqonlar norozi edilar. Dehqonlarni
g'azablantirgan narsa yana shu bo'ldiki, o'zgarib turuvchi bir sharoitda lordning o'zi ko'pincha
kommutatsiyaga ko'nmay, ba'zan oradan bir necha vaqt o'tkazib yana barshchina usuliga qaytar edi.
Ba'zi bir grafliklarda, chunonchi, Kent grafligida (ja, nubisharqiy grafliklar orasida eng
seraholiligi) dehqonlar kam yerlilikdan qattiq jafo chekar edilar. Lordlar bekor yotgan
yerlarni bosib olib va dehqonlarni foydalanib turgan yaylovlaridan siqib chiqarib, jamoa
o'tloqlarini qisqartmoqda edilar. Bularning hammasini dehqonlar orasidagi norozilikning
tobora kengroq o'sib borishiga sababchi bo'ldi.
«Qora o'lat» va uning oqibatlari. 1348 yilda Angliyada dahshatli vabo epidemiyasi (yuqumli
kasallik) avj oldi, zamondoshlar uni «qora o'lat» deb atadilar. Shu yuqumli kasallik
natijasida mamlakat aholisining qariyb to'rtdan uch qismi (ba'zi tadqiqotchi
mutaxassislarning fikricha, hatto yarmisi) halok bo'ldi. Ishchi qo'llarining kamayishi shaharning
ham, qishloqning ham ahvoliga yomon ta'sir etdi. Ishchi qo'llari ancha qimmatlashdi. Feodallar
qishloq xo'jalik ishchilarini o'zlariga kerakli miqdorda yollay olmadilar. Ko'pdan beri, asosan
erkin yollanma mehnatdan foydalanib kelgan mayda feodallar (ritsarlar) ayniqsa tang ahvolga
tushib qoldilar. Shaharlardagi sex ustalari ham ish haqini oshirishni talab etgan xalfalarning
«fitnasi»dan shikoyat qilardilar. Ritsarlarga va sex ustalariga ko'maklashish niyatida qirol
Eduard III hukumati 1349 yilda ordonans chiqardi. Bu ordonans o'z yeri yoki yashash uchun boshqa
mablag'lari bo'lmagan, yoshi 60 dan oshmagan barcha katta yoshli erkak va ayollarning taklif etil
gan ishga majburiy tartibda va shu bilan birga vabo kasalligidan burungi mavjud ish haqi
barobariga yollanishlarini talab qildi. 1351—1361 yillardagi parlament hujjatlari qirollik
farmonini tasdiqlab, ishga borishdan bosh tortgan va undan o'zicha ketib qolgan kishilarga
qattiq jazo choralari belgiladi. Ordonans va hujjatlarni buzishda ayblangan odamlar
avaxtaga tashlandi, taxtakechga qieib qo'yildi va badani qizitilgan/gemir bilan kuydirildi.
Feodalkrepostniklik davlotining «Ishchi qonunchiligi» o'ziga qishloq kambag'allarining ham,
shuningdek shahar plebey elementlari — xalfalar, kunbay ishlaydigan ishchilar, port ishchilari
va boshqalarning ham yalpi nafratini qo'zg'atdi.
Bu bilan cheklanmasdan, ko'p lordlar ilgari o'zlari tomonidan pul obrogiga ko'chirilgan
villanlarni yana barshchinaga qaytardilar. Bu esa umuman butun qishloqning, shu jumladan, uning
badavlat yuqori tabaqasining ham manfaatlarini oyoq osti qiluvchi chinakam feodal
reaktsiyasi edi.
Jon solig'i. Yuz yillik urushdagi muvaffaqiyatsizliklar munosabati bilan XIV asrning 60 va
70 yillaridagi Angliyaning ahvoli mushkullashdi. yomenlar yurishlarda qatnashishganligi
tufayli ingliz feodallari Kresi va Puat`e yonida erishgan ajoyib g'alabalar zamoni tugab,
endi ular birin-ketin mag'lubiyatga uchray boshladilar. Fransiyadan o'ljalar kelish o'rniga, urush
endi yangidanyangi xarajatlar qilishni talab qilardi. Ingliz hukumati parlamentdan
soliqlarni oshirishni so'rashga majbur bo'ldi. 1377 yilda, yangi qirol Richard II (Eduard III
ning nevarasi) idora qila boshlagan dastlabki yilda parlament jon solig'i joriy qildi._
Bunday soliq Angliyada ilgari hech qachon bo'lmagan edi. 14 yoshli va undan yuqori har bir erkak
va ayol, mulkiy ahvolidan qat'i nazar, bu soliqni to'lashga majbur edi. Qariqartanglar va
o'smirlar ko'p bo'lgan katta oilalarda yangi soliq yig'indisi katta summani tashkil qilar edi.
Jon solig'i dehqonlar ommasi gardaniga og'ir yuk bo'lib tushdi. Bu soliq qishloqda o'ziga qarshi
chuqur qahrg'azab qo'zg'ab, ingliz dehqonlarini 1381 yilgi qo'zg'olonga yetaklagan so'nggi
bahona bo'ldi.
Viklef va dollardlar. 1381 yilgi qo'zg'olon ba'zi bir ideologii tayyorgarlik ham edi.
Qo'zg'olondan avvalgi yillarda ingliz qishlog'ida va'zxonlar paydo bo'lib, ular o'zlarini «faqir
poplar» deb atardilar. Bular ingliz cherkovining mashhur islohattori Jon Viklefning
shogirdlari edilar. Pop va Oksford unyversitetining professori Jon Viklef (1320—1384) XIV
asrning 60—70yillarida cherkovni islohat qilish kerak, degan talab bilan chiqdi. Cherkov
papasiz yashai olmaydi va papa hokimiyati qirollik hokimiyatidan yuqori turishi lozim degan o'rta
asr katolitsizmi ta'limotini J. Viklef rad qildi. Papa Angliyadan xiroj olish uchun hech
qanaqa
haqhuquqqa ega emasligini Viklef isbotlab berdi. «Qirolk qirollikni papa nomidan emas,
balki bevosita xudoyi POLO nomidan o'z qo'lida tutib turadi»,— derdi Viklef o'sha zamok* dagi
feodal huquqini o'zicha talqin qilib. So'ngra u, chsrkoUning g'oyat katta yer boyliklariga qarshi
chiqib, cherkov yerlarinn sekulyarizatsiya qilish (davlat ixtiyoriga olish) to'g'risida hukumatga
tavsiyanoma berdi. Viklef diniy marosimlarni dabdabali qilib o'tkazishga qarshi chiqib, ibodat
mahalida va'zxonlikni kuchaytirishni tavsiya etdi. U tavrotni ingliz tiliga tarjima etib,
ibodatni ham milliy, ingliz tilida qilishni zarur deb hisobladi (o'rta asrlar davrida
Yevropaning hamma yerida qabul etilganidek, cherkovlarda faqat lotin tilida ibodat
qilinardi).
Viklefning chiqishi ideologiya jihatdan katta ahamiyatp ega bo'ldi. Viklef XVI asrda
Yevropada yuz bergan Yevropa rv« formatsiyasi (ko`rinishi) muxlislaridan biri edi. Ammo uning
traktat (ilmiy asar)lari siyosiy jihatdan ham katta rol o'ynadn, Yuz yillik urush
mahalida Angliya' papalikka nisbatan g'oyat dushmanlik munosabatlarida bo'ldi, bu vaqtda
fransuz qirol* | lari ta'sirida bo'lgan Avin`on papalari Angliyaga qarsh*' fransuz
hukumatiga har qanaqa qilib bo'lsa ham yordam berar»'4 dilar. Viklefning papalikka qarshi
qilgan va'zlari va yozgaYAD adabiy asarlari shuning uchun ham ayniqsa aktu al edi. XIV asY|
o'rtasida, Eduard III qirolligi davrida parlament ma.xsus HHriil zom qabul qilib, unda
sudcherkov ishlari yuzasidan papaga shi1;! koyat arizasi bilan yillardaT! ingliz hukumati nihoyat papaga xiroj to'lashdan voz kechdi, hol«;; buki bu xiroj
Rimga Ioann Yersiz zamonidan buen to'lab keli"'. nar edi. Urush olib borish uchun mablag'ga
muhtoj bo'lgan huku»,' mat cherkov yerlarini sekulyarizatsiya qilishga tayyor edi. Qirol'?
likdagi barcha yerlarning taxminan uchdan bir qismini tashkil etgan ingliz cherkovining g'oyat
ulkan mulklariga dvoryanlar, (lordlar ham, ritsarlar ham) ko'pdan havas qilib kelardilar,;;|
Viklef islohoti London shahari aholisi orasida ham zo'rda shuhrat qozondi. Cherkov diniy
marosimlari ooddalashtirilishi'1 va arzonlashtirilishi kerak hamda cherkov birorbir ajnabyay |
kuchga qaram bo'lmagan mustahkam milliy tashkilotga aylanishy,| lozim, degan Viklefning
chaqiriqlari Londonda, shuningdeky'! <5oshqa joylarda xususan Angliyaning eng rivojlangan
janubida va janubi-sharqida unga ergashgan bir guruh muxlis* larni keltirib chiqardi.
Viklefning Angliyadagi muxlislari lollardlar deb atalardi. Uning eng demokratik kayfiyatdagi
shogirdlaridan, chunonchi «faqir poplar» deb atalganlari, Viklef hali hayotlik mahalidayoq
uniag islohattorlik ta'limotiga qat'iy, revolyudion tue bergan edilar. U «faqir poplar»
krepostniklikka keskin qarshi chiqqan edilar. Ular qishloqmaqishloq yurib, dehqonlar orasida
propaganda olib bordilar. Oliy tabaqa boy ruhoniylarga qarshi, shuningdek, dunyoviy
feodallar (loryadlar)ga qarshi qattiq hujum toshini yog'dirib, va'zxonlar, modomiki «xudovandi
karim barcha kishilarni teng qilib yaratgan ekan», yersuv barchanikidir, degan ishonchni
kambag'al dehqonlar ko'nglida mustahkamladilar.
«Odamato yer haydab, Momohavo esa charx yigirgan paytlarida kim dvoryan bo'lgan,
axir?» degan qochiriq so'zlar qishloqlarda tez-tez qaytarilardi. Ana shunday xalq
va'zxonlaridan biri bo'lgan J o n B o l l feodallarga keskin hujumlar qilishda
ayniqsa ajralib turardi. «Mening aziz do'stlarim,— derdi Boll dehqonlarga murojaat
etarkan,— hamma narsa umumniki bo'lmasdan turib, na vassal, na lord va kishilar o'rtasidagi
barcha tafovutlar yo'q. qilinmasdan turib, lordlarning bizning ustimizdan xo'jayinligi
bartaraf etilmasdan turib, Angliyadagi ishlar yaxshi bo'lib ketmaydi».
Qenterberiy arxiepiskopining buyrug'iga binoan Joi Boll evaxtaga tashlandi. 1381 yilda
qo'zg'olon qilgan dehqonlar uni qamoqdan ozod qildilar. Jon Boll qo'zg'olon rahbarlaridan
biri bo'lib qoldi.
Uot Tayler qo'zg'oloni. Tarixga Uot Tayler qo'zg'oloni nomi bilan kirgan qo'zg'olon 1381 yil may
oyining oxirida janubi-sharqiy Esseks grafligida boshlandi. Dehqonlar bu yerda jon solig'i
yig'uvchilarni haydab yubordilar va ulardan ba'zilarini o'ldirdilar. Shundan keyin villanlar
manor egalariga qarshi ko'tarildilar. Qo'zg'olon Esseksdai qo'shni grafliklarga— Kent, Sefol`k,
Norfol`k va boshqa grafliklarga ko'chdi. Qisqa bir fursat ichida qo'zg'olon Angliya
grafliklarining katta bir qismiga yoyildi1. Dehqonlar dunyoviy va ruhoniy lordlarga qarashli
manorlarni yakson qildilar, ulardagi g'alla, chorva mollari va boshqa mol-mulklarni bosib
oldilar, manor arxivlarida saqlangan barshchinaga va obrok majburiyatlariga doyr ro'yxatlarni
(ular renta (yer solig`i)li deb atalardi) yondirib tashladilar.
Ba'zi shaharlar qo'zg'olonchi dehqonlar tomoniga o'tdilar. Qo'zg'olonchilar Kentda graflikning
asosiy shahri bo'lgan Kenterberini qo'lga kiritdilar. Shuningdek, Medston va Dartford shahar
lari ham qo'zg'olonchilar tarafini oldilar. Kentning o'zida rahbar topilib, u Kent, Esseks
grafliklari va boshqa qo'shni grafliklarning dehqonlar ommasini bir oz vaqtgacha birlashtirdi
va bu dehqonlar ommasini Londonga boshlab bordi. Uning nomi Uot Tayler edi. («Tayler» so'zi
inglizcha — «tunukasoz» demakdir. Bundan chiqadiki, u hunarmand bo'lgan bo'lsa ajab emas).
Shakshubhasiz, Tayler ilgari soldat bo'lgan, negaki, u harbiy ishni yaxshi bilardi. Uning
biografiyasi haqida batafsilroq ma'lumot yo'q.
Uot Tayler g'ayratli rahbar bo'lib chiqdi. U, qiroldan dehqonlar talabini qondirishga erishmoq
uchun qo'zg'olonchilarni qirollik poytaxti — Londonga olib borishta qaror berdi. Londonga
borishning o'zini u to'g'ri o'yladi va bu chora tez amalga oshirildi. Tayler Jon Boll, Jek Strou
(aftidan, mayda ritsar bo'lsa kerak) va boshqa yordamchilari bilan birgalikda 11 iyunda kent
liklarni poytaxtga boshladi, lekin unga janub tomondan bordi. Ayni zamonda ular bilan
shartlashib qo'ygan Esseks dehqonlarining rahbarlari Londonga shimolisharq tomondan yaqinlashib
keldilar.
London shahari ma'murlari dehqonlarning London ko'prigidan o'tib, shahar darvozasi orqali
London Sitisiga kirishlariga monelik qilmadilar.
Uch kun mobaynida, ya'ni 1381 yilning 13, 14 va 15 iyun` kunlari qo'zg'olonchi dehqonlar Angliya
poytaxtining xo'jayinlari bo'lib oldilar. Qirollik vazirlarining ba'zilari— ular orasida
qirollik kantsleri Simon Sedberi (u Kenterberi arxiepiskopi ham edi) va lordxazinachi
Xeyls—qatl qilipdilar. Lopdoidagi turmalarnipg hammasi ag'darto'ntar qilipdi. Qo'zg'olonchilar
London sudiniig asosiy arxivini bosib olib, uni o'tda yoqib yubordilar. Yirik binolardan
qirolning amakisi, Lankasterskiy gersogining saroyi vayron qilib tashlandi (qirol Richard
II yosh bo'lganligi tufayli gersog Lankasterskiy vaqtincha regentlik vazifasini bajarar
edi)',
MaylEndsk va Smitfildsk dasturlari. Dehqonlarning qirol bilan bo'lgan ikki uchrashuvida
(14 va 15 iyun`) qo'zg'olonchilarning talablari bayon qilingan ikki petitsiya (talabnoma)
taqdim etildi. Ulardan biri ancha mo''tadil hisoblangan MaylEndsk (yoki Esseks) petitsiyasi
edi. Bu petitsiya to'rt moddadan iborat edi: 1) qaram dehqon huquq (villanlik)ni bekor qilish,
2) qo'zg'olonchilarga afv umumiy berish, 3) barcha mamlakatda savdo-sotiq qilishga erkinlik
berish va 4) 1 akr hajmidagi yer uchun 4 pens miqdorida ijara haqi belgilash. Bu dastur
Angliyadagi eng badavlat dehqonlarning manfaatlarini aks ettirar edi.
Ikkinchi Smitfildsk (yoki Kent) dasturida—ancha qat'iy talablar bayon etilgan edi.
Dehqonlar o'zlariga cherkov yerlari fondidan yer berilishini, jamoaga qarashli yersuvlardan
erkin foydalanishni va barcha toifaviy tafovutlarning yo'q qilinishini talab qilgan edilar.
Ikkinchi petitsiya kentlik kam yerli eng kambag'al dehqonlarning ehtiyojlarini ravshan aks
ettirgan edi.
Hukumat boshda yon berdi. 14 iyunda qirolning muhri bosilgan yuzlab yorliqlar tayyor'lanib,
dehqon jamoalariga tarqatildi. Esseks dehqonlari yorliqlarni olib, qanoat hosil qilgach,
shu kuni kechqurun Londondan chiqib ketdilar. Ammo kentliklar qolib, yuqorida ko'rsatib o'tilgan
ikkinchi petitsiyani tayyorlay boshladilar. Dehqonlarning saflarida parokandalik boshlanganini
payqagan ma'murlar, qat'iyroq harakat qilishga kirishdilar. Dehqonlarning qirol bilan
Smitfiyada ikkinchi marta uchrashuv mahalida (15 iyun`) ularning rahbari Uot Tayler xoinona
o'ldirildi. Rahbarsiz qolgan Kent dehqonlarining otryadlari Londondan haydab yuborildi. Bu
vaqtga kelib, ahvol osoyishtaroq bo'lgan grafliklardan Londonga kelib kirgan ritsar otryadlar
yetarli darajada qo'shin tashkil etdilarki, hukumat bu qo'shinni qo'zg'olonni bostirishga yubora
olardi.
Shundan so'ng qirollikning boshqa hamma joylarida qo'zg'olsn bostirildi. Londondan jo'natilgan
jazo ekspeditsiyalari butun yoz bo'yi qo'zg'olon qatnashchilarini ayovsizlik bilam qattiq
jazoladilar.
Uot Tayler qo'zg'olonining tarixiy ahamiyati. O`rta asr davridagi barcha dehqonlar harakati
singari 1381 yilgi qo'zg'olon ham muvaffaqiyatsizlik bilan tamom bo'ldi. Bunga sabab, odat
dagi uyushqoqsizlik, kuchlarning bo'linib ketganligi, dasturning yetarli darajada aniq
bo'lmaganligi va qo'pol taktik xatolarga yo'l qo'yilishi bo'ldi. Ingliz dehqonlari (Jakeriya
qatnashchilari bo'lgan fransuz dehqonlari masalasida yuqorida aytib o'tilganidek) qirol
bizning tarafimizni oladi,_ deb soddadillik bilan ishonardilar. Dehqonlar o'zlari eng yomon
kurgan amaldorlarning adabini berib, hatto o'z hukumatlarini tuzishga intilib ham
ko'rmadilar. Shaharning plebey elementlari dehqonlar qo'zg'oloniga yordam berdilar, lekin
plebey elementlarning o'zlari zaif bo'lganliklari tufayli, qo'zg'olonga boshchilik qilib, uni
g'alabaga olib bora olmadilar.
1381 yilgi qo'zg'olon mag'lubiyatga uchragan bo'lishiga qaramay, u ingliz dehqonining bundan
keyingi taqdiriga har holda katta ta'sir ko'rsatdi.
Qo'zg'olon ancha katta va qudratli qo'zg'olon buldi, bu quzg'olondan keyin esa pomeshchiklarga
barshchinani jiddiy suratda qaytadan tiklash haqida o'ylashga endi to'g'ri kelmadi. 1382
1shlda va undan keyingi yillarda ayrim grafliklardagi dehqonlar feodallarga qarshi qaytadan
qo'zg'olon ko'tarishga urindilar; Lordlar yon berishga majbur bo'ldilar. Shu sababli, 1381 yildan
keyin kommutatsiya jarayoni yanada kuchaydi. Qo'ychilik tobora ko'proq rivojlanib, unda barshchina
keraksiz bo'lib qoldi va u, axir pirovardi, krepostniklikning bekor qiliiishiga yordam
berdi. «Angliyada qaram dehqon qaramlik xaqiqatda XIV asrning oxirida yo'q bo'ldi,—deb yozgan
edi Marks «Kapital»da. Aholining juda katta ko'pchiligi u vaqtda va XV asrda yanada ko'proq
mustaqil xo'jalik yurgizuvchi erkin dehqonlardan (garchi ularning mulki har qanday feodal
niqobi ostiga olingan bo'lsa ham) iborat edi»1.
LANKASTERLAR VA YORKLAR. QIZIL VA OTS GULLAR URUSHI
. XV asrda Angliyaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti.
j_umumiy xo'jaligida sanoatiing ahamiyati kuchaydi. Angliyada movut sanoati ayniqsa katta
yutuqlarga erishdi. Angliyada yuqori sifatli movut navi yetishtirilib, uning bir qismi chet
ellarga ko'plab chiqariladigan bo'ldi. Jun yigirish va to'qish, shaharlardan tashqari, kustarchilik
kasbi ko`rinishida qishloqlarga ham keng tarqaldi, kustarchilik kasbi bilan shug'ullanuvchi
odamlar olib sotarlar, ya'ni «movutfurushlar» uchun ishlardilar. Ingliz eksportida jun
avvalgidek katta o'rin egallashda davom etgani bilan birga, XV asrda qishloq joylaridan ham
har qanaqangi dag'al jun movutlar ko'plab tashqariga chiqarilardi va bu dag'al movutlarga
Flandriyada yana boshqatdan ishlov berilardi.
XV asrda ingliz savdogarlari turli dengizlarda o'z savdo-sotiq ishlarini keng yoya boshladilar.
Shu munosabat bilan ingliz kemasozligi zo'r berib rivojlana bordi. Dengizlarning narigi
tomonlariga borib savdo qiluvchi yirik savdogarlarning bir qismi XV asrning 70 yillarida
savdogaravaithuquqshunoslarning2 birinchi dengiz savdo kompaniyasini tuzdi.^Bu savdo
kompaniyasi, avvalo LaMansh va Shimoliy dengizdagi movut savdosini o'z qo'liga monopoliya
qilib oldi.
XV asrda ingliz feodallari oinfi ikki qismga: odatda xo'jalik bilan o'zi shug'ullanmagan va
o'zining domenini ijaraga bergan yirik feodal dvoryanlarga va yollanma mehnatni ekspluatatsiya
qilgan, g'alla va jun bilan savdosodiq qilgan, o'z farzandlarini hunar va savdo-sotiqqa
o'rgatish maqsadida shaharga jo'natgan ritsar va jentel`menlardan iborat o'rta^va mayda
dvoryanlarga keskin bo'linib ketdi. Kelgusida mayda ¦yayashEyannyaivIYA^IIII
yer-mulkka egalik qiluvchi dvoryanlar (jentri)ning ota-bobolari bo'lgan dvoryanlarning bu
qismi xo'jalik yurgizish usul». jihatidan burjuaziyaga yaqin turib, u nikoh yo'li bilan shu
burjuaziyaga ko'pincha qaripdoshurug' bo'lib ketgdn edi>
Lankasterlar dinastiya (sulola)sining idora qilishi< Eski feodal aristokratiyasi XV asr mobaynida
hukmron sinf hisoblanar edi. Uning ko'pincha an'anaviy to'lovlar tarzida yerlardan oladigan
daromadlari o'smay, balki pulning asta-sekin qadri, ketishi bilan ular amalda kamayib
borganligidan, aristokratiya davlat mansablarini bosib olish yo'li bilan o'z zararlarining
o'rnini qoilashga harakat qildi. Bu aristokratiya: Fransiya bilan olib borilgan Yuz yillik
urushdan ham katta umidvor edi. Aristokratiya Fransiyada yangi yerlar va har qanaqangi harbiy
o'ljalar olishga ishongan edi. 1399 yilda: Plantagenetlar o'rniga kelgan yangi Lankasterlar
dinastiya (sulola)si,. aristokratik siyosatning quroliga aylandi.
Plantagenetlar dinastiya (sulola)sining so'nggi (katta avlod) vakili bo'lgan (yosh bolaligi paytida
1381 yilgi qo'zg'olon bo'lib o'tgan) qirol Richard II ni o'zining tog'avachchasi, Lankaster
gersogi Genrix taxtdan ag'darib, o'ziga Genrix IV deb nom oldi (1399—1413). Richard qasrga
qamaldi va tez orada halok bo'ldi. Yangi dinastiya (sulola) o'zining taxtdagi mavqeini mustahkamlash
uchun feodal aristokratiyasiga va ingliz cherkovi yepiskoplariga xushomadgo'ylik qildi.
Lankasterlar cherkov yerlaripi sekulyarizatsiya qilish planini bir chetga yig'ishtirib qo'yib,
lollardlarni qattiq ta'qib qildilar va ulardai bir necha yuzlab kishilar yeretiklikda
ayblanib, gulxanlarda yoqib yuborildi. Genrix V Fransiyadagi urushni kyong miqyosda boshqatdan
boshlab yubordi, bu urush uning vorisi Genrix VI davrida ham davom ettirildi. Dastlabki
paytda Lankasterlar urushni muvaffaqiyatli olib bordilar. Ammo, bundan keyingi harbiy
muvaffaqiyatsizliklar hukumatning ahvolini yana battarroq mushkullashtirdi. Holbuki, urush ilk
o'rta asr zamonidagi siyosiy munosabatlar manzarasini go'yo yangilaganday, shaxsiy hokimiyatning
o'ziga xos takrorlanishi bo'lib chiqdi. Yirik feodallarga qaram bo'lib qolgan Lankasterlar,
urush mahalida feodal zodagonlarning o'z tevarakatroflariga yana vassallar to'plash, qasrlar
qurish, o'z drujinalariga ega bo'lish (ba'zan bu drujinalar soni bir necha ming kishigacha
yetardi) hollariga barmoq orasidan qaradilar. Lankasterlar o'rta va mayda dvoryanlardan
hamda shahar burjuaziyasidan iborat progressivroq «o'rta sinflar»ning manfaatlariga ziyon
keltiruvchi siyosatni amalga oshirar ekanlar, biroq ular yirik feodallarning ham talab
ehtiyojlarini qondira olmadilar. Yuz yillik urush, oqibatnatijada boy berildi. Shuning o'zi
bilan zodagonlarning «dengiz orqasidan» yangi yer-mulklar olish. haqidagi orzuumidoari
puchga chiqdi. Shundan keyin baronlar Angliyaning o'zidagy yer-mulkla
rini qaytadan taqsimlashga kirishdilar. Aristokratiya orasida qattiq va uzoqqa cho'zilgan
o'zaro urush kelib chiqdiki, zamondoshlar uni ikki Gul urushi deb atadilar. Qizil gul
Lankasterlar dinastiya (sulola)sining emblemasi edi. Ularning raqiblari bo'lgan York^dinastiya (sulola)si
vakillarining gerbida Oq gul tasviri bor edi/ /
Jek Ked qo'zg'oloni.CHPankasterlar siyosatidan, jumladan soliqlarning o'sib borishidan, ular
ma'muriyatining suiiste'mollaridan, Yuz yillik urushdagi 1muvaffaqiyatsizliklardan va Angliya
savdosining izdan chiqishidan bo'lgan norozilik Angliyaning eng taraqqiy etgan dengiz sohili
grafliklaridan biri bo'lgan Kent grafligida xalq harakatining ancha keng avj olishida
ifodalanadi.
Gersog York vassallaridan biri bo'lgan Jek Ked boshchiligida 1450 yilda Qentda qo'zgolon
bo'ldi. Kentning ko'pgina m^ayda dehqonlari, shuningdek, shaharliklarning bir qismi qo'zg'olonda
ishtirok etdi. Ammo harakatga asosan oitsar` elementlari rahbarlik qildi. Qo'zgoloichnlar
(1450 yil 2 iyun`) Londonga kelib, unda hunumat oldnga bir qancha talablar qo'yishdi. Bu
talablar, asosan, qirolning telba maslahatchilarini saroydan uzoqlashtirish, markaziy va
mahalliy idora ishini tartibga solish, lordlarnipg joylarda o'zboshimchalik hilishiga, zulm
o'tkazishiga chek qo'yish talablaridan iborat edi. Qo'zg'olopchilarning 1450 yildagi ijtimoiy
talablari orasida ishchilar to'g'risidagi nizomlarni bekor qilish talabi borligi diqqatga
sazovordir (bunda Eduard III bilan Richard II ning qonunchiligi ko'zda tutilgan bo'lib, bu
qonunchilik XV asrda ham hali rasmiy ravishda bekor qilinmagan edi). Bu talab harakatga eng
mazlum elementlar, ya'ni batraklar, kambag'al dehqonlar va shaharlardagi xalfalar ham
qatnashganligini ko'rsatdi Qo'yilgan talablar orasida, shuningdek, gersog yorkskiyning
qirollik kengashiga kiritish talabi ham bor edi. 1381 yilgi qo'zg'olon paytidagi singari,
hukumat dastlab yon berishga majbur bo'ldi. Lekin harakat qatnashchilari o'zlariga berilgan
va'dalardan so'ng London shahrini tashlab chiqib ketadilar, qirol qo'shinlari bo'lsa chekingan
qo'zg'olonchilarga hujum qildilar va ularni kaltaklay boshladilar. Ked qolgan o'z tarafdorlari
bilan birgalikda bir oz vaqt kurashni davom ettirdi. Ammo qirol soldatlari bilan to'qnashuv
paytida Ked 12 iyunda yarador qilinib, so'ng asir qilib o^W^Uni Londonga olib
borayo/ganlarida yo'lda vafot etadi./^Chvr
Qizil va Oq gul urushtSXalq ommasining Lankasterlar dinastiya (sulola)siga bo'lgan nafratidan
foydalangan gersog Yorkskiy tarafdorlari mumkin qadar tezroq hokimiyatni o'z qo'llariga
olishga intildilar. Genrix VI betobligi sababli 1455 yilda Richard Yorkskiy qirollik regenta
deb e'lon qilindi. Biroq Lankasterlarning muxlislari (qoloq g'arb va janubig'arb ularning
asosiy tayanch joylari edi) tez orada Richard Yorkekiyni regentlik vazifasidan chetlatdilar.
Xuddi shu yil» Lankasterlarning Yorklarga qarshi boshlagan urushida dastt lab Lankasterlar
tarafdorining qo'li baland keldi. Boy berilgan janglardan birida, 1460 yilda Richard
Yorkskiy o'ldirildi.* Richard Iorkskiyning boshi tanasidan judo qilinib,. qog'oz toj
kiydirilgan kallasi York shahrining qo'rron devorlaridan biriga osib qo'yildi. Ammo
o'ldirilgan Richard Iorkskiyning o'g'li Eduard Iorqlar to'dasiga boshchilik qildi, u
lankasterlarni 1461 yilda ikki marta mag'lubiyatga uchratib, Londonni bosib oldi va o'zini
Eduard IV nomi bilan qirol deb e'lon etdi. Genrix VI esa Tauer zindoniga qamab qo'yildi.
York dinastiya (sulola)sining siyosati. York to'dasi hokimiyatni uzoq muddatga o'z qo'liga o'tkazib olishga
muvaffaq bo'ldi. 1470— 1471 yillarda Lankasterlar o'z tomonlariga o'tgan yirik feodal graf
Uorvik ko'magida hokimiyat tepasiga Genrix VI ni qaytadan tiklamoqchi bo'ldilar. Ammo Eduard
IV tez orada koalitsiyani tor-mor etib, taxtni o'ziga qaytarib oldi. Genrix VI yana Tauer
zindoniga qamaldi va shu yerda o'ldirildi. Eduard IV York (1461—1483) mustabid idora qildi. U
lankaster zodagonlariga qarashli barcha mulklarni musodara etib, o'z qo'lida juda katta yer
fondi to'pladi. Bu fonddan yer-mulklar ulashish yo'li bilan u, o'ziga tobe yangi zodagonlarni
vujudga keltirdi. Bu zodagonlarning ko'pchiligi o'rta va mayda dvoryanlar orasi» dan chiqqan
edi. Eduard IV ingliz savdosining rivojlanishini rag'batlantirib (ingliz savdo flotiga
homiylik qilish, savdogaravanthuquqshunoslarning va boshqalarning chet ellar bilan savdo-sotiq
qiluvchi kompaniyasiga yordam berish) ayni zamonda, burjuaziyaga dndishasizlnk bilan do'q va
po'pisa qilib undan tortiq, qarz tariqasida (lekin qarzini hech qachon to'lamasdan) katta
pullar olardi va h. k. Eduard IV parlamentni ondasonda va istaristamas chaqirardi. Biroq
tez orada Yorklarning o'z oilalari ichida kurash boshlanib ketdi. Eduard IV vafot etgandan
keyin uning ukasi Richard III hokimiyatni bosib oldi va o'zining ikkita jiyanini (Eduard IV
ning bolalarini) o'ldirdi. Bu voqea yorklar to'dasy ichida mojaro chiqishiga bahona bo'ldi.
Eduard IV oilasining tarafdorlari lankasterlar to'dasining qolganqutgan odamlari bilan
birlashib, Richard III ni hokimiyat tepasidan ag'dardilar.
Qat'iy jang 1485 yil 22 avgustda Bosvort degan joy yaqinida bo'ldi. Richard III jangda
mag'lub bo'ldi, Genrix Tyudor g'olib chiqdi. Lankasterlar dinastiya (sulola)siga qarindosh bo'lgan Genrix
Tyudor shu yerning o'zidayoq Genrix VII nomi bilan qirol deb e'lon etildi. U Eduard IV ning
qizi Yelizaveta Yorkka uylandi, shunday qilib, dushmanlashib yuruvchi har ikkala feodal
guruhini birlashtirdiu> U
XV asrning ikkinchi yarmidagi feodallar to'sto'poloni Angliyaning siyosiy taraqqiyotida katta
ahamiyatga ega bo'ldi. «Angliyaning baxtiga,— deb istiora bilan yozgan edi Engel`s,—
Qizil va Oq gullar urushlarida eski feodal 0aronlar birbirovlarini qirib tashlagan
edilar»1. Ularning o'rnini burjuaziya bilan aloqador bo'lgan o'rta dvoryan qatlamlaridav chiqqan
va o'z xo'jaligini yangi, chinakamga burjuacha metodlar' bilan yurgizuvchi yangi dvoryanlar
egalladi. Tyudorlar ana shu yangi dvoryanlarga tayanib, qirollik hokimiyatining obro'e'tiborini
mustahkamladilar. Tyudorlar zamonida Angliyadagi qirollik hokimiyati uzil-kesil
absolyutizm shaklini qabul qildi.

Ingliz millotining tarkio topa boshlashi. XIV—XV asrlarda Angliyada ingliz millotining


tarkib topa boshlashi uchun shartsharoit vujudga kelmoqda edi. Territori.yaning umumiy
ligi va ekonomikaning umumiyligi ana shu vaqtlarda endi yetarlicha aniq namoyon bo'ldi.
XIV—X^asrlarda Angliyada keng milliy bozor tashkil topib Londonmamlakatdagi savdo-sotiq
oborotlarining kattagina qismini o'ziga jalb qilgan edi. XIV—XV asrlarda ingliz adabiy
tilining rivoji katta yutuqlarni qo'lga kiritgan edi; ingliz adabiyoti jahonga nom chiqargan
bir qancha ajoyib asarlar berdi.
1066 yilgi normaidlar istilosidan boshlab, avvalgi paytda ingliz jamiyatyning turli milliy
tarkibini aks ettirgan yakki tildan foydalanib kelindi. Qirol saroy zodagonlarining katta
bir qismi fransuz tilida so'zlashardilar. Aholining asosiy ommasi —dehqonlar va shaharliklar,
o'rta va mayda feodallar ingliz tilida gaplashardilar. Ingliz tili yana bir qancha lahja
(sheva)larga bo'lingan bo'lib, ular orasida London shevasi yetakchi sheva edi. Qonunlar
(farmonlar) fransuz tilida tuzilardi, huquqshunoslar sud ishlarida ana shu fransuz tilidan
foydalanardilar, maktablarda dare berishda fransuz tili lotin tili bilan birgalikda
qo'llanilardi.
Aholi ko'pchiligining tili bo'lgan ingliz tili fransuz tilini xonadon hayotidan ham, jamiyat
hayotidan ham asta-sekin siqib chiqardi. 1258 yildayoq qirol Genrix III Angliya aholisiga
ingliz tilida (london shevasida) bayonnoma bilan murojaat qilishi lozim bo'ldi. 1362 yilda
Eduard III London shaharining petitsiyasiga javoban, «fransuz tili uncha ma'lum bo'lma
ganligi» tufayli, sudlardagi ishlar ingliz tilida olib borilsin, deb qaror chiqardi. XIV
asrning ikkinchi yarmida Angliyadaeng yirik asarlar paydo bo'lib, ularda London shevasi
asosida rivojlangan ingliz tili o'ziga xos barcha lug'aviygrammatik xususiyatlari bilan
milliy adabiy til sifatida maydongachiqdi.
Viklefning inglizcha asarlaridan tashqari, mashhur shoirJefri Choserning (1340—1400) asarlari,
xususan uning XIV asr oxirida (90 yillar) yozilgan «Kenterberi hikoyalari»
ingliz adabiy tilining shakllanishida katta rol o'ynadi. «Kenterberi hikoyalari» optimizm,
nozik yumor, xalq ommasiga xayrixohlik bildirish va hokim feodallar sinflari vakillarini
esa satirik (maexara qilish) ruhi bilai sug'orilgan. Choser ijodi Renessans (yoki Uyg'onish)
davri yangi madaniyatining vujudga kelishidan iborat bo'lib, bu yangi madaniyat Angliyada
Italiyaning Uyg'onish davri madaniyati bilan deyarli bir vaqtda ravnaq topdi.
XV asrdagi ingliz madaniyatini rivojlantirishda Vil`yam Kekston (1422—1491) katta rol
o'ynadi. Kekston savdogar, tarjimon, matbaachi va noshir bo'lgan edi. Angliyada kitob chop
qilish shu odam nomi bilan bog'langan (1477 yildan). Kekston 100 ta kitob bosib chiqargan, bu
kitoblarning ko'pchiligi ingliz tilida edi. Shular orasida Choserning «Kenterberi hikoyalari»,
lotin klassiklari Sitseron, Ovidiy va Vergiliyning inglizcha tarjimalari, Ezop masalalari va
boshqalar bor edi.
XX BOB
XII—XIII ASRLARDA GERMANIYA, ITALIYAVA PAPALIK
SHTAUFENLAR IMPERIYASI
XII—XIII asrlarda Germaniya taraqqiyotining iqtisodiy va siyosiy xususiyatlari. XII—XIII
asrlarda Germaniyada ham ishlab chiqarish kuchlari ko'zga ko'rinarli darajada o'sdi. Urmon mas
sivlarini qisqartirish hisobiga va botqoqlik joylarni quritish yo'li bilan ekin maydonlarini
kengaytirish ma'nosida ham, qishloq xo'jalik qurolasboblarini takomillashtirish (ya'ni qishloq
xo'jaligida pluglarni yaxshilash, temir asboblar sonini ko'paytirysh, dalalarni o'g'itlash va h.
k.) ma'nosida ham dehqonchilik katta-katta yutuqlarga erishgan edi. Oddiy g'alla— javdar,
suli, arpa, ba'zan bug'doy bilan bir qatorda madaniytexnika ekinlari: zig'ir, nasha, vayda
rivojlana boshladi. Polizchilik, bog'dorchilik, uzumchilik, xmelchilik (urug'i pivo pishirishda
ishlatiladigan o'simlik) kengaydi.
Ayni zamonda Germaniyada shaharlarning rivojlanishi, xususan bu asrlarda juda avj oldi. Reyn
va Dunay daryolari bo'ylaridagi eski va yangi shaharlar gavjum sanoat markazlariga aylanib,
qisman Germaniyaning ichki viloyatlari bilan, qisman qo'shni mamlakatlar — Fransiya,
Niderlandiya, Italiya, Vengriya, Bolqon mamlakatlari bilan katta savdo-sotiq ishlari olib
bordilar. Movut to'qish, surp ishlash, metallsozlik, mo'ynachilik, turli xil qurol-yarog'lar
ishlash' nemis hunarmandlik sexlarining asosiy mashg'uloti hisoblanardi. Reyn daryosi bo'yidagi
Kyol`n va Vorms, Mayn daryosi bo'yidagi Frankfurt,
Yuqori Dunay tumanidagi Ul`m, Nyurnberg, Augsburg bu davrdagi nemis shaharlarini sanoat
jihatdan rivojlantirishda yetakchi o'rin tutdilar.
Blroq, mamlakatda tovar xo'jaligi rivojlana boshlashiga qaramay, XII—XIII asrlarda
Germaniya har qalay tarqoq feodal mamlakat bo'lib qolmoqda edi. Gersogliklar ham boshqa
dunyoviy va ruhoniy knyazliklar soni ko'paymoqda edi. Imperator boshqa ynrik" feodallar
orasida syuzeren, ya'ni oliy senyor bo'lib qolmoqda edi. Iirik feodallar bu vaqtda
uzil-kesil voris hududiy knyazlarga aylanib bormoqda edilar. Mahalliy tovar
aloqalarining rivojlanishi ularning mahalliy hokim sifatidagi rolini kuchaytirardi.
Markaziy qirollikimperatorlik hokimiyati esa shaharlar bilan zaif bog'langan edi. Fransiya
va Angliyada shaharlarning qirol hokimiyati bilan siyosiy ittifoqi bor edi. Germaniyada esa
shaharlarning qirol hokimiyati bilan bunday siyosiy ittifoqi yuzaga kelmadi. Germaniya
qirollari, jumladan, shaharlarning mahalliy feodallarga qarshi olib borgap kurashida
shaharlarga birorbir jildiy ko'mak bergailari po'q. Qisman bunga sabab shuki, nemis
shaharlari ciieciiii sahnaga ksch'pshroq kelib chiqdi. Bir qancha hollarda ichki sandoga
pnsbatai tashqi, qisman tranzit savdosotnqippg ustun.ipp ham bu srda ma'lum rol o'ynadi.
Ammo Germaniya qirol hokimiyatiiipg shaharlar bilan ittifoqining po'q.'shshga acociii'i sabab
—German imperatorlarining agressiv tashki siyosat olib borishlari edi. Italiyadagi
urushlar, boy pgal`yan shaharlarining ekspluatatsiya'qilinishi, «dunyoga hokim bo'lnsh» planlari,
Sharqiy Yevropadagi va Yaqin Sharqdagi bosqppchnliklar—mana bularning hammasi qirollar
imperatorlarni Germaniyadagi ichki siyosat vazifalaridan chetga chalg'itib, _\larni nemis
shaharlari taqdiriga befarq qaraydigan qilib qo'ydn. Ayni vaqtda tugalmas urushlar
imperatorlarni yirik ia mayda feodallarga (knyaz va ritsarlarga) butkul qaram qilib
qo'ydi. Chunki imperatorning harbiy resurslari ana shu yirik va mayda feodallarning o'z
gardanlaridagi vassallik majburiyatlarini bajarishlariga butunlay bog'liq edi. Shtaufenlar
uchinchi german dinastiya (sulola)sining tarixi (1138—1254 yillar) german nmperatorlari
yurgizgan tashqi bosqinchilik siyosati Germaniyaning ichki siyosati bobida
naqadar halokatln oqibatlarga olib kelganligini ayniqsa yaqqol ko'rsatib beradi.
Shtaufenlarning idora kila boshlashi. Frankon dinastiya (sulola)sini idora ;Qilish befarzand Genrix V
bilan tamom bo'lgandan keyin, Germaniyani bir oz vaqt Lotar` Saksonskiy (1125—1137).
boshqardi. U kuchli imperator emas edi va, shu vajdan, Shtaufepllr xonadoni bilan Vel`flar
xonadoni o'rtasida hiyla nshlatishga majbur bo'ldi, chunki Shtaufenlar Shvabiya gersoglari bo'lish
bilan birga, Frankoniyada ham kuchli ta'sirga ega edilar na Bavariya gersoglari esa Vel`flar
xonadoniga mansub kishilar edilar. Lotar` Bavariya gersogi Genrix Mag'rur bilan yaqinlashib,
unga uz qizini nikohlab berdi. Lotarning o'g'illari bo'lmaganligidan, u vafot etgandan so'ng,
Vel`flar ayni zamonda Saksoniyaning ham gersoglari bo'lib oldilar. Vel`flarning kuchayib
ketayotganligidan betoqat bo'lgan knyazlar Konrad Shtaufenni imperator qilib sayladilar.
Konrad III (1138— 1152) ikkinchi salib yurishida qatnash.gan edi. U o'z hukmronligining kolgan
vaqtini Vel`flar bilan kurashga bag'ishladi. Genrix Mag'rurning o'g'li Genrix Sherning yoshligidan
foydalangan (Genrix Mag'rur 1139 yilda vafot etdi) Konrad Vel`flardan Bavariyani tortib
olib, ularga fakat Saksoniyani qoldirdi. Konradning taxt vorisi Fridrix I Barbarossa
davrida Shtaufenlar dinastiya (sulola)si eng zo'r qudratga ega bo'ldi.
Fridrix I Barbarossa va uning Italiyaga qilgan yurishlari. Fridrix I Barbarossa (Sariq soqol)
38 yil pmperatorlik qildi (1152—1190). U shafqatsiz, tajovuzkor, g'oyat shuhratparast va
makkor siyosatchi edi. Fridrix Bavariyani Vel`flarga qaytarib berib, ularni tinchitgach, salib
yurishlari natijasida boyigan Italiyaga o'zining butun diqqate'tiborini qaratdi. Fridrix
Rimda toj kiyish paytidayoq (1154—1155 yillarda) ital`yan shaharlarining boyib ketganligiga va
ayni zamonda Italiyaning siyosiy jihatdan zaiflanib qolganligiga inonga» edi. Bunga sabab
shuki, Italiyada papa, feodal hududiy knyazlar va shu vaqtga kelib amalda shahar
respublikalarga aylangan shaharlar birbirovlari bilap dushmanlashib yurishardi. Fridrix I
dastlabki pantda papa bilap do'etona munosabatda bo'lishga intildi. Rim shaharlpklaripnpg
demokratik rahbari bo'lib, Rim resnublikasiga asos solpshga harakat qnlgan (1143 yilda) va
papani dupyoviy hokimiyatdan mahrum qilmoqchi bo'lgan Arnol`d Breshiansk*iyni Fridrix I
dabdurustdan papaga tutib berdi. Arnol`d Breshianskiy papa zindoniga tashlandi, uning jasadi
esa gulxanda kuydirildi (1155 y.). Rim respublikasi tugatildi.
Ammo, oradan sal vaqt o'tmay, imperatorning papa bilan munosabatlari juda yomonlashdi. Ikki
orada dushmanlik paydobo'ldi. Papa kuriyasida, Rimda imperator lapa qo'lidan «benefitsiy»
tarzida toj oldi va shu sababdan u papa aytganlariga quloq solmog'i lozim, deb bayon qilingan
edi. 1157 yili Bezansondagi reyxstagda papa vakili (legati) ana shu haqda ochiqdanochiq
gapirgan edi. Ikkinchi tomondan, Barbarossaning o'zida Italiyani batamom tobe qilish va uni
quloq qoqmay bo'ysunadigan viloyatga aylantirish plani vujudga keldi. Fridrix o'sha zamonda
g'oyat ko'p hisoblangan qo'shin bilan 1158 yilda Italiyaga kirib keldi (voqeanavislar, mubolag'a
qilib bo'lsa kerak, Fridrix 100 ming kishilik qo'shin boshlab kelgan deydilar). Amalda bu yurish
Italiyani yangidan istilo qilish edi. Fridrix Italiya shaharkommunalaridan imperatorning noibi
(ital`yansa podesti) tayinlanishiga rozilik berishlarini talab etdi.
Buyruqni rad etganliklari uchun Milan va Lombardiyaning boshqa bir qancha shaharlari og'ir
kontributsiya to'lashga majbur bo'ldilar. Barbarossa 1158 yilning 11 noyabrida Rankal` vodin
sida (P`yachentsa shahriga yaqin joyda) katta seym chaqirib, unga Italiyaning barcha eng yirik
feodallarini va Italiya shaharlarining vakillarini taklif etdi. Ana shu seymda Rankal`
qarorlari deb atalgan qarorlar qabul qilinib, ular imperatorning Italiyadagi hokimiyatini
cheklanmagan hokimiyatga aylantirdi. Jinoiy ishlar sudi, tangachaqa zarb etish huquqi, yer
mulklarini taqsimlash, shahar podestalarini tayinlash va hokazolar tamomila Fridrix qo'liga
o'tdi. Yustinian kodeksi (qonunlar majmuasi) ruhida tarbiya topgan Italiyaning Bolon`ya
maktabi huquqshunoslari imperator xizmatig'a kirib, uning uchun traktatlar tuzdilar. Ular bu
traktatlarda Fridrix hokimiyati absolyut xokimiyat zkanligini va bu hokimiyat unga Rim
sezarlaridan meros bo'lib o'tganligini da'vo qilib chiqdilar. Bu traktatlarda, imperator
«yerdagi jonli qonundir» deb yozilgan edi.
Siyosiy mustaqillikka ko'piknb kolgan Lombardiya shaharlari Barbarossaga qarshi qo'zg'olon
.ko'tardilar. Lombardiyaning eng yirik sanoat shahri bo'lgan Milan qo'zg'olopchilarga boshchilik
qildi. Qo'zg'olonga javoban Barbarossa Milanni bosib olib (1162 y.), uni juda qattiq
jazoladi, Milan shahari tevaragidagi qo'rg'on devorlari va ko'p binolar vayron qilib
tashlandi. Shahar aholisiga sakkiz kun ichida shaharni tashlab chiqib, qishloqlarga ko'chib borib
joylashish taklif qilindi. Milan shaharini cho'lu biyobonga aylantirish maqsadida, uning
markaziy maydonipi qo'sh solib haydab, so'ngra uning pushtalariga tuz sepildi. Nemis ritsarlari
Milan yonidagi o'z lagerlarida qatl etilgan lombardiyaliklarning kesilgap kallalarppn koptok
qilib o'ypashardn.
Shafqatsiz jazolar Italiya shaharlarining qaddini vaqtipchagipa bukdi. Tez orada Lombardiya
ligasi nomi ostida nemislarga qarshi Lombardiya shaharlarining ittifoqi tashkil topdi. Bu
ittifoqqa 15 ta shahar kirdi. Shu vaqtga kelib o'zining qaddini rostlab olgan va sanoat ham
savdo-sotiq ishlarini yangidan yo'lga qo'ygan Milan shahari 60 yillarning o'rtalaridan boshlab
bu ittifoqda yana asosiy rol o'ynadi. Shtaufenlarning yutuqlaridan bezovta bo'lgan papa
Aleksandr III (1159— 1181) ham ligaga kirdi.
1167 yilda Barbarossa Italiyaga yana katta qo'shin tortib kelib, Rimni oldi. Papa Aleksandr
III qochib ketishga majbur bo'ldi. Imperator Lombardiya shaharlarini tinchitmoqchi bo'ldi, lekin
to'satdan boshlangan o'lat kasali uning qo'shinlarining safini xarob etdi (25 ming kishi o'ldi)
va shundan keyin u Germaniyaga qaytishga majbur bo'ldi. Barbarossaning uzoq vaqt
bo'lmaganligidan foydalangan Lombardiya ligasi, u bilan yangidan to'qnashmoq uchun yetarli
darajada harbiy kuchlarni tayyorlay

oldi. 1174—1176 yillarda Barbarossa yana Italiyada paydo bo'ldi, lekin bu safar uning


unchalik omadi kelmadi. 1176 yil bahorida Len`yano degan joyda (Milandan sal uzoqroq) u liga
qo'shinlari tomonidan batamom mag'lubiyatga uchratildi. Qizig'i shundaki, nemis ritsarlarini
yenggan qo'shinning bir qisminigina italiyalik ritsarlar, asosiy qismini esa Milanning va.
Lombardiyadagi boshqa shaharlarning hunarmandlari va xalfalari tashkil qilar edi. Len`yano
yonidagi mag'lubiyat Fridrix I ni Lombardiya shaharlariga yon berishga majbur etdi. Haqiqatda
Shimoliy Italiyada Shtaufenlar kelmasdan avvalgi ahvol qaytadan tiklandi. Shaharlar erkin
kommuna huquqini oldilar, bu erkin, kommunalar o'z syuzereni sifatida imperatorning oliy
hokimiyatini tan oldilar, xolos. Ayni zamonda Fridrix I papa davlotining ishlariga har
qanaqangi aralashuvidan voz kechib, papaga ham yon berishga majbur bo'ldi.
Fridrix Barbarossa va Vel`flar. Barbarossaning 1176 yili mag'lubiyatga uchrashining
sabablaridan biri — imperatorning eng yirik vassali Genrix Sher Vel`fning Italiyaga yordamchi
qo'shin olib borish haqidagi iltimosini rad qilishi bo'ldi. Vassallik majburiyatlarini
bajarmaganligi uchun Genrix Vel`f feodallar sudiga tortilgan edi. Birok Genrix Sher
imperatorga bo'ysunishdan bosh tortib, imperator va uni qo`llab-quvvatlagan knyazlar bilan urush
boshladi. Knyazlarning o'zaro urushi ikki yil (1178—1180) davom qilib, Vel`flarning yengilishi
bilan tamom bo'ldi. Genrix Sher taslim bo'lishi kerak edi. Knyazlar sudi Genrix Sherni
Germaniyadan haydab yuborish va uni barcha tanho yerlardan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.
Keyinchalik Genrix Sher Germaniyaga qaytib keldi va imperator uning ayblarini qisman kechdi.
Unga Germaniyada qolish ruxsat etilib, Saksoniya yerlarinipg bir qismi (Braushvey gersogligi)
qaytarib berildi. Ammo Saksoniya yerlarinipg katta bir qismi bongqa knyazlar o'rtasida
bo'lingan edi. Vel`flar ustidan g'alaba qozonishi Barbarossaning katta yutug'i bo'ldi. Bu
g'alaba hatto eng yirik feodal ham imperator oldidagi o'z vassallik majburiyatlariga panja
orasidan befarq qarashi mumkin emasligini ko'rsatdi. Aks holda u albatta jazoga tortilar
edi. Ammo, ikkinchi tomondan, imperatorning Vel`flar ustidan qozongan g'alabasi Vel`flar
urug'ining kuchqudratiga havasi kelib yurgan boshqa feodallarning bergan yordami tufayligina
qo'lga kiritildi. Barbarossa boshqa biror bir antifeodal kuchlarga tayangani yo'q. Aksincha,
Fridrix o'zining Italiyaga nisbatan yurgizgan siyosatida shaharlarning batamom raqibi
ekanligini ko'rsatdi. Shuiingdek, Barbarossa Germaniya shaharlariga ham nafrat nazari bilan
qaradi. Saksoniyani taqsimlash va bu o'lkani bir nechta yirik feodalga o'tkazishning o'zi feodal
tarqoqlikning batamom tantana qilganligini ko'rsatdi.
Barbarossaning Sitsiliyaga nisbatan tutgan siyosati. Fridrix Barbarossa o'z imperatorligining
oxirida yana Italiya ishlariga qaytdi. 1186 yili u o'z o'g'li Genrix VI ni Sitsiliya taxtining
voris malikasi Konstantsiyaga uylantirdi. Shuning o'zi bilan Shtaufenlar Sitsiliya orollaridan
tashqari, Italiyaning butun janubiy qismini ham o'z ichiga olgan kuchli qirollikni qo'lga
kiritdilar. Barbarossa buni o'ziningdiplomatik faoliyatidagi eng yirik yutuq deb. bildi.
Haqiqatda olganda, bu ish Shtaufenlar tarixida falokat keltiruvchi •mash'um bir xato ish edi.
Ana shu ish tufayli Shtaufenlar papalikni va Lombardiya shaharlarini o'zlariga q^rshi yana
qurollantirdilar. Endilikda german feodallari shimol vajanubdan turib papalikka va
Lombardiya shaharlariga xavfxatar solmoqda edilar. Sitsiliyaning o'zida Genrix VI ga istilo
qilingan mamlakatdagidek ish yuritish to'g'ri keldi, chunki mahalliy aholi unga va u bilan birga
kelgan nemis feodallariga ajnabiy zolimlar va bosqinchilar deb qarardi.
Fridrix I Barbarossa 1190 yilda o'zi qatnashgan uchinchi salib yurishi mahalida vafot etdi.
Keyinchalik, XIX asrning nemis millatchilik adabiyotida va XX asrning fashist tarixchilari
asarlarida Fridrix Barbarossa siymosi o'ta ketgan darajada ideallashtirib ko'rsatildi. Uning
siyosiy kuchqudrati har tardflama mubolag'alashtirildi, uning olib borgan urushlari va o'ylagan
harbiy fikrniyatlariga «dunyoviy siyosat» xususiyatlari atayin qo'shib qo'yildi. 1940 yili
Gitler Sobiq Ittifoq Ittifoqiga yurish planini «Barbarossa plani» («Barbarossa Fall») deb
atagan edi.
Innokentiy III davrida papalik. Papa Innokentiy III davrida (1198—1216) papa hokimiyati
zo'r qudratga ega edi. Uning davrida papa teokratiyasi degan g'oya eng o'tkir formulirovkaga
ega edi: «Yerdagi hokimiyat — xoqonlar'ga, samodagi hokimiyat — ruhoniylarga berilgan»,
«Tanalar ustidan qirollar, jon ustidan ruhoniylar qo'yilgan», «Papa hokimiyati — quyosh,
imperatorniki — oy», «Oy quyoshdan yorug'lik olganidek, imperatorlar ham o'z hokimiyatlarini
papadan oladilar». Bular Innokentiy III ning sevgan aforizmlari edi. O`rta asr katolik
cherkovining g'oyat katta real qudratga ega ekanligi papaning da'volariga bu safar muvofiq
bo'lib tushgan edi. Papa sudi katta tribunalga aylanib, u butun Yevropadan tortib keladigan
diniy va qisman fuqaro ishlarini (masalan qo'ydichiqdi ishlarni) qaraydigan bo'ldi. Papa
xazinasi o'sha zamondagi Yevropaning istatan qirolining xazinasidan boyroq edi. Turlituman
nomlar ostida va Yevropaning eng olis mamlakatlaridan undirilgan ko'p sonli xirojlar Rimga
g'oyat katta summalarda oqib kelib, papa bankirlarini boyitar edi. Ko'pgina qirollar
o'zlarini papa vassali deb tan olgan edilar. Shular orasida Angliya, Aragon, Portugaliya,
Bolgariya, Shvetsiya, Daniya, Pol`sha, Armaniston qirollari bor edi. Innokentiy III ixtiyorida
monaxlarning urushqoq yangi ordenlari bo'lardi. Uning davrida aholining quyi tabaqalari
orasida va'zxonlik ishlariga ixtisoslashgan frantsiskan
lar va universitetlarga kirib, ularda inkvizitsiya ishlarini olib borgan dominikanlar
ordenlariga endigina asos solingan edi. Turli yereslik ishlari yuzasidan maxfiy cherkov sudi
hisoblangan inkvizitsiya Innokentiy III davridayoq Fransiyaning janubida keng harakat qila
boshladi, Fransiyaning janubida esa al`bigoychilar yeresi keng tarqalgan edi. Innokentiy III
vorislari davrida inkvizitsiya butunlay dominikanlar qaramog'iga o'tib, ayni zamonda u o'z
faoliyatini Yevropaning boshqa mamlakatlariga yoydi.
Innokentiy III imperatorlik tojtaxtining o'zini ham o'z tasarrufiga olgan edi. Genrix VI
vafot etgandan keyin (1197 yilda) uning o'g'li va taxt vorisi bo'lmish Fridrix II Shtaufen endi
uch yoshga to'lgan edi. U Sitsiliya qirolligining qiroli deb e'lon etildi. Ammo knyazlar
Barbarossaning ikkinchi o'g'li Filipp Shvabskiyni imperator qilib sayladilar. Papa boshda bu
odamga rozilik bergan bo'lsada, lekin keyin Filipp bilan janjallashib qoldi va Vel`flar
to'dasiga mansub Otton Vel`fning (Genrix Sherning o'g'li) nomzodini qo`llab-quvvatladi. Otton
IV nomi ostida imperator deb e'lon qi'lindi. Shunday qilib, Germaniyada birbirovi bilan
raqiblashuvchi ikki imperator paydo bo'ldi. Innokentiy III Otton IV bilan ham a,chchiqlashib,
1212 yilda yosh Fridrix II ni imperator deb e'lon etdi. Yosh Fridrix II papaning Sitsiliyadagi
mulklari bo'yicha uning vassali Hisoblanardi.
Fridrix II Shtaufen. Fridrix II (1212—1250) Shtaufenlar xonadoni.ning ikkinchi eng ko'zga
ko'ringan vakili edi. Yarim nemis, yarim" ital`yan bo'lgan Fridrix turlituman madaniy ta'
sirlarga berilgan edi. ArabVizantiya ta'siri unda ayniqsa kuchli edi. Uning saroyida arab,
vizantiyalik va yahudiy olimlari to'plangan edi. Uning o'zi arab va yunon tillarini bilardi,
lotincha traktatlar va ital`yancha she'rlar yozardi. Uning Pilermodagi saroyi o'zining zeb
ziynati va hayot uslubi jihatidan Sharqdagi arab sultonlarining saroylarini eslatib turardi.
Sharq muzikasi va raqslari, sharq adabiyoti va poeziyasi, sharq arxitekturasi imperator
tdmonidan har taraflama rag'batlantirilardi. «Monaxlar ulamolarning fitnafasodlari va
kirdikorlariga qarshi kurashmaydigak va ularning shu fitnafasodlaridan cho'chimaydigan» Sharq
siyosiy tuzumining afzalliklari haqida Fridrix II har doim maqtanib so'zlardi. Sharqdagi
arabturk hokimlarining ba'zilari Fridrixning shaxsiy do'stlari edi.
Fridrix II ning siyosati, avvalo Sitsiliya qirolligini markazlashgan byurokratiq monarxiyaga
aylantirishdan iborat edi. Bu borada u anchamuncha ish qildi. U Sitsiliya feodallari tomonidan
o'ziga qarshi ko'tarilgan bir qancha qo'zg'olonlarni bostirdi. Musulmonlardan tuzilgan yollanma
otryadlar bu ishda Fridrix II ga zo'r tayanch bo'ldi. 1231 yilda Fridrix Sitsiliya qirolligining
konstitutsiyasini matbuotda e'lon qildi. Bu konetitutsiyada mahalliy feodallarning huquqlari,
shuningdek, Janubiy Italiya shahaolarining erkinligi yanada ko'proq qirqildi. Qirollik bir
nechta ma'muriy okruglarga bo'linib, ularni qirol tomonidan tayinlanadygan gubernatorlar
idora qilardi. Butun aholidan yer solig'i undirilardi, bundan tashqari, ko'pgina egri
soliqlar mavjud edi. Sitsiliya qirolligining eng oliy amaldori yustitsiariy bo'lib, uning g'oyat
katta vakolat egasi ekanligi xuddi arab xa^ifalarining vazirlarini eslatib turardi.
Doimiy saqlanadigan yollanma armiya va flot markazlashgan Sitsiliya davlotini to'ldirib
turardi. ¦*'
Fridrix II Germaniyada tamomila boshqacha siyosat yurgizardi. Germaniyada istiqomat qilmaganligi
tufayli hamda german knyazlari va boshqa ferdallar imperatorlikka boshqa birorta nomzodni
ko'rsatmasliklari uchun, Fridrix II ularga nisbatan har qanday yon berishlarga ko'naverar edi.
Germaniyadagi dunyoviy va ruhoniy knyazlarning ma'muriysud bobidagi huquqlarini
kengaytirish to'g'risida Fridrix II rozilik berdi. German knyazlari shaharlar bilan bahslashib
qolgan paytlarda Fridrix II ana shu knyazlarni qo`llab-quvvatladi. 1232 «ili Reyn shaharlari
mahallyy feodallardan qutulishga va erkin kommunalar huquqini olishga intilgan paytlarida,
Fridrix II feot dallarga yon bosdi hamda u shahar harakatini qat'iyan qoralaydigan va qattiq
jazo choralari bilan shaharliklarga xavf tug'diradigan farmon chiqardi.
Italiyada Fridrix II Lombardiya shaharlariga qarshi dushmanlik harakatlarini yangidan boshlab
yubordi. Ammo Lombardiya shaharlari, Barbarossa zamonidagi singari, Shtaufenlarga qarshi
kurashda .bu safar ham papalik bilan birlashdilar. Fridrix II davrida imperator
hokimiyatining papa hokimiyatiga qarshi olib borgan,. kurashi har ikkala tomon uchun g'oyat da
rajada qattiq va shiddatli bo'ldi.
Papalik bilan kurashning yangidan boshlanib ketishi. Fridrix II Innokentiy III bilan do'stona
munosabatda edi. Ammo XSH asrning 20yillarida, papa Grigoriy IX davrida (1227— 1241)
imperator bilan papaning munosabatlari g'oyat darajada keskinlashdi. Papa imperatordan salib
yurishiga jo'nab ketishni talab qildi. Fridrix II 1228—1229 yillarda shunday yurishni (oltinchi
salib yurishini) tashkil qilganedi. Lenin yurish tez orada tamom bo'lganligidan va TurkMisr
sultonining nisbatan kichik yon berishlariga imperatorning qanoat hosil ^qilganligidan papa
kuriyasi juda ranjigan edi. XIII asr 30iillarining yarmidan e'tiboran imperatorning papalar
va ayni zamonda Lombardiya shaharlari bilan o'n besh yillik shiddatli urushi boshlandi. 1232
yildayoq papa ishtirokida Lombardiya ligasi r'asmyy suratda yana ishga tushdi. 30 yillar
o'rtasida Fridrix II Milanga yurish qilib, boshda muvaffaqiyatga erishdi. U Lombardiya
qo'shinlarining bir qismini tor-mor etdi. U Rimga kirib, papa Grigoriy IX ni u yerdan qochishga
majbur etdi. Bun
ga javoban Grigoriy IX Fridrix II ni Dindan qaytgan de« cherkovdan haydadi va german
knyazlariga boshqa imperator saylashni taklif etdi. Papa Innokentiy IV (1243—1254^ davrida
Fridrix II ning papa bilan kurashi ayniqsa shidda*tli tue oldi. Innokentiy IV Rimda
istiqomat qilishdan xavfeirab, Genuyaga ko'chib ketdi. Shu yerdan turib u fransuz va ingliz
qirollarini imperatorga qarshi urush ochishga da'vat etdi. Papa tsk monidan 1245 yilda Lionda
yig'ilgan cherkov sobori, Fridrix II ni «kofirlik» va «shakkoklik»da ayblab, uning barcha
fuqarolari qasamdan xalosdirlar, deb e'lon qildi. Imperatorga qarshi salib yurishi e'lon
qilindi. Biroq fransuz va ingliz qirollari Shtaufenlar bilan bo'ladigan urushga aralashishni
istamadilar. Germaniyada Fridrix II ning o'g'li Konrad IV german feodallaridan bir qismining
qo`llab-quvvatlashiga erisha bildi va ayni vaqtda va'dalar qilib, ba'zi german (Yuqori Dunay)'
shaharlarini o'z tomoniga og'dirdi. Italiyaning o'zida shaharlarning bir qismi imperator
tomoniga o'tdi. Ikki tuda, ya'ni papa tarafdorlari bo'lgan gvel`flar1 bilan imperator
tarafdorlari bo'lgan g i b ye l l i n l a r2 o'rtasidagi kurash ko'pincha shiddatli o'zaro urushga
aylanib, u Italiyaning ko'pgina shaharlarida yuz berdi.
Pirovardida, Fridrix II dushmanlar bilan kurashda o'zining barcha moliyasini sovurdi. U 1248
yili Parma yonidagi jangda jiddiy mag'lubiyatga uchradi. Oradan ikki yil o'tgach, Fridrix II
vafot etdy. Fridrixning o'zinigina emas, balki Shtaufenlarning barcha avlodajdodini
qarg'agan papa behad xursand bo'ldi.
Shtaufenlar dinastiya (sulola)sining tugashi. Germaniyada imperator hokimiyatining tushkunlikka ketishi.
Fridrix II vafot etgandan keyin uning o'g'li Konrad IV imperator qilib saylandi.. Ammo
oradan sal vaqt o'tmay, 1254 yilda Kbnrad qazo qildi, uning go'dak o'g'li Konradinni german
knyazlari imperator qilib saylashdan bosh tortdilar. Konradin amakisi Fridrix II ning ik
kinchi o'g'li Manfred huzuriga ketib qoldi. Sitsiliya qirolligi ana shu Manfred qo'liga o'tgan
edi. Biroq papalar, Shtaufenlar avlodajdodlari Italiyaning janubida hukmronlik qilishini
sira xohlamadilar. Papalar Karl Anjuyskiy (fransuz qiroli Lyudovik IX ning ukasi) boshliq
fransuz feodallarini Italiyaga taklif etdilar.
Fransuz qo'shinlari 1266 yili Benevent shahari yonida Manfredni yengdilar. Bu jangda Manfred
o'ldirildi. Konrad IV ning o'g'li — yosh Konradin 1268 yili o'z tarafdorlari yordamida
fransuzlarni Janubiy Italiyadan siqib chiqarishga harakat qildi. Ammo Konradinning omadi
kelmadi. Asir qilib olingan Konradinning Neapolda boshi tanasidan judo qilindi (1268
y.). Shtaufenlar dinastiya (sulola)sining so'nggi vakili ana shu tariqa halok bo'ldi. Shtaufenlarning
halokati natijasida Germanshshagi imperatorlik hokimiyati tamomila orqaga ketdi. Uzoq fo'rsat
davomida (1254—1273) Germaniyada haqiqatda butunlay imperator bo'lmadi. Germaniyada markaziy
hokimiyatning bo'lmasligi mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishini butkul
to'xtatib qo'ydi. Feodallarning o'zaro urushlari mamlakatni xarob qildi. Engel`s ta'biri bilan
aytganda «Gogenshtaufenlar davrida *Germaniyaning xarob etilishi» Shtaufenlar tomonidan
«Italiya shaharlarini talontoroj qilinishi»ning bevosita natijasi edi1.
XXI BOB
XII—XV ASRLARDA GERMANIYA. «SHARQQA HUJUM».
GERMANIYANING ICHKI TARAQQIYOTI

Nemis feodallari istilo qilmasdan oldin polab va Baltikabo'yi slavyanlarining ijtimoiy


tuzumi. Elba daryosining o'ng tomonida va Boltiq dengizi qirg'oqlarida yashagan
g'arbiy; slavyanlar — vagralar, obodritlar, lyutichlar, pomoryanlar va
boshqalar XII asr o'rtasiga kelib feodallashish yo'lida ancha
muncha olg'a ketgan edilar. Ularda urug'chilik munosabatlari to
bora ko'proq yemirilib bormoqda edi. Slavyanlarda aholining
asosiy ommasini ozod dehqonlar, ya'ni Kiyev Rusidagi dehqonlar
ga o'xshab, smerd l ar deb ataluvchi jamoa a'zolari tashkil
qilardi. Ammo smerdlarning bir qismi endi o'z mustaqilligini
yo'qotgan edi. Bunday qaram smerdlar zodagonlar yerida isti
qomat qilib, ular uchun ma'lum majburiyatlarni bajarishlari
lozim edi. Jupanlar va vityazlar (slavyanlarning urug' zodagonlari manbalarda shunday deb
atalardi) asta-sekin feodallarga aylandilar. Hali to'liq qaram dehqonlarga aylantirilmagan
qaram smerdlardan tashqari, zodagonlarda odatda ko'pchiligi harbiy asirlardan iborat o'z
sonli qullar ham bo'lardi. Ular yer maydonlariga o'tkazilgan bo'lib, batamom qaram dehqonlarga
aylantirilgan va o'z xo'jalarining yer-mulkini tashlab ketish huquqidan mahrum qilingan
edilar. Biroq g'arbiy slavyanlarda feodallashtirish jarayoni XII asr o'rtalarida ham hali tamom
bo'lmagan edi. Qabila va urug'larga bo'linish hali o'z kuchini yo'qotmagan edi. Qabilalar ittifoq
(federatsiya)larga birlashgan bo'lib ular nomustahkam edilar va odatda ko'pmiozmi vaqt utishi
bilan tarqalib ketardilar. Mustahkamroq harbiyfeodal davlat barpo etishga urinishlar XI—
XII asrlarda obodritlarda ayniqsa ochiqoydin ko'rildi («Vend qirolligi»2), bunday
urinishlar mahalliy, hali kuchli urug'qabila zodagonlari oppozitsiyasining qarshiligiga
uchradi. German feodallari feodallashib borayotgan qo'shni slavyan jamiyatining ijtimoiysiyosiy
, ziddiyatlaridan foydalanishga shoshildilar. Nemis feodallari hosildor, yaxshi ishlangan slavyan
yerlariga havaslari kelib, shu slavyan hududini feodal kolonizatsiyasi maydoniga aylan
tirish uchun uni bosib olishga harakat qildilar.
German feodallari slavyanlarga qarshi ekspansiya quroli sifatida katolik cherkovidan keng
foydalandilar, katolik cherkovi o'z navbatida majusiy slavyanlarni xristian diniga ki
ritishdan manfaatdor edi. Slavyanlarni zo'rlab xristian diniga kiritish — Elba daryosining
o'ng tomonidagi va Pomor`edagi g'arbiy slavyan yerlarida nemis feodallari tomonidan amalga
oshirilgan agressiv siyosatning muhim bo'g'ini hisoblanardi.

Elba daryosining o'ng tomonidagi yerlarning istilo qilinishi. XII asrda nemis feodallarining


g'arbiy slavyan yerlariga hujumi yangidan keng miqyosda boshlandi. Slavyanlar bilan qo'shni bo'lgan
saksoniyalik feodallar Sharqqa ayniqsa ko'proq intildilar. Slavyan qabilalarining tarqoqligi
va knyazlar o'rtasidagi nizolardan foydalangan german feodallari XII—XIII asrlarda
obodritlar, lyutichlar va pomoryanlarning bepoyon yerlarini bosib oldilar. German
feodallarining g'arbiy slavyanlar bilan olib borgan kurashi bu safar yevropalik
feodallarning Sharqqa qilgan salib yurishlari bilan bir vaqtga to'g'ri keldi va german
feodallari salibchilar ideologiyasini tamomila o'zlashtirib oldi. Majusiyslavyanlarga qarshi
kurash Germaniyada o'ziga xos «salib yurishi»— deb ham qaraldi. Bir nechta yirik german
feodallari (ular orasida asosiy kishi Genrix Sher Vel`f edi) boshchilik qilgan ritsarlarning
«salib» qo'shini 1147 yilda obodritlar yurtiga yurish qildi. Yurishda 60 mingtagacha nemis ritsari
qatpashdi. Nemislar son jihatidan g'oyat darajada ko'p.. bo'lishlariga qaramay, zafarga erisha
olmadilar. Obodritlar knyazi Niklot dushmanga qarshi o'rmonzor va botqoqliklardan foydalanib,
dushmanga qarshilik ko'rsatishni uyushtira bildi. Salibchilarning o'zlari orasidagi kelish
movchilik va nizo slavyanlarning mudofaasini yengillashtirdi. Ritsarlar natijasiz qaytib
ketdilar. Shundan keyin Niklot german feodallarining ittifoqchilari bo'lgan daniyaliklarga
qattiq zarba berdi va nemis istilochilarining katta bir qismini yana .Germaniyaga haydab
yubordi. Ammo nemislar Elba daryosining o'ng tomonidagi yerlarga hujumni davom
ettiraverdilar. Niklot ana shular bilan kurashda halok bo'ldi (1160 y.).
Niklotning o'g'illari nemis agressorlari bilan bir oz vaqt kurashni davom qildirsalarda,
lekin o'z mulklarining mustaqilligini saqlab kola olmadilar. Pirovardida, ular o'zlarini
imperatorning vassallari deb tan oldilar. 1170 yili obodrit lar yerida Meklenburg
gersogligi1 nomi ostida yangi yarim slavyan, yarim nemis gersogligi tashkil topib, u imperiya
tarkibiga kirdi. Meklenburgda kup sonli nemis istilochilari, faqat risarl.argina emas,
balki dehqonlar va shaharliklar ham ko'chib kelib joylashib, ular bu yerda imtiyozli mavqega ega
bo'ldilar. Obodritlar yerining bir qismi bevosita Saksoniya gersogligi mulklariga kiritildi.
Genrix Sher bosib olgan Lyubek shahari (nemislar sobiq slavyan: shahari o'rnida barpo etgan
edilar) nemislarning Boltiq dentizi bo'yidagi eng muhim porti bo'lib qoldi va ayni zamonda
nemislarning Baltika bo'yiga tomon yanada harakat qilib borishi uchun forpost (tayanch nuqta)ga
aylandi. 1180 yilda pomoryanlar o'z mustaqilliklarini yo'qotdilar. Bu yerda ham Pomeraniya
nomi ostida (Pomor`ening o'zgargan slavyancha nomi) yarim slavyan knyazligi tashkil topdi. Uning
ikkinchi nomi uzoq vaqtgacha Slaviya deb atalib keldi.
Brandenburg markgrafligi O`rta Elba bo'yida eng yirik german mulki bo'lib qoldi. Lyutichlar
degan slavyan qabilasining yerlari Brandenburg markgrafligining tuzilishiga asos bo'ldi. Yirik
german feodali Al`brext Medved` Askaniya (1170 yilda vafot etgan) lyutichlarga qarshi
qilingan yurishga boshchilik qildi. Al`brextning o'g'li va nevarasi davrida Brandenburg
markgrafligi to Oder daryosiga cho'zilib borgan bo'lib, u lujitsk ch slavyanlari hududining
bir qismini (Lujitsk va Meyssen markalari) ham o'z ichiga olgan edi. Taxminan 1244 yilda
slavya^larning shpreva (Shpreva daryosi yoki so'ngroq nemislar ataganlaridek, Shpree daryosi
so'zidan) qabilasi yerida Berlin shahari barpo etilib, keyin u Brandenburg poytaxti bo'lib
qoldi. XIII va XIV asrlar Mobaynida Brandenburg markgrafligini nemislar zo'r berib
kolonizatsiya qildilar. Mahalliy slavyan aholisidan tortib olingan eng yaxshi yerlar nemis
istilochilarigz berildi. Shuningdek, tub joy slavyan aholisi siqib chiqarilib, slavyan
shaharlariga nemislar o'tkazildi. Mahalliy slavyan aholisi zig'ircha qarshilik ko'rsatadigan
bo'lsa, ular eng shafqatsizlik bilan yo'q qilib tashlanardi. Slavyan aholisi yomon yerlarga
siqib chiqarildi, zo'rlab nemislashtirildi, quvg'in qi , lindi va o'limga mahkum etildi. YOT
xalqlar yerida barpo etilgan Brandenburg XIV—XV asrlarda ham harbiy koloniyalik qiyofasini
saqlab qoldi. Katta-katta yer-mulk (tanho)ka e^alik qilgan ko'p sonli ritsarlar imtiyozli
hokim tabaqani tashkil qildilar va shaharliklar bilan dehqonlarni sirasira mensimadilar.
Slavyanlarning Sileziya viloyati mushkul tarixni boshidan kechirdi. Slezan aholisi (qadimiy
slezanlar) o'tirgan bu hudud boshda Pol`sha qirolligi tarkibiga kirgan edi. XII— XIII
asrlarda bo'lib o'tgan feodal o'zaro urushlari natijasida

Sileziya knyazlari Pol`sha qiroli bilan yer-mulkka egalik qilish aloqalariny uzib, german


imperatorini (birinchi marta 1163 yili Fridrix Barbarossani) o'z syuzeranlari deb tan ol
dilar. Sileziyani nemislar kolonizatsiya qilishdi. Sileziya zodagonlari nemis tili va urf
odatlarini o'zlashtirdilar. Sileziya Sileziya gersogligi nomi ostida Muqaddas Rim imperiyasi
tarkibiga kirgan deb hisoblandi va keyinchalik, XIV asr o'rtalarida Chexiya hukmronligiga
o'tdi.
Nemis feodallarining Baltika bo'yini istilo qilishlari. Nemislarning Baltika bo'yiga
kirishlari XII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan edi. Bu mahalda nemis savdogarlari Boltiq
dengizi sohilida faktoriyalar barpo eta boshladilar. Savdogarlar ketidan nemis
missionerlari kelib, ular livlar, qurlar, estlar va boshqalarning mahalliy qabilalari
orasida xrietianlikni yoydilar. 1201 yili nemislar Riga shahrini barpo etdilar, so'ng u
Baltika bo'yida nemis kolopizatsiyasining tayanch manzili bo'lib qoldi. Papa Innokentiy III
majusiy livlarga, kurlarga va ularning qo'shinlariga qarshi maxsus salib yurishi e'lon qildi.
Livoniyani istilo qilish uchun, shuningdek, Livoniya yoki qilichbardorlar Ordeni (chunki ritsarlar
plashiga qilich tasviri solingan edi) deb atalgan alohida orden ham ta'sis etildi. Yangi
orden ustavi falastinliklarning ordenlari ustavidan ko'chirib olingan edi. XIII asrning 20—
30 nillarida livlar va qurlar istilo qilingan bo'lib, ular zo'rlab cho'qintirildilar. Cherkov
foydasi uchun ularga og'ir desyatina solig'i solindi. Istilo etilgan o'lkadagi siyosiy hokimiyat
Riga yepiskopi bilan qilichbardorlar Ordeni magistri o'rtasida taqsimlandi.1 Tez o'rada
nemislar Baltika bo'yinipg boshqya tumanida ham paydo bo'ldilar. Prusslarning janubiy Baltika
bo'yi qabilasi bilan urushgan polyak knyazlari Tevton ordenini yordam berishga da'vat etib,
qaltis ish qildilar (XIII asr boshlarida Tevton ordeni Falastindan Yevropaga ko'chib o'tgan
edi). Orden polyaklarning taklifini qabul qilib, 1226 yilda o'z faoliyatini Quyi Visla
daryosi bo'yiga ko'chirdi. Dastlabki paytda uning tayanch manzili Kul`m (yoki polyakcha Xel`m)
shahari edi. Orden ritsarlari ana shu yerdan turib prusslarga qarshi hujum qildilar va yavim
asrlik (1230—1284) kurashdan keyin ular mamlakatni istilo qildilar. Marienburg shahari
Tevton (yoki hozirgi nomi bilan atasak, Pruss) ordenining poytaxti bo'lib qoldi.
Shuningdek, yapgidan barpo etilgan Kenigsberg, Memel.` shaharlari va boshqalar Prussiyaling
yirik markazlariga aylandi. 1237 yili Tevton ordeni qilichbardorlar Ordeni bilan birlashib,
shu tariqa o'z ta'sirini Boltiq dengizining barcha sharqiy sohiliga yoydi. Orden ritsarlari
Baltika bo'yini istilo qilnshni g'oyat
darajada shafqatsizlik bilan olib bordilar. Marks ularning xattiharakatlarini mana bunday
deb tasvirlagan edi: «Meksikada va Peruda ispanlar aholiga qanday qahrg'azab qilgan
bo'lsalar, ritsarlar ham shunday vahshiylik qiladilar, prusslar mardlarcha qarshilik
ko'rsatadilaru, lekin bora-bora darmonlari quriydi, chet ellik istilochilar mamlakat
ichkarisiga o'tib kirib, o'rmonzorlarni kesib tashlaydilar, botqoqliklarni quritadilar, tub
joy aholining erkinligi va fetishizmini yo'q qiladilar, nyomischa uslubda qasrlar, shaharlar,
monastirlar, senyoriyalari va yepiskopliklar barpo etadilar. Aholisi qirib tashlanmagan
joylarda bu aholini qullarga aylantiradilar. Papa yangidanyangi salib yurishlarini targ'ib
qilishi natijasida nemis talonchilari va istilochilarining yangiyangi oqimlari shu tomonlarga
ko'plab kela boshlaydi»1.
Muz ustidagi jang. Nemis ritsarlari rus yerlariga ham kirishga urindilar. Ular Novgorod va
Pskov yerlariga xavf sola boshladilar. Bir vaqtlar (1241 y.) Pskovda hatto nemis garnizoni
bo'lgan, 1242 yil martida Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy Pskov yeridagi nemis otryadlarini
tor-mor qilib, Pskov shaharini ozod qildi. 1242 yilning 5 aprelida Chud` ko'lida nemislarning
povgorodliklar bilan tarixiy jangi (Muz ustidagi jang) bo'lib, novgorodliklarga yana
Aleksandr Nevskiy boshchilik qilgan edi. Rus qo'shinlari nemis ritsarlarini tamomila yengib,
ularni rus chegaralaridan ancha tashqariga uloqtirib tashladilar.
Ruslarning orden ustidan qozongan g'alabasi prusslarni ham g'ayratga kirgizdi. Prusslar ham
bosqinchilarga qarshilik ko'rsatmoqchi bo'ldilar. Ayrim pruss qabilalarining bir qancha chi
qishlaridan keyin 1260 yilda prusslarning va qisman livlarning hamma joyda qo'zgolonlari
bo'lib o'tdi, bu qo'zg'olonlar 80yillariing yarmidagipa bostirildi. Xuddi shu vaqtda litvalik
larga ham orden bplai pshddatli kurash olib bornshga to'g'ri keldi, litvaliklarppng kurashiga
knyaz Mindovg (60 yillar) boshchilik qildi. Shunday qilib, rus xalqining Tevton ordeniga
qarshi olib borgan kurashn o'z mustaqilligini ana o'sha bosqinch'ilardan saqlab qolgan qo'shni
Baltika bo'yi xalqlariiing kurashi bilan qo'shilib ketdi.
Orden davlotining tushkunlikka tushishi. Orden Prussiyani istilo qilgandan keyin, u Pol`shani
va Litvani Boltiqdengizidan kesib qo'ygan hamda ularning siyosiy mustaqilligiga xavfxatar
solgan yirik davlatga aylandi. 1346 yilda orden daniyaliklardan Estoniya hududini
sotib oldi. Orden yer-mulklari endilikda Boltiq dengizining butun janubiy va sharqiy
sohillari bo'ylab uzun mintaqa bo'lib yoyilib, to Fin qo'ltig'igacha cho'zilib bordi. Ordenning
bundan keyingi agressiya, qilish xavfi 1386 yilda Pol`shaLitva uniyasi tuzilishining asosiy
sabablaridan biri bo'ldi1. 1410 yilning 15 iyulida polyaklar, litvaliklar va ruslar Gryunval`d
yonidagi jangda ordenga qag'iy zarba yetkazdilar. Gryunval`d jangi o'rta asr Yevropasi
tarixidagi eng yirik janglardan biri bo'ldi. Orden qo'shinlari safida G'arbiy Yevropadagi 22
mamlakat vakillari jang qildi. Polyaklar, litvaliklar va ruslardan tashqarya, boshqa lagerda
Yan Jijka boshchiligida ko'pgina chexlar jang qildilar. Yan Jijka keyinchalik guschilarning
rahbari bo'lib qoldi. Har ikkalatomonda turib jang qilgan qo'shinlarning umumiy soni qariyb
200 ming kishiga yetar edi. Shundan keyin orden davlati orqaga keta boshladi. XV asrning 50—
60 yillarida Pol`sha bilan olib borilgan yansh, uzoqqa cho'zilgan urush natijasida orden
tamomila yakson qilindi va u 1466 yilda Pol`shaga vassal qaram bo'lishga majbur bo'ldi.
Ordenning orqaga ketishida tashqi sharoitlardan tashqari (slavyan xalqlari bilan Litvaning
birlashib hujum qilishi), bu o'ziga xos yarim cherkov, yarim dunyoviy feodal davlatniig ichki
ziddiyatlari ham katta rol o'ynadi. Shaharliklar bilan orden korporatsiyasi o'rtasidagi jid
diy antagonizm ayniqsa ochiq bilinib turardi. Dunyoviy ritsarlar boy ruhoniy ritsarlarga,
xususan, magistr va uning kengashi (kapitula) boshliq ordenning yuqori tabaqa odamlariga
bog'liq bo'lib qolishga ham nafrat nazari bilan qarardilar.
German shaharlarining o'sishi. Shimoliy Ganza. Shvabiya va Reyn ittifoqlari. Shimoliy va Boltiq
dengizlarida savdo-sotiq ishlari olib borgan va G'arbiy Yevropa mamlakatlarining Shnmoli
Sharqiy Yevropa bilan olib borgan savdo ishlarida vositachi bo'lgan Shimoliy Germaniya
shaharlarining rivojlannshi nemislarning Baltika bo'yini nstilo qilish oqibatlaridan biri
bo'ldi. XIV asr o'rtalariga kelib Shimoliy Germaniya shaharlari qudratln Ganza ittifoqiga2
birlashdilar. Ganza iqtisodiy ittifoq bo'libgina qolmay, u siyosiy ittifoq ham edi. Lyubekda
ittifoqqa kirgan shaharlardagi vakillarning vaqt.daqti bilan syezdlari bo'lib turardi.
Ganza savdosini o'z nazorati ostiga olishga uringan Daniya qiroliga Ganza jiddiy zarba
yetkaza bildi. Ganza shaharlarining Daniya bilan olib borgan uch yillik urushini bartaraf etgan
1370 yilgi Shtral`zund sulh shartnomasiga ko'ra, Daniya qiroli Ganza ittifoqining ishlariga
biror yo'l bilan aralashishdan voz kechdi va Daniya bo': g'ozlarida Ganzaga qarashli tovarlardan
undiriladigan savdo ' bojlariii ancha kamaytirdi. Amalda Daniya bo'g'ozlari Ganza ittifoqn
tomonidan monopoliya qilindi.
Ganza shaharlari bilan savdo qiladigan mamlakatlar — Angliya, Shvetsiya, Rossiya va boshqalar
xususiy savdo-sotiq ishlari
ni rivojlantirib, nemislarning savdo vositachisi bo'lishlari» ni istamaganlaridan keyin, ya'ni
XV asrning ikkinchi yarmiga kelib Ganzaning ishi orqaga keta boshladi. Ammo Ganza XVI va XVII
asrlarda ham qisman o'z ahamiyatini saqlab QOL* gan edi.
Shimoliy shaharlarning ittifoqidan tashqari, XIII—XV asrlarda Germaniyada janubiy va g'arbiy
shaharlarning yirik ittifoqlari bor edi. Shvabiya ittifoqi Yuqori Dunay daryoSI tumanida
joylashgan qariyb 90 ta shaharni o'z ichiga olgan edi. Ularning tepasida sanoati (movut, surn,
ip gazlama to'qish Vy metallurgiya sanoati, qurol-yarog' ishlab chiqarish) anchamuncha, rivojlangan
markazlar — Augsburg, Ul`m va Nyurnberg shahar»' lari turardi.
Bu shaharlar esa Italiya savdosi bilan chambarchas bog'langan edi. Venyotsiyada katta nemis saroyi
bo'lib, nemis mollari bilan savdo-sotiq .qilish ishlarining hammasi shu saroyga to'plangan
edi.
G'arbdagi Reyn ittifoqi. sanoat va ayni zamonda savdo shaharlarining ham xuddi shunday
ittifoqi edi. Reyn daryosi bo'yida joylashgan va movut to'qish hamda metall ishlab chiqarishning
rivojlanganligi bilan farq qilgan Kyol`n, Vorms, Stras • burg va boshqa shaharlar shu Reyn
ittifoqiga kirgyn edilar. Bu shaharlar Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan qizg'in sav„ do
olib bordilar.
Germaniyada siyosiy markazlashish zaiflanishi munosabati bilan tobora katta kuchquvvatga
ega bo'lgan mahalliy feodallarga qarshi nemis shahar ittifoqining qattiq kurash olib bo
rishiga to'g'ri keldi. XIII asr o'rtalarida Shvabiya va Reyn ittifoqlari yuzaga kelishining o'zi
feodal tarqoqlikning oqibati edi. Feodal anarxiyasini cheklash va Germaniya ichki savdo yo'l
larini ta'minlash uchun ba'zi bir shartsharoitlarni yaratish shaharlarning ana shunday ittifoqlar
tuzish harakatida ochiq namoyon bo'ldi. German knyazfeodallariga qarshi birlashgan ikki shahar
ittifoqi o'rtasida 1381 yilda chinakam urush bosh'landi. Biroq har ikkala ittifoq, ya'ni Shvabiya
ittifoqi bilan Reyn ittifoqi umumiy dushman bo'lgan shaharliklarga qarshi kurashga vaqtincha
jipslashgan feodallardan 1388 yilda yengildilar. Nemis shaharlarining yengilishiga asosiy
sabab — bu shaharlarda mahalliy, o'lka manfaatlarining ustun bo'lganligi edi. Nemis shaharlari
tashqi (ichki emas, albatta) bozorlardan ko'proq manfaatdor edilar, bu bozorlar Ganza, Reyn,
Shveytsariya va Yuqori Dunay shaharlarida turlicha bo'lardi. German imperatorlarining tutgan
mavqei ham shaharlarning yengilishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. German imperatorlari o'z
hokimiyatlarining zaifligi tufayli shaharlar tarafini olishga va ularga biror» bir jiddiy
yordam ko'rsatishga jur'at eta olmadilar.
Bu jihatdan german imperatorlari feodallar bilan kurash* da xususan shaharlarga tayangan
fransuz, ingliz va kastel` (Ispaniya) qirollarining siesatiga tamomila qaramaqarshi siyosat
tutdilar.
Dehqonlar ahvoli. Qrepostniklikning zaiflashishi va feodallar reaktsiyasi. Germaniyada salib
yurishlari boshlanishi bilan, Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi singari, feodalkrepostniklik
qaramligi zaiflashganligi ko'rildi. Dehqonlarning bir qismi muayyan yillik chinshalar to'lash
evaziga shaxsii majburiyatlar o'tashdan tamomila ozod bo'ldi. Boshqa dehqonlar qaram dehqonlar
bo'lib qyulaverdi, lekin ular o'taydigan barshchinalari kamaytirildi, eng og'ir obroklar
(«o'lim» solig'i va boshqalardan) haq to'lab qutulish yoki belgilangan ma'lum vznoslarga
ayirboshlandi. Uzoquzoq joilarga yurishlar qilish bilan band bo'lgan german feodallari,
odatda, xo'jalik bilan o'zlari shug'ullanmay, domenlarini ijaraga (arendaga) berardilar.
Domenlarning ko'pchilik qismi yirik bo'laklarga bo'linib, so'ng ijaraga berilardi. O`rta asr
Germaniyasida bunday yirik ijara meyer ijarasi deb atalardi, chunki hammadan avval sobiq
qaram dehqon oqsoqollarmeyerlar ijarachi bo'lardilar. Shimoli-g`arbiy Germaniyada (Vestfaliyada)
eng ko'p tarqalgan meyer ijarasi badavlat, qisman quloq dehqonlar kattagina tabaqasining
tashkil topishiga imkon berdi. Ammo qishloqning boshqa tomonida kam yerli dehqonlar maydonga
kelib. ular boy hamqishloqlari uchun ishlaydigan batraklarga aylan
dilar.
Biroq Germaniyada qaram dehqon huquqning zaiflashishi muvaqqat hodisa bo'ldi. XIV asrning
ikkinchi yarmidan e'tiboran feodallar reaktsiyasi maydonga kela boshlab, u pomeshchiklarning
barshchinani qaytadan tiklash hamda har qanaqa natural va pul yig'imlarini kuchaytirish yo'lidagi
urinishlarda ifodalandi. Ayni vaqtda feodallar jamoa yerlarini (al`menda) bosib olaverdilar
va shunday qilib dehqon xo'jaligi resurslariga qattiq putur yetkazdilar.
• Elba daryosining sharq tomonidagi kolonizatsiya qilingan slavyan yerlarida istiqomat qiluvchi
nemis dehqonlarining ahvoli ancha qulay edi. Dehqonistilochilarning katta chek yerlarga ega
bo'lishi va mahalliy hududiy knyazlarga belgilab qo'yilgan to'lovlarnigina to'lashni Elba
daryosining bu tomonidagi dehqonlarga iqtisodiy mustaqillikni va shaxsii erkinlikni uzoq
vaqtgacha saqlab qolish imkoniyatini berdi. Biroq dehqonlar bilan bir qatorda ularning
qo'shnisi — pomeshchik (ritsar yoki dvoryanlik unvonini olgan shul`ts1) yashar va xo'jalik bilan
shug'ullanardi, shul`ts qishloqqa asta-sekin o'z •ta'sirini ku
chaytira bordi.
Pomeigchiklar dehqonlardan soliqlar undirish huquqini
knyazlardan sotib olardilar, kam quvvat dehqonlarning xo'jalik (ro'zg'or) qiyinchiliklaridan
foydalanar va turli yo'llar bilan o'z yer-mulklarini ko'paytirar edilar. Dastlabki paytda 4—6
dehqon gufiga teng keladigan ritsarlik chek yeri XV asrga kelganda o'rta hisobda 20 gufgacha
yetdi. Shuning o'zi' bilan Elba daryosining bu tomonida, ham qaram dehqon huquqning avj olishi
uchun shartsharoit yaratildi.
XIII—XV asrlarda Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti. Fransiya, Angliya va Ispaniyaning siyosiy
taraqqiyotiga qaramaqarshi o'laroq, XIII—XV asrlarda Germaniya siyosiy markazlashishga
erishishgina emas, balki yana ko'proq.mustaqil feodal knyazliklarga bo'linib ketdi.
Shtaufenlar halokatidan keyin tamomila orqaga ketgan imperatorlik hokimiyati endilikda
qaddini sirasira tiklay olmadi. Durust, imperatorsizlik davriga axir pirovardi xotima
berildi. 1273 yilda feodallar graf Rudol`f Gabsburgni (Shvabiyadan)1 imperator qilib
sayladilar.
Bu 55 yoshlik keksa odam bo'lib, u katta yer-mulklar egasi bo'lmagan hiylakor va chiniqqan
siyosatchi edi. Knyazlar uni imperatorlikka saylar ekanlar, uning zaif tomonlarini albatta
hisobga oldilar, chunki ular imperatorlik hokimiyatining kuchayishidan umuman manfaatdor
emas edilar. Rudol`f Italiyaga taalluqli siyosatdan voz kechib, Italiyada germanlar ta'siri
yo'q bo'lganligini amalda tan olishi lozim edi. Germaniyaning o'zida ...yalgi imperator o'z
mavqeini saqlab qola bilib, turli yirik knyazlar o'rtasida ustalik bilan ish tutishi va ular
orasidagi nizojanjallardan foydalanishi lozim edi. Gabsburglar xonadonidan chiqqan
dastlabki imperatorlar tutgan siyosatdan asosiy muddao o'z urug'aymoqlariga qarashli
mulklarni ko'paytirish edi. Germaniyaning qolgap boshqa yerlari o'z holicha tashlab qo'yildi.
Tojtaxtga qarashli barcha resurslar ana shu tor doiradagi dinastik maqsadmuddaolariga
xizmat ettirildi. Ayniqsa Rudol`f Germaniyadagi ruhoniy knyazlarning — arxiepiskoplar
bilan yepiskoplarning ko'magiga tayanib ish ko'rishga harakat qildi.
Chex qiroli Pshemisl II ning yuqori martabaga intilganligidan (u 1254 yilda imperatorlik
tojtaxtini o'ziga olmoqchi bo'lganda, knyazlar uni rad etgan edilar) german knyazlarining
norozi bo'lganligidan foydalanib turib, Rudol`f Pshemisl bilan urush boshladi va boshqa german
knyazlari yordamida uni yanchib tashladi, g'alabaga erishish natijasida Avstriyani va unga qo'shni
bir qancha viloyatlarni (ko'proq slavyan viloyatlarini)2 bosib oldi. Ana shu zamondan boshlab
Gabsburglar o'zlari kuchli hududiy knyazlarga aylandilar, shu bilan ular dinastiya (sulola)sining
bundan keyingi ta'siri ta'minlandi.
Birok, Gabsburglar imperatorlik tojtaxtini o'z qo'llarida uzil-kesil mustahkamlashdan
avval.faqiblashib yuruvchi boshqa dinastiya (sulola) bylan Lyuksemburgliklar uzoq vaqt kurashishlari lozim
edi. G'arbiy Germaniyada joylashgan kichkina Lyuksemburg knyazligidan tashqari, Lyuksemburgliklar
yana XIV asrdan boshlab Chexiyani ham egaldagan edilar. Lyuksemburglar xonadoni Karl IV
davrida zo'r qudratga ega bo'ldi, Karl IV Chexiya qiroli va Germaniya imperatori sifatida 30
yildan ortiqroq hukmronlik qildi (1347—1378). Gabsburglarga o'xshab, lyuksemburglar ham
knyazlarga yon bosishlari lozim edi. Bu yon berishlarning xarakteri va ularning Germaniya uchun
keltirib chiqargan falokatli oqibatlari to'g'risida Karl IV hukmronligining boshlarida (1356
y.) nashr qilingan Oltin bulla tegishli ma'lumotlarni beradi. Jami yetti shaxsdan iborat
knyazlarning tor doiradagi, yopiq kollegiyasi tarafidan o'tkaziladigan imperator saylash
tartibini Oltin bulla uzil-kesil qonunlashtirib' berdi. Saylovchi — knyazlar kurfhuquqshunoslar
degan unvonga __ ega bo'ldilar. Ularning tarkibiga uchta ruhoniy knyaz — Maynts, Kyol`n va
Trir arxiepiskoplari va to'rtta dunyoviy knyaz — Bogemiya qiroli (Chexiya qiroli), Reyn
pfal`tsgrafi, Saksoniya gersogi va Brandenburg markgrafi kirardilar. Kurfyurstlar imperator
ni saylash huquqigagina emas, balki uni taxtdan ag'darib tashlash huquqiga ham ega edilar.
Oltin bulla kurfyurstlarni o'z knyazlik mulklarida tamomila suveren hokimlik huquqlariga
egadirlar, deb tan olgan edi. .
Kurfyurstlar, tez orada imperiya tojtaxtini tasarruf^ qilish huquqlaridan batamom
fondalandilar. Karl IV ning o'g'li imperator Vatslov feodallarga qarshi kurashayotgan shaharlarga
ko'mak berishga harakat qilganligi uchun knyazlar 1450 yilda uni taxtdan ag'dardilar1. Bu
dinastyyaning ikkinchi imperatori, ya'ni Karl IV ning boshqa o'g'li — Sigizmund (1410—1437)
kurfyurstlar qo'lida endi itoatgo'y qurol bo'lib qoldi.
Vaqtvaqti bilan yig'ilib turadigan imperiya reyxstaglarida ham kurfyurstlar katta rol
o'ynar edilar. German shaharlari (imperiya shaharlari deb atalgan shaharlar) ham imperiya toifa
vakillarining bu syezdlarida qatnashdilar. Ammo ularning qatnashishi to'liq bo'lmasdi. Shaharlar
vakillarining qaramog'iga odatda umumdavlat masalalari topshirilmay, balki shaharlarning
o'zlariga bevosita taalluqli masalalargina topshirilardi. Yirik feodalknyazlarga nisbatan
maida risarlarning reyxstaglardagi ta'siri ham juda oz edi. XIV asr
`
^.:
da ritsarlarning harbiy ahamiyatga molik bo'lmay^lishl1ry, shuningdek, ularning iktisodiy
qiyinchiliklarni boshdan kechirishlari tufayli va*, nyhoyat, imperatorlik hokimiyatiying o'zi
ning orqaga ketganligi vajidan ritsarlar endi siyosiy jihatdan kuchli sinf bo'lmay qoldilar.
1437^ yilda Lyuksemburglar dinastiya (sulola)si barham topdi, shundan keyin Gabsburglar imperatorlik
tojtaxtini uzil-kesil bosib olib, uni 1806 yilga qadar (Napoleon I davrigacha) o'z
qo'llarida saqlab qoldilar.
XV asrda Gabsburglar hokimiyati. XV asrda Germaniya imperatorlari hokimiyati bo'lgan
Gabsburglar hokimiyati Lyuksemburglar davridagi hokimiyatga qaraganda hali ancha kuchsiz edi.
Gabsburglarning butun kuchqudrati ularning nasldannaslga meros bo'lib o'tadigan xususiy
knyazlik yerlaridan iborat bo'lib, ular ana shu yerlarni har qanday yo'llar bilan bo'lsa ham
kengaytirishga harakat qilardilar. «Nikoh diplomatiyasi» Gabsburglar xonadonining
nasldannaslga meros bo'lib o'tadigan yerlarini kengaytirishda katta rol o'ynadi. XV asrning
70 yillarida nikoh diplomatiyasi yo'li bilan Gabsburglar boy Burgundiya merosining bir
qismini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar (chunonchi, Maksimilian Gabsburgning Mariya
Burgundskayaga uylanishi). Burgundiya merosiga Niderlandiya ham kirar edi. XVI asrning eng
boshida boshqa nikoh yo'li bilan Gabsburglar Ispaniya dinastiya (sulola)si bilan qarindoshurug' bo'ldilar
(Maksimilianning o'g'li Filipp Chiroyli Ferdinand bilan Yzabellaning qizi Xuanaga uylandi).
Keyinchalik bu Gabsburglarga Ispaniya tojtaxtini meros qilib olish huquqini berdi. Germa
niyaning o'zida Gabsburglar Avstriya, Shtiriya, Karintiya, Krayne, Tirol va Shvabiyaning bir
qismini egallagan edilar. Ammo Germaniyaning qolgan boshqa qismida imperatorning ta'siri
juda oz edi. Bir voqeanavisning so'zlariga qaraganda Fridrix III Germaniyada uzoq vaqt hukm
surganligidan (1439—1493) fuqaro mamlakatda imperator borligini hatto unuta boshlagan.
Imperatorda hech qanday real hokimiyat — na umumimperiya qo'shini, na umumimperiya soliqlari, na
markaziy sud va ma'muriy apparat bo'lmagan. Ilk feodal qirolliklarda bo'lganidek, imperator
o'ziga teng boshqa yirik feodallar o'rtasida avvalgicha birinchi feodal, qirolni saylash va
yiqitish huquqiga ega bo'lgan knyazlar konfederatsiyasining boshlig'i bo'libgina qolaverdi.
Siyosii"tarqoqlik xalqaro munosabatlarda Germaniyaga jiddiy xavf tug'dirar edi. XV asr
mobaynida Germaniya imperiyaga qarashli ko'pgina yerlarni yo'qotdi, bu yerlar qo'shni davlatlarga
o'tib ketdi yoki ular o'zlarini imperiyadan mustaqil yerlar deb e'lon qildilar. XV asrning 60
yillarida Prussiya orden davlati imperiyaga vassallik munosabatlariga barham berib, Pol`sha
qiroli hukmronligi ostiga o'tdi. Taxminan xuddi shu vaqtlarda KlezvigGol`shteyn Daniyaga
o'tdi. XV asrning 20yillarnda guschilarning urushlari boshlanishi munosabati bilan Chexiya
imperiya tarkibidan ajralib chiqib, keyin uzoq vaqt alohida dinastiya (sulola)ga ega bo'lgan mustaqil
davlatga aylandi. Shveysariya shaharlari va qishloq (o'rmon)' kantonlari ittifoqidan tashkil
topgan mustaqil Shveytsariya federatsiyasi 1481 yilda uzil-kesil rasmiylashdi. Shveytsariya
jamoalarining german feodallariga qarshi kurashi XIII asrda Rudol`f I Gabsburg davridayoq
boshlangan edi. Bu kurash XIV—XV asrlar mobaynida shiddatli. tusda davom qildi. XV asr
oxirida Gabsburglar Shveytsariya ittifoqining mustaqilligini uzil-kesil tan olishga majbur
bo'ldilar.
«Imperator Sigizmund islohattsiyasi (ko`rinishi)». Mamlakatda kuchayib borgan feodalkrepostniklik zulmi
asosan JanubiG'arbiy Gyormaniyada keng ko'lamda yuz bergan dehqonlar harakatiga sababchi
bo'ldi. JanubiG'arbiy Germaniyada krepostnikfeodallarning hujumi XV asrga kelib ayniqsa
zo'raydi1.
Ikkinchi tomondan Germaniyaning feodal tarqoqligi, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida
yirik va eng yirik feodalknyazlarning zo'ravonligi, buning natijasida Germaniya iqtksodiy
taraqqiyotiningumuman sekinlashib qolishi jamiyatning eng progressiv qatlamlarida xatarli
hissiyot uyg'otdi. Shaharliklar va ritsarlarning bir qismi feodalanarxiyasini tanqid qilib,
davlatni islohat qilishni (yoki.o'sha vaqtnint ta'biricha, islohattsiya o'tkazishni) taklif
qildilar.
XV asrning ikkinchi yarmida Germaniyada «Imperator Sigizmund islohattsiyasi (ko`rinishi)» sarlavhasi
ostidagi publitsistik asar ayniqsa katta shuhrat qozongan edi. Bu publitsistik asar
Sigizmund vafotidan keyin tez orada, aftidan, 1438 yoki 1439 yilda yozilgan va matbuotda
e'lon qilingan bo'lsa kerak. Imperatorning o'zining pamfletga hech qanaqa alo.qasi bo'lmagan.
Pamfletni yozgan odam uning tagiga imzo qo'ymagan. UniNg muallifi kim ekanligi aniq ma'lum
emas. Bir qancha tadqiqotchilarning bergan ba'zi ma'lumotlariga ko'ra, guschilarni targ'ib
qilgani uchun, 1458 yilda Strasburgda qatl etilgan nemis Fridrix Rayzer degan odam shu
pamfletning muallifi bo'lgan.
«Sigizmund islohattsiyasi (ko`rinishi)» imperatorlik tuzumini tubdan isloh qilishni talab etgan edi.
Imperator va imperiyaning turli qismlaridagi uning noiblari to'la hokimiyatga ega bo'lishlari
lozim; markaziy hokimiyatga bo'yin egmaydigan feodallar hayot va molu mulk borasida har
qanday himoyadan mahrum etiladilar. Mamlakatda har qanaqangi ichki o'zaro urushlar man
qilindi. Shaharlarning ta'siri ancha o'sdi. Imperator imperiya soliklarini yig'ish va ularni
xarajat qilish ustidan nazorat qilish huquqini shaharlarga topshirib qo'ymog'i lozim. «Refor
matsiya»^ ko'ra, sud umumdavlat va markazlashgan sud bo'lmoRI lozim; knyazlik va boshqa feodal
sudlari tugatilishi kersh, «Islohattsiya» taxminicha, muayyan pul vznosi to'lash sharti bilan
<5archa istagan kishilar shaharlarga ko'chib kelib, to'la huquqln byurgerlar sifatida ularga
erkin qabul qilinishlari kerak. «Islohattsiya» muallifi, shuningdek, sexlar monopoliyasiga qarshi
•fiq? bildirdi («har bir odam istagan hunari bilan shug'ullai* mog'i kerak»). Qaram dehqon
dehqonlarning majburiyatlari masa« lasida «Islohattsiya» yangi yig'imlar va yangi barshchinalar
kiritishga qarshi, shuningdek, feodallar tomonidan dehqonlariing jamoa yerlarini bosib olishga
ham qarshi chiqadi. Birok, «Islohattsiya» feodal qaram dehqon tuzumni tamomila tugatish
masalasini qo'ymaydi. XV—XVI asrlardagi nemis byurgerla* rining chalachulpa va noinqilobiy
yo'lyo'rig'i ana shunda ifodalanadi.
«Imperator Sigizmund islohattsiyasi (ko`rinishi)» qog'ozdagina qolib «yetdi. Feodalknyazlar markaziy
imperatorlik hokimiyatining kuchaiishini mutlaqo istamasdilar. Germaniya XV asr oxiri va
Y XVI asr boshlarida ham tarqoq holicha qolaverdi. F. Engel`s o'rta asr Germaniyasini bunday
ahvolga olib kelgan sabablarini * \ chuqur tahlil qilib bergan edi. «XV asr oxiriga
kelib,—deb yozgan edi o'zining keyingi qo'l yozmalaridan birida,— Germaniya tobora ko'proq
tarqoqlashadi; Fransiya va Angliya ozmiko'pmi , "• markazlashgan va ularda millatlar tashkil
topayotgan bir vaqt • J da, Germaniyaning markazi tobora zaiflashdi. Germaniyada! bu
I mumkin emas, chunki: 1) istiloni boshidan kechirgan mamlakat *| lardagiga qaraganda
Germaniyada feodalizm kechroq rivojlandi; 2) Germaniya o'z tarkibila fransuz va slavyan
mintaqalariga ega edi hamda Italiyaga o'z mulki, Rimga esa o'z markazi deb qa — radi,—
shunday qilib, milliy kompleks bo'lmay qoldi; 3) chunki,— asosiy masala ham shunda edi,—
ayrim viloyatlar, shuningdek, viloyatlarning alohida guruh lari esa bir-biridan ajratib
tashlangan edi...»1.
Germaniyada gumanistik harakatning boshlanishi. XV asrda Germaniyada gumanistik adabiyot
maydonga keldi. Bu adabiyot qisman nem'islarning qo'shni Italiyaga qilgan sayohatlari ta'siri
ostida yuzaga kelib, u asosan, Germaniyaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti sababli ro'y
bergan kayfiyat va g'oyalarni aks ettirar edi. Jumladan, birlashmasdan va markazlashmasdan
qolgan katta mamlakatning siyosiy ziddiyatlari (mamlakatdagi burjua shahar elementlari
o'zlarini xo'rlangan deb his qilardilar) nemis gumanist yozuvchilariga g'oyat katta fosh qiluvchi
material berdi. Ko'p sonli german universitetlari antik adabiyotni o'rgandilar, ba'zi bir
universitetlarda tabiiy fanlarga qiziqish zo'r bo'ldi. Universitetlar nemis gumanizmi tug'i
lib voyaga yetgan asosiy (Markazlar edi. Nemis gumanist adabiyotining progressiv ozodlik
xaraktera to'ng'ich yirik nemis yozuvchisisatirigi Sebastian Brant (1457—1521) ning nemis
tilida yozilib, 1494 yilda Bazelda nashr etilgan «Ahmoqlar kemasi» nomli asarida ifodalandi.
Brant o'z satirasida feodalknyazlar, katolik ruhoniylari va monaxlari, talonchi ritsarlarni
masxaralab kuldi. Uzining antifeodal yo'nalishi va keskin fosh qiluvchilik tendentsiyasi
jihatdan Brant XVI asrning birinchi yarmidagi buyuk nemis gumanistlarining bevosita otaxoni
hisoblanardi.
XXII BOB
XII—XV ASRLARDA CHEXIYA. GUSCHILARNING URUSHLARI
XII—XIII asrlarda Chexiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti.
X—XI asrlarda uzil-kesil rasmiylashgan Chexiya davlati. XII— XIII asrlarga kelib, Yevropaning
boshqa mamlakatlariga o'xshash feodal mamlakatga aylandi.
Qirol drujinachilari lexlar va vladiklarning eski zodagon oilalari bilan birlashib, feodal
tipidagi katta va ancha mayda yer egalariga aylandilar. Ular mamlakatdagi yerlarning katta
qismini bo.sib oldilar. Ularning yer-mulklarida qaram dehqonlar birinchi navbatda qo'liga yer
berilgan qullardan tashkil topgan qaram dehqonlar (otroklar yoki erksiz dehqonlar) ishlar
dilar. Feodallar dehqon aholisshsh sud qilish muddaosida qiroldan juda katta jinoyatlardan
tashqari jinoyat uchun immunitet huquqlar olardilar. Chexiyada olin tabaqa feodallar, p a n l
a r (jupanlar, ya'ni qabila boshliqlari nomidan kelib chiqqan so'z) quyi tabaqa feodallar — vl
a dika l ar (dastlabki paytlarda vladika deb, katta.patriarxal oilalarni aytilardi)
deb'talardi2. Umuman olganda, panlarbaronlar va vladikalarritsarlar imtiyozli toifa
shlyaxtani tashkil qilardilar (shlyaxta «lexi»—«zodagon urug'lar» so'zidan kelib chiqqan).
Sobiq erkin jamoachi dehqonlardan chiqqan qaram dehqonlar qullardan tashkil topgan
qaram dehqonlarga asta-sekin kelib qo'shildilar. Bunday qaram dehqonlar boshqacha nom —
sedlyakl a r degan nom bilan atalardi, bu nom esa fransuzcha «villanlar» degan so'zga to'g'ri
kelaDi. Vaqt o'tishi bilan sedlyaklar yer egasini tashlab ketish huquqidan mahrum etildilar.
Ular muayyan (kesib qo'yilgan) barshchinani ado etib, oldindan belgilab qo'yilgan obrok haqi
to'lardilar. Ammo XIII asrning to oxirigacha va qisman hatto XIV asrda ham Chexiyada erkin
dehtson» lar — dedichlar tabaqasi hali anchamunya saqlanib qolgats edi. Dedichlar eski
vorislik (dedich) huquqiga ko'ra, o'zlarining jamoachilik tartibqoidalarini tamomila saqlab
qolgan a* asosan sud bo'yicha feodallarga qarals edilar (lekin bu sudg» ularning qilgan
barcha ikirchikir gunohlari va ayb ishlari kirmasdi, albatta). Dedich huquqiga ko'ra,
dehqonlar o'zlarigo qarashli yer maydonlarning merosxo'rlari hisoblanardil^r. Feodal muayyan
miqdorda haq to'lamay turib, ularni o'tirgan yer« laridan haydab yubora olmasdi. Bu
kategoriyadagi dehqonlar* ning majburiyatlari muhim bo'lib, ular urfodat bo'yicha belgi*' lab
berilardi, hamda chinakam qaram dehqon dehqonlar o'taydigvN' majburiyatlarga nisbatan ancha
muncha yengil edi. Biroq XIII— XIV asrlarda dedichlar soni tezda kamaydi. Yirik dunyoviy va
ruhoniy yer zgalari dedichlarning jamoa yerlarini ham tortib • olib qo'ydilar.

Nemis kolonizatsiyasi. O`rta asr Chexiyasining ijtimoiyiqti |" sodiy taraqqiyotida nemis


kolonizatsiyasi juda katta rol o'yG« \' nadi. XII va ayntshsa XIII asrda Chexiya qirollari va
chex panla ch| ri o'z daromadlarini ko'tarish maqsadida german istilochilari* ;* ni, ya'ni
nemis dehqonlari bilan hunarmandlarini o'z mulklari «y ga keng jalb etdilar. Ayni
vaqtda Chexiya qirollari xizmatga M taklif etgan va ulardan yirik yer-mulklari olgan
ko'pgina german * feodallar ham Chexiyaga kirib kelaverdilar. Nemis monastir :SH lar(i
Chexiyada katta kolonizatorlik faoliyatini olib bordilar. sh Chexiyadagi nemis kolonizatsiyasi,
o'z xarakteri jihatdan boshqa iffi slavyan yerlaridagi nemis kolonizatsiyasidan ancha farq
qilardi, 'SH Chexlarning rivojlangan feodal davlatiga to'qnash kelgan ne "sh mislar bu
yerga asta-sekin, «tinch» yo'l bilan kirdilar va, aso ' SH san, shaharlarga suqilib
kirdilar. Ammo ko'p nemis dehqonlari SH Chexiya qishloqlariga ham ko'chib kelib joylashdi.
Nemis kolo sh nizatsiyasi natijasida chex panlarining daromadlari ancha oshdi. YA
Chexiyadagi nemis istilochilarining o'zlari bir qa'ncha joylarda \Shk eng yaxshi yerlarni Olib,
katta boylikka ega bo'ldilar. Qisman |sh| istilochilar o'zlari bilan birga ma'lum xo'jalik
tajribasiga 1sh ega bo'lgan va takomillashgan texnikani olib keldilar, bu tex S"SH
nikani kelajakda mahalliy aholi ham o'rganib oldi. Nemis N'*YA| hunarmandlari va
konchilari, Chexiyaga ko'chyb kelib, mamlakatda 1sh ishlab chiqarish kuchlarini o'stirishga,
jumladan konchilik ishi L ni rivojlantirishga ham yordam berdilar. Ammo, xullas qilib
SH aytganda, nemis kolonizatsiyasi iqtisodiy, siyosiy va madaniy .Jj sohalarda
chex xalqi boshiga katta mushkullik keltirdi. Ajnabiy kolonizatsiya oqibatida Chexiyada milliy
zulm avj oldiki,. bundan chex aholi ommasi (shaharliklar va dehqonlar) azobuqubat chekdi.
Kolonizatsiya mamlakatda kelgindi, begona va hatta o'z «faterlandy»— Germaniyaga ko'ngil qo'ygan
dushman aholi istiqomat qiluvchi shaharni vujudga keltirdi. Shaharlardagi kelgindi nemis
savdogarlari va hunarmandlari mahalliy chex
aholisiga, ya'ni chex hunarmandlari va mayda savdogarlariga qaraganda imtiyozliroq holatda
kun kechirardilar. Nemis istilochilarining qishloqlarga quyundek oqib kelishi kam yerli chex
dehqonlari sonining o'sishiga va pomeshchiklarga to'lanadigan feodal to'lovlarning ko'payishiga
sababchi bo'ldi. Pomeshchiklar qaram dehqonlar tasarruf qiladigan yerlardan undiriladigan da
romadlarini istilochilarning yerlaridan unadigan daromadlar darajasiga yetkazishga
intilardilar. Tili va urfodatlari jihatidan yerli aholiga begona bo'lgan kelgindi nemis
feodallarining mahalliy pomeshchiklar bilan qo'shilishi, chex dehqoni uchun feodalkrepostniklik
og'ir zulmini yanada ko'chaytirib yubordi. Chexiyadagi kolonizatsiya jarayoni natijasida ikki xalq
vujudga keldi, bular orasida kelgindi nemis xalqi mahalliy chexlarga
Karaganda ancha imtiyozli ahvolda kun kechirardi. Ravshanki, bunday ziddiyatli ahvol
chexlar noroziligini tug'dirmay iloji yo'q edi. Mamlakatda feodalizm yanada rivojlanishi va
tovarpul munosabatlari o'sishi bilan, Chexiya shaharlarida milliy chex elementlari tarkib
topishi va Chexiya qishloqlarida ijtimoiy munosabatlar keskinlashishi bilan bu noroziliq tobora
ortdi. Chexiya qirollari va imperiya. Germaniya imperiyasi sistemasidagi Chexiya (Bogemiya)
qirolligi ham ziddiyatli bir ahvolni boshidan kechirardi. Chexiya qirollari imperatorning
vassallari edilar. Durust, Germaniyada imperatorlik hokimiyati tushkunlikka uchrashi bilan
Chexiya qirollari imperiyaning boshqa yirik knyazlariga o'xshash, aslida mustaqil hokimlarga
aylandilar. Fridrix II Shtaufen zamonida va XIII asrning ikkinchi yarmidagi hokimiyatsizlik
davrida Bogemiya qirollarining ahvoli ayniqsa qulay bo'ldi. Bu vaqtda Chexiya qiroli knyaz —
kurfyurst huquqini oldi. Uning o'zi chex panlari seymi tomonidan saylanib, ichki idora
ishlarida to'la mustaqillikka ega bo'ldi.
Ammo, ikkinchi tomondan, Chexiya qirolining imperiya" bilan aloqasi ham, german
kolonizatsiyasining Chexiya milliy^manfaatlari^uchun, axir pirovardi, g'oyat darajada zararli
bo'lib chiqishiga sabab bo'ldi. Chexiya qiroli saroyining o'zida va chex panlarining saroylarida
ochiqdanochiq germanlashish alomatlari ko'rildi. Chex feodallari va saroy a'yonlari nemis tilini
o'rganib oldilar, nemis kiyimini kiyib yuradigan bo'ldilar va hokazo, chex feodallari va
saroy a'yonlari chex xalqidan shu qadar begonalashdilarki, XIII asrda Chexiyaga kelib ketgan
ajnabiylar Chexiya to'g'risida u ikki millatli mamlakatdir, deb , yozdilar. Zodagonlar — saroy
a'yonlari va feodallar — nemis tilida so'zlashib, hamma narsada nemislarga taqlid qilardilar;
shaharliklar — meshchanlar va dehqonlardan iborat oddiy xalq chex tilida gaplashib, o'zining
eski urfodatlari va milliy qiyofasini saqlab qoldi.
,
Ammo Chexiya bilan Germaniya ittifoqi (uniyasi)ning yana bir salbiy tomoni ham bor edi. Chexiya
qirollari ichki german o'zaro urushlari va fitnalariga tortilgan edilar; Chexiya qirollarining
o'zlari imperatorlik tojtaxtiga da'vogarlik qilardilar, ba'zan ular boshqa german
feodallari bilan birgalikda yeki slavyan xalqlariga qarshi, yoxud slavyanlarga qonqardosh va
ittifoq bo'lgan xalqlarga qarshi uyushtirilgan yurishlarda shaxsan qatnashardilar.
O`rta asr Chexiyasining eng yirik qirollaridan biri bo'lgan Pshemisl II (1253—1278) ning
hukmronlik qilishi bu jihatdan xarakterli misoldir. Pshemisl II Chexiya qirolligini ko'p qa
bilali' juda keng davlatga aylantirdi. U, Chexiyaning o'zidan tashqari, yana Avstriya, Shtiriya,
Karintiya va Kraynani egallab, to Adriatika dengizining janubigacha siljib^organ edi. Bu '
yerlarning bir qismi slavyanlarga, bir qismi nemislarga qarashli edi. U boshqa german
feodallari bilan birgaliqya 1254 yilda prusslar bilan litvaliklarga qarshi salib yurishida
qatnashdi. Shu sababli keyinchalik Prussiya poytaxti bo'lib qolgan Kenigsberg («Qirol tog'i»)
shahri qirol Pshemisl II sharafiga ana shunday deb atalgan edi.
Pshemisl II german imperatorligyga uz nomzodini qo'ygan edi. Imperiya knyazlari boshqa nomzodni
— Rudol`f Gabsburgnk imperator qilib saylaganlaridan keyin Pshemisl II imperatorga len
qasami berishdan bosh tortdi. Bu esa uni Gabsburglar va boshqa german knyazlari bilan urush
qilishga olib keldi. Urush natijasida Pshemisl II Chexiyadan tashqaridagi barcha mulklarini
qo'ldan boy berdi, ana shu vaqtdan boshlab bu mulklar Gabsburglar qo'liga ko'chdi va bu hol
Chexiyaning o'zidagi qirol hokimiyatining obro'e'tiborini zaiflashtirib qo'ydi.
Lyuksemburglar dinastiya (sulola)sining idora qilishi. Karl l(IV). 1306 yilda Pshemisllar dinastiya (sulola)si
barham topdi. Uch yil davom etgan to'sto'polondan keyin panlar nemis knyazi Ioann (chexcha —
Yan) Lyuksemburgskiyni qirol qilib sayladilar. Yangi qirol panlarga ularning toifaviy
imtiyozlaryni garantiyalovchi yorliq berdi. 1310 yildan e'tiboran Chexiyada yepiskoplar, panlar
va ritsarlar shlyaxtasidan iborat seym (chexcha — snem) muntazam suratda chaqirilib turiladigan
bo'ldi. Shaharliklar (meshchanlar) ning vakillari s/`ezdlarga har doim ham taklif
qilinavermasdi. Shaharlarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilingandagina
shaharliklar (meshchanlar) ning vakillari seymga qo'yilardi. Qirol Yan Lyuksemburgskiy Chexiyada
kam yashaydi. Yan Lyuksemburgskiy Fransiya maifaatlarini ko'zlab (o'zining Lyuksemburg knyazligi
bo'yicha albatta), fransuz feodallari bilan birgalikda inglizlarga qarshi Kresi shahri yonida
jang qilgan paytida 1346 yilda halok bo'ldi. Shunday qilib, yangi ajnabiy dinastiya (sulola) qirolining
idorasi Chexiyaning siyosiy jihatdan markazlashuvini mustahkamlashda hech narsa bermadi.
Aksincha, panlar oligarxiyasi kuchaydi, g'arbiy german knyazining chex xalqi manfaatlariga
tamomila yot bo'lgan siyosati uchun ana shu xalqqa esa qon yutishga to'g'ri keldi.
Yan Lyuksemburgskiyning o'g'li va ayni zamonda german imperatore Karl I (1346—1378) Chexiyada
qirol hokimiyatining obro'e'tiborini ko'tara bildi. Imperator sifatida german knyazlariga
qaram bo'lgan Karl Chexiyada o'zining vorislik mulklarini mumkin qadar kengaytirishga harakat
qildi. Karl davrida Chexiya tarkibiga, Chexiya (yoki Bogemiya)ning o'zidan tashqari, Sileziya,
Brandenburg, Saksoniyaning bir qismi (Lujitsiya) va ba'zi bir qo'shni yerlar kirar edi. Karl
Chexiyada tojtaxtning vorisi sifatida yashagan chog'idayoq, u chex feodallari va chex sha
harliklari, ko'proq Praga shahari bilan yaqinlashdi. Karl"qirol bo'lib olgandan so'ng o'sib
borayotgan chex sanoati va savdosini rag'batlantirib, ilgari faqat nemislar foydalanib kelgan
im
tiyozlarni chexlarga ham tatbiq qildi. Uning davrida Praga juda o'sdi, asosan Pragaga ko'chib
kelib joylashgan chex hunarmandlari hisobiga Praga atrofida Novaya Mesto degan yangi joy
o'sdi. Pragaga o'zinio'zi idora qilish huquqi berildi. Poytaxt ko'pgyna hashamatli binolar
bilan boyidi, Karl I qurdirgan binolardan ba'zilari — Karl shteyn qasri, Vltava daryosi che
tiga solingan katta tosh ko'prik (Karlov most) va boshqalar hanuzgacha saqlanib kelmoqda.
1348 yilda Karl I Praga universitetini ta'sis etdi, bu uni`ersitet Yevropadagi eng qadimiy
universitetl'arning biri hisoblanadi.
Ijtimoiy va milliy ziddiyatlarning keskinlashishi. Chexiyada' XIV asr o'rtasidan boshlangan siyosiy
yuksalish mamlakatning iqtisodiy yutuqlarini aks ettirardi. Bu vaqtga kelib Chexiya iqtisodiy
jihatdan g'oyat darajada rivojlangan mamlakat hisoblanardi. Chexlarning kumush konlari, movut
to'qishi, surp sanoatining rivojlanganligi, qishloq xo'jaligidagi yutuqlari Chexiyada
dehqonchilikdan tashqari, bog'dorchilik, baliqchilik xo'jaligi, uzumchilik, zig'irkorlik, nasha,
xmel` o'stirish va h. k. mana shularning hammasi Chexiyaga Yevropadagi eng boy mamlakatlardan
biridir degan shonshuhrat keltirdi. Chexiya qiroli olgan behisob daromadlarni Germaniyaning
birorta ham badavlat knyazi ololmasdi. Praga yirik savdo markaziga aylandi. Chexiyaning
ko`pdan-ko`p boshqa shaharlari u bilan juda yaqindan aloqa qilardilar. Bu shaharlar orasida
Brno, Pl`zen`, Xeb, Kutna gora, Lolomouts alohida ajralib turardi.
XIV asrda Chexiya, Germaniya, Pol`sha, Vengriya, Quyi Dunay bo'yi mamlakatlari, JanubiG'arbiy
Rus` bilan keng xalqaro savdosi olib borardi. Mamlakatda tovarpul xo'jaligi tobora o'sib, u
qishloqni ham qamrab olgan edi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishi va tovar aloqalarining kengayishi Chexiya jamiyatida eski
feodal xo'jalik formalarini yemirib, o'tkir ijtimoiy ziddiyatlarning avj olishiga olib keldi.
Chex feodallari o'z ixtiyorlaridagi qaram dehqon sedlyaklarni nemis huquqi deb ataluvchi huquqqa
ko'chirdilar. Nemis huquqiga ko'ra, dehqonlar oshirilgan pul renta (yer solig`i)si to'lashlari lozim edig
chunki dehqon renta (yer solig`i)ni ozgina kechikib to'laydigan bo'lsa, katta yer egasi feodal uni har doim
haydab yubora olardi. Panlarning siQig'i ostida dehqondedichlar ham nemis huquqiga
ko'chirildi. Dehqondedichlarning chex huquqi o'rniga nemis huquqiga ko'chirilishi ularning
ahvolini battar yomonlashtirdi, chunki ular voriseregalaridan( deyarli xususiy yer egalaridan)
«ozod etiluvchi» sedlyaklarga, o'xshash, darhol huquqsiz arendatorlarga aylanib qoldilar. Usha
vaqtda pul xo'jaligi sharoitlarida XIV asrdagi Chexiya qishlog'i endi juda tabaqalashgan qishloq
edi. Qishloqni kam yerli dehqonlarning ko'pchiligi (ya'ni podsosedka deb ataluvchi dehqonlar) vd
butunlay yersiz kambag'al dehqonlar (ya'ni xalupnik deb ataluvchi dehqonlar) to'ldirib yuborgan
edi, ularning ba'zilaridan qisma» batraklar sifatida foydalanilardi, boshqalari hech qanaqa
ish topolmay, qashshoqlikda kun kechirardilar; ba'zi bir kambag'allargina shaharlarda ishga
joylashishga muyassar bo'ldilar. Shunday qilib, chex dehqonlarining ahvoli, ayniqsa XIV"
asrning ikkinchi yarmida va XV asr boshlarida tobora og'irlashdi. Krepostniklik, sudxo'rlik,
og'ir arenda, dehqonlarning qisman yersizligi — bularning hammasi umuman chatishib ketib, chex
dehqon ommasini g'oyatda mushkul ahvolga tushirdi, uning ba'zi qismini to`g`ridan-to`g`ri nochor
ahvolga solib qo'ydi.
Ammo shaharda xam ijtimoiy ziddiyatlar tobora keskinlashdi. Ko'proq nemislardan iborat bo'lgan
shahar patritsiata sanoatning asosiy tarmoqlarini va savdoni, shuningdek, shahar> idorasini
(Chexiya poytaxti Pragani ham) o'z qo'liga kiritiboldi. Sexlarga1 qismangina birlashgan,
qisman yolg'iz o'zi kosiblik qiluvchi o'rta darajadagi hunarmandchexning mustahkam> oyoqqa
bosgan nemis masteri yoki boy nemis savdogari bilan ana shunday sharoitda raqobat qilishi juda
qiyin edi. Chex qishloqlaridagi singari Chexiya shaharlarida ham eng kambag'al huiarmandlar,
qora ishchilar, qishloqlardan kelgan turlituman kelgindilar va hokazolardan iborat juda ko'p
faqirfuqaro to'dato'da bo'lib daydib yurardi. Bu odamlar o'z xo'jayinlari bo'lgan
eksplu'agatorlardan nafratlanib, dahshatli muhtojlik va ochyalang'ochlikda hamon kun
kechirardilar.
Chexiyada goyat darajada keskinlashib ketgan ijtimoiy ziddiyatlar ochiqdanochiq milliy tusga
kira bordi. Chexiya dehqonlari, o'rta va mayda darajadagi shaharliklar, shuningdek, quyi
ritsarlar (zemaplar) asosan badavlat nemis sinflarini o'zlarining sinfiy dushmanlari deb
bilardilar, chunki Chexiyadagi nemislar bu vaqtga kelib juda katta boylik orttirib„ bu
mamlakatda katta siyosiy rol o'ynar zdilar.
Chexiya va papalik. Ammo bu davrda Chexiyada yana bir ziddiyat keskin sezilib turardi, bu
ziddiyat katolik cherkovining o'sib boruvchi zulmi va ekspluatatsiyasi edi. Yuz yillik.urush
mahalida papalik o'z yig'imlarining asosiy og'irligini Sharqiy Yevropaga, Germaniya, Chexiya,
Pol`sha va Vengriyaga o'tkazgan edi. Papa saroyiga turli formalardagi to'lovlarni Chexiya
ayniqsa ko'p miqdorda to'lashi lozim edi. Papaning indul`gentsiya2 sotib yuruvchi odamlari
Chexiyada to'lib ketgan edi, oliy tabaqa chex ruhoniy shaxslarini tayinlab qo'yganligi uchun papa
juda ko'p miqdorda pul olardi. Chexiyadan yig'ilgan cherkov desyatinalarining katta qismi papa
xazinasiga kelib tushardi. Ayni zamonda
/
Chexiyadagi ruhoniylarning anchagina qismini chexlardan chiqqan odamlar emas, balki Chexiyada
yer-mulklarga egalik qiluvchi kelgindi nemis ruhoniylari va monaxlari tashkil qilardi.
XIV asr oxiri va XV asrda chexlar tomonidan olib borilgan navbatdagi inqilobiy kurashning
o'ziga xos va murakkab xarakteri ana shundan kelib chiqqan edi. Eng demokratik chex ijtimoiy
kuchlarining, ya'ni shaharliklar, dehqonlar va qisman risarlarning nafrati ayni vaqtda ham
chex feodalqaram dehqonlik tuzumiga qarshi, ham ajnabiy nemis zo'ravonligiga qarshi qaratilgan
edi. G'oyaviy jihatdan bu ziddiyatlar keng islohattsion harakatda o'z ifodasini topdi. Bu
islohattsion harakat Chexiyada ajnabiy zulmning ko'p darajada mujassam timsoli bo'lgan o'rta
asr katolik cherkoviga ham qarshi qaratilgan edi.
Yan Gus. Ruhoniy va Praga universitetining professori YA k Gus milliy va diniyislohattorlik
kayfiyatidagi chex jamiyati ilg'or tabaqalarining ifodachisi bo'ldi.* Dehqon oilasidan kelib
chiqqan Yan Gus, 1369 yilda Gusinets degan joyda dunyoga kelgan edi. Praga universitetining
shogirdi bo'lgan Yan Gus 1398 yilda universitet professori, 1402 yilda esa uning rektori
bo'ldi. Yan Gusning g'ayrati tufayli Chexiya qiroli Vatslav 1409 yilda Praga universitetining
ustavini o'zgartib, professor chexlarga universitetni idora qilishda rahbarlik rolini
topshirdi. Yan Gusning zamondoshi ingliz islohattori Jon Viklefning ta'siri ostida Gusning
diniy va ijtimoiysiyosiy qarashlari ancha rivoj topdi. Ammo bir qancha masalalarda Gus
Viklefdan o'tib ketdi va dadilroq harakat qildi. Gusning papalik bilan munosabatlari
keskinlashib, murosasiz tue oldi. Indul`gentsiyalar bilan savdo qilishga qarshi, oliy tabaqa
katolik ruhoniylarining buzuqchiliklariga qarshi, cherkov yer egaligining g'oyat darajada tomir
yeyishiga qarshi, ruhoniylarning turlituman xurofin urfodatlarni ijro etganliklari uchun
tobora ko'proq pul undirishlariga qarshi Gus keskin tanqid bilan maydonga chnqadigap bo'ldi.
Gus toatibodatni ona tilida, chex tilida ado etilishini talab qildi. Eng yaqin vaqt ichidagi
islohat sifatida Gus cherkov yerlarini tortib olib, ulardan davlat ehtiyojlari uchun
foydalanishni hukumatga tavsiya etdi.
Gus ruhoniylarni alohida, imtiyozli toifaga (dinga ishonuvchi oddiy odamlarga nisbatan)
aylag'ggirishga qarshi norozilik bildirib, ruhoniylarni ham, shuningdek, shahar halqini. ham
«har ikkala nozne'mat bilan» (non va vino bilan^dilini poklashni (cho'qintirishni) qattiq
turib talab qildiki keyinchalik bu Gus muxlislarining shiorl.aridan biri bo'lib qoldi.
Qisman Gus ijtimoiy masalalarga ham tegib o'tdi. Biroq Gus inqilobiyer emas edi va shu
vajdan u mavjud feodal tuzumni yemirib tashlashga da'vat etmadi, asosan krepostniklikning
eng og'ir formalarini yumshatishga chaqirish bilanginl cheklandi.. Shu tariqa, Gus panlarni o'z
hukmronliklarini suiiste'mol qilmay, «kambag'allarga mehrshafqatli bo'lish va ularni adolat
bilan idora qilishga da'vat etdi». U qirollik sudlarida bevabechoralarga zulm qilishga va
ularning ko'ngillarini vayron qilishga qarshi norozilik bildirdi. Gus o'zining bir qancha
og'zaki gaplari va yozma nutqlarida panlar tomonidan o'lib ketgan dehqonlarning molu mulkini
bosib olish (o'lgandan keyingi yig'im) hodisalarini qoralagan edi. «Haqqoniyat yengadi!»,
degan iborani Gus juda yaxshi ko'rardi. Bu so'zlar kelajagiga bo'lgan o''z ishonchini ifodalardi. Dehqonlar . hayotini yaxshi bilgan, o'zi shu
dehqonlar orasidan kelib chiqqal Gus o'z umrining to oxirigacha deyarli qishloq bilan shaxsan
bog'langan edi. Gusning chex tilida qiladigan va'zxonligida eng sodda, hatto xatsavod¦siz
erkak va ayol dehqonlarning kundalik hayotidan olingan va ular bemalol tushunadigan misollar
juda ko'p bo'lardi. Erkak va ayol dehqonlar «mistr Guojing gaplarini zavqshavq bilan
tinglardilar.
Gusning faoliyati Praga arxiepiskopini, so'ngra esa papa kuriyasini ham unga qarshi
oyoqlantirdi. Gusga toatibodat qilish man etildi. U professorlik va rektorlik
lavozimlaridan mahrum etilib, 1412 yilda poytaxtni tashlab ketishga majbur bo'ldi. Gus
yereslik (shakkoklik)da ayblanib, 1414 yilda Konstants sobori sudiga chaqirildi. Imperator
Sigizmund Gusning shaxsini muhofaza qilib, unga qo'riqlov yorlig'i berdi. Gus o'zi aytganidek,
«xaloyiq oldida haqiqatni ochib bermoq uchun», ya'ni cherkov sobori oldida o'z ta'limotining
haq ta'limot ekanligini himoya qilmoq uchun Konstantsga jo'nadi. Bu vaqtda Gusning obro'
e'tibori papanikidan balandroq edi. Ammo Konstantsiga kelishi bilanoq Gus tez orada qamoqqa
olindi. Yepiskoplar sobori ayblanuvchining hatto gapini ham eshitishni xohlamay, uni yeretik
sifatida o'tda kuydirish to'g'risida hukm chiqardi. Sigizmund o'z so'zidan xoinona qaytib Gusga
yordam berishni istamadi. 1415 yilning 6 iyulida Yan Gus Konstants maydonlaridan birida
olovda kuydirildi1.
Guschilarning urushlari. Yan Gusning o'limi Chexiyada chuqur g'azab uyg'otdi. Gusning o'limi
to'g'risida Chexiya va Moraviya ruhoniylari yozma norozilik bildirdilar. Shaharliklar va
dehqonlar Gus behuda jafo chekdi va azoblandi, dedilar. Chexiyada katolitsizmdan ommaviy
ravishda. qaytish hodisalari yuz berdi. Vujudga kelgan «yeretiklik jamoatlari» Gusning cherkov
va jamiyatni islohat qilish haqidagi g'oyalarini amalga •oshirishga da'vat etib, shu bilan Gus
ta'limotini chuqurlashtira va inqilobiylashtira bordilar.
Guschilarga qarshi hukumat tomonidan jazo choralari qo'llanila boshlashi munosabati bilan 1419
yil 30 iyulda Pragada
shaharliklarning qo'zg'oloni bo'ldi. Praga va uning atrofidagi shaharlarning plebeylar ommasi
1419 yilgi Praga qo'zg'olonining eng faol kuchi bo'ldi, bu qo'zgolonga kambag'allar orasida
nom chiqargap Praga ruhoiiysi Yan Jelivskiy boshchilik qildi. Qo'zg'olop patijasida qirol
Vatslav amalda taxtdan ag'darib tashlandi. Vatslav Pragadan qochib ketdi va tez orada, o'sha
yiliyoq vafot etdi. Vatslav o'rniga uning ukasi imperator Sigizmund Chexiya /gaxtiga vorislik
qilishi lozim edi. Gusning o'ldirilishida Sigizmundning qabih yo'l tutganligi va Gusni
ochiqdanochiq yomon ko'rganligi hamda Sigizmundning nemis feodallari bilan aloqa qilganligi
tufayli chexlar hatto uning nomini ham eshitgilari kelmadi. Na panlar, na shlyaxta, na
shaharliklar Sigizmundga itoat etishni istamasdilar. Qishloqlarda cherkov va dunyoviy (nemis)
katta yer egalariga qarshi harakat boshlanib ketdi. Chexiya 1419 yilning avgustidan e'tiboran
haqiqatda Germaniya bilan aloqasini uzib, mustaqil davlat bo'lib oldi.
Odatda guschilarning urushlari degan nom bilan atalgan Buyuk Chexiya dehqonlar urushining
harakatga keltiruvchi kuchlari juda keng va turlituman edi. Zng boshidan boshlab guschilar
xarakatida birbirovga ochiqdanochiq qaramaqarshi ikki qanot paydo bo'ldi:
1) chashniklar yoki podoboylarning mo''tadil partiyasi (guschilarning shiorlaridan biri—
harikkala nozne'mat, ya'ni non va vino bilan dilni poklash) bo'lib, bunga panlarning, yirik
ritsarlarning va shaharliklarning (asosan Praga shaharining) vakillari kirgan edi va 2)
taboriylarning (ularning Tabor yoki Favoradagi harbiy lageri nomidan olingan) radikal
demokratkk partiyasi bo'lib, uni xonavayron bo'lgan ritsarlar, eng kambag'al hunarmandlar va
dehqonlar tashkil qilardilar. Chashniklarning «to'rtta modda» deb atalgan dasturm Chexiyada
toatibodat chex tilida ado etiladigan milliy guschilar cherkovini qaror toptirishni va
cherkov molu mulkini tortib olib hukumat ixtiyoriga berilishini talab qilardi. Chashniklar
boshqa hech qanaqa ijtimoiy va siyosiy islohat qilishni ilgari surmadilar.
Siyosiy jihatdan olganda chashniklar monarxiyani saqlab qolish tarafdorlari edilar. Chashniklar
Lyuksemburglar dinastiya (sulola)si bilan aloqani uzib, ular Pol`shaLitva valiahdi Sigizmund (yoki
Jigimont) !HH Chexiya qirolligining regenti sifatida Pragaga taklif etdilar. Keyinroq
chashniklarning eng yirik rahbarlaridan biri bo'lgan boy pan Yuriy (chexcha Yirji) Podebrad
qirol regenti bo'lib oldi. XV asrning 20yillari boshlarida chashniklar Praga plebeylari
oppozitsiyasi bilan qattiq janjallashib qolishdi. Poytaxtda oppozitsion demokratii harakatning
o'sib borishidan cho'chigan chashniklar Praga demokratiyasining rahbari Yan Jslivskiynn halok
etishga shoshildilar. 1422 yilning 9 mart ko`pi Jelivskiyni aldab ratushaga chaqirib, so'ng uni
qamoqqa oldilar va shu yerning o'zidayoq o'limga hukm qildilar hamda ratusha binosida qatl
etdilar. Aslida bu chinakam siyosiy qotillik edi, shahar kengashining a'zolari
(ko'nshelashlar) xalq ommasidan qo'rqqanlari vajidan bu qotillikni zimdan va juda tez amalga
oshirgan edilar.
Guschilarning boshqa lageri, ya'ni taboriylar Sigizmund bilan, nemis feodalla.ri, eng yirik
papalik va katolik cherkovi bilan olib borgan kurashlarida ancha inqilobiy, eng qat'iy va
izchil edilar. Taboriylar ham o'z dasturlarida «Praganing to'rtta moddasi»ni tan olib,
buxmoddalarning mazmunini kengroq talqin etdilar va ularga o'zlarining antifeodal
talablarini kiritdilar.
Diniy sohada taboriylar hech qanaqa oliy cherkov iyerarxiyasisiz cherkov jamoalarini bemalol
barpo etish va tamomila erkin targ'ibot olib borishga erishish talabiniyoqlab chiqdilar. Siyosiy
sohada taboriylar «qirolsiz davlat qurish», ya'ni respublika tarafdori edilar.
Taboriylarning asosiy ijti
L
moiy talabi—qaram dehqon huquqni bekor qilish va yerni jamoa mulkiga aylantirish, ya'ni uni
mehnatkash dehqonlarga berishdan iborat edi. Feodalpomeshchiklarning qaram dehqonlik zulmiga
taboriylar katta gunohlardan («o'lim darajasidagi gunohlar»dan) biri deb qarardilar.
1410 yilgi Gryunval`d jangining qatnashchisi, g'oyat zo'r sarkardalik qobiliyatiga ega bo'lgan
ritsar Yan Jij k a (1360— 1424) taboriylarning rahbari edi. 1424 yilda Jijka vafot etgandan
keyin sobiq ruhoniy Prokop (Velikiy) (Katta) uning vorisi bo'lib qoldi. Boshqa Prokop yoki
Prokop (Mali y) (Qichkina) uning yordamchisi edi.
Uta taboriylar yoki pikartlar to'liqmolu mulk tengligiga va davlatni yo'qotishga da'vat
etardilar, ularning ba'zilari hatto ateizmga yaqinlashib qolgan edilar. Uta taboriylar
Isoni oddiy odam deb hisoblardilar, xudoy taolo haqida ular, xudo aqlidrok va vijdon
singari kishilarning dilidagina mavjuddir, deb ta'lim berardilar. Uta taboriylarga va'zxon
Martin Guska boshchilik qilardi; biroq Jijka o'ta sektantlarning faoliyati umumiy ishga zarar
beradi deb hisoblab, ularni 1421 yildayoq Tabordan uzoqlashtirgan edi. Jijkaning bu tadbiri
albatta, inqilobiy lager` kuchlarini zaiflashtirib^ qo'ygan edi.
Dastlabki paytda chashniklar bilan taboriylar Sigizmund va nemis feodallariga qarshi
birgalashib harakat qilgan edilar. Yan Jijka rahbarligida ozgina qismi ritsarlardan, ko'p
chilik qismi esa dehqonlardan (piyoda) tashkil etilgan guschilarning doimiy qo'shini xalq
qo'shini hisoblanardi. Bu doimiy qo'shin dushmanga nafrat ko'zi bilan qarardi va u yuksak
intizomli qo'shin edi. Jijka harbiy ishda yangi usullarni qo'lladi. U aravalarda bemalol ortib
olib yuriladigan yengil zambaraklarni ishga soldi. Uning piyoda askarlari g'oyat chaqqon va tez
harakat qilardi. Piyoda askarlarni odatda (urush paytlarida) aravalarda ortib yurilardi,
aravalar bo'lsa o'ziga xos istehkom xizmatini ham o'tardi. Buning uchun yo'lda ma'lum joyga
kelib to'xtalgan mahalda shu yukli aravalarni zanjir bilan mustahkamlanardi, ular o'rtasidagi
bo'sh joylar esa taxtalar bilan to'silardi, shunday qilib, dushman otliq askarlari hujum qila
olmaydigan mustahkam lager` paydo bo'lardiki, uni bunyodga keltirish va buzib tashlash oson
edi.
Guschilar nemis ritsarlariga to'satdan bir qancha qaqshatqich zarbalar bera oldilar. 1420—1431
yillar davrida imperator bilan papa tuschilarga qarshi besh marta salib yurishi uyushtirgan
bo'lsalarda, lekin bu yurishlarning hammasi muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqdi. 1420 yilning 14
iyulida Yan Jijka Praganing yonginasida Vitkova (hozirgi Jijka) tog'i etagidagi jangda salib
yurishi qo'shinlarini tor-mor keltirdi. Jijkaning Praga yonidagi g'alabasi butun mamlakatni
qoplagan inqilobiy harakatning yanadayuksalishigasababchi bo'ldi. 1421 yilda Chexiya seymi
Sigizmund Chexiya tojtaxtidan mahrum qilinadi, deb e'lon qildi. Guschilar 1422 yil boshida
Nemis kechuvi yonidagi jangda salibchilarustidan ayniqsa katta g'alaba qozondilar (bu
salibchilarning ikkinchi yurishi edi). 1424 yil yozida Jijka Malishovo shahri yonida salibchilarni
yengib, muhim punktni — Kutenburg (chexcha Kutna gora) shahrini bosib oldi. Kutenburg shahri
Chexiyadagi nemis kolonizatsiyasining asosiy markazi hisoblanardi. Bu jangda Yan Jijka ko'zi
ko'r holda qo'shinlarga qo'mondonlik qildi va shunga qaramay, ajoyib g'alabaga erishdi.
Salibchilarning uchinchi yurishi daf etilgandan keyin, tez orada Jijka Moraviyaga ketib qoldi
va shu yerda o'lat kasalligidan vafot etdi. Uning vorisi Prokop Katta kurashni muvaffaqiyat
bilan davom qildirib, 1426 yilda Ust`Laba shahari yonida nemis ritsar qo'shinini yakson qildi
(bu salibchilarning guschilarga qarshi olib borgan to'rtinchi yurishi edi). Ana shu jangda nemis
ritsarlaridan 15 mingga yaqin kishi o'ldirildi.
Taboriylar qo'shinining yutuqlari nemis feodallariga dahshat solardi. Guschilar qo'shini ko'chib
yuradigan harbiy aravalarning taqirtuqurigina nemis ritsarlarining tumtaraqay qochishlari
uchun kifoya edi. Masalan, Texov shahri yonida hatto dushmanning aftangorini ko'rmasdan ham
salibchilar 1427 yilda yoppasiga qochdilar. Taboriylarning o'zlari nemis feodallarining
hujumini daf etib, ularga qarshi hujumga o'tdilar va Saksoniya, Brandenburgga va hatto Boltiq
bo'yi Prussiyasiga (1427 y.) kirib bordilar. 1431 yili Domajlits shahari yonidagi (Pl`zen`
shaharining janubig'arbida) jangda salibchilar beshinchi yurishining daf etilishi guschilarning
nemis feodallar ustidan qozongan oxirgi g'alabasi edi. Papa Yevgeniy IV bilan imperator
Sigizmund guschilarga qarshi ruparadan qilinadigan yangi ataka planidan voz kechib, taktikani
o'zgartirishga qaror qildilar. Ular guschilar orasiga nizo solib, chashniklarni o'z tomonlariga
qaratib olishni maqsad qilib qo'ygan edilar. Ular bu maqsadlariga erishdilar. Chashniklar
taboriylarning erishgan yutuqlariga havas bilan qarasalarda, lekin inqilobning bundan
buen chuqurlasha borishidan xavfsirardilar.
Tabor shahri o'sib, qochoq dehqonlar bilan shahar kambag'allarining ko'plab bu yerga oqib
kelishi, demokratii islohatlar o'tkazish kerakligi haqidagi talablar panlarni va boyib ketgan
pragalik meshchanlarni qo'rqitib qo'ydi. Bazel`dagi cherkov sobori cherkov yerlarini qisman
sekulyarizatsiya qilish (davlat ixtiyoriga olish)ga va diniy urfodatlarga ba'zi bir o'zgarishlar
kiritishga rozilik berib, chashniklarga bir oz yon bergandan keyin chashniklar bu takliflarga
qattiq yopishib oldilar.
1433 yilda Pragada Praga kompaktatlari nomi ostida alohida kelishuv bitimi tuzildi. Shundan
keyin chashniklar nemis feodallariga qarshi kurashni to'xtatib, taboriylarga qarshi kurashshi
uchun nemis feodallari bilan birlashdilar. 1434 yili Lipani (bu joyning boshqa nomi—Chexiya
kechuvi)
yonidagi jangda chashniklar endi nemislar bilan birgalikda taboriylarga qarshi urushdilar.
Taboriylar yengildilar. Har ikkala Prokop o'ldirildi. Oddiy taboriylarning ko`pi halok bo'ldi.
Taboriylar Janubiy Chexiyada bir qancha tayanch punktlarga suyanib turib, shundan keyin ham
kurashni davom ettirdilar. Tabor shahari to 1452 yilgacha qattiq turib berdi, shundan keyin u
oxiri chashniklar tomonidan qo'lga olindi va vayron qilib tashlandi.
Chashniklar imperator Sigizmundni qirol deb tan oldilar. Sigizmund vafot etgach (1447 y.)
Chexiya taxti Gabsburglardan birining o'g'liga erga tekkan qizining o'g'li (Sigizmundning
nevarasi) qo'liga o'tdi. Bu yosh qirol bo'lganligi uchun butun hokimiyat panlar qo'lida edi.
Keyinroq 1458—1471 yillar davrida, Chexiya taxtini chashniklar to'dasining liderlaridan biri
bo'lgan Yuriy (Iirji) Podebrad egalladi. Podebrad o'lgandan keyin chexlarni Yagellanlarning
polyak dinastiya (sulola)siga mansub odamlar bir oz vaqt idora qilib turdi. Bu dinastiya (sulola)ning so'nggi
vakili 1526 yilda qazo qildi. Bu vaqtda g'oyat katta kuchqudratga ega bo'lgan turklar
Chexiyaga xavfxatar solayotganligi uchun chex panlari tojtaxtni yana Gabsburglar qo'liga
topshirishga qaror berdilar. Shunday qilib, Chexiya yana Germaniya imperiyasi tarkibiga
kirdi.
Guschilar olib borgan urushlarning tarixiy ahamiyati. Guschilar mag'lubiyatga uchrashlariga
qaramay, guschilarning urushlari Chexiya tarixida juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. O`rta asrlar
oxiridagi eng yirik dehqonlar harakati, ajnabiy nemis hukmronligiga qarshi keng avj olgan
milliy harakat va nihoyat, ilk cherkov islohattsiyasi (ko`rinishi)1 o'rta asr katolik cherkoviga qarshi
qaratilgan qo'zg'olon guschilarning urushlarida bir butun bo'lib chirmashib ketdi. Guschilarning
urushlari Chexiyada nemislar zo'ravoiligiga zarba berib, ularning bundan keyin mamlakatga
kelib kirishlarnpp to'xtatdi. Bu urushlar Chexiyaning Germaniya imperiyasidan uzok, muddatgacha
(100 yildan ortiq) tamomila mustaqil siyosiy ahvolga erishuvini ta'minladi. Durust, Chexiya
keyip imperiyaga qaytadan kirdi, lekin bu safar endi ma'lum shartpomalar asosida kirdi. XVII
asrning birinchi yarmidagi Uttiz yillik urushgipa Chexiyani uzoq vaqtgacha istilo etilgap
viloyatga aylantirib qo'ydi.
Guschilarning bo'lib o'tgai urushlari davri, shu tariqa Chexiyaning milliy ozodlik davri bo'ldi,
shuning uchun u chex madaniyatining yuksalish zamoii ham edi. XV va XVI asrlarda chex tili hamda
chex adabiyoti katta yutuqlarga erishdi. Yan Gus chex grammatikasini yezdi va chex tili
orfografiyasini yaratdi, chex xalqi hozirgacha shu grammatika va orfografiyadan foydalanib
kelmoqda. Gusnipg chex tilida bosilib chiqqan asarlari hozirgi zamon chex adabiy tiliga asos
qilib olindi. Guschilarning urushlari davri ko'pgina adabiysiyosiy yodgorliklar: pamfletlar,
satirala'r, harbiyinqilobiy gimnlar, qo'shiqlar va boshqalar qoldirgan. XV va XVI asrlarda
Chexiyada tarixiy xronikalar tuzish borasidagi ishlar yaxshi avj olib, davrning ulkan voqealari
ana shunday tarixiy xronikalar tuzish uchun boy va dramatik materiallar bergan edi.
XV asrning 50 yillarida, inqilobiy to'lqin pasaygandan keyin guschilar orasida «chex
birodarlari», deb atalgan xiyla osoyishta bir oqim paydo bo'ldi. «Chex birodarlari» rqimining
ideologi yirik yozuvchi Pyotr Xelchitskiy (1390—1460) edi. Xelchitskiynig yozgan asarlarida
katolik cherkovi va butun feodalkrepostniklik tuzumi chuqur tanqid qilinsada, lekin
avtor endi inqilobiy kurashdan voz kechgan edi. Xelchitskiy har qanday davlatni «gunoh» deb
hisoblab, zo'rlikni rad etgan, urushni, sudda qatnashishni, soliqlar to'lashni qoralagan edi.
Ayni zamonda Xelchitskiy va uning muxlislari xalq orasida maorifni taraqqiy qildirishga ko'p
e'tibor berar zdilar. «Chex birodarlari»ning bu oqartuvchilik an'analari bundan keyin ham
saqlanib qolgan edi. Ular maktablar tashkil etdilar, pedagogika masalalari bilan
shug'ullandilar. Shular orasidan keyinchalik mashhur chex pedagogi, yangi pedagogikaning
yaratuvchisi YanAmosKome nekiy (1592—1670) yetishib chiqqan edi.
Milliy harakat sifatida muvaffaqiyat qozongan guschilar harakati dehqonlar qo'zg'oloni
sifatida mag'lubiyatga uchradi.
Dehqonlar bilan boshqa demokratik tabaqalarning manfaatlarini ifodalagan taboriylar yer
bilan yakson qilindi. Shuning natijasida Chexiyada feodalqaram dehqonlik rejimini tugatish
masalasi ham hal etilmay qolib ketdi. Chex panlari siyosiy hokimiyatdan o'zlarinig tor sinfiy
manfaatlari yo'lida foydalanib, XV asrning ikkinchi yarmida hatto qaram dehqon huquqni
kuchaytirib yubordilar. 1474 va 1487 yillardagi seymlar panlarning roziligini olmay turib,
dehqonlarning yer egasilardan «chiqib ketishi»ni man qiluvchi qonunlar qabul qildi. Qochib
ketgan qaram dehqonlarga va ularni yangi joylarda qabul qilganlarga eng qattiq jazo choralari
belgilandi.
Panlar shaharliklarga nisbatan ham tor ma'nodagi toifaviy siyosat yurgizdilar. 1497 yilgi
seymda Chexiyadagi oliy davlat mansablarini faqat dvoryanlar toifasiga mansub shaxslargina
egallashlari mumkin degan qaror qabul qilindi. XV asr oxiridan boshlab meshchanlarning
seymdagi vakillari kamaytirildi va birgina Praga shahari deputatlarigina kiradigan bo'lib
qoldi.
XXIII BOB
XIII—XV ASRLARDA ITALIYA VA PAPALIK
XIII—XV asrlarda Italiyaning iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti. Keyingi o'rta asr davridagi
Italiya g'oyat notekis rivojlangan bir mamlakat edi. Uning eng rivojlangan qismi shimoliy
tumanlar, ya'ni L o m b a r d i ya Q,6 lasti va Toskaniya shaharlari edi. Bu yerda eng yirik
savdo shaharrespublikalari — Genuya va Venetsiya bor edi. Eng yuksak sanoat taraqqiyoti
darajasiga erishgan shaharlar orasida Milan va Florentsiya ajralib turardi. Italiya markazi —
Papa mintaqa` yoki Papa davlati deb atalgan yer — qoloq bir tuman edi. Bu yerda rivojlangan
hunarmandchilik ham, savdo-sotiq ham yo'q edi. Mahalliy aholining bir qismi dehqonchilik
bilan kun ko'rardi, bir qismi ziyoratchilarga va Rim cherkovining ko'p sonli ruhoniylariga
xizmat qilardi. Italiyaning janubi — Ikkala Sitsiliya qirolligi — Shtaufenlar halokatidan
keyin fransuz feodallari hukmronligi ostiga o'tgan edi. Ularga fransuz Qapetinglaridan
biri bo'lgan Karl Anjuyskiy (1268 yildan) boshchilik qilardi. Mahalliy aholi uchun bu hol shu
aholini ekspluatatsiya qilishni yanada kuchaytirib yuborgan yangi ajnabiy
feodallarning ko'plab oqib kelishini bildirardi. Ochko'z «fransuz kelgindilari» yer mulklarni
bosib olar va turli yo'llar__bilan feodal renta (yer solig`i)sini oshirardilar. Fransuz feodallari Sharq
mamlakatlariga nisbatan tutgan o'z siyosatlari natijasida Janubiy Italiyaning arab
mamlakatlari bilan olib borgan savdosiga katta putur yetkazdilar, holbuki ilgari Shtaufenlar
bu mamlakatlarni qo`llab-quvvatlagan edilar. Bosqinchifransuz feodallariga nafrat ko'zi
bilan qaragan sitsiliyaliklar 1282 yilda qo'zg'olon ko'tarib, oroldagi fransuz
harbiy kuchlarini qirib tashladilar. Qo'zg'olon 1282 yil 31 mart ko`pi kechqurun Palermoda
boshlandi. Bu qo'zg'olon «Sitsiliya oqshomi» nomi bilan tarixga kirgan, chunki oqshomda
chalingan qo'ng'iroq qo'zg'olonni boshlash uchun signal bo'lib xizmat qilgan edi. Apennin yarim
orolini hamon o'z qo'lida saqlab turgan fransuzlarning jazo choralaridan
qutulib qolmoq uchun sitsiliyalik feodallar Aragon hokimiyati ostiga o'tdilar (1302 yildan).
1445 yilda Aragon Neopol` qirolligini ham bosib olishga muvaffaq bo'ldi. Shunday qilib,
Italiyaning butun janubi uzok vaqtgacha ana shu ajnabiy davlat tarkibiga kiritildi.
XIII—XV asrlarda Italiyaning shimoliy shaharlari eng ko'p ravnaqqa erishdilar. Bu shimoliy
shaharlar ijtimoiy va siyosiy tuzumining o'ziga xos xususiyatlari to'g'risiya quyidagi ikkita
shahar: shaharrespublika doirasidan aycha tashqariga chiqqan yirik savdogarlar dengiz davlati
namunasini ko'rsat* an Venetsiya va eng rivojlangan sanoat markazi, eng keskin sinfiy kurash
maydoni bo'lgan va ayni zamonda yangi ital`yan Renessans (Uyg'onish) madaniyatining asosiy
markazi hisoblangan Florentsiya ayniqsa ravshan tushuncha beradi.
Venetsiya respublikasi. «Adriatika malikasi» bo'lgan Venesiya XIII asrdayoq ulkan dengiz
davlati bo'lib olgan zdi. XIV— XV asrlarda uning yerlari yanada kengaydi. Italiyadagi
Adriatika dengizi sohillardan tashqari, u Moreyaning (qadimgi Peloponnesning o'rta asr
zamonidagi iomi) janubiy qismini, Egey dengizidagi Evbeya orolini, Kiklad orollarining
bir qismini, shuningdek, Krit orolini va XV asr oxiridan boshlab Kipr orolini egallagan
edi. Venetsiyaning juda katta savdo floti bor edi. Uning O`rta dengizning sharqiy yarmidagi
savdosi XV asrga kelib deyarli monopol xarakterga ega bo'ldi. Vizantiya, Misr, Suriya,
Egey dengizi orollari savdo-sotiq masalasida tamomila Venetsiyaga qaram edilar. Ammo
Venetsiya kemalari G'arbiy Yevropa—Ispaniya, Portugaliya, Janubiy Fransiya, Angliya va
Niderlandiya gavanlariga ham muntazam qatnab turardi. Venetsiyaning o'zi 200 ming aholiga ega
bo'lgan ulkan shahar bo'lib, bu aholi savdo-sotiqdan tashqari, sanoat bilan ham
shug'ullanardi. Venetsiya movutlari va ipak gazlamalari, Venetsiya oynasi, qurol-yarog'i,
qahrabodan ishlangan buyumlari (tasbeh, marjon va hokazolar) butun Yevropa bo'ylab tarqalardi
va Sharq bozorlarida ko'plab sotilardi. Yaqin Sharqning G'arbiy Yevropa bilan olib borgan
savdosida asosiy dallol bo'lgan Venetsiya Yevropada pul muomalasining rivojlanishiga katta
ta'sir ko'rsatgan edi. Venetsiyaning oltin dukatlari ko'pgina asrlar davomida Yevropada
xalqaro tamg'a bo'lib qolgan edi.
Venetsiya o'zining eng xavfli raqobatchisi — Genuya bilan uzoq vaqtgacha shiddatli kurash olib
bordi. O`rta dengizning g'arbiy yarmida hukmronlik qilgan Genuya savdo respublikasi shu
dengizning sharqiy yarmiga, Venetsiyaning «ta'sir doirasi»ga ham o'tib kirishga intilar edi.
Genuya Venetsiyaga qarshi Vizantiyani qo`llab-quvvatlardi va venetsiyaliklar ishtirokida
salibchilar tomonidan barpo etilgan Lotin imperiyasining o'zini qulatishga ko'p yordam qilgan
edi." Qora dengiz sohilida Genuyaning ko`pdan-ko`p mulklari bo'lib, Qrimdagi Kafa, Balaklava
va Sudak shaharlari unga qarar edi. Genuya Adriatika dengiziga ham kirishga urinib ko'rdi.
1298 yildayoq genuyaliklar Adriatika dengizidagi Kurtsol yonidagi dengiz jangida Venetsiya
flotini yakson qildilar. Shundan keyin ham kurash yana butun bir asrgacha davom qildi, XIV asr
o'rtalarida genuyaliklar Adriatika dengizi sohilida Venetsiyadan uncha uzoq bo'lmagan joydagi
K`oja portipi bosib oldilar. Ammo pirovardi, Venetsiyaning har holda qo'li baland keldi.
1380 yilda K`oja portiga yaqin joyda qat'iy jang bo'lib, Venetsiya floti Genuya flotini
tamomila yanchib tashladi. Illy vaqtdan boshlab genuyaliklarning O`rta dengizning sharqiy
qismidagi hukmronligi barham top
di. Venetsiya kemalari hatto Qora dengizga ham kiradigan bo'ldilar. Genuyaliklarning Qrimdagi
savdo koloniyalaridan sal nariroqda, Don mansabida, XIV asr boshlarida venetsiyaliklarning
Tana faktoriyasi (hozirgi Azovga yaqin joyda) tashkil etilgan edi.
Apennin yarim orolining o'zida Venetsiya ancha katta hududni bosib olgan edi. XV asrda
Verona, Paduya, Breshiya va Ravenna shaharlari Venetsiyaga bo'ysunardilar. Bolqon yarim orolining
shimoli-g`arbiy Dalmatsiya sohilini ham Venetsiya nazorat qilib turardi.
Venetsiya respublikasining siyosiy tuzumi. Butun o'rta asr davomida Venetsiya savdooligarxiya
respublikasi bo'lib qolaverdi. Qudratli shahar patritsiati (unda savdogarlar, bankir va
dvoryanlarning oilalari o'z manfaatlari jihatidan birbirovlari bilan chirmashib ketishgan edi)
o'z hokimiyatini qizg'anchiqlik bilan qo'riqlab, bu hokimiyatda hatto aholi o'rta ta
baqalarining qatnashishiga ham yo'l qo'ymas edilar. Venetsiya boshqarmasining g'oyat murakkab
sistemasi ana shu maqsadga xizmat qilishi lozim edi. Venetsiya respublikasining tepasida doj
(lotincha aynan «gersog» demakdir) turgan bo'lib, u Venetsiyaning eng zodagon patritsiat
xonadonlariga mansub odamlar orasidan umrbod saylab qo'yilar edi. Dojning hukumati senat
edi, senat esa kichik kengash yoki sin`oriya tomonidan rasmiylashtirilardi. Senyoriya, o'z
navbatida, respublikaning oliy qonunchilik va nazorat qilish organi hisoblangan Katta kengash
tarafidan saylanardi.
1297 yilda Katta kengash «yopib qo'yildi». Katta kengash a'zolarini saylash huquqi ma'lum
aristokratik xonadonlarga (jami bo'lib bir necha o'nlab oilalarga)gina berildi. Bu xona
donlarning hammasi alohida «oltin kitob»ga yozib qo'yilgan edi. Venetsiyada 1310 yilda katta
fitna fosh etildi, fitnachilar oligarxiya rejimini ag'darib tashlashni maqsad qilib qo'ygan
edilar. Fitna bostirildi. Shundan keyin Venetsiya davlat tuzumi yanada tor doiradagi oligarxiya
diktaturasi xususiyatlarga ega bo'ldi. Oligarxiya o'z hukmronligini saqlab qolish uchun
favqulodda organlar barpo etdi, bu organlar do'qpo'pisa qilish, zimdan o'ldirish va qiynoq
azobga solish yo'li bilan o'sha vaqtdagi mavjud siyosiy rejimni demokratlashtirmoqchi bo'lgan
odamla.rni qattiq jazoladilar. «Qirqlar kengashi» va «Unlar kengashi» ana shunday organlar
hisoblanardi. Bu favqulodda tribunallar ba'zan yakka bir shaxe hokimiyatini o'rna4 tishga
uringan zodagonlarning vakillarini ham burdalab tashlardi. Dojlarning o'zlari ham ana shu
dahshatli organlar nazorati ostida ishlardilar. Davlat to'ntarishi yasamoqchi bo'lgan doj Marino
Fal`erining 1355 yilda boshini tanasidan judo qildilar. O`rta asr Venetsiyasining avaxtalari
mudhish bir zindon bo'lib, ularning tomlari qo'rg'oshin taxta bilan yopilardi. Yozning jazirama
oftobida qizigan bu «qo'rg'oshin avaxta
\

lar»da yotish mahbuslarni beto'xtov qiynashazoblashdan boshqa narsa emas.


Venetsiya respublikasi faol agressiv tashqi siyosat yurgizardi. Dastlab Vizantiya, keyin esa
Genuya bilan, nihoyat, Turkiya bilan olib borilgan kurash Venetsiya hukumatidan juda katta
moliyaviy mablag'ni harbiy va diplomatik vositalarni talab qildi. XVI asrda va undan keyingi
asrlarda O`rta dengiz savdosida hukmronlik vaziyatni saqlab qolish, Venetsiya respublikasiga
yanada qiyinroq bo'ldi. Chunki XVI asrda va undan keyingi asrlarda G'arbiy Yevropada yirik
markazlashgan davlatlar tarkib topib, bu davlatlarning bir qismi endi ulkan
mustamlakalarni qo'lga kiritgan va jahon bozoridagi savdoga qatnasha boshlagan edi. Bunday
sharoitlar diplomatik Vene
siya respublikasi uchu'n katta ahamiyatga ega bo'ldi. Venetsiyaliklar Yevropada birinchi u yoki
boshqa saroyga tayinlangan doimiy elchilar (rezidentlar) yubora boshladilar. Elchilar o'zlari
yashab turgan mamlakatda nimalar bo'layotganligini Venetsiyaga batafsil xabar qilib turishlari
lozim edi. Venetsiya elchilarining bizning zamonamizgacha yetib kelgan arxivlari faqat
Venetsiyaning o'zining tarixi (uning savdosi va tashqi siyosati tarixi) uchun qimmatli material
beribgina qolmaydi, balki u Venesiyaning diplomatik yozishmalarida aks etgan Yevropadagi
boshqa mamlakatlarning tashqi va ichki siyosatini o'rganish uchun ham keng ma'lumotlar beradi.
Florentsiya. «Italiya Afinasi» hisoblangan Florentsiya Arno daryosi sohillarida joylashgan. V
asrdagina yuzaga kelgan va VII asr oxiridan sal burunroq anchagina katta shaharga aylangan
Venetsiyadan farq qilib, Florentsiya antik davrdayoq mavjud edi. Biroq u o'rta asr davriga
kelibgina yirik sanoat markazi bo'lib qoldi. O`rta asr Florentsiyasnning asosiy boyligi 'movut
edi. XIII asrdayoq Florentsiyada movut to'qib chiqarish uchun uning mahalliy juii kifoya qilmas
edi. Junni chet ellardan — Ispaniya, Janubiy Italiya, hatto Angliya va Shotlandiyadan tashib
keltirilardi. XIV asr o'rtalarida Florentsiyada yuqori sifatli movutdan bir yilda o'n minglab
to'p ishlab chiqaradigan manufaktura tipidagi yirik movut ishxonalari soni 200 dan ortar
edi. Florentsiyada movut ishlab chiqaradigan sanoatdan tashqari, ipak gazlamalari to'qish,
mo'ynachilik, zargarlik hunarlari taraqqiy etgan edi. Nihoyat, Venetsiya va Genuyaga qaraganda
Florentsiya ko'proq savdosudxo'rlik va bank operatsiyalari markazi hisoblanardi. Rim bilan
qo'shnichilikda yashagan florentsiyalik bankirlar papa kuriyasi bilan ertaroq yaqinlashdilar.
Papalarning aqlga sig'maydigan daromadlari asosan Florentsiya banklariga kelib tushardi.
Papalar faqat Italiyadagina emas, balki butun Yevropada ham o'zlarining cherkov da
romadlarini yig'ishni ko'pincha florentsiyalik bankirlarga topshirib qo'ydilar. Italiya shahar
respublikalari orasida Florentsiya birinchi bo'lib oltin tanga zarb qila boshlagan edi (1252
yildan). Florentsiya florinlari o'zining salmog'iga ko'ra xalqaro savdoda juda keng tarqalib,
Venetsiya dukatlari bilan muvaffaqiyatli raqobat olib bordi.
Florentsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va professional qiyofasi uning o'ziga xos sex sistemasida
aks etdi. XIII va XIV asrlarda Florentsiyada jami 21 sex bo'lib, ulardan yettita katta sex
boshqa mamlakatlardagi singari o'rta asr hunarmandlarining oddiy birlashmalaridai iborat
bo'lmay, balki tarkib topayotgan kapitalistlarning: sanoatchilar, savdogarlar, bankir
larning soyuzlari, qisman eng yuqori haq oluvchi intelligent kasbli vakillarning
korporatsiyalari edi. Florentsiyaning yettita katta sexi tarkibiga: manufakturachilar —
movutsozlar, jun bilan ko'tara savdo qiluvchi savdogarlar, ipakchilar, mo'ynachi lar,
bankirlar, dorixona vrachlari va huquqshunoslar (notariuslar, advokatlar va h. k) kirar edi.
Savdogarlar va sanoatchilar, sex tashkilotlaridan tashqari, O`rta dengiz bo'yidagi turli
bozorlarda asosan.tovarni pullash muddaosida yurgan korxona egalarining ayrim guruhlarini
birlashtirgan yana ko`pdan-ko`p kompaniyalarga ega edilar.
1330 yildayoq Florentsiya aholisi 90000 kishi hisoblanardi. Bu aholining asosiy qismini
ko'pincha o'z uyida manufakturachilarga ishlovchi manufaktura ishchilari tashkil qilar edi.
Ishchilar birorbir sex tashkilotlariga ega bo'lish huquqidan mahrum etilgan edilar va ularni
o'z xo'jayinlari — manufakturachilar eng shafqatsiz ekspluatatsiya qilardilar. Jun tituvchi
ishchilarning ahvoli ayniqsa og'ir edi.
Florentsiyaning siyosiy tuzumi. XII—XIII asrlardayoq Florensiyani keskin siyosiy kurash ich
ichidan kemira boshladi. Gibellinlar dvoryanlar to'dasini tashkil qilardilar. Gvel`flar yirik
burjua to'dasiga kirardilar. 1250 yilda gvel`flar gibellinlar ustidan tamomila g'alaba
qozondilar. Shuning 'natijasida dvoryanlarningbir qismi Florentsiyadan haydab yuborildi,
boshqa qismi siyosiy jihatdan ancha cheklab qo'yildi. «Adolat o'rnatish» degan dabdabali nom
ostidagi 1293 yilgi konstitutsiya Florentsiyada yirik burjuaziya hukmronligini uzil-kesil
rasmiylashtirdi. Respublikaning oliy organi — sin`oriya — tarkibiga katta sexlar yettita (har
syoxdan bittadan) vakil sayladilar, kichik sexlar (garchi ular 14 ta bo'lsa ham) senyoriyaga
hammasi bo'lib atigi ikki vakil sayladilar. Sin`oriya boshlig'i—«adolat gonfalop`eri
(bayroqdorn)» hisoblanardi. U sin`oriya vakili va ayni zamonda shahar lashakarining qo'mon
doni edi.
Chompi qo'zg'oloni. XIV asrning ikkinchi yarmida Florentsiyada ayniqsa tang vaziyat yuz berdi.
Shahar kattalar — grandlardvoryanlar bilan bevosita hokimiyat tepasida turgan savdogarsa
noatchilar qatlami o'rtasida ham hokimiyat uchun kurash keskinlashdi. Gvel`flar to'dasi ichida
grandlarga hech qanaqa yon bermay, 1293 yilgi konstitutsiyaga qattiq rioya qilishni talab qilgan
popolam (xalq) ajralib chiqdi. Ammo katta va kichik sexlar o'rtasida, ya'ni yirik burjuaziya
bilan mayda burjua huiarmaid elementlar o'rtasida ham kurash keskinlashdi. Nihoyat, mazlum na
huquqsiz mayda hunarmandlar va manufakturalarning ishchilari aholining quyi tabaqasi uchun
—«oriq xalq» uchun islohatlar o'tkazishni talab qildilar. Ana shu zaminda 1378 yiliing yozida
Florentsiyada chompi qo'zg'oloni ostida mashhur bo'lgap juda jo'shqin voqealar bo'lib o'tdi. Bu
qo'zg'olonda uch asosiy bosqnchpi ko'rish mumkin.
1378 yil 18 i yun da Florentsiyada hukmron sin`oriyaga qarshi katta xalq namoyishi bo'ldi. Kichik
sexlarning vakillari va Florentsiya manufakturalarining ishchilari, jumladan, chompi degan
umumiy nom ostida mashhur bo'lgan, ayniqsa «semiz»larii
(boy gvel`f burjuaziyasini xalq shunday deb atardi) yomon kurgan jun tituvchilar va uyida
ishlovchi boshqa ishchilar bu xalq namoyishida qatnashdilar.
18 iyundagi chiqishlar katta sexlarning kichik sexlar foydasiga yon berishi bilan tamom bo'ldi,
kichik sexlarning sin`oriyadagi hukumati ancha kengaytirildi. Ammo chompi hech nima olmadi.
Shundan keyin, 1378 yilning 20 iyulida, Florentsiya xalq ommasining yangi chiqishi bo'ldi. Bu
safar chompi harakatda asosiy rol o'ynadi va ba'zi bir yon berishlarga erishdi. Harakat
qatnashchilaridan birining — ishchi Mikel` Lando1 ishtirokida yangi sin`oriya tashkil etildi,
Mikel` Lando gonfalon`yer, ya'ni sin`oriyaning raisi qilib saylandi. Keyin ma'lum bo'lishicha,
Lando harakatga xiyonat qilgan. Lekin boshda ishchilar Landoga ishonib, unga katta umidlar
bog'lagan edilar.
Yangi hukumat bir qancha islohatlar qildi. Jumladan, mayda hunarmandlar va chompilarning
o'zlari uchun uchta yangi sex (ular orasida jun tituv sexi) vujudga keltirildi. Mol-mulk va
daromadlarga progressiv printsipda soliq solinadigan bo'ldi, qarzlarni to'lash muddati
cho'zildi. Xalq eng yomon ko'radigan ko'pgina gvel`f xonadonlari davlat mansablarini egallash
huquqidan mahrum qilindilar.
1378 yil iyulida xalq qozongan g'alaba keyinchalik mustahkamlanmadi. Iirik burjuaziya
ishchilarga ish bermay, ishlab chiqarishni vaqtincha qisqartib qo'yib, ularni ochyalang'och qol
dirdi. Boylarning bu kurgan tadbirlariga qarshi kurashga yangi demokratik sin`oriya kuchsizlik
qildi. Sin`oriyaning boshlig'i Mikel` Landoning o'zi hiylanayrang ishlatib, burjuaziya bilan
ochiqdanochiq kelishuvchilik tomoniga o'tib ketdi. Ishchilar 1378 yil 31 avgustda yangidan bosh
ko'tarib chiqqanlarida, Lando ochiqdanochiq burjuaziya tomoniga o'tdi va u bilan birgalikda
qo'zg'olonni bostirishda ishtirok qildi. Chompilarning yengilishi natijasida ularning sexi
tugatildi. Soliq solish hukmron sinfga foydali eski formalarga ko'chirildi, hokimiyat yana
burjuaziya qo'liga o'tdi. XV asrning 30 yillari o'rtalarigacha siyosiy ishlarga rahbarlik
qilishni o'z qo'lida saqlab kelgan Al`bitstsining boy gvel`f xonadonlari xususan katta
qulayliklarga ega bo'ldilar, XVacprnmr 30 yillari o'rtalariga kelib gvel`f xonadonlari
Medichilar idora ishlaridan siqib chiqarildi.
Medichilar istibdodi. 1378 yil Florentsiya burjuaziyasi uchun benomu nishon o'tmadi. Florentsiya
burjuaziyasining respublikadagi hokimiyati bundan buen favqulodda tadbirlar ko'rish yo'li
bilangina saqlanib qolishi mumkin ekanligini u ana shu paytdan boshlab tushundi. Al`bitstsilar
endi ana shunday «qattiq qo'llik» siyosatini o'tkazdilar. 1378 yilgi voqealarni hali esidan
chiqarmagan xalq ommasi Al`bitstsilarni juda yomon ko'rar edi. Ammo Florentsiyada boshqa boy
oilaLar ham bor edi. Bu oilalarning ba'zilari eski gvel`f patritsiat urug'lariga mansub
bo'lib, ular ancha keyinroq boyib ketgan «yangi kishilar» edilar. Ana shunday yirik burjuaziya
oilalaridan biri, lekin kelib chiqishi jihatidan yangi oilalarga mansub Medichilarning
bankirlik xonadoni edi. Medichilar XIV asrning ikkinchi yarmida papa bankirlari sifatida
maydonga chiqdilar. Ammo u mahalda Medichilar hali shaharning eng boy kishilari deb
hisoblanmas edilar. Medichilar oilasining vakili bo'lmish Sal`vestro Medichi XIV asrning 70
yillarida «semizlar» bilan kurashda eng faol qatnashgan va chompilar bilan ma'lum darajada
do'stlik munosabatlarini saqlay bilgan edi. Demagogii maqsadlar1SH ko'zda tutgan Medichi
qo'zg'olonchilarni tor-mor etgan avgust voqealarida qatnashmagan edi. Shuning o'zi bilan
Medichilar xalq ommasi orasida ma'lum shuhrat qozongan edilar. Shuningdek, Al`bitstsilar
hukmronligi zamonida ham Medichilar oppozitsiyachilik rolini o'ynagan edilar. Medichilarning
tarafdorlari Florentsiyaning quyi xalq ommasi orasida Medichilar foydasiga targ'ibot
yurgizdilar.
XV asrga kelib Medichilar tez boyidilar. Sal`vestroning nevarasi Kozimo Medichi XV asrning
30 yillarida Florentsiyaning eng boy kishisi hisoblanardi, shu sababli Yevropadagi ba'zi
bankirlargina boylik jihatdan Kozimo Medichi bilan tenglasha olardilar, xolos. Al`bitstsilar
Florentsiya bilan raqobatlashuvchi qo'shni Lukka shahari bilan urushda yutqizdilar, bu fursatdan
foydalangan Kozimo Al`bitstsilarni Florentsiyadan haydab yuborishga muvaffaq bo'ldi. Kozimo
Medichi sin`oriyaning a'zosi sifatida 30 yil davomida (1434—1464) Florentsiya respublikasiga
amalda boshchilik qildi. Uning hech qanaqa unvoni yo'q edi va rasman u Florentsiya
"respublikasining oddiy fuqaroi dyob yuritilardi, lekin davlat miqyosida ahamiyatga ega
bo'lgan birorta choratadbir uning roziligisiz qabul qilinmas edi. Sin`oriya ko'pincha Kozimo
Medichining shahar tashqarisidagi villasida( bog'ida) majlis qilardi. Aslida buistibdodning
xuddi o'zginasi bo'lsa ham lekin hali xaspo'shlangan formada edi. Demagogik maqsadlarni
ko'zlagan Kozimo kambag'allar to'lab kelgan soliqni kamaytirdi, ammo buning o'rniga o'zining
raqobatchilari bo'lmish Florentsiyadagi boshqa bankirlarni shafqatsiz xonavayron qilish maqsadida,
shuningdek, o'zining siyosiy raqiblarini hokimiyatdan siqib chiqarish muddaosida Kozimo molnyapiy
siyosatdan beandishalik bilan foydalandi.
Medichi diktaturasi Kozimoning nevarasi Lorentso Hashamatli davrida (1469—1492) ochiq,
surbetlik xarakteriga ega bo'ldi. Uning dabdabali knyazlik hayotidagi obraziga keng me
senatlik kelib qo'shildi. U grek va lotin qo'l yozmalarini, antik haykaltaroshlik
yodgorliklarini va boshqalarni sotib olar va yig'ardi. Medichining hashamatli va saxiyligini
she'rlarda va

prozada^ shuningdek, tasviriy san'atda ko'klarga ko'tarib maq


tagan ko'pgina gumanistlar — yozuvchilar, shoirlar, rassomlar uning nafaqasi hisobiga kun
ko'rardilar. Bank operatsiyalarini keng miqyosda olib bs*rgan Lorentso biror moliyaviy
qiyinchilikka tushib qolgan mahalida, hech qanday tap tortmay davlat xazinasi mablag'laridan
ham foydalanardi. Ayni zamonda Medichi papalik bilan tobora yaqinlashib, papalar sayloviga
bevosita aralashadigan bo'ldi. XVI asr boshlarida Lorentsoning o'g'illaridan biri Lev X nomi
ostida papa bo'lib olgan edi.
Italiya madaniyatini ravnaq toptirishda Florentsiyaning ro
li. Bir necha asrlar mobaynida Italiyaning asosiy sanoat, savdo
va bank markazlaridan biri bo'lgan, o'zining siyosiy tuzumida murakkab evolyutsiyani boshidan
kechirgan, o'zining tez-tez yuz berib turadigan keskin ijtimoiy nizojanjallari bilan
zamondoshlarining e'tiborini o'ziga jalb etgan Florentsiya, ayni vaqtda, XIII asr va ayniqsa
XIV—XV asrlar davomidagi Italiyaning yirik madaniy markazy ham edi. Italiyaning shuhratiga
shuhrat qo'shgan va keyingi o'rta asr Yevropasining boshqa mamla katlariga ana shu
yerdan tarqalgan buyuk gumanistik harakat
xuddi shu yerda vujudga kelgan va tarkib topgan edi. Ilk buyuk gumanistlar Dante, Petrarka va
Bokkachcho Florentsiya respublikasining fuqarolar'i edi. Uyg'onish davri san'ati birinchi marta
porloq natijalarga erishgan joy Florentsiya edi. Bu haqda «XIV—XV asrlarda Italiyada ilk
Uyg'onish va gumanizm»— degan bobda batafsil gapiriladi1.
Italiyaning boshqa shaharlaridagi istibdodi. Medichi istibdodi XV asr Italiyasida yakkayu yagona
emas edi. Bunday davlat to'ntarishlari Shymoliy Italiyaning boshqa shaharlarida ham bo'lib o'tgan
edi. Bu yerda farq faqat shunda ediki, Shymoliy Italiya shaharlarining mustabidlari ko'proq
dvoryan oilalari dan chiqqan odamlar bo'lardi. Milandagi Viskontlar, Ferrar
dagi d'Este, Verondagi Skaligerlar ana shunday odamlardan
edilar. 1450 yili Milanda hokimiyatni Franchesko Sfortsa bosib oldi, u o'z zamonasining
kondot`eri (ya'ni yollanma qo'shinlarning boshlig'i) edi. Bu barcha davlat to'ntarishlariga sabab,
boyigan burjuaziya bilan mazlum shahar plebey ommasi o'rta
sida sinfiy kurash g'oyat keskinlashgan bir vaziyatda shahar respublikalari siyosiy tuzumining
inqirozga uchrashi edi.
O`rta asrlardagi ital`yan dehqonlari ahvolining xususiyat
lari. Italiya dehqonlarining ahvoli Yevropaning boshqa mamla
katlardagi dehqonlar ahvolidan ancha farq qilar edi. Italiyada shaharlar g'oyat ilk davrda
rivojlanganligi tufayli, bu yerda qaram dehqon huquq Fransiya, Angliya va Germaniyadagi sin
gari klassik bir formada taraqqiy eta olmagan edi.
Italiyada dehqonlar feodallarga shaxsiy qaram bo'lmay, bal
ki ko'proq yer tufayli ularga mute edilar. Dehqon istagan pay tida yerdan voz
kechib, istiqomat qilib turgan joyini tashlab keta olardi. Uning yer uchun to'laydigan haqi
odatda yozib qo'yilgan bo'lardi. Ammo bu, asosan Shimoliy va O`rta Italiyada shunday edi.
Janubiy Italiyada, normannlar zamonida, qaram dehqon huquq judarivojlangan va dahshatli edi.
XIII asrda Shtaufenlar davrida Sitsiliyadagi barshchina yiliga 140 ishchi kuniga yetgan edi.
Janubiy Italiyada qaram dehqon dehqonlar bilan bir qatorda qullar ham ekspluatatsiya qilinardi.
Imperator Fridrix II yer-mulklarida qisman ustaxonalarda, asosan qishloq xo'jalik ishlarida
foydalaniladigan minglab qullar bo'lardi.
Italiyada dehqonlarni ozod qilish jarayoni ham bir xilda bo'lmadi. Shimolda dehqonlarni ozod
qilish XIII asrda shahar respublikalarining ko'pchiligida sodir bo'ldi. Shaharliklarning qo'shni
feodallar bilan kurashi umuman dehqonlar ahvoliga yaxshi ta'sir etdi. Shaharlar feodallarni
yengganlaridan keyin, odatdagicha dehqonlarni shaxsiy qaram dehqon qaramlikdan albatta ozod
qilinsin, deb dekret chiqardilar. Bir qancha hodisalarda yer uchun to'lanadigan haqlarning o'zi
ham qonuniy tartibda kamaytirildi. Dehqonlar erkin mayda ishlab chiqaruvchilarga aylanib,
yerdan vorislik huquqlarida foydalanishni saqlab qoldilar (ijara olingan yer uchun to'lanadigan
haq oldindan yozib qo'yilardi). Ammo oradan sal vaqt o'tmay, yerning anchagina qismini
burjuaziya sotib oldi. Dehqonlarga qarashli chek yerlar maydoni juda qisqardi.
Normalashtirilgan ijara bilan bir qatorda, yangicha ijara, ya'ni balaid (bozor) narxlardagi
ijara yoki hosilning bir qismedni to'lash sharti bilan ijara olish (chorikorlik ijarasi) avj
oldi. Bunday sharoitda dehqonlarning katta bir qismi proletarlashdi. Shimoliy va O`rta
Italiyada kichkina dalalar, bir qismiga poliz ekinlari ekiladigan va bog'li maydonlar dehqon
yer egaligining ustuplik qiluvchi tipiga aylandi. O`rta Italiyada, Papa davlat ter
ritoriyasida, oziqa mahsuloti bilan renta (yer solig`i) to'lash dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning eng
tarqalgan ko`rinishi bo'lib kelmoqda edi. Ruhoniy sin`orning ijarachi dehqoni yerdan undirgan
hosilining yarmini unga to'lardi; ba'zan hosilning bu ulushi butuilay yoki qisman pulga
chaqilardi (kommutatsiya).
Janubda dehqonlarni ozod qilish ancha kechroq — faqat XSH asr oxiridan e'tiboran sodir bo'ldi.
Undan keyingi asrlarda, ya'ni XIV va XV asrlarda dehqonlar bu yerda ham shaxsan ozod
bo'ldilar, lekin pomeshchik yerlarining ijarachilari bo'lgan bu ozod dehqonlar ahvoli Shimoliy
Italiya dehqonlarining axvoliga qaraganda ancha og'ir edi. Yuqori darajadagi feodal pul
renta (yer solig`i)si va hali tamomila yo'qolmagan oziqa mahsulotlari rentasi saqlanib qolgan
barshchinaning ba'zi bir qismi bilan, shuningdek, feodal davlati undirgan va asosan kelgindi
aragonispan feodallarini boqishga sarflangan yuqori davlat soliqlari bilan qo'shilib ketgan
edi.
Ammo Italiya shimolining hamma joyida ham dehqonlar XIII asrda ozod bo'lolmagan edilar.
Italiya shimoli-g`arbining feodal knyazliklarida (Savoyya gersogligi, P`emont gersogligi,
Monferat markizati va boshqalar'da) qaram dehqon huquq hali bekor qilinmagan edi. Shimoliy
Italiya shaharlarining bir qismida, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, dehqonlar masalasida
feodal siyosatini o'tkazib kelgan feodal xonadonlarining vakillari hokimiyat tepasiga
mustabidlar sifatida keldilar.
Dol`chino qo'zg'oloni. Ana shu zaminda XIV asr boshlarida Italiyaning shimolida yirik dehqonlar
qo'zg'oloni bo'lib, unga sobiq monax Dol`chino boshchilik qildi. Dol`chino qo'zg'oloni 1303 yili
Parm mintaqaida boshlanib, to 1307 yilgacha davom qildi. Dol`chino harakati o'rta asr
zamonidagi bir yereslik (dahriylik) harakati bilan bog'langan edi, bu dahriylik harakati
muxlislari «Apostollik akaukalar»1 degan nom bilan yuritilardi. Dol`chino, xususiy mulk
bilan boylik — dunyoda hukmronlik qiluvchi yovuzlikning asosiy sabablaridir, deb ta'lim
berardi. Eng kambag'al dehqonlarning patriarxaljamoatchilik kayfiyatlarini aks ettirib,
Dol`chino yer-mulkini umumlashtirishga chaqirardi. U yer yuzida ming yillik «xudoyi taolo
hukmronligi» boshlanib, unda ijtimoiy adolat to'lato'kis hukmron bo'ladi, deb karomat
qilardi. Ammo Dol`chino ham zo'ravonlik tadbirlarini rad etmasdi. Yer yuzida «xudoyi taolo
hukmronligi»ni Dol`chino fikri. cha, mazlumlarning o'zlari tayyorlashlari lozim edi. Dol`chino
tarafdorlari faqat Parm mintaqaidagina emas, Shimoliy Italiyaning boshqa mintaqalarida ham bor
edi. Dehqonlar harakati shu qadar keng quloch yoydiki, Avin`on papasi Kliment V bu harakatga
qarshi salib yurishi e'lon qildi. Feodallarning qo'shinlari qo'zg'olonchilarni toqqa surib
chiqarib, o'sha yerda qirib tashladilar. Dol`chinoning o'zi og'ir qiynoqazoblardan so'ng qatl
etildi.
G'arbiy Yevropa tarixida Dol`chino qo'zg'oloni shu bilan qiziqarliki, u keyingi o'rta asr
davridagi buyuk dehqoi qo'zg'olonlarining butun bir seriyasiga yo'l ochib bergandek bo'ldi:
Fransiyadagi Jakeriya, Angliyadagi Uot Tayler qo'zg'oloni, Chexiyada guschi dehqonlarning
urushlari, Vengriyada Kurutslar harakati, nihoyat, Germaniyadagi Buyuk dehqonlar urushi.
XIV—XV asrlarda papalikning orqaga ketishi. Italiya tarixida papalik keyingi o'rta asr
davrida ham katta rol o'ynayverdi. Ammo fransuz qirollari taz'yiqi ostida papalar
Avin`onga ko'chib o'tganlaridan keyin papalikning siyosiy obrusi ancha darajada puturdan ketdi.
Papalarning «Avin`ondagi asirligi» natijasida Rim oz bo'lmaganda ularning (papalarning)
qo'lidan ketayozgan edi2. 1347 yilda Rimda respublika tashkil topib, gumanist Kola di Rientso
degan odam unga boshchilik. qildi. Rim shaharliklarining asosiy ommasiga tayangan Kola di
Rientso mahalliy baronlarni tinchitib, qoloq feodalklerial papa davlotini tartibga solgan
bir qancha moliyaviyma'muriy islohatlar o'tkazdi. Ammo Kola di Rientsoning Italiyada Rim
boshchiligida erkin shaharlar federatsiyasini barpo qilish haqidagi orzuumidlari natijasiz
bo'lib chiqdi. Rim baronlarv bilan yangidan boshlanib ketgan kurashda Kola di Rientso ojizbo'lib
chiqdi. Rimdan siqib chiqarilgan Kola di Rientso Germaniyaga qochdi va imperator yordamida
Italiyaning erkinligshsh qayta tiklamoqchi bo'ldi. Ammo uni achchiq qismat kutardi. Imperator
Karl IV Kola di Rientsoga yordam ko'rsatishgina emas,. balki uni hatto qamoqqa oldi va papaga
tutib berdi. Papaning ishonchini qozongan Rientsoning aybi kechildi. Faqat bugina emas,
Avin`on kuriyasi uni hatto Rim noibligiga ham tayin qildi. Biroq uning Rimda ikkinchi marta
paydo bo'lishi juda ham qulay bo'lib chiqmadi. Soliq siyosati zaminida shaharliklar bilan Rientso
o'rtasida chiqqan mojaro halokatga olib keldi. 1354 yilda Rientso yangi qo'zg'olon mahalida
o'ldirildi.
Kola di Rientsoning Rimni va Rim mintaqaini ozod qilish yo'lidagi urinishi muvaffaqiyatsiz bo'lib
chiqqan bo'lsada, lekin papalar rezidentsiyasi bordiyu bundan keyin ham Avin`onda qoladigan
bo'lsa, ular «abadiy shahar»ni qo'ldan boy berishlariga ochiqoydin ishondilar. Yettinchi Avin`on
papasi Grigoriy XI 1377 yili Rimga ko'chib keldi va tez orada (1378 y.) shu yerda vafot etdi.
Yangi papa saylash mahalida kordinallarning fikrlari bo'lindi. Italiya kordinallari italiyalik
Urban VI ni papa qilib sayladilar. Unga qaramaqarshi o'laroq,s fransuz, kordinallari
fransuz Kliment VII ni papa qilib sayladilar.. Shu tariqa katolik cherkovining birligi
buzildi. Bir vaqtda papalar ikkita bo'ldi — biri Rimda, ikkinchisi Avin`onda edi„ ular bir
birovlarini o'zaro qarg'aganlari qarg'agan edi. Yevropaning bir xil mamlakatlari bir papani,
'boshqalari ikkinchi papani tan olgan edilar. Urban VI bilan Kliment VII vafot etgailaridan
keyin, ularning vorislari ham xuddi shu^zayilda saylandilar. Katolik cherkovining ajralishi
doimiy ajralishga aylaiib qolish xavfini tug'dirar edi.
XV asrdagi katolik soborlari. Cherkov birligini qaytz tiklash uchun 1409 yili Piza shaharida
katta cherkov sobori chaqirildi. Avin`on papasi ham, Rim papasi ham o'z hokimiyatlaridan
ixtiyoriy ravishda voz kechishdan bosh tortpanliklari sababli Aleksandr V ni yangi papa qilib
saylandi, lekin u tez orada vafot qildi. Shundan keyin uning o'rniga Ioann XXIII saylandi.
Ammo bu papaning hali unchalik obrusi yo'q edi. Haqiqatan cherkovdagi ajralish kuchayaverdi.
Ikki papa o'rniga endi uchta papa bo'ldi. Piza sobori, shunday qilib, papalarning ajralish
muammosini hal qilmadi. Shundan keyingi, 1414— 1418 yillarda majlis o'tkazgan Konstants
sobori nihoyat, kato
lik cherkovidagi ajralishni tugatishga muvaffaq bo'ldi. Sobor, cherkov birligi haqidagi aqidani
buzganliklari uchun raqiblashib yuruvchi uchala papani o'rinlaridan ag'darib tashladi, deb e'lon
qildi. Martin V (1417—1431) papa qilib saylandi. Shundan keyingina Rim papalarning yana
doimiy rezidentsiyasi bo'lib qoldi va «Buyuk ajralish»ga nihoyat barham berildi.
Papalarning Avin`onda bo'lishi va undan keyingi cherkovdagi ajralish faqat Italiyadagina emas,
balki butun G'arbiy Yevropada ham papalikning obro'sini tushirib yubordi. Milliy davlatlarning
o'sishi papalar oldida yangidanyangi qiyinchiliklar tug'dirdi. Biror yirik markazlashgan davlat
(Fransiya, Angliya, Ispaniya singari) kuchaygan sari, bu davlatlarning qirollari papalar
nazoratidan va avvalo, ularning pul tama qilishlaridan ozod bo'lib, o'zlarining cherkovlariga
milliy mustaqillik berishga intilardilar.
Qirollar o'z mamlakatlarida yepiskoplartayinlash huquqini o'z qo'llariga olishga intildilar;
so'ngra ular papa kuriyasi foydasiga to'laiadigan to'lovlarni har qanaqa yo'llar bilan cheklab
qo'ydilar. Papa hokimiyatni cheklashga va mahalliy katolik cherkovlariga ko'proq avtonomiya
berish tendentsiyasi XV asrda Bazel` shaharida bo'lib o'tgan uchinchi yirik cherkov soborida
ayniqsa ochiqoydin namoyon bo'ldi. Bazel` sobori 16 yil davomida (1431 — 1447) majlis qildi.
U sobor papadan yuqori turadi va sobor papani sud qilishi va uni o'rnidan tushirishi mumkin,
degan rasmiy qarorni o'tkazishga urindi. Papa Yevgeniy IV (1431—1447) boshchiligidagi papalik
«yeretiklar» sobori bilan qat'iy kurash olib bordi. Sobor tarqatilgan deb e'lon qilindi.
Ammo sobor a'zolari papaga bo'ysunishni istamay, Yevgeniy IV o'rniga Feliks V ni yangi papa
qilib sayladilar.
Yangi ajralish cherkovlarni. xavfga solib qo'ydi. Ammo milliy davlatning o'zlari orasidagi
raqiblikdan foydalangan papalar bu xavfxatardan qutulib qoldilar. Papa fransuz ko
roliga, german imperatoriga, uning Gabsburglardan meros qolgan yerlarida va boshqalarda
yepiskoplar tayinlash masalasida yon berib, shuning o'zi bilan papa Bazel` soborida tantana
qilgan milliy oppozitsiyani zaiflashtirdi. Sobor tarkibi kamayib, keyin o'z ahamiyatini
yo'qotdi. 1438—1439 yillarda papa Ferrarda boshqa sobor chaqirdi, keyin tez orada bu soborni
Florensiyaga ko'chirdi. Turklarning Vizantiyaga xavf sola boshlashi munosabati bilan papa ana
shu soborda Sharqiy (provaslav) cherkovi bilan uniya tuzish masalasini qo'ydi. Grek aholisining
ko'pchilik ommasi papaning boshliq bo'lishini tan olishdan bosh tortganligidan Florentsiya uniyasi
Sharqda real bir ahamiyat kasb etmasdi. Moskvada ham bu uniya tan olinmadi. Rus provaslav
cherkovining vakili sifatida Florentsiya soborida qatnashgan mitropolit Isidor (kelib chiqishi
grek) Moskvaga qaytib kelganidan keyin ulug' knyaz tomonidan qamoqqa olindi va cherkov
ishlarini boshqarishdan chetlatildi. Biroq uniya tuzit masalasi papalar uchun o'z rolini o'ynadi,
chunki bu bilan ular Bazel` soborida ko'tarilgan islohattsiya masalalaridan katoliklar
Yevropasining e'tiborini chetga tortmoqchi bo'lgan edilar.
XV asrning birinchi yarmida katolik cherkovi bag'rida yuzaga kelgan sobor harakati Yevropadagi
bundan keying'i islohattsiya harakatining muqaddimasi edi, guschilar harakati esa uning
dastlabki bosqichi bo'ldi.
XXIV BOB XI—XV ASRLARDA ISPANIYA VA PORTUGALIYA
Ispaniya rekonkistasining mohiyati. Ispan xalqining arablar bilan uzoq davom etgan, ko'p
asrlik kurashi Ispaniya davlotining tashkil topishida juda katta rol o'ynadi. Pireneya yarim
orolining arablardan qaytarib olinishi tarixiy adabiyotda rekonkista deb nom olgan. Ispan
xalqlarining arabmavrlarga qarshi olib borgan ozodlik kurashi bo'lgan keng ma'nodagi
rekonkista VIII asrdanboshlab, arablar yarim orolni istilo qilganlaridan keyinoq, ya'ni
VIII asrdan, to XV asr oxirigacha davom qildi. XV asr oxirida arablarning Ispaniyadagn
so'nggi yirik mulki hisoblangan Granada qo'ldan boy berildi. Eng tor ma'noda rekonkista
so'zidan odatda, XI—XIII asrlar davri tushuniladi. XI—XIII asrlar davrida ispan xalqlari
zo'r berib yarim orolning janubiga tomon siljib borgan edilar.
Arablar Ispaniyada. X asr boshlarida Ispaniyada arablar hukmronligi eng kuchli edi, bu vaqtda
Kordova amirligi Kordova xalifaligiga aylangan edi. Ispan arablariga — mavrlariga
Pireneya yarim orolidan tashqari, yana qo'shni Shimoliy Afrikadagi ko'p sonli barbar qabilalari
ham bo'ysunar edilar. Arablar davrida Pireneya yarim orolida ishlab chiqaruvchi kuchlar zo'r
berib rivojlangan edi. Sharqning yuksak madaniyati bilan bog'langan arablar Ispaniyada sun'iy
sug'orish sistemasini keng qo'lladilar. Ular Pireneya yarim orolida bir qancha yangi va qimmatli
qishloq xo'jalik ekinlarini joriy qildilar, ular orasida sholi, shakar qamishi, tut daraxti,
apel`sin, limon va boshqalar bor edi. Arablar davrida turli hunarmandchilik juda ham
yuksalgan edi. Metall, charm, jun, ipak, oyna va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yuksak
darajada takomillashgan edi. Kordova xalifaligi Shimoliy Afrika orqali Sharqdagi butup
musulmonlar mamlakati bilan savdo-sotiq aloqalari bog'lagan edi. Ispan arablari Yevropaning
turli mamlakatlari bilan, ayniqsa qo'shni Fransiya va Italiya, bi
gg^^s
lan, shuningdek, Vizantiya bilan ham qizg'in savdo-sotiq olib bordilar.
/ '• •
Qisman rimliklar davrida mavjud bo'lgan, vestgotlar davrida bir qadar rivoj topgan Ispaniya
shaharlari arablar zamoniga kelib yirik sanoat markazlariga aylandilar. Ular orasida
Andaluziya shaharlari va Ispaniyaning janubidag»: Kordova, Sevil`ya, Granada, Valensiya
shaharlari ayniqsa ajralib turardi. Xalifalikning poytaxti bo'lgan Kordova shahari — XI
asrda Yevropaning eng yirik shahari hisoblanardi. Kordovaning (tevarakatrofi bilan birga)
qariyb 500 ming aholisi bor edi. Ispaniyada hozirgacha saqlanib qolgan arab
arxitekturasining eng yirik yodgorliklari — Kordova masjidi (VIII asrda qurilgan),
Granadadagi Al`gambra saroyi (XIII asrdan), Se'vil`yadagi Al`kasar qasri (XIII asrdan),
Ispaniyada arab madaniyati yuksak va original madaniyat bo'lganligidan yaqqol dalolat beradi.
Ammo ispanarab jamiyati, har holda tipik feodal jamiyati bo'lgan. Yirik shaharlar bilan bir
qatorda, yarim orolning ichki qismi mahalliy knyazlarning xo'jalik mustaqilligini saqlab
qolishda davom etgan. Bu hol xalifalikni siyosiy jihatdan taraqqiy ettirishda ham aks etdi.
XI asr o'rtalarida xalifalik qisman yirik, qisman mayda feodal davlatlardan iborat bo'lgan
23 bo'lakka bo'linib ketdi (ularning ba'zilari shahar respublikalaridan iborat edi).
Ayni zamonda Ispaniyadagi arab feodalizmi mahalliy aholi uchun g'oyatda og'ir bo'ldi, vaqt
o'tishi bilan feodal ekspluatatsiyasini tobora ko'proq qo'lladi, buning yoniga kuchayib boruvchi
milliy zulm va huquq jihatdan tengsizlik qo'shildi, xristian aholisini zo'rlab musulmon
diniga o'tkazishdek qo'pol diniy musulmon fanatizmi avj oldi.
Xalifalikdagi aholining katta ko'pchiligi arab bo'lmagan xalqlar edi. Maprlar iisbatan juda
ozchilikni tashkil etardilar. Pireneya yarim orolining istilo qilingan xalqlari garchi qioman
arab tnlipi o'rganib olgan (mosarablar), ba'zilari hatto musulmon diiini qabul qilgan
(renegatos) bo'lsalarda, lekin ular bari bir, mavrlarga kelgindi istilochilar va zolimlar
deb qarardilar. Tabiiyki, ular yarim orolda istilo etilmay qolgan va Pireneya yarim orolining
shimol va shimolisharqdagi tog'li mintaqalardan janubga gomon asta-sekin hujum boshlagan
qismini qo`llab-quvvatlar edilar. Vestgot davlotining sobiq poytaxti bo'lgan Toledo shahari
arablarga sira bo'yin egmadi. IX—XI asrlar davomida Toledo aholisi Kordova xalifaligiga
qarshi bir necha bor qo'zg'olon qildi.
Shimolda Asturiya (bosh shahri Oviedo), Navarra va Ispan markasi hududlari arablar
tomonidan istilo qilinmagan edi. Yarim orolning sharqidagi Ispan markasini bir vaqtlar
Karl Buyuk istilo etgan edi. Mavrlarga hujum ham xuddi ana shu yerdan boshlandi. Rekonkista
bundan buen keng milliyoeodlik harakatiga aylanib, unda tarkib topayotgan ispan xal qining
turli xil sinflari: feodallar ham, shaharliklar ham, dehqonlar ham qatnashdilar. Rekonkista
ispan xalqlarining ij.timoiyiqtisodiy taraqqiyot shartsharoitlari taqozosi bilan kelib
chiqqan zaruriy qonuniy jarayon edi. Tog'toshlarga surib chiqarilgan, dehqonchilik uchun zarur
bo'lgan yer maydonlardan mahrum etilgan, O`rta dengizdan kesib qo'yilgan ispanlar bir
zamonlar o'z ota-bobolari istiqomat qilib, keyin arablar tomonidan istilo etilgan va siqib
chiqarilgan janubga tomon siljib borishlari kerak edi yoki bo'lmasa, o'z ishlab chiqaruvchi
kuchlarining bundan buyongi o'sishidan va o'z millatlarining ravnaq topishidan voz kechishlari
lozim edi.
Rekonkistaning asosiy bosqichlari. Rekonkistaning asosiy' bosqichlari quyidagichadir. Asturiya
qirolligi VIII—IX asrlarda yarim orolning butun shimoliga va shimoli-g`arbiga o'z ta'sirini
yoydi. X asr boshlarida asturiyaliklar janubga ham siljib bordilar, Leon shahri esa ularning
asosiy markazi bo'lib qoldi va butun Asturiya qirolligi Leon nomi ' bilan Leon qirolligi deb
atala boshladi. X asrning ikkinchi yarmida— XI asr boshlarida Leon janubgacha kengayib, Duero
daryosi havzasigacha cho'zilib ketadi. Bu yerda juda ko'p qasrlarqal'alar — burglari bo'lgan
chegara mintaqa` tashkil topadi. Ana shu qasrlar nomidan olinib, yangi mamlakat Kastiliya1 deb
ataldi. Burgos shahari Kastiliyaning asosiy shahari hisoblanardi.
1037 yilda Leon qiroli Kastiliyaning ham qiroli deb atala boshladi. XI asrning ikkinchi
yarmida Kastiliyaliklar Taho daryosi havzasini bos i b oldilar. 1085 ynli qirol Al`fons VI
Toledo shaharini istilo qildi. Bu yangidan istilo qilingan hudud, ya'ni Taho havzasi
Yangi Kastiliya deb atala boshladi. Biroq XI asrda Yangi Kastiliyaning ahvoli hali ancha no
mustahkam edi. 1086 yili, ya'ni Toledo istilo qilingandan keyingi yili Al`fons VI ning o'zi
Zallak shahriga yaqin joyda arablardan qattiq zarba yedi.
Shimolisharqda joylashgan Navarra qirolligi IX asrda juda katta ahamiyatga ega edi. Bundan
keyingi asrlarda u uncha kengaymadi. Ammo uning janubida anchamuncha siyosiy o'zgarishlar
bo'lib o'tdi. IX asr oxirida Ispaniya markasidan yangi jwyctaqil mulk, Aragon grafligi
ajralib chiqib, so'ng XI asrda qirollnkka aylandi. 1118 yili aragonliklar arablardan
Saragosa shaharini tortib olib, uni Aragonning poytaxti qildilar. 1137 yili Aragon
Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispaniya markasi bu vaqtda Kataloniya' yoki Barselona
grafligi degan yangi nom bilan yurardi2. Nihoyat, yar1sh orolning g'arbida
Portugaliya janubga tomon cho'zilib ketgan edi. Dastlab bu ham graflik edi (taxminan 1095
yillarda tashkil topgan edi), 1116 yilga kelib u ham qirollik bo'lib oldi. Portugaliyaning
poytaxti boshda Duero daryosining mansabidagi Oporto shahri edi, keyin 1147 yildan — Taxo
daryosining mansabidagi Lissabon shahri poytaxt bo'lib qoldi. Leon qiroli hoqim'iyatidan xa
los bo'lgan Portugaliya qiroli Rim papasiga qaram bo'lib qoldi. Ammo bu qaramlik nomigagina
bo'lib, aslida boshqacha edi.
Shunday qilib, XII asr boshlariga kelganda Pireneya yarim orolida uning taxminan yarmisini
egallagan to'rtta xristian davlati: Kastiliya, Navarra, Aragon va Portugaliya bor edi. XI
asrning oxiri va XII asrning hammasi rekonkistaning eng avjga chiqqan davri edi. Kastiliya
xalq eposida xuddi ana shu davr o'z aksini topgan, xalq eposining qahramoni mashhur Sid
Kampeador edi1. Sharqdagi salib yurishlari singari, Pireneya yarim orolida mavrlar bilan olib
borilgan kurashga ham muqaddas urush tuey berilgan edi. Xristianlar bilan musulmonlar
ilgarigi paytlarda diniy masalada ba'zan birbirlari bilan ishlari bo'lmasdi, rekonkista
jarayonida ular birbirovlariga fanatiklarcha nafrat ko'zi bilan qaraydigan bo'ldilar.
Mavrlar Shimoliy afrikaliklarni, barbarlarni va boshqa musulmon qabilalarni o'zlariga yordamga
chaqirdilar. 1086 yili Ispaniyaga G'arbiy Sahroyi Kabirdan almuraviylar, 1125 yili Atlas
tog'laridan (Sharqiy Morokkoda) almug'alar keldilar. Ispaniyaliklarta yordam berish uchun
Fransiya, Angliya, Germaniya va Italiyadan ritsarlar kelishdi. Sharqdagi singari, Ispaniyada ham
mavrlar bilan kurashish uchun bir qancha maxsus diniyritsarlik ordenlari SantYago, Al`kantara
va Kalatrava ordenlari barpo etildi.
XII asr mobaynida kastiliyaliklar arablar Andaluziyasiga bir necha marta bostirib kirib, uni
payhon qildilar. 1212 yili Las Navas de Tolos yonida har ikkala tomon o'rtasida eng katta
hal qiluvchi jang bo'ldi. Bu jangda Kastiliya (Al`fons VIII), Navarra va Aragon qirollari
ittifoqchilar sifatida birgalikda urush qildilar. Barbarlar, negrlar va Shimoli-g`arbiy
Afrikaning boshqa ko'pgina qabilalari mavrlar tomonidan turib janglarda qatnashdilar, Arablar
qattiq maglubiyatga uchrab, o'zlarining barcha boy lagerlarini g'oliblarga o'lja qilib qoldirib
chiqib ketdilar.
Shundan keyin Kastiliya tez orada Andaluziya bilan Mursiyani egalladi. 1236 yili u Kordovani,
1248 yili — Sevil`yani qo'lga kiritdi. 30 va 40yillarda Aragon Valensiyani va Balear
orollarini bosib oldi. Portugaliya janubga tomon to Gva diana daryosi mansabigacha siljib
bordi. Mavrlar ixtiyorida •birgina janubiy Granada qirolligi (yoki Granada amirligi)
saqlanib qolgan edts. Granada qirolligi mustaqil davlat sifatida uzoq vaqt, ya'ni 1492
yilgacha yashab keldi.
XIII—XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlar. Navarra va Portugaliya. Yarim oroldagi
to'rtta xristian davlatlaridan Navarra va Portugaliya alohidaalohida rivojlandilar.
Navarrada fransuzlar ta'siri juda kuchli edi. Atrofii tog'lar o'rab olgan bu kichik
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi sekinlik bilan bordi. Shu sababli XIII—XV asrlar dav
rida Navarra, umuman, katta rol o'ynagani yo'q.
Atlantika okeani sohili bo'ylab uzun tor polosa bo'lib joylashgan Portugaliya jadalroq
rivojlandi. XV asrga kelganda Portugaliya katta dengiz flotiga ega bo'lgan savdo-sotiq
qiladigan mamlakatga aylandi. Yarim oroldagi mavrlar bilan olib borilgan kurash uni Shimoliy
Afrikadagi arablar bilan urushlar qilishga ham tortdi. Portugaliyaliklarning Shimoliy
Afrikadagi mulki bo'lmish Seuta, keyin portugaliyaliklarning XV asrdagi geografik
kashfiyotlarida katta rol o'ynadi. Ammo O`rta dengiz sohilidagi mamlakatlar bilan, Angliya,
Niderlandiya va boshqa mamlakatlar bilan zo'r berib olib borilgan tashqi savdo-sotiq
aloqalari Portugaliyani Pireneya yarim orolidagi boshqa davlatlardan ajratib qo'ydi.
Rekonkista Portugaliyani qo'shni Kastiliya bilan bog'lashi lozimdek ko'rinsada, lekin
Portugaliya o'zining mustaqilligini rashk bilan saqlab keldi.
Kastiliya qirolligi. Kastiliya va Aragon Pireneya yarim orolining ikkita asoeii davlati
bo'lib, pirovardida ular yagona qirollikka birlashdilar. Bu birlashgan davlatlarning o'rta
asrlar davridati tarixi o'zining bir qancha xususiyatlariga egadir. Kastiliya qirolligi yarim
orolda eng katgch hududni egallagan edi. Yarim oroldagi hududning deyarli beshdan
uch qismi uning hissasiga tushar edi. Rekonkistada ham Kastiliya eng faol qatnashgan edi.
Kastiliya tili keyinchalik isnap milliy adabiy tiliga asos bo'ldi.
O`rta asr davridagi Kastiliyaning ijtimoiy tuzumi o'ziga xos ko'pgina xususiyatlarga ega edi.
Kastiliyaning urushqoq dvoryanlari mamlakatda katta ta'oirga ega edilar. Arablar bilan
kurashda qatiashish dvoryanlarning ertaroq toifa bo'lib tarkib topishiga pa dvoryanlar
ko'ichiligining bevosita qirol bilan aloqa o'riatishiga yordam berdi. Kastiliyada katolik
cherkovi ham juda katta ta'sirga ega edi, rekonkista natijasida katolik cherkovi ko'i yer
oldi. Kastiliyada rekonkistaning butun og'irligini o'z znmmasiga olgan o'nlab erkin shahar
kommunalar bor edi. Hunarmandlar va mayda savdogarlardan iborat bo'lgan shaharliklar butui
asrlar davomida muntazam harbiy xizmat o'tadilar. Kastiliya shaharlari shaharlarning alohida
harbiy ittifoqlariga — er'mandilarga birlashdilar. Kastiliya
314
dehqonlari ham rekonkistada juda faol qatnashganliklari sababli qaram dehqon qaramlikdan
ertaroq xalos bo'ldilar. Kastiliya feodallari dehqonlar bilan hisoblashishga va ularga jiddiy
yon berishga majbur bo'ldilar. Eski va yangi Kastiliyaning ko'pchilik dehqonlari erkin
jamoatchilardan iborat (b yegetriyalar) bo'lib, feodallar homiyligida kun ko'rardilar va
ularga odat bo'yicha bitim bilan belgilangan kichik miqdorda obrok to'lardilar.
Kastiliya shahar va qishloq jam№alarining siyosiy ahamiyati Kastiliyada umumtoifa vakilligi,
ya'ni korteslarning ertaroq vujudga kelishida ochiqoydin namoyon bo'ldi. Korteslar o'z
faoliyatini 1188'yildayoq (ingliz parlamenta va fransuz 'General shtatlaridan ancha oldin)
boshlagan edi, shu bilan •birga uchinchi toifa vakillari tarkibiga shaharliklar bilan
¦birgalikda dehqonlarning ham ba'zi bir vakillari kirgan edi. Kastiliyadagi qirol
hokimiyati shaharlarga tayanib turib,
XIII asrdayoq o'z obro'e'tiborini kuchaytirishga harakat qildi va yirik feodallar bilan
qattiq kurash olib bordi.
XIII asrshshg ikkinchi yarmida qirol Al`fons X (1252— 1284) qopunlar to'plami («Yetti qnsm» deb
ataladigan) qonuilar to'plami (chiqardi), bu qonuplar to'plami Rim huquqi g'oyalari bilan
sugorilgan bo'lib, o'rta asr Yevropasidagi qonunlarning birinchi umumlashtiruvchi to'plami edi.
Al`fons X o'zidan sal oldin Salamanka shaharida ta'sis etilgan universitetga ^omiylik qilib,
davlat mablag'lari hisobiga shu shaharda observatoriya (rasadxona) qurdirdi. Uning davrida
qirol hokimiyatining obrusi ancha ortdi. Ammo feodallar hali tinibtinchimagan va
o'zlarining imtiyozlariga qattiq yopishib olgan edilar.
Yuz yillik urushda iiglizlarning ittifoqchisi bo'lgan qirol Pedro I Zolim (1350—1369) XIV
asrda feodallar bilan qattiq kurash olib borib, ko`pdan-ko`p feodallarni qatl ettirdi va
ularning molu mulklarini musodara qildirdi. Kastiliya grandalari fransuz feodallarining
ko'magiga tayanib, Pedroni yengdilar va taxtga univg raqibi Genrix II Trastamarani o't
kazdilar. Genrix II Trastamara 1369 yildan boshlab yangi dinastiya (sulola)ga asos soldi.
XV asr o'rtalariga kelganda Kastiliyadagi qirol hokimiyati erishgan yutuqlar, umuman olganda,
hali u qadar katta emas edi. Korteslarning qo`llab-quvvatlashiga qaramay, qirollar qudratli
grandalarning kuchqudratiga shikaet yetkaza olmadilar.
XIV va XV asrlarda korteslarning o'zi ondasonda yig'iladigan bo'lib qoldi. Kastiliya
qirollari ko'pincha feodallarnivg dushman guruhlarini shu feodallarning saroy bilan aloqador
boshqa qismi yordamida, shuningdek, katolik cherkovi ko'magida yengishga umid bog'lab, shaharlar
bilan har doim ittifoq bo'lishni izchil amalga oshiravermasdilar. Buning natijasida qirol
hokimiyatining o'zi turli feodal to'dalarining kurash quroliga aylanib qolardi. XV asrning
ikkinchi yarmida Kastiliyadagiqirol hokimiyatining nochor ahvoliga yaqqol misol qilib qirol
Genrix IV (1454—1474) ni ko'rsatish mumkin. Genrix IV ning butun hukmronligi davri feodal
o'zaro urushjanjallari bilan to'libtoshgan edi. Zodagonlar qirolning qizi Xuananing taxt
vorisligi huquqini tan olmay, qirolning singlisi — malika Izobellaning nomzodini
qo'ydilar. Zodagonlar kelajakda Izobellani o'zlariga rom qilib olib, undan itoatli qurol
sifatida foydalanmoqchi edilar.
Aragon federatsiyasi. Aragon, o'zo'zicha Pireneya yarim orolida (agar hatto Aragonning
Kataloniya bilan birlashganligini qo'shib hisoblaganda ham) kichik bir hududni egallar
edi. Ammo O`rta dengizda uning ko`pdan-ko`p mulklari: Sitsiliya,. Sardiniya, Neapol` qirolliga,
Balear orollari va boshqalar bor edi. Kastiliyaning aksicha, Aragon katta dengiz davlati edi.
Lekin bu yerda qirol hokimiyati zaif edi. Shaharlarning zaif o'sganligidan (Aragonda),
dvoryanlar butun hokimiyatni o'z qo'llarida saqlab qolgan edilar. Aragon dehqrnlari eng og'ir
qaram dehqon qaramlikda yashardilar. Aragon feodallari o'z kregyustnoylariga hatto o'lim jazosi
berish huquqiga ham ega edilar. Ko'proq feodallardan iborat bo'lgan Aragon korteslari
qirolni to'la nazorat qilardi, korteslar dam olgan paytlarida qirolning ishlarini kuzatib
borish uchun «deputatsiya» nomi os' tida alohida komissiya belgilab qo'yilardi. Aragon
dvoryanlarini maxsus saylab qo'yiladigan sud`ya, ya'ni Buyuk xu s tisnya sud qilardi. Uni
o'rnidan bekor qilishga qirolning haqqi yo'q edi. Dvoryanlar qirolga qarshi urush e'lon qilib, u
bilav urush olib borar va chet el fuqaroligiga o'tib keta olardilar va h. k. Aragon
zodagonlarining erkinligi «Uniya imtiyozlari» (1287 y.) degan alohida muboraknomada yozib
qo'yilgan edi.
Kataloniyada dehqonlarning qo'zg'olonlari. Aragondagi dehqonlardan tashqari, Kataloniyadagi
dehqonlar ham ayniqsa og'ir ahvolda kun kechirardilar. Kataloniyada ham, «yaramas odatlar» deb
atalgan sarsa mavjud bo'lib, qaram dehqonlarni mutlaqo chidab bo'lmaydigan ahvolga solib qo'yar
edi. Farzandsiz dehqon vafot qilguday bo'lsa, pomeshchiklar uning barcha molu mulkini tortib
olar va bordiyu, vafot etgan dehqonning bolasi bo'lsa, unga qarashli molu mulkning anchagina
qismini bosib olardilar. Birinchi kecha huquqi hukm surardi. Dehqonlarni yersiz qul qilib
sotib yuborardilar. Biroq Aragonning; aksi o'laroq Kataloniya shahar mamlakati edi. Dehqonlar
bu yerda ko'proq bozor bilan aloqador edilar. Bu dehqonlarning ko`pi qaram dehqon cho'rilikdan
Barselonaga va boshqa shaharlarga qochib ketgan edi. Pirovardida Kataloniya dehqonlari birla
shib, feodallarga qarshi qattiq kurash boshlaganlar va bu kurash uzoq davom etgan dehqonlar
urushi xarakterini olgan.
Kataloniya dehqonlarining qo'zg'olonlari o'n yilga cho'zilgan, ya'ni 1462 yildan 1472 yilgacha
davom etgan. Qo'zg'olonlar Shi
moliy Kataloniya tumanini (Barselonaning shimolidan to Pireneyagacha bo'lgan joylarni). o'z
ichiga olgan edi. Dehqonlar ko'zg'oloniga mayda dvoryan (idal`go) Verntal`yat boshchilik qildi.
Feodallar qo'zg'olonni bostira olmadilar. Dehqonlarning feodallar bilan olib borgan
kurashiga Aragon qiroli Xuan II aralashdi. Qirol Xuan II bu mahalda Aragon va Kataloniya
feodallari bilan hamda mustaqil bo'lib ajralib chiqqan Barselona bilan jang qilayotgan edi.
Xuan II Verntal`yat bilan muzokaraga kirishdi va qo'zg'olonchilarga yordam beraman, deb katta
va'dalar qildi. Isyonchi feodallarga qarshi dehqonlarning kuchlaridan foydalangan va
Barselonani o'ziga tobe qilib olgan Xuan II 1472 yilda qaram dehqon huquqni qisman
yengillashtirish yo'li bilan dehqonlarni feodallar bilan «yarashtirmoqchi» bo'ldi. Shunda
Verntal`yat Xuandan vikont unvoni va ko`pdan-ko`p yer-mulklar oldi. Ammo Kataloniya dehqoya
lari Verntal`yatning qirol bilan qilgan bitimidan qanoatlanmay, 1484 yilda ikkinchi marta
qo'zg'olon qildilar.
Bu safar qo'zg'olonchilarga dehqon Pedro Xuan Sala boshchilik qildi. Dehqonlarning ikkinchi
qo'zg'oloni g'oyat darajada shiddatli qo'zg'olon bo'ldi. Feodallar Salani asir qilib olib, uni
qatl etdilar, lekin dehqoshtar Salaning vafotidan keyin ham partizan urushini davom
qildirdilar. Nihoyat, 1486 yili Aragonning yangi qiroli Ferdinand farmon chiqarib, haq to'lab
qutulish sharti bilan barcha «yaramas odatlar»ni bekor qildi. Dehqonlar o'zlariga qarashli
maydonlarning merosxo'r ijarachilariga aylandilar. Qaram dehqon huquqni bekor qilish haqidagi
farmonni qirol tez orada Aragonga ham yoydi, Kataloniya dehqonlari singari Aragon
dehqonlari ham qo'zolon ko'tarish xavfini solmoqda edilar.
Kataloniya ds'hqoplari harakati bilan bir vaqtda, XV asr davomida shaharlardagi, shuningdek,
Aragonga tobe bo'lgan Bolear orollaridagi qo'zg'olonlar bilan qo'shilib ketgan keng dehqonlar
harakati yuz berdi. 1450 yilgi Mal`orka orolidagi harakat, ayniqsa kuchli harakat bo'lib, u
ham feodallarning xalq ommasiga qisman yon berishi bilan tamom bo'ldi.
Kastiliyaning Aragon bilan birlashuvi. Kelib chiqishi va til jihatdan qonqarindosh bo'lgan, yuz
yillar davomida tashqi dushman bo'lmish arablarga qarshi birgalikda kurashib kelgan, iqtisodiy
masalada azaldan birbirovi bilan aloqa qilgan Kastiliya na Aragon birlashish uchun yetarlicha
tarixiy shartsharoitlarga ega edilar.
Keyingi o'rta asrlar davrida tovarpul munosabatlarining rivojlanishi iqtisodiy jihatdan
qandaydir o'zaro birovbirovini to'ldiruvchi har ikkala mamlakatnitsg — quruqlikdagi Kastiliya
va O`rta dengiz bilan bog'langan Aragonning birlashishini ayniqsa zaruriy vazifa qilib qo'ydi.
XV asrning ikkinchi yarmida Pireneya yarim orolining ijtimoiy va siyosiy sharoitlari ham ana
shu birlashuvni zo'r berib taqozo etgan edi.
Qastiliyada va Aragonda keekinlashgan sinfiy kurash, shuningdek, rekonkistaniyag tamom
bo'lmaganligi (yarim orol janubidagi Granada qirolligi) har ikkala mamlakat feodallarini
ikki qirollikni yagona Ispaniya davlatiga birlashtirish to'g'risida bir bitimga kelishga majbur
etdi. Ikkala qo'shni davlat o'rtasidagi uniya (ittifoq) dinastiya (sulola) nikohi qilish yo'li bilai
amalga oshirildi. Malika Izabella Kastil`skaya 1469 yili shahzoda Ferdinand Aragonskiyga tur
(mushga chiqdi. 1474 yili Izabella Kastiliya qirolevasi bo'lib oldi, 1479 yilig Ferdinand
Aragon taxtiga o'tirdi. Birlashgan ikkala mamlakatning har biri o'zining burungi qonunlari,
urfodatlari va alohidaalohida korteslarini saqlab qoldi. Shunday qilib,. mamlakatni
boshqarish hali ikki tusdaligicha qolaverdi. Shunday bo'lsa ham, yagona Ispaniyani vujudga
keltirish uchun asoe solingan edi. Kastiliyada ham, Aragonda 'ham qirol hokimiyati
mustahkamlana boshladi. Birlashish Ferdinand bilan Izabellaning ichki va tashqi siyosatlarida
ijobiy aks etdi.
Shahar kommunalarining ko'magiga tayanib ish kurgan Izabella Kastiliya feodallari
oppozitsiyasini tinchitdi. Izabella yordamida «muqaddas ermandada» nami ostida tashkil etilgan
shahar ittifoqchi militsiyaei talonchilik qilib yuruvchi ritsarlarga qa:qshatg'ich zarbalar berdi.
Katolik cherkovi Ferdinand bilan Izabellaga katta yordam ko'rsatdi. Katolik qirollar (papa
Ferdinand bilan Izabellaga ana shunday unvon bergan edi) o'zlariga qarashli dahshatli
inkvizitsiyani katolik cherkovi manfaatlariga xizmat qildirar edi. Cho'qintir'Ilgan mavrlar
(motiskalar)ning ishlarini nazorat qilish maqsadida 1477 yil Ispaniyada vujudga keltirilgan
inkvizitsiya amalda, oliy siyosiy sudga aylangan edi. Kastiliya yoki Aragondagi birorta
feodalning davlatga xiyonat qilganligi gumon qilingan taqdirda, u inkvizitsiyaning qahr
g'azabidan hech qayoqqa qochib qutula olmasdi, albatta.
Izabella Kastiliyadagi savdo-sotiq va sanoatni jonlantirib yuborgan bir qancha iqtisodiy
tadbirlarni amalga oshirdi. Mamlakatdagi qimmatbaho metallarni saqlab qolish maqsadida
hamda mamlakat ichkarisida faol savdo balansini ta'minlashga (ya'ni tashqaridan mol
keltirishga qaraganda mol chiqarishni ko'paytirishga) intilib, qiroleva merkantilizm g'oyalari
ni amalga oshira (boshladi. Izabella chet ellarga oziqovqat mahsulotlari va xom ashyo (g'alla,
jun va boshqalar) chiqarishni may qildi, jun Ispaniyaning o'zida qayta ishlanmog'i kerak, deb
buyruq qildi. Izabella mashhur Xristofor Kolumbga homiylik ko'rsatdi, Xristofor Kolumb
Hindistonga boriladigan «g'arbiy yo'l»ni axtarib, Ispaniya kemalarida sayohatga jo'nab ketdi.
Ferdinand va Izabella Ispaniyasi tez orada buyuk davlatga aylandi. 1492 yili ular Granadani
istilo qildilar. 1512 yili Ispaniya Navarrani o'ziga qo'shib oldi. Shunday qilib, Portu
galiyadan tashqari, barcha Pireneya yarim oroli Ispaniyaga bir
lashtirildi. Kolumbning sayohatlari Ispaniya uchun Yangi Dunyodagi juda ko'p mustamlaka
mulklarni bosib olish imkonini yaratib berdi. Ferdinand va Izabella Ispaniyani Yevropaning eng
yirik davlatlari bilan siyosiy ittifoqlar bog'lashiga sababchi bo'lgan muhim dinastiya (sulola)
nikohlarini amalga oshirdilar. Ularning to'ng'ich qizi Yekaterina Tyudorlar xonadoniga mansub
ingliz shahzodasiga turmushga chiqdi. Kichik malika Xuana Gabsburglarning astrogerman
xonadoniga mansub shahzodalarning biriga xotin bo'ldi. Ispaniya Yevropa xalqaro siyosatining
muhim omili bo'la bordi.
XXV BOB XI—XV ASRLARDA SKANDINAVIYA MAMLAKATLARI
O`rta asrlar davrida Skandinaviya mamlakatlari taraqqiyotining xususiyatlari. O`rta asrlar
davrida Skandinaviya mamlakatlari deganda avvalo Daniya, Shvetsiya va Norvegiya nazarda
tutiladi, bu mamlakatlar o'ziga xos xilma-xil yo'l bilan rivojlandilar. Avvalo bu
mamlakatlarning hammasida feodal; munosabatlar sekinlik bilan rivojlanishi e'tiborni
o'zigajalb qiladi. Feodalizm bu yerlarda faqat XII—XIII asrlardan e'tiboran uzil-kesil
tarkib topdi. Shu bilan birga fe.odalizmdan burungi ijtimoiy elementlarning ko'p tomonlari:
erkin: dehqonlarning ko'p sonli tabaqasi; yer, o'rmon, suvga ijtimoiy,, kollektiv egalik
qilishning keng (turli xil formalarda) tarqalganligi; to keyingi o'rta asrlar davrigacha
ayrim okruglarda xalq yiginlarining ishlab kelganligi; Yevropaning boshqa mamlakatlaridagiga
npsbatan bu yerlarda xristianlikning so'ngroq yoyilganligi va yoyilganda ham unchalik chuqur
ildiz otmaganligi kabi tomonlar saqlanib qolgan edi. Bu. xususiyatlarning hammasi nomi
tilga olingan har uchala mamlakat tarixiga ma'lum darajada iz qoldirmay iloji yo'q edi.
Skandinaviya mamlakatlarining o'rta asrlar davridagi yana bir xarakterli xususiyati shundan
iborat ediki, ular birbirovlaridan ajralib, alohidaalohida yashardilar, ularning
quruqlikdagi mamlakatlar bilan siyosiy alohasi nisbatan zaif edi.
Skandinaviya mutlaqo tanho bo'lib yashamagan, albatta. Yuqorida aytib o'tilganidek,
skandinaviyaliklarning bir necha asrlar mobaynida qilgan hujumlari G'arbiy Yevropani bezovta
qilgan edi. Shimoliy Germaniya, Niderlandiya va Angl'iyaning tarixi ko'pincha u yoki bu
Skandinaviya mamlakatining, xususan„ Daniyaning tarixi bilan ham payvandlashib ketar edi.
Lekin,. umuman olganda, Skandinaviya mamlakatlari Yevropaning alohida bir burchagi bo'lib,
ular quruqlikdagi asosiy mamlakatlar hayoti bilan nisbatan kam bog'langan edilar. A. DANIYA
Daniyada feodalizmning rivojlanishi. Skandinaviyaning uchta nomi aytib o'tilgan mamlakatlari
orasida Daniyada feodal munosabatlar anchachmuncha rivojlangan edi. Kanut1 davlati
•emirilgandan keyin Daniyada hukmronlik qilgan Estridsonlar dinastiya (sulola)si o'ziga xos feodal
dinastiya (sulola)si edi. Estridsonlar xristian cherkoviga homiylik qildilar. Chernov yer egaligining
rivojlanishi, cherkov desyatinasining joriy etilishi, Daniyada ancha ko'p miqdorda yepiokoplarning
vujudga keltirilishi—mana bularning hammasi XI—XII asrlarda mamlakatni feodallashtirish
elementlarini tashkil qilar edi. Feodallashtirishning ikkinchi tomoni dunyoviy katta yer
egaligining o'sishi bo'ldi. Harbiy xizmat o'tovchi yirik zodagonlar va ko'p sonli ritsarlar yer
egalariga aylanib, dehqonlar ommasi ana shularning qaram dehqon qaramligi ostida yashardi.
Dastlabki paytlarda qaram dehqonlar sifatida, asosan, yerga ko'chirilgan qullar ekspluatatsiya
qilinardi. Yevropaning turli mamlakatlariga daniyaliklarning qilgan hujumlari munosabati
bilan Daniyada o'z davrida qullar juda ko'p bo'lardi. Ammo XII—XIII asrga kelib erkin kishilar
ham qaram dehqon qaramlikka tushib qoldilar. Daniya qirollari oldinroq, ya'ni XI—XII
asrlardayoq, qirollikdagi aholi egallamagan, ishlanmasdan, «bo'sh yotgan» yerlarning hammaeini
qirollik mulki, deb e'lon qilgan zdilar. Qirolga ¦soliqlar to'lashi lozim bo'lgan va ozmoz
(bir yildan bir necha kun) barshchina majburiyatlari o'taydigan erkin dehqonlar, mamlakatda
harbiyfeodal sistemasi tarkib topa borishi bilan, qirollar tomonidan xususiy yer egalariga
berib yuborildi. Ilgari erkin bo'lgan dehqonlar xususiy qaramlikka tushib qolganlaridan
keyin, asta-sekin qullar orasidan chiqqan qaram dehqonlar bilan qo'shilib ketdilar. Ammo,
shunga qaramay, Daniyada qullik asoratiga tushmagan erkin dehqonlarning salmog'i hatto XV
asrda ham ancha yuqori edi: XV asr boshlarida erkin dehqonlarga Daniyadagi barcha xususiy
yerlarning hech bo'lmaganda 15% qarar edi2.
Daniyada dehqonlarning qullik asoratiga tushirilishi odatda feodallar tomonidan shafqatsiz
bostirilgan dehqonlarning qattiq qarshilik ko'rsatishiga sabab bo'ldi. Shimoliy Yutlandiyada
1441—1443 yillarda bo'lib o'tgan qo'zg'olon ayniqsa yirik qo'zg'olon edi. Bu qo'zg'olon
bostirilgandan keyin Yutlandiya dehqonlariga qurol-yarog' taqib yurish uzoq vaqtgacha man etildi.
Val`demar IV Atterdag davrida qirol hokimiyatining kuchayishi. Yevropaning'boshqa
mamlakatlaridagi singari, feodalla
1
shish jarayoni taraqqiyotning ma'lum bosqichida Daniyani ham feodal tarqoqligiga olib keldi.
Yirik dunyoviy va cherkov feodallari qirol hokimiyatini cheklab qo'ydilar. 1282 yili Daniya
iodagonlari alohida Nyub'org yorliq xartiyasi oldilar, bu xartiyaga muvofiq qirol har yili
xalq majlisi (Danehof) chaqirish majburiyatini zimmasiga oldi. Bu oliy kengashda sha
harliklarning ham, dehqonlarning ham bir qancha vakillari bo'lsada, lekin amalda
mamlakatni boshqarishda feodallar asospy rol o'ynadilar, qirol hokimiyatini muntazam
suratda lazorat qilgan davlat kengashi (Rigsraad) shu feodallar qo'lida edi. XIV asrning
birinchi yarmida Estridsonlar dinastiya (sulola)si o'z obro'sini tamomila yo'qotdi. XIV asrning 30
yillarida, ya'ni 8 yil davom etgan hokimiyatsizlik davrida, Daniya o'ziga kara shli mulklarning
bir qismini qo'ldan boy berdi, bu mulklarni shved va Shimoliy german feodallari bosib olgan
edilar. Qirol Val`demar IV Atterdag (1340—1375) qirol hokimiyatini bir oz vaqt
mustahkamlashga muyassar bo'ldi. Qirolning asospy harbiy kuchini tashkil etgan (ritsarlar —
otliq qo'shini, kamoi bilan qurollangan dehqonlar — piyoda qo'shinni tashkil etlr edilar)
rntsarlprga pa erkin dehqonlarning qolganqutgan qismiga tayapgan Val`demar IV bu vaqtga
kelib Daniyaning Shimoliy va Boltik dengizlarida o'sib borgan savdo-sotiq ishlaridan
xaznna manfaatlari uchun ham foydalandi. Bu vaqtga kelganda Daniyada baliqchilik
(sel`d` balig'i ovlash) katta ahamiyat kasb etdi. Val`demar qo'shni Gol`shtin
grafligiga qattiq zarba berib, Zund bo'g'ozi sohillarida shvedlar bosib olgan hududmi
qaytarib oldi. Endilikda Zund bo'g'ozi tamomila Daniya ixtiyoriga o'tdi. Biroq Daniya
qiroliniyag Zund bo'gozini monopoliya qilishini tan olmagan Ganza ittifoqi Gjlan Daniya
o'rtasida keyinchalik chiqqan urush Val`demar uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tamom bo'ldi.
Ganza va uning ittifoqchilari bo'lgan Shimoliy german knyazlari daniyaliklarga qattiq zarba
berdilar. 1370 yilgi Shtral`zund sulhiga muvofiq, Val`demar ganzaliklarning Zund bo'g'ozi
orqali olib o'tadigan tovarlaridan undiriladigan savdo bojlariniancha kamaytirishi lozim
edi.
Kal`mar ittifoqi. Val`demar IV ning qizi va taxt vorisi qiroleva Margarita (1375—1412)
Skandinaviyadagi boshqa mamlakatlarning, ya'ni Shvetsiya va Norvegiyaning siyosiy va iqtisodiy
qoloqligidan foydalanib, Daniya gegemonligi ostida katta Shimoliy federativ davlat tuzmoqchi
bo'ldi. Shimoliy federativ davlat'har holda rasmiy jihatdan ancha uzoq vaqt (1397—1523)
yashadi. Norvegiya qiroli Gakon VI ning xotini bo'lgan Margarita 1375 yili Daniya taxtiga
(Val`demar IV vafot chttapdan keyin (o'z o'g'li Olafni saylattirishga muvaffaq bo'ldi. Gakon VI
o'lgandan so'ng (1380 y.) Norvegiya taxti ham Olaf qo'liga o'tdi. Olaf vafot etgan (1387 y.)
Margaritaning o'zi Daniya va Norvegiya qirolevasi degan titulni qabul qildi. 1397 pluatatsiya
qilardilar. Dunyoviy va cherkov zodagonlari Norvegiyada biglerlar deb ataladigan o'z
guruhlarini barvaqt tuzgan edilar (biglerning asl ma'nosi: «egri xassa» demakdir bu yerda
yepiskoplarning xassasiga imo qilingan). Ikkinchi, demokratiya guruh esa birkenbeynerlar
(asl ma'nosi: «chipta kavush kiyuvchilar» demakdir), degan belgili bir nom bylan yurardi.
Dehqonlardan tashqari, bu guruhga mayda dvoryanlar, shuningdek, shaharliklar ham kirardi.
Norvegiya Daniya feodallari hukmronligi ostida. Daniya bilan ittifoq bo'lish Norvegiya uchun
xiyla ijtimoiy oqibatlarga sabab bo'ldi. Feodal jihatdan ancha rivojlangan Daniya norvej
feodallarining mahalliy, ya'ni norvej dehqonlar'ini qisish va ularni o'zlariga qaram qilish
yo'lidagi urinishlarida bu feodallarni bevosyta qo`llab-quvvatladi. Ikkinchi tomondan, Daniya
feodallari norvej aholisidan soliqlar va boshqa qonunsiz haqlar undirish yo'li bilan
Norvegiyadagi turli harbiy, fuqarolik va cherkov mansablarini o'z qo'llariga o'tkazib olish
yo'li bilan feodal jihatdan hali chalachulpa rivojlangan va siyosiy jihatdan o'zlariga
bo'ysundirilgan qo'shni bir mamlakatni amalda ekspluatatsiya qilib keldilar. Shunday qilib,
o'rta asr Norvegiyasining tarixy antiqa bir tarixdir. Buning antiqali'gi shundaki, bir
tomondan, Norvegiya tugallanib yetmagan feodalizmning timsoli sifatida o'rta asrlarning bo
shidan to oxirigacha ko'p sonli erkin dehqonlarni saqlab keldi va ikkinchi tomondan, «bu
«feodal bo'lmagan dehqonlar» mamlakati (shunisi engmuhim) har qalay kuchli feodal
ekspluatasiyasiga duchor qilindi. Bu ekspluatatsiya nisbatan zaif bo'lgan mahalliy (norvej)
feodallari tomonidan emas, balki birlashgan DaniyaNorvegiya qirolligida hokim millat
sifatidagi kelgindi, ajnabiy (dariyalik) yer egalari tomonidan amalga oshirildi. Norvegiya
xalq ommasi Daniya feodallari hukmronligiga qarshi g'ayrat bilan^bir necha marta bosh ko'tardi.
1501 yilgi qo'zg'olon eng iirik va muvaffaqiyatli qo'z'g'olon bo'lib, unda norvej dehqonlari
asosiy rol o'ynadilar. Bu qo'zg'olonga Knut Al`foen rahbarlik qildi. Norvej dehqonlari Daniya
qo'shinlarini yakson qilib tashladilar. Daniyaning Norvegiyadagi hukmronligi barham topgandek
edi. Biroq xalq ommasining aktivligidan xavfsirab qolgan biglerlar guruhi Daniya~
feodallari bilan bitim tuzdi va, shunday qilib, o'z mamlakatining milliy ozodligiga g'ov
soldi.
XXVI BOB XI—XV ASRLARDA POL`SHA '
XI—XIII asrlarda Pol`shada feodal munosabatlarining rivojlanishy. XI—XIII asrlarda
Pol`shada, Chexiyadagi singari, uning ijtimoiy tuzumyaning feodallashish zamoni edi. Boles
lav Botir zamonida asosan qirol saroyida yashagan qirol drujinachilari, ya'ni voylar
endilikda qishloqlarda o'troqlashib, qirol tomonidan in'om qilingan yer-mulklarida yirik va
o'rta darajali yer egalariga — pomeshchiklarga ailandilar. Cherkov yer egalari — yepiskoplar va
monastirlar qiroldan ko'p miqdorda yer-mulklar oldilar. Polyak urug'larining tarqalib ketishi
natijasida ajralib chiqqan eng nufuzli va zodagon (lex yoki lyash deb ataluvchi) oilalar ham
feodallarga aylandi. Pol`shadagi feodalizmning o'zidan burungi urug'chilik tuzumi bilan
aloqasi Chexiyadagiga qaraganda zaifroq edi. Polyak yer egalari — feodallari, Chexiyadagi
singari, shlyaxta («lex» yoki «lyax» so'zidan) deb atalardi. Shlyaxta so'zining tor ma'nosi —
milites yoki nobiles minores) yirik feodalpanlardan farq qilib (`aron'es yoki nobiles
majores) mayda va o'rta darajali ritsarlar demakdir. Ritsarshlyaxta bilan yirik panlar
o'rtasida uzok vaqtgacha qarindoshurug'lik munosabatlari hukm surib keldi. XIII— XIV
asrlardayoq ko'pgina shlyaxtachylar o'z homiylari bo'lmish panlarni katta akalarimiz deb
hisoblab, ular nomidagi gerblarni ko'tarib yurar, ana shu panlarning drujinalari sifatida
ularning Sanroqlari ostida jang qilardilar. Haqi'qatda shlyaxtaning tarkibi ancha keng edi.
Shlyaxta tarkibiga qirolning sobiq drujinachilari va lyax urug'larining kichik a'zolarigina
kirmay, balki eng baquvvat erkin dehqonlar, ya'ni kmeyteylar ham kirardi. Qambag'allashgan va
zaiflashib qolgan kmeyteylar qaram dehqon dehqonlar ahvoliga tushib, xo'jayinlar yerida
istiqomat qiluvchi qullardan chiqqan qaram dehqonlar (servlarxloplar) bilan qo'shilishib ketgan
bu vaqtda, yuqori tabaqa kmeyteylar ritsarlarga ailandilar.
XI—XII asrlarda polyak qishlog'idagi kmeyteylar qullik asoratiga tushirilishi zaminida
dehqonlarning jiddiy g'alayonlari bo'lganligi ko'rildi. G'alayon qilgan dehqonlar eski ma
jusiylik z'tiqodi libosiga o'ralib olib, yangi, xristian diniga, ya'ni birinchi galda
feodallar qabul etgan dinga qarshi bosh ko'tarib chiqqan edilar. Bu qo'zg'olonlarning eng,
yiriklaridan biri—*"1037—1038 yillardagi qo'zg'olon edi." Qo'zg'olon davomida dehqonlar
ko'pgina katolik ruhoniylarini va zodagon panlarni qirib tashladilar. Dehqonlarning 1148
yilgi ikkinchi qo'zg'oloni mahalliy panlar va kelgindi nemis ritsarlarining birlashgan
kuchlari yordamida bostirildI. Qmeyteylarni qullik asoratiga tushirish jarayoni uzoq o'n
yillargacha cho'zildi. XIII—XIV asrlardayoq polyak dehqonlarining anchagina qismi shaxsan erkin
edi. Ammo panlar qirollardan olgan immunitet yorliqlarini asos qilyb turib, bu shaxsan
erkin dehqonlarni ham o'zlari sud qilish huquqiga ega edilar. Bitta yoki «bir nechta qishloqni
o'z ichiga olgan hududiy qo'shni jamoa (opol`e) ham shaxsan ozod, ham feodallarga qaram
polyak dehqonining ijtimoiy tashkiloti ko`rinishida qolaverdi. XII—XIII asrlarda feodal yer
egaligining asosiy ko`rinishi mahsulot bilan renta (yer solig`i) to'lash edi. Renta (yer solig`i) bilan bir qatorda boj
shaklida ishlab berish, yig'imterim, yuk tashish v a boshqa majburiyatlar renta (yer solig`i)si ham bor edi.
Harbiy maqsadlarni ko'zda tutadigan, ya'ni qo'rg'onshaharlar qurish, yo'llarni tozalash va
hokazolar singari qurilish xarakteridagi turlituman majburiyatlarni dehqonlar davlat uchun
bajarib berardilar, erkin kmeyteylar piyoda askar. sifatida harbiy xizmat o'tardilar. Barcha
dehqonlar cherkov desyatinasi to'lardilar. Garchi Krakov, Gnezno, Poznan`, Vrotslav va ba'zi
bir boshqa shaharlar mavjud bo'lib, ular hunarmandlik va savdo-sotiq markazlari deb nom
chiqargan bo'lsalarda, lekin XII—XIII asrlardagi polyak shaharlari hali zaif rivojlangan
edi; X—XI asrlardayoq Pol`shaga kelib ketgan arab sayyohlari bu shaharlarning anchamuncha katta
shaharlar bo'lganligini yozganlar.
Pol`shaning feodal tarqoqligi. Feodalizmning rivojlanishi va yirik ham mayda feodal yer
egalarining (panlar va shlyaxtalarning) sinf bo'lib tarkib topishi sharoitida Pol`sha davlati
o'nlab mayda feodal knyazliklarga parchalanib ketdi. Knyaz Boleslav III og'zi qiyshiq
(Krivoustiy) qirollikni o'zining bir nechta o'g'illari o'rtasida taqsimlab bergan 1138 yilda
bu parchalanish yanada kuchaydi. Knyazvachchalarning udel yerlari bundan keyin yana ko'proq laxtak
yerlarga bo'linib ketdi. Sileziya, Mazoviya,' Kuyaviya, Velikaya Pol`sha, Sandomer yeri, Krakov
yeri va boshqalar har biri mustaqyl davlat bo'lib, ularning o'z. buyuk va udel knyazlari bor
edi. Mahalliy panlar o'z navbatida o'zlariga qaram mayda shlyaxtaga tayanib, udel knyazlari
orqasidan ergashdilar. Knyazliklarda chinakam hokimiyat esa yirik panlar qo'lida bo'lib, ular
"Pyastlar xonadonidan chiqqan behisob knyazvachchalarning beto'xtov olib borgan o'zaro
urushlaridan hokimiyatlarini kuchaytirish maqsadida foydalandilar.
Butun XIII asr va bundan keyingi XIV asr Pol`shada yirik yer egalari bo'lgan panlar
magnatlarning tanho hukmronlik davri bo'ldi. Odatda bu tuzum mojnovladstvo, ya'ni magnat
lar hukmronligi deb ham ataldi. Bu vaqtda ritsarlar hali mustaqil siyosiy ahamiyat kasb
etmagan edilar. • Ayni zamonda, XIII asrda Pol`sha xalqaro munosabatlarda ham qiyin paytni
boshiDan kechirayotgan edi. Nemislar Pol`shaning iqtisodiy va strategiya jihatdan juda muhim
hududini bosib oldilar. 1226 yili Visla daryosi bo'yiga ko'chib o'tgan Tevton ordeni shu
asr.ning o'rtalariga kelib butun Prussiyani va butun Pomor`eni bosib oldi va, shunday qilib,
Pol`shaning Boltiq dengiziga chiqish yo'lini kesib qo'ydi. Shuningdek, tatarlarning hujumi ham
Pol`sha uchun juda katta ofat bo'ldi: 1241 yili tatarlar butun Kichik va Buyuk Pol`sha orqali
o'tib, polyak shaharlari va qishloqlarini vayron qilib tashla^ dilar. Tatarlarning janubiy
Kichik Pol`shaga hujumlari 1259, 1287 yillarda va undan keyingi boshqa. yillarda ham tak
rorlanib turdi.
c
Tatarlarning mamlakatni vayron qilishi natijasida qishloq xo'jaligi va rivojdana boshlagan
polyak savdosanoat shaharlari inqirozga yuz tutdi. Mamlakatnyng xarob qilinishi nemis
kolonizatsiyasi uchun Polipaga yo'l ochib berdi, polyak knyazlari va panlari zsa bunga homiylik
ko'reatdilar. Nemis istilochilari shahar va qisman qishloqlarga kelib o'rnashib, Pol`shada ham
(Chexiyada bo'lgani singari) polyaklarning milliy va siyosiy taraqqiyot jarayonini
mushqullashtirdilar. Nemis •kolonizatsiyasi polyak shaharlari taqDYriga ayniqsa katta zarar
keltirdi. Nemis kolonizatsiyasi natijasida polyak shahari tamomila yot bir nemis xarakterini
olDi, bu hol eea Pol`sha davlotining bundan keyingi siyosiy markazlashish jarayonini va
mahalliy polyak burjuaziyasining. o'zining o'sishini juda qiyinlashtirib qo'ydy. «Nemislar,— deb
yozgan edi Marks,— Pol`shada polyak burjuaziyasi mavjud bo'lgan polyak shaharlarining vujudga
kelishiga xalaqit berdilar. Uzlarining alohida tillari bilan, polyak aholisig'a uzlarining
yot bo'lishlari bilan, uzlarining ming xil imtiyozlari va shahar nizomnomalari bilan ular
(nemislar. Tarj.) markazlashishning, har qanday mamlakatnyng jadal rivojlanyshi uchun bu eng
qud* ratli siyosiy vositaning amalga oshirilishini qiyinlasht'Yrdilar»1.
Pol`shaning birlasha boshlashi. XIV asrning birinchi yarmida Pol`shada siyosiy jihatdan
parchalanib ketgan yerlar birlasha boshladi. Avvalo, Pol`shaning iqtioodiy taraqqiyot sohasida
erishgan yutuqlari bu birlashishning shartsharoitlari bo'ldi. XIV asr boshlariga kelganda
Pol`shaning ichki va tashqi savdosi jonlandi. Butun Pol`sha bo'ylab o'tadigan katta savdo
yo'llary vujudga keldi; L`vov—Krakov^Dantsig (Gdan`sk) va Kiyev—Vil`no—Kenigsberg bular
orasida eng asosiy savdo yo'l* lari hisoblanardi. Pol`shada qishloq xo'jalik mahsulotlari» ni
eksport qilishning o'sib borishi munosabati bilan Visla daryosi tobora katta ahamiyatga zga
bo'ldi. XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asrning birinchi yarmi mobaynida dehqonchilik va
hunarmandchilikning rivojlanyshi bu savdoning jonlanishi uchun yetarli darajada baza yaratib
berdi. Pol`sha davlotining birlashish .jarayonini tezlashtirgan ikkinchi shart—polyaklar
tyorritoriyasini yangidan bosib olish xavfini solgan Nemis ordeniga qarshi Pol`shaning kuragi
olib borishi bo'ldi. Kuyaviyalik knyaz Vladislav I Loketek (1306—1333) Pol`shani birinchi
marta birlashtirib^u 1320 yildan boshlab qirollik titulini qaytadan tikladigPol`sha feodal
jihatdan parchalanib ketgan davrda bu titul butunlay yo'qolib ketgan edi. Vladislavning
o'g'li Kazimir III Buyuk (1333—1370) davrida Politsadagi qirol hokimiyati eng qudratli
hokimiyatga aylandi.
Kazimir III davrida idora ishlarini markazlashtirish yo'lidagi urinishlar. Kazimir Buyuk va
Kichik Pol`shani, Krakov va Kuyaviyani o'z qo'lida birlashtirib, so'ng Galitsiyani va Volynning bir
qismini ham qo'shib oldi. Polyak panlari va polyak 4etolik cherkovi bu rus mintaqalarida yirik
yer-mulkyaar oldilar7shu tariqa Sharqda polyak kolonizatsiyasi polosasini ochib berdilar. Kazimir
III davrida polyak yerlarini qaytadan qo'shib olish tugallanmaodan qolgan edi. Nomor`eni Nemis
ordeni egallab olgan edi, Sileziya esa German imperiyasi tarkibyga kirgan gyorsoglikka
aylangan edi. Sharqiy polyak yerlaridan Mazoviya birlashtirilmay qolib kelardi1.
Kazimir ichki hayotda markazlashtirish siyosatini o'tkazishga harakat qildi. U markaziy idora
apparatini qaytadan tashkil qilib, unga o'rta shlyaxta, vakillarini tortdy, shuningdek, ob
lastlarga alohida gubernatorlar—oqsoqollar tayinlash yo'li bilan ularda yangi idora usulini
belgiladi.
Kazimir davrida Pol`shada birinchi marta Buyuk Pol`sha va Kichik Pol`sha uchun alohidaalohida
sud qonunlari to'plami nashr etilda. Bungacha polya'k«yemis shaharlarn apellaidy uchun german
shahar sudlariga (Magdeburgga va boshqalarga) murojaat etardilar, Kazimir davrida bu huquq
o'z kuchini yo'qotdi. Nemis huquqining Krakov oliy sudi shaharlik nemislarning ishlarini
qaraydigan oliy sud deb tan olindi.
Kazimir" savdoga homiylik qildi, yo'llar qurdirdi, tanga zarb qilish ishlarini tartibga
soldi. Uning davrida ko'pgina qishloqlar shaharlarga aylaydi; eski shaharlar qaytadan qurildi
va kengaytirildi. Pol`sha qirolligining poytaxtYA bo'lmish Krakovda 1364 yilda Kazimir
universitet ta'sis etdi, bu universitetniig vazifalaridan biri qirollik idorasi va sudi
uchun huquqshunoslar tayyorlash edi.
Kazimirning butun hukmronlik qilgan davri yirik panlar bilan uzluksiz shiddatli kurashda
o'tdi. 1352 yilda qirol panlarning qurolli ittifoqini (konfederatsiyasini) yanchib tashladi.
Ularning sarkori pan Berkovich qirol tomonidan avaxtaga solindi va u yerda ochdan o'ldirildi.
Kazimir qullik asoratiga tushirilmagan kmeyteylarni saqlab qolishga intilib, alohida
farmonlarda ularning molu mulki dahlsizdir, deb e'lon qildi. Qochoq qaram dehqonlarni tutib
kelish muhlati bir yil qilib cheklandi. Kazimirni yomon ko'radigan, alamzada yirik zodagonlar
uni mujiklar qiroli, «malaylar qiroli» deb masxara qiladigan bo'ldilar. Aslida Kazimirni
shlyaxta qiroli deb atasalar to'g'riroq bo'lardi. Qirol birinchi navbatda feodallarning ana shu
o'rta va mayda tabaqasifa tayanib YSH ko'rishga uringan edi.
Pyastlar dinastiya (sulola)sining tug'ashn. Panlar va shlyaxta imtiyozlarining o'sishi. Kazimir III davrida
qirol hokimiyatining' kuchayishi omonat bo'ldi. Eng muhimi shu ediky, polyak qirollarini shahar
uchinchi toifasi qo`llab-quvvatlamay qo'ydi. Panlar va shlyaxta tobora keng toifaviy va siyosiy
imtiezlarga ega bo'ldilar. Eski polyak Pyastlar dinastiya (sulola)sining tugashi ham feodallarning
kuchayishiga yordam berdi. Farzandsiz Kazimir III vafot etgandan keyin polyak tojtaxti uning
qarindoshlari qo'liga, ya'ni Vengriya qiroli Lyudovikka o'tdi. Lyudovik polyak taxtiga qirol
qilib saylangani uchun panlarga Koshitskiy imtiyozlari deb atalgan yorliqlar o'lashdi (1374 y.).
Bu imtiyoz yorliqlariga muvofiq panlar va shlyaxta «grosha» deb atalgan * kichik soliqdan va
qirollik ichida qisqa muddatli'harbiy xizmat o'tyashdan tashqari, qirolning deyarli barcha
majburiyatlaridan ozod etilgan edilar. Lyudovik Vengerskiy o'lgandan keyin (13.82 y.)
Pol`shada bir necha yil surunkasiga hech qanaqa qirol bo'lmadi.
1386 yilda qirollikka. saylangan Litva knyazi Yagaylo (polyakcha Yagello) Lyudovik
Vengerskiyning qizi Yadvigaga uylandi va Vladislav II nomi ostidadeyarli ellik yil (1386—
1434) davomida polyak qiroli bo'li1 turdi. Pol`shaning Litva bilan 1386 yilda1 tuzgan
(uniyasi) ittifoqi Pol`sha uchun juda katta siyosiy ahamiyatga zga bo'ldi. Ittifoq tuzilishi
tufayli Pol`sha bilan Litvaning birlashgan kuchlari Tevton (Pruss) ordeniga qarshi
birgalikda harbiy harakatlar boshlab, uni yakson' qilib tashladilar. Ikkinchi tomondan,
LitvaPol`sha ittifoqi polyak panlarining Sharqda rus yerlarini mustamlaka qilib bosib olish
yo'li bilan o'z mulklarini kengaytirish bobidagi urinishlariga olib keldi. Polyak panlarining
Sharqdagi agressiv siyosati ularning feodallik kuchqudratini yanada mustahkamlashga va
kengaytirishga yordam berdi va, pirovardida, qirol hokimiyatini yana ko'proq zaiflashtirdi.
Hammadan ko'ra ko'proq o'zining dinastiya (sulola)sini mustahkamlashdan manfaatdor bo'lgan irodasiz va
lavashang Yagayloning o'zi panlarga yangidanyangi imtiyozlar berib, xuddi shu ruhda yana bir
qancha yangi «imtiyozlar» bosib Chiqardi. 1422 yildagi Chervin imtiyozi (1422 y.) feodallarning
yer-mulklari dahlsiz ekanligini garantiyalab berdi (yer egasilarni qirol faqat sud yo'li
bilangina musodara qilishi mumkin edi). Yagaylo YedlinKrakov imtiyozida (1430—1433) sud
qilmay turib va qonundan gashqari zodagonlardan hech kimni qamoqqa olmaslikka va'da berdi.
Pruss ordenining tor-mor etilishi va Prussiyaning tobe qilinishi. XIV asr o'rtalaridan orqaga
keta boshlagan nemispruss ordeni, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida ham Pol`sha
chegaralariga hujum qilishlarini hamon to'xtatmagan edv.

Ammo, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek1, 1410 yilda Gryunval`D yonvdagi jangda nemis


ritsarlari tamomila mag'lubiyatga uch* radilar. Yagaylo va uning amakivachchasi Vitovt
(Litvarus knyazligini boshqargan odam) boshchiligidagi polyak, litva va rus polklari,
taboriylarning bo'lajak rahbari Yan Jijka ishtirokida bu jangda nemislarga shu darajada
qattiq zarba yetkazdilarki, orden endilikda o'zining qaddini rostlay olmadi. Durust, 1410
yildan keyin orden darhol o'z mustaqilligini yo'qotgani yo'q. Brandenburgning aralashuvi
tufayli orden haln davlatlik holotini saqlab qolgan bo'lsada, lekin Pol`» shaga ba'zi
bir hudud jihatdan yon berishga va unga ancha miqdorda tovon to'lashga majbur bo'ldi. Ammo
XV asrning 50yillarida urush yana qaytadan boshlanib ketgach, ordenning o'z mulklarini mudofaa
qilishga qurbi yetmasligi ma'lum bo'lib qoldi. Urush 13 yil, ya'ni 1453 yildan to 1466 yilgacha
davom qildi va ordenning tamomila taslim bo'lishi bilan tugadi. 1466 yilgi Torun sulhiga
ko'ra, Pol`sha Sharqiy Pomor`e bilan Xelmin yerini hamda G'arbiy Pruosiyani qo'lga kiritdi.
ShundaY qilib, Pol`sha yana Boltiq dengiziga chikdi. Biroq orden bu safar ham mulklarining
bir qismini saqlab qola bildi. Poytaxti Kenigsberg bo'lgan Sharqiy Prussiya orden
grossmeystri idorasi ostida qoldirildi, lekin u Pol`sha qiroliga vassal qaram bo'lish sharti
bilan qoldirildi.
Neshava statutlari. Seym vakilligining boshlanishi. Vladislav (Yagaylo) ning o'g'li Kazimir IV
(1447—1492)2 davrida orden tor-mor etildi. Orden bilan urushning borishida Kazimir IV
shlyaxtaga ancha katta yon berishga majbur bo'ldi. Shlyaxtaning bu safargi chiqishiga panlarning
haddan tashqari zo'ravonlik qilishidan ritsarlarning noroziligi sabab bo'ldi. 1454 yil kuzida
agar qirol shlyaxtaning azalgi erkinliklarini taodiqlab, unga yana yangi erkinliklar bermasa,
shlyaxta lashkarlari urushni davom qildirmaymiz, dedilar. Shlyaxta qo'zg'oloni natijasida Kazimir
IV Neshava statutlarini chiqardi. Neshava statutlari mojnovladstvoni ancha cheklab qo'ydi. Bu
statutlar davlatga qarashli yerlarni panlar tomonidan bosib olinishini man qildi, panlar bu.
vaqtgacha qirol domenini bemuhlat ijaraga olib kelardilar. Panlar ayni zamonda bir necha
mansabni o'z qo'llarida to'play olmasdilar. Shlyaxta mahallyy sudma'muriy apparatga kirib
olish imkoniga ega bo'ldi. Ammo statutlarning eng muhim moddasi shundan iborat ediki, bundan
keyin qirollikda yangi qonunlar «umum zemskiy seymida» shlyaxta tomonidan ifoda etilgan
tarzda, "shu shlyaxtaning roziligi olingandan so'ngtina chiqariladi. Shlyaxta o'zi uchun yon berish
larga erishgan bo'lsada, biroq qolgan boshqa aholiga qandaydir huquqlar berilishidan u
tamomila manfaatdor emas edi. Shahar vakillarining seymlarda qatnashishi masalasi hatto
ko'tarilgani ham yo'q. Neshava statutlari qochoq dehqonlarni avvalgi egalariga qaytarishny
buyurib, qaram dehqon dehqonlarning ahvolini battar yomonlashtirdi. Neshava statutlari dvo
ryanlarning tor siyosiy tuzumiga asos solib berdig Dvoryanlarga xos bu tor siyosiy tuzum
kelajakda rivoj topib, u o'ziga. xos shlyaxta dvoryanlari respublikaei shaklini oldi va unta
nomigagina saylanadigan qirol boshchilik qiladigan bo'ldi.
XV asrning ikkinchi yarmi mobaynida Pol`shada shu mamlakatning o'ziga xos bo'lgan tor toifaviy
vakillik, ya'ni feodallarning bir o'zidantina iborat bo'ltan vakillik uzil-kesil shakllanadi.
Ayrim mintaqalarda — «yerlarda» shlyaxtaniig mahalliy s`ezdlari (seymchilari) to'planib, ular
mahalliy masalalardan tashqari, yangi soliqlar solish masalasini ham hal qiladilar/ XV asr
oxiriga kelib Pol`shada butun mamlakat uchun umumiy bo'lgan seym, ya'ni erkin seym deb atalgan
seym
' vujudga keldi. Erkin seym o'z navbatida ikki palatadan: oliy — «tojtaxt radasi» (yoki
senat) va quyi — «elchixona» degan palatalardan tashkil topgan edi. Oliy palatada mojnov
ladtslar, ya'ni eng yirik panlar va prelatl ar dan* iborat katta amaldorlar (velvmojalar)
majlis qiladilar, quyi palatada shlyaxta vakillari bo'lib, ular o'zlarining mahalliy seymlari
nomidan elchilar sifatida chiqib gapirardilar. Shaharliklar seymda qatnashish huquqiga ega emas
edilar.
Qaram dehqon huquqning kuchayishi. XV asr oxirida shlyaxta siyosiy yon berishlarga erishish bilan bir
vaqtda, bir qancha muhim ijtimoiy'kqtisodiy imtiyozlarni qo'lga kiritdi. 1496 yildagi
Petrokov statutiga ko'ra, shlyaxta qishloq xo'jalik mahsulotlarini chet ellarga bojsdaz chiqarish
huquqini oldi. Shlyaxtaga spirtli ichimliklar yshlab chiqarish va ootishni monopoliya qilib olish
huquqi berildi. Petrokov statutiga kura, dehqonlar ahvoli, aksyncha, yana battarroq
yomonlashdi. Qochoq qaram dehqonlarni qidirib topish endi hech qanaqa muhlat bilan cheklanmadi.
Dehqonlarta pomeshchiklar ustidan shikoyat Qilish man etildi. G'alla, chorva mollari, yog', teri va
boikqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini eksport qilish o'syb borganligi mu
* nosabati bilan butun Pol`shada barshchina xo'jaligi avj ola bordi. Bunday sharoitda Pol`shada
qaram dehqon huquq o'rta asrlar oxiriga kelib yo'qolish u yoqda tursin, balki yanada kuchaydi.
Bu bilanpolyak dehqonlari va boshqa millatlarning dehqonlari polyak pomeshchiklar"iga qaram
bo'lib, belorus, ukrain
va litva dehqonlarining turmush sharoiti juda og'ir bo'lib qoldi.
XIV—XV asrlarda.Pol`sha madaniyati. Polyak yerlarining iqtisodiy va siyosiy jihatdan birlashishi,
polyak shaharlarining o'sishi, polyak xalqining tarkib topishi oqibatida polyak madaniyati
yuksaldi. Universitet va olimlar tili, shuningdek, cherkov tili bo'lib kelgan lotin tili
bilan bir qatorda, polyak tili ham rivojlandi. XIV—XV asrlarda bir qancha asarlar endi ana
shu tilda yozildi. Krakov universitetining professori , va rektori Yakub Parkosh «Polyak
orfografiyasi» to'g'risida degan maxsus traktat yezdi. Bu vaqtga kelib, polyak tili muayyan
grammatik qoidalarni ishlab chiqqan adabiy til ekanligini ko'rsatgan edi.
XIV asrning ikkinchi yarmida ta'.sis etilgan Krakov universiteta XV asrda turli fanlarning
vakillari bo'lmish bir qancha ajoyib olimlarni yetkazib berdi. Krakov universiteti o'zining
yuridik fakul`teti bilan shuhrat qozongan edi. Yan Ostrorog (1436—1501) XV asrning atoqli
huquqshunosi bo'lib, u gumanietlarning ta'sirini o'zida mujaosamlashtirgan yirik davlat arbobi
edi. Ostrorog «Rech` Pospolitayaning qurilishi haqida memorial» degan lotin tilidagi aeosiy
asarini 1477 yildagi seymga taqdim etgan edi. Bu asarida Ostrorog Pol`shada qirol
hokimiyatini kuchaytirish zarurligi haqidagi, cherkov imtiyozlarini cheklash haqid'agi,
mustaqillik, jumladan, qirolning papadan mustaqil, bo'lishi kerakligi haqidagi g'oyalarni
rivojlantiradi, qudratli dunyoviy feoda'llar (panlar) ham oddiy fuqaro bilan babbaravar,
qirolga.bo'ysunishlari lozim, deydi.
Lekin Krakov universiteti XV asrda matematikaga ham, shuningdek, astronomiyaga ham katta
e'tibrr berdy. Mashhur Nikolay Kopernik ana shu universitet dargohidan yetishib chiqqan, biroq
uning ilmiy faoliyati asosan XVI asrga oiddir.
. *
Bu davrdagi eng yirik polyak tarixchisi Yan Dlugosh (1415—1480) ham ana o'sha Krakov
universiteti talabasi bo'lib, u'o'z umrining ko'pchilik qismini Krakov shaharida o'tkazgan.
Uning «Pol`sha tarixi (Historia Poloniae) nomli uch tomlik (12 kitob) asari ko'p miqdordagi
qadimiy yilnoma va xronikalarni o'rganishga asoslangan katta bir asardir. Dlugosh eng
qadimgi zamonlardan boshlab yuz berganvoqealarni bayon etadi, aearning bir qismi afsonaviy
materialni, qadimiy rivoyat va dostonlarni qayta hikoya qiladi. Voqea to 1480 yilgacha, ya'ni
tarixchining vafot etgan yiligacha yetkaziladi. Shunisi diqqatga sazovordirki, Dlugosh rus
yilnomalari bilan tanish bo'lgan, bu yilnomalarni o'qish uchun u rus tilini o'rgangan. Dlugosh
jonli va qiziqarli tilda yozgan. Uning "asari chuqur vatanpar^ varlik ruhi bilan sutorilgan.
Dlugosh eng yirik janglarni, jumladan, Gryunval`d yonidagi buyuk jangni ayniqsa jonli tilda
qyziqarli qilib Tasvirlagan. XXVII BOB '
XI—XV ASRLARDA VENGRIYA
Vengriya davlotining tashkil topishi. Vengriya davlati IX asr oxirida Janubi-sharqiy Yevropada
tashkil topdi. Vengrlar yoki mojorlar, finugor til guruhiga mansub halq bo'lib, ular.
Sharqdan, Azov dengizi bo'yi — Don dashtlaridan Dunay daryosi bo'yiga kelganlar (ilgari ular
undan ham nariraqda, Janubiy Ural tog' etaklarida yashaganlar). Usha vaqtda vengrlar hali
ko'chmanchichorvadorlar bo'lib, urug'qabilachilik hayotining xususiyalarini juda ravshan saqlab
qolganlar. Vengrlar yetti qabilaga (yoki o'rdaga) bo'linganlar, qabilalari esa urug'larga
taqsimlangan (jami bo'lib 108 urug' mavjud bo'lgan). Vengrlarning hayot obrazi ko'proq osiyolik
ko'chmanchilarning hayotini eslatib turardi. Go'sht bilan sut ularning asosiy ovqati bo'lgan.
Erkaklar ko'pchilik vaqtini chavandozlikda o'tkazgan. Turli qabilalarning boshliqlari orasida
Al`mosh va Arpad ayniqsa ajralib turganlar, ular rahbarligida vengrlar O`rta Dunay
hududini, ya'ni qadimiy Pannoniya bilan Tissa daryosi tumanini istilo qilganlar1.
Vengrlar turli qabilalardan tashkil toptan mahalliy aholini siqib chiqarganlar yoki o'zla
riga qaram qilib olganlar, bu aholi esa germanlashgan keltlar, romanlashgan daklar, turli
slavyan qabilalari va. botsgqalardan iborat bo'lgan.
Vengrlar X asr mobaynida garchi dehqonchilik qilishga ko'chgan bo'lsalarda, lekin chorvachilik
bilan ham keng miqyosda shugullanganlar. Ularning harbiy tuzumi hamon rivojlanib borgan.
Vengr otliqlari o'zlarining hujumlari bilan G'arbiy Yevropada barchaga dahshat solganlar.
Vengrlar Shimoliy Italiyani, Provanoni, Sharqiy Fransiyani, Janubiy va G'arbiy Germaniyavi
payhon qilganlar va talaganlar. Saksoniya dinastiya (sulola)siga mansub nemis qirollari — Genrix I
Qushvoz va Otgon 1 |Gina vshgrlarni yanchishta muyaosar bo'lganlar (bu janglar 933 va 955
yillarda Merzeburg shahri yonida va Lex daryosi bo'yida bo'lgan). Shundan so'ng vengrlar G'arbga
hujumlar qi.lishni to'xtatib, o'troqlikka o'tganlar va ular orasiga xristianlik kirv
boshlagan. Vengrlar mahalliy slavyanlardan dehqonchilik texnikasini, uy hayvonlari
urchitishni, dehqon qo'ralari qurishni va donli ekinlar ekishni o'rganib olib, zo'r berib
dehqonchilik qiladigan bo'lganlar. Slavyanlarning uy hayotiga, dehqonchilikka, bog'dorchilikka,
polizchilikka, hunarmandchilikka, yuilaviy hayorga va jamoat tartiblariga oid ko'pgina so'zlari
veshr tiliga kelib kirgan. XI—XII asrlarda vengrlarda feodal munosabatlar rivojlangan,
qisman bung'a sabab vengrlar
bilan astasekyn qo'shilishib ketgan mahalliy slavyanlar ijtimoiy tuzumining bevosita ta'siri
bo'lsa, ikkinchi tomondan, G'arbiy Yevropa feodalizmining, xususan german feodallarining ham
qisman ta'sir ko'rsatganligidnr. '
Vengrlarning Arpadlar urug'idan chiqqan bosh knyazi Stefan I (vengrcha Ishtvan 997—1038) qariyb
1000 yilda papadan qirollik titulini oldi. Stefan davrida xristianlik uzil-kesil davlat
dini deb e'lon qilindi. Mamlakat ma'muriy okruglarga (komitetlarga, ya'ni grafliklarga)
bo'linib, bu okruglar tepasida ishpanlar (slavyancha «jupan» so'zining o'zgargani) turardilar.
Ishpan lashkar chaqirar, qirollik foydasiga soliqlar to'plar va sud ishlariqi bajarardi. Butun
Vengriya bo'ylab ko`pdan-ko`p qasrlar qurildi; odatda eng yirik qasrlar ishpanining
rezidentsiyasi bo'lib ham xizmat qilardi. Bunday qasrlarning bir qismi tez orada shaharlarga
aylandi.
XII—XIII asrlarda Vengriyada feodallashish jarayoni. XII—XIII asrlarda Vengriya batamom feodal
davlatga aylandi. Shunisi xarakterliki, faqat quyi xalq ommasigina emas, balki eski
patriarxalurug'chilik an'analaridan hali qutulib yetmay. ular bilan d'arhol aloqasini
uzmagan vengr aristokratiyasining bir qismi ham feodalizmga nisbatan uzoq vaqtgacha keekin
oppozitsiyada bo'ldi. Feodalizmga qarshi bo'lgan norozilik bir qancha qo'zg'olonlar va o'zaro
urushlarda yaqqol ifodalandi, XI asr mobaynida vengriyada yangi^ xristian diniga qarshi esky,
majusiylik dinini quvvatlash uchun kurash bayrog'i ostida ana shu yuqoridagi qo'zg'olon va
o'zaro urushlar bo'lib
. o'tgan edi: Faqat XI asr oxiriga kelib katolik cherkovi, G'arbiy Yevropaga nisbatan cheqka
o'lka hisoblangan va, etnik tarkibi jihatidan unga yot bo'lgan bu qirollikda nihoyat, o'z
mavqeini mustahkamlab oldi.
Yevropa feodallarining siyosiy ko'magiga muhtoj bo'lgan vengr qirollari faqat nem ne
ruhoniylarinigina emas, balki nemis ritsarlarini ham xizmatga tortib, ularning har ikkala
siga katta-katta yerlar in'om qildi. XII—XIII asrlarda Dunay va Tissa daryolarining eng
unumdor tekisliklarida vengr zodagonlari, ya'ni vengr baronlari va yepiskoplarining
ko`pdan-ko`p yirik yer egasilari, shuningdek, mayda ritsarlarning juda ko'p mulklari vujudga
keltirildi. Franklarda bir vaqtlar graf mansabi bo'lganidek, vengrlarda ishpan mansabi ham
feodal*lasha bordi. Bu mansab vorisdanvorisga o'tadigan bo'ldi. Bu mansab bilan aloqador
yerlar feodalmagnatlarning meros yerlariga aylandi. Vengrlarning ko'p oonli urushlari
mahalida boshqa yurtlardan haydab olib kelingan deyarli qullardan tangkil topgan qaram dehqon
dehqonlar safi, endilikda, xonavayron bo'lgan erkin vengr jamoatchi dehqonlar hisobidan
tobora ko'proq to'ldirila bordi. Feodallar o'zlariga qarashli unumdor yerlardan mumkin qadar
qulayroq foydalanishga intilishlari munosabati bilan Vengriya qaram dehqon huquq insonni
ayniqsa shafqatsizlik bilan ekspluatatsiya qiladigan bir mamlakatga aylandi. Yevropadagi juda
ko'p oalib yurishlarida qatnashgan» Sharqqa Vengriya orqali o'tgan salibchilar o'z tomonlaridan
Vengriyaning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga yordam qildilar. Vengriyada shaharlar va
hunarmandlik rivojlandi. Vengr bug'doyi, chyurvasi, go'shti va boshqa qishloq xo'jalik
mahsulotlari ko'plab va foydali narxlarda sotiladitan bo'ldi. Bo'larning hammasi qaram dehqon
zulmini kuchaytirishga va qaram dehqonlar sonini ko'paytirishga oldb keldi.
Bu davr ichida Vengriya o'z mulklarini ancha kengaytirdi. Vengriyaning o'ziga qarashli asosiy
mulklar yoniga sharqda — Transil`vaniya va Zakarpat`ya Rusi, janubda — Xorvatiya va Dalmatsiya,
so'ngra Bosniya ham qo'shib olindi. Vengriya Adriatika dengiziga chiqysh imkoniyatiga ega bo'ldi.
Vengriya korodlari Bolqon yarim oroli ishlariga aralashadigan bo'lib qoldilar. Venetsiya va
Vizantiya bilan olib borilgan davomli urushlar Vengriyaning deyarli butun ana shu davrdagi
tashqi siyosatini
, xarakterlab beradi. XIII asrda Vengriya Sharqqa qilingan salib yurishlarida (beshinchi salib
yurishida) faol qatnashdi.
Ayni .chamonda vengr qirollari qo'shni GalichVolin` knyazligini egallashga harakat (qildilar
(vengr yilnomalarida — Lodomernn deyiladi, bu rus shahari Vladimir Volinskiy degan nomdan
kelib chiqqan).
1222 yilgi Oltin bulla. Vengr qirollarining harbiy sohad» chrishgan yutuqlariga qaramay (shu
bilan birga, bir qancha kipp'katta muvaffaqiyateizliklar ham bo'lgan edi), feodal tuxum
mustahkamlana borishi va yiryk yer egaligi tantana qilnnsh bilan ularning mamlakat
ichkarisidagi hokimiyati juda .shiflashib qolgan edi. Qirol Andrey II (Andrash)ning Sharqqa
qnlgan muvaffaqiyatsiz yurishi (beshinchi salib yurishi paytnda) va GalichVblin` knyazligi bilan
bo'lgan kurashda yentililliii ritsarlarning va yirik feodalbaronlarning katta bir qismpiipg
qirolga qarshi qo'zg'olon ko'tarishiga olib keldi. Qo'zg'olon ko'targan feodallarga taslim
bo'lishga majbur bo'lgan Andrey. II (bu vaqtda mamlakatning bir qancha joylarida dehqon ham
bosh ko'tarib chiqqan edilar) 1222 yili muhim bir siyosiy hujjatga imzo chekdi. Bu siyosiy
hujjat — Oltin bulla1 pomm bilan mashhur bo'lgan hujjat eDi.
Angliyada Buyuk erkinliklar xartiyasi chiqarilgandan keyin, oradan oztinagina vaqt o'tgach,
paydo bo'lgan Oltin bulla umuman feodallarning o'sha avvalgi tendentsiyasini aks ettirdi,
ya'ni unda: feodallarning toifaviy huquq va imtiyozlarini yuridik tomondan
mustahkamlash, qirol hokimiyati chustidan doimiy nazoratni ta'minlash, agar qirol bergan
va'aalariga rioya qilmagunday bo'lsa, unga qarshi feodal urushi boshlashgacha bo'lgan huquq
ko'rsatilgan edi. 1215 yilgi ingliz baronlariga va 1454 yilgi polyak panlariga o'xshash, vengr
magnatlari ba'zi bir bandlarda ritsarlarga anchamuncha yon bergan edilar. Ritsarlar mahalliy
o'zinio'zi idora qilish boshqarmasida («komitat jamoasi»da) ancha ta'sirga ega bo'ldilar;
ritsarlarning bevosita boshliqlari bo'lmish ishpanlarning huquqlari cheklab qo'yildi, ritsarlar
soliqlardan ozod qilindi'lar,: ularning yerlari
esa meros yerlar deb tan olinadigan bo'ldi. Har yili yig'ilidsh lozim bo'lgan Vengriya seymida
ritsarlar ham qatnashadigan bo'ldilar, qatnashganda ham cheklanmagan miqdorda vakillar
yubora olardilar. Biroq zodagonlar mayda feodallarga bunchalik yon bersalarda, lekin ular
qirollikning siyosiy ishlarida o'zlarining asosiy rahbarlik ta'sirlarini aslo qo'ldan chiqarib
yubormadilar. Bu vaqtga kelib komitatlarda "harbiy xizmat o'tovchi Vengriyaning
qolgan,qutgan erkin dehqonlari harakati Oltin bullada bir qadar o'z ifodasini "topgan
edi. Bular aholining bu kategoriyasiga shaxsiy erkinlikni saqlab qolishga va ishpanlar
zulmidan ularni himoya qilishga va'da bergan edi. Ammo mamlakat asosiy aholi ommasining,
ya'ni qaram dehqon dehqonlarning ahvoli masalasida budlada lommim deyilmagan edi. Shu bilan
bir vaqtda Oltin bulla xuddi shu vaqtda hali zaif rivojlangan va aholisining ko'prog'i
ajnabiylardan—nemislardan, qisman ital`yanlardan1 iborat aholisi bo'lgan shaharlarga hech
qanaqa yon bermagan edi. Uning bu masaladagi tor dvoryanlik xarakteri polyaklarning Neshava
statutlari mazmuniga busbutun to'g'ri keladi. Pol`shada bo'lgani singari, Vengriya oeymi
dehqonlar ham, shuningdek, shaharliklar ham qatnashmaydigan feodallarning tor doiradagi
toifaviy bir yig'ini bo'lib qolaverdi.
!
Mo'g'ultatarlar hujumi va uning oqibatlari. 1240—1241 yillarda Vengriya katta ofatni boshidan
kechirdi. Kiyevni istilo etgandan keyin Botu 1240 yil oxirida juda katta lashkar, bilan
Vengriyaga bosib kirdi. Sayo daryosi bo'yida (uning Tissaga quyiladigan joyida) Botu
vengrlarning ancha katta qo'shinini tor-mor qildi. Shundan keyin o'sha mahalda Vengriyaning eng
yirik shaharlari hisoblangaya Pesht bilan Gran mo'g'ullar tamonidan talandi va shaharlarga o't
qo'yib yuborildi. Qirol Bela IV saroy a'yonlari va qolganqutgan qo'shini bilan Dalmasiyada
yashirindi. Ammo Botu Vengriyada uzoq vaqt qololmadi. Ruslarning tatarlar hukmranligiga
qarshilik ko'rsatishi uni kuchlarni bo'lib tashlamay, balki ularni rus yerlariga qarshi fahat
Sharqiy Yevropada bir joyga yig'ishga majbur etdi.
Mo'g'ultatarlar hujumi, qisqa vaqt davom etg^n bo'lishiga qaramay, Vengriyaga katta ziyon
zaxmat yetkazdi. Tatarlar ketgandan keyin mamlakatning katta qismi batamom cho'lu biyobonga
aylandi. «Sayyoh otda ikki hafta yo'l yursa ham, birorbir qimirlagan jonni uchrata
olmaodi»,—aeb yozgan edi o'sha zamoyadagi voqeanavislardaq. biri. Vengriyada mo'g'ultatarlar
hujumining ijtimoiy oqibatlari, bir tomondan, vengr dehqonlarining yana ko'proq
xonavayron bo'lishi va qullik asoratiga tushirilishi bo'lsa, kkkinchi tomondan, nemis
kol'nizatsiyasining kuchayishi bo'l(di (bu hol bungacha davom qilgan bo'lsada, lekin endilikda
u yanada ildiz otadi). Ko'proq Bovariyadan, qisman Saksoniyadan ko'chib kelgan nemis
muhojirlari Vengriyada bo'sh yotgan katta'katta yerlarni egallaydilar. Nemis
istilochilarining ko'plari Transil`vaniya tog' etaklariga ko'chib kelib o'rnashib, u yerda turli
xil rudalar (ayniqsa kumush) qazib chiqarish ishlariga yorda'm berdilar. Biz Chexiyada
va Pol`shada ko'rganimizdek, Vengriyadati nemis «olonizatsiyasi ham o'zi bilan birga xuddi
o'shanday xatarli oqibatlarga olib keldi. Vengriya yosh nemis yoki yarim nemis aholisi istiqomat
qiladigan shaharga zga bo'ldi. Vengriya aholisi etnik jihatdan ancha quroqlashdi, xususan,
Transil`vaniyada to'plangan nemis istilochilari konchilik, hunarmandlik va savdo-sotiq
ishlarini
o'z qo'llariga kiritib oldilar. Bu hol Vengriyada uchinchi (shahar) toifasining shakllanish
jarayonini yana ko'proq to'xtatib'qo'ydi, vengr feodallarining siyosiy zo'ravonligini
abadiylashtirdi.
XIV—XV asrlarda Vengriya. Vengriyada Arpadlarnichg mahalliy dinastiya (sulola)si 1301 yili tugashi
bilan bu yerda bir oz vaqt podshosizlik davri hukm surdi. Faqat 1308 yilga kelib Italiya
Anjuy dinastiya (sulola)siga mansub Karl Robert Vengriya taxtiga qirol qilyb saylandi. Karl
Robertning taxt vorisi Lvddovik Anjuyskiy (vengrcha Layosh) davrida (1342—1382) yangi
dinastiya (sulola) ayniqsa qudratli bo'lib ketdi. Lyudovik bir qancha vaqt Pol`sha taxtini (1370
yildan) ham egallab turdi. Anjuy dinastiya (sulola)si zamonida Vengriya xo'jalik sohasida bir qancha
yutuqlarga erishdi. Qimmatbaho metallar — kumush va oltin qazib chiqarish ko'paydi, avvalgi
shaharlar o'sdi va ko'pgina yangi shaharlar bunyodga keltirildi, bu shaharlarning bir qismi
keyinchalik ancha katta sanoat va savdo markazlariga aylandi. Dunay daresining har ikkala
qirg'og'idagi ikki yirik shahar — Pesht va Buda—o'zining kattaligi va aholisining gavjumligi
bilan o'sha mahallardayoq bu yerga kelgan sayyohlarni hayratda qoldirgan edi. Transil`vaniya
shaharlari (Semigrad`e) kon sanoatining muhim markazlari edi. Mamlakatni Markaziy, Sharqiy
va Janubiy Yevropa bilan bog'laydigan keng tranzit savdosi Vengriya orqali o'tar edi.
Qimmatbaho metallar qazib chiqarish, shaharlarning o'sishi va shu munosabat bilan davlat moliya
ishlarining mustahkamlanishi Anjuy dinastiya (sulola)si qirollariga o'z hokimiyatlarini kuchaytirish
imkoniyatini berdi. Qirollar seymlarni chaqirmay qo'ydilar va o'z amaldorlarining hokimiyatini
kuchaytirdilar. Biroq 1351 yili Lyudovik Oltin bullaning dvoryanlarning seymlarini chaqirish
haqidagi moddasini tasdiqlashi lozim bo'ldi. Vengriyadagi yerlarning zgalari birgina
dvoryanlarning o'zlari bo'lishlari mumkin, degan dekret chiqardi. Dvoryanlarning yerlari davlat
qaramog'iga olinmasin, deb e'lon qilindi. Dehqonlarga yer egalarining ruxsatisyz bir joydan
ikkinchi joyga ko'chib o'tish maya etildi.
Anjuy dinastiya (sulola)si davrida Vengriya qo'shni mamlakatlarga o'z ta'sirini kuchaytirdi. Lyudovik
zamonida Vengriya bilan dinastik uniyada bo'lgan Pol`shata ta'sir qilishdan tashqari, Vengriya
XIV asrda Serbiyaning bir qismini (Dunay bo'yini yoki Quyi Serbiyani) o'ziga qaram qilib oldi,
shuningdek, Moldaviya va Valaxiyani protektorat huquqlarida ega'lladi (keyinch chalik, ya'ni
XIX asrda, bu/ikki knyazlikdan hozirgi Ruminiya tashkil topdi)1.
Lyudovik Italiya mulklarini ham Vengriyaga qo'shib olshnni xayol qilar edi, Italiya mulklarini o'sha
Anjuy dinastiya (sulola)si vakillari idora qilardilar. Shu maqsadda u Italiyaga ikki qo'shib marta yurish
qildi, lekin har ikkala yurish ham muvaffaqiyatsiz bo'ldi. «Ulug' Vengriya» haqidagi xyayol
amalga oshmasdan holdi. Aksincha, Lyudovik vafot etgandan keyin uning mulklari tez tarqalib
keta boshladi. Vengrlarning o'zlari ozchilik bo'lgan turli qabila xalqlaridan tashkil topgan,
shahar savdosi va sanoatiba'zi bir yutuqlarga erishgan bo'lishiga qaramay, umuman, tipik
dehqonchilik mamlakati holatida qrlib kelgan (sanoat umuman zaif rivojlangan edi), lekin
hokimiyatni feodallar monopoliya qilib olgan Vengriya uzoq vatstgacha katta va siyosiy jihatdan
kuchli davlat bo'lib qola olmadi. Uning yuksalishi muvaqqat xarakterga ega edi.
lSg^Xalharo vaziyat yomonlashishi bilan (Pol`shaning Vengriyadan ajralib chiqishi, turklarning
Bolqon yarim orolidagi muvaffaqiyatlari, butun Adriatika dengizi sohilini egallashga va,
jumladan, Dalmatsiya shaharlarini bosib olishga harakat Qilgan Venetsiya respublikasi bilan
munosabatlarningtseskinlashishi) Vengriya ahvolini shu qadar xavfxatarga solib qo'y diki, u
asl vengr yerlarini ajnabiylar hujumidan mudofaa qilishi lozim edi. Vengriyaga turklar
dahshatly xavfxatar
solib turardilar^ pirovardida vengrlar bu xavfxatarni bartaraf qila olmadilar, Vengr
feodallari turklar bilan to'qu nashish muqarrarligiga ko'zlari yetib, ular 1382 yili Karl IV
ning kenja o'g'li Sigizmundni Vengriya qiroli deb tan oldilar (Sigizmund Lyudovikning qizi
Mariyaga uylangan edi). Keyinchalik'Germaniya imperatori qilib saylangan, shuningdek, Chexiya
tojtaxtiga ko'z olaytirgan Sigizmund o'z ko'lida juda ko'p moddiy resurslarni birlashtirdi. U
turklarga zarba bera oladiganday bo'lib ko'rindi. Biroh 1396 yilda turklarga harshi yurish
muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqdi. Birlashgan nemis, vengr, chex va fransuz ho'shinlari Nikopol`
yonida tor-mor etildi. Sigizmundning o'zi arang qutuldi, u Italiya orqali aylanma yo'llar
bilan uyiga qaytdi. , .
XV asr mobaynida vengr zodagonlari dinastiya (sulola)ni bir necha marta almashtirdilar. Tojtaxt goh
nemis Gabsburglariga, goh polyak Yagellolariga o'tdi. Masalan, 1443 yilda vengr taxtiga polyak
qiroli Vladislav III taklif etildi, u birlashgan polyakvengr qo'shini bilan 1444 yilda
turklarga qarshi yurish hildi. XV asrning ikkinchi yarmida Yanosh Xuniadaning o'g'li mahalliy
feodal Matvey (Mat`yash) Korvin (1458—1490) qirol qilib saylandi. Yanosh Xuniada esa turklar
ustidan qilgan g'alabalari bilan shuhrat qozongan edi. Matvey Korvin bir oz vaqt qirol
hokimiyatining obro'e'tiboryni kuchaytirdi. O`rta va mayda ritsarlarga tayangan va shaharlarni
qo'llabhuvvatlagan (uning davrida shaharlarning vakillari seym tarkibiga kiritilgan edi)
Matvey zodagonlarning behuda harakatlarini bir qadar chekLab qo'ygan edi. U nemis
Gabsburglari bilan muvaffaqiyatli uro'shlar olib bordi va janubiy chegaralarni turklardan
puxta mudofaa qildi. Matvey Korvin davrida vengrlarda gusarlardan iborat yongil
qurollangan maxsus otliq qo'shin tashkil etildi, gusarlar qiroldan muntazam ravishda maosh olib
turardilar. Gusarlar jangda chaqqon harakatlari va mardona hujum kilishlari bilan
boshqalardan farq qilardylar. Ammo qirol hokimiyati vaqtincha mustahkamlangan edi.
Yagellolar dinastiya (sulola)siga mansub bo'lgan bundan keyingi qirollar, ya'ni Vladislav va Lyudovik
II zamonlarida zodagonlar hokimiyatni yana o'z qo'llariga kiritib oldilar va ular Vengriya
davlati uchun tamomila halokatli siyosat olib bordilar hamda bu siyosat tezda Vengriya
mustaqilligini yo'qotishga, olib keldi. Kurutslar qo'zg'oloni (1514y.). XV asr oxiri —XVI asr
boshlarida vengr dvoryanlari juda ko'p yersuvga, ko`pdan-ko`p qasr va hatto shaharlarga ega
edilar. 46 ta komitatda 469 shaxsiy qasr, 16056 yer egasilar bor edi. Ba'zi bir
magnatlarning har biri yuzlab yer egasiga xo'jayinlik qilardi. Masalan, Papol`lar
xonadonining 25 ta okrugkomitatda yer egasisi bor edi. Bu xonadonga 12308 dehqon hovli^si
qarardi. Ikkinchi bir feodalning 28 ta. qasri, 57 ta shahari va 1000 ta yer egasisi bo'lardi
(bularning bir qismi Zakarpat`eda edi). Qaram dehqon dehqonlar ^oyat rahmsizlik bilan
ekspluatatsiya qilinardilar. Qaram dehqon dehqonlar 3—4 kunlik barshchinadan tashqari,' ikki
desyatina — biri chertov foydasiga, ikkinchisi yer egasi ferdal foydasiga to'lashlari lozim edi.
Bundan tashqari, dehqo'nlar davlat soliqlari to'lardilar. Vengdehqonlarining o'z xo'jayin
lariga g'oyat nafrat bilan qarashlari bejiz emas, albatta. Dyohqonlarning mamlakat chekkalariga
qochib ketishi atmosferani bir oz yumshatdi. Ammo turklarning siqib kelishi dehqonlarni bu
imkoniyatdan ham mahrum qildi. 1514 yilda Vengriyada dehqonlar urushi boshlanib ketdi, bu urush
Vengriyada ijtimoiy ziddiyatlar naqadar keskinlashib ketganligini hamma tomonla: ma namoyon
qildi.
1514 yilning bahorida papa Lev X turklarga qarshi navbatdagi salib yurishini e'lon qildi.
Papa legati salibchilarni to'plashga kirishdi. Vyongriyadagi magnatlar bu yurishga qarshi bo'ldilar,
ammo boshda papa bullasiga qarshi chiqa olmadilar. Chunki Rim kuriyasining fikricha, yurish umum
xarakterga ega bo'lib, salibchilar lashkariga dehqonlarni ham jalb qila boshladilar. Bu
yurishda qatnashmoq uchun 40 mingga yaqin dehqon to'plandi (ba`zi bir tarixiy ma'lumotlarda — 60
mingga yaqin edi, deyiladi). Dehqonlarga sekler1 Georg (D`erd`) Doja boshchilik qildi. J7&
Salibchi dehqonlar (kurutslar) qurollangan bo'lib ular o'z harbiy tashkilotlariga ega edilar.^
Qaram dehqonlar turklarga qarshi yurishga jo'nar ekanlar, ular o'zlarining shaxsan ozod
bo'lishlariga qa^tiq umid bog'lagan edilar. Feodallar esa bunga norozi bo'ldilar. Feodallar
ishchi qo'li yetishmasligini payqaganlaridan keyin, ular tez brada qirol Vladislavning
qaram dehqonlarning yurishda qatnashishini man etish va harbiy otryadlarga kirgan .
qaram dehqonlarni yer egasilarga qaytarish haqida farmon chiqarishiga erishdilar. Bunga javoban
kurutslar magnatlarning yer egasilarini yakson qila boshladilar. Shuningdek, Buda va Peshtdagi
shahar boylarining qo'ralari ham vayron qilib tashlandi. Qo'zg'olon 1514 yil 14 mayda bosh
landi. Tez orada bu qo'zg'olon feodallarga qarshi muntazam dehqonlar urushlariga aylandi. Doja
turli yoqlarga alohida komandirlar boshchiligida dehqonlarning beshta kolonnasini yubordi.
Dojaning o'zi boshda Budaneshtga yaqin Rakosha mayadonida lager` qurib joylashdi, keyin
Vengriyaning janubidagi Segedin qal'asiga jo'nab ketdi. Ammo Syogedin* qal'asi juda
mustahkamlangani sababli, u. bu qal'ani ololmadi. Buning o'rniga Doja Chandu (Chan)
shaharini bosib olishga muvaffaq
bo'ldi. Bu yerda Doja Vengriyani respublika deb e'lon qildi, dvoryanlar toifasi bekor
qilinganlishshi va yalpi tenglik barpo etilganini e'lon etdi. Biroq Doja boshqa bir qal'ani,
ya'ni feodallar armiyasining bosh.qo'mondoni Stefan Batori (Livoniya urushida Ivan Grozniy bilan
urushgan, bo'lg'usi polyak qiroli Stefan Batorining otasi) turgan Temeshvarni qamal qilishga
kirishgan paytida qo'zg'olonchilar yana muvaffaqiyatsizlikka uchradilar. Qo'zg'olonchilar deyarli
ikki oygacha qal'ani qamal qilib tursalarda, lekin uni qo'lga ololmadilar. Dehqonlar
armiyasining bu harbiytexnikaviy nuqsonidan, tabiiy, feodallar o'z manfaatlari yo'lida
foydalanishga harakat qildilar. Temeshvarga yordamga yetib kelgan Yanosh Zapol`i nomli ikkinchi
bir voevoda 15 iyulda dehqonlarga hujum qilib, ularni tor-mor etdi va tarqatib yubordi. Doja
asir qilib olinib, qattiq azoblab o'ldirildi: u qizitilgan taxtda tiriklayin jizg'inak
qilindi. Kapalagi uchgan feodallar xalq rahbaridan ana shu tariqa o'ch oldilar. Shundan keyin
qonli terror butun mamlakatni qamrab oldi. Minglab dehqonlar rahimsizlik bilan
jazolandylar va o'ldirildilar. Zamondoshlar, qo'zg'olon mahalida halok bo'lgan dehqonlar soni
60 ming kishiga yetdi, deydilar.
1514 yilning oktyabrida to'plangan dvoryanlarnint «yovvoyi», seymi dehqonlar masalasida eng
reaktsion qarorlar qabul qildi: seym cheklanmagan barshchina joriy^ qildi, dehqonlarni ta
momila pomeshchiklar sudi ixtiyoriga topshirdi, dvoryanlar (shu jumladan, ruhoniylar ham)
mamlakatda birdanbir «siyosiy», ya'ni hukmronlik qiluvchi toifa, deb e'lon qilindi.
Dehqonlar o'lim jazosi bilan qo'rqitilib, ularga qurol-yarog' taqish man etildi.
Vengriya davlotining qulashi. 1514 yilgi voqealardan keyin oshkora e'lon qilingan feodallar
diktaturasi Vengriya davlotining halokatini tezlashtirdi. Vengr feodallari endilikda
turklar bilan yangi urush qilish uchun o'z dehqonlarini qurollantirishdan qo'rqib qoldilar.
To'g'ri, eztslgan dehqonlarda o'z mamlakatlarini tashqi dushmandan himoya qilish uchun kuch ham,
xohish ham yo'q edi. Ammo turklarning tajovuzkorligi davom qilaverdi. XVI asrning 20
yillarida turklar o'z qo'shinlari uchun ayniqsa dahshatli kuch edi. 1526 yilda turklar Vengriyaga
asosiy hujumni boshlab, vengr ritsarlarini Moxach shahari yonida tor-mor qilib tashladilar.
Shundan keyin Vengriya davlati mustaqilligini uzoq vaqtgacha yo'qotdi. Vengriyaning katta bir
qismi, ya'ni O`rta va Janubiy qismlar bevosita Turkiyaga qo'shib olindi. Sharqiy Vengriya
(Transil`vaniya) o'zining alohida knyazligini saqlab qolgan bo'lsada, lekin Turkiyaga qaram
bo'lib qolgan edi. Qirollikning uchinchi, nisbatan kichik qismi, ya'ni G'arbiy Vengriya
(Budaneshtning g'arb va shimol tomondagi qismi) turklar tomonidan istilo qilinmasdan qoldi.
Ammo Vengriya qirolligining bu qolgan bir parcha joyi shu qadar
kichik ediki, vengr feodallari tez orada Avstriya Gabsburglariga itoat etishga majbur
bo'ldilar. Feodallarnint o'z xalqini bu qaDar ayovsiz jazolashi oqibatida Vengriya o'z
mustaqilligini yo'qotdi.
XXVIII BoB
XII—XV ASRLARDA BOLGARIYA VA SERBIYA. BOLQON YARIM OROLIDA TURKIYA ISTILOLARI
To'rtinchi salib yurishi. vaqtida Vyzantiyaning salnbchilar tomonidan tor-mor etilishi va
Konstantinopolda Lotin imperiyasining.uzoq fursat hukmronlik qilishi natijasida
Vyzantiyaning qulashi bilan Bolqon yarim orolida Bolgariya va Serbiya singari slavyan
davlatlari birinchi o'rinni egalladilar. Ikkinchi Bolgariya podsholigi. 1185 yilda Vyzantiyaning
bir yuz ellik yildan (1018 yildan) ortiqroq davom etgan zulmiga qarshi Tirnovoda
bolgarlarning qo'zg'oloni bo'ldi. Shimoliy bolgar boyarlari orasidan chiqqan akauka Asen` bilan
Pyotr.bu qo'zg'olonga boshchilik qildilar. Asen` tez orada Ikkinchi Bolgariya podsholigining
birinchi podshohi bo'ldi, 1187 yilda Vizantiya bu podsholikni rasmiy ravishda mustaqil deb tan
oldi. 1205 yilda Asen` I ning taxt vorisi (uning'ukasi) Ivan Kaloyan Konstantinopoldagi
lotin imperiyasi feodallarini qattiq mag'lubiyatga uchratdi. Lotin imperatori Balduinning o'zi
bolgarlar tomonidan asir olinib, shu yerda u tez orada jarohatdan vafotetdi. Asenningo'g'li
Asen` II davrid'a (1218—1241) Ikkinchi Bolgariya podsholigi zo'r qudratga eryshdi. Uning
davrida bolgarlar Frakiya va Makedoniyani, Epir va Fessaliyaning bir qismini egalladilar.
Lotin imperiyasi Nikey grek imperiyasiga qarshiAsenni o'z ittifokchisi qilib olishga urinib,
uning aytganidan chiqmadi. Chunki Nikey grek imperiyasi Kichik Osiyodan chiqqan salibchilarga
xavfxatar solib turardi. Biroq Asyon`
I ning o'zi Konstantinopolni bosib olish va lotinlarni Bolqon Yarim orolidan batamom haydab •
yuborishga harakat qilardi. Siyosiy vazifalarning murakkabligi va Asenga ishonmagan Nikel
grek imperiyasining rozilik bermaeligi Asenga o'zining ulkan siyosiy planlarini amalga oshirish
imkoniyatini bermadi. Holbuki, Bodgariya podsholigi uning davrida Bolqon yarim orolida eng
katta davlatga aylangan edi. Asen` II davrida Bolgariyada birinchi marta oltin pul zarb
qilina boshlagan edi.
Asen` II ning taxt vorislari zamonida Bolgariyada markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi.
Bolgariya davlotining hududi qisqardi. Konstantinopolni (1261 yil) o'ziga qaytarib
olgan Vizantiya, keyin Frakiyaning katta bir qismini, Makedo
niyani va ba'zi bir boshqa mintaqalarni qaytarib olishga muvaf"faq bo'ldi.

XIII—XIV asrlarda Bolgariyaning iqtisodiy taraqqyyoti.


XIII—XIV asrlarda Bolgariyada ko`pdan-ko`p shaharlar mavjud bo'lib, ularda turli xil
hunarmandlik—jun, surp va ipak gazlamalar, temir va mis buyumlar ishlab chiqarish, teri
pishirish va kulolchilik, vinochilik va yog' ishlash rivojlangan edi. Bolgariya Dunay daryosi
bo'yida va Qora dengiz sohillarida zo'r berib savdo-sotiq olib borardi. Bolgariya
savdogarlari Vengriya, Pol`sha, Vizantiya, Dubrovnik bilan, qo'shni Dunay bo'yi knyazliklari.
Valaxiya va Moldaviya bilan, Galich Rusi bilan savdo-sotiq qilardilar. Bolgariyadan faqat
qishloq xo'jalik mahsulotlari: g'a'lla, go'sht, jun, teri, asal, mum va boshqalargina emas,
balqi_turli_^unarmandchilik buyumlari ham olib ketilardi. Bolgar gyangtpgyarlyari quruqliqgtya
katta karvonlar tashkil qilib, bu karvonlar G'arbiy Yevropaga jo'nardi va ular hatto
Fransiyagacha bpriy'etyardilyar. Fransiyada bolgar savdogarlari Flandriya va Shampan`
yarmarkalarida qatnashardilar. Yuqori sifatli bolgar terilari va oyoq kiyimlari G'arbda ayniqsa
qadrlanardi. XIII—XIV asrlarda ayrim bolgar shaharlari ancha katta sanoat va savdo
markazlariga aylandi.
Bu jihatdan Dunay bo'yi shaharlari: Vladin, Silistra, Dorostol, Nikopol`, Qora dengiz
bo'yidagi Varna porti, nihoyat, ikkinchi Bolgariya podsholigining poytaxti — Tirnrvo alohida
ajralib turardi. Lekin, shunga qaramay, umuman Bolgariya har holda bu davrda ham ko'proq
qishloq xo'jaligi mamlakati hisoblanardi. Mamlakatning ayrim tumanlari g'oyat notekis
rivojlangan edi. Tog'lardagi va vodiilardagi aholi hali tarqoq yashardi, bu yerlarda natural
xo'jalik tamomila hukmron edi. ^Sehqonlarning bir qismi, ayniqsa tog'li raionlardagi
dehqonlar asosan chorvachilik bilan shug'ullanardi. Mamlakatdygi shahar elementlari, umuman
olganda, zaif edi va G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagiga o'xshash mustahkam shahar toifasi bo'lib
tarkib topmagan edi. Shaharlarnyng siyosiy ta'siri yetarlicha kuchli eMasdi. Mamlakatda hokim
sinf feodalboyarlar bo'lib, («barcha bolgarlarning shohi va mutlaq hokimi» degan titulga ega
bo'lishig'a qaramay) birinchi galda ularning manfaatlari bilan hisoblashishi lozim edi.
Boyarlar cherkov bilan birgalikda dehqonchilik qilinadigan yerlarning katta qismiga egalik
qilardilar. Qaram dehqon dehqonl^rning, eng ko'pchiligi.shu boyarlarga qarashli edi. Krepost
n'oylar — pariklar (cherkov yerlarida ular, shuningdek, klyoriklar deb atalardi) ko'p sonli
majburiyatlari o'tar va soliqlar to'lardilar, ya'ni o'z feodallari foydasiga barshchina o'tar va
turli xil soliqlar — yer solig'i, uy solig'i, desyatina va feodal davlat" foydasiga boshqa
soliqlar to'lardilar. Bolgar «erkin dehqonlari»ning ba'zi bir qismi hali XIII—XIV asrlarda
ham mavjud bo'lsa ham, ammo ular ko'p sonli soliqlar to'lash va davlat barshchinasi o'tash (yo'l,
ko'prik qurish, binokorlikda ishlash) bilan ham juda og'ir majburiyatlarni bajarardilar.
ch.11—izeu yillardagi harakat yengilishsha va hali ham o'zo'zidan kelib chiqqan bir harakat
bo'lishiga qaramay, u o'rta asr Bolgariyasi tarixida eng My^fci voqea bo'ldi. Bu bolgar
dehqonlarining qurolli antifyoodal qo'zg'oloni bo'lib, O`rta asr Yevro; pasidagi eng ilk
dehqonlar urushlarining biri edi.
X1Uasrdagi Bolgariya. Ikkinchi Bolgariya podsholigining oxiri.JGu asrda Bolgariya ayrim
mustaqil knyazliklarga parchalanib ketdi, taxminan 1365 yilda u uchtya mustaqil davlatga —
Tirnovo, Vidin ya Dobrudja davlatlariga uzil-kesil taqsimlandi. Bu davlatlarning
har biri o'z navbatida, ko'plab mayda feodal mulklarga bo'lindi, bu mulklar tepasida o'z pod
sholari bilan kam bog'langan va har qanaqa qulay bir payt kelganda ana shu podsholarga xiyonat
qilishga tayyor turgan boyarlar turar edi. Ikkinchi Bolgariya podsholigining feodalliklarga
parchalanib ketishidan Bolgariyaning yangi dushmani — Bolqon yarim oroliga kirib olgan va faqat
Vizantiyagagina emas, balki Bolgariyaga ham hujum qilayotgan turklar foydalandilar.
Usmon turklarining zarbalari ostida 1363 yildan 1393 yilgacha Bolgariyaning eng yirik
shaharlari Plovdiv (Filippol`), Sofiya, Varna, nihoyat, Bolgariyaning poytaxti— Tirnov (^393
y.) birin-ketin quladilar. 1396 yilda turklar Dunay daryosi bo'yidagi Nikopol` shaharini
istilo qildilar va xudd'i shu yilq. siyosiy jihatdan mustaqil feodal Bolgariyasining so'nggi
tayanchi bo'lgan Vidin shahari quladi. 200 yildaya sal ortiqroq (1187—1396)
yashagan. Ikkinchi Bolgariya podsholigi 1396 yilga kelib tamom bo'ldi. Bolgariyada uzoqqa
cho'zilgan Turkiy hukmronligi boshlandi. Bolgariyada turk tutqunligi bir necha asrlargacha,
ya'ni XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi, 1877— 1878 yillardagi rusturk urushi
natijasida rus kuroli yordamida Bolgariya turklar zulmidan bzod qilindiL)
XII—XIII asrlarda Serbiya. XII asrda Serbiya* ancha "yirik davlatga aylanib, unga ko'p sonli
sharqiy serb va qisman g'arbiy serb qabilalari kirgan edi. Birlashgan serb .qabilalari ,'
tepasida Nemanyalar dinastiya (sulola)si turardi. Bu dinastiya (sulola)ning asoschisi Stefan Nemanya (1165—
1195) boshda Sharqiy Serbiyadan _ chiqqan «buyuk jupan» bo'lib, Vizantiyaga qaram edi. XII
asrning 80 yillari boshida u Vizantiyadan Nish shaharini va Sredi, (Sofiya) ning sharqidagi
yerlarni urushib olib, so'ng Vizantiyaga itoat etishdan bosh tortdi. 1190 yildagy shartnomaga
ko'ra Vizantiya imperatori Serbiya davlotining mustaqilligini tan olishi lozim edi.
Stefan Neman, Sharqiy Serbiyadan tashqari, Dunay bo'yi Serbiyasini, shuningd^k, Dalmatsiya,
Gertsegovina, Chernogoriyani o'z hokimiyati ostida birlashtirgai edi. Uning davrida serblar
sharqi grek urfodati bo'yicha xristianlikni qabo'l qildilar.
Stefan Nemanyaning o'g'li Stefan Pervovenchanniy davrida (1195—1224) Serbiya'qirollikka
aylandi. Yangi davlat Italiya shaharlari bilan qizg'in savdo-sotiq munosabatlari qilishga
knrishdi. Serbiyaning Italiya bilan olib borgan savdo-sotiq ishlarida Adriatika dengizi
bo'yidagi erkin Dubrovnik shaharn («Slavyanlar Venetsiyasi») vositachilik qildi. Serbiya
Dubrovnikshahari orqali qishloq xo'jalik va chorvachilik mahsulotlari, shuningdek, Serbiya
tog'laridan qazib chiqarilgan rudalarni Italiyaga chiqaradigan bo'ldi.
Stefan Dushan va XIV asrda Serbiyaning kengayishi. Qirol Stefan Dushan podsholigi davrida
(1331 —1355) Serbiya eng qudratli davlat bo'ldi. Stefan Dushan Serbiyani vaqtincha eng yirik
Bolqon davlatiga aylantirdi. Stefan Dushan bolgarlar na vizantiyaliklar bilan olib borgan
bir qancha urushlari natijasida Makedoniya, Albaniya, Epir va Fessaliyani bosib oldi. Bolgariya
bir oz vaqt unga vassal qaram bo'lib turdi. 1346 yilda Stefaya Dushan Skopl shaharida
podsholik tojini kiyib, o'ziii «serblar va romeylar (ya'ni vizantiyaliklar) podshosi» deb e'lon
qildi. U bir necha marta Konstantinopolga keldi va uni olishga urinib ko'rdi. Ammo flotning
yo'qligi ilgarigi Simeon Bolgarskiy davridagidek Stefanning bu ko'zlagan niyatiii amalga
oshirishga xalaqit berdi. Dushan Vizantiyaga navbatdagi yurish tayyorgarligini ko'rayotgan paytida
vafot etdi. «Stefan Dushanning qonunnomasi». XIV asr o'rtalaridagi Serbiyadan yirik
hujjatli yodgorlik, ya'ni «Stefan Dushan qoiupiomasi» nomi bilan mashhur bo'lgan qonunlar
to'plami qoldi. Qonunnoma 1349 yilda zodagonlarning Skopl shaharida bo'lib o'tgan «sobori»da
tasdiqlangan edi; keyinroq, 1354 yildagy «sobor»da bu qonunnomaga bir qancha qo'shimchalar
kiritildi. *DuTyan qonunnomasi o'sha davrdag'i serblarning ijtimoiy tuzumi haqida ochiq tushuncha
beradi. Unda tarkib topgan feodal muno' sabatlariing yaqqol manzarasi beriladi. yirik
yer egalari, ya'ni cherkov va dunyoviy katta yer egalari to'g'risida qonunnomada ko'p gapiriladi.
Keyingilar katta hukmdorlarga (yoki katta boyarlarga) va kichik hukmdorlarga (kichik boyarlarga
yoki xizmat Ko'rsatgan kishilarga) bo'linadi. Katta hukmdorlar meros huKU^I asosida
votchina (bashtina) yerlarjga egalik qilardilar. KICHIK hukmdorlarning harbiy benefitsiya
(proniya) huquqi asoSID1 MUVaqqat yer egasilari bo'lardi.
Serb ds'hqonlarini^ng bir q,ismi«s ye rb l a r erkin dehqonlar bo'lib, ular jamoa mulkiga
(zadrugaga) egalik qilardilar va podsho xazinasiga soliqlar to'lardilar. Dehqonlarning
ikkinchi bir qismi meropxalar deb atalardi, ularning ahvoli ilk Garbiy Yevropadagi
villanlarning ahvoliga bir qadar o'xshab ketardi". Meropxalar xo'jayinlar uchun haftada ikki
kun barshchinada ishlab berardilar. Meropxalarning bir poyest`edan ikkinchi yer egasiga o'tib
ishlashi ancha cheklab qo'yilgan edi, Nihoyat, qullar orasidan chiqqan dehqono t r o k l a r
mavjud bo'^lib, ular yerga biriktirib qo'yilgan edi va o'zlari hukmdorlarga tamomila shaxsiy
qaram dehqon qaramlikda yashardilar. XIV asrda / erkin dehqonlarning ahvoli naqadar
yomonlashganligini qonunnomaning ayrim moddalaridan ko'rish mumkin. Serblarning yig'in
(majlis) larga borishini qonunnoma man qilgan edi. Katta va kichik hukmdorlar biror jinoyat
qilib qo'ygan mahalida ularga beriladigan jazolarga Karaganda, jinoyat .qilgan ser§ ' (
larni juda qattiq g'oyat rahmsizlik bilan jazolardilar.
Meropxalarning bir xo'jayiy'dan ikkinchi bir xo'jayinga o'tib ishlashi masalasida qonunnom'a
yangi cheklashlar belgilab qo'ygan edi.
Stefan Dushandan keyin Serbiyaning parchalanib ketishi. Dushan o'lgandan keyin Serbiya podsholigi
bir qancha udellarga bo'linib ketdi. Dushanning o'g'li va taxt vorisi Stefan V Urosh hokimiyati
ostida Serbiyaning ozgiia ichki qismi qolgan edi, xolos. Uz knyazliklarida mahalliy
dikastiyalar vujudga keltirgan katta hukmdorlar birbirovlari bilai o'zaro urushlar olib
borardilar. Bu hol Serbiyani zaiflashtirib, uni m"amlakatni mudofaa kila olmaydigan qilib
qo'ydi. Holbuki, Bolqon yarim orolida usmon turklari tobora ilgari siljib, bir viloyat`
ketidan ikkinchi mintaqani brsyb olmoqda edilar. Dushan vafotidan keyin oradan 15 yil o'tgach
(70yillarning boshlarida) usmon tur'klari Serbiyaning butun janubiy qismini bosib oldilar.
Usmon davlotining tashkil topishi va Kichik Osiyoda hamda Bolqon yarim orolida turk.
istilolari. Salib yurishlari davrida Qichik Osiyoda Rum sultonligi nomi ostida yashagan saljuq
turklari davlati XIII asr boshlarig?. kelib 10 ta amirlikka ^ . bo'linib ketdi. Ug'uz
turklari galalarining O`rta Osiyodan Ki:. chik Osiyoga ko'chib kelishiva ularning bundan keyin
saljuq turklari (XIII asr o'rtalaridayoq) bilan aralashib ketishi natijasida Kichik Osiyoda
XIII asr oxiri XVI asr boshlarida yangi davlat tashkil bo'ldi. Soni jihatidan ham, o'zining
harbiy tank kiloti jihatidan ham anchamuncha uyushqoq bo'lgan ko'chmanchio'g'uz turklari yangi
hukumatda yetakchi rol o'ynadilar. Dastlabki vaqtlarda Erto'g'rul o'g'uz turklarining rahbari
bo'lib, u Vizantiya imperiyasi bilan qo'shni Sakar`e daryosi bo'yida kichik bir feodal mulkiga
egalik qilardi. Erto'g'rulning o'g'li va taxt . vorisi Usmon (1282—1326) Vizantiyaga qarshi urush
boshlab, o'ning. Kichik Osiyodagi mulklarining ko'pchiligini', shu jumladan, Brusu (yoki Bursu)
shaharini ham bosib oldi. Brusu shaharini Usmon o'zining poytaxti qilib oldi. Vafotidan bir
oz • ;* burunroq Usmon Kichik Osiyodagi boshqa amirliklarni o'ziga ' ytoat qildirdi. Yangi turk
xadqi tarkib topgan Kichik Osiyodagi barcha turklar umuman uning nomi bilan ataladigan bo'ldi
(Usmon turklari, aslida turlts qabilalar federatsiyasidanginaiborat bo'lgan saljuq
turklaridan farq qilardi).
Vizantayaning zaiflashib qolganligidan va Bolqon yarim
orolidagi boshqa davlatlarning parchalanib ketganligidan foydalangan usmon turklari XIV
asrda dastlab Kichik Osiyoda, keyin esa Bolqon yarim orolida ham keng istilochilik
harakatlarini boshladilar.
'
(.(/&IV asrdagi deyarli beto'xtov olib borilgan urushl,ari sharoitida turklarda professional
qo'shin1 tarkib topa boshladi. Usmonning taxt vorisi Urxon davrida (1326—1359 y.) turk qo'
shini orasida xalq lashkari tipidagi muntazam qo'shinlardan tashqari, ya~yicharlardan iborat
professional piyoda askarlarning doimiy otryadlari ham bor edi. Yanicharlar safiga asir qilib
blingan va zo'rlab islom diniga kiritilgan yoshlardan terib olinardi, shuningdek,
sipohiylardan iborat o'ziga xos otliq askarlar ham bo'lardi. Sipohiylarga ko'rsatgan harbiy
xizmatlari bldaliga yer in'om qilinardi, ya'ni o'ziga xos harbiy benefitsiya ulashilardi.
Turklar vizantiyaliklarning tajribasidan o'rganib, jang ^paytlarida qamal qilish ishiga katta
e'tibor berardilar (devor teshadigan qurolg qamal minoralari va boshqalarni ishlatardilar).
XIV asr oxirida va XV asrda turklar o'q otadigan qurol ishlata boshladilar, jumladan, ko'p
miqdorda zambarak otishni qo'lladilar. YOSH Turkiya davlatida feodallasha boruvchi urug'qabila
zodagonlari asosiy rahbarlik rolini o'ynab, ular oddiy ko'chmanchijangchilar otryadlariga
boshchilik qilardilar. Saqlanib kelgan patriarxalqabilachilik munosabatlari usmon qo'shinini
ma'lum darajada birlashtirdi va barqaror bir qo'shinga aylantirdi, Boshqa ko'chmanchilarning
qo'shinlari singari, usmonlar qo'shini ham shiddatliligi va chaqqonligi bilan ajralib turar'di,
bu qo'shin o'troq aholini, ayniqsa shaharlarni talashdan manfaatdor edi.
Vizantayaning istilo qilingan hududlarini o'zlariga mulk qilib olgan ko'chmanchi
zodagonlar bora-bora feodal tipidagi o'troq yer egalariga aylanib, tobe etilgan grek
vizantiyaliklarni va slavyan aholisini ekspluatatsiya qildilar. Oddiy turklarga ham yer ulashib
berildi, boshda ko'proq o'tloqlar, ular o'tdoq holga ko'chib dehqonchilik qila boshlaganlaridan
so'ng esa haydab ekin ekiladigan yerlar ham beriladigan bo'ldi. Harbiy sohada erishilgan
yutuqlar va ancha hududning qo'shib olinishi turk feodallarini yangidan yangi istIlolarga
undadi, xususan qo'shni davlatlar, ya'ni Vizantiya va Bolqon yarim orolidagi boshqa davlatlar
parchalanganholatda qolib kelaverdilar, ularning o'zaro munosabatlari esa avvalgycha
dushmanlik munosabatida qolaverdi, shuning natijasida ularning bosqinchilarga zarba berishga
qurbilari yetmas edi. Urxon 1331 yili Nikey shaharini, keyin esa Vizantayaning Kichik Osiyodagi
boshqa barcha mulklarini istilo qilgandan so'ng, Yevropada istilolar qilishga kirishdi. 1354
yili u Dardanell bo'g'ozining Yevropa

qirg'og'idagi Gallipol` shaharini bosib oldi. So'ngra turklarFrakiyaga bostirib kirdilar. Endi


Urxon u tomonga ikkita yurish qildi. Bu viloyatlar bundan keyingi sulton, ya'ni Murod I
davrida (1359—1389) istilo etildi. Murod I 1361 yili Frakiyaning asosiy shahari —
Adrianopolni bosib oldi, u Brusu o'rniga Turkiyaning yangi poytaxti bo'lib qo,ldi.
Tur k jangchilari Bolqon yarim orolida g'oyat shafqatsizlik bilan ish ko'rdilar. Ular tinch
aholini taladilar va o'ldirdilar. Aholining ko'pchiligi qullarga aylantirilib, Sharqdagi, qul
bozorlarida sotildi. Qadimgi unumdor Frakiyaning bosib olinishi sultonga harbiyfeodal yer
egaligini yana kengaytirish imkonini berdi. Turklarning o'zlari ham, shuningdek, tur l i xil
turklashgan xalqlar yoki islom dinini qabul qilgan g'ayri tur k vakillari ham feodallarga—
katta yer egalariga aylana bordilar. Bu odamlarning ko`pi Bolqon yarim orolining o'zidagi
turli mamlakatlarga mansub bo'lib, ular fotihlar tomoniga o'tgan xoin feodallar edi.
Turk dehqonlarining katta bir qismi ham Kichik'Osiyodan bu yerga ko'chirib keltirildi; Bolqon
yarim orolidagi tobe etilgan mahalliy aholidan tortib olingan yer maydonlari ana shu ko'chirib
kelingan dehqonlarga ulashib berildi.
Asosiy og'irlik Bolqon yarim oroliga ko'chirilishi bilan
turklarning siyosiy hayotida o'troq dehqon zodagonlar yetakchi rol o'ynay boshladi"lar.
Bu yangi o'troq feodal zodagonlar Kichik Osiyodagi ko'chmanchi yarim feodal, yarim urug'chilik hayot
kechiruvchi zodagonlarni ikkinchi o'ringa siqib chiqardilar. Bu vaqtga kelib oliy tabaqa
turklar hayotining o'zida ham o'zgarish ro'y berdi. Adrianopoldagi sulton va uning saroy
a'yonlari zebiziynatli hayot kechiradigan bo'ldilar. Kichik Osiyo davri uchun xarakterli bo'lgan
eski, ma'lum darajada hali saqlanib kelgan patriarxal munosabatlar tezda yo'q bo'lib,
ularning o'riini batamom tarkib topgan feodal tuzumning yangi, ochiqoydin ifodalangan
alomat.pari egalladi. Adrianopolning va butun Adrianopol` mintaqaining (yoki turklar
ataganlaridek Rumeliyaning1) bosib olinishi yarim orolda bundan keyingi istilolarga yo'l ochib
berdi..Strav tegik jihatdan Rumeliya g'oyat muhim ahamiyatga ega edi. Turklar bu tumanni
bosib olib, Bolqon yarim oroli massiviga pona qoqqandek bo'ldilar. Konstantinopolning o'zi
Bolqon yarim orolining qolgan boshqa qismidan endi tamomila kesilib qolgan edi. 1371 yili
serblar, bolgarlar, valaxlar va vengrlar koalisiyasi Murodga qarshilik ko'rsatmoqchi bo'ldi.
Ammo ittifoqchilar Maritsa daryosi bo'yidagi jangda yengildilar. Shundan keyin Janubiy Serbiya
sulton qo'l ostiga o'tdi. Vizantiya imperatori uning vassali bo'lib qoldi.^
Kosovo maydonidagi jang'. Serbiya qirolligining tamom bo'lishi<4389 yil 15 iyunda Kosovo
maydonida (Janubiy Serbiyada yangi katta jang bo'ldi. Bundan oldin turklar ustidan qisman
gala.ba qozongan Serbiya qiroli Lazar` 80 000 ming kishilik katta qo'shin to'pladi, bu qo'shinda
serblardan tashqari, bosniyaliklar va veNgrlar ham bor edi. Sulton Murod boshchiligidagi
turklar Lazarning kuchlaridan uch martadan ortiqroq kuch bilan Serbiya ustiga yurish qildilar.
Bir yosh vatapparvar serb jonidan kechib sulton yotgap chodirning ichiga kirib, uni o'ldirdi.
Ammo bu vaziyatii o'zgartirmadi. Murodning o'g'li shahzoda Boyaaid yangi sulton deb e'lop
qilindi va u ulkap turk armiyasiga qo'mondoilik qilishni o'z zimmasiga oldi. Turklar tomonida
askariy kuchlar ustun bo'lganligi natijasida serblar va ularning ittifoqchilari zo'r matonat
ko'rsatishlariga qaramasdan, tor-mor etildilar. Qirol Lazar` asir qilib olindi va sulton
Murodning o'limi uchun u qatl etildi. Shundan keyin Serbiya hududining katta bir qismi
Turkiyaga qo'shib olindi. Shimoliy Dunay bo'yi Serbiyasi (u Podunaviya deb ataladi) ning qolgan
kichik qismini serb knyazlari sultonning vassallari huquqida bir oz vaqt idora qildilar.
Ammo 1459 yilga kelib bu so'nggi serb hududi ham turklar tomonidan istilo qilindi
va turk mulklariga kiritildi. Kosovo maydonidagi jang serb xalq dostonida yaqqol aks
ettirilgan. Bu mavzuga bag'ishlangan ko`pdan-ko`p qo'shiqlarda janglarda qatnashgan
qahramonlarning fidokorona ko'rsatgan jasurligi ko'klarga ko'tarib maqtaladi va uzoq vaqtgacha
turklar asoratiga tushib qolgan Serbiyaning taqdiri haqida aza tutiladi. Kosovo maydonidagi
yengilishning sabablari dostonda g'alati qilib tushuntiriladi, ya'ni serb voevodalari orasida
yetarli darajada birlik bo'lmadi va hatto xiyonat ham yuz berdi (Vuk Brankovich) "deyiladi.^
/_/ ,;
XXIX BOB
XIII—XV ASRLARDA VIZANTIYA. KONSTANTINOPOLNING QULASHI
1261 yildan keyin Vizantiyaning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti. 1261 yilda grek
Vizantiya imperiyasining qaytadan tiklanishi buyuk davlat bo'lgan Vizantiyaning o'tmishdagi kuch
qudratini qayta tiklash degan so'z emas edi^ Mixail VIII Pa; leologning mulklari faqat Kichik
Osiyoning shimoli-g`arbiy ' burchagidan, Bolqon yarim orolidagi Frakiya va Makedoniyadan,
Moreyaning bir qismidan va Egey dengizining shimoliy qismidagi ba'zi bir orollardan iborat
edi. Konstantinopol` talangan va qisman vayron qilingan edi. Uning savdo sohasidagi
ahamiyati yo'qoldi. Venetsiyaliklar va genuyaliklar Egey dengizida ham, Bosforning o'zida ham,
shuningdek, Qora dengizda ham savdo-sotiq ishlarini o'z qo'llariga kiritib olgan edilar.
Lotinlarning hukmronligi Vizantiyaning burungi savdo aloqalarini yemirib tashladi. Ammo u,
ayni zamonda, Vizantiya davlati idorasining eski mexanizmini ham vayron qildi. Qayta
tiklangan Vizantiya iqtisodiy jyhatdan ham, siyosiy jihatdan ham birbirovi bilan
bog'lanmagan hamda marqazga uncha itoat qilmagan, o'ziga mustaqil okruglarga tobora ko'proq
bo'linib borgan viloyatlar yig'indisigina edi. Kichik Osiyo feodallari Sharqda «mustaqil
siyosat» yurgizib, turk amirlari bilan o'zlaricha shartnoma va bitimlar tuzar edilar. Bolqon
yarim orolida Duklar, Angellar, Kantakuzenlarnyng aristokratik xonadonlari Paleologlar
bilan raqiblashib yurardilar. XIV asrda Qantakuzenlar Paleologlarni taxtdan ancha
vaqtlargacha chetlatib, imperatorlik hokimyyatini bosib olishga muyassar bo'ldilar. Vizantiya
tarixining so'nggi davryni xarakterlab beruvchi o'zaro feodal urushlari uning siyosiy hayotini
izdan chiqardi, bu esa Vizantiyaning ichki iqtisodiy aloqalari zaiflashganligini bilvosita
ko'rsatib berdi. Vizantiyaning keyinroq davrida natural xo'jalikka va ishlab berish
(otrabotka) renta (yer solig`i)siga qaytishdek ochiqdanochiq orqaga ketish (regress) paydo bo'ldi.
Qashshoqlashgan aholining davlat talab etgan og'ir soliqlarni to'lashga qurbi yetmay qol
di, holbuki, davlat o'zining hududi kamaygan bo'lishim qaramay, nomunosib katta
byurokratik apparatni saqlab kol» gai edi. Faqat qaram dehqon dehqonlar (pariklar)gina emas,
bal* ki shahar plebey elementlari ham g'oyat nochor ahvolda yashardi* lar. Sanoat, savdo-sotiq,
dengizchilikning orqaga ketishi shahar kambag'allari uchun va hatto shaharliklarning o'rta
tabaqasi uchun ham kelgusida ishsizlik, ochlik va batamom qashshoqlanish xavfi tug'ilgan edi.
Ijtimoiy munosabatlar tobora keskinlashdi, XIV asrning 40 yillarida imperiya bo'ylab
shaharliklarning kutilmagan g'oyat zo'r harakatlari avj oldi. Bu harakatlar, Ad* rianopol`,
Solun` (Fessalonika), Gerakleya va boshqa shahar* larda yuz berdi. Solundagi yetti yil (1342—
1349) davom etgan harakat ayniqsa ku,chli harakat bo'ldi. Zilotlar1 qo'zg'oloii nomi bilan
mashhur bo'lgan bu harakat natijasida qo'zg'oloNCHIlar mahalliy patritsiy zodagonlarning
vakillarini qatl ETDI* lar, bu zodagonlarning molu mulkini musodara qildilar, Italiya
shahar respublikalari tipidagi Solun` (Fessalonika) shaharini mustaqil respublika deb
e'lon qildilar.
/,/^Turklarning Maritsa daryosi bo'yidagi (1371 y.) va Kosovo maydonidagi (1389 y.),
shuningdek, Nikopol` yonidagi (1396 ft.L g'alabalari.Konstantinopolning qulashini muqarrar
qilib qo'idi. Boyazid tezda Vizantiyani zabt qilish haqidagi planlarshsh hech kimdan yashirmadi.
Vizantiya imperatori Manuil II 1399— 1402 yillarda G'arbiy Yevropaga ketib, u yerda Italiyaning
turli hukumatlaridan, shuningdek, Angliya va Fransiya qirollaridats yordam olishga urinishi
bexuda bo'lib chiqdi. Manuil Parijda turgan paytida, o'nga mo'g'ullar Boyazidni tor-mor qilib
tashla* di, degan xabar yetdi. Imperator dahshatli dushmandan batamom qutulibman degan umidda
Konstantinopolga qaytib keldy, «Angor falokati» tuf^ayli Vizantiyaning halokati haqiqatan
yana ellik yil orqaga surildi. Imperiya hatto Solun` shaharini bir oz vaqt o'ziga
qaytarib oldi.^XV asr boshlarida Turkiya davlotining inqirozi. Mo'g'ullar bilan to'qnashish. Turkiya davlotining
kengayishi Temur huju> mi munosabati bilan vaqtincha to'xtab qoldi. O`rta Osiyoda ulkan
• imperiya tuzgan Temur (Temurlang)2 Yaqin Sharqini ham o'zI1? bo'ysundirgan edi. 1402 yil
yozida Temur g'oyat katta qo'shin bilay Kichik Osiyoga kirdi. Boyazidning ham katta harbiy
kuchlar*! (120 mingga yaqin kishi) bor edi, lekin kichik osiyolik turk amirlari sultonga
xiyonat qilib, Temur tomoniga o'tdilar. 1402 YIL 28 iyulda Anger (hozirgi Ankara) yonida
qat'iy jang bo'lib^ turklar batamom yengildilar. Boyazid qochib borayotgan mahalida qo'lga
olinib, temir qafasga solindi va tez orada asirlikda vafot etdi. Temurlang Turkiya
davlotini yo'q qilib yubormadi. Uning floti bo'lmaganligi uchun Yevropaga bormay, O`rta Osiyoga
qaytib keldi. 1405 yilda Temur vafot qildi, shundan keyin uning imperiyasi tezda
tarqalib keta boshladi.
Angor mag'lubiyati natijasida turk feodallari lagerida uzoqqa cho'zilgan o'zaro urushlar
boshlandi. Uzoq vaqtgacha sultonning yagona hokimiyati bo'lmadi. Boyazidning o'g'illari o'rtasida
sultonlik taxti uchun qurolli kurash bo'ldi. 1415—1418 yillarda Qichik Osiyoda (Anatoliyada)
turk dehqonlarining qo'zg'olonlari yuz berdi. Bularning hammasi turklar e'tiborini Vi
zantiyadan chetga tortdi. Ammo Turkiya davlotining siyosiy inqirozi muvaqqat inqiroz edi.
Turklarda birorbir jiddiy yangi tashqi dushman yo'q edi. Vizantiya avvalgidek kuchsiz davlat
bo'lib qolaverdi. XV asrning 20 yillarida turklar yana qaddilarini rostlab oldilar.
Ulardagi ichki nizolar barham topdi. Kichik osiyolik dehqonlar harakati bostirildi. Turkiya
harbiy tashkiloti yana ancha kuchaytirildi, jumladan, turklar bu vaqtda o'zlarining harbiy
sistemalariga artilleriya joriy etgan edilar. Uz raqiblarini yenggan sulton Murod II (1421—
1451) 20 yillarning boshlarida istilolarni yana qaytadan boshladi. 1422 yilda u
Konstantinopolni uch marta qamal qilsada, lekin uni qo'lga ololmadi. 1430 yilda Solun`
olinib, uning barcha aholisi qullarga aylantirildi.
Florentsiya (uniyasi) ittifoqi. Vizantiya mulklari faqat Konstantinopol` shahari va unga
tutashgan kichik okrug bilan chegaralangan edi. Turkiya mulklari halok bo'lib borayotgan im
periyani zich halqa bilan o'rab olgan edi. Vizantiya hukumati turklarga qarshi zo'r berib
katoliklar Yevropasidan yordam axtardi. Imperatorlar grek cherkovini papa hokimiyatiga
bo'ysundirishga tayyor edilar. Papalar bu taklifga qattiq yopishib oldilar. 1439 yilda
Florentsiya soborida papa hokimiyati ostida sharqiy va g'arbiy cherkovlar ittifoqi e'lon
qilindi. Ammo greklarning o'zlari ittifoqqa keskin qarshilik ko'rsatdi. Grek flotining
boshlig'i Luka Notara, Konstantinopolda papa bosh kiyimidan ko'ra, turk sallasini ko'rishni
a'loraq ko'raman, deb oshkora aytgan edi. Shu sababli uning fikriga yuqori tabaqa sinflar
orasida ham, quyi grek aholi ommasi ichida ham ko'plar qo'shilgan edi. Quyi grek aholi ommasi
salib yurishlari va Lotin imperiyasi zamonlaridan boshlaboq G'arbiy Yevropa feodallariga
nafrat ko'zi bilan. qarardi.
1444 yilda turklarga qarshi yangi salib yurishi uyushtirilib, unda polyaklar, chexlar, vengrlar,
nemislar, qisman fransuzlar va boshqa G'arbiy yevropalik ritsarlar qatnashgan edi. Ammo sa
libchilarning bu safargi yurishi ham muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqdi. Varna yonidagi jangda (1444
y. 10 noyabr`) ritsarlar yakson qilindi. Shuning o'zi bilan Konstantinopolning halokati
oldindan hal qilib qo'yildi. *
Konstantinopolning qulashi./Konstantinopol` 1453 yil
sh 29 mayda quladi. So'nggi Vizantiya imperatori Konstantin XI
(1448—1453) edi. Sulton Murod II ning taxt vorisi — sulton Muhammad (Mehmed II) (1451 —
1481)*Konstantinopolni zabt etdi. Konstantin XI ixtiyorida arzimagan miqdorda harbiy kuch
lar 10 mingdan kamroq kishi bo'lib, bu kuchlar ham yollangan askarlardan, ko'proq genuyalik
soldatlardan tashkil topgan edi. Muhammadning 200 ming askari bo'lib, uning 15 mingini
tanlangan yanichorlar tashkil qilardi. Konstantinopol` qamali ikki oycha davom etdi. Qamalda
qolganlar dengiz orqali bir oz vaqt madad qo'shinlari, qurol-yarog' va oziqovqat olib
turdilar. Konstantinopolni quruqlikdan ham, dengizdai ham o'rab olish uchun Muhammad II
yog'langan maxsus yog'och to'shamalar yordamida ;shj, kemalarini'TPGtyn Shohga sudrab olib o'tishni
buyurdi, chunki gavanga kirish yo'li ulkan zanjirlar bilan, to'sib qo'yilganligi sababli, unga
boshqacha yo'l bilan o'tib kirishning iloji y>q edi. Imperator Konstantin o'ldirildi, shahar
himoyachilarining ko'pchiligi qirib tashlandi. Istilochilar Vizantiya poytaxtini bearmon
taladilar. Ammo Konstantinopolni Turkiya imperiyasining poitaxti qilishga qaror berilgani
uchun, sulton shahar binolariga ziyonzaxmat yetkazilmasin, deb buyruq berdi. Yustinian
zamonidan qolgan mashhur yodgorlik, ya'ni ayo Sofiya sobori saqlab qoldirildi, lekin keyin u
«Ayo Sofiya» nomi ostida sul tonning asosiy masjidiga aylantirildi. Konstantinopol` yangi
nom —¦ Stambul1 nomini oldi.
Shu tariqa eski Rim qulagandan keyin, oradan ming yil o'tgach, ikkinchi (Yangi Rim), ya'ni
Konstantinopol` ham quladi. Janubi-sharqiy Yevropada uzoq vaqtgacha oshkora mustabid harbiy
feodal zulmi va engog'ir milliy zulm rejimi o'rnatildi.^?!
Konstantinopolni istilo qilishning iqtisodiy va siyosiy oqibatlari^Vizantiyani turklar
tomonidan istilo qilinishi Yevropa xalqlari uchun g'oyat katta oqibatlarga sabab bo'ldi. Kon
stantinopolning qulashi bilan Levantiyadagi savdo-sotiq ishlari orqaga ketdi. Turklar bosib
olgan mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilish sharoitlari keskin yomonlashdi. Turklar osiyolik va
yevropalik savdogarlardan juda katta haq undirib oladigan bo'ldilar. Savdo yo'llari xavfli
bo'lib qoldi. Turklarning beto'xtov olib borgan urushlari O`rta dengiz bo'yida muntazam
savdo-sotiq ishlarini olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. Bundan shu holni ko'ramizki, turk
istilosi yevropalik savdogarlarni va dengizchilarni Turkiya mulklarini chetlab o'tib Sharqqa,
Hindistonga boradigan yangi dengiz yo'llarini axtarib topish harakatini kuchaytirdi.
Turklarning Konstantinopolni istilo qilishi Markazii va Sharqiy Yevropa uchun, shu jumladan,
slavyan mamlakatlari uchuv ham ayniqsa katta siyosiy ahamiyatga ega bo'ldi.
XVI asrDa Turkiya Pol`sha, Chexiya, Vengriya, Avstriya, Ukrainaga qarshi agressiya qildi. Turklar
1526 yilda Moxach yonidagi jangda G'arbiy Yevropa salibchilari ustidan yangi g'alaba qozon
ganlaridan keyin, Turkiya Vengriyaning katta bir qismini egalladi'va Gabsburglarning
mulklariga bevosita xavfxatar soldi. Turkiya solgan xavfxatar, pirovardida, Gabsburglar
boshchiligida O`rta Dunay bo'yida yashagan xalqlardan iborat ko'p millatli Avstriya davlotining
vujudga kelishiga imkon berdi. Ammo turklar G'arbiy Yevropaga ham ma'lum darajada xavf
solmoqda edil ar'
XVI asr boshlarida Yevropa va Osiyo tutashgan joyda o'zining tarkibiga Misrdan tortib to
Ispaniyagacha barcha shimoliy Afrika sohilini ham kiritgan g'oyat katta tajovuzkor davlatning
tashkil topishi butun Yevroiani turklarning bostirib kirish va payhon qilib tashlashdek jiddiy
xavfxatar ostida qoldirdi.
Lekin Yevropa Turkiya masalasida bir fikrga kelolmadi. Yevropa davlatlarining bir qismi
turklar tomoniga o'tdi. Ba'zi bir G'arbiy Yevropa hukumatlari, Yevropadagi o'z raqiblari
bo'lgan boshqa davlatlarga qarshi kurashda Turkiya imperiyasiga yangi ittifoqchi maydonga keldi,
deb qaradilar. Yevropada avvalo Fransiya Turkiya masalasida ana shunday do'stona mavqeni
egalladi, chunki Fransiya Gabsburglarga qarshi kurashda Turkiyadek bir ittifoqchiga muhtbj edi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Yaqin Sharq bozorlarini bosib olishga intilayotgai Angliya ham
Turkiya bilan yaqinlashmoqchi bo'ldi."^/L
XXX BOB G'ARBIY YEVROPANING O'RTA ASR MADANIYATI
O`rta asr madaniyati va cherkovi. O`rta asr madaniyati cherkovdiniy ideologiya bilan chambarchas
bog'langan edi. Cherkov ta'siri o'rta asr madaniyatining juda turlituman sohalarida: fanda,
maktabda, adabiyotda, san'atda aks etdi.
O`rta asr jamiyatida cherkovning ahamiyati juda katta edi. Cherkov Yevropa mamlakatlarining har
bittasida eng yirik yer egasi edi. Turli qirolliklardagi yerlarning deyarli uchdan biri cherkov
korporatsiyalariga qarardi. Cherkov katta siyosiy kuch edi. Ruhoniylar o'z oralaridan qirol
amaldorlari, kantslerlar, davlat kotiblari, markazii muassasalarning amaldorlari va
boshqalarni yetishtirib chiqardilar. O`rta asrdagi toifaviy yig'inlarda (General shtatlar,
parlament, korteslar va h. k. larda) ruhoniylarning vakillari ko'plab qatnashardi. Lekin
ideologiya masalasida cherkov ayniqsa katta rol o'ynar edi. Cherkov o'z obro'e'tibori bilan
o'rta asr feodal tuzumini mu
saddaslashtirgan bo'lib, feodal jamiyatishshg diniy rahbari ^isoblanar edi.
Diniyasketik dunyoqarashning hukmronlik qilishi. Xalq ommasi tarbiyalangan o'rta
asrdunyoqarashining xarakterli xususiyatlaridan biri—diniy asketizm edi. Asketizm
ta'limotiga kura, yer yuzidagi hayot insonning o'zi va uning gavdasi gunoh va ovuzlikning
mujassamlashgani emish. Dinga ishonuvchi insonning burchi—narigi dunyodagi, ya'ni oxiratdzgi eng
a'lo hayotga o'tish tayyorgarligi ko'rish uchun yerdagi azobuqubatlardan o'z joiini asta-sekin
xalos etishdan, insoniy «havaslar» bilan to'xtovsiz kurashishdan iborat emish. Buning uchun
cherkov odamlarga ro'za tutish, ibodat qilish, chilla o'tirish va h. k. larni tavsiya etdi. Tarki
dunyo qilib ibodatxonaga (monastirga) ketish eng oliy darajadagi jasurlik deb
hisoblandi.
Amalda esa asketizm uncha izchillik bilan olib borilmadi. Quturgan va beadab feodallar,
albatta, asket bo'lishni hatto" o'ylariga ham keltirmadilar. Ruhoniylarning o'zlari, xo'susan,
ularning oliy martabali vakillari, aslida dunyoviy feodallarning turmush tarziga ergashib
hatto o'zlarining asketik qoidalarini ham qo'pol ravishda buzardilar. Shaharliklar va dehqon
xalq ommasi hayotining butun alam va kulfatiga bardosh berib «osoyishta» mehnat qilib kun
kechiravergan. O`rta asr jamiyati yoppasiga monastirlardan iborat bo'lib, unda odamlar faqat
chilla o'tirardilar va toatibodat bilangina mashg'ul bo'lardilar, deyilsa, albatta xato bo'lur
edi. Ammo, shunga qaramasdan, asketizm rasmiy ta'limot bo'lib, u cherkov kafedrasidan turib
propaganda qilinardi, maktabda yoshlarga o'rta asr davri adabiyotining ko'pgina xillariga
zaruriy element bo'lib kirgan asketizm ta'limoti o'qitilardi. Turli sinflarga mansub bo'lgan
kishilarning anchaginasi ozmiko'pmi asketizmni yoqlab, uning qoidalarini ba'zan jiddiy
ravishda bajarardi. O`rta asrlar davrida asketizm diniy hukmronlikning eng yaqqol ifodasi
edi. Bu vaqtlarda aniq fanlar endigina kO`rtak otib kelayotgan edi, insonning tabiat kuchlari
ustidan hokimligi hali uncha takomillashmagan edi, ijtimoiy munosabatlar esa keskin
antagonistik va krepostniklik asosiga qurilgan bo'lib, xalq ommasi dolimo azobuqubat
chekar, lommim deb ovoz chiqarmas, qo'rquv vahimada kun kechirar va oxiratdagi jannatarsh
a'lo haqida xayol surar edi.
Biroq o'rta asr dunyoqarashiga cherkovning ta'siri hamisha birdekkuchli emas edi.Ilk o'rta asr
davrida—taxminan XI asrning ikkinchi yarmigacha o'rta asr jamiyatiga ideologik rahbarlik eng
ko'p cherkov monopoliyasida bo'ldi. So'ngra, XII—XIII asrlarda cherkov ideologik rahba.rlikni
rasman o'z qo'lida tutib turgan va hatto uni ayrim formalarda kuchaytirgan bo'lsada (uni
versitetlarning ravnaq topishi, tugal falsafiyteologik sistemasining — sxolastikaning
vujudga kelishi va h. k.), ammo ayni zamonda, bu davrda Yevropadagi cherkovdan tashqari va hat
to qisman unga qarshi ham madaniyat rivojlandi. Shahar byurgerlari adabiyotining, uning
antifeodal va realistik tendensiyalarining. tarkib topishi va ruhoniylarga keskin hujumlar
qilish jamiyatni cherkovning ideologik vasiyligidan ozod qilish bobida boshlanib ketgan
jarayonni yaqqol ko'rsatdi.
XIV—XVI asrlarda Yevropada Uyg'onish davrining yangi madaniyati yoki gumanizm oliy darajaga
erishdi. Bu madaniyat ochits ifodalangan dunyoviy madaniyat edi. Gumanistlarning ko'pchiligi
cherkovdiniy masalalarga butunlay beparvolik bilan qarardi. Gumanistlarning maydonga
kelishi keyingi o'rta asr davrida Yevropa jamiyatidagi eng progressiv peshqadam tabaqalarga
cherkovning ta'siri yo'qolganligidan darak berardi.
O'rta asr maktabi. Universitetlar. O`rta asr davrida uch xil maktab bor edi. Cherkov va
monastirlar huzurida tashkil etilgan quyi maktablar elementar savodli dindor shaxslar —
kliriklar tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan edi. Bu maktablarda lotin tilini1
(katoliklarning toatibodat qilishi shu tipda olib borilgan) o'rganishga, ibodat qilish va
duolar o'qish tartiblarini o'rganishga asosiy e'tybor berilar edi. Ko'proq yepiskoplik
kafedralari huzurida vujudga kelgan o'rta maktabda yetti «erkin san'at»ni (grammatika,
ritorika, dialektika yoki logika, arifmetika, geometriya, ge'grafiya, astronomiya va muzika
ham shunga kirardi) o'rganish tajriba qilinardi. Birinchi uch fan trivium, yeo'nggi to'rttasi —
kvadrivium deb atalgan. Keyinroq «erkin san'at»ni oliy maktabda o'rganila boshlagan, unda
bu fanlar kichik (artistik) fakul`tetdagi o'qitishning mazmunini tashkil etgap. Oliy maktab
dastlabki vaqtda (Studia generalia) «umumiy fanlar» deb atalgan, keyin, bu nomni bashqasi
—'universitetlar2 degan nom surib chiqargan.
Birinchi universitetlar XII asrda bir qismi teologiya va falsafa sohasida eng yirik
professorlari bo'lgan yepiskop maktablaridan, bir qismi xususiy muallimlariing — falsafa,
huquq (Rim huquqi) va tibbiyot mutaxassislarining birlashmalaridan kelib chiqqan. Yevropada
eng qadimiy universitet Parij universiteta bo'lib, u XII asrning birinchi yarmidayoq «erkin
maktab» sifatida mashg'ulot olib borgan. Parij universiteta XII asrning ikkinchi yarmida va
XIII asr boshlarida uzil-kesil rasmiylashgan (Filipp II Avgust 1200 yilda Sorbonna huquqlari
to'g'risidagi yorlig'i bilan ta'sis etgan). Ammo Italiyaning oliy maktablari — Rim huquqiga
ixtisoslashgan Bolon` yuridik maktabi va Salyor tibbiyot maktabi ancha ilgari L1 asradeq
universitetlarning markazlari rolini o'ynay boshlaganlar. Yevropadagi boshqa universitetlar
asos qilib olgan
Parij universiteta ustavi to'rtta fakul`tetdan: artistik, tibbiyot, yuridik va teologiya
(diniy ruhda falsafa o'qitish ham bunga kiradi) fakul`tetlaridan iborat bo'lgan.
Angliyadagi XIII asrda ta'sds etilgan Oksford va Kembrij universitetlari, Ispaniyadagi
Salamank va Italiyadagi Neapol` universitetlari Yevropadagi eng qadimiy universitetlar edi.
XIV asrda Markaziy Yevropada — Praga, Krakov, Geydel`berg, Erfurt va Kyol`n shaharlaridagi
universitetlar barpo etildi. XV asrda universitetlar soni tez ko'paydi. 1500 yilda butun
Yevropada 65 ta universitet bor edi.
O`rta asr universitetlarida dare lotin tilida olib borilardi. O'niversitetda dare berishning
asosiy metodi professorlar lektsiyasi edi. Ilmiy aloqa qilishning tarqalgan ko`rinishi nlmiy
tortishuv yoki ochiq munozaralar bo'lib, bunday ilmiy tortishuv va ochiq munozaralar vaqtvaqti
bilan teologiyafalsafiy temalarda bo'lardi. Ilmiy tortishuvlarda asosan universitetlarning
professorlari qatnashardilar. Lekin sxolalar (studentlar) uchun ham shunday ilmiy
tortishuvlar o'tkazib turilardi (sxolalar — studentlar .schola lotincha so'z bo'lib, maktab
demakdir).
Sxolastika. O`rta asr universiteti fani sxolastika (schola so'zidan) deb atalardi.
Sxolastika o'rta asrning asosiy fani hisoblangan teologiyada o'zining eng yorqin ifodasini
topgan edi. Sxolastikaning asosiy xususiyati birorbir yangi narsani kashf etish emas, balki
xristian dinining mazmunini tushuntirish va uni bir sistemaga solishdangina iborat edi.
Xristian ta'limotining asosiy manbalari bo'lgan muqaddas yozuv va muqaddas rivoyatga tayangan
sxolastlar qadimiy faylasuflardan, asosan Aristoteldan tegishli o'rinlarni dalil qilib
keltirib, o'z fikrlarini isbotlashga harakat qilardilar. O`rta asr ta'limoti Aristoteldan
turli xil murakkab mulohaza yuritish vz xulosa chiqarish tarzida mantiqyy bayon qilish ko`rinishini
qabul qilib oldi. O`rta asr olimlari teologiyafalsafiy masalalar bilan shug'ullangan
paytlaridagina emas, balki tabiatni o'rgangan paytlarida ham shaxeiy obro'e'tibor g'oyat
katta rol o'ynagan, lekin amaliy tajriba kichik miqyos kasb etgan edi. Masa^ lan, o'rta asr
zamonlarida geografiya sohasida Aristotelning va boshqa qadimiy mualliflarning orbo'e'tibori
begumon bo'lib, uning to'g'riligiga hech kim shakshubha qilolmasdi. Tibbiyotda bir qancha
bid'atxurofotlar mavjud bo'lib, bu bid'at xurofotlar asrlar bo'yicha mustahkam saqlanib
keldi, chunki o'rta asrlar davrida Sivyasektsiya singari zaruriy eksperiment deyarli
o'tkazilmasdi va murdalar anatomiyasi bo'yicha muntazam ish olib borilmasdi. Anatomiyaga doyr
ba'zi bir bilimlar ko'proq arab tibbiyot kitoblaridan olingan edi. O`rta asrlar davrigacha
yetib kelgan vrachlik ishlariga doyr bir necha qadimiy traktatlar singari, arablarning bu
qitoblari ham Yevropada shakshubhasiz obro'e'tibor qozongan edi.
Yevropaning ko'p mamlakatlariga yoyilgan ilmiy harakat, ya'ni ilk davrdagi sxolastika o'z
taraqqiyotida muayyan ijobiy natijaga ega bo'ldi. Avvalo sxolastlar uzoqqa cho'zilgan tanaf
fusdan keyin antik merosni o'rganishni (antik madaniyatning ba'zi vakillari chunonchi,
Aristotel` kabi mashhur kishilar) yangidan boshlab yubordilar. So'ngra, sxolastlar XII—XIII
asrlarda bilishning ba'zi bir eng muhim problemalarini ishlab chiqdilar. XI—XII asrlarda
Yevropada universallar, ya'ni umumiy tushunchalar tabiat^ to'g'risida qizg'in baxs davom qildi.
Sxolastlarning ba'zilari, ya'ni nomikalistlar, umumiy tushunchalar degan ran butkul yo'q,
balki so'zlar, nom demakdir, deb faraz qilardilar (lotincha nomen — nom ham ana shundan,
kelib chiqqan). Boshqalari, ularning raqiblari bo'lmish r ye al ist l ar, aksincha, umumiy
tushunchalar haqiqatda mavjud bo'lib, ular xususiy predmetlardan qat'i nazar, idealistik qa
r'ashlarni • ochiqdanochiq rivojlantiradilar. Nominalistlarning realistlar bilan olib
borgan munozarasi idealistlarning (Platon va uning maktabi) qadimiy falsafadagi materia
listlar Demokrit, Epikur, Lukretsiy va h. k.) bilan eski munozaralarini qaytadan tikladi va
yangi zamonda esa materialistlarning idealistlari bilan olib borgan bundan keyingi
kurashini tayyorladi. Nihoyat, sxolastlarning ko'plari universal olimlar bo'lib, ular o'sha
mahalda barchaga moe keladigan fanlar bilan, shu jumladan, hali ibtidoiy holatda bo'lgan
tabiiyot fani bilan ham shug'ullangan edilar.
Parij professorlari: Parij universitetini ta'sis etishda katta rol o'ynagan va o'zining
«erkin fikri» bilan oliy martabali cherkov ruhoniylarining keskin ta'nasiga duchor bo'lgan
P`er Abelyar (1079—1142); Aristotelning va uning mantiqiy metodining samimiy muxlisi,
qisman teologiya, qisman tabiiyilmiy xarakterdagi bir qancha asarlar muallifi Al`bert
Buyuk (1193—1280) hamda tabiat va jamiyatni bilishning hamma masalalarini cherkovdiniy
ruhda yoritgan o'rta asr dunyoqarashining go'yo entsiklopediyasi bo'lgan «Teologiya summasi» («Summa
theologioe») nomli mashhur asar muallifi Foma A kvinskiy, (1225—1274) o'rta asr
zamonlarining eng yirik sxolastlari hisoblanardilar. Foma Akvinskiy cherkovxristian ..
dogmatik ta'limotini sistemalashtirishdan tashqari, o'sha zamonning eng muhim
iqtisodiy masalalariga to'xtaldi, feodal doiralarning manfaatlari bilan
shaharliklarning manfaatlarini (foiz haqida «adolatli baho» va h. k. lar
to'g'risida fikr yuritish) kelishtirishga harakat qildi. Holbuki, XIII asrning ikkinchi
yarmida shaharliklarning salmog'i endi ancha, katta edi. Tabiiyot masalalariga eng katta
e'tibor bergan sxolastlardan biri — ingliz olimi monax Rodjer Bekon (1214—1292)
bo'lib, u tabiatni tajribaviy yo'sinda o'rganish zarurligini birinchi marta ko'tarib chiqqan edy.
Xalsaro miqyosda mashhur bo'lgan so'nggi eng yirik olimsxolast
Dune Skott (1260—1309) bo'lib, u Oksford va Parij universitetlarida dare berardi. Dune
Skott e'tiqod bilan bilim. o'rtasidagi", ya'ni din bilan fan o'rtasidagi farq masalasini
boshha sxolastlarga qaraganda keskinroq qilib qo'ydi. U o'zining ba'zi bir traktatlarida,
materiya fikr qilish qobiliyatiga ega bo'lsa ajab emas, degan fikr bildirdi. Dune matematika
bilan tabiiyotni o'rganishga katta e'tibor qildi.
XIV. asrdan, xususan XV—XVI asrlardan e'tiboran sxolastika orqaga ketadi. Tabiiyot bilan
antik adabiyotni yanada o'rganish sxolastlardan tashqari bordi. Sxolastika teologiyaning
maddohlikdogmatik masalalarida uzil-kesil ixtisoslashib, ilmiy taraqqiyotning yanada olg'a
qadam qo'yishiga monelik qildi va tug'ilib kelayotgan yangi burjuaziya vakillari bo'lmish gu
manistlar bilan qattiq kurashdi.
Mistika. O`rta asrlar zamonida sxolastikadan tashqari, yana bir oqim, ya'ni sxolastlar bilan
qizg'in kurash olib borgan oqim ham mavjud edi. Bu oqim — mistik a edi. Masalan, Abelyarning
zamondoshi, ikkinchi salib yurishyning sobiq tashkilotchisi Bernard Klervosskiy (1091—^1153)
Abelyar bilan qattiq kurashdi. XIV—XV asrlarda nemis mistyklari Iogann T aul yer (1300—1361)
bilan FomaKem.piyskiy (1379— 1471) eng ko'p nom qozongan edilar. Tauler bilan Kempiyskiy
asarlari boshqa mamlakatlarga ham tarqalib, bir necha bor nashr qilingan. Mistiklar
Aristotel` ta'limotini o'rganish va din asoslarini mantiq jihatdan isbot etish zarurligini
rad etdilar. Ular, diniy qoidalar faqat «mushohada qilish», ya'ni birorbir «majusiy fan»
yordamisiz ibodat qilish va xudojo'ylik yo'li bilangina o'zlashtiriladi, derdilar. Mistiklar
ana shu taxlitda maydonga chiqib ochiqdanochiq reaktsion mavqeni egalladilar. Ammo mistiklar
sxolastlarga qaraganda oz sonni tashkil qilganliklari sababli mistiklar teologiya va falsa
fiy obro'e'tibori bilan bog'langan edilar, mistiklar orasida ba'zan demokratik kayfiyatdagi
mutafakkirlar paydo bo'lib, ular o'z «mushohadalari»da va «mulohazalari»da feodal tartibning
o'zining asl mohiyatiga tanqidiy nazar bilan qarab, bu tartibning «abadiyligi» va
«adolatliligi»ni rad qilardilar hamda «yangi zamonlar» kelishini, «buyuk to'ntarish» yaqin qol
ganligini, «yer yuzida tangri hukmronligi» qaror topajagini oldindan karomat qilardilar.
Masalan, XVI asrda bo'lg'usi cherkov islohattsiyasi (ko`rinishi)ning eng ko'zga ko'ringan radikal rahbar
lariga ta'sir ko'rsatgan mistik italiyalik Ioaxim Qalabr i y s kiy (yokiF l o r s k i y)
(1145—1202) bo'lib, u tez or ada yer yuzida xususiy mul k bo'lmagan, ekspluatatsiya ham bo'lmagan
mukammal «ming yillik hukmronlik» davri qaror topajagini oldindan aytgan edi.
O'rta asr yereslari va ularning ijtimoiy xarakteri. XI asrdan e'tiboran G'arbiy Yevropada
yereslar, ya'ni hukmron feodalkatolik cherkoviga qarshi bo'lgan va, oqibatnatijada, ko'p yokisz
sonli dinga ishonuvchilarni cherkovdan ajratib olgan diniy okimlar tarqala boshladi. O`rta asr
yereslarining ravnaq topishi shaharlarning o'sishi bilan alohida uchinchi toifa bo'lgan
shaharliklar sinfining kuchayishi bilan, shaharliklar bilan feodallar o'rtasidagi ijtimoiy
ziddiyatlarning keskinlashishi bilan chambarchas bog'langan edi. Yereslar harakatida qatnashgan
shaharliklarning feodal tuzumga qilgan hujumlari o'ziga xos yangi diniyideologik shaklga ega
bo'ldi. Odatda yereslar G'arbiy Yevropaning shahar hayoti >eng ko'p rivojlangan mamlakatlarida
ham vujudga kelardi. Janubiy Fransiya, Janubiy Germaniya, Shimoliy Italiya, Niderlandiya,
Angliya, Chexiyada yeretiklik harakati o'choqlari juda ko'p edi.
XI asrning ikkinchi yarmida vujudga kelib, eng ko'p tarqalgan yeres`— katarlar yeresi bo'lib u
Shimoliy Italiyada (Lombariyada) va ayniqsa Janubiy Fransiyada keng yoyilgan edi. Kch^drdar
harakatining asosiy maokazlaridan biri bo'lgan Fransiyaning Al`bi shahari nomiga nisbat
berilib, bu harakatga ergashuvchilar ham al`bigoychilar deb atalgan. Katarlar harakatining
kelib chiqishi salib yurishlari bilan aloqadordir. Yevropaliklar Sharqda bu harakat bilan
tanishib, so'ng uni G'arbiy Yevropaga olib keldilar. Katarlar — al`bigoychilar ta'limotining
eng yaqin manbai bolgarlar xudojo'yligi bo'lib, u o'z navbatida Vizantiya pavlikanligiga va
Eron manixeyligiga g'oyaviy jihatdan asoslangan edi.
Xudojo'ylar singari, katarlar ham jiddiy dualizmga asoslangan edilar. Dunyoda yaxshilik bilan
yomonlik, xudo bilan shayton birbirovlariga raqib bo'lib, doimo kurashadilar, tashqi dunyo
insonga nisbatan yovuzlik, inson tanasi, ya'ni jonni kishanlab turuvchi materiya ham
yovuzlikdir. Insonning muddaosi dunyoning ana shu yovuzligidan xalos bo'lishdir. Katarlar tashqi
dunyoni (aslida, hukmronlik qiluvchi feodal tartibni) qoralab, feodal katolik cherkovining,
feodal davlatning zarurligini rad etib, urushlarga, sudlarga va boshqa feodal muassasalariga
qarshi bosh ko'tarardilar. Katarlar o'zlarini «pokizalar» va «mukammallar» deb atardilar.
Biroq, to'liq asketizmni amalga oshirishda ifodalangan «mukammal» hayot ideali katarlarda
oz sonli odamlarga — ularning ustozlari va diniy rahbarlariga nisbatangina
qo'llanilardi. Oddiy, «avom» katarlar esa odatda mavjud vaziyatga moslashib, oilali
bo'lardilar va ro'zg'or ishlari bilan shug'ullanardilar va h. k. Oddiy, «avom» katarlar o'lim
oldida maxsus «taskin berish» urfodatidan o'tkazilgach, «mukammallar» safiga o'tardilar
va, shunday qilib, tashqi dunyo bilan batamom aloqani uzardilar.
Katarlar o'zlarining alohida ruhoniylariga, alohida maxfiy majlislariga, alohida ta`limot
va hayotga ega bo'lish bilan katolik cherkovini vayron qilib, uning ta'siridan qutuldilar.
Faqat shaharliklargina emas, balki dunyoviy feodallarning bir qismi ham yeresga ixlosmand
bo'lib, xususan katolik
cherkoviga qarashli yer-mulklarni sekulyarizatsiya qilish umidida yereslik oldida tiz cho'kdilar.
Chunki yeretiklar ta'limotidan ana shu narsalar mantiqan kelib chiqar edi. Innokentiy III XIII
asr boshlarida Fransiyaning janubidagi yeretiklarga qarshi salib yurishi uyushtirib, unda ko'p
sonli shimoliy fransuz feodallari qatnashganligi va natijada butun Langedok xarob qilinib,
so'ng u fransuz qiroli mulklariga qo'shib olinganligi yuqorida ko'rsatib o'tilgan edi1.
Shaharda vujudga kelib, ammo keyin qishloqqa ham tarqalgan Ikkinchi bir yeres` — val`denslar
yeresi edi. U lionlik savdogar Pyotr Val`da nomidan olingan bo'lib, Pyotr o'z molu mulkini
gadoylarga ulashib berdi, o'zi bo'lsa tavbatazarru qilishni targ'ib qildi va qashshoqlikka
da'vat etdi (XII asrning 70 yillari). Boylikka, ijtimoiy tengsizlikka va adolatsizlikka
qarshi norozilikni o'zida aks ettirgan val`denslar ta'limoti ayniqsa shahar plebey
elementlari orasida yoyildi. Zamondoshlar val`denslar yeresinn ko'pincha «Lion qashshoqlari
yeresi» deb ham atardilar. Ammo val`denslar yeresi Janubiy Fransiya va Janubiy Germaniya
dehqonlari orasida ham tarqaldi. Val`denslar yeresi Shveytsariyaga yoyildi, bu yerda mahalliy
feodallar tomonidan qullik asoratiga tushirilmoqchi bo'lgan dehqonlar ana shu val`denslar
diniy bayrog'i ostida mahalliy feodallarga qarshi bosh ko'tardilar. XIII—XIV asrlarda ko'p
val`denslar Chexiyada edi.
XIV—XV asrlarda yeretiklik harakati ayniqsa keng qanot yoyib, u ikki asosiy oqimga: 1)
papalikka qarshi chiqqan va ruhoniylarning alohida toifasini tugatishni va o'zining «ancha
arzon» byurgerlik cherkovini tuzishni maqsad qilib qo'ygan mo''tadil byurgerlar yeresiga va 2)
jamiyatni radikal — demokratik antifeodal ruhda ijtimoiy isloh qilish dasturini o'rtaga
tashlagan dehqonplebeylar yereisga keskin suratda ajraladi. Chunonchi, Angliyada viklefizmdan
ajralib chiqqan lollardizm u bilan bir qatorda rivojlapdi, lollardizm vakillari (Jon Boll
va boshqalar) 1381 yildagi qo'zg'olonda faol qatnashdilar. XV asr boshlarida Chexiyadagi
taboriylar chex dehqonlari harakatiga boshchilik qilib, urushning borishida Yan Gusning izdosh
lari bo'lgan chashniklar bilan aloqani uzdilar.
Katolik cherkovining yereslar bilan kurashi. Katolik cherkovi yeretiklik harakatiga qattiq
jazo choralari qo'llash bilan javob berdi. Yeretiklarga qarshi salib yurishlari uyushtirish
papalikning yereslIkka qarshi olib borgan kurashining ko`pdan-ko`p metodlaridan biri edi.
Inkvizitsiya yeretiklar bilan churashda g'oyat katta ahamiyat kasb etdi. Yeretiklarni ildizi bilan
yo'q qilish uchun tuzylgan maxsus sud inkvizitsiya (lotincha«tekshirish» so'zidan) deb atalardi.
Inkvizitsiya sudi chaqimchilarning (qisman ismi noma'lum odamlarning) bergan ma'lu
motlariga asoslanib ish ko'ruvchi maxfiy tashkilot bo'lib, u ayblanuvchilarni juda qattiq
qiynoqazobga duchor qilardi va ish aksar ayblanuvchilarni qatl qilish (olovda yoqish) bilan
tamom bo'lardi; ularning mol-mulklari esa musodara qilinardi. Yeretiklarni olovda yoqib
yuborish ommaviy tue olgan edi. Yeretiklarni qatl qilish o'ziga xos oshkora diniy «bayram»
(Ispaniyadagi autodafe va boshqalar)ga aylanar edi. Dunyoviy feodal hokimiyati, jumladan, hukm
qilingan yeretiklar molu mulqining ulkan ulushini olish niyatida odatda inkvizitsiyaga to'la
to'kis yordam ko'rsatardi.
Innokentiy III davridayoq inkvizitsiya yangi monaxlik ordeni bo'lmish dominikanlar, yoki
«va'zxonbirodarlar» qo'liga batamom topshirib qo'yilgan edi. Dominikanlarning bu yangi
monaxlik ordeni yeretiklar bilan maxsus kurash olib bormoq uchun ispaniyalik dvoryan Gusman
Dominik tomonidan (1207—1208 yillarda) ta'sis etilgan edi. Yana shu Innokentiy III davrida
paydo bo'lgan ikkinchi bir monaxlik ordeni, ya'ni frantsiskanlar ordeni taxminan xuddi shu
vaqtlarda (1209—1210 yillarda) ktal`yan Frantsisko Assizskiy tomonidan tuzilgan edi. Bu
«gadoylar ordeni» ning muddaosi shahar kambag'allarini yereslik xavfxataridan chetga tortish
edi. Frantsiskanlar sadaqa tilab tirikchilik qilib, xususiy mulkka ega bo'lmasliklari kera"k
edi. Ular dag'al matodan kiyim kiyib, har doim yalang oyoq yurishlari, bellariga arqon bog'lab
olishlari lozim edi va h. k. Keyinchalik, oradan sal vaqt o'tmay, frantsiskanlar ordeni ham
anchagina molu mulkka ega bo'lib oldi.
Shu tariqa cherkov ordenning «faqirligi»ni ro'kach qilsada,
lekin bu narsa muvaqqat va nisbiy bir hol edi, aslida esa pa
palikning mehnatkashlar ommasi masalasida ochiqdanochiq, qo'
' pol demogogiya bilangina shug'ullanganligi ma'lum bo'lib qoldi.
O`rta asr arxitekturasi. O`rta asrlar o'zidan keyin arxitektura san'atining ko'p ulkan
yodgorliklarini qoldirdi. O`rta asrlarning dastlabki yuz yilliklarida (taxminan, Karl Buyuk
zamonigacha) binokorlik texnikasidagi zaiflik o'rnini bundan keyingi asrlarda binokorlik
san'atidagi katta yuksalish egalladi.
IX—XIII asrlar zamonida Yevropada ikkita asosiy arxitektura uslubi roman va gotik uslubi
o'rin almashinishdi. Zamon ideologiyasiga muvofiq Yevropaniig turli mamlakatlaridagi sobor
cherkovlari — ibodatxonalari roman va gotik arxitekturasiga mansub bo'lgan eng ko'p
yodgorliklardir. Karolinglar za¦ monida rivojlana boshlagan birinchi uslub (ya'ni roman
uslubi) nimg komi qadimgi Rimdagi binolarga taqlid qilishdan kelib chiqqan. Haqiqatda,
roman arxitektura uslubi antik, ya'ni rim uslubiga qaraganda xiyla dag'alroq takomil
lashmagan va galizroq edi. Roman uslubidagi soborlarning devorlari qalin, gumbazlari
nisbatan past, ustunlari yo'g'on va pakana, romlari kambar va kichik bo'lib, ular o'sha davr
(IX—
XII asrlar)dagi binokorlik texnikasining hali zaif ekanligini va siyosiy vaziyatning o'zini
ham oppaochiq aks ettirardilar, bunga sabab shuki, bu davrda feodal urushlari va o'zaro
nizojanjallar har doim davom qilib, dushman hujumlar qilgan paytlarda bu cherkovlar
mahalliy aholining qochib kirib jon saqlaydigan qal'alariga osongina aylantirilar edi.
XII—XIII asrlarda rivojlaigan va keyingi asrlarda dastlab Fransiyada, keyin esa Yevropaning
boshqa mamlakatlarida ravnaq topgan gotik arxitekturasi texnika jihatdan ?oyat antiqa va
mukammalroq edi1.
Gotik arxitekturasining xarakterli xususiyati shunda ediki, arxitektor binoni mumkinqadar
balandroq qilib qurishga intiladi. Yarim doirali qubba peshtoq o'rniga uchi nayza peshtoq
pilinadigan bo'ldi. Gotik uslubidagi soborlarning ichki qismida baland va kurkam qilib
ishlangan ustunlar ko'p. Soborlarning derazalari katta-katta bo'lib, ularning oynalariga
rangbarang bo'yoqlar berilgan edi. Bo'rttirib ishlangan ziynatlarning mo'lligi, ya'ni
haykallar barel`eflar, osma peshtoqlar, ajoyib qilib o'nib ishlangan toshlar binoning, ham
tashqi, ham ichki tomonini bezatib turar edi. Bitta yoki bir nechta baland minoralar va
ulug'vor eshiklar gotik uslubida qurilgan binoni alohida shohona qilib ko'rsatardi. Gotik
sobori o'rta asr shaharining o'ziga xos artitektura markazi hisoblanardi.
Roman arxitekturasi yodgorliklaridan eng mashhurlari Fransiyada Puat`e va Arl` soborlari,
Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Mayints, Aaxen soborlaridir. Gotik san'atining eng yaxshi
yodgorliklari Parijdagi Bibimar`yam (ibodatxonasi) sobori, shuningdek, Fransiyada Ruan, Reyms
va Shartr soborlari, Angliyadagi London Vestvazirlik abbatligi va Linkol`n shaharidagi
sobor, Italiyadagi Milan sobori, Chexiyadagi Praga sobori, Pol`shadagi Krakov sobori va
boshqalar hisoblanadi.
Gotik arxitekturasining fuqaro binolari orasida Bryusseldagi shahar ratushasi, XV asrdagi
mashhur fransuz moliyachisi Jak Qernning Burjadagi uyi, Ambuazdagi (Fransiyada) qirol qasri
va boshqalar bor.
Roman va gotik uslublaridan tashqari, o'rta asr arxitekturasi yana ikkita uslubdan:
Italiyadagi Vizantiya uslubidan (Venetsiyada — avliyo Mark sobori, qisman dojlar saroyi va b.)
hamda Ispaniyadagi arab (m a v r)lar uslubidan (eng mashhur yodgorliklar Granadada
arablarning Al`gambra nomli sobiq saroymaejidi, hozirgi Sevil`e sobori va Sevil`yadagi
Al`kasar qasri2) keng foydalandi. Ritsarlar madaniyati. Feodal jamiyatining har bir sinfi
cherkovniig diniy rahbarligini tan olar ekan, ayni vaqtda, u o'z kayfiyatlari va ideallarini
aks ettirib, o'zining alohida madaniyatini ham rivojlantirdi. Dunyoviy feodallarning hokim
sinfi, ya'ni keng ma'nodagi ritsarlar XIII asrda urfodatlar, uslub, dvoryanlik nazokati,
turli xil dunyoviy, saroy va harbiyritsarlik ko'ngil ochishlarning murakkab tartibini yaratdi.
O`rta asrlarnyng so'nggi asrlarida ayniqsa r i s a r: lik turnirlari, ya'ni qurol-yarog'
ishlata bilishdek feodalning harbiy kasbini aks zttiradigan ritsarlik musobaqalari degan
qismi keng tarqaldi.
Ritsarlar orasida ritsarlarning jasoratini osmonlarga ko'tarib maqtagan harbiy qo'shiqlar
vujudga keldi. Keyinchalik harbiy qo'shiqlar yig'indisi butunbutun dostonlarga aylandi. Ular
orasida XI asrda Shimoliy Fransiyada vujudga kelgan va XII asrda batamom ishlangan «Roland
haqidagi qo'shiq» ayniqsa mashhurdir. Karl Buyukning Ispaniyaga qilgan yurishlarining
ideallashtirilgan shakli bu qo'shiqning mazmuni bo'ldi. XII asrda Ispaniyada maydonga kelib,
xalq qahramoni bo'lmish «Mening Sidim haqidagi qo'shiq» nomli doston ham ana shunday
qahramonlik dostonlaridan biridir. Bu dostonda ispan xalqlarining arablarga qarshi olib
borgan ko'p asrlik kurashi o'z aksini topgan. XIII asr boshlarida Germaniyada vujudga kelgan
«Nibelunglar haqida qo'shiq» nomli doston uchinchi eng yirik doston hisoblanadi. Bu dostonda
afsonaviy elementlar ilk o'rta asr zamonlaridagi xalq rivoyatlari bilan (Brungil`d, Attila
va boshqalar to'g'risidagi rivoyatlar) hamda keyinroq zamondagi ritsarlik hayoti (XII—XIII
asrlar) bilan chatishib ketgan. .
d
XII asrda ritsarlik romanlari paydo bo'lib, ular tez orada keng tarqaladi. Yevropaning turli
mamlakatlaridagi ritsarlar Sharqqa qilingan salib yurishlari jarayonida birbirlari bilan
tanisha borgan va uzoquzoq mamlakatlar haqidagi taassurotlari bilan' boyiganlaridan
keyin, bu mamlakatlarto'g'risida turli ritsarlik sarguzashtlari proza shaklida bayon. qilindi.
Qadimgi Britaniya qiroli Artur haqida yozilgan romanlar sikli ayniqsa katta shuhrat Qozonib,
u Angliyada va Fransiyada sevilib o'qiladigan bo'ldi va Amadis Gall`skiy to'g'risidagi
romanlar Ispaniyada, Fransiya va Italiyada keng tar:
qaldi. ..

Shahar madaniyati. O`rta asrlar zamonida muhim siesii rol o'ynagan o'rta asr shahari madaniyatni
ravnaq toptirish uchun ham ko'p ish qildi. Uzining antifeodal xususiyatlari oldinroq namoyon
bo'lgai dunyoviy adabiyot, avvalo, shaharda tez muvaffaqiyatlarga erishdi. XII—XIII asrlardayoq
shaharlarda fablio
(fransuzlarda), yoki shvanklar (nemislarda) deb atalgai formada.satirik asarlar
maydonga kela boshladi, bu satirik
asarlar feodallarni masxara qilib, ular ustidan zaharxanda
lik bilan kulardi. .Italiyaning shahar povestlarida (novellalarida) ham feodallarga qarshi
satirik momentlar ko'p uchraydi.
XIII asrda Fransiyada uzil-kesil tarkib topgan «Tulki haqida roman» nomli satirik asar
umumevropada nom chiqargan . edi. Bu satirik asarda doim dog'uli Tulki tomonidan aldanadi
gan och va tamagir buri obrazida feodallar tasvirlangan edi. XIII asrda ikki fransuz
mualliflari ritsar Gil`om de Loris (1 qism) va shaharlik Jan de Men (2 qism) tomonidan
badiiy tilda yozilgan «Gul haqida rom"an» nomli ajoyib katta bir asar Yevropaning deyarli
barcha mamlakatlarida zo'r shuhrat qozondi. She'riy tilda va mifologiyamajoziy tarzda yozilgan
bu «Gul haqida roman»da, ayniqsa uning ikkinchi qismida realistik xususiyatlar bor. Romanda
ruhoniylarga va Rim papasining o'ziga, qirol despotizmiga qarshi o'zining zodagonligi bilan
maqtaiadigan feodallarga qarshi hujum qilinadi. De Men, insonning chinakam olijanobligi
uning zodagon avlodajdodga mansubligida emas, balki uning shaxsiy aqlidrokida va axloqiy
go'zalligidadir, degan fikrni olga suradi va keyinroq bu fikrni gumanistlar davom
ettiradilar.
Shaharda o'rta asr teatri ham yaratildi, avvalo u misteriy shaklida bo'lib, ya'ni tavrotning
turli mazmundagi dramatik sahnalari ko'rinishida ish olib bordi. Keyin bu dramatik
asarlarga asta-sekin dunyoviy, hayotiy materiallar kiritildi, bu materiallar ko'pincha fors
ko`rinishidagi kulgisatirik xarakterda bo'lar edi.
Ritsarlar singari, shaharliklarning ham o'zlari qiziqqan ommaviy ko'ngil ochishlari bo'lardi,
ammo bular ritsarlarnikidan boshqacha turda bo'ladi. Bu ko'ngil ochishlarning biri karnaval
bo'lib, karnaval qish oxirida, rojdestvo bilan bahorgi katta ro'za .o'rtasida qilinib,
shaharliklar muzika chalib va yuziga niqob kiyib ko'chalarda yurganlar. Italiya shaharlarida XSH
asr oxiri va XIV asr boshlaridayoq uyg'onish davrining yanga madaniyati vujudga keladi.
Xalq ijodi. O`rta asrlardagi dehqonlar madaniyati asosan fol`klor, ismi noma'lum og'zaki ijod
tarzida bo'lib, uning bir qismi lotin va milliy tillarda turlicha matnlarda yozilgan va
bizgacha yetib kelgan, boshqa qismi yozilmay qolgan bo'lsada, lekin adabiy asarlarga uzviy
bir parcha bo'lib kirgan hamda undan xalq ohanglarining manbai sifatida foydalanilgan. Xalq
o'yinlari—xristian dini joriy etilmasdan burungi majusiylik zamonlaridagi qadimiy
xorovodlarning raqslari, turli lirik qo'shiqlar — sevgi qo'shiqlari, ziyofatlarda aytiladigan
qo'shiqlar va to'y laparlari, ko'mish marosimida aytiladigan marsiyalar, turli xil va ko'p sonli
cho'pchaklari, qahramonlik afsonalari, maqollar, matallar, topishmoqlar va boshqalar xalq
fol`klorining xilma-xil formalari ana shular edi. Xalk poeziyasining formalari yaratilib, ko'z
qorachig'iday saqlanib keldi va avloddanavlodga o'tib bordi, bu formalar tobora mu
rakkablashib, ravnaq topib vag takomillashib, umuman, xalq hayotini, uning kayfiyat va orzu
umidlarini g'oyat darajada ravshan aks ettirdi. Shahar shoirlari fol`klorning anchagina qis
midan foydalandilar. Jumladan, asosan qishloqda paydo bo'lgan afsonaviy epos, yuqorida aytib
o'tilganidek, shaharning hikoyaviy satirasida keng foydalaniladigan bo'ladi. O`rta asrlarning
eng yirik poemalari yuqorida aytib o'tilganidek avvalo, xalq og'zaki ijodidan manba sifatida
foydalandilar. «Nibelunglar haqida qo'shiq» tug'risida xuddi shunday demoq kerak.
Ko'pchilik qismi, shuningdek, xalq ommasi orasidan yetishib chiqqan, ismi noma'lum mualliflarga
mansub bo'lgan va qishloq bilan chambarchas bog'langan xalq ijodining o'ziga xos turi — xalq b a
l l a d a l a r id i r. Bunday balladalar O`rta asr Angliyasida va Shotlandiyada ayniqsa ko'p
saqlangan. Xalq balladalarida o'rtachasr qishlog'ining hayoti, dehqonlar ommasining
feodallarga munosabatlari, o'rta asrlarda turli ko'rinishda namoyon bo'lgan xalq harakatlari,
xalq ongida u yoki bu ko'rinishda yuz bergan eng muhim tarixiy voqealar aks etgan.
Dehqonlarga yaqin turgan shaharning quyi tabaqa aholisi ham o'rta asrlar davomida o'z
madaniyatini rivojlantirdiki, u shaharning o'ziga xos plebey xalq poeziyasida o'z aksini topdi.
Bu poeziyaning ifodachilari va xalq san'atining bu bilan bog'langan formalari—shahar
jonglyorlari (sirk artistlari) va shpil`manlari (darbozlari) bo'lib, ular odatda shahar
yarmarkalarida va bozorlarda o'z hunarlarini namoyish qilardilar. Umuman qadimgi Rus`dagi
skomoroxlar (nayrangbozlar) ga o'xshab ketadigan jonglyorlar va shpil`manlar qishan xalq
qo'shiqlarini, qisman o'zlari yozgan yangi qo'shiqlarni ijro etuvchi hofiz va muzikantlar edilar.
Ular qisqa sahna asarlarini qo'yib, bu asarlarda ko'pincha satirik tarzda turli toifalarning
aftbasharalarnni ochib tashlardilar. Jonglyorlar va shpil`manlar ayni zamonda ham akrobat, ham
masxaraboz, ham qiziqchi edilar. Qo'p'sonli mahalliy aholi va shaharga kelgan dehqonlar
ularning tomoshabinlari edilar.
Xalq san'ati bu oddiy turining ijtimoiy ahamiyati anchagina katta edi. Tomoshabinlarning
ko'plab kelishi shuni ko'rsatardi. Vaqt o'tishi bilan, ya'ni o'rta asr jamiyatida ijtimoiy
ziddiyatlar keski'nlasha borishi bilan, jonglyorlar bilan shpil`manlarning sahna asarlari
tobora o'tkirlasha va ko'pchilikni qiziqtira boshlaydi. Bu sahna asarlari, bir tomondan,
mehnatkashlar o'rtasida hamkorlik hissini uyg'otsa, ikkinchi tomondan, zolim feodallarga va
shahar boylariga nisbatan nafrat hissini alangalantiradi. Bularning hammasi hokim
sinflarning jonglyorlarni va shpil`manlarni quvg'in ostiga olishiga sabab bo'ldi. Katolik
cherkovi ularga ayyiqsa yomon ko'z bilan qarardi. Cherkov soborlari jonglyorlar bilan shpil`man
larning faoliyatini taqiqlovchi qarorlar chiqarardilar. Ular? ni ibodatxonalarga
kirgizmasdilar. Ba'zi joylarda o'lgan jonglyorlar va shpil`manlarni xristian diniy yo'li bilan
dafn qilishdan bosh tortilardi va ularni hatto oddiy jamoat mozorlariga olib borib ko'mish
ham taqiqlab qo'yilgan edi.
XXXI V O B
XIV—XV ASRLARDA ITALIYADA ILK UYG'ONISH VA GUMANIZM
Italiyada Uyg'onish taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlari. XIV—XV asrlarda
Italiyada shu vaqtdagi Yevropaning boshqa mamlakatlariga nisbatan shaharlar ancha gurillab o'sdi.
Italiya shaharlarida sanoat juda rivojlangan bo'lib, uning bir qismi manufaktura ko`rinishida
tashkil etilgan edi; bu shaharlar Yevropaning qolgan mamlakatlari va xususan Yaqin Sharq
bilan savdo qiluvchi yirik savdo markazlari edi; bu shaharlarda eng yirik banklar mavjud
bo'lib, ularning ishlari (operatsiyalari) keng xalqaro xarakterga ega edi. Bu shaharlarning
saioat, savdo va sudxo'r burjuaziyasi juda katta mablag' ishlab, mablaglarining bir qismini
mada.niyatni rivojlantirishga sarflay olardi. Burjuaziya aiiq fanlarni, tabiiyot va
matematikaii rivojlantirishga muhtoj edi. Burjuaziyaning xo'jalik faoliyati tobora
murakkablasha borishi munosabati bilan bu fanlarni ravnaq toptirish uning ucho'n zarur edi.
Manufaktura texnikasining rivojlanishi, navigatsiya ishi, murakkab kommertsiya va bank hisob
kitobi — bularning hammasi tabiiy fanlarni va matematikami o'rganishni talab qildi. Ayni
zamonda burjuaziya va Italiya shaharlarida istiqomat qilib, shahar ta'siriga tushib qolgan
dunyoviy va ruhoniy feodallar hashamatli; huzurhalovatli hayot qurishga intilar va shu bois
dan san'at asarlariga talablari katta edi.
Tarkib topayotgan g'oyatda boy igal`yan burjuaziya sinfi bilan bir qatorda Italiya shaharlarida
aqliy mehnat vakillarining hamda adabiyot va san'at bilan shug'ullangan kishilarning ko'pdan
ko'p guruhsi: ko`pdan-ko`p adabiyotchilar, shoirlar, iublisistlar, vrachlar, o'qituvchilar,
injenerlar, «erkin kasb ustalari», ya'ni rassomlar, haykaltaroshlar, arxitektorlar va bosh
qalar o'sib bormoqda edi.
Yangidan tug'ilib kelayotgan ijtimoiy tabaqaning — intelligentsiyaning bu barcha vakillari
Uyg'onish madaniyati yoki gumanizm deb nom olgan yangy madaniyatning bevosita arboblariga
aylandilar.
Italiya xalq ommasi yangi progressiv, ilg'or madaniyatning ravnaqiga juda katta ta'sir
ko'rsatdi. Xalq ommasining kundalik qattiq mehnati, hali o'z ahamiyatini yo'qotmagan yuksak
darajadagi hunarmandlik, shu xalq ommasining hokim (plugo kratiya) boylarga qarshi juda
qattiq ba'zan jonjahdi bilan olib borgan kurashi, umumiy hayotiy optimizm va bardamlik
Uyg'onish madaniyatining eng yaxshi vakillarini ruhlantirib yubordi, gumanistlar ijodiga shunday
chuqur xalqdemokratik xususiyatlarni kiritdiki, bu xususiyatlar pirovardida ularning
asarlarini juda ham jozibador qilib yubordi. ,
Ilk ital`yan Uyg'onishi. Uyg'.onish atamai (fransuzcha «Renessans») yangi madaniyatning antik
madaniyat bilan aloqadorligini ko'rsatadi. Sharq bilan, xususan Vizantiya bilan tanishish,
salib yurishlari da'vrida va undan keyingi davrda Levant bilan muntazam aloqa qilish
natijasida ital`yanlar qadimgi grek qo'l yozmalari, antik tasviriy san'ati va arxitek
turasining turli xil yodgorliklari bilan tanishadilar. Bu barcha qadimiy yodgorliklarni
qisman Italiyaga olib kela boshladilar, bu yerda ular kollektsiya qilindi va o'rganildi. Ammo
Italiyaning o'zida ham anchamuncha antik Rim yodgorliklari bo'lib, Italiya shahar
intelligentsiyasining vakillari ularni ham sinchkovlik bilan o'rgana boshladilar. Italiya
jamiyatida qadimiy klassik tillarga, qadimiy falsafa, tarix va adabiyotga chuqur qiziqish
paydo bo'ldi. Florentsiya sh'ahri bu harakatda ayniqsa katta rol o'ynadi. Florentsiya shahridan
yangi madaniyatning bir qancha atoqli arboblari yotishib chiqdi.
Qachonlardir iqtisodiy jihatdan eng gavjum va o'zining siyoxiy tuzumi jihatidan zng
demokratik bo'lgan qadimiy shaharlarda vujudga kelgan antik ideologiyadan foydalanib,
tug'ilib kelayotgan yangi burjuaziya qadimiy madaniyatni oddiy passivlik bilan o'zlashtirmay,
balki uni o'zicha qaytadan ishlab .chiqdi, feodalizmning bungacha hukm surgan dunyoqarashiga
qaramaqarshi o'laroq yangi dunyoqarashni shakllantirdi. Yangi ital`yan madaniyatining ikkinchi
nomi, ya'ni gumanizm ham xuddi shundan dalolat beradi. O`rta asr ideologiyasi diqqat
markaziga ilohiyni, oxiratni qo'ygan bo'lsa, gumanizm madaniyati insonning o'zini o'z
dunyoqarashining diqqat markaziga qo'ydi. Gumanistik dunyoqarashda asketizmga endi o'rin
qolmadi. Inson tanasi, uning zavqshavqi va ehtiyoji gumanistlar tomonidan bostirish yoki
azoblash kerak bo'lgan qandaydir gunoh bir narsa deb emas, balki hayotdagi eng asosiy
muddaodir, debqaraldi. Yer yuzidagi hayot birdanbir real hodisadir, deb tan olindi. Tabiat
bilan insonni e'tirof etish fanning mohiyatidir, deb e'lon qilindi. O`rta asr sxolastlari va
mistiklarining dunyoqarashida hukm surgan pessimistiq ohanglarga zid o'laroq, Uyg'onish davri
kishilarinyng dunyoqarashi va kayfiyatida optimistik ohanglar ustunlik qilardi, bu kishilar
uchun insonga, insoniyatning yorug' kelajagiga, inson aql zakovati va ma'rifatning kelgusida
tantana qilishiga ishonish xarakterli bir hol edi.
Bu yangi buyuk aqliy harakatda atoqli shoirlar va yozuvchilar, olimlar va har xil san'at
arboblari guru^i qatnashdi. O`rta asr bilan yangi zamon chegarasida turgan eng yirik siymo
{«O`rta asrning so'nggi shoiri va shu bilan birga yangi zamonning birinchi shoiri»1) florentsiyalik
Dante A l i g ` ye r i. (1265— 1321) edi. Dante zamonidagi boshqa hech qanday asar uning
«Ilohiy komediyasi» dagidek o'rta asrlarning butun ideologiyasini •aks ettirmagandi.
«Do'zax», «Mashxar» va «Jannat» uning poemasining uch qismini tashkil etadi. Olamning
tuzilishi haqidagi o'rta asr tushunchasi Dante asarida ravshan qilib va poetik tarzda
ifodalangan. Ammo shu bilan bir .vaqtda Dante poeziyasida yangi, chuqur realistik ohanglar
sezilib turadi. Uning ^ahramonlari yakka holda bo'lib,' ular chuqur va kuchli zavqshavqqa
egadirlar. Dante tug'ilib o'sgan Florentsiya shahridagi sinfiy kurashning o'zi poemada xuddi
oynadagidek tiniq qilib aks ettirilgan. Aniq tarixiy shaxslar o'quvchi ko'zi oldidan ko'p
lab o'tib turadi. Poema sahifalarida siyosiy ehtiros nihoyat darajada jo'sh urib turadi, o'rta
asr Italiyasi kommunalari to'lqinli tarixining eng yirik siyosiy voqealari abadiylashti
riladi. Shunisi xarakterliki, «Ilohiy komediya» lotin tilida emas, balki Italiya milliy
adabiy tilining negizi bo'lgan Toskana tilida yozilgan.
Florentsiyalik boshqa ikkita yozuvchi: Franchesko Petrarka (1304—1374) va Jovanni Bokkachcho
(1313— 1375) Uyg'onish davri adabiyotinipg atoqli vakillari edilar. Birinchisi — o'z mahbubi
Lauraga bagishlangap ishqiy sonetalari bilan, ikkinchisi — ko'proq Florentsiyaning shahar
hayotini mavzu qilib olgan 100 novellalik to'plami, ya'ii o'zining mashhur «Dekameropi» bilan
gumanistik adabiyotga asos soldilar va bu adabiyotni faqat Italiyaninggina emas, balki boshqa
mamlakatlarning mutolaachi xalqlari orasida ham juda keng yoyishga yordam qildilar. Bu
asarlarning qilingan ko'plab tarjimalari G'arbiy Yevropaning barcha mamlakatlarida paydo
bo'ldi.
Dante bilan birgalikda Petrarka va Bokkachcho Italiya adabiy tilining chinakam asoschilari
bo'lib, ularo'zlarining klassik asarlari bilan dunyo adabiyotida bu tilga mustahkam o'rin
hozirlab berdilar.
XIV—XV asrlarda Florentsiyadagi gumanizmning boshqa arboblaridan gumanistik ruhdagi yangi
pedagogik sistemani yaratgan LeonardoBrunini (1369—1444) ko'rsatish kerak. Bruni «ruhnigina
emas, balki tanani ham, tarbiyalashni talab qildi; u aellar maorifini tashkil qilishii
birinchilardan bo'lib talab etdi. Bruni o'zining 12 kitobdan iborat «Florensiya tarixi» nomli
asarida XIII va ayniqsa XIV asrlarda bu shaharda yuz bergan ijtimoiy harakatlarga katta
e'tibor berdi.
Iirik tanqidchi, faylasuf, tarixchi va filolog, Epikurning muxlisi Lorentso Valla (1407—1457)
Florentsiya gumanistlari bilan bog'langan edi. Lorentso Valla papa kuriyasi taxminan, 1445
yilda qilingan bo'lib, dastlabki paytda u qattiq sir tutildi. Ammo, oradan 15 yil o'tgach,
bu ixtiro oshkora bo'lib, u Germaniyadan boshqa mamlakatlarga yoyildi.
1490 yilda o'z bosmaxonasini qurgan venetsiyalik nashriyotchi gumanist Al`d Manutsiy, (1448—1515)
XV asr oxirida Yevropada juda katta shuhrat qozondi, bu bosmaxonada u ko'pgina antik
mualliflarning asarlarini, shuningdek, italiyalik eng yirik gumanist yozuvchilarning — Dante,
Petrarka, Bokkachchoning asarlarini bosdi.
XV asr oxirida Fransiyada Et`enlarga qarashli Parijdagi nashriyot firmasi xalqaro shuhrat
qozondi. Bu firmaga asos solgan. Anri Et`e.n (1460—1520) falsafa, matematika va
astronomiyaga doyr 120 asar nashr etdi, bu asarlar asosan latan tilida, qisman fransuz
tilida bosib chiqarildi.
Qitob bosishning ixtiro qilinishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Qitob bosish kitob tayyorlashni
ko'p marta tezlashtirdi va ayni zamonda ularning narxini arzonlashtirdi. Shuning o'zi bilan,
yangi zamondagi burjua maorifini ravnaq toptirish uchun na qadimgi dunyoda, na o'rta asr
davrida sira ko'rilmagan juda qulay texnika shartsharoitlari vujudga keltirildi.
XXXII BOB
XIII ASRDA MO'G'UL DAVLATI VA UNING ISTILOLARI
Mo'g'ul qabilalarining hayoti va ijtimoiy tuzumi. XII asrda hozirgi Mongoliya, Manjuriya
hududida va Sharqiy Sibirning Jaiubiy qismida mo'g'ullarning ko'p sonli qabilalari
istiqomat qilar edi. Mo'g'ullarning ko'pchilik qismi dashti biyobonda yashab, chorvachilik, yilqi,
qoramol va qo'yechki boqish bilan shug'ullanar edi. Mo'g'ullarning bir qigsmi o'rmonlarda yashab,
mo'ynali hayvonlar ovlar va baliqchilik qilardi. Dasht mo'g'ullari ko'proq sonni tashkil qilib,
ancha rivojlangan edi. Ular o'rmonlarda yashovchi mo'g'ullar ustidan hukmronlik qilib ulardan
majburiy suratda mo'yna solig'i olardilar.
XII asrdagi mo'g'ullarning ijtimoiy tuzumida urug''chilik tuzumining xususiyatlari hali juda
ko'rinib turardi. Qo'chmanchi mo'g'ullar urug'urug' bo'lib yashardilar. Ko'chmanchi mo'g'ullarning
manzillari kuren` (qo'shxona) dan, ya'ni urug' boshlig'i—oqsoqol o'tovi tevaragida guruhguruh
bo'lib joylashgan bir necha o'nlab yoki hatto yuzlab o'tovlar yig'indisidan iborat bo'lardi. Urug'
chilik qasosi mo'g'ullar hayotida juda katta ahamiyatga ega edi. Ularning dinida avlodajdodlar
ruhiga sig'inish katta o'rin tutardi. Har bir urug'ning izzathurmat qiladigan o'z xudolari —
eng shuhrat qozongan urug'doshlari orasidan chiqqan ajdodlari bo'lardi.
Biroq XII asrning ikkinchi yarmida —XIII asr boshlarida mo'g'ullarning ijtimoiy tuzumida
urug'chilik munosabatlari sezilarli darajada yemirila boshlanganligi ko'rinadi. Ko'ch
manchilarning urug'chilik kureni o'rniga yakkayakka holdagi ko'chmanchi xo'jalik — aillar tobora
ko'paydi; odatda ail o'zining qo'yechki podasi va yilqisiga ega bo'lgan katta
patriarxal oiladan iborat bo'lardi. Urug'chilik yemirila borishi natijasida boylar, ya'ni
noyonlarva bag'aturlarning dongdor oilalari ajralib chiqadi. Noyonlarda ma'lum miqdorda
qul (xarachu)lari bo'lardi. Noyonlar tevaragida drujinachilari — navkarlari 65'lardi.
Noyonlar bilan bag'aturlar o'rdaga (urug'lar ittifohiga) boshchilik qilardilar. Urdalar o'z
navbatida ancha yirik qabila ittifoqlariga uyushgan edilar. Bu yirik qabila ittifoqlari
tepasida xonlar turardilar. Xonlar va ularning tevaragida harbiy — qabila zodagonlari
bo'ysundirilgan qabilalardan xiroj olardilar. Mo'g'ul; larda davlatning varvarlik ko`rinishi
ana shu tariqa vujudga keldi. Bu davlat boshda «harbiy demokratiya» xususiyatlariga ega
bo'lib, bu o'ziga xos mo'g'ul feodalizmi («ko'chmanchi feodalizm») yanada rivojlana borishi
bilan harbiy demokratiya asta-sekin buziladi va ahamiyatini yo'qotadi. Ittifoqchi qabilalar
nyng zodagonlari vaqtvaqti bilan alohida syezdlarga, ^ya'ni qurultoylarga yig'ilardilar.
Qurultoylarda xonlarni saylardilar, dushman qabilalar va xalqlar bilan urush va yarash masa
lasini hal qilardilar, ba'zan gunohkor deb topilgan ayrim noyonlar va hatto xonlarning
o'zlarini sud qilardilar.
Chingizxonning tatarmo'g'ul qabilalarni birlashtirishi va uning i'stilolari. XIII asr
boshlarida Amur daryosining yuqori sismlari bilan Xitoyning shimoliy chegarasi o'rtasidagi^
hududda yashagan mo'g'ul qabilasining xonlaridan biri bo'lgan Timuchin (1155—1227)'
mo'g'ullarning turli qabilalarini va | ko'p sonli tatarlarni birlashtirishga muvaffaq
bo'ldi. 1206 [ yilda Onyn daryosi vodiysida to'plangan qurultoyda Timuchin | ulug'
xon deb e'lon qilindi va u Chingizxon deb atala boshladi. f Mo'_g'ullar katta harbiy
ittifoqining vujudga keltirilishi
; eng yirik"istilolarni keltirib chiqardi. Buning uchun ko'pgina ! shartsharoitlar mavjud edi.
Timuchin kuchli mo'g'ul harbiyqabila zodagonlariga boshchilik qilardi, bu harbiyqabila
zodagonlari bungacha 'harbiy o'ljani qo'msagan o'z drujinachilaridan iborat tajribali harbiy
kuchga ega edilar. Mo'g'ul qabilalari oddiy jangchilarning katta rezervlariga ega edilar.
Mo'g'ullarning ko'chmanchi chorvadorlik hayotini kechirishi ularda a'lo darajadagi otliq
askarlarni o'stirishga sababchi bo'ldi, dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi xalqlar bu otliq
askarlar bi^ lan to'qnashishga ojizlik qilardilar. Mo'g'ullar Xitoy bilan qo'shnichilikda yashab va
u bilan ko'pincha urushlar qilish bilan

bir vaqtda, harbiytexnikada ko'pgina narsalarni shu xitoylardan qabul qilib olgan edilar.


Jumladan,'mo'g'ullar alohida devor teshadngan va o't sochadigan qurollar yordamida shaharlar
olish san'atini batamom zgallagan edilar.
Eng yaqin yillar ichida Chingizxon Janubiy Sibirda yashagan ko'pgina xalqlarni o'ziga
bo'ysundirdi. Ular orasida buryatlar, yoqutlar, qirg'izlar va boshqa xalqlar bor edi. 1211
yilda Chingizxon Shimoliy Xitoyni istilo qilishni boshlab, uni umriiing so'nggi yillaridagina
tamom qildi. Ammo Xitoyni uzil-kesil istilo qilishdan avval, Chingizxon O`rta Osiyoda keng
istilochilik ishlarini boshlab yubordi. 1218—1223 yillar davrida keng Xorazm davlotini istilo
qildi, unga Xorazmdan tashqari Sharqiy Eron, Buxoro, Afg'oniston davlatlari ham kirar edi.
Chingizxon istilo qilgan mamlakatlarni va ulardagi shaharlarni g'oyat shafqatsizlik bilan
vayron qilib tashladi. Chingizxonga qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lgan Buxoro, Samarkand, Urganch
(Xorazm poytaxti) Marv va boshqa shaharlaridagi aholi (mohir hunarmandlardan tashqari)ning
ko'pchilik qismi qirib tashlapdi. Mohir hunarmandlarni esa mo'g'ullar
qullarga aylantirdilar. Yengilganlarning barcha molu mulki mo'g'ul o'rdalarining o'ljasi bo'lib
qoldi. Mo'g'ullar O`rta Osiyodagi irrigatsiya sistemasini yakson qildilar (jumladan, ular Marv
yaqinidagi mashhur Murg'ob to'g'onini buzib tashladilar). Chingizxonning eng yaqin noyonlar
boshchiligidagi mo'g'ul qo'shinlarining bir qismi Kaspiy dengizining janubiy sohili bo'ylab
Zakavkaz`ega o'tib kirib, so'ng Kavkaz (Darbant darasi) orqali Donga, qipchoq cho'liga chiqdi.
Bu yerda, Kalka daryosi bo'yida, mo'g'ullar 1223 yilda birinchi marta ruslar bilan to'qnashdilar,
ruslar qipchoq (polovets)larning ittifoqchisi sifatida ularga yordam bermoqchi bo'lgan edilar.
Rus` knyazlari bilan qipchoq knyazlarining birbirlari bilan kelishmasdan harakat qilishlari
oqibatida ittifoqchilar mag'lubiyatga uchradilar.
Chingizxon davlotining idora qilinishi va ijtimoiy xarakteri. Chingizxon vafot etgan
fursatga kelib, 1227 yilda mo'g'ul davlati juda ulkan hududni, ya'ni sharqda hozirgi
Oxota dengizi sohillaridan tortib g'arbda Kaspiy dengizining janubiy qirg'oqlarigacha
cho'zilib ketgan hududni egallar edi. Mo'g'ulistonning o'zidan tashqari, unga Shimoliy
Xitoy, O`rta Osiyoning katta bir qismi, Janubiy Sibir`, Kavkazning bir qismi kirar edi.
1235 yildan boshlab mo'g'ullarning rasmiy poytaxti Orxon daryosi bo'yidagi Qoraqurum shahari
bo'lib, u tom ma'nodagi shahardan ko'ra, tezroq harbiy manzilni eslatardi. Yangi davlat
ochiqdanochiq harbiy xarakterdagi davlat edi. Ko'plab qo'shin tashkil etilishi, tobe etilgan
aholidan xiroj yig'ish, bo'ysundirilgan xalqlarni bostirish — Chingizxon va uning eng yaqin
yordamchilari ko'proq ana shu narsalar bilan band bo'ldilar. Qo'shinlar tanlab olish tajribasiga
asoslanib, mo'g'ul hukumati istilo qilingan mamlakatlarni harbiy belgiga ko'ra ma'muriy
jihatdan bo'lish usulini joriy qnldi. Mamlakatlar tumanlarga bo'lindi, bu tegishli
hududdan xiroj yig'adigan qo'shinning aynan «10 ming kishilik otryadi», «ming kishilik
otryadi» va «yuz ming kishilik otryadi» degan ma'noni bildirardi. Ma'muriy okruglar va
tumanlarning boshliqlari ham tumanlar, mingboshilar, yuzboshilar va boshqalar deb atalardi.
Istilo qilingan mamlakatlarni idora qilishda boshqa varvarlik xususiyati ham ko'rindi.
Chingizxon o'zining oila a'zolariga udel (ulus) lar ajratib berdi. Mo'g'ul davlotining
barchabepoyon mulklari Chingizxon oilasining «votchinasi», meros mulki deb jo'ngina
qaraladigan bo'ldi.
Tez fursatda, Chingizxon hali hayotlik paytida, xususan, uning vafotidan keyin esa tumanlar,
mingboshilar va boshqa harbiy fuqaro boshliqlar tobe etilgan dehqon aholisini ekspluatatsiya
qilgan yirik zamindorlarga aylana boshladilar. Istilolardan burungi davrda mo'g'ullarda
tarkib topgan va zodagonlar tomonidan yaylovlar ham eng ko'p sonli podalar bosib olishni
o'ziga tayanch qilib olgan «ko'chmanchi feodalizm» eski dehqonchilyk madaniyati mavjud bo'lgan
mamlakatlarda odatdagi dehqonchilik tipidagi feodalizmga aylandi. Mo'g'ullar istilo qilgan
turk xalqlaridagi feodalizmning bundan burungi rivoji g'oliblarning mahalliy, ancha
rivojlangan feodal munosabatlarning yangi formalariga o'tishini yengillashtirdi. Xorazm
feodallari va boshqa feodallarning anchagina qismi mo'g'ullarga ixtyyoriy ravishda bo'ysunib,
tezda mo'g'ul zodagonlari bilan qo'shilishib ketishdi.
Mo'g'ullarning Chingizxon vafotidan keyingi istilolari. 1227 yilda Chingizxon Mo'g'ul davlotiny
o'ziiing to'rtta o'g'li o'rtasida taqsimladi; Ulug' xon unvonini, asl Mo'g'ulistonni va Shimoliy
Xitoyni Chingizxonning uchinchi o'g'li Ugaday oldi. Chig'atoy nomli ikkinchi o'g'li Amo'daryoning
sharqidagi O`rta Osiyo yerlarini oldi. O`rta Osiyoning g'arbiy qismi, shu jumladan, Sharqiy Eron
va Shimoliy Hindiston Chingizxonning to'rtinchi o'g'li To'luyga tegdi. Chingizxonning katta o'g'li
Jo'ji mamlakatlar taqsimoti vaqtida qazo qilgan edi. Jo'jining o'g'li Botuxonga Irtish
daryosidan tortib Ural tog'larigacha cho'zilib ketgan G'arbiy Sibir` va so'ngra Shimoldan Kaspiy
va Orol'dengizlariga tutashgan hudud, shu jumladan, Janubiy Ural tog'i etaklari
berildi. ¦
Chingizxonning vorislari uning istilolarini davom. ettirdilar. 1235—1242 yillarda Botuxon
Sharqiy Yevropada juda katta istilolar qildi. U Rus`ni, Volga bilan Don daryolari
etaklaridagi Kama bolgarlarini, qipchoqlar va boshqa xalqi larni o'ziga bo'ysundirdi.
Mo'g'ullar Vengriya, Chexiya (Moraviya) va Pol`shaga o'tib kirdilar. Ularning qo'shinlari qisman
Serbiya va Bolgariya hududi orqali o'tdilar. O`rta Osiyoni istilo qilgan vaqtdagi
singari, tatarmo'g'ullar Yevropada ham o'zlaridan keyin hamma joyni dahshatli vayronga va
xarobazorga aylantirdilar. Yuz minglab kishilar halok bo'ldi, gullab-yashnab turgan shaharlar
vayronaga aylandi. Aholi o'rmonlarga qochib j on saqladi. Aholining qolgan qismiga og'ir
xiroj solindi.
Ruslarning qahramonona qarshilik ko'rsatishi mo'g'ullarni holdan toydirdi va G'arbiy Yevropani
vayronliqdan qutqarib qoldi. Sharqiy Yevropadagi boshqa xalqlardan chexlar bilan , polyaklar
tatarmo'g'ullarga qarshi kurashda juda faollik ko'rsatdilar. 1241 yil aprelida Sileziyaga
bostirib kirgan mo'g'ullar Lignits shahariga yaqin joyda birlashgan polyak va nemis ritsar
otryadlarini yanchib tashladi. Mo'g'ullar Moraviya hududiga kirdilar. Biroq chexmoraviya
ritsarlari Olomouts shahari yaqinida (1241 y. iyun`) Botuxon qo'shinlarining bir qismini yengdi.
Ana shunday taxlika ostida qolgan paytda german imperatori Fridrix II Shtaufen juda
iassivlik ko'rsatdi. Agar german imperatori mo'g'ullar hujumiga qarshi kurashda Vengriya
qiroliga yordam berguday bo'lsa, u (vengr qiroli)

Germaniya imperiyasiga Hatto (lennik) vassal bo'lishga ham rozyman deyishiga qaramay, Fridrix


II Shtaufen vengrlarga ham, polyaklarga ham hech qanaqa yordam ko'rsatmadi. Imperator Yevropaga
ko'rquv solgan mo'g'ul xavfxatariga qarshi yordam ko'rsatishning birorbir amaliy tadbirlarini
ko'rish o'rniga Yevropaning xristian qirollariga va german knyazlariga birgina «sirkulyarlar
yozish»1 bilangina cheklandi.
30 va 40yillarda mo'g'ullar butun Zakavkaz`eni — Gruziya, Armeniya va Ozarbayjonni istilo
qildilar.
O`rta Osiyoda mo'g'ullarning istilolarini Chingizxonning bosh^a nevarasi — To'luyning o'g'li Xulagu
davom qildi. Xulagu 50 va 60 yillarda Eronni, Mesopotamiyani va Suriyani bosib oldi/ 1258
yil boshlarida Xulagu Bag'dodni oldi. Bu vaqtga kelib Bag'dodning siyosiy ahamiyati ko'pdan
tushib ketgan edi. Ammo bu shahar eng katta savdosanoat va madaniyat markazi bo'lib
qolaverdi. Bag'dodda ko`pdan-ko`p muhtasham binolar bor edi. Arab va boshqa sharq,
adabiyotining qimmatbaho t^o'plamlari saqlanadigan katta-katta kutubxonalar, shuningdek,
«badiiy hunarmandchilik asarlarining. eng boy kollektsiyalari Bag'dod shahriga haqiqiy shuhrat
bag'ishlagan edi. Xalyfalar poytaxti bir hamla bilan olindi. Mo'g'ullar uch haftadan ko'p;roq
shaharni vahshiyona tarzda taladilar. Bag'dod shahriga o't qo'yilib, shahar va undagi barcha
qimmatbaho badiiy boyliklar batamom yo'q qilib tashlandi. Abbosiylar avlodidan bo'lib, bu
vaqtda musulmonlar olamiga diniy jihatdangina hokimiyat yurgizib kelayotgan xalifa Mustasim
asirga olindi va Xulaguning buyrug'iga binoan, bo'g'ib o'ldirildi.
Shu vaqtda mo'g'ullar Xitoyning janubiy viloyatlarini zgallash uchun Xitoyga qarshi kurashmoqda
edilar. Ugaday vorislarining o'rnini olgan Xubilayxon (Xulaguning ukasi) 1279 yilda butun
Xitoyga imperator bo'ldi (Pekin shahrini o'ziga poytaxt qildi). Xubilayxon asos solgan
mo'g'ulxitoy dinastiya (sulola)si Yuan` dinastiya (sulola)si deb ataldi.
Mo'g'ul istilolarining Yevropa va Osiyo uchun ahamiyati. Mo'g'ullarning XIII asrdagi istilolari
Yevropa va Osiyo tarixida juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu istilolar Yevropa ta,rixida
avvalo Rossiyaning ahvoliga ta'sir qildi. Tatarmo'g'ullar hujumi natijasida Rossiyaning
taraqqiyoti to'xtalib qoldi, ammo uning sonsanoqsiz qurbonlari evaziga G'arbiy Yevropa
mamlakatlarining osoyishta rivojlanishi ta'minlandi. Biroq mo'g'ullar istilosi natijasida
Rus` elining iqtisodiy va madaniy hayotida yuz bergan tushkunlik oqibatda yo'qotiladi,
ruslar mo'g'ullar istibdodini ag'dardilar. Tatarmo'g'ullarga qarshi kurashda rus milliy
hayotining mustahkam ;markazi — Moskva vujudga keldi. Ammo kurash xalq ommasiL,an juda ko'p
qurbonlar talab qildi. Mo'g'ullar hukmronlik silgan davrda Rus`ning qadimgi madaniy
markazlardan — Vizantiyadan va janubiy slavyanlardan aloqasi uzilib qoldi. Holbuki, Rus`
ko'p asrlar davomida Vizantiya va janubiy slavyanlar bilan aloqa qilib kelar edi. Shu bilan
bir vaqtda, mo'g'ullar hukmronlik qilgan davrda Rus` G'arbiy Yevropa mamlakatlari bilan ham
normal iqtisodiy va boshqa xil munosabatlarni rivojlantira olmadi, o'rta asrlarning so'nggi
asrlarida G'arbiy Yevropa mamlakatlari o'z ishlab chiqaruvchi kuchlarini birmuncha tez
rivojlantirmoqda edi.
Tatarmo'g'ullar hujumi Vengriya va Pol`shaning rivojla>nishiga ham yomon ta'sir qildi. Bu
mamlakatlar mo'g'ullarning hujumidan Rus`ga qaraganda beqiyos darajada kam zarar kurgan
bo'lsalarda, lekin ular ham zaiflashgan edi. Buning natijasida Vengriya bilan Pol`sha german
feodallariga juda qaram bo'lib qoldi, german feodallari Vengriya bilan Pol`shaning milliy
davlat bo'lib yashashiga jiddiy xavf soldilar.
Mo'g'ullar istilosi Osiyo mamlakatlari boshiga ham haddan tashqari og'ir musibatlar soldi.
Qadimgi iqtisodiy va madaniy markazlar vayron qilindi, irrigatsiya sistemasibuzilib,
yaroqsiz holga keltirildi, juda katta mo'g'ullar davlati vujudga keltirilgan bo'lsa ham
qadimiy savdo yo'llari huvillab qoldi, holbuki, bunday, davlatning paydo bo'lishi Osiyodagi
«'birlashgan» mamlakatlar orasida savdo-sotiq ishlarining yanada qizib ketishini ta'minlashi
lozim edi. Bunday bo'lishi mumkin emas edi, chunki, bir tomondan, mo'vul istilolari mahalliy
aholi hayotining tub negizi — irrigatsiyaga batamom iut'ur yetkazgan bo'lsa, ikkinchi tomondan,
mo'g'ullar «imperiyasi» ning o'zi ham tez vaqt ichida parchalanib ketdi.
Chingizxon vorislari bir dinastiya (sulola)ga mansub bo'lsa ham, ular birbirlariga qarshi shiddatl'i
urushlar olib bordi. Chingizxonning o'g'li Ugaday avlodlarini Xulagular batamom qirib
bitirdi. Feodal munosabatlar tobora. avj olishi munosabati bilan O`rta Osiyoning o'zida
tamomila feodal tarqoqlik vujudga keldi. Boshda Chingizxonning o'g'illari va nevaralari
boshchilik qilgan ulusdavlatlar XIII asrning ikkinchi yarmida bir necha o'nlab uluslarga
(bekliqlarga) bo'linib ketdi: bu uluslarning tepasida qisman Chig'atoy va Xulagu dinastiya (sulola)la
ridan bo'lgan, qisman boshqa joylardan ko'chib kelgan mo'g'ul feodallari hamda mahalliy tur k
zodagonlarining urug' va avlodlaridan bo'lgan bek va amirlar turar edi,
XXXIV BOB
XIII—XVI ASRLARDA HINDISTON
Dehli sultonligi. 1206 yilda G'azna sultonlaridan mustaqil bo'lib olgan Dehli sultonligi XIII va XIV asr davomida ancha katta davlat sifatida yashadi.Dehli sultonligi ayniqsa XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida kengaydi, bu vaqtda uning tarkibiga Shimoliy Hindistondan tashqari, Markaziy Hindiston viloyatlari va Dekan yassi tog'ligidagi ko'pchilik davlatlar kirardi. Dekan 1306—1310 yillarda sulton Oloviddin Xiljiy tomonidan bosib olindi. Navbatdagi sultonlardan biri — Muhammad Tug'laq (1325—1351) deyarli butun Hindistonni bo'ysundirib, hatto Eron bilan Xitoyni ham zabt etishni orzu qilgan edi. Ammo sultonlikning kengayishi mustahkam xarakterga ega emas edi. XIV asr o'rtalarida Dekan ajralib chiqdi, ko'p o'tmay Dehlidan shimoldagi ko'pgina viloyatlar, shu jumladan, Bengaliya
ajralib ketdi. Dehli sultonligi tarkibiga kirgan ko'pchilik viloyatlar XIV asrning ikkinchi
yarmida mustaqil davlatga aylanib oldi. Sulton Dehlining o'zida uncha mustahkam hokimiyatga
ega emasdi, chunki u yerda feodallarning turli guruhlari o'rtasida hokimiyat uchun uzluksiz
kurash borardi.
Dehli sultonligi davrida feodal tuaumining uziga xos xu
susiyatlari. XIII—XVI asrlarda Hindistonda feodal tuzumi
? o'ziga xos tar'zda rivojlandi. Bir tomondan, Hindistonda musul
mon yer egaligi sistemasi qaror topib, shu tufayli butun yerlar
davlat boshlig'i—sultonniig mulki deb qaralardi. Kelgindi musulmon feodallari sultonning
harbiy xizmatchisi bo'lib, undan iqta — vaqtincha va umrbod foydalanish uchun yer olardilar.
Ular aholidan (dehqonlardan) renta (yer solig`i) undirib olish huquqiga ega edilar. Ikkinchi tomondan,
mamlakatda mahalliy feodallar — knyazlar (rojalar) saqlanib qolgan edi. Ular o'z
viloyatlarini amalda mustaqil ravishda boshqarib, sultonga muayyan miqDorda boj to'lardilar.
G'rta va mayda hind feodallari — rojaputlar va boshqalar—qisman meros bo'lib qolgan feodal
mulkchiligi huquqi asosida, qisman harbiy xizmatni o'tab turgan paytda vaqtincha beriladigan
in'om tariqasida yerga egalik qilardilar. Vaqt o'tishi bilan kelgindi iqtadorlar ham yerning
merosxo'r egalariga aylanib bordilar, ammo bu jarayon XIV asrning oxirigacha ham
tugallanmadi. Yerlarning katta qismi har ikkala din — mahalliy, hind dini (eski ibodatxona
yer egaligi) hamda yangi, musulmon (vaqf yerlari) dinidagi ruhoniylarning qo'lida edi.
"*
Bu davrda Hindistondagi feodal tuzumining yana bir xususiyati — jamoachi dehqon
xo'jaliklarining ilgarigidek ustun bo'lib qolganligidir. Mahalliy hind va kelgindi turk
musulmon feodallarining o'zlari odatda xo'jalik bilan shug'ullanmas, balki qaram
dehqonlardan oziqovqat renta (yer solig`i)si, qisman pul renta (yer solig`i)sini undirib olardilar. Barshchina ishlari
mavjud bo'lgan joylarda asosan qullar va past tabaqa dehqonlar mehnatydan foydalanilardi.
. .
XIII—XIV asrlarda Hindiston feodal tuzumining xarakter; li xususiyati—shahar hayotining ancha
intensiv rivojlanishidir". Qadimgi tarix davridayoq mavjud bo'lgan shaharlar qatoriga
sultonlar va ularning nabiralari — feodallarning rezidentsiyam sifatida vujudga kelgan
ko'pgina yangi shaharlar qo'shildi. Dehli shahrining o'zi ana shunday feodalpoytaxt shahri uchun
misol bo'la oladi. Bu yerda juda ko'plab saroy ahli va xizmatchilari, askarlar, amaldorlar va
shu singarilardan tashqari, ko'pgina hunarmandlar va savdogarlar yashab, ular sulton saroyi
hamda poytaxtdagi boshqa feodallarning iqtisodyay ehtiyojlarini qondirardilar.
'Ana shu shaharrezidentsiyalar yoki «shaharqarorgohlar»dan tashqari, Hindistonda XIII—XIV
asrlarda Bengaliya qo'ltig'i bilan Arab dengizi sohilida joylashgan hamda xalqaro savdo-sotiq
bilan bog'langan ko'pgina dengizbo'yi shaharlari muvaffaqiyatli rivojlandi. Bular orasida,
xususan, Malabar sohilida Goa va Kalikut, Kambay qo'ltig'i sohilida Kambay ajralib turardi.
Shimoliy Hindistonda.karvon savdosi bilan bog'liq bir qancha g"°hdr"ar bpr 'W Rydyar orasida
Agra, Panipa, Laxor, Mul`tan eng muhimlaridir. Hind hunarmandlarining mahsuloti bo'lgan
juda ko'plab buyumlar (avvalo yuqori sifatli hind gazlamalari), shuningdek, turli ziravorlar
Yevropaga va Shimoliy Afrikaga muntazam yuborib turilardi. Hindistonga yilqi, qalayi, mis,
oltin, kumush pullar va shu singarilar tashib keltirilardi.
. Temur hujumi. XIV asrda Hindiston tamomila tarqoq feodal mamlakat edi. Juda ko'p
musulmon va hind feodal davlatlari bir^irlari bilan uzluksiz kurash olib borardilar. 50
va 60 yillar davomida sultonning vassal rojalar bilan olib borgan urushlari natijasida
Bengaliya, Sind, Orissa va Gujarat g'oyat xonavayron bo'lgan edi. 1366 yilda Gujaratdagi
qo'zg'olon bostirilgan, sulton Feruz qo'zg'olonining asosiy o'choqlarida hindlarni batamom qirib
tashlash haqida buyruq berdi. Shafkatsiz feodal ekspluatatsiyasi va to'xtovsiz ichki feodal
urushlari Dehli sultonligi tanazzulining asosiy sabablari bo'ldi. 70—80 yillarda Dehli
sultoni o'z qo'lida qolgan ozgina yerlarni ham himoya qilishga qodir emasdi. Markaziy
hokimiyatning bu zaifligi yomon oqibatlarga olib keldi, Hindistonni yangi chet el hujumlariga
qarshi qarshilik ko'rsata olmaydigan qilib qo'ydi. XIII asr oxiri va XIV asr boshlaridayoq ayrim
mo'g'ul otryadlari Shimoliy Hindiston yerlariga bostirib kirdi va hatto Lohur va Dehli kabi
katta shaharlarning darvozalarigacha kela boshladi. Ko'chmanchilarning hujumlari, diyinchilik
bilan bo'lsada, qaytarilardi. Ammo shimoliy o'lkalarning vayron qilinishi, aholining talanishi
va buning natijasida qishlok xo'jaligi, sanoat va savdoning tushkunlikka yuz tutib ketishi"
Hindistonning iqtisodiy ahvoliga tobora yemon ta'sir qildi. XIV asr oxirlarida Hindiston
Temurning bosqinchi galalari tomonidan yana ham dahshatliroq xarob va xonavayron
QILt"mur 1398 yilning kuzida 120 ming askari bilan Hindistonga bostirib kirdi. Dehli
sultoni shu qadar katta armiyaning hujumini to'xtata olmadi. Temur Hind daresidan utib,
Panjobdagi shaharlarni birin-ketin ishg'ol qildi hamma yeqni taladi va kuydirdi. Temurning o'zi
musulmon edi. Shundai bulsa ham aholining qanday dinga mansubligidan qat'i nazar^,
«mo''minmusulmonmi» yo «kofir»mi, baribir yeppasiga qirio tashlayverdi.

ega bo'lgan Kichik Osiyodagi Usmon turklariga qarshi yurish bilan) band bo'lgan Temur


Hindistonni o'z holiga tashlab qo'ya qoldi. Temur vafotidan keyin Hindiston chet el zulmidan
qutulib, o'zining baquvvat, mustaqil davlotini tuzishi mumkindek tuyulardi. Ammo XV asrda
Hindistonni birlashtirish yana ham qiyinlashdi. Doimo birlashtirish markazi bo'lib qolgan
Shimoliy Hindiston Temur hujumi tufayli nena o'n yillar davomida qattiq iqtisodiy inqirozni
boshidan kechirdi. Ammo Temur hujumining boshqa bir oqibati ham bo'ldi. Temur hujumidan keyin
musulmon feodallari bylan hind feodallari o'rtasidagi o'zaro kurash yana ham kuchaydi. Ilgari
vaqtlarda katta ta'sirga ega bo'lgan shimoliy musulmon knyazlari endi zaiflashib, avvalgi ge
gemonliklarini qo'lda saqlay olmay qoldilar. Janubdagi hind rojalari, garchi bir qadar
kuchaygan bo'lsalarda, o'z kuchlari bilan birlashtirish darajasida yetarli qudratga ega
emasdilar. Ikki guruh hind feodallarining kurashi Hindistonning shimoli bilan janubidagi
milliy va ijtimoiy-iqtisodiy farqni aks ettirib, bir-biriga qattiq dushman bo'lgan ikki xil
diniy (islom va hindu) ideologiya kurashi ko`rinishiga aylandi hamda samarasiz tarzda juda
cho'zilib ketib, mamlakatni yana chet el interventsiyasi xavfi ostida qoldirdi.
Janubiy Hindiston davlati — Baxmani va Vijayanagar. XIV—XV asrlarda Hindistonning janubida
ancha yirik davlatla^ mavjud edi. Ulardan biri Baxmani davlati G'arbiy Dekan hududida
joylashgan bo'lib, uning poytaxti yirik shahar Bidar edi. Bu davlat 1347 yilda Dehlidan
ajralib, tashkil topdi. U 1482 yilgacha yashadi va shundan keyin bir necha knyazlikka bo'linib
ketdi. Rus savdogari, sayyoh Afanasiy Nikitin xuddi shu davlatda 1469—1472 yillarda (u eng
gullagan paytda) bo'lib, Hindistonning bu qismidagi feodallar va oddiy xalq turmushini
yorqin, ajoyib tarzda bayon qildi.
Baxmanidan janubda joylashgan yana bir davlat — Vijayanagar davlati edi. Bu davlatga
taxminan 1336 yilda asos solynib, 1486 yilgacha yashadi. Uning tarixi qo'shni Baxmani bilan
deyarli tuxtovsiz urush ol'ib borish bilan o'tdi. Bu urushlar har ikkala davlatni zaiflashtirib,
udarning yanada maydaroq knyazliklarga bo'linib ketishini tezlashtirdi. Vijayanagarga qaray
digan Malabar sohili G'arbiy Yevropa mustamlakachylari kirib kelgan dastlabki hudud
bo'ldi. Baxmani bilan Vijayanagar o'rtasidagi o'zaro urushlar, shuningdek, XV asr oxirlarida
kuchaygan feodallar o'rtasidagi o'zaro nizolar G'arbiy Yevropa mustamlakachilariga Malabar
sohilidagi bir qancha tayanch punktlarini deyarli to'siqsiz ishg'ol qilish imkonini berdi. Bu
punktlar yevropaliklarning shundan keyin Janubiy va Sharqiy Osiyoda mustamlakalarni bosib
olishlarida juda katta rol o'ynadi. '
,
Hindistonda yevropaliklarning payde bulishi. 1498 yilda Vasko da Gama eskadrasi Malabar
qirg'og'ida paydo bo'lib, Kali
ku? shahriga tushdi. Portugallar XVI asr boshlaridayoq Hindistonning g'arbiy va janubiy
qirg'oqlarida bir qancha joylarni egalladilar. Portugallar Hind okeani, Forsqo'ltig'i va Qizil
dengizda hukmron bo'lib oldilar. Ular keng suratda dengiz qaroqchiligi bilan
shug'ullanardilar, hind kemalariga hujum qilib, ularni talardilar. Ular bosib olgan
hudud umuman Toa shahri, Seylon oroli va yana boshqa bir necha joydangina iborat bo'lsa
da, talonchilik ekspeditsiyalari mamlakatning ancha ichkarisiga kirib borar edi. Portugallar
yevropaliklar ichida Hindistonni mustamlakachilik ekspluatatsiyasiga birinchi bo'lib duchor
qildilar. Keyinchalik, XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida ularga gollandlar va inglizlar
kelib qo'shildi.
Dehli sultonligining tushkunlikka uchrashi. XV asr mobaynida Dehli sultonligi buyuk davlat
bo'lmay qolgan edi. Dehli shahri va uning atrofidagi yerlar hukmroni. Dehlining buyuk sultoni
degan dabdabali unvonga ega bo'lsa ham, u Shimoliy Hindistondagi oddiy davlatknyazliklardan
biri edi. Eng yirik davlat — so'shni Bengaliya knyazligi edi, biroq u ham loaqal Shimoliy
Hindiston uchun gegemonlik rolini o'z zimmasiga ololmas edi. Feodal tarqoqligi,qo'shni
knyazlyklarning raqobati va o'zaro urushlari, ayrim xususiy feodallar ham, ko`pdan-ko`p mayda
hukumatlar ham undirib oladigan soliqlarning o'sishi sharoitida mamlakat mehnatkash aholisini
ekspluatatsiya qilish yanada kuchaydi. Dehqonlar soliq va renta (yer solig`i) to'lashdan bosh tortishar,
o'rmonlarga qochib, davlat soliqlarini yig'uvchilardan va o'z feodallarining zo'ravonligidan
yashirinishar edi. Ba'zan qahatchilik va ocharchilik natijasida dehqonlarning stixiyali g'a
layonlari bo'lib turardi.
Tarqoq, sinfiy kurash keskinlashgan, musulmon va hind feodallaridan iborat bir-biriga
dushman ikki guruhga bo'lingan Hindiston mo'g'ulturklarning yangi hamlasi oldida tamomyla
himoyasiz bo'lib qolgan edi.
Shimoliy Hindistonning Bobir tomonidan bosib olinishi. 1526 yilda Temurning evarasi — amir
Bobir afg'on tog' yo'llari orqali Hindistonga kirib bordi. Avval Bobir Samarqand shahrida
hukmron edi, ammo u yerday mahalliy feodal zodagonlari tomonidan haydaldi. Movarounnahrdan
haydalgan Bobir Afg'onistonni va q'isman Sharqiy Eron (Xuroson)ni bosib oldi. Qobul va
G'azna shaharlari uning qo'liga o'tdi. Bu yerdan Bobir asosan O`rta Osiyo turklari, xurosonliklar
va afg'onlardan iborat 20 ming kishilik qo'shin bilan Shimoliy Hindistonga hujum qildi.
Hindiston uchun qat'iy jang Panipat tekisligida (Dehlidan shimol tomonda) 1526 yil 21
aprelda bo'ldi. Dehlining Lodi dinastiya (sulola)sidan bo'lg'an Dehlining so'nggi sultoni Ibrohim bu
jangda o'ldirildi. Shundan keyin Bobir Dehlini bosib olib, o'zini Xindiston imperatori
(to'g'rirog'i — shoh) deb e'lon kildi. Kelgusi 1527 yilda musulmon va hind knyazlari koaliinyasi
son jihatidan Bobir qo'shinidan bir necha marta ko'p keladigan, 100 ming kishilik juda katta
qo'shin to'pladi. Lekin Bobir Agra shahri yaqinidagi Kanvag yonida bo'lgan jangda koalitsiyani
tor-mor qilishga muvaffaq bo'ldi. Shundan keyingi yillarda Bobir Bixar bilan Bengaliya
viloyatlarini istilo qildi. Shimoliy Hindiston va Afg'oniston yerlaridan iborat bo'lgan katta
bir davlat vujudga kelib, bu davlat Buyuk Mo'g'ullar imperiyasi1 degan nom oldi. Bobir
vorislari davrida Buyuk Mo'g'ullar hokimiyati o'rta va Janubiy Hindistonga tarqaldi.
XXXV BOB XIII—XVI ASRLARDA XITOY
Xitoy mo'g'ullar dinastiya (sulola)si hukmronligi ostida. Dastlab Xubilay zamonida (1259—1294)
Xitoyning shimolida tashkil topgan mo'g'ullar monarxiyasi Markaziy Xitoyga, so'ngra esa,
Janubiy Xitoyga ham yoyildi. 1278 yilda ilgarigi Sun dinastiya (sulola)sining poytaxti bo'lgan
Xan`chjou shahri olindi. 1279 yilda Janubiy Xitoy tamomila istilo qilindi. Yangi dinastiya (sulola)
1264 yildayoq Yuan` dinastiya (sulola)si degan nom oldi.
Mo'g'ullar istilosi Osiyo va Yevropaning boshqa mamlakatlari uchun qanday dahshatli bo'lgan bo'lsa,
Xitoy uchun ham shunday dahshatli bo'ldi. Bir necha o'n yilga cho'zilgan (agar Chingizxonning
yurishidan boshlab hisob qilinsa) mo'g'ullar istilosi vaqtida Xitoy behisob qurbonlar berdi,
ko`pdan-ko`p mol-mulkdan mahrum bo'ldi. Mo'g'ullar xitoylarning ekin yerlarini taqir cho'lga va
bir qismini uz podalarini boqish uchun yaylovlarga aylantirdilar. Shahar va qishloqlarni
rahmsiz taladilar. Xitoy xalqiga og'irog'ir soliqlar soldilar. Xususan, mo'g'ullar olib
boradigan urushlar munosabati bilan ularning talabiga muvofiq har xil yuklarni tashib berish
tarzidagi yilqi solig'i xitoy dehqonlari zimmasiga og'ir yuk bo'lib tushardi. Mo'g'ullar,
shuningdek o'z qo'shinlari uchun aholidan doimo yilqilarni tortib olardilar, bu esa umuman
qishloq xo'jaligiga juda katta zarar yetkazardi.
Yuan` dinastiya (sulola)si davrida asosiy harbiy kuch mo'g'ullarning uzidan iborat bo'lsa ham, armiyaga
mahalliy xitoy aholisi keng ko'lamda, asosan, xizmat ko'rsatuvchi ishlarga: yuk tashuvchi, yer
qazuvchi, shaharlarni qamal qilish vaqtida ishchi va shu singari ishlarga jalb qilinardi. Qonun
bo'yicha bunday ishlarga o'n kishidan bir kishini olish lozim bo'lsa ham, amalda ancha ko'p odam
olinardi.
Mo'g'ullar istilosi natijasida xitoy shahar aholisi ham xitoy dehqonlari singari qashshoq
ahvolga tushib qoldilar. Shaharlardagi ko'plab hunarmandlar mo'g'ullar tomonidan qulga aylan
tirildi va ularning bir qismi mo'g'ul qo'shinlarining boshqa mamlakatlarga ko`pdan-ko`p
yurishlari vaqtida ularga xizmat ko'rsatish uchun Xitoydan olib ketildi. Xususan katta
devorlarni teshuvchi va tosh otuvchi qurollar ishlab chiqarish bo'yicha xitoy hunarmapdmutaxas
XIV—XV asrlarda Xitoy
sislarining taqdiri shunday bo'ldi. Bu qurollar mo'g'ul istilochilariga shahar va qal'alarni
qamal qilish vaqtida zarur edi. XI—XII asrlardayoq, Sun dinastiya (sulola)si hukmronlik qilgan davrda,
Xitoyda xususiy katta yer egaligi ancha ksngaydi, ko`pdan-ko`p xususiy mulklar tashkil etilib,
ularda qaram ijarachi dehqonlar mehnatidan foydalanildi. Bu dehqonlar aslida
qaram dehqonlarga aylantirilgan edi. Mo'g'ullar davrida bu jarayon davom etdi. Mo'g'ul
zodagonlari ko'pgina, yerlarni o'z qo'llariga o'tkazib olishlari natijasida xususiy mulklar soni
ko'paydi. Mo'g'ullar davrida budda monastirlariga qarashli yerlar ancha kengaydi. Mulkka
aylantirilgan yerlardagi dehqonlar ahvoli keskin og'irlashdi; ular tamomila qaram dehqonlarga
aylandi. Dehqonlar sotilar va sotib olinardi, qaram dehqonlarning majburiyatlari, renta (yer solig`i) va
boshqa soliqlar tobora oshib bordi, ularning hajmi endi tamomila feodallar o'zboshimchaligiga
bog'liq bo'lib qoldi.
Mo'g'ullarning shiddatli zulmini shaharliklar ham seza boshladilar. Shahar sexlari va
gil`diyalari xazinaga soliq tariqasida juda katta pul to'lashga majbur edilar. Soliq
miqdorini ayrim hunarmandlar va savdogarlar uchun mo'g'ullarning o'zlari belgilardilar.
Hunarmandchilik mahsulotlarining katta qismi mo'g'ul davlatiga bepul, o'ziga xos rekvizitsiya
tariqasida topshirilardi.
XIII asr oxiri — XIV asr boshlaridayoq mo'g'ullar xitoylarning kuchli ta'siri ostiga tushib
qoldilar. Ular xitoy tilida gapiradigan bo'ldilar, xitoy yozuvini o'zlashtirdilar va
xitoylarning ilgarigi idora usulini qabul qildilar. Ikkinchi tomondan, Xitoyning mo'g'ul
davlatlari sistemasiga kiritilishi tufayli endilikda Xitoy ilgarigi Tan va Sun «milliy»
diyaastiyalari zamonidagydan ham ko'ra ko'proq darajada savdosotsh ishlarida ishtirok qila
'oladigan bo'ldi. Xitoyda Eron arab, O`rta Osie va hind savdogarlari paydo bo'ldi. Xubalay
zamonida Xitoyga borgan venetsiyalik sayyoh Marko Poloning aytishiga qaraganda, xitoy ipagi,
chinnisi, temiri va misi «dunyoning hamma burchagiga» chiqazilgan. Birok., Xitoydan turli
mamlakatlarga mol chiqarishdan keladigai iqtisodiy va siyosiy samaradan dastavval mo'g'ul
zodagonlari va yangi dinastiya (sulola) jalb qilgan turk, zron feodallari va savdogarlari
foydalangan. Eski xitoy byurokratiyasi ,va Xitoy savdogarlari o'zlarini kamsitilgan
deb.hisob qilardilar. Qeng xitoy mehnatkashlar ommasining ahvoli yaxshilanish u yoqda tursin,
balki o'n yillar davomida byurokratikfiskal zulm va feodallar ekspluatatsiyasi ostida ezila
borib, battar yomonlashib ketdi. XIV asrda mo'g'ul imperatoriga qarshi saroyda bir necha marta
fitna uyushtirildi. Aholining kengroq doiralari o'rtasida o'z oldiga mamlakatni chet eldan
kelgan hukmronlardan ozod qilishni maqsad qilib qo'ygan milliyinqilobiy tashkilotlar
tuzildi. 1351 yilda Xenan` va Shan`dun` viloyatlarida «Oq nilufar» degan ittifoq tchshonidan
tayyorlangan «qizil peshanabog'lilar», qo'zg'oloni bo'ldi. 1356 yilda «qizil peshanabog'lilar»
mo'g'ul dinastiya (sulola)sining poytaxti bo'lgan Yan`tszin (Pekin) shahrini tahdid ostida qoldirdilar.
XIV. asrning 60 yillarida Xitoy viloyatlarnning ko'pchiligida mo'g'ullarga qarshi. qo'zg'olonlar
bo'ldi. Milliy harakatni ishga soluvchi asosiy kuch dehqonlar bo'ldi. Qo'zg'olonchi dehqon
armiyasining rahbarlaridan Chju Yuan`chjan imperator deb e'lon qilindi (1369 yil). U ta'sis
qilgan yangi dinastiya (sulola) Min dinastiya (sulola)si deb ataladigan bo'ldi. Bu dinastiya (sulola) 1368 yildan to 1644
yilgacha Xitoyni idora qildi. Bu dinastiya (sulola) dastlab Nankin shahrini o'ziga poytaxt qilib oldi,
lekin ko'p o'tmay (mo'g'ullar davridagi kabi) markaz yana Yan`tszin shahriga ko'chiriladi, bu shahar
endi Pekin degan yangi rasmiy nom oldi.
Min dinastiya (sulola)sining idora qilishi. Feodalizmning yanada rivojlanishi. Xalq ichidan chiqqan yangi
dinastiya (sulola) avvaliga mehnatkashlarning ahvolini bir qadar yengillashtiradigan siyosat olib
bordi. Masalan, soliqlarni tengroq taqsim qilish maqsadida soliq ro'yxatlari qaytadan ko'rib
chiqildi. Mo'g'ul zodagonlarining yerlari musodara qilinishi natijasyda davlat dehqonlarining
soni xiyla ko'paydi. Boqimandalarni kechish to'g'risida Chju Yuan`chjan bir necha marta farmon
chiqardi. XIV asr oxirlari va XV asrning birinchi yarmida irrigatsiya sohasida qizg'in ishlar
olib borildi. Hukumat mamlakatda hunarmandchilikning rivojlanishiga yordam qildi.
Shaharlardagi hunarmandlar to'laydigan soliqlar ham dastlabki paytlarda bir qadar
kamaytirilib, soliq zulmi susaytirildi.
Lekin shu bilan birga «dehqonlar imperatori» bironbir ijtimoiy inqilob qilishni
o'ylamasdi. Katta yer egalari avval
boshqa garchi sal cheklab qo'yilgan bo'lsada, umuman saqlanib qoldi. Bu narsa aslida o'sishda va
mustahkamlanishda davom etdi. Chju Yuan`chjanga hokimiyatni qo'lga olishda yordamlashgan
lashkarboshilar va yangi dinastiya (sulola)ning faol tarafdorlari ko'pgina yer mulklarni oldilar.
Dinastiya (sulola) udel yerlar sifatida ekinzor va yaylov yerlarning juda katta maydonini o'z qo'liga
kiritdi, bu yerlardan olingan daromad imperator saroyi va shahzodalarning saroylaridagi
xarajatlarni qoplardi. Chju Yuan`chjanning 20 dan ortiq o'g'li bo'lib, ularning hammasi yuqori
ma'muriy lavozimni egallar va ayni vaqtda eng yirik yer egalari edi. Ammo imperator
xonadoniga taalluqli bo'lmagan oliy ma'muriy shaxslar ham ko'plab yer-mulklarning egasi —
feodal bo'lib olishardi. Imperator xaramidagi mahramlarga ko'plab yerlar bo'lib berilardi, ular
yangi dinastiya (sulola) davrida idora qilish ishlarida g'oyat katta rol o'ynardilar.
Shaharlarning rivojlanishi. Manufaktura kO`rtaklari. XIV—XVI asrlarda Xitoyda sanoatning
rivojlanishida anchagina yutuqlarga erishildi. Shoyi va ip gazlamalarga pardoz berish, qog'oz,
shisha, chishsh, lak tayyorlash, turli xildagi kon sanoati (oltin, kumush, mis, temir rudasi, tuz
qazib chiqarish) singari ishlab chiqarish tarmoqlari eng ko'p tarqaldi. Qurilish sanoati ksng tue
oldi. Pekin, Nankin va boshqa shaharlarda ko'plab saroylar, ibodatxonalar, bezakli minoralar,
ko'priklar, arklar, turli qal'a inshootlari qurildi. Minlar davrida ham saioat, asosan
hunarmandchilikdan iborat bo'lib qoldi. Biroq sanoatning ayrim tarmoqlari, asosan qayta
ishlash sanoatida manufaktura tipidagi yirik ustaxonalar bor edi. Qullar va qaram dehqon
dehqonlar mehnatidan foydalaniladigan ko'pgina davlat manufakturalari (xususan, chinni
ishlab chiqaruvchi manufakturalar) mavjud edi. Konruda qazib chiqarish sanoatida majburiy
mehnat tamomila hukmron edi.
Minlarning tashqi siyosati. Uz ichki ahvolini mustahkamlab olgan dinastiya (sulola) yangi yerlar bosib
olish hamda Xitoyning tashki bozorlarini kengaytirish maqsadida istilo.chilik yurishi uyushtirdi.
Chju Yuan`chjan zamonidayoq Koreya bilan Tibet Xitoy imperatori hukmronligi ostida edi. Uning
vorislari Annamni istilo qildilar va Indoneziyaga, HindiXitoyga, Malakkaga harbiy
ekspeditsiyalar yubordilar. Bu mamlakatlardagi kichikroq hokimlarning bir qismi Xitoy
imperatorining oliy hokimiyatini tan oldi. Xitoylar Indoneziya bilan HindiXitoyga ko'plab
ko'chib bora boshladilar.
Min hukumati HindiXitoy, Indoneziya,Hindiston va hatto Sharqiy Afrika qirg'oqlariga
sistematik tarzda yirik harbiy dengiz ekspeditsiyalarini yuborib turdi. Admiral ChjenXe bosh
chiligida 1403—1433 yillar mobaynida yuborilgan yettita ekspeditsiya dengiz yurishlari ayniqsa
katta bo'lgan edi.
XVI asrda Min imperiyasiga birovlarga hujum qilish emas, balki bundan keyin o'z
mamlakatining chegaralarini mudofaa '^ilishga to'g'ri keldi, G'arb tomondan unga mo'
• g'ullar xavf solib turardi. 1550 yilda Chingizxon avlodidan biri katta qo'shyan bilan
Pekinga bostirib kelib, shahar chekkalariga o't qo'yib ketdi. XVI asrning ikkinchi yar
mida,ayniqsa 60 yillarda, Xitoy yaponlar agressiyasiga qarshi og'ir kurash olib borishga
majbur bo'ldi. Shunday bo'l
• sada, Min. dinastiya (sulola)m samuraylar hujumini qaytarishga kuch topdi va shu asrning eng
oxirida ular qit'adan surib chi^ qarildi.
Xitoyda yevropaliklarning' paydo bo'lishi. XVI asr boshlarida Xitoyga yevropaliklar kiribkela
boshladi. 1516 yilda bu yerga (Kanton portiga) birinchi bo'lib portugallarning kemalari
keldi. XVI asrning 40 yillarida portugallar Xitoy qirg'oqlarida bir necha koloniya barpo
qildilar. Lekin mustamlakachilarning tamagirliklaridan g'azabga kelgan mahalliy aholy 50
yillarning boshlariga kelib ularning hammasini yakson qildi. 1557 yilda bosib olingan
Makaodagina (Kantondan janub tomonda) portugallar kontsessiya olib, ancha
mustahkamlanibxglishga muvaffaq bo'ldilar. XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning
boshlarida Xitoyda ispanlar, gollandlar, inglizlar va fransuzlar paydo bo'ldi. Ammo Min
hukumati chet elliklarning bir oz bo'lsa ham Xitoyning ichkarisiga suqilib kirishlariga yo'l
qo'ymadi. XVI asrda Yevropa savdogarlarining Hindiston va Indoneziya bilan olib borgan
savdo-sotiqlariga qaraganda, Xitoy bilan bo'lgan savdo oborotlari juda ozgina edi. Xitoy
ruslar bilan birinchi marta XVI asrning ikkinchi yarmida aloqa qila boshladi.
XV—XVI asrlarda Xitoyda sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi. "XV—XVI asrlarda Xitoyda
sinfiy ziddiyatlar g'oyat " keskinlashib ketdi. Qishloqda feodal zulmining kuchayishi, sud
xo'rlikning yoyilishi, soliqlarning oshib borishi xalq ommasining noroziligiii keltirib
chiqardi. Minlar hukmronlik qilgan davrdagi eng yirik dehqon qo'zg'olonlari orasida ijarachi
Den Maosi boshchiligida 1448—1449 yillarda Futszyan` viloyatida bo'lgan qo'zg'olon mashhurdir.
Uning tevaragiga o'zi singari necha.o'n minglab mayda ijarachi dehqonlar to'plandi. Bu
dehqonlar aslida feodal yer egalariga qaram dehqon qaram bo'lib qolgan edilar. Qo'zg'olonchilar
«eski», odatdagi renta (yer solig`i)ni talab qilib, oshirilgan ijara haqini to'lashdan bosh tortdilar. XVI
asrning boshlarida dehqon qo'zg'olonlari, qisman shahar qo'zg'o* lonlari janubiy viloyatlar —
Guandun, Guansi, Xunan` va Xubeyni, janubi-sharqda — Szyansini, g'arbda ~ Sichuan'ny, shi
molda — Shen`sini qamrab oldi.
Ayni vaqtda XV—XVI asrlarda Xitoyda hukmron sinfning o'zida turli guruhlar kurashi davom
etayotgan edi.
Min imperatorlarining idora qilishiga, yuqorida aytib o'tilganidek, mahramlar katta ta'sir
ko'rsatardilar. Ular juda katta boylik orttirgan bo'lib, imperatorga yaqin turishlari tufayli
yuqori va eng daromadli lavozimlarni o'z qo'llariga kirityb olgan edilar. Tom ma'nosi bilan
tekinxo'r bo'lgan bu tor saroy ahlining xo'jaiinlik qilishi feodallarning kengroq doirasi,
xususan «shen`shi» deb ataluvchi olimlar tabaqasining qarshiligini keltirib chiqardi.
1506 yilda mahramlar markaziy boshqaruvni tamomila qo'l' ga kirityb oldilar va uni 15 yil
davomida (1521 yilgacha) o'z qo'llarida tutib turdilar. Oppozitsiyaning katta kuchg'ayrat
sarflashi natijasidagina bu tuda hokimiyatdan chetlashtirildi, mahramlarning ayrimlari qatl
etilib, mol-mulki musodara qilindi. Biroq bir asrdan keyin —XVII asrning 20yillarida
mahramlar yana hokimiyatni qo'lga olib, shen`shilarning ko'pgina vakillarini ta'qib qildilar va
qatl etdilar. "
XXXVI BOB
XI—XVI ASRLARDA YAPONIYA. KOREYS XALQINING YAPONLAR BOSQINIGA QARSHI KURASHI
Yapon feodalizmining vujudga kelishi va rivojlanishi.
Yaponiyada feodal munosabatlari XI—XII asrlarga kelib, qat'iy qaror topdi. Yapon feodal
yer egasilari — seenlar o'sha vaqtlarda vujudga keldi. Seenlar otadan bolaga meros bo'lib
o'tardi va ular hech qanday soliq to'lamasdi. Budda monastirlari juda ko'p yerlarga egalik
qilardilar (buddizm Yaponyyaga VII asrdayoq kelib kirgan edi). Dunyoviy va ruhoniy
feodallarning yerlarida ishlovchi qaram dehqon aholi, qisman, bir zamonlar xiyla ko'p sonni
tashkil etgan va keyin yer olib, qaram dehqonlarga aylantirilgan sobiq qullardan, qisman
esa, turli yapon urug'larining oddiy a'zolari avlodidan chiqqan, keyinchalik erkinlikdan
mahrum qilingan sobiq erkin jamoachi dehqonlardan iborat bo'lgan. Qishloq aholisidan anchasi
davlat dehqonlari si fatida qoldirilib, ular bevosita imperatorga va uning saroyiga
qarashli bo'lib, imperator amaldorlariga soliq to'laganlar.
Yapon feodallari bir necha darajaga bo'linardi. Eng katta feodallar — xonkelar, so'ngra
ularning vassalari mayda yer egasili feodallar — rekalar bo'lgan. Xonke va rekalariing yana
samuraylardan drujinalari bo'lgan. Zamon o'tishi bilan o'rta asr Yevropasidagi ritsarlarga
o'xshash, samurayl a r n i n g ham bir qi'smi mayda yer egasili dvoryanlarga aylanganlar.
Samuraylarning bir qismi hamon professionaldrujinachi bo'lib qolavergan. Samuraylarda yer
bo'lmagan, faqat urushlarda toptan o'lja va o'z sin`orlaridan olgan maoshi bilan kun
kechirgan..
O`rta asr Yaponiyasidagi siyosiy tuzum o'ziga xos ko'p xususiyatlarga ega bo'lgan. Bir tomondan,
Yaponiyada XII asrdayoq markaziy imperator hokimiyati — mikado o'rnatilgan. Mikado butun
yerning o Liy mulkdori deb e'lon qiling&n. Urug' zodagonlari mikado amaldorlariga
aylantirilgan, ular gubernator va shahar hokimi sifatida ayrim tumanlar va mintaqalarni
idora qilgan. Yerga, hunarmandliqka va savdoga Xitoydagi singari murakkab intensiv soliq
solingan. Ammo, ikkinchi tomondan, bu hol feodallarning mustahkamlanishiga va nomigagina
oliy hokimiyat bo'lgan imperator hokimiyati va uning hukumati qo'l ostida feodallar tamomila
mustaqil idora qilgan mamlakatning aslda parchalanib ketishiga xalaqit bermagan.
Imperator hokimiyatining o'zi esa, ko'p o'tmay^real ahamiyatini yo'qotgan. Eng katta feodallar
o'rtasidagi o'zaro nizolar natijasida din boshlig'i ham bo'lgan imperator qo'lida Liniy
hokimiyatgina qolgan, xolos. Dunyoviy oliy hokimiyat esa eng kuchli feodal — syogun qo'liga,
oliy hokim qo'liga o'tgan.
Syogunlik dastavval 1192 yilda, shimolyy feodallardan (Kanto mintaqaidan) biri Minamoto o'z
raqiblgfi bo'lgan boshqa feodallarni samuraylardan tuzilgan qo'shin yordami bilan tor-mor
keltiryb, mamlakatning poytaxti Kiotoni olganidan keyin vujudga keladi. Minamoto
imperatorni o'z saroyi bilan Kiotoda qoldirib, o'zi esa Kamakuradagi qasrida yashaydi va u
yerdan turib imperator nomidan davlatni idora qiladi. Shunday qilib, Yaponiyada ikki parallel
dinastiya (sulola) — imperator dinastiya (sulola)si va syogun dinastiya (sulola)si o'rnatiladi. XIII asrda segun vazi
fa^i ham ancha vaqtgacha nominal bo'lib qoladi. Minamoto vorislari juda yosh bo'lganligidan,
davlatni sykkenlar (hokimlar) degan boshqa feodal xonadonlaridan bo'lgan regentlar ido
R3 Dehqonlar ahvodi. XII—XIII asrlardayoq yapon dehqonlarining ahvoli juda og'ir edi.
Feodallar yer egalari sifatida qullaridagi shaxsiy va harbiy hokimiyatdan ham, shuningdek,
davlat tashkiloti va uning butun moliyaviyma'murii sistemasidan ham keng suratda
foydalanib, dehqonlarga juda^ kup har xil to'lov va soliqlar solardilar. Bir necha
saroini — mikado,
syogun, sikken saroylarini'— ta'minlash mamlakatga juda qimmatga tushardi. Shu bilan birga
katta va mayda feodallarning tinmay davom etgan o'zaro urushlari mamlakatni xonavayron qi
lar, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga to'sqinlik qilardi. Yapon dehqonlari ko'p
jihatdan shahar sudxo'rlariga ham qaram edilar, chunki soliq yig'ish ishi odatda sudxo'rlarga
topshirilardi. Dehqonlar ko'pincha kelgusi yil hosilini garovga qo'yib, sudxo'rlardan qarzga
urug'lik olardilar. Hamisha ocharchilik va buning natijasida doim bo'lib turadigan yuqumli
kasalliklar epidemiyasi XIV va XV asrlarda yapon qishloqlarida keng tarqalgan hodisa edi.
Qishloqdagi ijtimoiy ziddiyatlar juda keskinlashib ketganligidan Yaponiyada dehqonlar qo'zg'oloni
ko'p bo'lib turardi. XV asrda bunday qo'zg'olonlar ayniqsa ko'p bo'ldi. 1428 yilda Kioto shahri
yaqinida ko'tarilgan qo'zg'olon dehqonlarning birinchi katta qo'zg'oloni edi. Bu harakat tezda
Urta Yaponiyaning boshqa qo'shni viloyatlariga ham tarqaldi. Bunda qo'zg'olonchi dehqonlar
«Yo'qolsin samuraylar!» degan shior ostida kurashdilar. Qo'zg'olonchilar mahalliy feodallar
yuborgan qo'shinni tor-mor keltirdi, faqat 20 yillarning oxiriga kelibgina harakat
bostirildi.
Feodallarning drujinalaridan chiqib ketib, shu sababli tirikchiligi uchui hech narsasi
qolmagan samuraylarning bir qismi ham, 1441 yildagi dehqonlar qo'zg'olonida qatnashdi. Ular r
o n i i l a r deb atalgan qochoq feodalsamuraylar — quvidganlar edi. Buidan keyingi
qo'zg'olonlar to'lqini XV asrning 50 na 60yillarida bo'ldi. 1461 yil aholi uchun nihoyatda og'ir
bo'ldi. Usha yili yolg'iz Kiotoning o'zida ochlikdan 80 ming kishi o'ldi.
1532 yilda Kiotoning o'zida va uning atrofida katta qo'zg'oI lon ko'tarildi. Qo'zg'olon o'zining
g'oyat murakkab tarkibi bilan | maroqli edi. Unda roninlar, dehqonlar, shuningdek, Kioto
shah! rida yashovchi hunarmandlar, mayda savdogarlar, hammollar, yuk | tashuvchilar va boshqa
kambag'allar qatnashdi. I Shaharlarning rivojlanishi. Shu bilan birga Yaponiyada sha
harlar, hunarmandchilik va savdo ancha jadallik bilan rivojlanib bordi. Yaponlar bundan ancha
ilgari xitoylardan ipakchilik, metallurgiya, lak ishlash va boshqa hunarlarni o'rgandilzr.
Yaponiyaning o'zida temir, mis, oltin va kumush ancha erta va ko'p miqdorda qazib chiqarila
boshlangandi. Yaponlar ajoyib qurollar yasaydilar. Yaponlar yasagan qilichlar o'zlarining
pishiqligi bilan ancha mashhur bo'lgan. Ularni har yili chet ellarga o'n minglab chiqarib
turilgan (masalan, 1483 yilda 67 ming qilich chiqarilgan). Shuningdek, yapon badiiy
hunarmandchiligining b'uyumlari: chinni, yelpig'ich, laklangan buyumlar, suyak va toshdan yasalgan
buyumlar va hokazolar, shuningdek, ip va shoyi gazlaMalarning ba'zi navlari ham ko'plab chetga
chkqarilar edi. Yaponiya, Koreya, Xitoy bilan Tayvan`, Filippin orollari, V`etnam va Siam
(hozirgi Tailand) bilan qizg'in savdo olib borarDI. Mamlakatda katta-katta portlar kup
bo'lib, Sakai, Xiogo, Xakata, Nagasaki portlarida bir necha o'n minglab aholi yashagan. Yagona
davlatning tashkil topishi. Bir tomondan, shaharlarning o'sishi, sanoat va savdoning
rivojlanishi va, ikkinchi top mondan, mamlakatning aslda tarqoq bo'lishi va mamlakat ichida
feodal urushlarning uzluksiz davom etib turishi bir-biri bilan mutlaqo kelisha olmaydigan
hodisa edi. Shu bilan birga dehqonlarning qudratli qo'zg'olonlari ham butun feodal rejimniy
ag'darib yuborish xavfini tug'dirmoqda edi. Mamlakatni birlashtirib, markazlashtirilgan davlat
tuzish feodal sinfining kechiktirib bo'lmaydigan vazifasi bo'lib qoldi. Kuchliroq, feodallar
o'zlarining samuray qo'shinlariga tayanib hamda ma'lum darajada o'sgan va mustahkamlangan
shaharlarning yordami va xayrixohligiga suyanib, bu vazifani hal etishga kirishdilar.
Yaponiyani dastlab birlashtirgan, bir necha mustaqil knyazfeodallarni tor-mor qilgan, bu
davrga kelib o'ziyoq haqiqiy hokimiyatni qo'lidan berib qo'ygan syoxunni 1568 yilda ag'darib »
tashlagan kishi Oda Nobunaga bo'ldi. U O`rta Yaponiyaning o'z mulkiga ko'ra o'rtacharoq feodal
knyazlaridan bo'lsada birok. samuraylar (otliq askarlar) va qisman dehqonlar (piyodalar) dan
tuzilgan kuchli harbiy drujinasiga ega edi. Nobunaga Yaponiyaga yevropaliklar olib kelgan
miltiqni dastlab ishlata boshlagan yapon lashkarboshlaridandir. Nobunaga Yaponiyani 14 yil
(1568—1582) mobaynida diktator sifatida idora qilib turgan bo'lsada, o'ziga mikado unvonini
ham, syogun unvonini ham olmadi. U tor savdo monopoliyasi kompaniyalarini tugatish, ichki boj
soliqlarini bekor qilish va boshqa shu singari yo'llar bilan savdo-sotiq ishlarida erkinroq
imkoniyatlar berib, unga homiylikdildi; ko'pgina yangi yo'llar qurdirdi. Soliq to'plash ishlarini
qaytadan tashkil etdi va tartibga soldi. Nobunaga mamlakatni birlashtirish ishini tugallashga
ulgura olmadi. U Yaponiyadagi 66 viloyatdan faqat 30 tasini o'z nazorati ostiga oldi. U
o'lgandan keyin hokimiyat tepasiga uning hamkori T a y yetomi Xideesi chiqib oldi (1582—
1598), Xideesi dehqondan chiqqan bo'lib, u o'z mavqeni drujinachilikdan boshlaydi.
Nobunaga boshlagan birlashtirish jarayonini Xideesi tugal. ladi. U Sikoku va Kyusyu
orollarining mustaqilligini bitirdi va eng muhimi Xonsyu orolining hali bir necha mustaqil
feodalliklar saqlanib qolgan shimoliga muvaffaqiyatli harbiy yurish qildi. U Osaka shahrini
qurdi, keyinchalik bu shahar Yaponiyaning eng katta portiga aylandi. Mamlakatni birlashtirib,
Xideesi feodallarining va Yaponiyadagi katta savdogarlarning manfaatini ko'zlab, Koreyani
istilo qilishga kirishdi va bu ish Yaponiyani Xitoyga qarshi urushga olib keldi.
Xideesining plani Koreyani bosib olishdangina iborat bo'lib qolmaydi. U Koreyanigina emas,
balki Manjuriyani, Filippin orollarini va Tayvanni ham, keyin esa Xitoyning o'zini
IBniS?i5!SSi!«Sg?iHB«ia^^
ham bo'ysundirishni xayol qiladi, u hatto o'z poytaxtini Xitoyga ko'chirishni ham oldindan
mo'ljallab qo'yadi. Xideesi bu urush uchun bir necha yil davomida katta flot tayyorladi. 1592 yil
bahorida u 300 ming kishilik katta qo'shinni Koreyaga tushiradi.
Koreys xalqining yaponlar bosqiniga qarshi kurashi. Koreya hukumati yaponlarning bostirib
kirishidan g'aflatda qoldi va bunga biror darajada jiddiy tayyorgarlik ko'ra olmadi. Koreys
muntazam armiyasi va bu yerga kelgan xitoylarning kichik otryadi Seul yaqinida yaponlar
tomonidan tor-mor keltirildi. Shundan keyin qirol, saroy ahli va oliy tabaqadagi zodagon
la? poytaxtdan qochib ketishdi. Ular, asosan, xitoy imperatoridan yordam olishdan umidvor
edilar1.
Seul bosqinchilar qo'lida edi. Yapon qo'shinlari shimolga siljib, mamlakatni vayron qildilar.
Yaponlar Shimoliy Koreyada ishg'ol qilgan shaharlar orasida Koreyaning eng qadimgi shaharlaridan
biri bo'lgan Pxen`yan shahri ham bor edi.
Koreys xalqi ana shu sharoitda o'z vatanini himoya qilishi kerak edi. Turli viloyatlarda
partizan otryadlari vujudga kela boshladi. Ular mahalliy provintsial otryadlar bilan birga
lashib, yapon armiyasining harakatiga to'sqinlik qilardilar, Chollado viloyati mudofaa platsdarmi
sifatida ayniqsa katta rol o'ynadi. Keyinchalik Koreya flotining bosh qo'mondoni L i S u n S i
n yaponlarga qarshi kurashning asosiy tashkilotchisi 'bo'lib chnqdi. U nihoyatda mehnatsevarligi,.
vatanparvarligi, katta harbiy tashkilotchilik qobiliyatlari bilan ajralib turardi. Uning
tashabbusi bilan chetiga temir qoplangan keng bortli alohida («toshbaqa» deb ataladigan)
kemalar qura boshladilar, bu esa koreys flotini yaponlarning o't otuvchi qurolidan omon
saqlab qoldi. 1592yil yoz faslida Li Sun Sin yapon flotini mag'lubiyatga uchratdi. (1592 yil
iyul`.) Bu esa Koreyadagi okkupantlarning quruqlikdagi qo'shinlarini tang ahvolda qoldirdi.
Xitoydan yetib kelgan harbiy kuchlar va qayta tiklangan muntazam koreys armiyasi hujumga o'ta
oldi. 1593 yil boshlarida Pxen`yan shahari ozod qilindi; 1593 yil aprelida koreysxitoy
qo'shinlari Seulga kirdi. Endi_ samuraylarni barcha mamlakatdan tamomila haydab chiqarish
mumkin edi. Ammo xalq ommasining faollashganidan tashvishga tushgan koreysxitoy qo'mondonli
gy Xideesi bilan muzokaraga kirishdi. Li Sun Sing'a qarshi fitnalar boshlandi va u lavozimidan
chetlashtirildi. Xideesi dushman lageridagi bu nifoqdan foydalanib, muzokaralarni cho'zib
yubordi va armiyasini qayta tashkil qilib, urushni yana boshlab yubordi. Ammo 1597—1598 yillarda
urush yaponlar uchun yanada katta halokat bilan tamomlandi. Ular dastlabki yutuqlardan keyin
birin-ketin muvaffaqiyatsizlikka uchray berdilar. Xalqning talabi bilan qirol Li Sun Sinni
yana flotning bosh qo'mondoni qilib tayinladi. 1597 yil sentyabridayoq Li Sun Sin yapon floti
qismlariga yangi jiddiy talofat yetkazdi.
Mamlakatda keng partizanlar harakati yana avj olib ketdi. Xitoydagi Minlar hukumati bu gal
Koreyaning yaponlar tomonidan istilo qilinishi o'zlari uchun naqadar xavfli ekanligini yanada
ravshanroq his qildi. Shuning natijasida Xitoydan katta harbiy va harbiydengyz kuchlari
yuborildi. Ikkita hal qiluvchi jang — biri quruqlikda 1597 yil oktyabrida Seul yaqinida va
yana biri dengizda Noryanchjin yaqinida 1598 yilda1— yapon bosqinchiligiga barham berdi. Xideesi
Koreyaga yanada ko'p sonli yangi qo'shin yuborish niyatida edi. Ammo bunga qizg'in tayyorlik
borayotgan vaqtda u o'lib qoldi. U o'lganidan keyin urush davom ztdi. Ammo yaponlar qo'ldan
ketgan hududlarni qaytarib olishga muyassar bo'la olmadilar. Xideesidan keyin hokimiyat
tepasiga chiqib olgan hukmdor 1614 yilda Koreya hududiga bo'lgan har qanday da'vodan
voz kechdi.
«Osiyoda buyuk yapon imperiyasi» tuzishni xayol qilgan yapon samuraylarining birinchi plani ana shu
tariqa tamomila barbod bo'ldi. '

XXXVIII BOB


BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLAR NA MUSTAMLAKALARNING BOSIB OLINA BOSHLASHI
Gsografik kpshfiyotlarning sabablari. Salib yurishlari naqtida rinojlashap levant savdosi o'rta
asr oxiriga kelib dopmiy sapdo aloqalari tusini oladi. Sharqdan keladigan har XIL MOLLyr
:shravorlar (murch, dolchin, qalampirmunchoq, musKyt vSH'()1'i na shu siigarilar), qand,
zargarlik, attorlik molLYari, Shprqpnmg har xil matolari va boshqa mollar G'arbiy Nnropidsh i
yuqori va o'rta sinflarning iste'moliga tobora ko'proq kpra boradi. Janubiy Italiya, Janubiy
Fransiya Sharqin Ispaniya (Kataloniya) shaharlaridagi savdogarlar Sharq bilan savdo qilishi
natijasida juda katta boylik to'plapdnlar. Biroq XV asrning ikkinchi yarmida O`rta dengiz
orqali bo'ladigan savdo qattiq inqirozga uchraydi. Bir qancha sabablar nlgari ham levant
savdosining rivojlanishiga to'sqinlik qilib kelgan edi. Sharq mollari arablar,
vizantiyaliklar, ntal`yanlar va boshqa xalqlarning qo'lidan o'tganligi tufayli ulariing narxi
benihoya oshib ketardi. G'arbiy va g'arbishimolin Yevropa mamlakatlaridagi savdogarlar juda
uzoqdagi Sharq bozorlariga borishlari amrimahol edi. Yaqin Sharqning turklar tomonidan istilo
qilinishi levant savdosining ahvolnii yanada mushkullashtirdi. Turklarning talonchiligi,
dengiz qaroqchiligi, savdo kemalaridan, karvonlar va bozorlardan juda ko'p xilma-xil
soliqlar olinishi tufayli O`rta dengizning sharqiy qismi bilan savdo qilish xavfli, kam foyda
keltiradigan bo'lib qoldi va bu savdo ahyonahyondagina bo'lib turdi. Hindistonga olib
boradigan, hali turklar bosib olmagan birdanbir yo'l — Misr orqali va Qizil dengiz orqali
boradigan yo'l qolgan edi, xolos. Ammo bu yo'lni arablar o'zlariga tamomila monopoliya qilib
olgan edilar. Hatto venetsiyaliklar ham Sharqqa borganda faqat Aleksandriyagacha borar va u
yerda ularni arab savdogarlari o'z ziravorlari bilan kutib olardilar. G'arbiy Yevropadagi
turli mamlakatlarning savdogarlari va dengizchilari arablar bilan turklarga duch kelmasdan
Hindistonga boradigan boshqa yo'l topish ustida tobora ko'proq bot qotira boshladilar.
Afsonaviy Hindistonni qidirib topishga yevropaliklarni yana boshqa bir sabab ham qiziqtirgan
edi. Yevropada tovar xo'jaligining rivojlanishi qimmatbaho metallarni ko'proq talab qila
boshlaydi. Oltin 'bilan kumush Yevropa feodallari va o'sib borayotgan burjuaziyaning xo'jalik
maqsadlariga tobora ko'proq zarur bo'la boshlaydi. Ammo G'arbiy Yevropada qimmatbaho metallar
qazib olish ishlari juda suet rivojlanmoqda edi. Sharq bilan bo'ladigan savdo oltin va kumush
masalasida qo'shimcha qiyinchilik tug'dirmoqda edi. Levant savdosining savdo balansi Yevropa
uchun foydasiz bo'lib qoldi. Yevropa Sharqning qimmatli g'aroyib mollari evaziga o'zining qishloq
xo'jalik va o'rmon xo'jaligi mahsulotlarini, mis, qalay, qisman movut va boshqa ayrim sanoat
mollarini bera olardi. Yevropaning bu mollari har holda Sharq mollariga nisbatan umuman ancha
arzon yurar va shuning uchun Sharqdan sotib olinadigan mollarning qiymatini qoplay olmas
edy. Shunday qilib, yevropaliklar har yili Sharqqa yetmay'qolgan summaning muayyan miqdorini
qimmatbaho metallar bilan to'lashga majbur bo'lardilar, natijada oltin va kumush Yevropaga
kirmas, balki undan Sharq mamlakatlariga chiqib ketar edi.
Shu tarzda «oltin muammosi» juda tez hal ztishni talab qiladigan keskin iqtisodiy
problemaga aylandi. Hindistonga boradigan yangi dengiz yo'lini qidirish bilan birga
yevropaliklar zo'r berib oltin qidirish payiga ham tushdilar. «Portugaliyaliklar oltinni
Afrika qirg'oqlaridan, Hindiston dan va butun Uzoq Sharqdan qidirardilar4. oltin shunday bir
tilsimli so'z ediki, u ispanlarni Atlantika .okeani orqali Amerikaga borishga undagan edi;
oltin — oq tanlining o'zi kashf qilgan yangi qirg'oqda qadam qo'yishi bilanoq eng avvalo talab
qiladigan narsasi bo'lib qoldi...»1.
U rta dengizda monopol vaziyatga ega bo'lganligi tufayli levant savdosidan har holda katta
foyda olayotgan ital`yan savdogarlari emas, balki G'arbiy Yevropaning Atlantika okeaniga yaqin
turgan boshqa mamlakatlaridagi savdogarlar va ular bilan bog'liq bo'lgan feodallar
Hindistonga boradigan yo'lni qidirib topishdan ko'proq manfaatdor bo'lib chiqdilar. Portugaliya
bilan Ispaniya birinchi navbatda ana shunday mamlakatlar edi.
Portugaliyaliklarning Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochishlari. XV asr davomida,
portugaliyaliklar mavrlar bilan bo'lgan urush jarayonida va ular bilan olib borgan savdo
sotiq natijasida Afrikaning shimoli-g`arbiy qirg'oqlariga kirib bordilar. 1415 yilda
Seutaning istilo qilinishi portugaliyaLiklarga Afrikaning g'arbiy qirg'oq oohili bo'ylab
janubga tomon siljib borish uchun muhim baza yaratib berdi.
Portugaliyada dengiz sayohatlariga hukumatning o'zi homiylik qilardi. Infant (Shahzoda)
GenrixDengiz sayyohati (1460 yilda vafot etgan) G'arbiy Afrika qirg'oq bo'ylarini tekshirish
uchun katta flot qurdi. 1445 yilda shahzoda Genrix hali hayot ekanligida portugaliyaliklar
Yashil Burunni ochdilar. 1471 yilda ular Gvineyaga borib yetdilar va u yerda Oltin qirg'oq2 deb
atalgan joyda kuchli harbiy faktoriya qurdilar. Portugaliya
liklar janub tomonga siljishni davo.m ettirib, 1486 yilda Afrikaning janubidagi Bar tol o m
ye o D i a s (1450—15QP) tomonidan kashf etilgan Yaxshi Umid buruniga borib yetdilar. Shundan
keyin qidirilayotgan Hindistonni topish ham qiyin bo'lmay qoldi. Vasko da Gama (1469—1524)
boshchiligida to'rtta kemadan iborat kichik bir flotiliya 1497 yil yozida Lissabondan chiqib,
1498 yil bahorida Hindistonning' g'arbiy qirg'oqlariga borib yetdi va Kalikuta shahriga
tushdi. 1499 yilning avgustida sayyohlar kemalarga oltin va hind ziravorlarini ortib qaytib
keldilar. Ikki yil davom etgan mashaqqatli dengiz sayohati vaqtida komandaning 168
a'zosidan faqat 55 kishi tirik qoldi.
Vasko da Gamaning kashfiyoti Portugaliyada g'oyat katta ta'sir qoldirdi. Bu kashfiyot
munosabati bilan Portugaliya qiroli Monoelga (1495—1521) «Baxtiyor» laqabi berildi va
«Hyndiston hokimi» degan unvon oldi.
Keyinchalik Portugaliyaning eng atoqli shoirlaridan Luis ' K a m o ye n s Vasko da Gamaning
sayohatiga atab «Luziana» degan katta bir doston yozadi (1572). Klassik dostonlar «Iliada»,
«Odisseya» va «Eneida»ga taqlid qilib, Kamoens o'z dostonini bunday deb boshlaydi: «Men
Portugaliya qirg'oqlaridan chiqib, noma'lum dengizlar orqali yerning narigi tomoniga ketgan
mashhur qahramonlar haqida ...mislsiz botirlik ko'rsatgan, don ; g'i ko'klarga yetuvchi yangi
imperiyaga negiz solgan yengilmas jangchilar haqida kuylamoqchiman».
'
Hindistonning g'arbiy va qisman sharqiy qirg'oq bo'ylarini, shuningdek, Malakkany portugaliyalik
boshqa admirallar — Al`meyda (Portugaliya krrolining Hindistondagi birinchi noy . bi, 1505—
1508) va Al`bukyork (1509—1515) batamom bosib oladilar. Goa shahri (Qalikutaning shimolida)
Portugaliya qiroli noiblarining poytaxti bo'lib qoladi. Qizil dengizning Hind okeaniga
tutashadigan joyida qurilgan Adan shahri va Fors qo'ltig'idagi Ormuza shahrining bosib olinishi
Portugaliyaning Hindistondagi hukmronligi uchun g'oyat katta ahamiyatga ega bo'ldi, bu shaharlar
savdo va strategiya jihatidan muhim punktlar ' dir. Bu bilan portugaliyaliklar
Hindistondan Qizil dengiz ;
orqali Aleksandriyaga o'tadigan va Hindistondan Mesopotamiya orqali Suriyaga o'tadigan eski
savdo yullarini tamomila beki :
tib qo'ygan edilar. XVI asrning 20 yillaridayoq portugliyalik "'
lar Zond arxipelagining anchagina qismini bosib olgan edilar. Ana shu tariqa qisqa bir
muddat.ichida Portugaliyaning katta bir mustamlaka imperiyasi vujudga keldi.
Portugaliyalik \ lar ziravorlar savdosiny o'z qo'llariga olib, ital`yanlarning
'`sh savdo monopoliyasiga zarba berdilar. Aleksandriya va qisman 1 Venetsiya o'rnini
Portugaliyaning poytaxti Lissabon shahri egalladi.
\
Hindistonda, qisman HindiXitoydagi (Malakka) va Indone '
ziya orollaridagi asosiy mustamlakalariddn tashkaoi. pootuga liyaliklar XVI asr boshlarida
yana Amerikaning Braziliyasini ham bosib olgan edilar; Braziliya uzoq vaqt davomida Hindis
tonga boradigan ikki yo'l o'rtasidagi bekat bo'lib xizmat qilib kelgan edi. ;
Kolumbning Amerikani kashf qilishi. Portugaliyaliklar Hindistonga Afrikaning g'arbiy
qirg'oqlari bo'ylab siljib borayotgan^bir paytda, qo'shni Ispaniyada xuddi o'sha Hindistonga borish
yo'lining boshqa bir varianti chiqib qoldi. Genuyalik Xristofor Kolumb (1451—1506) 1492 yilda
Ispaniyaning Ferdinand va Izabella hukumatiga Hindistonga g'arb tomondan boradigan sayohat
loyihasini taklif qildi. Kolumb Yerning sharsimonligi haqidagi ta'limotga asoslanib ish ko'r
di. XV asr oxirlarida Yevropa fan ahllari bu ta'limotning to'g'riligiga yana bir iqror
bo'ldilar. Kolumb bundan ilgari ham o'zining shunday loyihasi bilan Portugaliya hukumatiga
murojaat qilgan zdi, ammo rad javobi olgan edi. Portugaliyaliklarning dengizdan Afrika
bo'ylab Hindistonga boradigan o'z planlari bor edi; Diasning kashfiyotidan keyin bu planning
uziljesil amalga oshirilishi yaqinlashib qolgan edi. Xuddi shu vaqtga kelib, Granada
qirollig'ini istilo qilish ishini tamomlagan ispan hukumati Kolumb loyihasiga, aksincha, xay
rixohlik bilan qaraydi. Sayohatni uyushtirish uchun zarur bulga n mablag'ningbir qismini
Kolumbning o'zi, ko'p qismini hukumat berdn. Kolumb yangi ochilgan mamlakatlarda o'ziga va
vorislariga qirol noibi va admiral lavozimlarini egallash huquqi berilishini shart qilib
qo'ydi. Uch kemadan iborat kichkina bir eskadra 1492 yilning 3 avgustida Paloe gavanidan
Atlantika okeaniga jo'nab ketadi.
1492 yil 12 oktyabrda Kolumb Karib dengizida Markaziy Amerikaga yaqin joydagi Bagama
orollaridan birini topdi. Tezda u katta «qo'shni orollar — Gaiti va Kuba orollarini kashf
etdi. Shundan keyingi sayohatlaridan birida Kolumb Shanubiy Amerika (Ooinoko daryosining quyar
joyi yaqinidagi) qirg'oqlarini topdi1. Kolumb hayot ekanligydayoq ispanlar Amerikani
kolonizatsiya kila boshlaydilar. Espan`ola deb boshqacha nom berilgan Gaiti orolida birinchi
koloniya tuziladi. Yangi dunyoni Kolumb kashf etgan bo'l^ada, bu dunyoga uning nomi be
rilmaydi. Kolumb Hindiston, Hitoy va Yaponiyani kashf qildim deb qattiq turib oladi.
Amerikadagi Kolumb kashf qilgan yerlar ko'p o'tmay Ispaniyaning hafsalasini pir qiladi. Chunki
Kolumbning yangi «G'arbiy Hindistoni» haqiqiy «Sharqiy Hindiston»dan jo'ra kambag'alroq bo'lib
chiqadi, shaharlari va sivilizatsiyasi bo'lmaydi. Mahalliy xalqda oltin va kumush uchrasada,
lekin kutilgan darajadagidan ancha kam bo'ladi.
Tez orada Kolumb saroyning g'azabiga yo'liqdi. U 1506 yilda
SHSHSHSHSH
qashshoqlikda va hammaning nazaridan qolib chetda o'lib ketdi. Viloyat shaharlaridan biri
Val`yadolidda vafot etgan Kolumbning o'limidan zamondoshlari mutlaqo bexabar qoldilar.
Kolumb ochgan qit'aga Amerika degan nom boshqa bir ital`yan, florentsiyalik A m ye r i g o
Vespuchchi (1452—1512) nomidan olib berildi. Amerigo «Yangi yerga» bir necha marta sayohat
qilib, Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy qirg'oqlarini batafeil tekshirib chiqdi. Amerigoning
dengiz sayohatlari to'g'risidagi 1507 yilda nashr etilgan hikoyalar to'plami juda mashHUR
bo'lib ketdi. Kartograflar Kolumb kashf qilgan yerlarni 1507 yildayoq o'z kartalarida «Amerigo
yerlari» degan umumiy lom bilan ko'rsata boshladilar. Keyinchalik «Amerigo» degan nomni eoki
qit'alar — Osiyo, Yevropa, Afrika nomlariga monandlashtirib «Amerika» deb o'zgartirdilar.
Kolumb kashfiyoti Portugaliya bilan Ispaniya o'rtasida yangi yerlar uchun raqobat chiqishiga sabab
bo'ldi. Nizoning oldini olish uchun har ikki davlat 1494 yilda Tordeesil`yas shahrida o'zaro
shartnoma tuzdi. Bu shartnomaga muvofiq Yashyl Burun orollaridan g'arbga tomon 2053 kilometr
narida QutbdanQutbga qarab chegara chizig'i tortildi. Bu chiziqiing g'arb tomonida yangi
ochilgan hamma yerlar ispanlar|a, sharq tomonidagi yerlar portugaliyaliklarga qaraydigan bo'ldi.
Ammo bu chegara chizig'i butun yer sharini kesib o'tmaganligi, balki faqat G'arbiy yarim
shardangina o'tganligi tufayli ispanlar bilan portugaliyaliklar Molukka orollarida duch kelib
qoldilar va o'rtada nizo chiqdi. Shundan keyin 1529 yilda Saragosda yangi shartnoma tuzplib,
bu shartnomaga muvofiq Sharqiy yarim sharda Molukka orollaridan sharq tomonda 17° da yangi
chegara chizig'i tortildi. Mustamlaka duiyosini birinchi marta taqsimlash ana shu tarzda run
borgap edi.
Mshsllanning duns sayohati. Fernando Magellanpi i g (1470.....1521) sayohati geografik
kashfiyotlar tarixida
katta ahamiyatga ega bo'ldi. 1519 yil 20 sentyabrda Magellanning beshta ksmasi SanLukardan
chiqib, o'sha paytda «Ziravor orollari» deb atalgan Molukka orollarini qidirib topish maqsa
dida janubig'arbga tomon yo'l Oldi. Magellan sayohat'i 1519— 1522 yillarda bo'lib o'tdi va u
tarixda birinchi marta dunyo sayohatibo'ldi. Magellan sayohaty natijasida juda ko'p. yerlar:
Janubiy Amerikada Magellan bo'g'ozi va Olovli Yer, Ulug' okeanda juda ko'p orollar, xususan
Filippin orollari, Zond arxipelagi va hokazolar ochildi. Shu bilan birga Magellanning bu
sayohati ispanlar bilan portugallar sayohatlarining o'ziga xos sintezi tariqasida muhimdir.
Magellan asli portugaliyalik bo'lib, ispan kemalarida sayohat qildi. Sayohat marshruti ham
ispanlarniki (g'arb, to'g'rirog'i, janubig'arb tomonda sayohat) bo'ldi. Ammo Magellan ham (boshqa
portugaliyalik sayyohlar kabi) Hind okeaniga va uning o'z ziravorlari bilan dong chiqargan
orollariga yetib borish maqsadini ko'zda tutgandi. Magellanning o'zi sayohat vaqtida Filippin
orollaridagi mahalliy aholi bilan bo'lgan to'qnashish vaqtida halok bo'ldi. Ekipajning omon
qolgan qismi bir kemada Ispaniyaga qaytib keldi. Safarga chiqqan 265 kishidan atigi L8 kishi
esonomon qaytdi.
Magellan sayohati Yerning sharsimon ekanligini tajribada isbot qilib berdi. Buning natijasida
yevropaliklar Ulug' yok№ Tinch okean to'g'risida ham aniq ma'lumotga ega bo'ldilar, ammo bungacha
ularda allaqanday sirli bir «janubiy dengiz»1 haqidagina n<}aniq tasavvur'bor edi, xolos.
Amerikada ispanlar kolonizatsiyasi. Magellan o'zyning birinchi dunyo sayohatini qilganidan
keyin, ispanlar Amerikani. istylo qilishga kirishdilar. Ispan istilochilari (konkiStador
lard) benihoya shafqatsizlik bilan, zo'rlik, ayyorlik va aldamchilikning hamma vositalarini
ishga solib, Yangi Dunyoning eng boy va aholisi eng ko'p bo'lgan yerlarini bosib oldilar.
Fernando Kortes 1519—1521 yillarda juda katta Meksika mamlakatini istylo qiladi, bu
mamlakatda boshqa hind qabilalaridan ko'ra madaniy saviyasi ancha yuksak bo'lgan juda ko'p
ats'teklar qabilasi yashaydi. Bu qabilaning qiroli «imperator» Montesuma asir olinib, o'z
xazinasidagi 19 million so'mlik oltinni ispanlarga berishga majbur bo'ladi.
Yana boshqa bir ispan konkistadori Fransisko Pissa
r o 1532—1535 yillarda Janubiy Amertskaning g'arbidagi ink
lar qabilasi hukmron bo'lgan Biru yoki Peru mamlakatini istits»
'". ¦ qildi. Bunda ham inklarning qiroli «imperator» Ataxual`
;, pa oltin va kumushdan iborat (oltin bilan 150 million so'm
R likka yaqin) xazinasini istilochilarga berishga majbur bo'ladi.
Ispanlar 1536 yilda Chilini, 1538 yilda yangi Grenadani (keyin Kolumbiya deb atalgan) istylo
qiladilar. 1549 yilda ispanlar Argentinani bosib ola boshladila'r.
1545 yilda Potozi (Boliviya)da juda boy kumush koni topildi. Usha vaqtdan
e'tiboran Amerikada ko'plab kumush hamda oltin qazib chiqarish boshlandi. Avval Kolumb
kashfiyotidan t paydo bo'lgan umidsizlik kayfiyati yo'qolib, ajiotaj boshlandi
va topilgan xazinalarni mumkin qadar tezroq qo'lga kiritibolishga urinysh kuchaydi. |
Mahalliy aholining bir qismi qaram dehqonlarga va bir
qismi qullarga aylantirildi. Ularni konlarda ishlashga majbur etdilar. Kolumbning xatosi
tezda ma'lum bo'lib qolsada, Amerikaning tub xalqini indeetslar deb atay berdilar.^ Ana shu
indeetslar o'rganmagan og'ir mehnatga bardosh berolmay, ko'pla5 qirilib ketdilar. Shundan keyin
ispan mustamlakachilariAmerikaga Afrikadan negrqullar keltirib, ularni konlarda va
plantatsiyalarda ishlashga majbur etdilar.
XVI asrning birinchi yarmidayoq Amerikada negrlar ko'p edi. Usha asrning ikkinchi yarmida
ularning soni ayniqsa tez'oshibch bordi.
Indeetslar esa, aksincha, yevropalik mustamlakachilarning haddan tashqari zulmiga
chidolmay, yoppasiga qirila boshladi. Karib dengizidagi eng katta orollardan Yamayka,
Espan`ola va. Kuba orollaridagi mahalliy xalq XVI asrning ikkinchi yarmixa kelib batamom
deyarli qirilib ketdi.
Portugaliyaning mustamlakachilik siyosati. Portugaliyaning mustamlakachilik siyosati ham
shafqatsizlik va qirg'inchilik jihatidan ispanlar siyosatidan qolishmasdi. Portugalyaliklarning
kemalari Hind okeanida qaroqchilik bilan shug'ullanardi, ular «o'z zonalariga» kirgan arablar
va mahalliy indeetslariing yoki yevropaliklarning biron bir kemasiga sira omon bermay,.
talardilar. Portugaliya mustamlaLekin ular Hindiston qirgoq bo'ylarida va Molukka orollarida juda ko'p mustahkam
faktoriyalar qurar va o'sha yerdan chiqib kelib mahalliy qabilalarga hujum qilar, hamda ularni
xiroj to'lashga majbur etardilar. Portugaliyaliklar xirojni ziravorlar va brshqa qimmatbaho
tropik mahsulotlari bilan to'latardilar. Portugaliyaliklar mahalliy aholi bilan «savdo
sotiq» ham qilardilar. Lekin busavdo g'irt aldoqchilikdan iborat bo'lardi. Portugaliyalik
savdogarlar mahalliy aholiga maydachuyda bezak buyumlari va boshqa arzimagan narsalar berib,
evaziga ulardan haqiqiy qimmatbaho narsalarni olar va bu «operatsiyalardan> necha yuz
foizlab foyda ko'rardilar. Yevropadagi «madaniy» mustamlakachilarning birinchi
mustamlakalarni sira tortiimasdan surbetlik bilan talaganliklarini Marks o'zyning «Ka
pital»ida fosh qilib, bunday deb yozgan edi: «Amerikada oltin va kumush konlari ochildi.
Mahalliy aholi qirib tashlandi, qullikka tushirildi va tiriklayin konlarga ko'mildi, Ost
Indiyani zabt qilish va talash yo'lida birinchi qadamlar tashlandi, Afrika qora tanlilarni
ovlash uchun maxsus maydonga aylantirildi — kapitalistik ishlab chiqarish davrining tongi ana
shunday bo'lgan edi. Bu idilliyalik jarayonlar dastlabki jamg'arilishning asosiy
momentlaridir»1.
XVI asrning ikkinchi yarmi va XVIJ asrning birinchi yarmidagi geografik kashfietlar. XVI va
XVII asrlarda geografik kashfiyotlar davom ettirildy. XVI asrning ikkinchi yarmida ispanlar
noma'lum janubiy qit'ani qidirib topish maqsadida Tinch okeanga bir necha marta ekspeditsiya
yubordilar. Bu ekspeditsiyalar natijasida Janubiy Polineziyaning bir qismi bo'lgan Solomon
orollari (1567 yil), Markiz orollari (1595 yil) hamda Avstraliyani Yangi Gvineyadan ajratib
turuvchi Torres qo'ltigi P605 yil) kash* kilindi. Shundan keyin Tinch okeanning januqismiga gollandiyalar katta-katta sayohatchilar gruplasini yuborib turdi.
1616 yilda golland Giautende Gorn Amerykaning eng janubiy qismini — uning nomi bilan
atalgan Gorn burnini — kashf qildi. XVII asrning birinchi yarmida golland dengiz
„sayyohlarining o'zlari dastlab " Yangi Gollandiya deb atalgan Avstraliya qirg'oqlarini kashf
qildilar. Avstraliya qirg'oqlarini tekshirishda va Avstraliyani alohida qit'a sifatida bel
gilashda golland Abel` Tasman (1642—1644) sayohatlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu kishining
nomi bilan Tasmaniya oroli deb ataladigan bo'ldi. Ingliz sayyohlari Avstraliyaga ancha keyin —
faqat XVIII asrning ikkinchi yarmida yetib bordilar (kapitan Kukning 1769—1777 yillardagi
sayohatlari).
XVI—XVII asrlarda shimoliy yarim sharda ham yirik geografik kashfiyotlar qilindi. Ingliz
dengiz sayyohi Martin Frobisher va Jon Devis Xitoyga boradigan shimoli-g`arbiy yo'lni qidirib,
XVI asrning 70 va 80 yillarida Shimoliy Amerika qirg'oqlariga bir necha marta ekspeditsiyaga
bordilar.Bu ekspeditsiyalar Grenlandiya bilanAmerika qit'asi oralig'idagi' qo'l№qni hamda Muz
okeanida Amerykaning shimol tomonidagi orollarning katta arxipelagini topdi.
XVII asrning boshlarida uchinchi bir ingliz dengiz sayyohi Genri Gudson (1550—1610) Shimoliy
Amerikada tadqiqot ishlarini davom ettirdi. Gudson daryosi va Gudson qo'ltig'i shu kishining
nomi bilan atalgan.
Shimoli-sharqiy tomonda golland dengizchilari XVI asrning oxirlarida yirik kashfiyotlar
qildilar. Golland dengiz sayyohi Vil`gel`m Barents (1550—1597) uning nomiga qo'yilgan Barents
dengizini tekshirdi. 1594—1597 yillar davomida Barents Yangi Yerning g'arbiy sohillarida uch
marta qishlab qoldi. Bu yerlarga u Xitoy va Hindistonga (shimoli-sharqiy tomondan) olib
boradigan Shimoliy dengiz yo'lini qidirib kelib qolgan edi. Oxirgi qishlov vaqtida u o'z
hamrohlari bilan sovuqqa qotib halok bo'ldi1.
Shimoliy Muz okeanini hamda Tinch okeanning shimoliy qismini tadqiq qilishga oid ruslarning
geografik kashfiyotlari juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ruslar birinchi bo'lib (gollandlardan
ancha ilgariyoq) Yangi Yerga hamda Shpitsbergan oroliga (Skandinaviya yarim orodining shimoliga)
borib yetgan edilar. Ular Ob` va Yenisey daryolarining quyiladigan joylarini tekshirdilar,
Taymir yarim orolini aylanib o'tdilar. XVI asrning oxirlaridayoq yangi yerlarni qidiruvchi rus
sayyohlari Tinch okeanning sohillariga yetib 'borishgan, deb taxmii qilish mumkin. XVII
asrning 30yillarida Ivan Moskvit i n boshchiligidagi krasnoyarsklik kazaklarning bir
guruhi
0
Lena daryosining so'l irmog'i — Aldan daryosi bo'shgab yurib bordilar, tog'lardan oshib o'tib Oxota
dengiziga chiqdilar. 40yillarda Yangi yerlar qidiruvchi sayyohlardan Poyarkov bilan Xabarov
Quyi Amurni tekshirib, birinchi marta ana shu daryoning kartasini tuzdilar.
1648 yilda sibirlik kazak Semyon Delen yev tomonidan (1605—1672) Uzoq Sharqning eng
chekkasidagi (uning nomiga qo'yilgan) burunniig hamda Osiyo qit'asini Amerikadan ajratib
turuvchi Bering qo'ltig'ining kashf qilinishi Uzoq Sharqdagi eng yirik geografik kashfiyot bo'ldi.
Rossiya harbiy xizmatining kapitani Bering bu qo'ltiqni yangitdan tekshirib chiqishidan 80 yil
ilgari Dejnev kashf qilgan edi.
Buyuk geografik kashfiyotlarning iqtisodiy oqibatlari. Geografik kashfiyotlar Yevropaning
iqtisodiy hayotiga g'oyat katta ta'sir ko'rsatdi. Marks aytganidek, bu kashfiyotlar dastavval
Yevropa savdosida inqilob qildi. Bu kashfiyotlar natijasida «jahon bozorining birdaniga
kengayishi, muomaladagi tovarlarning ko'payishi, Osiyo mahsulotlarini va Amerika xazinalarinn
qo'lga kiritishga intilgan yevropalik millatlar o'rtasida raqobat paydo bo'lishi,
mustamlakachilik sistemasn...»1 yuz berdi.
Savdo yo'llari va markazlari butunlay o'zgarib ketdi. Ichgari Yevropa savdosida asosiy rol
o'ynagan O`rta dengiz; geografik kashfiyotlardan keyin, o'z ahamiyatini ancha yo'qotdi. Asosiy
savdo yo'llari Atlantika okeaniga va Shimoliy (Nemis) dengiziga ko'chirildi. Ilgari Yevropadagi
savdasotiq ishlari eng tarqqiy qilgan Italiya o'rnini boshqa mamlakatlar—Portugaliya,
Niderlandiya va Angliya egalladi. XVI asrda Niderlandiya ayniqsa katta rol o'ynay boshladi.
Antverpen shahri jahon savdosining markazi bo'lib qoldi, jumladan, ziravorlar savdosi
deyarli butunlay bu shaharda to'plandi.
Portugaliyaliklar hind ziravorlarini odatda faqat Lissabonga olib kelardilar. Bu yerga
keltirilgan yuklar keyin Antverpenga borardi va undan butun Yevropaga tarqalardi. Antverpen
birjasida kredit va ulgurji savdoga oid xilma-xil va juda katta operatsiyalar olib
borilardi. Antverpenda Yevropa va qisman Osiyodagi har xil mamlakatlarning savdogarlariga
qarashli mingtacha savdo kontoralari bo'lib, ular bu shaharning bozoriga juda katta xalqaro
bozor tusini berdi.
Biroq XVI asrning ikkinchi yarmida Antverpenning ham raqiblari paydo bo'lib qoldi. Shimoliy
Niderlandiyada (Gollandiyada)gi Amsterdam shahri bu raqiblardan biri bo'lib qoldi.
Antverpen bilan raqobat qiluvchi ikkinchi port—London shahri bo'lib, u asosan XVII—XVIII
asrlarda g'oyat ravnaq topdi.
Narxnavo inqilobi. Geografik kashfiyotlarning katta oqybatlaridan biri narxnavo
inqilobi deb atalgan voqoa g'
bo'ldi. Yevropaga asosan Amerikadan (qisman Hindystondan ham) XIV asr davomida juda ko'p
oltin va kumush keltirildi. Yevropada yuz yil mobaynida kumushning miqdori uch baravardav
ziyodroq (206%), oltinning miqdori ikki baravardan ziyodroq (117%) oshdi. Lekin ran Yevropa
bozorida qimmatbaho metallarmiqdorining ko'payib ketishdagina emas edi.
Marks aytganidek, oltin bilan kumush mustamlakalarda qullikka, asoratga solingan mahalliy
aholining majburiy va tekin mehnati bilan topilganligidan, o'zo'zidan ancha qadrsizlanib
qoldi. Oltin va kumush pullarning arzonlashib ketishi natijasida tovarlarning narxi shunga
qarab oshib ketdi. Narxnavoda sakrash (inqilob) yuz berdi, bu >esa, zamondoshlarning
qimmatchilik haqida behisob shikoyatlariga sabab bo'ldi. Yevropa mamlakatlarida narxnavo bir
tekis oshib bormadi. Narxnavo hammadan avval va keskin suratda Ispaniyada oshdi„ Ispaniyad'a
XVI asr o'rtalariga kelib, narxnavo ikki baravaroshdi. Usha asr oxiriga kelganda narxlar
XVI asrning boshlariga nisbatan to'rtbesh baravar oshib ketdi.
Yevropaning boshqa mamlakatlarida — Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Germaniya, Italiyada narx
navo ancha sekin va asosa» XVI asrning inkinchi yarmida ko'tarila boshladi. SHunday bo'lsa ham
XVI asrning oxiri" va XVII asrning boshlarida bu mamlakatlarda narxlar o'rta hisobda XVI
asrning boshlaridagiga» nisbatan 2,5—3 baravar oshdi.
Narxnavo inqilobi Yevropada katta ijtimoiy oqibatlarga olib keldi. Bu inqilobdan
yangi savdosanoat sinflari, shuningdek, katta yer egalari va bozor bilan aloqador bo'lgai
davlatmand dehqonlar yutib chiqdilar.
Oziqovqat mahsulotlarining narxlari juda oshib ketganligidan, ishchilarning real ish haqi
kamayib, aksincha, katta zarar ko'rdilar. Ijaradorlardan yoki feodal yerida ishla'b turgan
dehqonlardan (pul bilan) olinadigan renta (yer solig`i)sa yashayotgav feodal yer egalarining real daromadi
ancha kamaydi.
Umuman olganda narxnavo inqilobi boshlang'ich jamg'arilishning yangi omili bo'ldi. Bu
inqilob burjuaziyaning hamda dvoryan va dehqonlar orasidagi yangi kapitalistik ishlab»
chiqarish usuliga biron^formada aloqador bo'lgan elementlarning iqtisodiy qudratini oshirdi.
Bu inqilob qishloqdag» kambag'al dehqonlarni va shaharlardagi plebey elementlarn» yanada
ko'proq xonavayron qilib, ularning ahvolini yana qiyinLashtirdi, ularni vujudga kelayotgan
kapitalga ko'proq qaram. qilib qo'ydi.
Mustamlaka sistemasining boshlanishi va Yevropa davlatlari o'rtasida mustamlaka uchun kurash.
Mustamlaka sistemasining yoki ,mustamlakachiliknilg boshlanishi geografik kashfiyotlarning
bevosita natijasi bo'ldi. Dastlab ispanlar' va portugaliyaliklar, keyincha gollandlar,
inglizlar, fransuzlar dunyoning hamma qismlarida o'zlari uchun mustamlaka yer
larinibosib oldilar. Yevropadagi boshqa mamlakatlarga nisbatan ilgariroq kapitalistik
taraqqiyot yo'liga kirgan hamda o'z iqtisodiy ustunligidan foydalangan bir hovuch davlatlar
Amerika, Osiyo, Afrikadagi yuz millionlarcha xalqlarni asoratga soldi, taladi va uzoq vaqt
muttasil ekspluatatsiya qilib keldi. Mustamlaka mamlakatlarining tabiiy boyliklari mus
tamlakachilar tomonidan shafqatsiz talontaroj qylindi. Yevropa <talonchiligi va zo'ravonligi natijasida musGamlakalarning aholisi ommaviy tarzda qirilib
ketdi. Boshqa qit'alarda joylashgan mamlakatlar mustamlakachilik zulmiga duchor bo'lgan, o'z
taraqqiyotida orqada qolgan, yanada orqada qolib ketishga mahkum etilgan bir paytda Yevropada
juda ko'plab kapital to'plandi va yirik sanoat.barpo ztildi.
Biroq mustamlaka sistemasi Yevropaning o'zidagi davlatlarning o'zaro munosabatlarida
keskinlikka olib keldi. Ular o'rtasida mustamlakalar uchun shiddatli kurashlar boshlandi.
Mustamlakalar o'rta asrning oxirida va yangi zamonning boshlarida Yevropadagi juda katta
urushlarga sabab bo'ldi. Bu jihatdan XVI asrning ikkinchi yarmida va XVII asrdagi inglizispan
va yaspangolland urushlari, XVIII asr va XIX asrning boshlaridagi inglizfransuz urushlari
ayniqsa xarakterli bo'ldi.
XXXIX BOB XVI—XVII ASRLARDA ITALIYA
Italiyada iqtisodiy tushkunlikning boshlanishi. XVI' asrda Italiyada iqtisodiy tushkunlik
boshlandi. XV asr oxirlaridayoq ital`yan sanoatining tushkunlikka uchraganligi sezila boshladi.
Hatto Italiyada Florentsiya movuti o'rnini ingliz movuti qisman egallay boshladi. Yevropaning o'z
sanoati rivojlanib borganligidan ital`yan movuti u yerda kamroq ootiladigan bo'lib qoldi.
Angliyadan tashqari, Fransiya bilan Germaniyada ham sanoat yuksalib bordi. Niderlandiya butun
XVI asr davomida savdo va kema qatnovi oohasidagina emas, sanoat sohasida ham tez
taraqqiy~qildi.
Buyuk geografik kashfiyotlar Italiyaning Sharq bilan olib borayottan savdosiga qattiq zarba
berdi. To'g'ri, Italiyaning savdo oboroti birdaniga kamayib ketmadi. Venetsiya XVI asrdagipa
emas, hatto XVII asrda ham juda boy savdogarlar respublikasi bo'lib qola berdi. Biroq,
uning jahon savdosidagi salmogn ancha pasaydi. U endi faqat Yaqin Sharq mamlakatlari
bilamgina savdo-sotiq' ishlari olib boradigan bo'lib qoldi. Rivojlanib borayotgan okean
mustamlaka savdosidan Venetsiya butunlay chetda qoldi.
Savdo va sanoat sohasidan siqib chiqarilayotgan ital`yan burjuaziyasi banksudxo'rlik
operatsiyalariga tabora ko'proq murojaat qila boshladi. Kapital qo'yishning ikkinchi ko`rinishi —
yer sotib olish bo'ldi. Burjuaziya yer ootib olib, dvoryanlarga aylandi. Sanoat tushkunligi
manufaktura ishchilariga ham ta'sir qildi. Qo'p ishchilar shaharlardan yana qishloqqa ko'chib ketibg
unda ko'pincha ijaraga olingan bir parcha yerda dehqonchilik qildilar, bog'dorchilik, uzumchilik
bilan shug'ullandilar. Italiya burjuaziyasi katta yer egalariga aylangan bo'lsa ham, ishlab
chiqarishni inqilobiylashtirish maqsadini ko'zlamadi. Dvoryanlar singari burjuaziya ham
yerlarning teng sheriklik shargi bilan mayda dehqonlarga ijaraga berdi. Mamlakatda sanoat va
savdo tushkunligi sharoitida feodal reaktsiyasi tusiga kirib borayotgan feodal munosabatlar
uzbq vaqtlargacha mustahkamlanib qoldi.
Italiyaning siyosiy tarqoqligi. Italiya XVI asrda siyosiy jihatdan ilgarigidek tarqoq mamlakat
bo'lib qola berdi. Davlatlardan kattaroqlari: shimolda — Venetsiya, Genuya, Milan hamda Savoyya
va P`emont gersogliklari, o'rta Italiyada—¦ (1531 yilda Taskaniya gersogligiga
aylantirilgan) Florentsiya va papa davlati; janubida — Sitsiliyani ham o'z ichiga olgan Neapol`
qirolligi bo'lgan. Bundan tashqari, o'nlab mayda «mustaqil» yerlar bo'lgan.
Respublika tuzumi deyarli hamma yerda monarxiya tuzumi bilan almashtirildi. Milanda kondot`er
Sforts oilasi gersog unvonini oldi. Florentsiyada medichilar avlodi Toskaniya gersoglari
unvoniga ega bo'ldi. Papa mintaqaida papalar mutlaq monarxga aylanib, ular o'z chegaralarini
kengaytirish uchun mumkin bo'lgan hamma vositalarni ishga soldilar. Aleksandr VI Borjia
(1492—1503), Yuliy II (1503—1513) va Lev X Medichi (1513—1521) degan papalar o'zlarining
dabdabali hayotlari, harbiy va diplomatiya sohasida yurgizgan murakkab siyosatlari, ital`yan
dinastiya (sulola)lari bilan shaxsiy va nasabiy aloqalariga qaraganda yepiskoplardan ko'ra ko'proq
dunyoviy hokim edilar.
Mayda bo'laklarga ajralib ketgan tarqoq Italiya muttasil fitnalar, yashirin diplomatik
makrlar, o'zaro mayda adovat, janjal va urushlar maydonidan iborat edi. Bularning hammasi
boshqa yirik chet mamlakatlarning Italiya ishlariga aralashuviga sabab bo'lardi. 1494 yildan
Italiyaga fransuz feodallari bostirib kira boshladi. Italiya bilan Fransiya o'rtasidagi urush
to'xtabto'xtab 60 yildan ortiqroq davom etdi va faqat 1559 yilda to'xtadi. Fransuzlardan
tashqari XVI asrda gabsburglar dinastiya (sulola)sining vakili bo'lgan imperator Karl Vhykmronligi
ostida 'qolgan ispan va german feodallari ham Italiyaga bosib kirdilar. Fransuz, ispan va
german qo'shinlari Italiyani taladilar va xonavayron qildilar. XVI asrning birinchi yarmida
hali ham qudratli bo'lgan Turkiya imperiyasiga qarshi kurashda Venetsiyaga katta kuch sarflashga
to'g'ri keld'i.
Noqulay xalqaro vaziyat va chet davlatlarning to'g'ridanto'gri pnterventsiyasi Italiyani yanada
kuchliroq iqtisodiy va syayosiy tushkunlikka olib keldi.
Savonarolaning chiqishi. Italiyada fransuz urushlari boshlapgani munosabati bilan Florentsiyada
davlat to'ntarishi yuz berdi. Fransuzlar bostirib keladi, degan ovozalar tarqalishi bilan,
xalq ommasi Medichilarning zulmiga qarshi qo'zg'olon ko'tardi. Florentsiyada birmuncha vaqtgacha
(1494 y.) respublika qpytadan tiklanib turdi. Dominikanlik monax Savonarola (M52—1498)
respublika ishlariga g'oyat katta ta'sir ko'rsatdi. Florentsiyadagi o'rta va xonavayron bo'lgan
mayda hunarmandlar klpfiyatini aks ettirib, Savonarola o'z va'zlarida boylarniig d.mbdabali
va turmush bekorchiligidan kelib chiqayotgan bema'pitarchilikdarni qattiq qoraladi va bir qancha
mo''tadil ijtimoiy "islohotLar — daromad solig'ining progressiv ko`rinishini joriy .dilish,
kambag'allarning qarzlarini bekor qilish, sudxo'rlarni haydab yuborish, shaharlarda qarz beruvchi
kassalar tashkil etish va hokazolarni talab qildi. Savonarola Rim papasini ham qattiq
qoralab, papa saroyiga, undagi dabdaba va boy • li'kka la'nat o'qidi. Savonarola
fransuzlarni «gunohga botgan Italiyaga» qarshi «xudo yog'dirgan qahrg'azab» oqibati deb hi
soblaydi.
Fransuz bosqinchilari o'zlarining talonchiligi va jabr-zulmlari bilan tezda ital`yan
jamiyatining hamma sinflarini o'zlariga qarshi qo'zg'atdilar. Florentsiyadan tashqari yana Nea f
polni ham bosib olgan fransuz qiroli Qarl VIII ning dastlabki muvaffaqiyatlari ital`yan
davlatlarining unga (qarshi birlashuviga olib keldi. Fransuzlar shoshilinch ravishda Italyayadan
chiqib ketishga majbur buldilar. Fransuzlarning chiqib ketishi bilan Savonarolaning mavqei ham
bo'shashdi. U 1498 yilda papaning amri «bilan qamoqqa olindi va sud qilinib, gulxanda
kuydirildsh Qochib ketgan Medichilar 1512 yilda ispanlar yordami' bilan qaytadanhokimiyat
tepasiga chiqib oldilar.
1527 yilda Rimning talanishi. XVI asr boshida Italiya urushqoq qirol Frantsisk I Valua
boshchiligidagi fransuz feo.dallari bilan nomi tilga olingan imperator Karl V Gabsburg
rahbarligidagi ispangerman feodallari o'rtasida shiddatli ~urush maydoniga aylandi. 1525
yilda Paviya shahri yonida bu ikki dushman o'rtasida qattiq jang bo'ldi. Bu jangda Fransisk I
batamom yengilib, Karl V uni asir oldi. Papa Kliment VII Gabsburglarling juda kuchayib
ketishidan qo'rqib, imperatorga qarshi Fransiya bilan Angliya ishtirokida Italiya davlatlarining
koalitsiyasini uyushtirishga harakat hildi. Karl V buni bilib qolib, 1527 yilda o'z qo'shinlariny
Rimga yubordi. Papa asir olindi, Rim zsa yanada shafqatsiz tarzda talandi. Un minglarcha Rim
aholisi va shu jumladan, juda ko'p * xotinqizlar va bolalar o'ldirildi. Landoknextlar papa
saroyi — Vatikanga kirib, uni ham taladilar va ko'p joylarni vayron qildilar. 1527 yil 6
maydagi «talontoroj kuni» ital`yanlar xotirasida uzoq vaqtlargacha dahshat va benihoya katta
milliy baxtsizlik kuni bo'lib qoldi.
Keyingi uyg'rnish. Mamlakatda iqtisodiy tushkunlik bosh
.langaniga va siyosiy vaziyatning og'ir bo'lishiga qaramasdan,
^Italiya XVI asrning birinchi yarmida hali buyuk gumanistik ma
daniyat markazi bo'lib qola berdi. Utmishda to'plangan moddiy
«boyliklar hamda XVI va XV asrlarda yetishib chiqqan olimlar,
«yozuvchilar, rassomlar, haykaltaroshlar, arxitektorlar va Uyg'o
nish madaniyatining boshqa namoyandalari xuddi mana shu vaqtda
eng yetuk samaralarini berdi. Florentsiyaning eng mashhur siyosiy
^rbobi Nikkolo Makiavelli (1469—1527) ulkan muta
fakkir, tarixchi, huquqshunos va faylasuf bo'lgan, Makiavelli «Florentsiya tarixi»ning muallifi
hamda qadimgi Rim tarixchisi Tit Livii va antik davrdagi boshqa mualliflar yozgan asarla^ning
sharxlovchisidir. Ammo u ayniqsa o'zining «Podshoh» degan (taxminan 1512 yilda yozgan) kitobi
bilan shuhrat qozsn' gan. Makiavelli bu kitobida Italiyaning o'sha davrdagi ilg'or
sinflarining milliy birlik yo'lidagi intilishlarini yaqqol ifodalab bergan. Makiavelli o'z
zamonasidagi ital`yan shahar respublikalari siyosiy tuzumining inqirozini aks ettirsa ham,
respublikachilik qarashlardan voz kechadi. U butun umidini monarxiyam bog'laydi va monarxiya
Italiyaning tarqokligiga barham berib, uni Ispaniya va Fransiyaga o'xshash markazlashgan yagona
davlatga aylantirishi kerak, deb umid qiladi. Makiavelli «Podshoh» asarida katta tarixiy
tajribani umumlashtirdi. Makiavelli XV—XVI asrlardagi g'arbiy yevropa qirollari va
hukmronlarining (aynihsa Fransiyadagi Lyudovik XI va Italiyadagi Sezar` Borjianing) amaliy
ishlarini o'rganib, yevropa olimlari orasida birinchi o'laroq o'z kitobida absolyutizm
nazariyasini beradi, u absolyutizmni shunday bir davlat deb qaraydiki, unda huquqning negizi
zo'rlikdir, unda monarxlar hech handay printsiilarga yoki axloq hoidalariga amal hil
maydilar, balki faqat o'z manfaatlari nuhtai nazaridangina ish qiladilar. Keyinchalik
Makiavellining «Podshoh» asari Yevropadagi vahatto Sharqdagi ko'pgina monarxlar uchun uzoq
vaqtgacha dasturilamal bo'lib qoldi, monarxlar o'z absolyut va mustabid siyosatida
Makiavellining maslahatlarini amalda qo'llanib keldilar.
Keyingi ital`yan Uyg'onish davrida tabiiyot va matematika fanlari sohasida katta
muvaffaqiyatlarga erishildi. Mashhur Leonardo da Vinchi (1452—1519) eng ajoyib olim —
injener, fizik, anatom, matematik, astronom va geolog bo'lish bilan |birga g'oyat ulug'
rassom ham bo'lgan.
Leonardo da Vinchi yaratgan «Pinxoniy tanavvul», «Madonna Litta», «Jokonda» singari
kartinalar Uyg'onish davridagi ital`yan san'ati ravnaqining buyuk namunalari sifatida butun
dunyoga mashhurdi?. Leonardo da Vinchidan boshqa yana M ikelanjelo Buonarotti (1475—1564),
Rafael` Santi (1483—1520) va Vtgchel`o Titsian (1477—1576) kabi genial rassomlar va
haykaltaroshlar Uyg'onish davrining buyuk san'atkorlari bo'lishgan.
Mikelanjelo buyuk haykaltarosh va rassom bo'lib, tavrot va antik syujetlarda juda ko'p asarlar
yaratgan, u o'zining asarlarida zavq, kuch va g'ayrat barq urib turgan azamat figuralarni
tasvir etadi. Rafael` onalik go'zalligini g'oyat yorqin tasvir etgan ko'plab madonnalari bilan
mashhurdir. U yaratgan «Sikstin madonnasi» (Drezden gallereyasida saqlanadi) ayniqsa
mashhurdir. Bu asar rasmning alohida nafisligi va nozikligi bilan ajralib turadi.
Titsian portretlar san'atkoridir. Frantsisk I va Karl V. ning ham ko'pgina portretlarini
Titsian chizgan, bu asarlar g'oyat chuqur realistik uslubda ishlangan.
Rimdagi avliyo Pyotr sobori keyingi Uyg'onish davridagi Italiya arxitektura san'atining g'oyat
buyuk yodgorligidir. Bu sobor butun asr davomida qurilgandir (1506 yilda boshlanib, 1590
yilda qurilib bo'lgan). Uning balandligi 132 metr bo'lib, 15 ming kv. metr maydonni
egallaydi (ayo Sofiya esa 6800 kv. metr maydonni egallaydi). Sobor Uyg'onish davrining
arxitektura uslubida boshlanib, shundan ancha keyingi barokko uslubi1 elementlari bilan
chatishib ketgan.
XVI asrning ikkinchi yarmida ital`yan madaniyati. XVI asrning ikkinchi yarmida ham Ita.liyaning
iqtisodiy tushkunligi davom etdi. Italiya yangi jahon savdo markazlaridan tobora chetlasha
bordi. Gabsburglarning Valua bilan bitim tuzishi natijasida Italiya 1559 yilgi Kato
Kambreziya sulhiga muvofiq uzil-kesil Ispaniya hukmronligi ostiga o'tadi (Neapol`, Milan va
boshqalar). Xorijiylarning og'ir milliy zulmi hukmronlik qilgan uzoq davr boshlanadi.
Mamlakatning ichki savdo va sanoati yana pasayadi. Ayrim shaharning aholisi bir necha baravar
kamayib ketadi. Feodal dvoryanlar va klerikal elementlarning ahamiyati kuchayadi. Uz
pomeshchiklariga to'laydigan soliqlar dastidan ezilgan dehqonlar yana buning ustiga juda ko'p
va og'ir d^vlat soliqlari ham to'lashga majbur bo'ladilar, bu soliqlardan keladigan daromad
Italiyadagi mayda va juda mayda davlatlarning xarajatiga, qisman chet el feodallari
foydasiga sarf qilinadi. Mamlakatda banditizm avj olib, kundalik hodisaga aylanib qolgan
edi. Bu sharoitda ital`yan madaniyati pastlab ketadi. Mashhur ital`yan shoiri Torkvato Ta yee o
(1544—1595) salib yurishlari syujetini o'z ijodining temasi qilib oladi («Ozod qilingan
Ierusalim» dostoni) va ritsarlikni hamda diniy jo'shxurujni ko'klarga ko'tarib maqtaydi.
Ilmiy tekshirishlar endi Italiyada quvg'in ostiga olinadi. Kopernik ta'limotini targ'ib qilgan
ital`yan olnmi astronom Galileo Galiley (1564—1642) inkvizitsiya turmasiga tashlanadi va
Kopernik qarashlariga qo'shilganligidan hammaning oldida voz kechishga majbur bo'ladi.
Inkvizitsiya Galileyni umrbod qamoqqa hukm qilib, bu hukmni qishloqqa surgun qilish bilan
alMashtiradi. Galiley umrbod inkvizitsiya ta'qibi ostida bo'lib, qishlohda vafot etadi. Yana bir
olim — astronom, shoir va faylasuf Jordano Bruno (1550—1600) ham papa inkviziyasining
hukmiga muvofiq gulxanga tashlanib kuydirildi.
XVI asrning oxirlari va XVII asrning boshlarida yashagan dominikanlik monax Tomazo Kampanello
(1568—1639) I Ggaliyaning atoqli mutafakkirlaridan biri edi. Kampanella 1600 yilda ispan
Gabsburglarining zulmiga qarshi Kalabriyada ko'tarilgan qo'zg'olonda qatnashdi. Kampanella
qo'zg'olon vaqtida qamoqqa olinib, salkam 25 yil umrini har xil turmalarda o'tklzdi. U
turmada ekanida utopik xarakterdagi «Quyosh shahri» («Civitas Solis») degan asarini yezdi.
Kampanella bu asarida ijian negizida va mehnatni planli tashkil etish aeosiga qurilgan ideal
kommunistik jamiyat tuzumini tasvirlaydi, u tasvirlaI'iin jamiyatda xususiy mulk,
tekinxo'rlar bo'lmaydi, ortiqcha mehnat bilan band bo'lmagan kishi o'z jismoniy va ma'naviy
kuchlarini garmonik tarzda kamol topdiradi. Kampanellaning «Quyosh shahri» asari Morning
«Utopiya»si bilan birgalikda Yevropada ijtimoiyistik fikrning ilk rivojlanishini aks ettirgap
eng ajoyib asar bo'lgan edi.
Neapolda Mazan`ello qo'zg'oloni. Ispaniyaga qaram bo'lgan Neapol` qirolligi Italiyaning boshqa
mamlakatlari ichida eng ogir ahvolda qolgan mamlakat edi. Bu mamlakat iqtisodiy jihatdan
nihoyatda zaif edi. Shaharlari va sanoati tanazzulga uchrab, qishloq tobora qashshoqlashib bordi.
Ispan hukumati esa soliqlarni ha deb oshira berdi. 1558 yilda 1 million 770 ming dukat
barobarida soliqlar solingan bo'lsa, 1620 yilda ooliqlarning miqdori 5 million dukatga
yetdi. 1647 yilda^keng iste'mol mollariga (kambag'allarning asosiy ovqati bo'lgan meva
va sabzavotga) yang'i soliq joriy qilinishiga javoban, Neapolda qo'zg'olon ko'tarildi. Bu
qo'zg'olonda hunarmandlar, mayda savdogarlar va ishchilar qatnashdi. 1647 yil 7 iyuldagi
qo'zg'olon natijasida Neapol` xalq ommasi qo'liga o'tdi. Mazan`ello laqabi bilan mashhur
bo'lgan Tomazo An`ello boshchiligida demokratik hukumat tuzildi. Shahar rasmiy jihatdan ispan
qirolig'a sodiq bo'lib qoldi. Faqat uning amaldorlariga qarshi hujum qilindi, xolos.
Neapolni o'zining qarorgohi qilio o'tirgan qirol noibi qo'zg'olonchilarga birmuncha yon berishga
majbur bo'ldi. Jumladan, xalqning ayniqsa g'azabini qo'zg'atuvchi soliqlar bekor qilindi.
Mazan`ello shahar lashkar boshlig'i, generalkapitan sifatida tanildi. Ammo, oradan ko'p
o'tmay, ispan hokimlari tomonidan yollangan kishilar xalq yo'lboshchisi AGazan`elloni
o'ldirdilar.
Biroq Mazan`elloning o'limiDan keyin ham harakat to'xtamadi. Butun viloyat Neapolga qo'shildi.
Neapol` respublika deb e'lon qilindi. Miltiq ishlab chiqaruvchi manufaktura egasi Jennaro
Anneze degan kishi demokratik hukumatga bosh bo'ldi. Neapol` dvoryanlari ispanlar tomonida
edi. Harakat rahbarlari bu vaktda Ispaniya bilan urush holatida bo'lgan Fransiyaga tayanib ish
ko'rmoqchi bo'ldilar. Ular Lotaringiya gersogi Genrix Gizni qirollikka taklif qildilar va u
Neapolga keldi. Lekin Fransiyaning kardinal Mazarini hukumati Neapoldagi ishlar uchu'n
yetarli darajada harbiy kuch ajrata olmadi. 1648 yil bahorida ispan ma'murlari qo'shin bilan
Neapolga qaytib keldilar va harakatning demokratik qatnashchilarini shafqatsiz jazoladilar.
Anneze osib o'ldirildi. Gersog Gizni esa turmaga qamadilar, ammo >oradan ko'p vaqt o'tmay,
fransuz hukumatining talabiga muvofiq u turmadan ozod qilindi. Yangi tuz solig'i joriy
qilinishi munosabati bilan 1647 yilda Sitsiliyada ham hukumatga qarshi xuddi shunday harakat
boshlandi. Ispanlar Sitsiliyadagi harakatni Neapoldagi harakatdan oldin bostirdilar. Ammo
bu'harakatlarning har ikkalasi ham Italiya xalq ommasining chet el zulmiga qarshi nafratini
ifoda qilganligi jihatidan juda muhimdir. Bu harakatning har ikkalasi .keyinchalik — XVIII
asrda va XIX asrning birinchi yarmida butun Ytaliyani qamrab olgan keng milliy harakatning
uzoq o'tmishdagi kO`rtagi hisoblanadi.
XL BOB
ISLOHATTSIYA VA DEHQONLAR URUSHI DAVRIDA
GERMANIYA
GERMANIYA ISLOHATTSIYA ARAFASIDA .
XV asr oxiri — XVI asr boshida Germaniyaning iqtisodiy ahvoli. XIV va XV asrlarda nemis
sanoati bir qancha muvaffaqiyatdarga erishdi. Kon sanoaty (ayniqsa kumush qazib chiqa
|)psh) va metallurgiya ko'p darajadarivojlandi. Tirol, Garts, Saksoniya va Vestfaliya kon
sanoatining markazlari edi. Metallurgiya ishlab chiqarish (xvcycaH qurol-yarog' ishlab chiqarish)
•*sa ko'proq Reyn mintaqai va Yuqori Dunay shaharlarida rivoj topdi. To'qimachilik sanoatining
turli sohalari: movut to'qish, zig'ir tola, shoyi to'qish va ipgazlama sanoati ham o'sha mintaqa
larda keng taraqqiy qildi. G'arbda Kyol`n, Vorms, Aaxen shaharlari, janubda Augsburg,
Nyurnberg, Ul`m shaharlari eng yirik sanoat markazlari ediGSanoatda hali asosan sex
sistemasi ustunlik qilardi. Ammo kon sanoatida ancha chuqur shaxtalar ishga solinishi
munosabati bilan manufaktura usuli tobora kengroq yoyilib bordi. To'qimachilik sanoatida
shahar atrofidagi va qishloq joylardagi sexlar bilanbir qatorda korchalon kapitalistga
ishlaydigan xonaki «tarqoq» manufaktura sistemasi rivojlanib bordi. Ba'zi joylarda
(masalan, Kyol`nda) qisman to'qimachilyk sanoatida, qisman metallni ishlash sanoatida
markazlashgan manufaktura uchrab turardi. XV asrda va XVI asr boshlarida Germaniya xalqaro
savdo-sotiq ishlarida katta rol o'ynadi. Uning Italiya, Fransiya, Niderlandiya, Angliya,
Skandinaviya mamlakatlari, Pod`sha va Rossiya bilan olib borgan savdosi muhim ahamiyatga
ZG'gGedi. Germaniya umumevropa savdosida bog'lovchi zveno bo'lib,P^shyupaning janubini shimol
bilan janubiyg'arbiy mamlakatlardi shimoli-sharqiy mamlakatlar bilan bog'lardi. Shimoliy
Germaniyaning Ganzeyga qarashli Lyubek, Gamburg, Bremen va boshqa shaharlari XV asr
oxirlarida, garchi endi monopollikni qo'ldan bergan bo'lsalar ham, shimoliy savdoda har holda
asosiy o'rin tutardilar. Reyn mintaqaidagi shaharlar qo'shni Niderlandiyaning iqtisodiy ta
raqqiyoti 'bilan mahkam bog'langan edilar; Shvabiya (Yuqori Dunay) shaharlari Italiya bilan olib
boriladigan savdodan hatto bunj geografik kaShfiyotlardan keyin uzoq vaqtlargacha katta
foyda olib turdilar.
XVI asr boshlarida GermaniyaDa juda katta banksudxo'rlik firmalari bor edi; bu firmalarning
bir qism mablag'lari ishlab chiqarishda (ko'proq kon sanoatida) band . bo'lsa, bir qismini ular
imperatorga va katta knyazlarga qarzga berardilar. Bu firmalar orasida eng kattasi
Fuggerlar xonadoni bo'lib, ularning kapitali bir necha million gul`den hisoblanardi. Biroq
Germaniya iqtisodiy jihatdan juda notekis taraqqiy qilmoqda edi. Juda yaxshi taraqqiy qilgan
mintaqalar va okruglar bilan bir qatorda mamlakatning markazida mayda tovar sex tuzumi hukm
surgan, juda tor doirada savdo olib boradigan, chet el savdosida ishtirok etish u yoqda
tursin, hatto Germaniyaning boshqa tumanlari bilan mol ayirboshlashdan mutlaqo chetda turgan
qoloq mintaqalar ham bor edi.
F. Engel`s «Germaniyada dehqonlar urushi» kitobida (bu ki« tob birinchi marta 1850 yilda
bosilib chiqqan) Germaniyaning islohatdan ilgarigi iqtisodiy rivojlanish darajasini qu

yidagicha xarakterlagan edi: «...Germaniya milliy ishlab chiqarishining rivoji boshqa


mamlakatlarning ishlab chiqarish taraqqiyotidan hali orqada qolib kelmoqda edi. Nemis
dehqonchiligi ingliz va Niderlandiya dehqonchiligidan ancha keyinda turar, nemis sanoati
ital`yan, flamand va ingliz sanoatidan juda past turar, dengiz savdosida esa inglizlar va
ayniqsa gollandlar nemislarni borgan sari ko'proq siqib chiqara bosh
lagan edilar»1. Mamlakatning aholisi hali ham juda siyrak edi. Germaniyaning savdosanoat
markazlari o'ziga xos tarzda joylashgan edi. Ular mamlakatning chekqalarida bo'lib, iqtisodiy
jihatd'an ichki bozorlardan ko'ra ko'proq (va asosan) tashqi bozorlar bilan bog'langan edilar.
«Janubning savdo aloqalari va mol sotish bozorlari shimolnikiga qaraganda butunlay boshqacha
edi; sharq va g'arb birbirlari bilan deyarli mutlaqo mol ayirbosh qilmas edilar. Angliya uchun
London mamlakatning sanoat va savdo markazi bo'lib qolgan bir paytda, bu yerda hech bir shahar
sanoat va savdo markazi bo'la olmadi»2.
Ammo keyinchalik F. Engel`s 1470—1530 yillardagi davr uchun Germaniya iqtisodida ancha
muvaffaqiyatlar bo'lgapligini tan olgan, kon ishining muvaffaqiyatlarini hamda shu davrda
Germaniyaning xalqaro savdosishshg roli oshganligini ayniqsa ta'kidlab ko'rsatgan edi3.
XVI asrning boshlarida nemis qishloqlarida dehqonlar ommasi uchun nihoyatda ziddiyatli va og'ir
vaziyat vujudga keldi. Umuman olganda qishloq xo'jaligida hali ishlab chiqarishning feodal usuli
hukmronlik qilar edi. U yoki bu formada qaram dehqonlik zulmini chekayotgan dehqonlar asosiy
ishlab chiqaruvchi hisoblanardilar. Reyn sohilidagi viloyatlarning ayrim tumanlaryni hisobga
olmaganda (Vestfaliyada, qisman Frankoniyada) yirik kapitalistik, Meyer arendasi deb
ataladigan arenda rivojlana boshladi. Germaniyaning qolgan qismida mayda dehqon xo'jaligi
hukmronlik qilardi. Tovarpul munosabatlari qishloqqa kirib kela boshladi. Dehqonlarning
ko'p sonli mahalliy shaharlar bilan savdo aloqasi zndilikda ancha doimiy va muntazam
xarakterga ega bo'lib qolgan edi. Ammo qishloqqa pul munosabatlarining ana shu tariqa kirib,
kelishi natijas.ida qaram dehqon va yarim qaram dehqon dehqonlar o'rtasidagi — bir tomondan,
mayda tovar ishlab chiqaruvchilar, ikkinchi tomondan feodal, butun feodal qaram dehqonlik
sistemasi o'rtasidagi ziddiyatlar kuchliroq namoyon bo'la boshladi.
Islohattsiya arafasida Germaniyaning sinfiy strukturasi. XVI asr boshidagi Germaniyada sinfiy
munosabatlar juda murakkab edi. Bu munosabatlar endi sof feodal munosabatlar bo'lmay
qolgan edi. Kapitalistik elementlarning o'sayotganliti ayon bo'lib qoldi. Feodal sinflarning
o'zlari tabaqalarga ajralmoqda va aynimoqda edi. German jamiyatining deyarli hamma sinflari
xalq ommasining mavjud tuzumdan noroziligi, dehqonlarning va hatto o'rta sinflarning
ham hukmron yuqori feodal tabaqalarga qarshi nafrat bilan qaraganligi yaqqol ko'rinib
turardi.
Feodallar orasidagi hukmron tabaqa imperiya knyazlari (ular o'rtasidagi juda ko'p diniy
knyazlar — arxiepiskoplar, yepiskoplar va eng katta abbatlar) edi. Imperator hokimiyati
tushkunlikka yuz tutishi bilan imperiya knyazlari jinoiy ishlar sudini boshqarish, soliqlar
to'plash, pul zarb qilish va shu singari huquqlarga ega bo'lgan mustaqil hukmronlarga aylanib
bormoqda edilar.
Eng yirik feodalknyazlarning kuchqudrati ortib borgan sari, buning aksicha, mayda
dvoryanlarning — ritsarlarning holi tobora tang bo'lib bormoqda edi. Uqsochar miltiqning kashf
etilishi va piyoda askarlarning roli ortib borishi bilan, otliq askarlikni kasb qilib olgan
ritsarlarning ahamiyati tobora yo'qolmoqda zdi. Ayni zamonda ular iqtisodiy tomondan ham
xonavayron bo'lish darajasiga yetib qolgan edilar. Uz yerlaridan va qaram dehqonlaridan
keladigan daromadlari tovarpul munosabatlarining rivojlanishi tufayli o'sib borayotgan
ehtiyojlarini krndirmas edi. Ritsarlar qnyazlarga va ayniqsa Germaniyadagi eng ko'p va
katta-katta yer egasilarga egalik qilib boyib ketgan oliy ruhoniylarga hasad bilan
qarardilar. Risarlar katta yo'llarda yo'l to'sarlik bilan shug'ullanib, savdogarlarning
karvonlariga hujum qilar va qo'shni shaharlardan yoki hatto ayrim fuqarolardan tovon olish
uchun har qanday bahona qidirar edilar.
Shahar aholisiga dastavval shahar aristokratiyasi, ya'ni patritsiylar kirar edi, ular hali ham
bir qancha shaharlarda hokimiyatni o'z qo'llarida sahlar va tashhi savdoda, banksudxo'rlik
muomalalarida va qisman ich1ki savdo ishlarida katta rol o'ynardilar. Shahar aholisining
o'rta tabaqasi, ya'ni byurgerlar shaharliklarning eng ko'p sonli sinfini tashkil etardi. Bu sinf
hunarmandlardan, savdogarlardan va qisman paydo bo'lib kelayotgan manufaktura zgalaridan
iborat edi. Ular knyazlarning hukmronligidan, oliy ruhoniylarning boyligidan, har xil
cherkov soliqlaridan to'plangan katta-katta pullarning har yili Italiyaga yuborilishidan,
ritsarlarning talonchiligi va zo'ravonligidan g'azablanardilar. Imperiyaning siyosiy tarqoq
ligi savdo va sanoatning rivojlanishiga to'sqinlik qilib turgan asosiy g'ov edi.
Shakllanayotgan burjuaziya sifatidagi byurgerlarning manfaatlari nuqtai nazaridan mamlakatni
markazlashtirish mutlaqr zarur edi. Ammo nemis byurgerlari burjua sinfi bo'lib hali sira
tarkib topgan emas edi. Ular tarqoq bo'lib, tor mahalliy manfaatlar doirasidan chetga chiqmay
yashar edilar. Jamiyatda ularning siyosiy ahamiyati hali yetarli darajada yuksak emasdi.
German shaharlarida ko'pgina plebey, yarimproletar elementlar ham bor edi. Qashshoqlashib
qolgan, sexdan tashqaridagi shahar hunarmandlari ham, xalfalar ham, krepostniklar zul
miga chidolmay, shaharga ko'chib yoki qochib kelgan va bu yerda; lyumpen proletariatga aylangan
dehqonlar ham plebeylar tarkibiga kirardilar. Bu besaranjom element patritsiy va byurger
larni ham, kiborlardan, ruhoniylardan bo'lgan feodalpomeshchiklarni ham yomon ko'rardi. Shahar
plebeylari dehqonlar harakatiga qo'shilib, bu harakatga g'oyat katta yordam ko'rsatardilar.
Eng ko'p sonli va asosan ekspluatatsiya qilinuvchi asosiy sinf dehqonlar edi. Yuqorida aytib
o'tilganidek, dehqonlar qaram dehqonlik zulmini boshdan kechirardilar. To'g'ri, krepostniklarga
shaxsan qaram bo'lgan dehqonlar ozchilik edi. Nemis dehqonlarining ko'pchiligini qaram
dehqonlar deb atalgan, ya'ni Ma'lum miqdrrda pul obroki (chinshi) va har xil mahsulot
majburiyatlari to'lash sharti bilan ota-bobosidan meros qolgan yer bo'laklariga egalik qiluvchi
dehqonlar tashkil etardi. Ammo XV asrning so'nggi o'n yillarida XVI asr boshlarida yerga
egalik qilish shartlari tobora og'irlasha bordi.
Feodallar o'z daromadlarini oshirishga intilib, dehqonlar beradiganto'lovlarni har qanday
yo'llar bilan oshirar, dehqonlardan yangi barshchinalar talab qilar, ularning chek yerlarini
qirqar, al`mendlarni, ya'ni jamoalarga qarashli o'tloqlar, bo'sh yerlar, o'rmon, ko'l va shu
kabilarni o'z ixtiyorlariga o'tkazib olardilar.
Dehqonlar feodallarga beradigan har xil to'lovlardan^tashqari, mahalliy knyazlarga ko'pdan
ko'p davlat soliqlari to'.tar^ cherkovga har xil to'lovlardan boshqa yana ushur ham berar
edilar. Butun Germaniyada katolik cherkovi uchun don bilan «katta ushur» to'planardi. Ammo
buning ustiga ko'p joyda yana (sabzavot bilan to'lanadigan) «kichik ushur» va (chorva mollari
..bilan to'lanadigan) «qon ushuri» ham olinardi.
XV asr oxiri — XVI asr boshlarida dehqonlar harakati. Dehqonlarning ahvoli yomonlashganligi
XV asr oxiri va XVI asr boshlarida dehqonlarning ko'p g'alayonlariga sabab bo'ldi. Sharqiy
Frankoniyadagi yepiskop Vyurtsburgokiy mulkidan 1476 yili ko'tarilgan dehqonlar qo'zg'olonini
zamondoshlar birinchi dehqon fitnasi deb ataganlar. Bu qo'zg'olonga Niklasgauzen qishlog'idan
chiqqan Gans Begaym degan podachi boshchilik qilgan. Gans Begaym dehqonlarga «ilohiy qonun»ga
ko'ra hamma obroklar, barshchinalar, soliqlar va pomeshchiklarga («xo'jayynlarga») to'lanadigan
boshqa to'lovlar bekor qilinishi kerak, hamma ishlamog'i va hech kim boshqalardan ortiq narsaga
ega bo'lmasligi kerak, deb tushuntirgan. Gans nomining o'zi (bogemiyalik, ya'ni chex bo'lganli
gi) va u olib borgan propagandaning mazmun jihatidan guschilarning qaram dehqonlikka qarshi
chiqishiga o'xshashligi guschilik ideyalarining XV asrda hatto G'arbiy Germaniyaga ham yoyilgan
ligini aniq ko'rsatib turibdi. Gans Begaymning va'zini eshitgani minglab dehqonlar
to'planishgan. Yepiskop Vyurtsburgskiy o'z xizmatchilariga podachi voizni ushlab qamashni buyurgan.
Shundan keyin dehqonlar o'rtasidagi harakat to'xtab qolgap.
Dehqonlarning «Boshmoq ittifoqi»1 deb nom olgan boshqa bir harakati ancha kuchli bo'lib, keng
yoyilgan edi. «Boshmoq ittifo>qi»^ dehqonlarning fitnachi tashkiloti bo'lib, oradagi
uzilish.lar 'bilan 25 yildan ko'proq vaqt ish olib borgan. «Boshmoq» nomi birinchi marta
janubig'arbiy Germaniyada XV asrning 30 va 40 yillaridayoq uchraydi, xususan, ingliz
fransuz Yuz yillik urushi davrida Germaniya hududiga bostirib kirgan fransuz
feodallariiing ayrim to'dalari — Arman`yaklar' va boshqalarga qarshi nemis dehqonlarining
chiqishlari ana shu shior ostida o'tgan edi. Tuzukroq shakllangan yashirin tashkilot sifatida
«Boshmoq» 1493 yilda El`zasda paydo bo'lgan. U bostirilgandan keyin harakat Reynning o'ng
qirg'og'iga — Baden va Shvabiyaga o'tgan. 1502 yilda «Boshmoq»ning yangi qo'zg'oloni to'g'risidagi
plani ma'lum bo'lib qolgan. Bunga Ioss Frid degan dehqon rahbarlik qilgan. «Boshmoq»ning
xurujlari 1513 va 1517 yillardagi fitnalar bo'ldi. Bu fitnalar ham ochilib qolgandan keyin,
uning tashkilotchilari Shveytsariyaga qochib ketdilar. Ulardan ba'zilari 1525 yilgacha yashab,
vatanlariga qaytib ketdilar va Ulug' dehqonlar urushida ishtirok etdilar. «Yeoshmoq»
tarafdorlari tarqatgan varaqalarda dvoryanlarni dehqonlar ustidan hukmronlik qilishdan
mahrum etish, jamoa ixtiyoridagi yorlardan bemalol foydalanish uchun dehqonlarga erkinlik
berish, sudxo'rlar oladigan foizlarni bekor qilish hamda cherkov mulkini sekulyarizatsiya
qilib, bu yerlarni xalqqa berish va hokazolar to'g'risida talablar bo'lgan.
Nihoyat, XVI asrning boshida, taxminan 1503 yilda Vyurteibergda dehqonlarning «Qashshoq
Konrad» degan nom bilan yana bir inqilobiy tashkiloti paydo bo'ldi. 1514 yilda «Qashshoq
Konrad»ning fitnasi Vyurtemberg gersogiga qarshi ochiqdanochiq qo'zg'olonga aylanib ketdi. Bu
harakatda shaharliklar ham qatBashdi. Dehqonlar qo'ygan talablar orasida mahalliy landtagga
dehqonlarning vakillarini ham kiritish haqida modda bor edi. Avvaliga gersog birmuncha yon
berdi, ammo keyinchalik bu yon berishlardan voz kechib, Vyurtembergning qo'zg'olon ko'targan qish
loqlarini tor-mor qildi. «Qashshoq Konrad» rahbarlaridan bir qismi qo'lga olindi, bir qismi
esa Shveytsariyaga qochib ketdi.
Germaniyaning siyosiy tarqoqligi va imperator hokimiyati. XV asrning oxiri — XVI asrning
boshlarida Germaniya hali siyosiy jihatdan tarqoq mamlakatligicha qolgan edi. Bu vaqtga kelib
markazlashgan Angliya va Fransiyaga qaramaqarshi o'laroq, Germaniya hali ham aslida ayrim
feodal knyazliklari va erkin shahar federatsiyasidan iborat edi. Feodal knyazliklari va erkin
shaharlar esa faqat o'zlarining mahalliy partikulyar manfaatlarinigina ko'zlar edilar.
«Sof feodal v imperiyasi yemirilib borgan sari imperiya yerlari o'rtasidagi aloqalar ham
yemirilib bordi; yirik imperiya lenlarining egalari deyarli mustaqil davlatlarga aylana bosh
ladilar, bir tomondan, imperiya shaharlari, ikkinchi tomondan esa imperiya ritsarlari goh bir
birlariga qarshi, goh knyazlarga yoki imperatorga qarshi ittifoqlar tuza boshladilar»1.
Fridrix III hukmronligidan keyin imperator hokimiyatining ahvoli birmuncha o'zgardi2.
Imperator Maksimilian I (1493— 1519) Gabsburglarning meros yerlarini ancha kengaytirdi. Endi
Gabsburglar Avstriya, Shkiriya, Karintiya va Kraynadan tashqari yana Tirolni, Shvabiyadagi ancha
yerlarni hamda Maksimilian Mariya Burgundskayaga"uylanganda «sep» tariqasida olgan Ni
derlandiyaga ham ega bo'ldi. Ritsarlik va shaharlardan tuzilgan Shvabiya ittifoqi (1488 yil)
Frankoniya va Reyn viloyatlarini ham o'z ta'siriga oldi; bu ittifoq bevosita imperatorning
homiyligida bo'ldi. Maksimilian butun Germaniya ustidan markaziy hokimiyatni kuchaytirmoqchi
bo'ldi. U Germaniyada ham markaziy muassasalar tuzib, hamma soslovielarni, shu jumladan,
yirik feodallarni ham bu muassasalar hokimiyati ostita olishga urindi. Biroq imperatorning
doimiy soliq («imperiya puli») joriy qilish va doimiy imperiya armiyasini tuzish yo'lidagi
urinishlari natija bermadi. 1495 yilda reyxstag umumimperiya sudini tuzishni lozim topdi,
sud tarkibida knyazlar ko'pchilikni tashkil qilishi kerak edi. Knyazlar harbiy ishlar sohasidagi
islohatni.ham shunday qilib o'tkazmoqchi bo'ldilarki, mo'ljallangan doimiy umumimperiya qo'shini
islohat natijasida knyazlarga tobe bo'lib qolishi kerak edi. Pul yetishmaganligidan
Maksimilian Italiyada harbiy harakatlarni boshlab yubora olmadi, shu tufayli fransuzlarning XV
asr 90 yillarining oxiridagi harbiy yurishlari muvaffakiyatli bo'lib chiqdi.
Yangi imperator, Maksimilian I ning nabirasi Karl V (1519—1555) imperiyada o'ziga xos alohida
bir o'rin tutdi. Ayni vaqtda (ona tomondan Ferdinand va Izabellaning nabirasi sifatida)
Ispaniyaning ham qiroli bo'lgan Karl V Yevropadagi eng qudratli imperatorlardan biri bo'lib
qoldi. Lekin bir yo'la bir necha mamlakat (Ispaniya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va
boshqalarning) qiroli bo'lganligi tufayli Germaniyada markazlashgan siyosiy hokimiyat o'rnatishi
qiyin edi. Karl V ko'proq jahon davlati tuzish plani hamda Fransiya qiroli Frantsisk I ga
qarshi kurashish masalasi bilan band bo'lganligi tufayli Germaniyaning ichki ishlariga ko'p
e'tibor berolmas edi, shuning uchun u imperiya hokimiyatining obro'sini mustahkamlay olmadi,
aksincha, o'zi imperatorligining so'nggi yillarida uning obro'sini ancha pasaytirib qo'ydi.
Germaniyada katolik Cherkovi. O`rta asr oxirlariga kelib katolik cherkovi o'rta asr
Yevropasidagi boshqa mamlakatlarga qaraganda Germaniyada juda ham katta
imtiyozlarga ega bo'lib olgan edi. XVI asr boshlarida yigirmadan ortiq german prelati
(arxiepiskoplar, yepiskoplar, qisman katta monastirlarning abbatlari) ayni paytda
hududiy imperiya knyazi ha'm edi. Rim papasi Germaniyadan juda katta pul olardi, bu
mablag' ushurdan ajratilgan pullardan, ruhoniylik vazifasiga tayinlanganlardan olinadigan
puldan, indul`gentsiya (gunohlarni kechish yorlig'i) sotishdan, ko`pdan-ko`p nemis
piligrim (ziyoratchi)larning Rimga atab beradigan nazrniyozlaridan to'planar edi.
Agar Fransiya, Angliya va Ispaniyada kuchli qirol hoyushiyati mavjud bo'lganligidan papa
kuriyasiga beriladigan to'lovlar ozmiko'pmi (ba'zan ancha) cheklangan bo'lsa, Germaniyada
imperator hokimiyatining tushkunlikka uchraganligi papaniig bu mamlakatni istaganicha bemalol
ekspluatatsiya qilishiga imkoniyat berdi. German jamiyatidagi xilma-xil sinflar Rim
bilan tashkiliy bog'lanib, mustaqil ish ko'ruvchi boy ruhoniylarga dushman ko'zi bilan
qarardilar. Dunyoviy knyazlar va ri sarlar cherkov mulklarini musodara qilib, davlat
ixtiyoriga olishni orzu kilar edilar. «Jo'n cherkov» tuzishdan manfaatdor bo'lganliaharliklar
Rimga beriladigan og'ir to'lovlarga xotima berish, sosloviechilik asosida yashab kelayotgan
ruhoniylarni tugatish va cherkov jamoalarining ishlariga bevosita rahbarlikni byurgerlarga
topshirish uchun kurashardilar. Dehqonlar ruhoniylarniig yuqori tabaqasini, avvalo, renta (yer solig`i) puli,
ushur va boshqa harqanday to'lovlar yig'ib oladigano'z «xo'jayinlari»—feodallari deb bilardilar
(qishloqlardagi quyi tabaka ruhoniylar esa dehqonlardan juda kam farq qiladigan sharoitda
yashar edilar). Ritsarlar bilan bir qatorda cherkov feodallari (ayniqsa monastirlar) ham
ko'pincha dehqonlarni eng rahmsi* ravishda ekspluatatsiya qilar edilar, ular barshchinani kuchay
tirishga, chinshini kupaitirishga va jamoa yerlarini dehqonlar qo'lidan tortib olishga harakat
qilardilar. Shunday qilib, Germaniyada cherkov masalasi umumxalq milliy masalasi tusini
olgan edi. Shuning uchun nemis byurgerlari oppozitsiyasining namoyandalari o'z nayzalarini
birinchi navbatda katolik cherkoviga qarshi qaratganliklari ajablanarli emas edi.
Germaniyada gumanistik harakat. XV asrning oxiri — XVI asrning boshlarida Germaniyada
gumanizm o'zining ko'plab yozuvchilari va olimlariga ega edi. Ular katta ijtimoiy kuchga
aylangan edilar. Ularning asarlari odatda lotin tilida yozilgan bo'lsa ham, har holda ularni
eng, ma'lumotli shaharliklar, shuningdek, ritsarlarning mailumotliroq qismi o'qir edi. Deyarli
hamma universitetlarda gumanistlar ko'proq yoki kamroq, miqdorda o'z tarafdorlariga ega
edilar; ular orasida «yangifan»ning chinakam tashabbuskorligi uchrab turardi. XVI asrning
boshlarida Erfurt universiteti huzurida vujudga kelgai.
to'garak gumanizmning ayniqsa kuchli markazi bo'lib qoldi. Bu to'garakning rahbari ko'p
vaqtlar Italiyada yashagan va u yerda neoplatonizm falsafasi bilan tanishgan My sian Ruf (1471
—1526) edi. Mutsian Ruf sxolastikaning ashaddiy dushmani bo'lib maydonga chiqdi.
Sxolastlarning bosh markazi Kyol`n universiteti bo'lib, ular Mutsianning shogirdlari («Mutsian
otryadi»— gumanist adabiyotchilar va faylasuflarni) juda yomon ko'rardilar. Ul`rix fon Gutten
ham (1488—1523) Mutsian Ruf maktabidan chiqqan edi. U'asli ritsarlardan bo'lib, publi
sistikani kasb qilib olgan va keyinchalik Lyuter islohattsiyasiga qo'shilgan edi. Ammo nemis
gumanistlari ichida eng mashhurlari, Gutten ta'biricha, «Germaniyaning ikki ko'zi», ikki
filolog olim — Erazm Rotterdamskiy, (1467—1536) bilan Iogann Reyxlin (1455—1522)
edi.
Erazm Rotterdamskiy. Erazm Rotterdamskiy Gollandiyaning Rotterdam shahrida tug'ilgan edi. U
XV asrning 90 yillari va XVI asrning birinchi o'n yilida turli mamlakatlarda — Fransiya,
Angliya, Germaniya va Italiyada yashadi. 1513 yildan boshlab, u Bazelda muqim turib qoldi. Grek
va lotin tilini juda yaxshn bilgan Erazm gumanist olimlar olamida dastavval o'zining
filologiya bobidagi asarlari bilan juda mashhur edi. Erazm o'zining adabiy asari bo'lgan
«Betamizlik madhiyasi» (1509 yil) degan satirasi bilan ayniqsa katta shuhrat qozondi.
Minbarda turib oa'z o'qiyotgan xotin sifatida berilgan «Betamiz» o'z xislatlarini maqtaydi va
o'z nutqida barcha odamlar aslida uning maslahatlariga amal qilishlarini isbotlaydi. Kitob
xon ko'zi oldidan papalar, kardinallar, yepiskoplar, monaxlar, sxolastruhoniy olimlar
birin-ketin o'tadi va ularning hammasi Betamizning muxlislaridir. Ular nodon, xurofiy,
xasis, shallaqi va buzuqlardir. Erazm dunyoviy feodallarni bekorchiliklari, ovga berilib
ketganliklari, shuhrat ketidan quvib xunrezlik urushlari olib borishlari va hokazolar uchun
qattiq tanqid qiladi. Erazm papani va katolik cherkovini ag'darib tashlashga da'vat qilmaydi.
U asosiy zarbasini sxolastlarga, bekorchi, nodon monaxlarga qaratadi. Erazmning eng yuksak
orzusi — bid'atlardan «pok», «ratsionallashtirilgan», «:ma'rifatli» cherkov edi. Ammo
obyektiv jihatdan u butun katolik cherkovining negiziga bolta urdi. Keyinchalik islohattsiya,
mahorat bilan yozilgan bu satiradan papa cherkoviga qarshi olib borgan kurashida qurol
sifatida foydalandi.
Erazm boshqa bir asari —«Jahon shikoyati» kitobida ham adabiyotning o'sha monolog ko`rinishidan
foydalanib, o'z zamonasidagi xalqaro ahvol xususida o'z fikrlarini bayon qiladi. Tez-tez
chiqib turgan urushlarning guvohi bo'lgan Erazm bu urushlarning to'xtatilishini va Yevropada
tinch davrning boshlanishini orzu qiladi. Urushlarni monarxlar o'z boyliklarini oshirish
maqsadida olib boradilar, bunda yepiskoplar, ruhoniylar Da monaxlar esa monarxlarni
urushdan tiyib turish o'rniga, bu ishga yo'l berib qo'yadilar deb hisoblagan Erazm urushdan foyda
emas, balki faqat jafo ko'rayotgan oddiy kishylarga murojaag qiladi. «Barcha kishilar urushga
qarshi birlashsinlar! Barcha kishilar urushga qarshi chiqsinlar!—deb da'vat etadi Tinchlik.—
Zodagonlar zulmiga qarshi turuvchi ko'pchilikning hamjihatligi naqadar katta kuchga ega
e'kanligini anglab olingiz!..» Reyxlin va Reyxlin nizosi. Reyxlin ham juda katta filolog
edi. U bir necha universitetda grek va qadimiy yahudiy tilndan dare berardi. Qadimiy
yahudiy adabiyotining bilimdoni bo'lgan Reyxlin yahudiy tilidagi kitoblarning kuydirilishiga
qarshi 1509—1510 yillarda norozilik bildirib chiqqan edi, yahudiy tilidagi kitoblarning
kuydirilishini esa Qyol`ndagi teologiya professorlari talab qilgan edilar.
Gumanistlar, jumladan, Erfurt to'garagining a'zolari Reyxlinni qo`llab-quvvatladilar.
Obskurantlar, sxolastlar, birinchi navbatda Kyol`n universitetining professorlari
orasidagi sxolastlar Reyxlinga qarshi ko'tarildilar. Ko'p o'tmay bu nizo yahudiy tilidagi
kitoblar taqdiri masadasi doirasidan chiqib ketdi. Keyin bu nizo fikr erkinligi uchun,
ilmiy tekshirish metodlari uchun, yangi ilmiyadabii oqim bo'lgan gumanizmning yashash huquqi
uchun kurashga aylandi. «Johillarning maktublari»1 degan asar obskurantsxolastlarga qarshi
«reyxlinchilar» olib borgan kurashning ROYAT katta yodgorligidir. Bu ikki tomlik «Maktublar»
1515 va 1517 yillarda nashr qilindi. Birinchi tomning muallifi Krot Rubian' (Mutsiai Rufning
shogirdlaridan biri va Erfurt to'garagining a'zosi), inkinchi tomning muallifi Ul`rix fon
Gutten. «Maktublar» uydirma va atayin sharj tariqasida yozilgan bo'lsada, real odamga —
Kyol`n teologi Ortuin Gratsiyga qaratilgan edi. Bu esa «Maktublar»ni juda yorqin qilib
qo'ydi va ularga haqiqiy hujjat tusini berdi. «Maktublar»da sxolastlarning soxta
olimligi, ular ishlatadigan o'rta asr lat'in tilining buzuqligi, ularning bekorchiligi,
sxolastlar munozarasining 'bema'niligi va hokazolar fosh qilingan. «Maktublar»ning
ikkinchi tomi umuman butun . katolik cherkoviga qarshi qaratilgan g'azabli satiraga
aylantirilgan. Papa cherkoviga qarshi qaratilgan va uni fosh qiluvchi satrlarda paydo
bo'layotgan islohattsiyaning ruhi yaqqol sezilib turadi.
Ul`rix fon Gutten. Gumanistlar yosh avlodining vakili bo'lgan Ul`rix Fon Gutten katolitsizmni
tanqid qilishda Erazm bilan Reyxlindan o'tib ketdi. Gutten 1512 yilda Italiyada bo'l^ gan
vaqtidayoq papa cherkovidan nihoyatda nafratlangan va Germaniya boshiga tushgan hamma
balolarning asosiy sababchisi o'sha cherkov deb hisoblay boshlagan edi.
Lyuter maydonga chiqqanida gumanistlar orasida birinchi bo'lib Gutten uning tomonini oldi.
Gutten ham xuddi guschilar singari zo'rlik ishlatmay turib, islohattsiyani amalga oshirib
bo'lmaydi degan fikrda edi. U Germaniyadan katolik ruhonnylarni va, birinchi navbatda, hamma
monaxlarni darhol haydab yuborishni qattiq talab qilardi. Ammo Gutten yana boshqa bir ijtimoiy
harakatda ham qatnashdi. U 1522 yilda Frankoniyada ritsarlar qo'zg'olonini ko'targan katta
ritsar Frants Fon Zikingenning eng yaqin yordamchisi va safdoshi bo'lib maydonga chiqdi.
Ritsarlar oilasidan chiqqan Gutten ritsarlar tabaqasini ideallashtirardi. U Germaniyadagi
sinflar orasida o'zgarish. yasashga va yangi siyosiy tuzum tashkil etishga eng qobil sinf ritsarlar
deb o'ylar edi. Gutten o'z panfletlarida ritsarlarni shaharliklarga ham, dehqonlarga ham dust
bo'lishi mumkin, deb isbotlashga urinardi hamda shaharliklar bilan dehqonlarni ritsarlarning
knyazlarga vga yepiskoplarga qarshi olib boradigai kurashlariga yordam berishga chaqirardi.
Biz quyyda shuni ko'ramizki, ritsarlar qo'zg'oloni aslitsa Reyn ritsarlari bir qismining tor
sosloviechilik chiqishigina bo'lib, muvaffaqiyat qozona olmadi. Knyazlar bu qo'zg'olonni osongina
bO'Stirdilar/
Shundan keyin Gutten Shveytsariyaga qochib ketishga majbur bo'ldi va oradan ko'p o'tmay Syurix ko'li
orollaridan birida vafot etdi.
ISLOHATTSIYA VA DEHQONLAR URUSHI
Islohattsiyaning boshlanishi. Germaniyada XVI asr boshida iihoyat darajada keskinlashib ketgan
sinfiy ziddiyatlar oqibat natijada keng inqilobiy harakatga aylandi. Islohatsiya, ya'ni
papa katolik cherkoviga qarshi harakat bu revolyusion harakatning birinchi davri edi. «Har
bir mamlakatda dunyoviy feodallar bilan alohidaalohida kurash boshlashdan avval uning bu
muqaddas markaziy tashkilotini yo'q qilish lozim edi»1. German islohattsiyasi (ko`rinishi)ning boshlanishi
Martin Lyuter nomi bilan bog'langandir.
Martin Lyuter (1483—1546) badavlat byurger oilasidan 'chiqqandir. U Saksoniyadagi Eysleben
shahrida tug'ilgan. U 15S1 yilda Erfurt universitetini bitirib chiqqandan keyin monax va
ruhoniy bo'ldi. 1509 yilda Saksoniyada endigina ochilgan Vittenberg universitetida falsafa va
teologiya professori bo'lib ishladi. Bir tomondan, o'rta asr mistiklarining (Touler va
boshqalar) asarlari bilan tanishishi, ikkinchi tomondan, mashhur chex islohattori Yan Gus
asarlarini o'rganishi orqasida Lyuter katolik cherkovi qabul qilgan dogmaga butunlay qarama
qarshi bo'lgan xulosaga keldi. Qatol'itsizmning insonni «xayrli ishlar orqali gunohlardan pok
qilish» (professional ruhoniy lar tomonidan amalga oshiriladigan marosimlarni bajarish ham
shu ishlar jumlasiga kiradi) haqidagi ta'limotiga qarlsh chiqib, Lyuter «insonni e'tiqod bilan
pok qilish» ta'limotini rivojlantirdi va bunda u har bir ayrim dinga ishonuvchi kishining
shaxsiy diniy kechinmalarini, kayfiyatini ko'zda tutdi. U qadimgi payg'ambarlardan
birining kitobidan o'qib olgan «taqvodor kishiga e'tiqodli bo'lishning o'zi kifoya» degan
iborani sevib ishlatardi. Lyuterning yangicha qarashlarida avvalo o'ziga xoe diniy
individualizm namoyon bo'lgan edi. Din, Lyuterning fikricha, alohida kishi — individning xudoga
munosabati bo'lib, xudo hech qanday ruhoniy, «ilohiy» kishilarning vosytachi bo'lishiga muhtoj
emas. Lyuter ta'limotida professional ruhoniylarning oddiy fuqarolar ustidan doimiy
vosiyligi va nazoratiga qarshi norozilik bor edi,— bu esa klerikalizma, ya'ni
ruhoniylarning xuddi shu hukmronligi printsipiga asoslanuvchi butun o'rta asr cherkov.
tashkilotini rad etishga olib borardi.
Lyuter ta'limotida yana bir muhim jihat bor edi. Lyuter muqaddas kitobni, ya'ni tavrotni
muqaddas rivoyatdan afzal deb bilardi. Muqaddas rivoyat esa katolik cherkovi nazarida k.isman
keyinroq vujudga kelgan cherkov adabiyotidan («cherkov avliyolari»ning yjodlari), qisman har
xil qonunlardan, ya'ni har xil cherkov oborotida qabul qilingan yoki turli vaqtlarda har xil
papalar tomonidan qarorlar («dekretlar») tariqasida chiqarilgan qonun aktlaridan iboratdir.
Bu bilan Lyuter murakkab iyerarxiyadan, dabdabali marosimlardan, feodal cherkov yer egaligidan
va hokazolardan xoli bo'lgan soddaroq va demokratroq ilk xristianlikni eng keyingi
xristianlikka, feodallashtirilgan, byurokratlashtirilgan o'rta asr katolik xristianligiga
qaramaharshi qilib qo'ydi.
Aslida esa, Lyuter o'zining bu qarashlarida, o'rta asr byurterlarining «jo'n cherkov» o'rnatish
kerak degan azalgi talabini rivojlantirgan edi.
«...Byurger bid'ati ilk xristian cherkovining oddiy tuzumi tiklanishini va ruhoniylarning
alohida sosloviesini tugatishni talab hildi. Bu jo'n tuzum monaxlarni, prelatlarni1, rim
kuriyasini, xullas cherkov uchun qimmatli bo'lgan hamma narsani bekor qilar edi»2:.
Vorms reyxstagigacha Lyuter faoliyatining asosiy bosqichlari. Lyuterning indul`gentsiya
savdosiga qarshi 95 tezis bilan chiqishi uning islohattsiya ruhida birinchy chiqishi edi.
1517 1 yilda Vittenberg atrofida indul`gentsiya savdosi ayniqsa qizib ketgan edi.
Indul`gentsiya savdosi shundan iborat ediki, papa j ning maxsus yorliqlari sotilardi,
bu yorliqni ma'lum miqdorda ;
pul to'lab sbtib olgan kishining hamma gunohlari kechilgan deb hisoblanar edi.
Germaniyadagi indul`gentsiya savdosi papaga ayniqsa katga daromad keltirardi. Ammo shu bilan
birga indul`gentsiya diniy hissiyotlarni oldisotdiga aylantirib yuborgan, katolik dinining
ayniganligini yaqqol ko'rsatib turardi.
Lyuter o'zining «imon keltirish bilan gunohdan pok bo'lish» to'g'risiDagi o'z ta'limotiga
asoslanib yozgan va Vittenberg universiteti cherkovining eshiklariga yopishtirgan tezislarida
(1517 i. 31 oktyabr`) «muqaddas kitob»ning turli joylaridan dalillar keltirib^ indul`gentsiya
savdosiga qarshi norozilik bildirgan edi. »
Lyuter o'z tezislarini yozar ekan, papa cherkovi bilan aloqani uzishni mutlaqo o'ylamagan edi.
Medichilar xonadonidan bo'lgan papa Lev X ning o'zi ham dastavval Lyuterning bu chiqishiga uncha
e'tibor bermadi. Papa Lyuterning bu chiqishiga birbirlari bilan raqobat qilayotgan monax
ordenlari o'rtasidagi oddiy munozara deb qaradi. Biroq Lyuter bilan turli teologiya pro
fessorlari o'rtasidagi munozaralar davom etaverib, tobora o'tkir tue olib ketdi. Bu
munozaralar davomida Lyuterning o'zi ham ortodoksal katolik pozitsiyadan borgan sari
uzoqlashdi. 1519 yilda Leyptsigdagi munozarada Lyuter, cherkov papasizdam yashay oladi, degan
fikrni bildirdi. U ruhoniylarning alohida bir uyushmaligini rad qildi va xudo qoshida har bir
xristian ma'lum darajada o'zi ruhoniydir, dedi. U Yan Gus bilan hamfikr ekanligini umum
oldida e'lon qildi hamda ulug' chex islohattorini gulxanda kuydirganlarini qoraladi. Papa
152E yilniig ikkinchi yarmida Lyuterni mO`rtad sifatida cherkovdan haydab yuborish to'g'risida
bulla chiqarganida, Lyuter bunga he^ qanday e'tibor bermadi. Studentlar papaning bu
bullasini Vittenberg universitetining hovlisida tantanali suratda kuydirib tashladilar.
Ko'p o'tmay Lyuter papa bullasini haqorat qilib, «Dajjolning bullasiga qarshi» degan pamflet
yezdi. Lyuter endi papaning o'ziyai dajjol deb atadi. Lyuter bu pamfletida yangi imperator Karl
V ga murojaat qilib, Rimni papa qo'lidan tortib olishni va German imperiyasidagi. cherkov
yerlarining hammasini musodara qilishni taklif etdi.
German jamiyatidagi turlituman elementlar, ya'ni papa hokimiyati va katolik cherkoviga qarshi
chiquvchi eng mo'tadil elementlar bilan" birga eng so'l elementlar ma'lum vaqtgacha Lyuter
atrofiga birlashdilar. «Lyuter otgan yashin nishonga borib tegdi. Butun nemis xalqi harakatga
keldi. Bir tomondan, dehqonlar va plebeylar Lyuterning poplarga qarshi xitobnomalarini,
uning xristian erkinligi to'g'risidagi targ'ibotini qo'zgolonga da'vat deb bildilar; ikkinchi
tomondan, eng mo''tadil byurgerlar va quyi dvoryanlarning ancha qismi unga qo'shildi; umumiy
oqim hatto knyazlarni ham o'ziga jalb qildi. Ularning ba'zi birlari o'z zolimlarinichg
hammavidan o'ch olish vaqti* keldi deb o'ylar, boshqalari faqat poplarning qudratiga va
Rimga bo'lgan qaramlikka chek qo'yishni, katolik iyerarxiyasinn tugatishni va cherkov mol-mulkini
musodara qilish yo'li bilan boylik orttirishni istar edilar»1. Ko'pgina gumanistlar Lyuter
tomonini oldilar. Ular orasida Ul`rix fon Gutten va yana bir mashhur gumanistfilolog Filipp
Melanxton (1497— 1560) ham bor edi. Qeksa avlod gumanistlari— Rotterdamskiy va Reyxlin
islohattsiyaga qo'shilmadilar.
Vorms reyxstagi hamda katolik cherkoviga qarshi birlashgak frontning buzilib ketishi. 1521 yil
28 yanvarda Vorms shahrida yaqindagina sailangan imperator Karl V ishtirokida reyxstag schildi.
Imperator «bid'at»ga mutlaqo qarshi edi. U kup mulohazalarga ko'ra papani quvvatlardi.
Katolitsizm imperatorga isyonchi knyazlarga qarshi kurashish uchun suyanchiq kuch sifatida zarur edi.
Papa esa imperatorga Fransiyaga qarshi Italiya olib boradigan urushda ittifoqchi sifatida ham
zarur edi.
Seymga chaqirib keltirilgan Lyuterga o'z qarashlaridan voz kechish taklif etildi. Lyuter o'z
pozitsiyasida mahkam turib oldp va uning qarashlari noto'g'riligi «muqaddas kitob»ga asoslanib
isbot etilgan taqdirdagina o'z fikrlaridan qaytishini aytdi. Reyxstag Lyuter ishi yuzasidan
hech qanday qaror chiqarmadi va islohattor erkinlikda qola berdi. Faqat 1521 yil may oyida,
reyxstag a'zolarining ko'pchiligi tarqalib ketgandan keyingina, Karl V Lyuterni qamoqqa olish
to'g'risida edikt (farmon) chnqardi, Ammo Saksoniya kurfyursti Lyuterni o'zining Vartburgdagi
qasriga yashirdi, bu yerda Lyuter tamomila bexatar yashadi.
Lyuter Vartburgda 1522 yil martigacha, o'z joyi Vittenber!ga bemalol qaytib borish mumkin
bo'lganga qadar turdi. Imperator fransuz qiroliga qarshi urush bilan band edi. Ko'pchilik
knyazlarning o'zlari islohattsiyadan manfaatdor bo'lib qolgan edilar. Lyuterni qamoqqa olish
haqidati 1521 yil edikti ijro qilinmay qola berdi.
Lyuter Vartburgda turganida, tavrotni lotin tilidan nemischaga tarjima qilish bilan mashg'ul
bo'ldi. Tarjima 12 yildan keyingina tugadi. Ammo tavrot tarjimasining ba'zi qismlari 20
yillardayoq xaloyiq orasiga tarqalib, Germaniyadagi dehqonplebey ommasiga katta ta'sir
ko'rsatdi, ular tavrotning ayrim joylaridan o'zlarining ijtimoiy talablarini asoslash uchun
foydalandilar.
1517—1520 yillarda papaga qarshi ko'tarilgan murakkab tarkibli oppozitsiya bu vaqtga kelib
(1521—1522 yillarda) bo'linib ketgan edi. Lyuter borgan sari o'z islohotini «tinch» yo'l
bilan, «legal» tarzda, dunyoviy knyaz hokimiyati yordami bilav amalga oshirishga harakat
qiladigan bo'lib qoldi. U byurger
kiyazlarning mo''tadil islohattsiyasi (ko`rinishi) lageriga boshchilik qildn. Bu islohattsiyadan maqsad german
cherkovini papadan ajr.atib olish, cherkoz mol-mulkini musodara qilish hamda cherkovni
knyaz va byurgerlik foydasiga xizmat qiladigan tarzda tashkiliy jihatdan qayta qurish edi.
Lyuter ham, uning tarafdorlari xam byronta ijtimoiy islohat o'tkazish to'g'risida o'ylamagan
edilar. Mo''tadil Lyuterchilar islohattsiya lageriga qaramaqarshi bo'lgan yana boshqa ikki lager`
tuzildi: buning biri islohatsion feodalkatoliklar lageri bo'lib, uning boshida imperator
hamda knyazlarning bir qismi turar, shaharlardagi patritsiy larning yuqori tabaqasi ham shu
lagerga mansub edi; ikkinchisi inqilobiy, plebeydehqonlar islohattsiyasi (ko`rinishi) lageri bo'lib,
buning yo'lboshchisi radikaldemokratvoiz Tomas Myuntser edi. Xalq islohattsiyasi (ko`rinishi).
Anabaptistlar. Lyuterning mo''tadil islohotiga norozilik dastlab Saksoniyaning sanoat
korxonalarijo'p bo'lgan Svikkau shahrida (movut to'qish sanoati taraqqiy qilgan markazlardan
biri) bildirildi, bu yerda 1520 yilda anabaptistlar (yoki qayta cho'qintirilganlar) mazhabi
tashkil topdi. Bu mazhabning boshida to'quvchi xalfa Nikolay Shtorx turardi. Anabaptistlar
ikona va marosimlarning tugatilishini talab qildilar; ular katta bo'lgandan keyingina
cho'qintirishni tan oldilar (bolalik chog'ida cho'qintirilganlarni qaytadan cho'qintirdilar);
«ichki vahiy» (vnutrennee otkrovenie) ga ishonardilar va «payg'ambarlik»
davri keldi, deb hisobladilar. Anabaptistlar yer yuzida yangi, «ilohiy saltanat» ming
yilligi, ya'ni hozirgi sinfiy tuzumga qaramaqarshi bo'lgan qandaydir tartib o'rnatilishini
uncha aniq bo'lmagan tarzda tasavvur qilardilar. Tomas Myuntser Svikkauga ko'chib kelib, u
yerdagi cherkovlardan biriga ruhoniy bo'lib olgandan keychn Svikkau anabaptistlarining
ijtimoiy qarashlari ancha aniqroq shakllandi.
Tomas Myuntser (taxminan 1490—1525 yillar) avval boshda Lyuterning papa cherkoviga qarshi
chiqishlarini qizg'in tabrikladi. Ammo sal o'tmay Lyuter islohotining mo''tadil xarakteridan
hafsalasi pir bo'ldi va o'z diniy hamda ijtimoiysiyosiy qarashlarida Lyuter islohotidan ko'ra
ancha radikal bo'lib chiqdi. Myuntser o'z va'zlarida katolik ruhoniylariga qarshigina emas,
balki dunyoviy feodallarga va boylarga ham qarshi hujum qilib chiqdi. Myuntser Lyuterning
aksicha, e'tiqodning asosii manbai tavrot emas, balki «jonli vahiy» deb bilardi; aslida u
«jonli vahiy» deb inson idrokini nazarda tutardi. U Isoni oddiy bir kishi deb, ustoz va
payg'ambar deb hisob^lardi. Myuntser ham (anabaptistlar singari) yer yuzida «ilohny saltanat»
bo'ladi deb ta'lim berardi. Ammou «ilohiy saltanat»ni aniqroq ta'riflar va uning
ta'rifida bu zamon o'ziga xos ijtimoiy inqilob xarakteriga ega edi. «Myuntser ilohiy saltanat
deb, sinfiy tafovutlar ham, xususiy mulk ham, jnmiyat a'zolariga qaramaqarshi va yot
bo'lgan hamda ajralnb turgan davlat hokimiyati ham bo'lmaydigan ijtimoiy tuzumnn iazarda
tutgandir»1. Myuntser feodal tuzumiga hamda uning ijtimoiy iyerarxiyasi va sinfiy zulmiga
qaramaqarshi qilib «..ijtimoiy teng respublikaning ming yil saltanat qilishi to'g'risidagi
o'zining xayoliy tasvirini»2 qo'ygan edi. Bunday «ilohiy saltanat» kelishini Myuntser inqilobiy
ish deb bilar edi.
«Butun dunyo juda qattiq larzalarga bardosh berishi kerak; shunday hodisa ro'y beradiki,
xudosizlar ag'darib tashlanadi, xor bo'lganlar esa ulug'lanadi»3.
«Xudosizlar» deb Myuntser knyazlar, ritsarlar, shahar patrisiylari va boshqa hamma
ekspluatatorlarni nazarda tutgan. Myuntser umumiy xristian ittifoqi tuzishga chaqirgan, bu
ittifoq esa barcha «xudosiz zolimlarga» xotima berishi lozim bo'lgan.
Myuntser anabaptistlarning rahbarlari bilan birgalikda Svikkaudan haydalgandan keyin turli
joylarda bo'ldi: Chexiyada yashadi (bu yerda guschilar harakati tarafdorlaridan saqlanib qolgan
kishilar bilan aloqa bog'ladi), Tyurengiyada (bu chrda u bir qancha vaqt Al`tshtedtda yashadi) va
Shvabiyada bo'ldi; nihoyat, 1525 yilda, dehqonlar urushi vaqshtsa Myuntser Myul`gauzen shahridagy
(bu ham Tyuringiyada) inqilobiy harakatga boshchilik qildi.
Ritsarlar qo'zg'oloni. «Lyuterning cherkovga qarshi isyonga chaqirishi ikkita siyosiy qo'zg'olonga
sabab bo'ldi: avval 1523 yilda Frants fon Zikkengen boshchiligida past darajali dvoryanlar
qo'zg'oloni ko'tarildi, so'ngra — 1525 yilda Ulug' dehqonlar urushi boshlandi»'4.
Ritsarlar qo'zg'oloni Reyn mintaqaida bo'ldi. Bu mintaqadagi va qisman unga qo'shni bo'lgan
Frankoniya va Shvabiyadagi ritsarlar 1522 yil avgustida Landau shahrida syezdga to'plandilar va
olti yil muddatga ittifoq tuzdilar. Bir necha qasr egasn Frants fon Zikkengen (1481—1523) bu
ittifoqqa bosh bo'ldi. 1522 yil sentyabrda Zikkengen b—7 ming kishilik ritsarlar otryadi bilan
Trir arxiepiskopi Rixardga qarshi otlandn. Zikkengen arxiepiskopning poytaxti Trirni juda
tez egallab. olishga umid bog'lagan edi. Ammo ritsarlar shaharni ololmadilar. Qo'shni knyazlar
— Pfal`ts kurfyursta bilan Gessen landgrafining qo'shinlari arxiepiskopga yordamga kelishdi.
Ularning qo'shini 30 ming kishiga yaqin edi. Zikkengen va unga qo'shilgan Gutten ritsarlarga
shaharliklar yordam beradi deb ishongan edilar, lekin ularning bu umidlari butunlay puchga
chiqdi. Shaharliklar ritsarlarga savdoni rivojlanishiga
xalaqit bergan va, mamlakatda doimo anarxiya vujudga keltirgan bosqinchilar va talovchilar
deb qarashda davom etardilar. Dehqonlar ham ritsarlarga ishonmadilar, ularni xo'jayinlar va
ezuvchilar deb hisoblardilar.
Knyazlar ritsarlarni Trirdan uloqtirib tashlab, o'zlari Zikkengen yer mulkiga qarab yurdilar.
Knyazlar uning bosh qasri bo'lgan Landshtulni ishg'ol qilganlarida Zikkengen og'ir* yarador
bo'lib, qasrga kirib kelayotgan g'oliblar ko'z oldida o'ldi. Ritsarlar qo'zg'oloni mag'lubiyatga
uchradi. Shu vaqtdan boshlab nemis ritsarlari har qanday siyosiy mustaqillikdan mahrum
bo'ldilar. Ular tamomila knyazlarga tobe bo'lib qoldilar, chunki ekspluatatorlik
manfaatlarining bir xil bo'lishi ularni knyazlar bilan bog'lar edi.
1525 yilgi dehqonlar urushi. Dehqonlar urushi deb nom olgan dehqonlar qo'zg'oloni tamomila
boshqa xarakterda edi. 1522— 1523 yillardagi ritsarlar harakati tor sosloviechilik tusida
bo'lgan bo'lsa, 1524—1525 yillardagi dehqonlar urushi bunga qaramaqarshi ravishda keng,
ommaviy xalq harakati tusini oldi va Germaniya hududining katta qismiga yoyildi hamda
eski feodal ijtimoiy siyosiy tuzumining butun negizini qo'porib tashlash xavfini tug'dirdi.
Dehqonlar urushi uch asosiy tumanga: 1) Shvabiya, 2) Frankoniya va 3) Tyuringiya — Saksoniyaga
yoyildi. Qo'zg'olonning bu uchta asosiy tumanidan tashqari, boshqa tumanlar ham harakatga
tortildi: g'arbda — El`zas, sharqda — Tiroldagiv Yuqori Avstriya, Shtiriya, Karintiya va
Kraynadagi Al`p tog'i tumanlarida harakag boshlandi. Sharqin tumanlarda harakat 1526 yilda
ham, ya'ni g'arbda harakat bostirilgandan keyin ham davom eta berdi.
Shvabiyadagi qo'zg'olon. Shvabiyadagi dehqonlar qo'zg'oloni Shveytsariya chegarasi yaqinidagi
Shvartsval`d okrugida 1524 yilning yozidayoq boshlangan edi. Shtyullingen landgrafligida
qo'zg'olon ko'targan dehqonlar (1524 yil 24 iyunda) o'z pomeshchikgraflariga barshchina
majburiyatini to'lashdan bosh tortdilar. Ko'p o'tmay, qo'shni monastir` (avliyo Vlasiy monastiri)
dehqonlari ham graf dehqonlariga qo'shildilar. 1524 yil yoz faslining oxiriga kelib,
qo'zg'olonchilarning soni salkam 350E "kishiga yetdi. Ular qurolli otryad tuzdilar, bu
otryadga ilgari frantsu*larga qarshi urushda qatnashgan va. shu sababli harbiy ishni yaxshi
bilgan Gans Myuller degan dehqon boshchilik qildi. Myuntser izdoshlaridan biri bo'lgan Baltazar
Gurmay ye r degan voiz Myullerning yordamchisy edi. Val`dsgut shaharchasi qo'zg'olonchilarning
markazi bo'ldi. Bu vaqt imperator hamda janubiy Germaniyaning ko'pgina feodallari
Fransiyaga qarshi urush bilan band bo'lganliklary tufayli Shvabiyada |QOLgan feodallar juda
qiyin ahvolga tuigib qolgan edilar, Du* rust, Shvabiyada knyazlar, ritsarlar va shaharlarning
Shvabiya ittifoqi deb atalgan ittifoqiga qarashli «yollanma otryad tu« sidagi muntazam
qo'shinning o'ziga xos bir turi bor edi, aMMO uning kuchlari katta emas, son jihatdan
qo'zg'olonchi dehqonlarga nisbatan deyarli ikki baravar kam edi. Janubiy Shvabiya feodallari
o'zlarining yetarli darajada kuchli emasliklarichi sezib, bir necha oylar mobaynida dehqonlar
bilan «tinch muzokaralar» olib borib, loaqal qo'zg'olonning kengayib ketishiga yo'l
qo'ymaslikka harakat qilib turdilar. Ammo 1525 yilning yanvarida dehqonlar «janoblar»ning
turli va'dalar berib ularni aldayotganlarini payqadilar. Muzokaralar to'xtatildi. Harakat
tezda butun Shvabiyaga yoyilib ketdi. 1525 yilning dastlabki uch oyi ichidaDPvabiyada yana bir
necha qurolli otryad tashkil topdi. Endi bunday otryadlarning soni oltitaga yetdi1,
qurollangan kishilarning soni zsa 30—40 mingga borib qoldi. Geynning yuqori tomonidan
tortib, Yuqori Dunaydan sharqqacha to (sharqishimoldagi) Ul`m shahriga qadar va sharqi
janubdagi Boden ko'ligacha bo'lgan butun o'lkani ommaviy dehqonlar qo'zg'oloni qamrab oldi.
1525 yil 6—7 martda Memmingen shahrida Shvabiya sehqonlari oltita otryadi rahbarlarining
syezdi bo'ldi. Syezdda «Un ikki modda» nomi bilan dehqonlar talablarining dasturm
qabul qilindi.
• Dehqonlar bu dasturlarida shaxsiy qaram dehqon huquqining bekor qilinishini (3modda),
dehqonlardan tortib oliigan jamoa yerlarining ularga qaytarib berilishini (4, 5 va 10
moddalar), barshchina, jarima va obroklarning cheklab qo'yilishini (6, 7, 8, 9 va 11moddalar)
talab qilgan edilar. Dehqonlar har qanday ushurning bekor qilinishini (2 modda) va o'z
qishloq pastorlarini saylab qo'yish huquqi berilish:shi (1modda) ham talab qilgan
edilar. «Un ikki modda» feodalizma qarshi muhim hujjatdir. Lekin u juda /mo''tadil xa.
rakterda yozilgandir. Dehqonlar pomeshchiklarning yerlarini musodara qilishni talab
qilmaganlar, ba'zi majburiyatlarning saqlanib qolishiga rozi bo'lganlar; pomeshchiklar bosib
olgan jamoa yerlarini basharti boshqa biron kishiga sotib qo'ygan bo'lsa, qaytarib olingan
bu yerlar uchun hatto pul to'lashga ham rozi bo'lganlar. Bu jihatdan «Un ikki modda» Tomas
Myuntser tomonidan yoki uning izdoshlaridan biri tomonidan u Shvabiyada turgan chog'ida tuzilgan
«Maktub—tezislarning» (nemischa— Artikelbrief butunlay teskarisi edi. Bu muhim hujjatda
dehqonplebeylar harakatining aniq taktik dasturi aks ettirilgan edi. Tomas Myuntser
feodallar bilan hech qanday bitishuvga rozi bo'lmaslikni talab etgan edi. Knyazlar, ritsarlar,
ruhoniylar qo'lidagi yerlarnin'g hammasi jamoalar "qo'liga o'tishi kerak edi. «Maktub —
tezislar»da barshchina yoki obrok to'g'risida hech qanday ran yo'q edi. Dehqonlarning
«Xristianlar ittifoqi»ga bo'ysunishdan bosh tortgan feodallarga xalq dushmanlari deb qaralishi
va ular qattiq jazoga tortilishi (hammaning oldida mO`rtad qilinishi) lozym edi..
Ammo Shvabiya dehqonlarining pomeshchik va feodallarga kelishuvchilik qilishlaridan tashqari
taktika sohasida boshqa katta kamchiliklari ham namoyon bo'lib qoldi. Dehqonlarning kuchlari
yetarli darajada birlashmagan edi. Ularning otryadlari tarqoq holda harakat qilardi. Har
qaysi otryad feodallar bilan o'zicha alohida yarash bitimi tuzar, buning boshqa otryadlarga
qanday ta'sir etishi bilan ishi yo'q edi. Shvabiya ittifoqi qo'shinlarining qo'mondoni Georg
Truxzes ana shularning hammasidan foydalandi.
Truxzes o'z talablarini ishlab chiqib, mart boshlarida dehqonlarga yana sulh muzokaralari
boshlashni taklif qildi. Pomeshchik va dehqonlarning 2 aprelga tayinlangan qo'shma kengashlari
«Un ikki modda» ni muhokama qilishlari lozim edi. Lekin shu kuni Truxzes qo'zg'oloni dehqon
otryadlaridan biriga Landknextlar (Leyptem otryadiga) xoinlarcha hujum qildi va uni yanchib
tashladi. Landknextlar boshqa bir qo'shni otryad — Baltringen otryadiga ham qisman talafot
yetkazdilar. Shundan keyin uchinchi bir ko'l bo'yi otryadiga (Boden yoki Konstants ko'li
qirg'oqlarida) hujum boshlab, Truxzes jiddiy qarshilikka uchradi. Ammo shunga qaramasdan
Truxzes bu otryadning va yuqorida tilga olingan Baltringen otryadining yo'lboshchilarini o'zi
billi sulh shartnomasi (1525 yil 17 apreldagi Veyngarten shartnomasi) tuzishga majbur
etdi.
Shundan keyin Truxzes o'z kuchlarini bu vaqtda qo'zg'olon avj olib ketgan Frankoniyaga ko'chirish
imkoniyatiga ega bo'ldi.
""«G'ranKOniyadagi qo'zg'olon. Frankoniyadagi qo'zg'olon 1525 yil mart oxirlarida boshlanib, 1525
yil aprel` boshlarida ayniqsa kuchayib ketdi. Bunda ham dehqonlarning birinchi qurolli
otryadi tuzildi. Frankoniyadagi otryadlarning tarkibi Shvabiyadagi otryadlarnikidan ko'ra ancha
murakkab edi. Dehqonlar bilan birlikda ko'pgina ritsarlar ham harakatga qo'shildi. Ritsarlar
dehqonlarning otryadlarida ko'proq komandirlik vazifalarida edilar. Bir qancha shaharlar,
chunonchi, Rottenburg, Geyl`bronn, Vyurtsburg va boshqalar ham Frankoniyadagi qo'zg'olonchilarga
qo'shildi.
Frankoniyadagi eng katta otryadlar: 1) Rottenburg shahri tumanida tuzilgan hamda Stefan fon
Mentsingenva ¦Florian Geyer degan ritsarlar bosh bo'lgan Taubertal` lashkari (Geyer otryadi
«Qora otryad» degan alohida nom olgan edi); 2) markazi Geyl`bronn shahrida bo'lib, Georg
Metsler degan dehqon vaVendel` Gipler degan dvoryan boshchilik qilgan Odenval`d lashkari; 3)
Yakov Pop b ax degan dehqon boshchiligidagi (Nekkar daryosi vodiysida tuzilgan) nekkar lashkari
va 4) Vyurtembergda byurger Feyerbaxer boshchiligidagi «Porloq dehqon otryadi» edi. Odenval`d
va Nekkar lashkarlari 1525 yil aprel` oyi o'rtalarida «Porloq otryad» nomli umumiy bir qo'shin
bo'lib birlashdilar. Qo'shinlarga Ge s fon Berlixengen degan ritsar boshchilik qildi.
Frankoniyadagi qo'zg'olonchilar yuzlab qasr va monastyrlarni bosib oldilar va vayron qildilar.
«Porloq otryad» bosib olggn eng katta qasrlardan biri graf Gel`fenshteynga qarashli Vensberg
qasri edi. Dehqonlarga nisbatan sha*fqatsizligi bilan nom chiqargan graf Gel`fenshteynni
qo'zg'olonchilar ushlab olib o'ldirdilar. Boshqa mahalliy feodallarni tovon to'lashga majbur
etdilar. Frankoniyadagi qo'zg'olonchilar ham o'zlarining programm talablarini ishlab chiqdilar.
Bu programm talablar «Geyl`bronn dasturmi» degan nom bilan mashhurdir. Bu dasturni
asosan Vend^l` Gipler tahrir qilgan edi.
«Geyl`bronn dasturi» 1525 yil (May oyining 9—12 kunlarida tuzilgan edi.1
Frankoniyadagi harakatga qatnashgan qo'zg'olonchilarning turlitumanligi bu dasturning
mazmunidan ham aniq ko'rinib turibdi. «Geyl`bronn dasturi» ning bir necha moddasi (u
hammasi bo'lib 14 moddadan iborat) ritsarlarning manfaatlarini ko'zda tutib tuzilgan.
Ritsarlar davlat mulkiga aylantirilgan cherkov mulki fondidan yer bilan ta'min etilishi lozim
bo'lgan. Imperiya sudida ular ancha o'rin tutishi kerak bo'lgan. Dastur byurgerlarga ichki
tamojnya chegaralarini yo'q qilishni, yagona pul, uzunlik va vazn o'lchovi joriy qilishni, eski
patritsiy korporatsiyalari qo'lidagi savdo monopoliyasini bekor qilishni va shuningdek imperiya
sudiga qatnashtirishni va'da qilgan edi. Imperiyaning*markaziy hokimiyatini mustahkamlash
masalasi (knyazliklarga bo'linib ketishga qaramaqarshi o'laroq) dasturda yaqqol ko'rinib
turar edi. Dehqonlar masalasida esa «Geyl`bronn dasturi» dehqonlarni qaram dehqon
qaramlikdan to'lov berish baravariga ozod qilib, erkin yer egalariga aylantirishni talab
qilgan edi. To'lov shartlari esa juda og'ir edi. Dehqonlarga bir yillik to'lovlariga (obrok,
barshchina haqi va hokazolarga) yigirma baravar keladigan to'lovni bir yo'la berish taklif
etilgan ediki, bunday to'lovni o'ziga to'q, badavlat xonadongina bera olar edi. Dehqonlardan
tortib olingan jamoa yerlarini yana o'zlariga qaytarib berish haqida Shvabiyaning «Un ikki
moddasida» ko'rsatilgan talablar «Geyl`bronn dasturida» («Un ikki moddaga izoh» deb
atalgan qismda) rad qilingan edi.
«Geyl`bronn dasturi»ning burjua xarakterda bo'lganligi juda ravshandir. Uz davrida hali
har qanday rasmiy ijtimoiy aloqalardan tashqarida turgan proletariat kO`rtak lari bo'lgan
sinfning vakili sifatida Myunder kommunizmni qanday his qilolgan bo'lsa, millat ichidagi
barcha progressnv elementlarning teng ta'sir etuvchi kuchlarining vakili bo'lgan Vendel`
Gipler ham hozirgi zamon burjua jamiyatini oldindan
his qila bildi»1. Gipler dasturi keng dehqonlar ommasini qanoatlantira olmas edi. «Un
ikki modda» da qo'yilgan demokratik talablarning byurgerlar tomonidan reviziya qilinishi
dehqonlarning qattiq noroziligiga sabab bo'ldi. Ammo «Geyl`bronn dasturi» amalga
oshmay qoldi.
Geyl`bronnda xuddi dastur muhokama qilinayotgan vaqtda, Truxzes Veyngarten
sulhidankeyin Shvabiyada tinch fursat boshlangandan foydalanib Frankoniyadagi qo'zgolonni
brstirmoqda edi. 12 mayda Truxzes (Beblingen yonidagi jangda) Feyerbaxerning Vyurtenberg
otryadini tor-mor qildi. Asir olingan Yakov Rorbax Truxzes buyrugiga muvofiq sekin yonib
turgan o'tda kuydirildi.
Frankoniyaliklarning 20 ming kishidan iborat asosiy kuchlari bu vaqtda Vyurtsburgga yaqin joyda
Frauenberg qal'asini qamal qilayotgan edilar. Gets fon Berlixengen boshchiligidagi «Porloq
otryad» Gipler maslahatiga muvofiq Truxzes tomonga qarab ketdi. Lekin qo'zg'olonchi qo'shinlar
tarqalib keta boshlagan edi. Qo'zg'olonchilarning ;ko'pi o'z qishloqlariga mahalliy knyazlarning
jazo otryadlari yuborganliklarini eshitib, ^o'shinlarini tashlab keta boshladi. Gets fon
Berlixingenning o'zi esa Truxzes bilan muzokara boshlab, qat'iy jang arafasida o'z armiyasini
tashlab ketib, xoinlik qildi. Harbiy boshliqsiz qolgan frankoniyalik qo'zg'olonchilar Truxzes
landsknextlarining tazyiqiga bardosh bera olmadilar. Ular 2 iyunda Kyonigsgofen yonida Tauber
daryosi bo'yida tamomila tor-mor qilindi. Shundan ikki kun keyin, 4 iyunda Truxzes Zul`tsdrrf
yonida Florian Geyer boshchiligidagi «Qora otryad»ning qolganqutganlarini ham yanchib tashladi.
7 iyunda Truxzes Vyurtsburgni ham qurshab oldi. U Vyurtsburg patritsiylarining xoinligi tufayli
shaharni ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi va frankoniyaliklarning hali 5 mingga yaqin kishisi
qolgan so'nggi otryadini kurolsizlantirdi.
Shvabkyadagi qo'zg'olonning bostirilishi. Truxzes bu yerdagi qo'zg'olonchilarni tamomila tinchitishni
mahalliy knyazlarga qoldirib qo'yib, o'zi Shvabiyaga qaytib keldi va u yerdagi dehqonlarning
qurolli otryadlaridan qolganqutganlarini tugatdi. Sobiq Ko'l bo'yi otryadi bilan ittifoq
bo'lib olib (ulardan qariyb 5 ming kishi o'zlarining avvalgi ittifoqchilariga qarshi Truxzes
bilan birlikda harakat qilishga rozilik bergan edi), Truxzes g'arbijanubiy Shvabiya
dehqonlarining otryadlarini ikki marta (16 va 25 iyulda) bo'lgan to'qnashuvda (avval
Shvartsval`d, so'ngra Al`geu otryadlarini) tor-mor qildi. «Yuqori Reyndagi qo'zg'olonning so'nggi
tayanchi2 bo'lgan Val`dsgut shahri 1525 yil b dekabrda ishg'ol qilindi. Tyuringiya va
Saksoniyadagi qo'zg'olon. Tyuringiya bilan Saksoniyada ham dehqonlarning pomeshchiklarga qarshi
juda ko'p g'alayonlari bo'lib o'tdi. Sanoat rivoj topgan bu o'lkada qismap shaharliklar va
qisman mayda dehqonlar tipidagi plebeylar juda ko'p edi. Mahalliy shaharlarning movut
sanoatidagi xalfalar va (shuningdek ko'pchiligi yarim dehqonlardan iborat) kon ishchilari 1525
yilning birinchi yarmida g'oyat qattiq hayajonda edilar. 1525 yil fevralida Tomas Myuntser shu
yerga kelgan edi. U o'z faoliyat markazi qilib imperiya shahri Myul`gauzenni tanladi. 17
martda bu yerda o'zgarish yuz berdi. Patriytsilarning shahar kengashi o'rniga yangi, demokratik
kengash, «Abadiy kengash» degan o'ziga xos nom olgan boshqarma tuzildi. Bu kengash Myunier va
uning do'stlari ta'siri ostida bo'lib, ular orasida Myuntserning eski shogirdi Genrix Pfeyfer
ayniqsa faol ish olib borardi.
Tashkil topgan erkin Myul`gauzen kommunasi ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirish jihatidan
biron muhim tadbirni amalga oshirolmadi, albatta. Myuntserga birinchi navbatda demokratik
vazifalarni hal etishga — feodallarga qarshi kurashishga to'g'ri keldi. U Tyuringiya dehqonlarini
va qo'shni Mansfel`d okrugidagi kon ishchilarini zo'r berib umumiy qo'zg'olon' ko'tarishga
chaqirdi. Myuntser xitobnomalaridan birida: «Yovuchlar (ya'ni feodallar) tirik ekan, siz
insoniyat boshiga tushgan dahshatdan xalos bo'lolmaysiz, bu sizlarning urushingiz emas, xudo
urushidir» deb yozgan edi. Myuntser bilan Pfeyfer ko'p o'tmay asosan dehqonlardan iborat qariyb
8 ming kishilik qurolli otryad tashkil etdilar. Ammo otryad yaxshi mashq ko'rmagan edi.
Myuntserning o'zi harbiy ishda tajribasiz edi. Qo'shni konlarning egalari bo'lgan Mansfel`d
knyazlari kon ishchilariga bir oz yon berib, shu bilan ularni o'zlariga qarshi harakatga
qo'shilishidan to'xtatib qoldilar. Kuchlarini birlashtirgan knyazlar — landgraf Filipp Gessenskiy
bilan Saksoniya gersogi Georg 1525 yil 16 mayda Frankengauzen shahriga yaqin joyda Myuntser
lashkarini tor-mor qildilar. 8 ming qo'zg'olonchidan 5 minggi jangda o'ldirildi. Asir olingan
Myuntserni avval qattiq qiynadilar, so'ngra uning boshini kesdilar. 25 mayda Myul`gauzen
ishg'ol qilindi. Qo'lga tushirilgan Pfeyfer va «Abadiy kengash» ning boshqa a'zolari ham
qiynoqqa solinib, keyin qatl qilindi. Myul`gauzen shahri esa «isyonda» ishtirok qilgani uchun
imperiya shahari huquqlaridan mahrum etildi.
Sharqiy Al`p okruglarida dehqonlar harakati. 1525 yilgi dehqonlar qo'zg'oloni imperiyannng
janubi-sharqidagi Zal`tsburg arxiepiskopligiga hamda Gabsburglarning meros yerlaridagi
Tirol, Shtiriya, Karintiya va Kraynaga yoyildi. Qo'zg'olon ko'targan dehqonlar orasida nemis
dehqonlarigina emas, balki ko'p hollarda bu hududdagi mahalliy aholining aksariyatini
tashkil qiluvchi ko'pgina slavyanlar ham bor edi. Harakat Tirolda ayniqsa muvaffaqiyatly
rivojlandi. Bu yerda Myuntser
ning izdoshlaridan biri, harbiy ishni yaxshi egallagan Mixael` Geysmayer qo'zg'olonchi
dehqonlarning yo'lboshchisi bo'lgan edi. Uning rahbarligida dehqonlar Tiroldagi ko'pgina
qal'alarni egalladilar va ko'p miqdordagi monastirlarni vayron. qildilar. Geysmayerga ayni
vaqtda Shvabiya, Bavariya va Avstriya feodallariga, shuningdek Zal`tsburg arxiepiskopi qo'
shinlariga qarshi kurash olib borishga to'g'ri keldi.
Bir qator shiddatli janglarda Geysmayer bu qo'shinlarning birlashuviga imkon bermay, ularni
tor-mor qildi.
1526 yildagina feodallarning kuch jihatdan ustun qo'shinlari qurshovida qolgan Geysmayer
chekinishga majbur bo'ldi. Ammo u qurshovdan chiqib, o'z otryadlarini Avstriya Al`plari orqali
Venetsiya hududiga esonomon olib chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. 1527 yilda yollangan
qotil 1525 yilgi dehqonlar urushining g'ayratli va talantli yo'lboshchilaridan biri bo'lgan
Gesmeyerning umrini zavol qildi.
Dehqonlar urushining yengilish sabablari va bu urushning tarixiy ahamiyati. 1525 yilgi
dehqonlar urushi mag'lubiyatga uchradi. Bu mag'lubiyatning sabablari juda ravshandir.
Dehqonlarning tarqoqligi, ularning partikulyarizmi, feodallarga ishonuvchanligi, dehqonlar
o'rtasidagi badavlat elementlarning «xo'jayinlar» bilan kelishuvga moyil bo'lganligi muqarrar
mag'lubiyatga olib kelmay iloji yo'q edi. Bunda dehqonlarning ittifoqchilari ham anchagina
aybdordir. Ritsarlar mayda feodalkrepostniklardan iborat bo'lganliklari sababli qo'zg'olon
ko'targan dehqonlarga haqiqiy rahbar bo'lolmas edilar**«Feodal tuzumini yo'qotishda
ritsarlardan ko'ra ko'proq manfaatdor bo'lgan byurgerlar ham aslida dehqonlarga doim bevafolik
qildilar, ularning manfaatiga xiyonat qildilar. Byurgerlar islohattsiyasi (ko`rinishi)ning ideologi va
yo'lboshchisi bo'lgan Lyuterning o'zi ham dehqonlar urushini qoralash uchun ishlatmagan so'zi
qolmadi. Dehqonlar urushi ayni qizg'in paytda, bundan g'azabga kelgan Lyuter: «Quturgan itni
qanday o'ldirsalar, ularni (ya'ni dehqonlarni) ham oshkorami, yashirinchami urib, bo'g'ib, nayza
suqib o'ldirish kerak», deb yozgan edi.
Kapitalizm vujudga kelayotgan davrda burjuademokratik inqilobga rahbarlik qilish vazifasi
tarixiy jihatdan burjuaziya zimmasiga tushar edi. Ammo XVI asrda nemis burjuaziyasi hali
yetilmagan, milliy burjuaziya sinf bo'lib tarkib topmagan, o'rta asr byurgerligi doirasidan
chinakam chiqib ketmagan edi. Germaniyaning feodal tarqoqligi tufayli hamma sinflarning, shu
jumladan, burjuaziyaning ham harakatida mahalliylik va cheklanganlik ta'siri hali kuchli edi.
Ulug' dehqon urishini mag'lubiyatga olib kelgan asosiy sabablardan biri nemis byurgerlarining
qo'rqoqligi va ko'p vaqt xoinlik qilganligidir.
Shaharlardagi plebey elementlar dehqonlar qo'zg'oloiiga jiddiy yordam ko'rsatdi. Lekin ular ham
zaif edi va o'elari W*4.v
ham yetarli darajada uyushmaganliklari sababli dehqonlar harakatiga boshchilik qilolmadilar.
Tamomila tarkib topib, yaxshi.uyushgan proletariattina dehqonlar harakatiga bosh bo'la olar,
g'olibona demokratik inqilobning gegemoni bo'la olar edi. Ammo XVI asrda Germaniyada
kapitalizmning birinchi kurtaklari endigina paydo bo'la boshlagan edi. Hali u vaqtda ish
chilar sinfiga aylangan proletariatning o'zi yo'q edi.
Lekin, har holda, 1525 yilgi dehqonlar urushi yengilganiga qaramay, o'zining
partykulyarizmiga, XVI asrning birinchi choragida Germaniyada ijtimoiy munosabatlarning yetuk
bo'lmaganligiga qaramay, g'oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. Bu urush Germaniya
tarixining qahramonona davri edi. Engel`s bunday deb yozgan edi: «Nemis xalqining ham
inqilobiy urf-odat, an’anasi bor. Bir vaqtlar Germaniya shunday shaxslarni maydonga chiqargan
ediki, ularni boshqa mamlakatlarning eng yaxshi inqilobiy arboblari bilan bir qatorga qo'yish
mumkin; bir vaqtlar nemis xalqi shu qadar zo'r g'ayrat, sabot va matonat ko'rsatgan ediki, bu
xislatlar bilan markazlashgan millat ajoyib natijalarga erishuvi mumkin edi; nemis
dehqonlari va plebeylari ajoyib ideya va planlarni ilgari surgan edilarki, bunday g'oya va
planlar ulariing avlodajdodlarini ko'p vaqt titratib, dahshatga solar edi»1.
Mazlum mehnatkash sinflarning yangi davrdagi tarixiy kurashlari uchun dehqonlar urushidan
olingan eng muhim saboq— proletariat bilan dehqonlar ittifrqining zarurligi haqidagi
saboqdir. K. Marks 1856 yil 16 aprelda F. Engel`sga yozgan xatida bunday degan edi:
«Germaiiyadagi butun ish dehqonlar urushining qandaydir yo'l bilan ikkinchi marta takrorlanib,
proletar inqilobini quvvatlashiga bog'liq. Shunda hamma ish joyida bo'ladi»2. Proletariat
bilan dehqonlar ittifoqi haqidagi ta'limot marksizmleninizm nazariyasida eng muhim
momentlardan biri qilib olindi.
DEHQONLAR URUSHI MAG'LUBIYATIDAN KEYIN ISLOHATTSIYANING
RIVOJLANISHI
Imperatorning protestant knyazlarga qarshi urushi. Augsburg diniy sulhi. Dehqonlar urushining
mag'lubiyatga uchrashi Lyuter islohattsiyasi (ko`rinishi)ning o'zini xavf ostida qoldirdi. Feodal katoliklar
lageri 1525 yildan keyin Germaniyada katolik cherkovining hukmronligini to'la tiklashga
harakat qildi. Ammo bu vaqtgacha cherkovdan sekulyarizatsiya qilingan juda katta mulkni
egallab olishga ulgurgan imperiya knyazlarining ko'p qismi bunday restavratsiyaga qarshi edi.
Imperator va unga tarafdor bo'lgan katolik knyazlari bilan lyuteran dini yoki o'sha vaqtda
protestantlik dini deb atalgan mazhabdagi ko'pchilik knyazlar o'rtasida urush boshlandi.
Protestant knyazlarning imperatorga qarshi qaratilgan ittifoqi .30 yillarning boshidayoq
(Shmal`kal`den ittifoqi) tuzilgan edi. Lekin u vaqtdagi tashqi siyosat (Fransiya va Turkiya
bilan olib borilgan urush) Karl V ning e'tiborini ko'p vaqtgacha chetga qaratib turdi. Knyazlar
esa bundan foydalanib, o'z yerlarini cherkov hisobiga kengaytirishda davom etdilar. Faqat 1546
yilda Frantsisk I bilan sulh tuzilgandan keyiigina Qarl V Italiyadan o'zi bilan birga 40
ming kishilik eng sera ispan piyoda askarlarini olib kelib, knyazlarga qarshi urush
(Shmal`kal`den urushi) boshladi. Knyazlar juda tez taslim bo'ldilar. Elbadagi Myul`berg yonida
bo'lgan jangda (1547 yil 24 aprel`) imperator zo'r zafarga erishdi va unga qarshi knyazlarning
bosh rahbari bo'lgan Saksoniya kurfyursti Iogann Fridrixni asir oldi. Karl V katolitsizmni
tamomila tiklashga tayyorgarlik ko'rib, ayni zamonda imperiya knyazlarining hudud
sohasidagi huquqlarini kamaytirdi. Lekin bu hol uzoq davom etmadi.
Imperator qudratining oshib borishi protestant knyazlarining ham, katolik knyazlarining ham
unga qarshi keng koalitsiyasi maydonga kelishiga sabab bo'ldi. Papaning o'zi ham Karl V ga
qarshi tuzilgan knyazlar blokini zimdan quvvatladi. Knyazlar qo'qqisdan imperatorga hujum
qilib (1552 yilda) o'sha paytda Insbrukda yashab turgan Karl V ni qo'shni Karintiyaga qochishga
majbur qildilar. Karintiyani uning ukasi Ferdenand boshqarardi.
Uzoq vaqt davom etgan sulh muzokaralaridan keyin, 1555 yilda Karl V bilan knyazlar o'rtasida
Augsburg sulhi deb nom olgan sulh tuzildi. Bu shartnomaga muvofiq aholiniyg qaysi dinga
e'tiqod qilishyni belgilash huquqi mahalliy knyazlarga berildi «Mamlakat kimniki bo'lsa, din
ham o'shaniki» («Cujus regio, ejus religio») degan printsip e'lon qilindi.
Karl V o'z planlarining tamomila barbod bo'lganiga tan berib, shu kuniyoq taxtdan voz kechdi.
Imperiya taxti uning ukasi Ferdenandga topshirildi. Shundan bir necha oydan keyin (1556
yilda) Ispaniya, Niderlandiya va Italiyadagi yerlar Karl V ning vorisi bo'lgan o'g'li Filipp P
ning qo'liga o'tdi.1
Karl V siyosatining barbod bo'lishi Germaniya uchun markaziy hokimiyatning yanada zaiflashuvini
hamda mamlakatda feodal tarqoqliginyng yanada kuchayuvini bildirar edi.
1525 yildan keyin anabaptistlar. Myunster kommunasi. Dehqonlar urushi davom etgan yillarda
anabaptistlarning soni ko'paygan edi. Ularning soni Tyuringiya va Saksoniyadan tashqari yana
Reyn shaharlari — Vorms, Strasburg va boshqa shaharlarda, shuningdek Germaniyaning janubida —
Augsburg va Ul` ma shaharlarida ayniqsa tez oshib ketgan edi. Anabaptistlar Niderlandiyada
(Gollandiya shaharlarida) juda ko'p edi. Ulug dehqonlar urushi bostirilgandan keyin
anabaptistlar qattiq jazolarga do'chor qilina boshladi. Reaktsiya sharoitida ba'zi
anabaptistlar har qanday kurashdai va zo'rlik ishlatishdan voz kechib, juda tez itoatkor
sektantlarga aylanib ketdilar. Ularning ta'limaticha, Iso yana qaytib yerga tusharmishu,
farishtalar yordami bilan «ming yillik dorilamon» qurarmish. Chunonchi, Strasburgda Mel`xior
Gofman degan bir mo'ynado'z shunday ta'lim berib, Iso go'yo 1533 yilda qaytib keladi, deb
karomat qilgan. Biroq anabaptizmda boshqa bir urf-odat, an’ana — inqilobiydemokratik urf-odat, an’ana
ham yeaqlangan. Bu urf-odat, an’ananing tarafdorlari «ming yillik dorilamon» «avliyo odamlar
ning» o'zlari tomonidan barpo qilinadi deb faraz etganlar. «Imonsiz zolim»larni
«taqvodorlar»ning o'zlari yiqitmog'i kerak. Bunday anabaptistlarga 30yillarda Myunster
shahrida (G'arbiy Germaniyada—Vestfaliyada) bosh ko'tarib chiqish uchun qulay fursat
topilib qoldi. Bu yerda mahalliy demokratii elementlar o'zlarining feodal yepiskopiga qarshi
bir necha yil davomida qattiq kurash olib borgan edilar. Nihoyat, 1534 yilda shahar yepiskopni
haydab yuborgan va o'zini «injilchilar», ya'ni protestantlar shahri deb e'lon qilgan edi.
Ozod qilingan bu shaharda anabaptistlar katta ta'sir ko'rsata boshladilar. Myunsterga
Niderlandiyadan anchagina anabaptistlar kelishdi. Ular orasida Xaarlem shahridan kelgan
novvoy Yan M a t i s bilan Leyden shahridan kelgan mashinachi Yan Leydenskiy ayniqsa
g'ayratli edi.
Ular har ikkalasi Myunster kengashida katta rol o'ynadi. Yepiskop Myunsterda yana o'z
hukmronligini tiklash maqsadida qo'shni feodallar bilan birga shaharni qamal qilgan vaqtda
shahar mudofaasiga Matis va u o'lgandan keyin esa Yan Leydenskiy boshchilik qildilar. 16 oy
(1534—1535) davom etgan qamal sharoitida anabaptistlarning shahar kengashi tengchilik
xarakteridagi ba'zi bir tadbirlarni amalga oshirdi. Sudxo'rlik va spekulyatsiya taqiqlandi.
Aholi qo'lida bo'lgan oltin va kumush jamoat ehtiyojlariga sarf qilish uchun musodara qili
nadigan bo'ldi. Mahalliy monastirlarning va knyazyepiskoining omborlaridan musodara
qilingan oziqovqat jamoat ixtiyoriga sarflandi (qisman umumiy oshxonalarga
berildi, qisman oilalar o'rtasida taqsimlandi). Anabaptistlar qadimgi Tavrotga taqlid
qilib, Myunster shahrining nominy Yangi Quddus deb o'zgartirdilar. Yan Leydenskiy
«Yangi Isroil podshosi» deb e'lon qilindi. U xaloyiq o'rtasida qadimiy Isroil podsholari
libosini eslatadigan maxsus kiyimda hozir bo'lar edi. Qadimiy Isroildagi 12 qabila soniga
muvofiq 12 bosh maslahatchi uni qurshab yurardi. Yuqorida keltirilgan faktlardan
ko'rinadiki, Myunster kommunasi ishlab chiqarish usulini o'zgartirmadi. U tengchilik
xarakteridagi tadbirlarni
urush sharoitining taqozosi bilan amalga oshirgan edi. Bipobarin, Myunster kommunasi tuzumida
kommunistok tuzum elementlarini qidirish mutlaqo noto'g'ridir. Myunster kommunasi, tarixidagi
eng muhim narsa boshqadir: hujum boshlagan feodal reaktsiyaga Myunsterdagi xalq ommasi 1534—
1535 yillarda bir necha oy davomida, g'oyat qiyin sharoitda g'ayrat bilan qarshilik ko'rsatib
turdi. Myunsterdagi qo'zg'olon 1525 yilgi dehqonlar urushining so'nggi o'ziga xos aksi
sadbsi bo'ldi.
Nihoyat, 1535 yil 25 iyunda landsknextlar olomoni shaharga bostirib kirdi, ammo o'shanda ham
bozor maydonida shiddatli jang bo'ldi. Quturgan dushman askarlari shahar mudofaachilarini
bitta qo'ymay hammasini qirib tashladi. Asir olingav Yan Leydenskiyga feodallar alohida o'lim
jazosi kashf etdilar. Jallod uning to joni chiqquncha, qizdirilgan ombur bilan badanini
burdaburda qilib uzib tashlayverdi.
XVI asrning birinchi yarmida nemis madaniyatining yuksalishi. Islohattsiya va dehqonlar urushi
davrida nemis madaniyati g'oyat yuksalgan edi. XVI asrning birinchi yarmida Germaniyada adabiyot
va tasviriy san'at ayniqsa muvaffaqiyatli rivoj topdi. Bu davrning eng atoqli shoiri Gans
Saks (1494—1576) bo'lgan edi. U Janubiy Germaniyadagi Nyurenberg shahrida yashovchi mashinachining
o'g'li edi. Saks islohattorlarga barvaqt qo'shilib, uni o'z asarlarida himoya qildi. Saks ijodi
chuqur xalqchil xarakterga ega edya. Uning ko`pdan-ko`p qo'shiqlari, shvanklari va dramatik
asarlari keng kitobxonlar doirasiga — shaharliklar, qisman dehqonlarga mo'ljallangan edi.
Saks boylarning ochko'zligini va «katta janoblar» zo'ravonligini fosh qilib, «kambag'allar»
manfaatini himoya qilgan edi. U meysterzingerlar (qo'shiq ustalari) Nyurenberg maktabining
asoschisi bo'lib, bu maktab uchun meysterzinger qo'shiqlarining maxsus siklini yozib berdi.
Rassom, graver, tasviriy san'at haqidagi ko'pgina risolalarning muallifi Al`brext Dyurer
(1471 —1528) XVI asrning boshlarida Germaniyada atoqli san'at arbobi bo'lgan edi. Dyurer ham
Nyurenbergdagi zargarning o'g'li bo'lib, Nyurenberg gumanistlari bilan yaqin aloqa bog'lagan edi.
Dyurer Tavrot syujetlariga oid ko'plab kartinalar yaratib, ularga milliy xalq mazmunini
singdirib yubordi. U dunyoviy temalarda ham rasmlar yaratdi. U chizgan portretlar katta
realistik kuchga ega bo'lib, mazmundor peyzaj manzaralari va yorqin natyurmortlari unga katta
shuhrat keltirdi. Dyurer graver sifatida yanada ko'proq shuhrat qozondi. U yog'och va mis
o'ymakorligida yuksak mahoratga erishib, gravyura ishida katta o'zgarish yasadi. Dyurer misga o'yib
ishlagan katta gravyuralarning o'zidan 100 dan ortig'i saqlanib qolgan.
XVI asrning birinchi yarmida Germaniyada nemis tasviriy san'atining boshqa yirik ustalari
orasida Katta Lukas Kranax (1472—1553) hamda Kichik Gans Gol`beyts (1497—1543)
ajralib turadi. Qatta Kranax aypi vaqtda atoqli rassom va graver bo'lgan edi. U
Frankoniyada tug'ilgan bo'dib, islohattsiyaning qizg'in tarafdori ekanligi u yaratgan karti
nalarda namoyon bo'ldi. Islohattsiya arboblari — Lyuter, Melanxton va boshqalarning portretlari
uning mo'y qalamiga mansubdir. Kranax bir qancha. badiiy asarlarida papani va katolik
ruhoniylarini qattiq tanqid qilgan. Kichik Gold`bein (Augsburgda tug'ilgan) o'z kartinalarida
Ulug' dehqonlar urushining bir qancha manzaralarini aks ettirgan. U shuningdek Erazm
Rotterdamskiyning «Betamizlik madhiyasi» kitobiga rasmlar chizgan. Ammo Kichik Gold`bein
portretchi sifatida ayniqsa shuhrat qozongandir. U chizgan Erazm Rotterdamskiy, Tomas Mor,
ingliz qirollari Genrix VIII va Eduard VI gersog Norfol`k hamda zargar Tomas Morett
portretlari chuqur psixologiZmi, rasmning nafisligi va yumshoqligi, tasvirlanayotgan
shaxslarning haqqoniy va to'la real bo'lib chiqqanligi bilan ajralib turadi.
XLI B O V
SHVEYTSARIYADA VA YEVROPANING BOSHQA
MAMLAKATLARIDA ISLOHATTSIYA.
KATOLIK KONTRISLOHATTSIYASI (KO`RINISHI)
Islohattsiyaning Yevropaga tarqalishi. Islohattsiya faqat Germaniya bilangina cheklanib qolmadi.
XVI asrning 20va ayniqsa 30 yillarida lyuteranlik Skandinaviya mamlakatlar'ya—Shvetsiya,
Norvegiya, Daniyaga o'tib kirdi. Baltikabo'yi mamlakatlarida Prus ordeni (1525 yildan boshlab)
sekulyarlashdi va dunyoviy gersoglikka aylandi. Lyuteranlik qisman Angliyada, Fransiyada,
Pol`shada, Vengriyada o'ziga tarafdorlar topdi. Islohattsiya janubiy Germaniyaga qo'shni bo'lgan
Shveytsariyada ayniqsa qulay sharoitga ega bo'ldi. Burjua islohattsiyasi (ko`rinishi) xuddi ana shu
mamlakatlar (Germaniyadan keyin) ideologik jihatdan ham, tashkiliy jihatdan ham olg'a qarab
qadam tashladi. Bu yerda protestantizmning yangi sistemalari ishlab chiqildi va yangi
islohattsion cherkov tashkilotlari vujudga keltirildi.
XVI asrda Shveytsariya. Shahar va qishloq kantonlarining Shveytsariya ittifoqi XIII asrning
oxiridayoq paydo bo'lgan edi. 1291 yilda — Uri, Shvits va Unterval`den degan uchta «eski»
kanton qo'zg'oloni bo'ldi. XVI asrning o'rtalarida unga yana bir necha kanton — Sug, Glarus,
Lyutsern, Syurix va Bern kantonlari qo'shildi. XV asr davomida Shveytsariya ittifoqi nemis Gab
sburglariga qarshi, shuningdek, boshqa shimoliy ital`yan va g'arbiy fransuz feodallariga qarshi
kurashda o'z ozodligini qattiq turib himoya qilgan mustaqil federativ davlat sifatida uzil
kesil tashkil topdi. Birmuncha vaqt o'tgach, 1511 yilda ....,"¦

tarkibila 13 kanton, 10 ta ittifoqdosh va bir nechtagina qaram (fogtlik deb ataluvchi)
yerlar bor edi.
^Siyosiy jihatdan Shveytsariya XVIasrda juda xilma-xil edi. Ba'zi kantonlarga, ya'ni shahar
kantonlariga rivojlangan sanoat markazlari (Bern, Syurix va boshqalar) boshchilik qilardi,
boshqalari, ya'ni qishloq («o'rmon») kantonlari esa iqtisodiy jihatdan orqada qolgan okruglar
edi, Ayrim shaharlarda hokimiyat tepasida tanho patritsiat turardi (masalan, Bernda), boshqa
shaharlarda (Syurixga o'xshash shaharlarda) shahar kengashining tarkibi birmuncha demokratik edi.
Shveytsariyaning anchag'ina katta shahri yirik savdo va sanoat markazi bo'lgan Jeneva 1530
yildagina Savoyya gersogi hukumronligidan ozod bo'lib, Shveytsariya ittifoqiga ittifoqdosh yer
sifatida kirgan edi. Ammo uning federatsiya tarkibiga kanton sifatida batamom kiritilishiga
hali ancha vaqt bor edi.
.Shveytsariya federatsiyasining tagi bo'sh va mujmalligidan foydalanib, yirik qo'shni davlatlar
Shveytsariyani o'z siyosatlarining quroliga aylantirdilar. Fransuz qiroli, german imperatori,
Rim papasi Shveytsariya dehqonlaridan yollanma soldatlar sifatida foydalandilar. Dehqonlarni
yollanma soldat qilib sotish Shveytsariya boshiga bitgan balo bo'ldi. Ittifoq hukumati o'z
fuqarolarining qoni bilan ochiqdanochiq savda qilardi. Shahar kantonlari chet el hukumatlari
bilan qishloq kantonlari o'rtasida olib borilgan muzokaralarda odatda vositachilik
vazifasini o'tar edilar. Ammo Shveytsariya ittifoqidagi aholining eng ilg'or tabaqalari
dehqonlarni yollanma soldat qilib sotish mamlakatga naqadar katta ziyon yetkazishini tushuna
boshladilar. Ular kantonlarni ancha markazlashgan yagona Shveytsariya davlatiga jipslashtirishni
orzu qilardilar. Yangi protestant dinini ular Shveytsariyani siyosiy jihatdan uyg'otish quroli
deb, shuningdek mahalliy ruhoniy va dunyoviy feodallarga qat'iy zarba berish uchun kurash
ko`rinishi deb qabul qildilar. Bu vaqtda mahalliy feodallar orqada qolib kelayotgan
kantonlarida siyosiy yo'lboshchi sifatidagi o'z ahamiyatlarini hali yo'qotmagan edilar.
Ul`rix Svingli. Shveytsariya islohattsiyasi (ko`rinishi)ga Ul`rix Svingli (1484—1531) yo'lboshchilik qildi.
Svingli badavlat shveytsar dehqonining o'g'li edi; bundan tashqari uning ancha obro'li va
ta'siri zo'r ruhoniylardan qarindoshlari ham bo'lib, uning juda yaxshi ilm olishiga yordam
berdilar. Svingli Vena universitetini tamomlab, lotin va grek tillarini yaxshi o'rg'anib oldi.
Bir qancha vaqtgacha u gumanist, Erazm Rotterdamskiyga dust bo'lib keldi. 1518 yilda Svingli
Syurix soborining popi bo'ldi. Svingli «dinni pokizalash» to'g'risidagi va'zi bilan, uning o'z
gapiga qaraganda, Lyuterdan oldin, 1516 yildayoq maydonga chiqqan. Ammo papalik bilan
munosabatini keyinroq, 1519 yilda, Syurix ma'murlari o'z kantonlarida indul`gentsiya bilan
savdo qilishni uning taklifiga muvofiq
taqiq etgan vaqtda uzgan. 1522 yilda Svingli «67 modda» sarlavhali kitobini chiqarib, unda
u o'z islohattsiyasi (ko`rinishi)ning prinsiplarini bayon qilib berdi. Svingli muqaddas kitobni Lyuterga
qarag'anda ancha ratsional tarzda talqin qiladi. U Isoning jamoliga musharraf bo'lish rasm
odatini Isoga sig'inishdan boshqa bir narsa emas, deb qaraydi va cherkovda yeyilgan bir burda
non bilan ichilgan muqaddas vino Isoning tani va qoniga aylanishi to'g'risidagi ta'limotni
rad qiladi1.
Svingli cherkovi tashkiliy jihatdak ham ancha demokratik negizga qurilgan edi. Mahalla
jamoasining rahbari bo'lgan pastorni nkillarining syezdi o'tkazib turilardi. Cherkov tashkilotlari ustidan bosh nazoratchi kanton
hukumati edi.
Svingli islohattsiyasi (ko`rinishi)ni boshqa shaharlarning (Bern, Bazel`, SenGallen va hokazo) kantonlari
ham qabul qildi. Ammo eski qishloq, «o'rmon» kantonlari (Shvits, Uri, Unterval`den, Lyutsern va
Sug)ning patriarxal dehqon aholisi yollanmachilik tufayli papa bilan yoki katolik fransuz
qirolligi va german imperatorlik hukumati bilan bog'liq bo'lganliklari tufayli yangi dinni
qabul qilishdan qat'iy bosh tortdilar. Protestantlik shahar kantonlari din bayrog'i ostida
o'rmon kantonlari bilan urush boshlab yubordilar, ularni o'zlariga batamom bo'ysundirib olishga
urindilar. Bu yurishlorda Svinglining o'zi ham faol qatnashdi. Syurixliklar va
ittifoqchilarning 1529 yilda. olib borgan birinchi urushi muvaffaqiyatli bo'ldi. «O'rmon»
kantonlari mag'lubiyatga uchraganlaridan keyin, urush xarajatlarini to'lashga rozi bo'ldilar .va
chet davlatlar bilan shartnomalar tuzish huquqlaridan voz kechdilar. Ammo 1531 yilda bo'lgan
ikkinchi urush Syurixning mag'lubiyati bilan tugadi, Svinglining o'zi Kappel` yonidagi jangda
o'ldirildi. Bu gal endi shahar kantonlari tovon to'lashga hamda «o'rmon» kantonlarining
«xorijiy siyosatiga» aralashmaslik to'g'risida majburiyat olishga majbur bo'ldilar.
Jan Kal`vin. Shveytsariyaning brshqa bir chekkasida—^ Jenevada chiqqan boshqa bir shveytsar
islohattori Jan Kal`vin (1509—1564) bo'ldi. Kal`vin aslida Pikardiyadan chiqqan fransuz
bo'lib, vyloyat amaldorining o'g'li edi. Otasi uni huquqshunos qilmoqchi bo'lgan. Shu maqsadda Kal`vin
dastavval Burj, so'ngra Parij universitetida huquqshunoslikni o'rgangan edi. Shu bilan bir
paytda u juda chuqur klassik ma'lumotga ega bo'lib, qadimgi tillarni puxta o'rgangan,
tarixni yaxshi bilar, katolik va protestant (lyuteranlik) qoidalarini o'rgangan edi^ Kal`vin
30 yillarning boshlarida e'tiqodli protestant bo'ldi. Diniy ta'qiblar tufayli Fransiyadan
ketishga majbur bo'lgan Kal`vin vaqtincha G'arbiy Germaniyada, Strasburg shahrida yashadi,
so'ngra esa Bazelda turdi, pirovardiDa u Jenevaga taklif etildi. 1536 yilda Bazelda u
«Xristian dinidan qo'llanma» degan kitobini nashr qildi, bu kitob protestantlar orasida
katta muvaffaqiyat qozondi. Kitob dastavval lotin tilida yozilgan va nashr qilingan edi. Ammr
ko'p o'tmay, u fransuz tiliga va Yevropadagi bir qancha millatlar tiliga tarjima qilindi. Bu
kitobda Kal`vin protestantizm asoslarini birmuncha sistematik ravishda bayon qilib bera
olgan edi. Bir qancha qoidalarda Kal`vin Lyuterga qaraganda katolizmdan xiyla uzoqqa keta
bilgan edi.
Lyuter singari Kal`vin ham odamzodni «imon xalos qiladi» degan aqidaga asoslandi va qismat
azaldan belgilab qo'yilgan bo'ladi, degan ta'limotni ilova qildi. Odamzodning xalos bo'lishi
batamom xudoning irodasiga bogliq emish. Xudo oldindanoq («avvaldan») bir xil odamlarni
xalos qilgan, boshqa birovlarni halokatga mahkum etib qo'ygan emish. Jahondagi barcha
odamlar .ikki kategoriyaga — «sara» odamlar va «past» odamlar kategoriyasiga bo'lingan emish.
Kal`vinning ta'rifida xudo dahshatli zotga, dunyo va ayrim odamlarning qismatini so'zsiz
hal qiladigan qandaydir bir taqdirga aylantirilgan. Taqdiri azal haqidagi ta'limot
yangilik emas edi. Kal`vinga qadar ham bu ta'limotni turli dinlar bir necha marta maydonga
tashlashgan, ayniqsa eng og'ir paytlarda shunday qilishgan edi. Xususan bu ta'limot ilk
xristianlik davrida, xristianlik eski majusiylar idsologiyasiga qarshi Rim jamiyatida o'z
o'rnini egallash uchun kurash olib borishga to'g'ri kelgan davrda keng tarqalgan edi. I'slom dini
«kofirlar» ga qarshi «g'azot urushlari» davrida taqdiri azal haqidagi dogmatga g'oyat katta
e'tibor bergan edi. Bu paytda musulmon dini Yaqin va O`rta Sharqda bir mamlakag ketidan
ikkinchisini o'z ta'siriga bo'ysundirayotgan edi. Ammo XVI asr sharoitida bu dogmat Yevropa
protestantlarida o'ziga xos tarzda talqin qilindi hamda jiddiyroq ideologik oqibatlarga
olib keldi.
Kal`vinning taqdir azaldan belgilab qo'yilgandir, degan ta'limoti dastlabki jamg'arilish
paytini yorqin aks ettirardi. Kal`vin XVI asrda bo'lib o'tgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarga
xudo tomonidan oldindan belgilab berilgan qonuniy holdir deb qaragan edi. O`rta asrdagi
asketik qarashlarga .qaramaqarshi o'laroq, u boylik to'plashni gunoh ish, odamning «gunohdan
xalos bo'lishiga» xalaqit beradigan narsa deb emas, balki odamzod erishgan muvaffaqiyatning
bir ko'rinishi, unga xudoning marhamati, deb qaragan edi. Engel`s Kal`vinning taqdiri azal
haqidagi ta'limotini uning davri bilan bog'lab, XV—XVI asrlarda pul munosabatlari
rivojlanganini va bu narsa yangi diniy ideologiyada o'z aksini topganligini ko'rsat
gan edi: «Uning (Kal`vinning — red.) dogmasi o'sha vaktd"agi burjuaziyaning eng jasur
qismining talablariga moe keyaar. edi. Uning taqdiri azal to'g'risidagi ta'limoti — savdo va
konkurentsiya dunyosida omad kelish yoki sinish ayrim kishilarning harakatiga va mahoratiga
bog'liq bo'lmay, ularning ixtiyoridan tashqari hollarga bog'liq ekanligini diniy shaklda ifoda
qilishdan iborat edi. Buni biron kishining xohishi yoki harakati belgilamaydi, balki
qudratli, lekin ko'rinmaydigan iqtisodiy kuchlarning marxamati belgilaydi. Buning to'g'riligi
iqtisodiy \'zgarish vaqtida, barcha eski savdo yo'llari va savdo markazlarining o'rnini
yangylari olayotgan, Amerika va Hindiston ochilgan, hatto azaldan iqtisodiy e'tiqod simvoli
bo'lib hurmatlanyb kelgan narsaning, ya'ni oltin va kumushning qiymati tushib ketgan bir
vaqtda ayniqsa yaqqol ko'rindi1».
Keyinchalik Kal`vinning shogirdlari, ayniqsa uning ingliz izdoshlari — puritanlar orasida
taqdirning azaldan belgilab qo'yilGanligi haqidagi ta'limot «dunyoviy vazifa» deb atalmish
ta'limotga aylanib ketdi, bu ta'limotga ko'ra, odamning butun amaliy faoliyati uning
«burchi», «vazifasi», «xudoning amri» ni amalga oshirishdan iboratdir.
Puritanlar esa dastlabki jamg'arilish davriga moe keladigan yangi diniyburjua axloqini ham
batafeil ishlab chiqdilar. Tejamkorlik, xasislik, mehnatsevarlik va mol jamg'arish — bu
axloqning eng asosiy fazilatlari edi.
Ikkinchi tomondan, gumanistik ma'rifat rivojlangan sharoitda Kal`vin ta'riflab bergan
taqdiri azal haqidagi ta'limot ratsionalroq ruhda ham talqin qilinishi mumkin edi. Xudo,
Kal`vinning ta'kidlashicha, darhol («dunyoni yaratish paytidayoq») bu dunyo qonunlarini, dunyo
qonuniyatlarini oldindan belgilab qo'ygan—bu bilan dunyo ishlariga va insoniyag tarixi
jarayoniga xudoning «mo''jizakor» aralashuvi mantiqan ortiqcha qilib qo'yilgan edi. Bu jihatdan
Kal`vin XVi I— XVIII asrlardagi so'nggi falsafiy deizmning uzoq o'tmishdoshi bo'lgan edi.
Kal`vin o'zining yangi cherkov tashkilotiga katta ahamiyat bergan edi. Kal`vin cherkovni «ruh
kishilaridan» iborat «saralar jamoasi» deb bildi. Unda intizom juda qattiq bo'lgan. Islohat
qilingan cherkovni knyazfeodallar nazoratiga bo'ysundirgan lyuteranlikka nisbatan Kal`vin
cherkovining tuzilishi ancha demokratik edi. Undagi barcha mansabdor ruhoniylar saylanib
qo'yilgan. Jamoaning ruhoniy rahbarlari bo'lgan pastorlardan tashqari Kal`vinning cherkov
jamoasida shu jamoa qavmi ichidan saylanib qo'yilgan oqsoqollar (presviterlar) katta rol
o'ynagan. Ayrim jamoalar ittifoqqa birlashib, milliy cherkov tashkil qilganlar, bu
cherkovlaoga iaqtivaqti bilan chaqirilib turadigan sinod (syezd)lar boshchilik qilgan.
Kal`vin Jyonevada mahalliy protestant partiyasiga boshchilik qildi. U salkam yigirma besh yil
(1540—1564) Jeneva cherkovining tepasida turib, mahalliy shahar kengashiga katta ta'sir
ko'rsatdi. Kal`vin bu yerda protestant ruhoniylar akademiyasini tashkil etdi. Bu yerdan
kal`vinchi missionerlar Yevropaning barcha mamlakatlariga yuborilardi. Kal`vin turli
mamlakatlarda yashovchi o'z izdoshlari bilan tez-tez xat yozyshib turdi. U yashagan davrda Jenevani
«Protestantlar Rimi» deb ataganlari bejiz emas edi.
Kal`vin din sohasidagi munosabati jihatidan ham Rim papasiga o'xshardi. Papalar yeretiklarni
shafqatsiz ta'qib qilganlari singari, Kal`vin ham boshqacha fikrdagi kishilarning hammasiga
g'oyat chuqur nafrat bilan qarardi, Kal`vinning taklifyga ko'ra, Jeneva kengashi xudosizlikda
va axloqsizlikda ayblangan turli shaxslardan 58 tasini qatl qildirdi va 76 tasini surgunga
yubordi. Bular orasida mashhur ispan olimi Migel` Servet ham bor edi, u ilohiy troitsa
to'g'risidagi ta'limotni rad qilgani uchun 1553 yilda gulxanda kuydirildi.
Kal`vinchilar Yevropaning ko'pgina mamlakatlaridaturli nomlar bilan cherkov namoyandalari
sifatidagina emas, balki siyosiy arboblar sifatida ham harakat qilardilar. «Kal`vinizm
Gollandiyada respublika vujudga keltirdi, Angliyada va xususan Shotlandiyada kuchli
respublikachi partiyalar vujudga keltirdi»1.
XVI asrning ikkinchi yarmida kal`vinizm munosabati bilan Kal`vinning vatani Fransiyada keng
ijtimoiy diniysiyosiy harakat paydo bo'ldi, bu harakatni davom ettiruvchilarga u yerda
gugenotlar deb nom berdilar.
Katoliklar kontrislohattsiyasi (ko`rinishi). Islohattsiya to'lqini butun Yevropaga yoyilib ketadiganday bo'lib
ko'ringan edi. XVI asrning 30 yillarida (qirol Genrix VIII Tyudor zamonida) ingliz
cherkovi papadan ajraldi, 40va 50yillarda islohattsiya kal`vinizm va boshqa xil
protestantlik ta'limotlari ko`rinishida Niderlandiya mamlakatlarida juda keng tarqaldi.
Fransiyada, ayniqsa uning janubida protestantkal`vinistlarning soni tobora ko'payib bordi.
Germaniyada lyuteranlik, shuningdek qisman bu yerga kirib kelayotgan kal`vinizm hamda
svinglikanchilik katolitsizmni siqib borib, uni orqaga surib qo'ygan edilar. Protestantlik
Skandinaviya mamlakatlariga yoyildi. XVI asrning o'rtalarida hatto Pol`sha bilan Vengriyada ham
Rim cherkovi uchun xavf tug'ildi.
Biroq XVI asrning o'rtalarida va ayniqea ikkinchi yarmida katolik cherkovi protestantlarga
qarshi o'zi hujum boshladi.
U hali tamomila umidsiz holga tushgan emas edi. Yevropaning ijtimoiy tuzumi asosan hali ham
feodal tuzumidan iborat edi. Kapitalistik munosabatlar faqat feodal formatsiya ichidagina
tug'ilib kelayotgan edi. Deyarli hamma davlatlar tepasida XVI asrning birinchi yarmidagi Buyuk
dehqonlar urushidan hamda u bilan bog'liq bo'lgan boshqa xalq harakatlaridan qo'rqib qolgan
feodal sinflar turardi.
Yevropaning eng yirik mamlakatlarida — Fransiya, Ispaniya, Avstriyada tantana qilgan
absolyutizmning o'zi katolitsizmga muhtoj edi, unga katolitsizm ideologik va'" siyosiy kuch
sifatida zarur edi, absolyutizm xalq ommasini, dastavval, dehqonlar ommasini shu
katolitsizm yordami bilan itoatda tutishga umid bog'lagan edi.
Katolitsizmning afzal tomoni — uning protestantlar cherkovi singari tarqoq holda emas,
balki markazlashgan holda ekanligida edi. Katolik yepiskopligi, qavm ruhoniylari, turli
monaxlarning ordenlari bir markazdan — Rimdan boshqarilar va yo'lyo'riq olardilar. Biroq
katolik cherkovi .o'zining hukmronlik mavqeini bir daraja bo'lsa ham tiklash maqsadida hokim
sinflarga bir qancha yon berishga majbur bo'lgan edi.
Bir qancha mamlakatlarda cherkov qisman sekulyarlashni, ya'ni cherkov yerlari va boshqa
mulklarining ozmiko'pmi qismi * dunyoviy odamlar qo'liga o'tishini tan olishga majbur bo'ldi.
Absolyut hokimlik hukm surgan davlatlarda qirollar mahalliy cherkovlar ustidan ilgarigiga
qaraganda yana ham ko'proq hokimlik qila boshladilar. Xususan, bu narsa mahalliy yepis
koplarning qirollar tomonidan belgilanishida va mahalliy cherkov daromadlari ulushining
papaga ajratilishi ustidan u yoki bu mahalliy hukumatning nazorati o'rnatilganida namoyon
bo'ldi.
Katolik cherkovi o'z ichida katta islohatlar o'tkazishi lozim edi. Protestantizmga qarshi olib
borilayotgan kurashning yangi sharoitlari katoliklardan o'z kuchlarini ko'proq markazlashtirishni
va papaning obro'sini yanada ko'proq ko'tarishni talab qilardi.
1545—1547, 1551—1552 va 1562—1563 yillarda Tridentda (Germaniya chegarasidagi Tridentda)
majlis qurgan Trydent sobori protestantlar bilan har qanday murosaga kelishni rad qildi,
protestantlarning hammasivi «yeretiklar» deb e'lon qildi. Sobor papani din ishlarida eng
mo''tabar shaxe deb e'lon qildi; ilgarigi barcha aqida hamda odatlar, ruhoniylarning
selibati monaxlik, butga cho'qinish, qudratga sajda qilish, xudoga lotin tilida sig'inish va shu
singarilar saqlab qolindi. Ruhoniylarning savodini oshirish maqsadida svyashchenniklar
tayyorlash uchun maxsus diniy seminariyalar barpo qilindi. Ayni vaqtda katolitsizm cherkovning
«obrusi» ga biror darajada putur yetkazadigan hamda uning dogmatlari va tashkilotiga zid
keladigan barcha yangi g'oya va yo'nalishlarga qarshi sistematik kurash olib bordi. Papalar
katolik yozuvchilar nashr qiladigan adabiyotlar ustidan qattiq senzura o'rnatdilar. Dindor
katoliklar uchun Rimda muntazam suratda «taqiqlangan kitoblar ro'yxati» tuzib beriladigan
bo'ldi. Bu ro'yxatlarga papaga dushman bo'lgan protestant yozuvchilarning asarlarigina emas,
hatto eng yangi ilmyy kitoblar ham, jumladan, olamning tuzilishini' Tavrotdan boshqacha
tushuntirib beruvchi yangi astronomiya asarlari va hokazolar ham kiritildi.
Iezuitlar ordeni. Yangidan barpo qilingan iezuitlar ordeni («Iso jamiYATV"» oocietas lesu»)
katolik reaktsiyasida g'oyat katta rol o'ynadi. Ordenga ispan dvoryani Ignatiy Loyola (1491 —
1556), asos solgan edi. Ordenning ustavini papa 1540 yilda tasdiqladi. Trid^nt soboridayoq
iezuitlar faol ish boshlab yubordilar, ular ashaddiy papa partiyasiga (ul`tramontan
par.tiyasiga) boshchilik qildilar. Iezuitlar katolitsizm tantanasini ta'minlash uchun hech
qanday vositadan ham qaytmasliklari bilan farq qilar edi. Orden o'z ishida «maqsadga eri
shish uchun har qanday vosita ham yarayveradi» degan shiorni bayroq qilib olgan edi. Iezuitlar
boshqa monax ordenlari singari dunyoni tark ztmadilar, o'z hujralariga bekinib olmadilar,
balki olamni o'z changallariga ko'proq chirmashtirib olish uchun shu olam ichida yashadilar. Orden
a`zolarni puxta saralab tanlash asosida tuzildi va uning intizomi juda qattiq edi. Orden
generali Rimda yashardi, u g'oyat katta huquqlarga ega edi, ammo uni ordenning yuqori
tabaqalari saylab qo'yardi va aslida ularning doimiy nazorati ostida ish qilar edi.
Ordenning oddiy a'zolariga o'z boshliqlarining aytganini hech so'zsiz bajaradigan qurol deb
qaralardi. «Tobe bo'lgan odam o'zidan kattaga xohlagan yoqqa aylantirib qo'ysa bo'ladigan ulik
jasaddek, har yoqqa egsa egilaveradigan novdadek, har qanday shaklga solsa, solib bo'ladigan,
istagan yoqqa cho'zsa cho'zila beradigan mumdek bo'ysunmog'i lozim» (Loyola va'zidan).
Orden o'z faoliyatini har bir jihatdan kengaytirib yubordi. Iezuitlar aholisining bir qismi
katolik bo'lib, boshqa bir qismi protestantlardan iborat bo'lgan tumanlarda propaganda
ishlarini o'z qo'llariga oldilar va shu tumanlarda (Janubiy va Janubi-sharqiy Germaniya,
Pol`sha, Vengriya va boshqalarda) katolitsizmning hukmronligini tikladilar. Iezuitlar
ruhoniylar tayyorlaydigan maxsus diniy maktablarnigina emas, balki katolik ruhda dunyoviy
ma'lumot. beradigan umumiy ma'lumot maktablarini ham o'z qo'llariga kiritib oldilar. Bu
maktablar — mashhur kollegiumlar edi, ularda XVI, XVII asrlarda va qisman XVIII asrda
G'arbiy va qisman Sharqiy Yevropaning (Pol`sha) dvoryan yoshlari ma'lumot olardilar. Iezuitlar
saroy ruhoniylari, ya'ni qirol hamda malikalarning ruhoniylari sifatida ham katta siyosiy
rol o'ynaydilar. Ko'gshncha ular absolyutizmning ma'muriy apparatlaridan yuqori lavozimlarni
egallar edilar. Ammo iezuitlarning o'zlari ka
goliklarga zid siyosat yurgizuvchi qirollarga va hukmdorlarga qarshi fitna va ig'volar
tug'dirardilar (Angliya, ayrim davrlarda Fransiyada). Ko'pgina iezuitlar missionerlar
sifatida mustamlakalarga — Janubiy Amerika, Hindiston, HindiHitoy, Indoneziya, shuningdek
Xitoyga va bir vaqt Yaponiyaga ham kirib bordilar.
Yevropa qit'asida ijtimoiysiyosiy reaktsiya davom etib turgan paytda iezuitlar muvaffaqiyat
qozonib turdilar. XVIII asrda Fransiya burjua inqilobi arafasida burjua ma'rifatchilari
iezuitlarga qarshi juda qattiq hujum boshladilar. Katolik cherkovining o'zida iezuitlarning
dushmanlari ko'p edi, bu dushmanlar ordenning siyosati cherkovga foydadgn ko'ra ko'proq zarar
yetkazdi, deb hisoblar edilar. 1773 yilda papa Kliment XIV ordenni yopib qo'ydi. Ammo 1816
yilda restavrasiya davrida iezuitlar o'z ishlarini yana boshlab yubordilar.
XLII BOB XVI—XVII ASRLARDA ISPANIYA
Karl I davrida Ispaniya yerlari. XVI asr boshlarida Ferdinand va Izabella birlashtirish
siyosatini olib borganliklari natijasida Ispaniya Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri
bo'lib qoldi. Ispaniya Pireneya yarim orolining katta bir qismini (Portugaliyadan tashqari)
emas, balki Italiyaning anchagina qismini (Sitsiliya va Sardiniya orollarini, Neapol` ko
rolligini) ham o'ziga qo'shib oldi. Ferdinand bilan Izabellaning nevarasi, ularning qizi
Xuananipg o'g'li Karl (Ispancha Karlos) Gabsburg1 Ferdinand o'lgandan keyin 1516 yilda ana shu
yerlarning hammasini meros qilib oldi va ularga «Burgundiya merosi» deb atalmish yerlarni,
ya'ni Niderlandiyani, Lyuksemburg gersogligini va FranshKonte mintaqalarini qo'shib oldi.
Keyinchalik Karl, fransuz qiroli Frantsisk bilan olib borilgan urush davomida Milanni hamda
Shimoliy Italiyaning boshqa bir qancha yerlarini ham qo'shib oldi. 1535 yilda u Tunisni bosib
oldi. 20 va 30 yillarda ispanlar Amerikada Meksika, Peru, Chili, Kolumbiyani istilo
qildilar. XVI asrning ikkinchi yarmida Ispaniya Filippin orollarini qo'lga kyritdi. Ispaniya
Yer sharining ikkala tomoniga joylashgan jahon davlatiga aylandi. Ispan qirolining yerlarida
«Quyosh sira botmasdi». Gabsburglarning vujudga kelgan ko'p millatli juda katta imperiyasida
Ispaniya muhim o'rin tutardi. Bu imperiya

hatto o'z miqyosi jihatidan Buyuk Karl imperiyasining yerlari'dan ham ancha kengayib ketgan


edi. Karl V Ispaniyani o'z yerlari orasida eng yaxshisi deb hisoblardi. Ispaniya grandlari
imperatorning to'xtovsiz oli(1 borgan urushlaridan ko'plab foyda ko'rdilar. Ammo
gabsburglarning agressiv «jahon» siyosati Ispaniyaning milliy manfaatlarini nazarda tutmas
edi. Ispan xalqiga german feodallari bilan tuzilgan ittifoqdan real foyda olish o'rniga
Karl V ning buyuk davlatchilik siyosati uchun qilingan xarajatlarini qoplashga to'g'ri kelgan
edi.
Kommuneros qo'zg'oloni. Karl V Ispaniyada qirollik qila boshlagan dastlabki paytida kommuneros
qo'zg'oloni nomi bilan mashhur bo'lgan katta qo'zg'olon bo'lib o'tdi. Mamlakat Ferdinand bilan
Izabella davrida birlashgan bo'lsada, XVI asr boshida ham Ispaniyaning sud ishlari va
ma'muriy ishlarida juda ham xilma-xillik saqlanib qolavergan edi. Mamlakatda feodallar
hali ham bemalol yashamoqda edilar: ularning soslovie huquqlari va dvoryanlik imtiyozlari,
ayniqsa dvoryanlarning yuqori tabaqasi bo'lgan g'randlarning imtiyozlari to'la
saqlanmoqda edi, erkin kommuna shaharlar (ayniqsa Kastiliyala) juda kup edi.
Soslovielarning korteslari ilgarigidek katta ahamiyatga ega edilar. Birlashgan Ispaniyada
bundai korteslar to'rtta bo'lib, ular Kastiliyada, Aragonda, Valensiyada, Katoloniada tashkil
topgan edi. Korteslar soliqlarni tasdiqlash huquqiga ega edilar. Qirol har qaisi
(turtta) kortes oldida qasamyod qilishi lozim edi. 1519 yilda Kastiliya korteslari Karl V
ga: «Siz.'ulug' janob, qirol faqat millatning . moyanali xizmatkori ekanini bilishingiz
lozim», degan edilar. Kaol V ning ko'pchiligi flamandlard'an iborat saroi ahlining
xo'jayinlik qilishi (Ka^l Germaniyaga ketgan vaqtda Ispaniyani uning noibi kardinal
Adrian, arxiepiskop Utrextskiy idora qilardi) Ispaniyadagi dvoryanlarning ham,
shaharliktarningham qattiq noroziligini tug'dirardi Bu norozilik Kastiliya
korteslarining 1520 yil bahorida Karlga yuborgan quyidagi uchta talabidan iborat edi: 1)
Kastiliyadan chiqmaslik 2) oltinni mamlakatdan chetga chiqarmaslik; 3) olii davlat
lavozimlaridan chet elliklarni olib tashlash. Karl bu talablarni rad etdi va
1520 yil mayida davlatni idora qilishni yana kardinal Adrianga topshirib,
Ispaniyadan chiqib ketdi. Ammo «flamand kamaril`yasi» hatto ispa_n aristokratlari orasida
ham o'z obro'sini tamomila yuqotib quiganedi Kastiliya shaharlari «ajnabiy hukumat» ga ainiqsa
ch>lUR nafrat bilan qarardi. 1520 yil iyun` oyida Segoviya savdo shahrida qo'zg'olon
ko'tarildi. Qo'zg'olonni Kastiliyaning boshqa shaharlari qullabquvvatladi. 1520 yil 29 iyulda
Kastiliyaning o'n bir shahri «Muqaddas xunta» nomi bilan harbiirevo1YUTSION ittifoq tuzdi.
Xuntaning markazi Avila shahri edi. Shaharlarga dvoryanlarning bir qismi, hatto
ruhoniilarning ham ayrim qismi qo'shildi. Qo'zg'olonga Toledo shahri bilan bog'liq bo'lgan
dvoryan Xuan de Badil`ya, shoir (bu ham shaharlik dvoryan) Pedro Leso hamda yepiskop Xuan de
Akun`ya rahbarlik
QILAmmoRqo'zg'olonning asosiy kuchi Kastiliyaning kommuna shaxarlari edi, qo'zg'olonning nomi
ham shundan kelib chiqqan bo'lib kommuneros qo'zg'oloni, ya'ni o'z traditsion erkinligi uchun '.
kurashgan kommunalar qo'zg'oloni demakdir. Avvaliga hukumat kuzg'olonni tezda bostirishni
mo'ljallab, uning kulamiga yetarli baho bermagan edi. Ko'p o'tmay u o'z xatosini tushundi. ;
Andrian Segoviya shahrini zo'rlik bilan bosib olmoqchi bo'lgan edi ammo muvaffaqiyatsizlikka
uchradi. Qo'zg'olonchilar xukumat qo'shinlarining hujumini qaytardilar. `ir oz vaqtdan keyin
qirol qo'shinlari Medina del` Kampo shahrini bosib oldilar va taladilar. Bu shahar o'sha
paitda Kastiliyaning asosiy savdo markazi edi. Ammo bu hol harakatni tuxtatolmadi aksincha
harakat 1520 yilning yoz oxiriga borib ainiqsa kengayib ketdi, deyarli butun Kastiliyani
qamrab oldi. Val`yadoliyadagi qirollik kengashi o'z ishini to'xtatdi. Kastiliya bir qancha
vaqtgacha qirollik hukumatining ta'siridan chiqdi. Biroq o'z ijtimoiy tarkibi jihatidan
harakat juda xilma-xil edi. Grandlarning bir qismi boshda harakatga bir oz xayrixoh bil
dirgan bo'lsa ham undan tez orada chetlashdi. Karl ularning ikki vakilini Adrianga yordamchi
qilib tayinlagandan keyin harakatdan yuz utirdi. O`rta dvoryanlar (kabal`eros) shaharliklar
bilan birmuncha uzoqroq ittifoq bo'lib turdilar. Ammo 1521 yilda ular ham qo'zg'olonning
demokratii xarakterga ki rayotganini payqab, o'zlar'ini harakatdan chetga torta boshladi
lar. Shahar hunarmandlari, dehqonlar va mayda dvoryanlar — idal`go qo'zg'olonga ochiqdanochiq
ant'iaristokratik ^tus bera bovdladilar. Qo'zg'olonning dastlabki paytlarida, 1520 yilda
«Yashasin qirol, yaramas vazirlarga o'lim!» degan xitoblar tez-tez eshitilib turgan bo'lsa,
1521 yilda qo'zg'olonchilarning xitobnomalaridan birida: «Bugundan e'tiboran urush
grandlarga, kabal`erolarga va qirollikning boshqa dushmanlariga qarshi, ularning mulki va
saroylariga qarshi olib boriladi...» deb yozilgan edi.
Qirol hukumati aristokratlarga suyanib, shahar militsiyasi va kichik dehqon lashkarlaridan
iborat quzg'olonchilarning otryadlarini tor-mor qildi. 1521 yil 23 aprelda Vil`yalar yonida
hal qiluvchi qat'iy jang bo'ldi. Qo'zg'olonchilar batamom tor-mor qilindi. Qo'zg'olonning asir
olingan yo'lboshchilari qatl etildi. Ammo ayrim shaharlar uzoq vaqtgacha qarshilik ko'rsatib
turdilar. Toledo shahri bo'lsa 1521 yil 25 oktyabrgacha o'zini mudofaa qilib turdi, bu
shaharning mudofaasida. Padil`yaning xotini — Mariya Pacheko faol qatpashgan edi.
Qommuneros mag'lubiyatining bosh sabablaridan biri Kastiliya shahrining Ispaniya qirolligining
boshqa qismlaridagi shaharlar tomonidan qo`llab-quvvatlanmaganligidir. Sevil`ya shahri
boshchiligidagi Andaluziya shaharlari Kastiliya harakatidan rasman chetlashib, o'zining betaraf
ekanligiga qirolni ishontirdi (1521 yil fevral`):
Qarl 1522 yilning yozida 4 ming nemis landsknexti bilan . birgalikda Ispaniyaga kelib,
harakatning qoldiqlarini bostirdi va uning tirik qolgan eng faol qatnashchilaridan 290
kishini o'lim jazosiga hukm qildi. Shunday qilib, «Eng asosiy «fitnachilar» ning boshlari
kunda ustida kesildi. Ispaniyaning qadimgi erkinliklariga esa xotima berildi»1.
Ispan absolyutizmining xususiyatlari. Kommunerosning bostirilishi mamlakatning siyosiy hayoti
uchun og'ir oqibatlarga sabab bo'ldi. R1spaniyaning qirollik hokimiyati, bir vaqtlar uning
mamlakatni markazlashtirish uchun olib borgan ishlarida shaharlarning yordami orqasida
muvaffaqiyatlarga erishgan bo'lsa, endilikda o'z qudratining ildiziga o'zi bolta urdi.
Karl V ishni shaharlar bilan munosabatni uzib, dvoryan larning yuqori feodal tabaqalari bilan
ittifoq tuzishdan boshladi. Bu bilan ispan absolyutizmi darhol tor aristokratik, reaktsion
tue olib ketdi. Kommuneros qo'zg'oloni korteslarning ahvoliga ham juda yomon ta'sir qildi.
Karl imperatorni yo'q qilib tashlamadi, lekin ular Karl zamonida juda og'ir holga tushirildi.
Karl dvoryanlar bilan shaharliklar o'rtasidagi qaramaqa'rshiliklardan foydalanib, goh shahar
vakillarining tarkibini kamaytirar, goh biron yangi soliq joriy qilish to'g'risida ran
borganda — shahar vakillarini dvoryanlardan alohida yig'ardi. Karl hukmronlik qilgan davr
ning oxiriga kelib, Kastiliya korteslari hech qanday ahamiyatga ega bo'lmay qoldi. Ularning
majlislari faqat rasmiy jihatdangina to'planar edi. Boshqa korteslar undan ham og'ir holga
solib qo'yilgan edi.
Biroq, Karl oppozitsiyani tor-mor qilib, o'z hokimiyatini kuchaytirgan bo'lsada, Ispaniyadagi
mamlakat idorasining eski usulini ham, uning o'rta asr feodalsosloviechilik tuzumini ham,
uning eskidan urf-odat, an’ana bo'lib qolgan tarqoqligi va ayrim provintsiyalarning bir-biridan
ajralib yashashini ham o'zgartirmadi. U urushlar bilan band bo'lib, mamlakatning ichki tu'
zilishi bilan shug'ullanishga hatto vaqt ham qolmadi. U Ispaniyaga juda kamdankam kelar,
mamlakatni idora qilish ishlarini tamomila Kastiliya qirollik kengashigatopshirib qo'ygan edi,
bu kengash qisman amaldorlardan — flamandlar va burgunlardan, qisman esa Kastiliya oliy
zodagonlarning vakillaridan iborat edi. Haqiqatda esa Ispaniya Karl V davrida ham, hatto
keyinchalik ham hali markazlashmagan, tarqoq mamlakat, «bema'ni idora qilinayotgan
respublikalar yig'indisi, tepasida nomigagina oliy hokim turgan»1 mamlakat bo'lib qo
lavergan edi.
Marks ispan absolyutizmini Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi absolyutizm bilan taqqoslab,
Ispapiyadagi absolyut monarxiyaning xususiyatlarini quyidagicha xarakterlab berdi. «XVI asr
yirik monarxiyalarning tashkil topish davri bo'ldi, bir-biriga dushman bo'lgan feodal
sinflarning: aristokratlar bilan shaharliklarning zaiflashuvi munosabati bilan hamma joyda
ana shu monarxiyalar vujudga keldi. Ammo Yevropaning boshqa yirik davlatlarida absolyut
monarxiya taraqqiyparvar markaz sifatida, milliy birlikka asos soluvchi sifatida ish ko'rdi. U
yerda monarxiya jamiyatning turli elementlarini bir-biriga qorishtiruvchi va qayta ishlovchi
laboratoriya ediki, shaharlar o'zlarining o'rta asrdagi mahalliy o'zo'zini idora qilishni
burjuaziyaning umumiy hokimiyati bilan hamda grajdanlar jamiyatining xaloyiq hokimiyati bilan
almashtirishga imkon topdilar. Aksincha, Ispaniyada aristokratlar tushkuplik qa yuz tutib,
o'zlarining eng zararli imtiyozlarini saqlab qoldilar, shaharlar esa o'zlarining o'rta asrdagi
o'z hokimiyatini yo'qyutib, zamo.naviy shaharlarga xos ahamiyatga ega bo'lolmadi»1.
Filipp II davrida Ispaniya. 1556 yilda Karl V dan keyin uning o'g'li Filipp Ispaniya taxtiga
o'tirdi. Filipp II o'z otasiga o'xshab «Joyidan qimirlamaydigan qirol» emas edi. U ham juda
ko'p urushyaar olib borgan bo'lsada, ammo bu urushlarda odatda uning generallari qo'mondonlik
qilardi. Qirolning o'zi bo'lsa, o'z mamdakatini hech qachon deyarli tashlab chiqmasdi.
Germaniyaga Karl V ning ukasi Ferdinand I Imperator bo'lib olganligidan, Filipp II qo'l
ostidagi yerlar endy avvalgidek juda ham xilma-xil emasdi. Filipp mamlakatni markazlashti
rish yo'lida ba'zi tadbirlarni ko'rdi. Chunonchi, u Ispaniyaning yangi, doimiy poytaxtini barpo
qildi, poytaxt uchun Madrid shahrini tanladi2. Filipp II Aragonni avtonomiyadan mahrum etdi.
Saragosani va Kastiliya garnizonlariga ega bo'lgan Aragon qal'alarini egallab oldi hamda
Aragon dvoryanlarining sud sohasidagi eski imtiyozlarini bitirdi, ya'ni ularning sud ishlari
o'zlarining maxsus oliy sud`yasi bo'lgan xustisiyada ko'rilmaydigan bo'ldi. 1580 yilda Filipp II
Portugaliyani ham o'z yerlariga qo'shib olishga muvaffaq bo'ldi. Endilikda butun Pirenei yarim
oroli yagona davlatga birlashtirilgan edi. Inkvizitsiya Filipp I qo'lida eng dahshatli' qurol
edi, bu inkvizisiya Filipp II davrida Ispaniyadagi oliy siyosiy sudga aylandi, bu suddan
qirolning hech bir dushmani qochib qutula olmas edi. Filipp II davlatmi idora qilish ishlari
bilan shaxsan o'zi juda ko'p shug'ullanar edi. U juda keng ko'lamda byurokratii yozishmalar olib
borardi, markazdagi oliy amaldorlarni va joylardagi gubernatorlarni (korrixidorlarni)
shaxsan o'zi tanlab qo'yardi. Filipp II davrida davlat soliqlarining miq,dori juda ko'payib
ketdi: Moliya mahkamasi butun mamlakatni sonsanok.siz soliq to'plovchilar bilan o'rgimchak
uyasiday chulg'ab oldi. Karl davridagiday, Filipp II davrida ham ispan absolyutizmi progressiv
emas edi. Filipp II mamlakatni burjuaziya negizida rivojlantirish bilan q,iziqmadi va ispan
savdosi hamda sanoatini taraqqiy ettirish uchun hech qanday amaliy tadbirlar ko'rmadi.
Ispaniyadagi yirik dunyoviy va cherkov yer egaligi XVI asrda ham o'zining goyat katta
imtiyozlari va biqiqkasta xarakterini saqlab qolgan edi. Mayorat haqida, daxlsiz yerlar
haqida, cherkov yerlariga imtiyozlar berish va hokazolar haqidagi qonunlar Ispaniyadagi yer
egaligini qat'iy tasdiqlar, uni abadiy daxlsiz qilib qo'yar, dem.ak, shu bilan burjuaziya
orasidagi progresoivroq elementlarning, mayda

dvoryanlar va dehqonlarning yerga ega bo'lish imkoniyatini bo' , g'ib qo'yardi.


Filipp II olib borgan urushlar ochiqdanochiq dinastik, tor dvoryailik tusidagi, o'zining
ideologiyasi jihatidan reaktsionkatolik xarakterdagi urushlar edi. Bu urushlar ispan ko
rolining yerlarini ko'paytirish va qirolni Yevropaning xalqaro siyosatida gegemon qilish maqsadi
bilan olib borilar edi. Shu bilan bir paytda bu urushlardan ispan dvoryanlarini boyitish
maqsadi ham ko'zda tutilardi, chunki bu dvoryanlarning zebiziynat va ayshishrat ichida
kechirayotgan dabdabali hayotlari uchun ispan dehqonlaridan olinadigan renta (yer solig`i) haqlarigina ki
foya qilmas edi, Ba'zi urushlarda (masalan, Angliya bilan bo'lgan urushda) ispan savdosi va
mustamlakalarning manfaatlari ham ko'zda tutilgan edi. Xuddi ana shuurushlarda Filipp II
ning hukumati sharmandalarcha yutqizdi va shunday qilib, bu urushlar ham ispan burjuaziyasiga
hech narsa keltirmadi.
XVI asrda Ispaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti. Ispaniya XVI asr boshdarida agrar mamlakat
bo'lib, sanoati bilan savdosi kuchsiz edi. Angliya bilan Fransiyaga qaraganda anchagina orqada
qolgan edi. Niderlandiya va Italiyaga esa taqqoslab ham bo'lmasdi. Buyuk geografik kashfiyotlar
natijasida Ispaniya Amerikada juda ko'p mustamlakalarga ega bo'ldi. Dastlabki paytlarda
mustamlakalar ispan xo'jaligining rivojlanishiga yaxshi ta'sir qilib turdy. Amerika Ispaniyadan
chiqariladigan juda ko'p tovarlar uchun bozor edi. Amerikadan Ispaniyaga juda ko'plab oltin va
kumush yog'ila boshladi. Bu hol esa mamlakatni jonlantirib yubordi. Kastiliya va Andaluziya
shaharlarida movut, ipak va metallurgiya sanoati yashnab ketdi. 200—300 ishchiga ega bo'lgan
manufakturalar paydo bo'la boshladi. XVI asrning o'rtalarida Toledo shahrida uylarida sanoat
ishlab chiqarishi bilan band bo'lgan 50 ming hunarmand va ishchi bor edi. Sevil`yada bu vaqtda
sanoatda ishlovchilarning soni 130 ming kishiga yetdi. Burgos, Val`yadolid va Qastiliyaning
boshqa shaharlarida katta-katta yarmarkalar bo'lib turardi. Sevil`ya Amerika bilan olib
boriladigan hamma oborotlarni o'z qo'liga to'plagan bir vaqtda, Barselona O`rta dengizda
Shimoliy Afrika va Levant bilan olib boriladigan savdo ^ishlarida juda katta rol
o'ynayverdi.
Biroq, Ispaniyaning sanoati va savdosidagi bu yuksalish uzoq davom etmadi. XVI asr o'rtalarida
ham Ispaniya sanoati Niderlandiya, Angliya, Fransiya sanoatidan orqada edi. Shu bilan birga
uning bundan keyingi riv,ojlapishi uchun sharoit ham juda yomonlashgan edi.
Bu yerda dastavval narxlar inqilobi ispan xo'jaligini halokatli oqibatlarga olib
borganini aytib o'tish kerak. Amerikadan oltin va kumushning oqib kelishi Ispaniyada narxna
voning Yevropadagi boshqa mamlakatlardan ilgari va ko'proq darajada oshib ketishiga sabab
bo'ldi. Iqtisodchitarixchilarning hisobiga ko'ra, Ispaniyada XVI asrning o'rtasidayoq narxlar
o'rta hisobda ikki baravar oshgan edi, XVI asrning oxiriga borib yana ikki baravar
oshib ketdi.
Demak, bir asr davomida narxnavo to'rt baravar oshdi, vaholanki Angliyada XVI asr davomida
narxlar o'rta hisobda atigi 2—2,5 baravar oshgan edi. Bu esa ispan sanoatida ishlab chi
qarishni — xom ashyo va ish kuchini darrov qimmatlashtirib yubordi. Bunday sharoitda ispan korxona
egalari uchun sanoat buyumlarini . o'z mamlakatida ishlab chiqargandan ko'ra arzonroq va
sifatliroq mahsulotni chet eldan sotib olish foydaliroq bo'lib qoldi. Ammo shu bilan Ispaniya
ancha taraqqiy etgan' mamlakatlarga iqtisodiy jihatdan to`g`ridan-to`g`ri qaram bo'lib qoldi,
Ispan sanoati bundan keyin yanada taraqqiy etish
L
o'rniga, XVI asrning ikkinchi yarmiga borib, juda tez orqaga qarab ketdi.
Ispan sanoatining tushkunlikka yuz o'girishida ispan qishloq xo'jaligining inqirozga uchrashi
katta rol o'ynadi. Pomeshchiklar, cherkov va davlat foydasiga yig'iladigan feodal soliqlari
bilan iskanjaga olingan ispan dehqonlari g'oyat og'ir kun kechirmoqda edi. Qishloqlar
qashshoqlashib qoldi. Qishloq xo'jaligi ispan shaharlarini yetarli miqdorda g'alla bilan
ta'minlayolmay qoldi. XVI asrning 80 va 90yillaridayoq Ispaniyaga juda ko'p g'allani chet
mamlakatlardan sotib olishga to'g'rp keldi. Qo'ychilik dehqonchilikka juda katta ziyon yetka
zardi, chunki Ispaniyadagi qo'ychilik o'ziga xos sharoitda bo'lib, bu yerda qo'ylar daydib yurardi.
Katta yer egalariga qarashli merinos1 qo'y podalari yoz paytlari shimoLda — Kastiliya va Leon
yassi tog'laridagi yaylovda boqilardi, qishga yaqin esa janubga— Andaluziya va Estremadura
yaylovlariga olib kelinardi. Qo'ylarni bu tarzda ikki marta shimoldan janubga va janubdan
shimolga haydash, pirovardida ispan dehqonchiligiga juda katta putur yetkazardi. Qo'ylar
dalalarni poymol qilar va quritib yuborardi. Zarar yaqqol ko'rinib turardi. Ammo qo'ychilikdan
manfaatdor bo'lgan amaldorlar — grandlar bor edi va hukumat ularni har qanday qilib
qo'llabqo'ltiqlardi. Qo'ychilik bilan shug'ullanuvchi dvoryanlar qudratli ittifoq bo'lib
birlashdilar, bu ittifoq Mesta deb atalardp va u hukumatdan bir qancha turli imtiyozlar
olardi. Dehqonlarga hatto «chorvalarni haydab kelishga xalaqit bermaslik uchun» o'z yerlariga
g'ov tutish ham man etilgan edi.
Ispan huku^iati rivojlanib borayotgan vatan sanoatiga yordam berish o'rniga, tor dvoryanlik
siyosatini yurgizdi, bu siyosat ispan sanoati manfaatlariga iltifotsizlik siyosati edi.
Hukumat yetilib kelayotgan sanoatni o'zining soliq siyosati tufayli bo'g'ib qo'ydi. Hukumat
grandlar manfaatini ko'zlab, ispan sanoatini xom ashyodan mahrum qilib qo'ydi, grandlar esa
xom ashyoni bemalol boshqa mamlakatlarga chiqarib sotardi. Yana o'sha dvoryanlar manfaatini deb
mamlakatga chet el tovarlarining kiritilishiga keng yo'l ochib berildi. Chet el tovarlari esa
mahalliy mahsulot bilan raqobat qilardi. Nihoyat, Gabsburglarning to'xtovsiz olib borgan va
pirovardida hech qanday fonda keltirmagan urushlari mamlakatni batamom holdan toydirib
qo'ydi va uni iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan butunlay halokatga olib keldi. «Absolyut
monarxiya barpo etilgandan buen,— deb yozgan edi Marks XVI asr Ispaniyasi to'g'risida,—¦...
shaharlar doim tushkunlikka yuz tuta bordi... Shaharlarning savdo va sanoat hayoty tushkunlikka
yuz tuta borgan sari ichki ayriboshlash kamayib bordi, turlilrovintsiyalarda gi aholining o'zaro
aloqalari kuchsizlana bordi, aloqa vositalari tashlandiq holga keldi, katta yo'llar huvillab
qoldi»1. Filipp II ning urushlari. Filipp II olib borgan ba'zi urushlargina muvaffaqiyatli
tugadi. 60—70 yillarda Turkiyaga qarshi olib borilgan urushni va 1580 yilda Portugaliyaning
bosib olinishini shunday urushlar jumlasiga kiritish mumkin. 1571 yilda Lepanto yonida (Moreya
yaqinida) bo'lgan jangda turklar dengizda ayniqsa katta mag'lubiyatga uchratildi. Jangda
Filipp II ning ukasi Don — Xuan Avstriyskiy ispanvenesian birlashgan eskadrasiga
qo'mondonlik qilib, turklarning 264 kemadan iborat kattakon flotiliyasini tor-mor qildi, bu
flotiliyada 80 ming kishilik qo'shin bor edi. Bu mag'lubiyat turklarning boshidan kechirgan
birinchi katta mag'lubiyati edi va bu Tur kiya imperiyasining ancha jiddiy ichki tushkunlikka
uchray boshlaganidan darak berardi.
1580 yilda Portugaliya ustidan qozonilgap g'alaba xam Portugaliyaning bundan oldin 1578
yilda portutal feodallarining Marokashda mag'lubiyatga uchragani tufayli bo'lgan edi va bu
vaqtda qirol Sebast`yan butun qo'shini bilan birga halok bo'lgan edi. „,
Ammo Filipp II ning o'zi ham shunday mag'lubiyatlarga uchradiki, bu mag'lubiyatlar Ispaniyaning
buyuk davlat sifatidagi ahamiyatini butunlay yo'qotib qo'ydi. Bu yerda XVI asrning ikkinchi
yarmidagi Niderlandiya inqilobini birinchi o'ringa qo'yish kerak2, bu inqilob keyinchalik
gollandispanlarning savdo va mustamlakalar uchun bo'lgan qator urushlariga aylanib,
Hindiston va Ipdopeziyada ispanportugal mustamlakalarining Gollandiya qo'liga o'tishi, so'pgra
esa Portugaliyaning o'zi ham Ispaniyadan ajralib ketishi bilan tugallandi.
Filipp II ning Angliyaga qarshi olib borgan muvaffaqiyatsiz urushida Ispaniya yana katta
mag'lubiyatga uchradi. Ingliz dengiz bosqinchilari Dreyk, Reli va boshqalar vestIndiya
qirg'oqlariga hamda Yangi Yerdan kumush ortib ispaniyaga qaytib borayotgan flotiliyaga hujum
qilardilar. Filipp II bunga javoban 1588 yil iyulida Angliyaga qarshi yurish boshladi, bu yurish
«Yengilmas armada» nomi bilan mashhurdir. Kattakon ispan flotiliyasi rasmiy ravishda ana
shunday nom bilan atalgan bo'lib, flotiliya tarkibida 130 dan ortiq kema bor edi, dengiz
ekipaji 7500 kishidan va soldatlari 17 000 kishidan iborat edi.
Harbiy dengiz ishidan yaxshi xabardor bo'lmagan grand Me^ dina Sidoniya bosh qilib qo'yilgan bu
yurish nihoyatda yomoya uyushtirilgan edi. Eskirib qolgan va beso'naqay ispan kemalari
inglizlarning ancha mayda bo'lsada, puxtaroq yasalgan va
ancha yaxshi to'plar bilan ta'minlangan kemalariga bas kela olmadi. «Armada»ning (bu vaqtda
Ispaniya qo'l ostida bo'lgan) Niderlandiya janubidagi ispan harbiy kuchlari bilan qo'shilish
plani bajarilmadi. Yngliz admirallari katta jang qilishni istamadilar va «Armada»ga kichik
kichik eskadralar bilan hujum qilish taktikasini ishlatib, ispan flotining ayrim kemalarini
yoki ayrim turkumlarini albhidaalohida yo'q qilib bordilar. Avgust boshida LaManshda bo'lib
o'tgan bo'ron ispanlarga katta ziyon yetkazdi. Flotiliyaning qolgan qismi obhavo yomon kelgani
tufayli, Ispaniyaga ilgarigi yo'ldan qaytib borolmay, Britaniya orollarini aylanib o'tishga
majbur bo'ldi va mamlakatiga sog' qolgan ozgina kemalari bilan juda harab holda qaytib
keldi.
«Armada» ning mag'lubiyatga uchraganligi natijasida Ispaniya Atlantika okeanidagi,savdo
yo'llarini nazorat qilib turishdan mahrum bo'ldi. 1596 yilda inglizlarning o'zlari Ispaniya
qirg'oqlariga hujum qilib, Ispaniyaning Kadis portini talab ketdilar. Shu paytdan boshlab
Ispaniya dengizdagi gegemonligini butunlay yo'qotib qo'ydi.
Filipp II ning 90 yillar boshida Fransiyaga qarshi boshlagan interventsiyasi ham
muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Filipp II fransuz katoliklarining protestantgugenotlarga
'qarshi olib borgan urushlariga aralashdi. Ispan qo'shinlari Parijga bostirib kirdi va u yerda
Parijni qamal qilib turgap gugenotlar yo'lboshchisi qirol Genrix IV Burbonga qarshi kurashda
katoliklarga yordam berdi. Ispaniyaning yordami katoliklarni saqlab qola olmadi. Parij
taslim bo'lishga majbur bo'ldi. Parij olinganida taslim bo'lgan qo'shinlar orasida Filipp
II.ning ham otryadlari bor edi. Filipp II interventsiyaga juda kup mablag' sarf qilgap
bo'lishiga qaramay, Fransiyaga u.) tl'eirinp ku'tsshpfish u sqda tursin, balki, aksincha,
Ispaniyaga chpg gipaddmp dushman orttprdi. Keyinchalik XVII asrshshg birinchi yarmida Ispaniya
bilan Fransiya o'rtasida urushlar to'xtovenz davom etib turdi. Bu urushlar Pireneya monarxiyasi
uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.
Filipp II ning moliyaviy sinishi. Muvaffaqiyatsizlik bilan olib borilgan katta urushlar Filipp
II ning moliyaviy ahvolipi tamomila qaqshatib qo'ydi. U o'zini ikki marta—1575 va 1596
yillarda—singan (bankrot bo'lgan) deb e'lon qilib, davlat qarzlarini to'lashdan bosh tortdi.
Gabsburglarga qarz berib turgan Fuggerlarning bir o'zi 3 milliongul`den pulidai mahrum
bo'ldi. Savdo, sanoat, dehqonchilikdan olinadigan soliqlar muttasil oshib borib, aholini g'oyat
qiynab qo'ydi.
1594 yilda korteslardagi shaharlarning deputatlari: «1000 dukat kapitaldan 300 dukat soliq
olinadigan bo'lgandan keyin savdo bilan shug'ullanib bo'larmidi?» deb noligan edilar.
Filipp II 1598 yilda o'ldi, undan o'z vorisiga davlatniig umuman 100 million gul`den qarzi
meros qoldi. XVI asriipg oxirida Ispaniyaning butun xalq xo'jaligini chulg'ab olgan iqtisodiy
halokat moliya yashlarining vayron bo'lishiga asosiy sabab bo'ldi.
XVII asrning birinchi yarmi va o'rtalarida Ispaniya. XVII asrda Filipp II ning vorislari
Filipp III (1698—1621) bilan Filipp IV (1621—1665) davryda Ispaniya tanazzulga ketaverdi. U
ning xo'jalik taraqqiyoti Yevropadagi boshqa mamlakatlarning xo'jalik taraqqiyotidan orqada
qolaverdi. Moliyaviy inqiroz doimiy tue oldi. Mamlakatning aholisi ko'payish o'rniga kamaya
bordi. Morisklarning (XV asrda xristianlikni qabul qilgan mavrlar shunday deb atalardi)
mamlakatdan badarg'aqilinishi Ispaniyaga katta iqtisodiy zarar keltirdi. Ular Valensiyaning
reaktsion arxiepiskopi Ribeyraning taklifiga ko'ra, 1609—1610 yillarda badarg'a qilindi.
Buning natijasida Ispaniya mehnatga yaroqli yarim millionga yaqin hunarmand va dehqonlardan
mahrum bo'ldi. Ular janubiy Ispaniyada yashab, arablarning hunar va qishloq xo'jaligi
sohasidagi qadimgi yuqori texnikasini saqlab kelmoqda edilar. XVI asrning oxiri va XVII
asrning birinchi yarmida Ispaniyaning iqtisodiy tushkunligi xalqaro ishlarda Ispaniya nufuzining
tushib ketishiga sabab bo'ldi.
Ispaniyaning xalqaro ahvoli har o'n •yillik sari tobora yomonlashaverdi. 1609 yildayoq Filipp
III Gollandiya bilan yarashishga majbur bo'lib qoldi va aslida bu bilan ilgari Ispaniyaga
qarashli yerlardan yangi davlat tashkil topganligini tan oldi. 1648 yilda esa Gollandiyaning
mustaqilligini Ispaniya rasmiy ravishda e'tirof qildi. Uttiz yillik urushda Ispaniyaning
Fransiyaga qarshi Germaniya tomonida turib urushuvi ham g'oyat muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqdi. 1659
yildagi Pireneya sulhiga muvofiq Ispaniya Russil`on, Artua va bir necha Flandriya shaharlarini
qo'ldan berib qo'ydi va shaharlar Fransiyaga o'tib ketdi. 50 yillardagi inglizispan urushi
natijasida Ispaniya VestIndiyadagi yerlaridan eng yirik Yamayka orolini qo'ldan berib qo'ydi,
bu orol Angliya qo'liga o'tib ketdi. Ispaniya Pireneya yarim orolining o'zida yakson bo'lib ketish
xavfi ostida qoldi. 1640 yilda Portugaliya Ispaniyaning og'ir ahvolga . tushib kolganidan
foydalanib, undan ajralib chiqdi. Usha yilning o'zida Katoloniyada katta qo'zg'olon bo'lib, bu
viloyatning ham Ispaniyadan ajralib ketishiga sal qoldi.
1647 yilda yuqorida aytib o'tganimizdek, Sitsiliya bilan Neapolda Ispan«yaga qarshi jiddiy
harakatlar yuz berdi1^ Ispaniya XVII asrning o'rtalarida nomigagina buyuk davlat bulib
qolgan edi. t1
XVI—XVII asrlarda ispan madaniyati. Ispan xalqi
XVI—XVII asrlarda juda katta madaniy boyliklar yaratdi.
«DonKixot Lamanchskiy» degan mashhur satirik romanning ag'
tori genial yozuvchi Mi ge l ` de S yer v a nt ye s (1547—1I`)
o'z asarini XVI asrning oxiri va XVII asrning boshida yozgan edi. Romanning birinchi tomi 1605
yilda, ikkinchi tomi 1615 yilda bosilib chiqdi. Servantesning romani keyingi gumanizmning
mashhur realistik asari bo'lib, tarixiy yodgorlik sifatida ham muhimdir. Ayni mana shu asarda
feodal Ispaniyaning ijtimoiy tuzumi, o'rta asr ritsarlarining aynishi, klerikalizmning
zo'ravonligi, xalq ommasining qashshoqligi yorqyn aks ettirilgandir.
Ispaniyaning ikki mashhur dramaturgi — Lone de Vega (1562—1635) vaPedro Kal`der on (1600—
1681) asarlari butun dunyoga mashhur bo'lib ketdi. Lope de Vega 2 mingga yaqin p`esa yozgan,
shundan 500 ga yaqini bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Bu i'kkala ispan dramaturgining eng
yaxshi komediyalari haligacha jahon sahnasida qo'yilmoqda.
XVII asrda Ispaniyada Bartolomeo Esteban Muril`o (1617—1682) va Diego Rodirges Vilaskes
(1599—1660) kabi butun jahonga mashhur bo'lgan rassomlar ham yetishib chiqdi; Muril`o badiiy
jihatdan Rafaelning madonnalaridan qolishmaydigan bir necha klassik madonnalarning sura
tini yaratgandir. Muril`o bolalarni tasvirlashda ham buyuk usta edi.
Velaskes dabdabali portret ustasi bo'lgan. U qisman mehnat temasiga, qisman urush syujetiga
ega bo'lgan katta kartinalar ham yaratgan. Bular orasida «Vulkanning temirchilik usta
xonasi», «Jun yigiruvchilar», «Breda shahrining olinishi» kartinalari g'oyat mashhurdir.
XVI asrdagi Ispaniyaning arxitektura sohasidagi katta yodgorliklaridan biri Eskurial
monastir` saroyidir. Madrid yaqinida Filipp II qurdirgan bu saroy unga qarorgoh bo'lib xiz
mat qilgan. XVII asrda Eskurial milliy muzeyga aylantirilib, nspan rassomchilik san'atining
eng go'zal asarlari shu muzey zallarida to'plangan edi.
XLIII VOV NIDERLANDIYA INQILOBI
XV asr oxiri — XVI asr boshlarida Niderlandiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. O`rta asrlarda
Niderlandiya to'g'risida gapirilganda Reyn, Maas va Shel`da daryolarining quyi oqimidagi va
Shimoliy dengiz bo'ylaridagi «etak yerlar» (Niderlandiya so'zining asl tarjimasi shundaydir)
nazarda tutilar edi. Bundan ilgariroq bu yerlar (Yuqori Lotaringiyadan va uning Mets, Giul`,
Verden va shuning singari boshqa shaharlaridan farq qilib) Quyi Lotaringiya deb ham atalar
edi1. Bu o'lkaning sanoat jihatidan oldinroq taraqqiy qilishi uning xarakterli xususiyati
edi. Friz movutlari Karl Buyuk zamonidayoq dong chiqargan edi. XIII—XIV asrlarda Flandriya
(Flamand) movut sanoati bilan faqat Florentsiya movut sanoati raqobat qilar edi, xolos.
«Flandriyaning eski obod shaharlari» bo'lmish Bryugge, Ipr, Gent shaharlariga ingliz, fransuz
va nemis shaharlarining uzoq vaqtgacha havasi kelib yurdi, chunki ular yuqori sifatli movut
ishlab chiqarolmas edi. XV asrda Flandriyada Antverpen degan yangi sanoat va savdo markazi
o'sib chiqdi, bu shahar Shel`da daryosiningdengizgaquyiladigan joyidan salnariroqda edi. Buyuk
geografik kashfiyotlar natijasida Antverpen Hindiston va Amerikadagi mustamlakalar bilan
bog'langan jahon portiga aylandi. Ammo Antverpen sanoat markazi sifatida ham taraqqiy
qildi, shu bilan birga, Flandriyaning eski shaharlaridan farq qilib, Antverpenda ishlab
chiqarishning sex ko`rinishi emas, balki manufaktura ko`rinishi rivojlandi, manufaktura ko`rinishi
esa qishloqdagi xonaki, kapitalistik kustar sanoatiga asoslangan edi. Flandriya bilan qo'shni
bo'lgan Brabantda XV—XVI asrlarda Bryussel` kattagina sanoat markazi hisoblanar edi, bunda
ham» movut ishlab chiqarish sanoatining bir qismi sex sanoati xarakterida, bir qismi
manufaktura sanoati xarakterida edi. Flandriya bilan Brabant Janubiy Niderlandiyaning
asosiy viloyatlari bo'lib, ular iqtisodiy jihatdan ancha taraqqiy qilgan
edi..Niderlandiyaning janubida —> Namyur, L`ej, Lyuksemburgda boy temir konlari bo'lib, bu
yerda metallurgiya sanoati keng ko'lamda rivojlangan edi. Niderlandiyaning janubidagi
Fransiyaga yondosh bo'lgan janubiyg'arbiy mintaqalar — Gennegau, Artua aksincha, asosan
dehqonchilik viloyatlari edi.

Niderlandiyaning shimolida eng taraqqiy qilgan viloyatlar Zelandiya, Gollandiya va Utrext edi.


Bu yerda (Leyden va Utrext shaharlarida) ham movut sanoati rivojlanayotgan edi. Bu vi
loyatlarda movut sanoatidan tashqari, zig'ir tolasidan gazlama to'qish, surup va shoyi to'qish
sanoati ancha taraqqiy qildi. Ko'proq savdo viloyati bo'lgan Gollandiya kemasozlik,
paroxodchnlik va baliq ovlashning markazi edi! XVI asrda tez rivojlangan Amsterdam shahri
okean orqali savdo, kredit operatsiyalari va birja bitimlari jihatidan Antverpenning jiddiy
raqobatchisi bo'lib qoldi. Niderlandiyaning chekka shimoli-sharqiy viloyatlari Gel`dern,
Overissel` chekka janubig'arbiy viloyatlar singari sof dehqonchilik tumanlari edi.
Niderlandiyada ijtimoiy munosabatlar. XVI asrdagi Niderlandiya jamiyatida kattagina burjuaziya
qatlami bor edi. Buning bir qismi eski sex burjuaziyasi, yana bir qismi—yangi savdo va
manufaktura burjuaziyasi bo'lib, keyingisi ko'proq Antverpen va Amsterdam shaharlarida yashar
edi. Burjuaziya bilan bir qatorda manfaatlari ko'p jihatdan umumiy bo'lgan dvoryanlar
rivojlanib bormoqda edi. Niderlandiya dvoryanlari yerii njapara olib, ekin ekuvchi
dehqonlardan (chinsheviklardan) odatda pul renta (yer solig`i)si olib turardilar. XVI asrda Niderlandiyada
shaxsiy " qaram dehqon huquq hamma joyda yo'qotilgan edi desa bo'ladi. (Asosan Sharqiy viloyatlar
— Gel`zern va Overissel` bundan muetasnodir). Dvoryanlarning burjualashgan qismining vakil
lari botqoq yerlarni quritish uchun ancha mablag' sarf qilardilar, dengiz bo'yidagi yerlarni
quritib qo'lga kiritish maqsadida to'g'onlar qurishda qatnashardilar, bozorga chiqarib" sotish
uchun chorvani (qoramol, qo'yechki va boshqalarni) ko'paytirardilar va shunday qilib, yollanma
mehnatdan foydalanuvchi sohibkorlar tipidagi qishloq xo'jayinlariga aylanardilar.
Flandriya, Brabant, Gollandiya dehqonlari orasidan mahalliy bozor bilan bog'langan va
kambag'al dehqonlar orasidagi batraklar mehnatini ekspluatatsiya qiluvchi badavlat elementlar
ajralib chiqardi; ko'pincha dehqonlarning yuqori tabaqalari jamoa chek yerlarining va
yaylovlarning katta qismini o'z qo'llariga to'plab olardilar.
Fransiya bilan chegaradosh bo'lgan janubig'arbiy mintaqalardagi pomeshchiklar juda orqada qolgan
bo'lib, ular faqat feodal renta (yer solig`i)si hisobidan tushgan daromad hisobiga kun kechirar edilar.
Germaniya bilan cheg.aradosh bo'lgan shimoli-sharqiy viloyatlar haqida ham shuni aytishgmumkin.
Niderlandiya viloyatlarining iqtisodiy jihatdan ko'proq rivojlangan shaharlarida plebey
elementlar ko'p edi. Xonavayron bo'lgan hunarmandlar, xalfalar, manufaktura va port
ishchilari har bir yirik shahar aholisining yarmini, ba'zan esa uning ko'pchiligini tashkil qilar
edi. Shunday qilib, XVI asrda Niderlandiyaning ijtimoiy strukturam feodalizmga xos bo'lgan
xususiyatlarni ancha yo'qotdi va maydonga kelayotgan kaptstalistik jamiyatda burjuaziya faqat
ekonomika sohasidagina emas, balki ijtimoiysiyosiy hayotda ham yetakchilik rol o'ynadi.
Niderlandiyaning siyosiy tuzumi. O`rta asrlar davrida Niderlandiya bir necha o'nlab mayda
feodal davlatlardan — gersogliklar, grafliklar, yepiskopliklardan va boshqa shuning sin
garilardan iborat edi. Ularning bir qismi fransuz feodal monarxiyasi sistemasiga kirgan edi
(Flandriya, Artua va boshqa g'a"rbiy mintaqalar), bir qismi (Brabant, Gollandiya va boshqa
sharqiy tumanlar) Germaniya imperiyasi tarkibila hisoblanar edi.
XIV—XV asrlar dav'omida Burgundiya gersoglari Niderlandiyaning turli yerlarini o'z qo'l
ostlarida birlashtira oldilar. 1477 yilda Burgundiya gersogligining o'zi fransuz qiroli
Lyudovik XI ning qo'liga o'tgandan keyin Niderlandiya yerlari Mariya Burgundskayaning (Karl
Jasurning qizi) eri bo'lmish Maksimilian Gabsburgga tegdi. XVI asr boshlarida boshqa bir
dinastiya (sulola)ning nikohi natijasida, ya'ni Maksimiliannyng o'g'li _ Filipp I ning Xuanaga
uylanishi natijasida (Xuana —< Ferdinand Aragonskiy bilan Izabella Kastil`skayaning qizi
V ' ¦'
¦.
edi. Shderlandiya Ispaniyaga o'tdi. Filipp I bilan Xuananing ug'ly Karl I (V/) Gent shahrida
tug'ildi. Flamand tili uning ona tili edts. /
Karl V zamonida Niderlandiyaning siyosiy tuzumi o'ziga xos bir o'tkinchi xarakterda edi.
Gabsburglar xonadonidan chiqqan qirolimperatorning olyy hokimiyati ostidagi Niderlandiya
hali o'zo'zini idora qilish elementlarini saqlab qolgan edi. Niderlandiyadagi o'n yetti
viloyatning har birida o'z provintsial shtatlari, alohida sudlari, mahalliy soeloviechilik
imtiyozlari, qisman shaharlarning o'ziga xos ko`pdan-ko`p yengilliklari bor edi. 1464 yildan,
ya'ni Burgundiya gersoglari zamonidayoq. Bosh shtatlar majlis qura boshlagan edi. Bosh" shtatlar
viloyat shtatlarining vakillaridan iborat bo'lar edi. Burgundiya gersoglari davrida bo'lgani
kabi, Gabsburglar davrida ham soliqlar joriy qilish masalalarini Bosh shtatlar hal qilardi.
Bu vaqtga kelib har qanday ahamiyatini yo'qotgan fransuz Bosh shtatlarining aksicha,
Niderlandiyaning Bosh shtatlari soslovieli vakillar majlisi sifatida muntazam suratda
chaqirilib turar edi, lekin shuni aytish kerakki. Bosh shtatlarni chaqirish endi qirol
ixtiyorida edi. Ikkinchi tomondan, mustabidlik'bilan ish ko'ruvchi Karl V ayrim viloyat va
shaharlarning imtiyozlarini doim buzib kelardi. 1539 yilda xalqqa soliqlar solish bilan uni
qo'rqitmoqchi bo'lganda qirol tug'ilib o'sgan Gent shahrida qo'zg'olon chiqdi, imperator buning
uchun jazo tariqasida shaharni hamma eski xartiyalardan mahrum qildi va undan katta jarima
to'lattirdi. Niderlandiyada Karl V undirgan jami soliqlar 2 million oltin pulga yetdi,
holbuki, Karl V ning o'ziga qarashli barcha yerlaridan uning xaznnasiga tushadigan daromad 5
million oltinga baravar edi.
Durust, Niderlandiyani idora qilishni markazlashtirish masalasida Karl V ba'zi bir ishlar
qildi. U Niderlandiyaning chegarasini kengaytirdi, barcha viloyatlar uchun umumiy bir hukumat
va ikkita markaziy kengash — sud va molmya kengashlari (Bryusselda)utashkil qildi. Karltsing
homiyligida yirik burjuaziya, ayniqsa Antverpen shahridagi yirik burjuaziyaIspaniya va
Germaniya bilan olib borilgan savdo-sotiqdan katta foyda olar edi. Ammo Niderlandiya
yerlarining Gabsburglar monarxiyasi tarkibiga kirganligidan keladigan bu va shunga o'xshash
ba'zi bir boshqa foydalardan ko'ra Gabsburglar davlat xazinasini behad talashi natijasida
kelgan zarar ancha ortib ketar edi. Karl V qirollik qilgan zamonda Niderlandiya amadtsa
Ispaniyaning bir viloyatiga aylana bordi va agar Niderlandiya gullab-yashnagan ekan, bundan
faqat Ispaniya bahramand bo'lar edi. Karl V ning Niderlandiyadan undirgan katta-katta
soliqlari qirol tomonidan olib borilgan, ammo Niderlandiyaning umumiy manfaatlariga
mutlaqo aloqasi bo'lmagan urushlarga sarf qilinar edi. Niderlandiya jamiyatining burjuaziyasi
va boshqa sinflari bilan absolyutizm o'rtasidagi ziddiyat tez orada yangi formada ham namoyon
bo'ldi. Boy va strategii jihatdan juda `tuhim bo'lgan mamlakat ustidan o'z nazoratligini
kuchaytirishga harakat qilgan Karl shu maqsadni ko'zda tutib, absolyutizmning eng muhim
qurollaridan biri bo'lgan katolik cherkoviga murojaat qildi.
Ammo iqtisodiy jihatdan taraqqiy qilgan ilg'or Niderlandiyada aholi protestantizmning juda
xilma-xil formalariga oldinroq e'tiqod qo'ygan edi.
^ _ Yirik dvoryanlar mo''tadil lyuteranlikni afzal ko'rardilar, o'rta va mayda dvoryanlar va
ayniqsa shaharliklar kal`vinizmni afzal ko'rardilar, boy dehqonlar ham kal`vinizmga moyil
edilar.
Shaharlardagi plebey elementlar orasida hammadan ko'ra anabaptizm shuhrat qozondi. Yuqorida
ko'rib o'tganimizdek, XVI asrning 30 yillarida gollandiyalik anabaptistlar hatto ana
baptizmning vatani bo'lgan Germaniyada ham yetakchilik rolini o'ynadilar. Niderlandiyadagi
protestantizmning hamma oqimlarini Karl V vahshiyona suratda bostirdi. «Yeres»larni qidirib
t'opish va yo'qotish uchun niderlandiyalik yepiskoplarga inkvizitorlik huquqlari berildi.
Imperator «yeretiklar»ga .qarshi bir qancha maxsus farmon (plakat)lar chiqardi. 1550 yilgi
plakat ayniqsa dahshatli edi, bu plakatda aytilishicha, faqat «yeretiklar»gina emas, balki
ularga biror xil yordam ko'rsatgan ularning yotarturari uchun o'z uyidan joy bergan yoki ular
bilan do'stlarcha gaplashgan har bir erkakning boshi qilich bilan kesilar, ayol kishi bo'lsa,
tiriklayin yerga ko'milar va ularning mol-mulki musodara qilinar edi.
Filipp II davrida absolyutizma qarshi oppozitsiyaning o'sib borishi. Karl V ning vorisi bo'lgan
Filipp II zamonida Niderlandiya burjuaziyasi bilan (shuningdek ungayaqin turgan boshqa
sinflar bilan ham) absolyutizm o'rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Filipp II o'z hukmronligining
dastlabki yillarida Bryusselda yashadi. Filipp II bilan birga Niderlandiyada Ispaniyaning ko'p
sonli qo'shini ham turar edi. Ispan qo'shinlary Niderlandiyadan turib Fransiyaga hujum qilardi.
Ispan qo'shinlari amalda Niderlandiyani okkupatsiya qilib, uning butun janubiy viloyatlariga
tig'iz joylashib olgan edi. Ispan qo'shinlarini boqish bu viloyatlardagi aholi zimmasiga og'ir
yuk bo'lib tushardi. Filipp II protestantlarga qarshi chiqarilgan farmonlarni Karl V ga
qaraganda rahmsizlik bilan turmushga oshirdi. Uning davrida Niderlandiyadagi katolik cherkovi
qo'shimcha yana bir qancha yepiskoplarni olib keldi, ilgari vaqtlarda Niderlandiyaning mahalliy
dvoryanlari qisman foydalanib kelgan monastir` yerlari endilikda yepiskoplarni boqish uchun
ajratib berildi. 1559 yilda Filipp II Ispaniyaga ketib, o'z singlisi Margarita Parmskayani
Niderlandiyaning noibi, gabsburglik chinovnik (asli esa FranshKontedan chiqqan burgundiya
lik) kardinal Granvellani Margarita huzurida birinchi mi
J
nistr qilib qoldirdi. Ispan qo'shinlari faqat 1561 yilda Niderlandiyadan olib ketildi.
Filipp II «yereslik kasaliga mubtalo bo'lgan» bu mamlakatga, uning siyosiy imtiyozlariga,
Niderlandiya shaharlaridagi plebeylarning shovqinsuronlariga u juda qattiq nafrat ko'zi
bilan qarar edi. Filipp II Niderlandiyaga soliqlar undirish mumkin bo'lgan rezervuar deb
qarardi va bu masalada o'z otasidan ham o'tib tushgan edi. Karl V tashqi savdo masalasida
Niderlandiya burjuaziyasiga har holda bir qadar yordam ko'rsatgan edi. Ammo Filipp II buni
ham qilmadi. Germaniyani u endiidora qilmas edi. Ispaniyada u ispan savdogarlariga katta
yo'l ochib berib, Niderlandiya savdogarlarining Sevil`yaga va Pireneyadagi boshqa portlarga
kirishlarini cheklab qo'ydi. Niderlandiyaga ko'plab miqdorda olib chiqiladigan ispan juniga
1560 yilda poshlina keskin oshirildi. Bu esa Niderlandiya sanoati uchun ayniqsa zarur bo'lgan
ana shu xom ashyoning Niderlandiyaga import qilinishining ancha kamayishiga olib keldi. Filipp II
ning Angliya bilan munosabatlarining keskinlashuvi Niderlan* diya savdosiga g'oyat yomon ta'sir
ko'rsatdi; AngliyaNiderlandiya savdosining qisqarishi natijasida Niderlandiya savdogarlari va
manufakturachilari ko'plab bankrot bo'ldilar, eksport uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi
mehnatkashlar ommasi orasida ishsizlik avj oldi. Ispan absolyutizmidan Niderlandiya burjua
ziyasininggina emas, balki keng aholining ham noroziligi tobora keskin va yaqqol milliy tue
ola boshladi.
Niderlandiya inqilobining boshlanishi. Ispan hukmronligidan norozilikning tobora
chuqurlashib borishi tez kunda ispan absolyutizmiga qarshi oppozitsion chiqishlarda o'z ifodasini
topdi. Hukmdor Margarita huzuridagi davlat, kengashining a'zolari bo'lgan va Niderlandiyaning
eng yirik arvetokratlaridan Vil`gel`m Oranskiy, graf Egmont va admi« ral G o o r n Filipp
II hukumatiga birinchi bo'lib qarshi chiqdilar. Aristokratik oppozitsiyaning chiqishi batamom
loyyal xarakterdagi chiqish edi. Ispaniyadan ajralib chiqish yoki Filipp II ta qarshi bosh ko'tarish
aristokratlarning xayoliga ham kelgani yo'q. Shunday bo'lsa ham, 60 yillarning boshlarida
aristokratlarning hukmdor Margaritaga qo'ygan talablarida qisman umum milliy talablar ham
yo'q emas edi.' Shu sababli Nider< landiya burjuaziyasi orasida bu talablar keng ko'lamda
qo`llab-quvvatlandi. Oranskiy va uning do'stlari Niderlandiyada yepiskoplar sonining
oshirilishiga va ularning inkvizitorlik hokimiyatiga qarshi norozilik bildirdilar.
Granvellani ishdan bo'shatishni, «yeretiklar»ga qarshi qaratylgan «plakatlarni» yumshatishni, Bosh
shtatlarning chaqirilishini talab qildilar. Aristokratlardan ibrat olib, dvoryanlarning keng
doiralari absolyutizmga qarshi harakat boshladilar. 1565 yilda «Dvoryanlar bitami» degan nom
ostida dvoryanlar ittifoqi tashkil bo'ldi. Vil`gel`m Oranskiy bu ittifoqni tashkil etishda bs
vosita ishtirok qildi. Ittifoqqa dvoryanlardan 2 mingga yaqin kishi a'zo bo'lib kirdi, ularning
bir qismi kal`vinistlardan, oir qismi esa kal`vinizm bilan kelishishga moyil bo'lgan ka
toliklardan iborat edi.
Birlashgan dvoryanlar delegatsiyasi 1566 yil 5 aprelda hukmdor Margarita Parmskayaga petitsiya
topshirdi, bu petitsiyada bir tomondan, «Ispaniyaning hazrati oliy qiroliga» bo'lgan sadoqat
izhor qilingan bo'lsa, ikkinchi tomondan, inkvizitsiyani bekor qilish va darhol Bosh shtatlarni
chaqirish talab qilingan edi.
Delegatsiyaning ko'pchilik bo'lib kelishidan hukmdor qo'rqib qolgan edi, ammo Margarita
atrofidagi ispan va ital`yan amaldorlar niderlandiyalik oliy dvoryanlarga nafrat bilan
qaradilar. Saroy ahllaridan biri hatto ularni «gadoylar» (fransuzcha —«gyozlar») deb
atashdan ham tortinmadi.
Hukmdor petitsiya egalarining istaklarini qirolga ma'lum qilishga~ va'da berdi. Oradan bir
necha kun o'tgandan keyin hukmdor farmon chiqarib, 1550 yilgi plakatni bir qadar yengil
lashtirdi. Ammo Filipp II ning talabiga ko'ra, hukmdor o'zi bergan farmonni tezda bekor
qildi.
Dvoryanlar ittifoqining a'zolari o'z muzokaralarining natijasidan juda norozi bo'ldilar.
Ular o'z partiyalarini «gyoz: lar» degan laqab bilan atay boshladilar. Dvoryanlar 5 apreldagi
muvaffaqiyatsiz chiqqan iltimosni eslatib va shu bilan birga ularning mamlakatini ispanlar
talayotganligini ko'rsatish uchun ular atayin o'z kostyumlariga gadoylik to'rvasining tasvirini
tiktirib yuradigan bo'ldilar.
Shu orada, absolyutizmga qarshi harakat tobora kengayib bordi. Dvoryanlardan ibrat olgan
kal`vinchi burjuaziya «Savdogarlar bitidi» degan nom ostida o'z ittifoqini tuzdi. Kal`vi^
nizm tez yoyila boshladi. Amalda esa, hukumat kal`vinistlarni ta'qib qilishga endi botinolmay
qoldi. Mamlakatda revolyusiya boshlandi. Ispan absolyutizmiga va katolik cherkoviga qarshv
harakatga shahar va qishloqlarning keng xalq ommasi qo'shildi.
Butparastlikka qarshi harakat. Xalq ommasining revolyutsiyey yuksalishi sharoitida
kal`vinistlarning ibodat yig'inlari o'ziga xos bir siyosiy mitinglarga aylandi. Bunday
mitinglar ko'pincha shahardan tashqaridagi sayhonlarda o'tkazilar edi. Bu mitinglarda xalfalar,
manufaktura ishchilari, har turli kambag'allar ommasi qatnashar edi. Kal`vinist targ'ibotchilar
katoliklarning «butparastligi»ni (ya'ni ikonaga sajda qilishini) haqorat qilar edilar.
Ular, tez kunlarda o'zgarish bo'lib, buning natijasida «eski Bobil» (bu yerda katolik cherkovi
ham, shu bilan birga ispan katolik hukumati ham ko'zda tutilar edi> yer yuzidan yo'qolishi hamda
uning o'rniga «tanlanganlar» va » «avliyolar» hukmronligi qaror topishi lozim, deb karomat
qilar edilar. 1566 yil avgustida quyi Flandriyada butparastlikka qarshi keng harakat
boshlanib, bu harakat keyin Flandriyaning qolgan qismiga va Brabantga, shuningdek, shimolga—
Gol

landiya, Zelandiya va Frislandiyaga tarqaldy. Antverpenda katolik cherkovlari ayniqsa qattiq


vayron qilindi. Bu harakat J566 yil oktyabrining oxirigacha bir necha oy davom qildi. Yuzlab
cherkovning ichki jihozlari batamom yo'q qilib tashlandi. Talangan cherkovlar va
monastirlarning jami bir necha mingga borardi. Harakat stixiyali xarakterda bo'lib, ajnabiy
zulm quroli bo'lib qolgan katolitsizmga Niderlandiya xalq ommasining dushmanligini isbot
qiluvchi yaqqol dalil edi.
Butparastlikka qarshi harakatda shahar hunarmandlari, xalfalar va shahar kambag'al.lari
ayniqsa faol qatnashdilar. Ammo cherkovlarni va cherkov jihozlarini talash harakatiga
dehqonlar ham qo'shilishdi. Ular shaharlarga kelib, shaharlardagi boy cherkovlarni talashda
qatnashdilar yoki qo'shni mopastirlarga hujum qildilar. Bunday hollarda dehqonlar o'zlarining
bevosita ekspluatatrrlari — ruhoniy feodalyer egalariga qarshi chiqdilar.
Xalq hardkatidan vahimaga tushib qolgan hukumat vaqtincha yon berishga majbur bo'ldi.
Inkvizitsiya va boshqa favqulodda sudlar rasmiy suratda o'z ishlarini to'xtatdilar. Kal`vinizmga
din sifatida ruxsat qilindi. Ammo ikonlarni yemiruvchil.arga qarshi jazo otryadlari yuborildi.
Butparastlikka qarshi harakat oppozitsiyaning o'z qatorlaridagi mo''tadil elementlarning
noroziligiga sabab bo'ldi. Graf Egmont bilan admiral Goorn butparastlikka qarshi harakatni
bostirishda o'zlari shaxsan qatnashdilar. Niderlandiyaning janubida katolik dvoryanlar «isyonchi
avom xalqqa» qarshi ayniqsa quturib ish ko'rdilar.
Bularning hammasi Madridga yaxshi ma'lum edi. Filipp II bir qism dvoryanlarning ommaviy
harakatdan qo'rqib qolganligini nazarda tutdi. Shu bilan bir vaqtda u, mamlakatni o'z
qo'shinlari bilan okkupatsiya qilish uchun 1566 yilgi inqilobiy harakatni bahona qilishga qaror
berdi. Filipp II «yeretik» mamlakatning adabini berish va unio'ziga batamom bo'ysundirish
to'g'risidagi «rejalari»ni amalga oshirish uchun moe odam deb, o'zining eski generali gersog
Al`bani tanladi. 1567 yil 23 avgustda Al`ba jami 10 ming kishilik katta, juda yaxshi ta'lim
kurgan ispan piyoda armiyasi, qisman otliq armiya bilan Niderlandiya hududiga kirdi.
Al`baning terrori. Margarita Parmskaya o'rniga kelgan Al`ba okkupatsiya qilingan mamlakatda
qonxo'rlik rejimi o'rnatdi. Ko'plab qamoqqa olish, qatl qilish va mol-mulkini musodara qilishlar
boshlandi. Hatto aristokratik oppoziyasining mo''tadil rahbarlari bo'lgan Egmont bilan Goorn
ham 1568 yil yozida qatl qilindilar. Kal`vinchi burjuaziyaning rahbarlaridan biri, Antverpen
shahrining burgomistri Van — Stralenning boshi kesildi. Al`baning o'zi raislik qilgan
«G'alayonlarni tekshiruvchi kengash» degan favqulodda tribunal ayblanuvchilarga faqat birgina
jazo berar edi — u ham bo'lsa o'lim jazosi edi. Al`ba idora qilgan davr mobaynida
favqulodda tribunal hukmi bilan jami 8 mingdan ko'proq kishi qatl qilindi.
Ammo Al`ba har qanday inqilobiy qarshilikni sindirishnigina emas, balki har qanaqa siyosiy
onpozitsiyani yo'q qilib tashlashni ham istardi. U, Niderlandiyani Ispaniyaning tamomila
itoatgo'y provintsiyasiga aylantirmoqchi edi. Niderlandiya bundan keyin Bosh shtatlarning qarori
bilan emas, balki is
pan qiroli xohlaganicha soliqlar to'lashi lozim edi. Al`ba moliya masalasida radikal «islohat»
o'tkazib, darhol uch xil yangi soliq, ya'ni 1) har qanday mol-mulkdan olinadigan bir foizli
soliq, 2) yerning oldisotdi bitimidan olinadigan besh foizli soliq va 3) har qanday
mollar bilan bo'ladigan savdo-sotiqdan"o'n foizli soliq kirytishni'mo'ljalladi. Bu__uch xil
soliq alqabala (ispan tiliga kirgan arab so'zi) deb atalmish soliqlarni tashkil qilar edi.
Taraqqiy qilib, kapitalistik tovar oborotiga yaqinlashib borayotgan Niderlandiyada o'rta asr
Ispaniyasidagi soliq tartibining joriy qilinishi — amalda mamlakatni batamom xonavayron
qilish degan so'z edi. 1569 yilda to'plangan Bosh shtatlar alqabala o'rniga subsidiyalarni
oshirishni Al`baga taklif qilgan bo'lsalarda bundan natija chiqmadi. Al`ba shtatlarning
roziligini olmasdanoq, ko'rsatilgan soliqlarni 1571 yildan e'tiboran joriy qildi. Shundan
keyin Niderlandiya savdogarlari va manufakturachilari orasida ko'pgina odamlar darhol sinib,
xonavayron bo'la boshladi. Ispaniya bilan Angliya o'rtasida urush chiqqanligi tufayli. Al`ba
Niderlandiya savdogarlariga Angliya bilan har qanday savdo qilishni ta'qiqlagandan so'ng,
sinib, xonavayron bo'lish hollari yana ko'paydi. Al`baning yurgizayotgan siyosati Niderlandiya
iqtisodi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishini aytganlarida, u «iblis va uning
homiylari bo'lganyeretiklar uchun gullayotgan davlatga ega bo'lgandan ko'ra xudo va qirol
uchun faqirlashgan va hatto xonavayron bo'lgan davlatni saqlab qolish yaxshiroqdir» deb javob
bergan.
Gyozlarning chiqishi. Niderlandiyada bamis'oli qabristondek. jimjitlik hukm surar edi. Har
qanday oppozitsiyaning ovozi o'chgan edi. Ispan soldatlari o'zlarini xuddi istilo qilingan
mamlakatlardagidek his qilardilar. Oppozitsiya rahbarlarining omon qolganlari boshqa
mamlaKatlarga qochib ketdi. Vil`gel`m Oranskiyning o'zi Germaniyadagi yerlariga (Germaniyaning
shimoli-g`arbidagi Nassau knyazlygiga) o'z vaqtida jo'nab ketishga muvaffaq bo'ldi. Ko'plab
hunarmandlar b'ilan ishchilar qo'shni mamlakatlarga5— Angliyaga, Fransiyag'a va G'arbiy
Germaniyaga ko'chib ketdi. Ahvol bir necha yilgacha shu zaylda davom qildi.Lmmo xuddi shu
yillar ichida faolroq elementlar Al`baga qarshi qo'zg'olon tayyorladilar. 1565—1566 yillardagi
harakat qatpashchilarining bir qismi mamlakatni tashlab chiqib, dengiz partnzanlariga — La
Mansh va boshqa qo'shni dengizlarda suzib yurib, psiap ksmalariga hujumlar qilib turgan dengiz
gyozlariga aylapdilar. Boshqalari mamlakat ichida qolib, o'rmonlarda bekindilar (o'rmop
gyozlari)1, ular o'sha yerdan turib Ispaniyaning maydachuyda garnizoplariga qarshi partizanlik
kurashi olibborar, shuningdek, ispan ma'muriyatining xalq juda yomon ko'r gan agentlarini
o'ldirardilar. Xalq gyozlarni xalqning qasoschilari deb bilar edi. Xalq qasoschilarining soni
tobora o'sib ¦bordi.
1568 yil yozida Vil`gel`m Oranskiy Germaniyadan turib Al`baga qarshi harbiy hujum tashkil
etishga harakat qildi. U 30 ming kishilik yollanma qo'shin bilan Niderlandiya hududiga
bostirib kirdi, ammo mag'lubiyatga uchrab, chekinishga majbur bo'ldi. Shundan keyin shahzoda
Ispaniyaga qarshi kurashda yordam olish umidida ingliz qirolevasi Yelizaveta va fransuz
gugenotlari bilan muzokaralar olib borishga kirishdi. Shu narsa xarakterliki, Vil`gel`m
kurashga keng demokratii tue berishga intilmadi. U o'z qo'shinlarini asosan chet ellardan
to'plab, ularga o'z meros mablag'lari hisobidan, qisman Antverpen va Amsterdam
burjuaziyasidan olinadigan mablag'lar hisobidan ham to'ladi. Antverpen va Amsterdamda
o'zlarini oranskiychilar deb atagan uning ko'pgina tarafdorlari bor edi. Mo''tadil burjua
dvoryanlar oppozitsiyasi rahbarining bunday taktikasi muvaffaqiyatga olib kelolmadi, albatta.
1572 yil bahorida gyozlar boshchiligida shimoldagi demokratik elementlar qo'zg'olonitina
ahvolni tubdan o'zgartirib, keng Umumniderlandiya revolyutsiyasini boshlab berdi.
,
Shimoldagi qo'zg'olon (1572 yil).4Mayda dvoryan Lyume boshchiligidagi dengiz gyozlari otryadi 1572
yil 1 aprelda Zelandiyadagi Bril` degan kichik bir shaharni bosib oldi. Mahalliy aholi —
shaharliklar, tevarakatrofdagi dehqonlar, baliqchilar, mayda dvoryanlar gyozlarga kelib
qo'shildi. Brildan keyin harakat butun Zelandiyaga, Gollandiyaga va shimoldagi boshqa
viloyatlarga tezda yoyildi. Hamma joyda ispan garnizonlari qurolsizlantirildi va asir qilib
olindi. Katoliklarga qarshi harakat yana boshlanib ketdi. Sanoat shahri bo'lgan Utrext is
panlarga qarshi kurashning asosiy markazlaridan biriga aylandi, bu yerda harakat hatto
birmuncha ilgariroq boshlangan edi. Qo'zg'olonchi aholi Al`ba tazyiqlaridan qo'rqib, Vil`gel`m
Oranskiydan yordam talab qildi. Vil`gel`m Niderlandiya tuprog'iga, dastlab Gil`dern
viloyatiga, so'ngra esa Brabantga kirdi. Bu yerda u Bryusselga yaqinlashib qolgan edi(1572 yil
avgust). Ammo" u o'zining Parijdagi ittifoqchilari bo'lgan gugenotlarning qirg'in qilinganini
(Varfolomey kechasi) shu yerda eshitib qolib, Al`baga qarshi operatsiyalar o'tkazishga o'z kuchlari
yetarli emasligini payqadi va orqaga chekindi. Vil`gel`m Gollandiyaga chekindi, tez orada u
dastlab Gollandiyaning, keyin esa boshqa viloyatlarning — Zelandiya, Frislandiya va_ Utrext
ning noibi (shtatgel`teri) deb e'lon qilindi. Shu zaylda Niderlandiyaning shimolida aslida
yangi davlat tashkil topdi, u Filipp II ni faqat nomigagina o'zining qiroli deb hisoblab
kelmoqda edi. " .
Qo'zg'olon qo'targan shimoliy viloyatlar tomoniga o'tgan shaxarlarga Al`ba qattiq qahrg'azab
bilan hujum qildi. Bular
orasida Mons shahrini (Gennegau viloyatining bosh. shahrini) va Niderlandiyaning diniy poytaxti
bo'lgan Mexel`n shaharini juda xam vahshiyona suratda talattirdi. Al`ba bu yerdan shimoliy
viloyatlarga jo'nadi, u yerda Syutfen, Naarden va Xaarlem shaharlarini ham xuddi yuqoridagi
shaharlarga o'xshash qo'lga kiritib, talattirdi. Ispan qo'shinlari Gollandiyaning Al`kmaar degan
shahrini qamal qildi. Lekin shahar xalqi qattiq qarshilik ko'rsatganligi tufayli qamal
buzildi (1573 yil oktyabr`). Pirovardida Al`baning tut'gan siyosatidan Madriddagilarning
hafsalasi pir bo'ldi. 1573 yil dekabrida u Ispaniyaga chaqirib olindi. Uning o'rniga ancha
epchil diplomatlik bilan ish ko'ruvchi general Rekezens tayinlandi va unga «isyonchilarga»
qarshi urush harakatlarini to'xtatmay, davom ettirgan holda Ispaniyaga qarshi ko'tarilgan
harakatni bo'lib yuborish va ikkilanib turgan ijtimoiy elementlarni Ispaniya tomonida saqlab
qolish to'g'risida yo'lyo'riq berilgan edi.
Qo'zg'olon ko'targan viloyatlarning ahvoli juda og'ir edi. 1574 yil bahorida Vil`gel`m
Oranskiyning ukasi — Lyudovik Nassauskiy ko'p sonli, ammo ta'lim ko'rmagan va intizomsiz
yollanma qo'shinlar bilan Rekezensga qarshi harakat boshladi. 1574 yil 14 aprelda Mook yonida
bo'lgan jangda Lyudovik yengildi. Shundan keyin ispanlar Leyden shahrnni qamal qilishga
kirishdilar. Shahar bir Necha oy (1574 yil may — oktyabr`) davomida qamal ichida qoldi, ammo
dahshatli ocharchilikka va dushman kuchlarining ko'p bo'lishiga qaramay, shahar qahramonlik bilan
bardosh berdi. Gollandiya shtatlari oxirgi chorani qo'llanishga, ya'ni qamaldagilarga yordam berish
uchun to'g'onni ochib yuborishga qaror qildi. Bu tadbir muvaffaqiyatli bo'lib chiqdy. Gollandiya
flotining kemalari Leyden yaqiniga kela oldilar. Ispanlar chekinishga majbur bo'ldilar.
Qahramon Leyden shahri qutqazib qolindi.^»
Loaqal janubiy viloyatlarni qirol qo'l ostida saqlab qolish uchun Rekezens yon berishga
majbur bo'ldi. Al`ba joriy qilgan o'n foizli soliq, garchi rasmiy suratda bekor qilin
magan bo'lsa ham, lekin aslida, u hokimlik qilgan davrda ' bu soliq
to'planmadi. «G'alayonlarni tekshiruvchi kengash» o'lim
jazosi berish to'g'risida hukmlar chiqarmay qo'ydi, faqat jarimalar solish bilan cheklandi.
Oranskiy partiyasidan chiqib ketgan kishilarning hammasiga afv umumiy berildi deb e'lon
qilindi. Birok oranskiychilarning yoki «vatanparvarlarning» «ular o'zlarini shunday deb
atardilar) soni faqat shimoldagina emas (ular bu yerda hokim partiya bo'lib olgan edilar),
balki janubda. Flandriya va Brabantning eng yirik shaharlarida ham tobora ko'payib bordi.
1576 yil 4 sentyabr` qo'zg'oloni. «Gent yarashi». Ppdorlandiyaga hokimlik qilishi uzoqqa bormadi^
ho|)ida u to'satdan vafot etdi. Ispan soldatlarn tezda har qmpdan intizomni
yo'qotdilar va aholini xohlaganlaricha ta
^yekeeensning .1576 yil ba lab, terror qila boshladilar. Bunga javoban Niderlandi ya
ning siyosiy poytaxti— Bryusselda qo'zg'olon ko'tarildi. Bu'erda J576 yil 4 sentyabrda
oranskiychilar boshchiligidagi mahalliy shahar militsiyasi Davlat kengashy a'zolarini
qamoqqa oldi, Davlat kengashy esa Rekezans vafotidan keyin mamlakatda oliy hokimiyat
hisoblanardi. Endi bu hokimiyat tezda shu Bryusselda to'plangan Bosh shtatlar qo'liga o'tdi.
Ammo Bosh shtatlar keskin choralar ko'rmadi. Uning shimoldagi inqilobiy hukumat bilan
muzbkaralari cho'zilib ketdi. Shu paytda ispan armiyasida tamomila anarxiya boshlandi.
Ispaniyadan pul o'z vaqtida kelib turmas edi| (Niderlandiyaning o'zidan keladitan daromadlar
«isyonchilarga» qarshi urush xarajatlarini allaqachonoq qoplay olmay qolgan edi.) Armiyada
intizom butunlay bo'shashib ketdi. Ispan soldatlari tinch aholini talash va zo'rlash yo'li
bilangina o'zlariga mablag' topadigan bo'lib qoldilar. Ayrim talontarojlar asta-sekin
butunbutun shaharlarni pogrom qilishga aylanib ketdi. Niderlandiyaning iqtisodiy
poytaxti bo'lgan Antverpen shahriga 1576 yil 4 noyabrda ispanlar tomonidan ana shu tariqada
o't qo'yilib, bushahar talangan edi. Yong'in va qirg'in vaqtida shahar xalqidan 8 mingga yaqin
kishi .halok bo'ldi. Ispanlar behisob xazinalarni taladilar. Endi Antverpen savdosanoat
markazi bo'lmay qoldi. Bundan keyin chet el kontoralari boshqa joylarga — London,
Amsterdam, Gamburgga ko'chirildi. /
«Ispanlar vahshati» (Niderlandiyada 1576 yil 4 noyabr` voqeasi shunday deb atalgan edi)
natijasida janubiy viloyatlar Shimoliy Niderlandiya tomoniga o'tdilar. Bryussel` Bosh
shtatlarning shimoliy viloyatlar bilan muzokaralari Antverpenning halok qilinishi bilan
tezlashib ketdi. 1576 yil "8 no"yabrda Gent shahrida «Gent yarashi» a'hdnomasiga qo'l qo'yildy.
Bu ahdnomaga muvofiq, Gollandiya va Zelandiya shtatlari bilan janubiy viloyatlarnyng Bosh
shtatlari ispanlarga qarshv birlikda kurash olib borish to'g'risida kelishdilar. Ahdnoma janubda
katolitsizmni saqlashnn ko'zda tutgan, ammo xiu bilan ,birga kal`vinizmning erkinligini va
shimolda cherkov mulklarvning. davlat ixtiyoriga olinganligi faktini (sekulyarizasiyani) tan
olgan edi. Bu ahdnoma aslida sulh tuzish haqidagi shunchaki shartnoma emas, balki butun
mamlakatni ispanlar ¦zulmidan ozod qilish uchun Niderlandiyaning shimoliy va janubiy
viloyatlarnyng uniyasi yoki ittifoqi haqidagy shartnoma
edi,
^Shimoliy va janubiy viloyatlar o'z kuchlarini birlashtirdilar, bu hol bir qancha vaqt davom
etdi. Ispaniya butun Niderlandiya ustidan nazoratlik yurgizolmay qoldi. Filipp II o'z ukasi,
Lepanto yonidagi jangda turklar ustidan g'alaba qozonib dong chiqargan DonXuan Avs
\riyskiyni 1576 yil oxirida Niderlandiyaning yangi hokimi qilib tayinladi, ammo u
Niderlandiyada o'zini xuddi dushman mamlakatdagidek his qilar edi.
Bosh shtatlar DonXuan «Gent yarashi» dagi moddalarni kabul ^ilgan taqdirdagina, uni
Niderlandiyaning hokimi deb tanishga rozi bo'ldi. DonXuan «Gentyarashi»ni yolg'ondan
ma'qullab, go'yo buning dalili uchun (1577 yil 12 fevralda) «abadiy edikt» deb atalgan
hujjatga qo'l qo'idi. DonXuan Bryusselga kirdi,, ispan qo'shinlarini Niderlandiyadan olib
ketish to'g'risida buyruq berdi, ammo oradan bir oz vaqt o'tgandan keyin shtatlar bilan
aloqasini uzdi va Vryusselni tashlab chiqib ketdi. Niderlandiyaga qarshi yana urush boshlash niyati
borligini deyarli yashirmadi. Namyur qal'asini qo'lga olgandan keyin DonXuan Bosh shtatlarga
qar|shi hujum boshlash uchun yangi qo'shin tayyorlay boshladi. 1578 yil yanvarida Bosh shtatlarning
qo'shinlariga zarba berishga muvaffaq bo'ldi. Ammo shu yilning oktyabrida DonXuan o'zidan
avvalgi hokim Rekenzensga o'xshab to'satDan vafot etdir> Niderlandiyaliklarning ispan.
absolyutizmigz qarshi kurashi endi katta muvaffaqiyat bilan avj olib ketishi mumkinday bo'lib
ko'rinardi.
1577—1578 yillarda janubda sinfiy kurashnyng keskinlashuvi. Biroq janubiy viloyatlarnyng
shimoliy viloyatlar bilan olib borgan munosabatida ko'pgina ziddiyatlar bor edi. Artua va
G,yennegau degan janubig'arbiy viloyatlarda katolisizdaga ixlos qo'ygan va ispan qiroli
hokimiyatini qayta tiklash tarafdori bo'lgan kuchli feodal dvoryanlar bor edi. Bu dvoryanlar
Bryussel` Bosh shtatlarining shimoldagi «isyonchilar» bilan bitishuvidan avval boshdanoq norozi
edilar. Bir*'* qancha shaharlarda yuqori tabaqa'patritsiylarni (savdogarlarni) hokimiyatdan
siqib chiqargan demokratik elementlar Flandriya, Brabant va Artuaning o'zida kulaygandan
keyin dvoryanlarning inqilobga dushmanligi yana ham kuchaydi. 1577 yil kuzda Bryusselda
tashkil topgan demokratik «18 lar komiteta» Gent, Ipr, Bryugge, Arras va boshqa shaharlarda
xuddi shunga o'xshash komitetlarning maydonga kelishi uchun o'rnak bo'ldi. Rasmiy jihatdan bu
komitetlar ispanlarning hujum qilish ehtimoliga qarshi shahar istehkomlari qurish ishlari
ustidan nazorat qilish uchun deb ta'sis etilgan edi. Amalda esa komitetlar shahar
boshqarmalarining ishlariga aralashardilar,. kambag'allarning manfaatlarini qo'zda tutib, soliq
siyosatini o'zgartirishga majbur edilar, kontrinqilob homiylarini tutib qamardilar va
hokazo.
Komitetlar xoin DonXuanga qarshi qat'iy kurash olib borishni talab qildilar, xalqni yoppasiga
qurollantirishni taklif etdilar, hamda ispanlar bilan har qanday kelishuvgy! qarshi qat'iy
norozilik bildirdilar. Gent shahrining komiteti ayniqsa g'ayrat bilan harakat qildi. Bu
yerda 1577 yil 28 oktyabrda shahar plebey elementlarining mahalliy dvoryan
kontrinqilobiyerlarga qarshi qo'zg'oloni ro'y berdi.
Demokratiyaning faol harakatlariga javoban Gennegau. Artua, shuningdek Flandriya va Brabant
dvoryanlari 1577 yil kuzida kontrrevolyutsiey harakat boshladilar. Bu harakatning shiori
demokratik tashkilotlarni tugatish va Ispaniya bilan tezda sulh tuzishdan iborat edi. Xalq
orasida kontrinqilobiyerdvoryanlar «norozilar» (malcontents) degan g'alati nom oldilar.
Kontrinqilobiyerlar janubig'arbiy viloyatlarda— Artua va Gennegauda kuchliroq edilar. Ular
bu yerda demokratik harakatni bostira oldilar. Flandriya va Brabantda aksincha
kontrinqilobiy kuchlar mag'lubiyatga uchradi. Shahar demokratik elementlari bu viloyatlarda
mahalliy feodallarga qarshi ro'y berayotgan dehqonlar harakatiga qisman tayana oldilar.
Flandriya bilan Brabant dehqonlari 1577 yilning kuzi va qishida hamda 1578 yilda.ko'p
joylarda qo'llariga qurol olib «norozilar»ga qarshi chiqdilar, ularning qo'rg'onlarini va
istehkomli uylarini shturm qildilar, mahalliy katolik monastirlariga hujum qilib, ularni
vayron qildilar. Bu viloyatlarning dehqonlari aniqravshan ispan rejimiga qarshi kayfiyatda
edilar.
Vil`gel`m Oranskiy va Bosh shtatlar «diplomatik», ehtiyotkorona va kelishuvchilik taktikasini
o'tkazib, kontrinqilobiy dvoryanlar orasidan chiqqan «norozilar» bilan har qanday qilib
bo'lsa ham bitimga kelishga intildilar. Ikkinchi tomondan, Vil`gel`m ilgarigidek ispanlarga
qarshi kurashda asosan tashqi kuchlarga umid boglab, bu davrda ayniqsa fransuz feodallari va
ularning yollanma qo'shinlariga ishongan edi. Fransuz feodallari va ularning yollanma qo'shinlari
esa Niderlandiyaga shahzoda Oranskiyning ittifoqchilari sifatida kelib, aslida inqilobning
ispailar ustidan galaba qozonishiga yordam berish u yoqda tursin, balki Fransiyaga eng yaqin
turgan viloyatlardagi dehqonlarni (qisman shaharliklarpi ham) muttasil talab va ularga
zo'ravondik o'tkazib, aholi o'rtasida inqilobni ochiqdanochiq obro'sizlantirdilar. Bu esa
oqibat natijada ana shu viloyatlarda ispanlarga moyillik kayfiyatining kuchayishiga yordam
berdi. Artua va Gennegau dehkonlari «ittifoqchi» fransuz feodallari ular uchun ispanlarga
nisbatan yengilroq emas, balki ogirroq degan ma'noda siyosiy xulosa chiqardilar. Ana shunday
murakkab vaziyatda 1579 yil boshlarida janubigarbdagi dvoryanlar o'z kontrinqilobiy
to'ntarishlarini yasab, ochiqdanochyq absolyutistik Ispaniya tomoniga o'ta oldilar.
Janubiy viloyatlarning inqilobdan yuz o'girishi. Arras va Utrext uniyalari. Artua va Gennegau
viloyatlaridagi dvoryanlar 1579 yil 6 yanvar'da Arras shahrida viloyat shtatlarining birlashgan
syezdiga to'plandi, bu syezdda dvoryanlar Arras uniyasi nomibilan alohida bitim ishlab
chiqdilar. Uniyada «qonuniy hukmdor» Filipp II bilan kelishilsin, deyilgan edi.
Niderlandiyaniig yangi hokimi Aleksandr Farneze Parmskiy (Margarita Parmskayaning o'g'li) bir
qancha yon berishlarga ko'nib, 1579 yil 17 mayda uniyani tasdiqladi. U viloyatlar dan
qushinlarni olib chiqib ketishga, avvalgi erkinliklarni va viloyatlarning imtiyozlarini yana
tiklashga, eng muhim mansablarga mahalliy kishilardan tayinlashga va'da berdi Bundam yen
berishlarni Madridning razilligi bilan qilgan Aleksandr Parmskiy yuqori tabaqa sinflarni,
shu jumladan Flandriya bilan Brabant burjuaziyasini ham asta-sekin o'z tomoniga jalb qilishni
ko'zda tutgan edi. Bu provintsiyalarning boi sinflari demokratik harakatdan juda
qo'rqayotganligini va komitetlarning nazoratligi ularga g'oyat malol kelishini bilganligidan,
u shu yuqori tabaqa sinflarning madadiga batamom umid bog'lar edi. Ikkinchi tomondan, Flandriya
bilan Brabant burjuaziyasining o'z konkurentlari bo'lgan shimoliy shaharlarga, ayniqsa
Antverpen tor-mor qilingandan keyin jahon bozorida uning o'rnini egallagan Amsterdamga
hasad qilishi hech kimga sir emas edi.
Shimoliy viloyatlar janubiy viloyatlarda yuz bergan siljishlarni e'tibor bilan kuzatib
bordilar va ularday o'zlariga tegishli xulosalar chiqarib oldilar. Janubdagi reaktsion
dvoryanlarning ispan noibi bilan til biriktirishlari tamom bo'lishini kutib o'tirmasdan shimoliy
viloyatlar 1579 yil 23 yanvarda o'z bitimini ishlab chiqdi. Bu bitim Utrext uniyasi deb nom
oldi (shimoliy viloyatlar vakillarining syezdi Utrext shahrida bo'lgan edi). Utrext uniyasi
shimoliy viloyatlarning ittifoqi «abadiy» buzilmas ittifoq deb deklaratsiya chiqardy. U
birlashgan viloyatlarning hammasi uchun umumiy tanga (moneta), uzunlik va vaznlik
o'lchovlarining bir xil sistemasini, umumiy harbiy va tashqi siyosat o'rnatdi. Utrext uniyasi
yangi federatsiyaga kirgan viloyatlar vakillaridan iborat Bosh shtatlarni oliy organ deb
belgiladi. Dastlab besh viloyatning, ya'ni: Gollandiya, Zelandiya, Utrext, Gil`dern va
Frislandiyaning vakillari uniyaga qo'l qo'ydilar. Bundan keyin Gronnengen va Overissel` kelib
qo'shildi. Flandriya bilan Brabantning ba'zi bir yirik shaharlari — Gent, Ipr, Bryugge,
Antverpen, Bryussel`, Breda uniyaga qo'shildilar.
Utrext uniyasi ikkilanibroq Filipp II Ispanskiyning oliy hokimiyatini rasmiy ravishda saqlab
keldi. Biroq ikkilanish uzoqqa bormadi: ikkilanishga tez orada xotima berildi. 1581 yilda
Del`ft shahrida to'plangan Bosh shtatlarning qarori bilan. Filipp II «o'z fuqarolarining
manfaatlarini mensimay ish ko'ruvchi mustabid» sifatida ag'darib tashlandi. Shimoliy
Niderlandiya, garchi maxsus ravishda respublika deb e'lon qilinmagan bo'lsa ham, aslida u
respublikaga aylangan edi.
Vil`gel`m Oranskiyning halokati. Filipp II 1580 yildan boshlab Vil`gel`m Oranskiyni
qonundan tashqari deb e'loi qildi. Oranskiyni o'ldirib uning boshini olib kelgan qotilgv 25
ming kron mukofot va'da qilindi. Filipp II ning maqsndi 1584 yil 10 iyunda amalga oshdi.
Burguniyalik BartolomvO Jerar degan kishi o'zini fransuz xonadonining shtat'",ngm
yuborgan elchisi qilib ko'rsatib, shahzodaning saroyiga yeuqulib kirdi va uni o'z kabinetida
to'pponcha bilan otib o'ldirdi. Jerarni qiynab so'roq, qilinganda, u ispan qirolinyng agent
lari tomonidan yuborilganligiga iqror bo'lgan. *
Shimoliy*Niderlandiyaning mustaqillik uchun urushi/Vil`gel`m Oranskiyning o'limi yosh, hali
yetarli darajada mustahkamlanib yetmagan davlatga jiddiy zarba bo'lib tushdi. 80 yillarning
boshlari Gollandiya (yangi d'avlatni uning eng yetakchi viloyatining nomi bilan rasmiy ravishda
shunday deb atay boshlagan edilar) uchun juda og'ir bir payt edi. Aleksandr Parmskiy 1581
yilda hujumga o'tdi va Flandriya bilan Brabantning katta qismini o'ziga bo'ysundirdi. 1584
yilda u Bryugge va Gent shaharlarini, 1585 yilda Bryussel` va Antverpenni oldi. Bosh shtatlar
inglizlardan harbiy yordam olish umidida bir oz vaqt mobaynidaAngliya protektoratini tan
olishga majbur bo'ldi. 1585 yilda Niderlandiyaga qiroleva Yelizavetaiing noibi, uning
favoriti graf Leyster 7600 kishilik qo'shinlar otryadiga boshliq bo'lib keldi. Ammo Leyster
o'zini Niderlandiyada xuddi zabt qilingan mamlakatdagyday tutdi va tezda hammaning
nafratiga uchradi. 1586 yilda o'z qo'shinlari bilan birgalikda Niderlandyyadan chiqib ketishga
majbur bo'ldi. Niderlandiya esa barcha qiyinchiliklarga qaramay, o'z kuchlari bilan kurashni
davom ettirayotgan edi. , '
. * Biroq Ispaniyaning muvaffaqiyatlari uzoqqa cho'zilmadi. Filipp II ning moliyaviy ahvoli
chatoq bo'lganligi Niderlandiyaning shimolida ispanlarning urush harakatlarini yakada
kengaytirishga xalaqit berdi. Ikkinchi tomondan, ispanlar shimolga tomon siljib borgan sari
Bosh shtatlar ispanlarga tobora qattiqroq qarshilik ko'rsatdilar. Uldirilgan Vil`gel`m
Oranskiyning o'g'li .Morits Oranskiy g'ayratli va talantli sarkarda bo'lib chiqdi. U
Niderlandiyaning harbiy kuchlarini qaytadan tashkil qilib, o'z qo'shinlarining mashqiga va qayta
qurollanishiga (o'qsochar qurollarni yaxshilash, dala to'plarini ishlatish, piyoda kolonnalarni
joylashtirish, manyovrlar qilish va hokazolarga) katta e'tibor berdi. Tezda uning o'zi sharqiy
tumanlarda Aleksandr Parmskiyga qarshi hujumga o'tdi. «Yengilmas armada»ning 1588 yilgi
yurishining muvaffaqiyatsiz bo'lib chiqishi natijasida ispanlar Nidyorlandiyadagi urush
harakatlarini batamom susaytirishga majbur bo'ldilar. 1592 yilda gersog Parmskiy o'lgandan
keyin Morits Flandriya. bilan Brabantning shimoliy qismlarida, shuningdek, sharqiy
viloyatlarning boshqa joylarida ham anchagina yerlarni qo'lga kiritdi. Gollandiya dengizchilari
Hindiston va Indoneziyadagi portugalispan mustamlakalariga kirib kela boshladilar.
Ispaniyaning Gollandiya bilan kurashi okeanlarga
ko'chirildn. , l.
'
Qo'lga kiritilgan harbiy yutuqlarga va Angliya bilan Franyaiyaning (bu yerda Vil`geya`m
Oranskiyning sobiq ittifoqchisi
Genrix IV Burbon qirol bo'lib olgan edi) diplomatik yordamiga tayanib, Bosh shtatlar 1609
yilda Ispaniya bilan 12 yyl muddatga yarash shartnomasi tuzdi. Bu shartnomaga muvofik Ispaniya
Shimoliy Niderlandiyaning mustaqilligini amalda tan olib, faqat Janubiy Niderlandiyani (yoki
ispan Niderlandiyasini)gina o'zida qoldirdi, Shu bilan birga Gollandiyaning qattiq qistashiga
ko'ra Shel`da daryosining dengizga ko'shiladigan joyi tashqi ravdo kemalari uchun yopib qo'yildi,
bu bilan Amsterdamning eski raqibi bo'lgan Antverpen shahriga so'nggi zarba berildi. 1621
yilda Ispaniya Gollandiya bilan urushni yana boshlab yubordi. Ammo bu urush XVII asr boshlarida yuz
bergan ahvolni o'zgartmadi. 1648 yilgi Vestfal` kongressida Ispaniya shimoliy Birlashgan
viloyatlarning mustaqilligini. batamom e'tirof qildi.^'
Niderlandiya inqilobining tarixiy ahamiyati va xarakteri. XVI asrdagi Niderlandiya
inqilobi katta tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. Bu inqilob milliyozodlik kurashi bayrog'i
ostida nisbatan kichik bir hududda avj olgan bo'lsada, lekin u Yevropa miqyosida birinchi
marta g'alaba qilgai burjua inqilobi edi. Inqilob natijasida yangi burjua davlati—
Birlashgyn viloyatlar respublikasi yoki Gollandiya respublikasi tashkil topdi, ammo bu
respublika monarxiyaning ba'zi bir atributlaridan xoli emas edi, biz' buni hali quyida
ko'ramiz.
Inqilob jarayonida unda keng aholi ommasi —dehqonlar va ayniqsa shaharlarning plebey
elementlari faol qatnashdilar. Biroq absolyutizm va feodalizm bilan kurashda rahbarlik
roli hamma vaqt burjuaziya qo'lida bo'lib keldi,, burjuaziya esa bu kurashda burjualashgan
dvoryan vakillari bilan birgalikda harakat qildi. Xalq ommasining — o'zlarining tor sinfiy
manfaatlariga putur yetkazishi mumkin bo'lgan mayda shaharliklar va dehqonlarning faollashib
ketishidan qo'rqqan burjuaziya va dvoryanlar shu xalq ommasining inqilobiy gayratidan
yetarlicha foydalanmadilar. Shu sababdan burjua inqilobining natijalari juda ham cheklangan
bo'lib chiqdi. Niderlandiya inqilobi hokimiyatni burjuaziya qo'liga topshirib, mamlakatning
iqtisodiy va siyosiy hayotida uning to'la hukmronlik qilishini ta'min etdi. Niderlandiya
revolyusiyasi Niderlandiya burjua jamiyatining taraqqiyotini bo'g'ib turgan feodalabsolyut
kishanlaridan uni ozod qildi, katolik reaktsiyasiga zarba berdi, cherkov mulklarini
sekulyarizasiya qildi va mamlakatda diniy erkinlik o'rnatdi. Inqilob natijasida
Niderlandiya milliy mustaqillik oldi. Biroq Shimolning bir o'zigina ozod qilindya. Janub esa
Ispaniya hukmronligi ostida qoldi. Niderlandiyaning siyosiy tuzumi hatto burjua ma'nodagi
demokratlashgan mamlakat ham bo'lmasdan qoldi
Gollandiyaning Bosh va provintsiya shtatlari ham, va boshqa Birlashgan provintsiyalar shtatlari ham
bir xovuch boylarning manfaatlarini — savdo; (manufaktura burjo'aziyasi, moliya, sudxo'r
burjuaziyaning va u bilan bog'langan yuqori tabaqa dvoryanlarning manfaatlarini aks ettirar
edi. Yangi burjuadvoryanlar davlatida mehnatkash xalq ommasi idora organlariga kirib ishlay
olmaganidek, vakillik muassasalariga ham ularning kirishi uchun yo'l batamom berk edi.
Niderlandiya inqilobm pomeshchiklarning senyorlik huquqlarini bekor qilmadi. Burjua
demokratik inqilobining asosiy vazifasini bajarmadi, ya'ni feodalizmni oxirigacha
tozalamadi.
XLIV BOB XVII ASRDA GOLLANDIYA
XVII asrda Gollandiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. Gollandiya mamlakatning iktisodiy
rivojlaiishiga to'siq bo'lib turgan'ispan absolyutizmi zulmini ag'darib tashlab, uz xalq xo'ja
ligining barcha sohalarida katTa yutuqlarga erishdi. Marks «Kapital»ning I tomida: Gollandiya—
XVII asrning namunali kapitalistik mamlakati edi, deb xarakterlagan edi. Gollandiyaning
movut, ipak va polotno ishlab chiqaradigan manufakturalari juda ham taraqqiy qilgan edi.
Amsterdam, Rotterdam, Leyden, Utrext va Xaarlem bunday sanoatning asosiy markazlari edi.
Shuningdek, Amsterdam brilliaptlarga jilo berish, optika asboblari, bosmaxonalar va
bo'yoqchilik korxonalari bilan ham dong chiqargan edi. Juda ko'p hunarmandlar va manufaktura
ishchilari protestantlik uchun diniy ta'qibga uchragandan keyin ispan Niderlandiyasidan,
qismanFransiyadan Gollandiyaga ko'chib kelgan edi.
Gollandiya XVII asrda savdo-sotiq bilan shug'ullanadigan mamlakat sifatida juda katga
ahamiyatga ega bo'ldi. Port shahri bo'lgan Amsterdam Antverpendan o'tib ketdi. XVII asr
boshlarida Amsterdamda 100 mingdan ortiq aholi yashardi. Uning gavanida har kuni 2 mingga
yaqin kema turar edi. U hind tovarlarining (ayniqsa ziravorlarning) asosiy bozori, don,
baliq va yog'och savdosining, shuningdek mo'yna savdosining markazi edi. U avvalgicha
kemasozlikning eng muhim markazi bo'lib qolaverdi. Gollandiyaning juda katta savdo floti (30
mingdan ko'proq dengiz kemasi) uni jahon bozorining dalloli qilib qo'ydi. XVII asr
o'rtalarigacha Gollandiya kemalari jahon mustamlakachilik savdosining katta qismiga xizmat
qilib keldi. Hatto Anglyyaga qarashli mustamlakalardan olib kelinadigan tovarlar ham
Gollandiya kemalarida tashilar edi. Gollandiya Yevropadagi juda yaqin mamlakatlar — Angliya,
Fransiya, Germaniya va Skandinaviya mamlakatlari bilan olib borilgan
savdodan tashqari OstIndiya va VestIndiya bilan, Rossiya va Baltika mamlakatlari bilan,
Levant va Turkiya bilan muntazam suratda savdo-sotiq ishlari olib borardi. Gollandiya bank
ishlarining markazi edi. 1609 yilda ta'sis etilgan Amsterdam milliy banki Yevropaning
kapitalistik tipdagi birinchi banki bo'lib, uning ta'siri Gollandiyadan tashqariga ham yoyil
gan edi. Uzoq vaqtgacha u Yevropada birdanbir bank bo'lib keldi. Uning asosiy kapitali 1648
yilda 300 million oltin gul`denni tashkil etardi. Faqat 1694 yilga kelib Londonda Amsterdam
bankiga o'xshash Angliya milliy banki ta'sis etildi. XVII asrda Gollandiya eng yirik
mustamlakachi davlat bo'lib oldi. XVI asr oxiridayoq Gollandiya Ispaniya bilan olib borgan urush
davomida Hindistonga kirib bordi. Golland savdogarlarining birinchi yirik savdo
ekspeditsiyasi 1597 yilda Hin distonga safar qilgan edi. Ingliz OstIndiya kompaniyasi (bu
kompaniyaga taxminan 1600 yilda asos solingan zdi) bilan deyarli bir vaqtda, ya'ni 1602
yilda Birlashgan OstIndiya kompaniyasi tuziLgan edi. Gollandiya OstIndiya kompaniyasi Hind va
Ulug' (Tinch) okeandarda monopol savdo huquqlaridan foydalanar edi.
Ziravor o'simliklarga juda boy bo'lgan Zond va Molukka orollarini ekspluatatsiya qilishga
kompaniya alohida e'tibor berardi. Kompaniyaning foydalari juda ko'payib, bir necha , yuz
foizga yetdi. Gollandlar tropik Indoneziyaning boyliklarini yirtqichlarcha ekspluatatsiya
qilib, uning yerli xalqini qullarga aylantirar edilar, orollardagi «ortiqcha aholini»
shafqatsizlik bilan qirib tashlardilar, mustamlakalardan tashiladigan mahsulotlarning narxini
pastga tushirmaslik uchun g'oyat qimmatli bo'lgan bunday mahsulotlarni kuydirib yuborardilar.
«Gollandiyaning mustamlaka xo'jaligi tarixi... xoinlik, sotqinlik, qrtillik va
iflosliklarning misli ko'rilmagan manzarasini tasvirlab beradi... Gollandlar,— deb yozgan
edi Marks Gollandiyaning mustamlakachilik siyosati to'g''risida,— o'zlari qadam qo'ygan hamma
yerni vayron qildilar va hamma yerda odam urug'ini quritdilar»1.
Gollandlar Sharqdagi mustamlakalardan tashqari yana G'arbda ham ko`pdan-ko`p mustamlakalar barpo
etdilar. 1621 yilda ular VestIndiya kompaniyasini barpo qildilar. XVII" asr boshlarida
gollandlar Shimoliy Amerikaning sharqiy qirg'og'idagi yerlarni bosib olib, unga Yangi Gollandiya
va undagi shaharga Yangi Amsterdam deb nom berdilar (keyinchalik inglizlar Yangi Amsterdamni
Yangi York — N`yuYork deb o'zgartirdilar).
1648 yilda gollandlar Afrikaning janubiy qismidan portugallarni siqib chiqardilar, bu
bilan Kap yeri deb nom olgan yangi mustamlakaga asos solindi.
XVII asrda Gollandiyaning siyosiy tuzumi. Birlashgan viloyatlar yoki respublika Qo'shma shtatlari
XVII asrda ham federal davlat bo'lib, bu davlatda gegemonlik iqtisodiy jihatdan eng
taraqqiy qilgan Gollandiya qo'lida edi. Butun davlat xarajatlarining 57 foizini
Gollandiya qoplar edi. Birlashgan viloyatlarning har ikkala poytaxti — siyosiy poytaxti Gaaga
va iqtisodiy poytaxti Amsterdam Gollandiyada edi. Yangi davlatning idora usuli yarim
monarxistlik, yarim respublikachilik xarakterida edi. Bosh shtatlar davlatning oliy organi
hisoblanardi. Bundan tashqari direktiva beruvchi doimiy organ sifatida 1584 yildan boshlab
Davlat kengashi ishga tushdi, bunga ayrim viloyatlarning vakillari ham kirgan edi. Ammo bunday
respublikafederativ muassasalar bilan bir qatorda shtat gal`ter degan mansab ham bor edi,
bu mansab Orans
kiylar xonadoniga meros bo'lib qoldi. Bu mansab Vil`gel Oranskiyning o'g'li Moritsdan (1625
yilda vafot etgandan keyin) ukasi Fridrix Genrixga, so'ngra Genrixning o'g'li Vil`gel`m II
ga va hokazolarga meros bo'lib o'tdi.
Shtatgal`ter Davlat kengashida raislik qilar, mamlakatdagi harbiy hokimiyat amalda unga
qarardi, chunki shtatgal`ter odatda bosh qo'mondon bo'lardi. Davlat kengashi raisining o'rin
bosari buyuk pensionariy bo'lib, u o'z lavozimida tashqi ishlar, moliya va ichki ishlar
vazirlarining vazifalarini birlashtirardi. Yuksak vazifalarning ana shu tarzda bir shaxsda
to'planganligi, shuningdek juda yirik golland burjuaziyasi bilan (pensionariylar odatda
shular orasidan qelib chiqardi) bevosita savdo-sotiq aloqalari tufayli bu lavozim ayniqsa
muhim ahamiyat kasb etardi. Oqibat natijada shtatgal`ter va §uyuk pensionariy respublikada
yuqori hokimiyatni o'zaro bo'lishib olishgan, bamisoli mamlakatda hukmronlik qiluvchi ikki sinf
blokini shaxsan aks ettirib turishardi. Bu ikki sinf bir tomondan burjuaziya va ikkinchi
tomondan, eng yirik savdosanoat. hamda banksudxo'rlik burjuaziyasi bilan bog'langan yerga
egalik qiluvchy dvoryanlardan iborat edi. Aslida davlatda gegemoniya xuddi ana shu yirik
burjuaziya qo'lida bo' . lib, uning ta'siri respublikaning bosh va yetakchi viloyati — Gollandiya
shtatida ayniqsa kuchli edi. .
Yangi burjuaziya davlatida halq ommasining boshqarishda ishtirok etishdan amalda chetlashtirib
qo'yilganligi aholi ko'pchiligining saylov huquqlaridan mahrum etilganligi bilan
isbotlanadi.XVII asrning boshlarida Gollandiya respublikasidagi 1200000 kishidan faqat bir
necha ming kishigina shtatlar yig'ilishiga deputatlar saylash huquqiga ega edi.
XVII asrning birinchi yarmida Gollandiyada ijtimoiy va siyosiy kurash. Respublika XVII. asrda
iqtisodiy jihatdan g'oyat yuksalgan bo'lsa ham, Gollandiya respublikasi mehnatkash aholisining
katta qismi siyosiy jihatdan huquqsizgina bo'lib qolmay, balki g'alaba qozongan burjuaziya
sinfi tomonidan qattiq ekspluatatsiya ham qilinardi. Katta va xilma-xil soliqlar (ular
orasida ko`pdan-ko`p bilvosita soliqlar — aktsizlar ayniqsa og'ir edi), eng zarur mahsulotlar
narxining qimmatligi hamda manufaktura ishchilari real ish haqi darajasining pa_stligi
mehnatkashlarnilg keng tabaqalarini deyarli chidab bo'lmaydigan turmush sharoitiga solib qo'ygan
edi. Marks «Kapital»da yozganidek, «gollandiyalik xalq ommasi 1648 yildayoq Yevropaning butun
qolgan qismidagi hamma xalq ommasiga qaraganda kambag'alroq bo'lib, haddan tashqari
mehnatdan ko'p: roq azob chekar va qattiqroq jabr-zulm ko'rar edi»1.
Bu sharoitlar oqibat natijada shiddatli sinfiy kurashni keltirib chiqardi. Amsterdamda 1618
va 1638 yillarda movut sanoati ishchilarining katta chiqishlari bo'ldi. Movut sanoatida,
shuningdek sanoatning boshqa tarmoqlaridagi ishchilarning g'alayonlari XVII asrning qirqinchi
yillarida Leydenda ha'm ro'y berdi. Ko'pincha shaharlarning plebey,, ommalari hukmron
sinflarning vakillari birbirlari bilan olib borayotgan siyosiy kurashga tortilib qolardilar.
Oranskiylar xonadonidan chiqqan shtatgal`terla^. bilan buyuk pensionariylar o'rtasida doimo
to'qnashuvlar bo'lib turardi. Morits Oranskiy kuchayib ketgan pensionariy Ol`denbarnevel`dega
qarshi kurashda o'z agentlari orqali aholining demokratik qatlamlarini demagogii yo'l bilan
o'z tarafiga og'dirib olishga intildi. Amsterdam, Gaaga, Leyden va boshqa shaharlarning
kambag'allaridan juda katta qismini tashkil qiluvchi o'z tarafdorlarining namoyishiga tayanib
Morits shunga erisha oldiki, Ol`denbarnevel`de 1619 yilda o'limga hukm qilindi va qatl etildi.
Vil`gel`m II 1650 yilda demagogik usullardan foydalanib, davlat to'ntarishi yasashga urinib
ko'rdi, bundan maqsad Gollandiyada to'la monarxiya o'rnatishdan iborat edi. Vil`gel`m II
golland shtatlarining atoqli deputatlaridan 6 kishini qamoqqa oldi. Ammo davlat to'ntarishi
muvaffaqiyatsiz chiqdi. Yirik burjuaziya hokimiyatga mahkam yopishib olgan edi. Ispaniya bilan
urushning (1648 yilgi sulhdan keyin) to'xtatilganidan foydalanib, burjuaziya shtatgal`terning
harbiy vakolatlarini qisqartira oldi. Ko'p o'tmay, Vil`gel`m Pning vafot etishi (o'sha 1650
yilda) va uning vorisi Vil`gel`m III ning juda yosh ekanligi plutokratik
oligarxiyaga.'oranskiychilar partiyasining har qanday demagogiyasiga qaramay, davlat
hokimiyatini to'la qo'lga olishlariga imkon berdi, oranskiychilar esa aslida xalq ommasi
ahvolini biror daraja jiddiy yaxshilanishini xayollariga ham keltirmagan edilar, albatta. ,
Gollandiya madaniyati. Feodalabsolyut tuzumning zng qo'pol formalaridan oldinroq halok bo'lgan
boy savdosanoat maMlakatida, ya'ni XVII asr Gollandiyasida burjuaziya madaniyati barq urib
gulladi. Gollandiya kitob nashr qilish ishlarida yirik markazga aylandi..Absolyut idora usuli
hukm surgan mamlakatlarga qaraganda Gollandiyada bir qadar erkinlikka yo'l qo'yilganligi
sababli bu mamlakatga har tomondan siyosiy emigrantlar ko'plab oqib kelaverdilar. Boshqa
mamlakatlarda bosib chiqarish mumkin bo'lmagan ilmiyfalsafiy va siyosiy adabiyotlar shu yerda
nashr qilindi. Gollandiya oliy ta'limga ko'plab mablag' sarf qila olar edi Ispanlarga qarshi
qahramonona kurashgani uchun Leyden shahriga mukofot tariqasida 1575 yilda ochib berilgan
universitet Yevrodadagi eng yaxshi universitetlardan biriga aylandi. Universitetning juda boy
kutubxonasi bor edi. Leyden universiteta fizika va matematikani taraqqiy qildirishda ko'p
ishlar qildi. Bir qancha yirik
golland yozuvchilari, faylasuflari, olimlari, shuningdek rassomlari va san'atning boshqa
vakillari XVII asrda Yevropada g'oyat mashhur bo'lib ketishdi.
' Golland olimi, faylasufi va tarixchisi Gugo Grotsiy (1583—1645) davlat tabiiy huquqdan va
ijtimoiy shartnomadan kelib chiqqan degan ta'limotni rivojlantirgan eng yirik yozuvchi,
xalqaro huquq fanining asoschisi va burjua davlotining nazariyotchisi edi. Grotsiyning eng
muhim ilmiysiyosiy asarlari ikkita yuridik traktatdan —«Dengizlar erkinligi to'g'risida»
hamda «Urush va tinchlik huquqi to'g'risida» degan traktatlardan iborat bo'lib, ularda muallif,
bir tomondan, o'z davri uchun ilg'or bo'lgan g'oyani, ya'ni davlat hokimning xalq bilan shartnoma
tuzish yo'li bilan kelib chiqishi haqidagi g'oyani rivojlantirgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, o'sha
davrda har ikkala yarim sharning dengizlari va okeanlari bo'ylab yaslanib yotgan Gollandiya
mustamlaka va savdo ekspansiyasi «huquqini» ochiqdanochiq himoya qilgan edi. Gollandiyada
mashhur faylasuf B a r u xB ye n ye d i kt Spinoza (1632—1677) yashadi. «Ilohiysiyosiy
traktat» hamda «Geometrik usulda qarab chiqilgan etika» degan asarlarida Spinoza'
falsafani, hali qisman diniy forma qobig'ida bo'lsa ham, har holda asosan materialistik
kontseptsiyasini berdi. Spinoza, shuningdek, tavrot matnining ilk tanqidchilari —
ratsionalistlaridan bi
ri ham edi.
XVII asrda Gollandiyada tasviriy san'at tarkib topdi va kattagina muvaffaqiyatlarga erishdi.
Bu ish bilan ko'pgina xilma-xil rassomlar: portretchilar, peyzajchilar, janrchilar va hokazolar
shug'ullandi. Gollandiya maktabi uchun realistik tendentsiyalar, bo'yoqlarning ifodali bo'lishi,
kundalik turmushga va atrofdagi tabiatga qiziqish xarakterli bo'lib, golland rassomlari sodda
va oddiy usulda o'ziga xos go'zallikni tarannum eta oldilar. Portret va janrli tasviriy
san'atda ko'plab noyob asarlar yaratgan, «nur va soya mo''jizakori», atoqli realist, o'z
asarlaridan xalq tiplarini mehr bilan tasvirlagan rassom Rembrandt van Reyn (1606—1669)
jahonga mashhur bo'ldi. Rembrandt asarlari Yevropadagi barcha eng yirik muzeylarga
tarqalgandir. Uning ko'pgina kartinalari Sobiq Ittifoq Ittifoqining kartina galeriyalarida ham
namoyysh
qilinmoqda.
1630—1640 yillarga oid ilk davrda yaratilgan «Anatomiya darsi», «Saskiya portreta» (uning
xotini) hamda «Tungi dozor», 1650—1660 yillarga oid so'nggi davrda yaratilgan «Yuliyts Si
vilis fitnasi» (batavla.r qo'zg'oloni) hamda «Darbadar o'g'ilning qaytishi» (1668—1669 yillar)
deb ataluvchi Rembrandtning qalamiga mansub kartinalar ayniqsa mashhurdir. San'atkorning
murakkab ruhiy fojiasi nihoyatda yaqqol aks ettirilgan ko'plab avtoportretlar Rembrandt
psixologizmi V4VH xaraktorlidir. .XVI asrning oxiri — XVII asrning birinchi yarmida Ispaniya
Niderlandiyasi. Ispanlar zabt qilgan Janubiy Niderlandiyaga alohida hokim— ertsgersog
Al`bert Gabsburg (Filipp II ning kuyovi) tayinlangan bo'lsa ham u Ispaniyaning viloyati
holatida qolaverdi. Al`bert 1596—1621 yillarda hukmronlik qildi, ammo 1616 yildayoq
Ispaniya Niderlandiyasining aholisi ispan qiroli Filipp III ga qasamyod qilishga majbur bo'ldi
va shu tarzda uning Ispaniyaga bo'ysunishi Al`bert vafotidan ilgariyoq rasmiy jihatdan ham
to'la amalga oshirilgan edi. Gollandiya respublikasiga zid o'laroq, Ispaniya Niderlandiyasi
iqtisodiy jihatdan sustroq rivojlandi. Uning sanoat jihatdan rivojlanishiga Ispaniya
siyosati to'siq bo'lib turgan edi. Ispaniya siyosati Flandriya va Brabant sanoatchilari hamda
savdogarlari uchun bir qancha ta'qiqlar belgilagan edi (Ispaniya mustamlakalari bilan, ayni
vaqtda yana Ispaniyaga qarshi 1621 yildan boshlab urush holatida bo'lgan Gollandiya bilan savdo
qilish huquqidan mahrum etilgan edilar). Eski sanoat markazlari bo'lgan, bir vaqtlar butun
Yevropada dong taratgan va hatto Yevropadan tashqarida ham mashhur bo'lgan Flandriya bilan
Brabant endi Gollandiya,' Shimoliy Fransiya, Angliyaga birinchilikni uzil-kesil topshirib qo'ygan
edi. Sanoat sex doirasida o'ralashib qoldi. Shaharlar ilgarigi siyo*siy ta'sirdan mahrum
bo'ldi. Jamiyatda feodal dvoryanlar hamda o'z imtiyozlari va ta'sirini saqlab qolgan katolik
cherkovi hukmronlik mavqeini egalladi. Ispaniya hukumati uchun strategii jihatdan g'oyat muhim
harbiy platsdarm bo'lgan Ispaniya Niderlandiyasi doimo ispan garnizonlari bilan to'libtoshib
yotardi. Gollandiya bilan> shuningdek, Uttiz yillyk urush vaqtida Fransiya bilan olib borilgan
urush natijasida Janubiy Niderlandiya harbiy harakatlarning eng muhim maydonlaridan biriga
aylandi, bu esa shundoq ham qashshoq bo'lib qolgan mamlakatni yanada ko'proq vayron qildi.
XVII asrda flamand san'ati. XVI asrning oxyri va XVII asrda Ispaniya Niderlandiyasi bir
qancha noqulay iqtisodiy va siyosiy vaziyatga tushib qolganita qaramay, mamlakatda madaniyat
ancha rivojlanib, bu narsa avvalo flamand tasviriy san'atida aks etdi. Ispaniya
Niderlandiyasi shaharlar mamlakati bo'lib qolaverdi; uning Ispaniya bilan. Gabsburglar
Avstriyasiga qarashli yerlar bilan va Italiya bilan savdo aloqalari muayyan darajada ahamiyatini
saqlab qoldi. Ayni vaqtda dunyoviy va ruhoniy feodallarning hukmron sinfi rassomlarga
ularning san'at asarlari uchun ko'plab zakazlar berardi. XVII asrning birinchi ya"rmidagi
flamand badiiy san'ati uchun ikki nom ayniqsa xarakterlidir. Bular Piter Paul` Rubens
(1577—1640) va uning shogirdi A n t o k i s VanDeyk (1599—1641)dir.
Rubens Antverpen sobori uchun juda katta polotnolar — «Kpecf o'rnatish» va «Krestdan olish»
asarlarini yaratdi. Bu
asarlar juda zo'r qudrati bilan odamni hayratda qoldiradi. Rubens inson tanasini ayniqsa
zo'r mehr bilan tasvirlaydi. Badannyng ayrim qismlari, muskullar, umuman inson qomati —
bularning hammasi Rubens kartin.alarida barq urib turadi. Keyinchalik Rubens
rassomchilikning alohida janrini yaratdiki, bunda tarixiy, real obrazlar antik,uslubda qah
ramonlarni majoziy tarzda tarannum etish bilan qo'shilib ketardi. Rubens portret va ayni
vaqtda peyzaj chizishning ustasi edi; bir qancha kartinalarda u dehqonlar turmushining ajoyib
manzaralarini. berdi (uning «Qishloq bayrami», «Dehqonlar raqsi» va shunga o'xshash asarlarini
aytib o'tish kifoyadir).
VanDeyk juda mohir portretchi edi. U chizgan portretlar chuqur realizmi, kompozitsiyasining
puxtaligi, bo'yoqlarining ravonligi va kuchi bilan ajralib turadi; portretlarda aqs
ettiriladigan shaxslarning xarakterlari haqqoniy berilgan. VanDeyk o'z umryning ko'p qismini
Angliyada o'tkazib, ingliz burjua inqilobidan sal ilgari shu yerda vafot etdi.
XLV BOB "
XVI ASR VA XVII ASR BOSHLARIDA.ANGLIYA
XVI asrda Angliyaning iqtisodiy rivojlayishi/CXVI asrda Angliya hudud jihatidan kichik
bir mamlakat edi. Shotlandiya hali Britaniya qirolligi tarkibiga qo'shilmagan edi. Angliya va
Irlandiyaning yerlari XVII asrning so'nggi o'n yillariga qadar uncha ko'p emas edi.
Irlandiyadagi jamoa yo'lboshchilarining ko'pchiligi ingliz qirolining hokimiyatini nomigagina
tan olardi, xolos. Angliya aholisining soni Fransiya, Germaniya yoki Ispaniya aholieining
sonidan bir necha marta kam edi. FransiyaninG 15 million, Germaniyaning 20 million,
Ispaniyaning esa 10 million aholisi bo'lgani holda, Angliyaning aholisi salkam 3 'million
edi. Xo'P asrning boshlarida Angliya aholisi 1603 yilda Angliya bilan birlashgan Shotlaidiyani
hisobga olmaganda, 4 million kishiga yetdi.^.
XVI asrda Angliyani shaharlar mamlakati deb bo'lmas edi, undagi aholining ko'pchiligi
qishloqlarda yashardi, hatto XVI asrning oxirida shaharlarda aholining ko`pi bilan beshdan bir
qismigina yashardi (XVI asrning boshida esa shahar aholisi mamlakat butun aholisinnng faqat 10
foizini tashkil qilardi?Niderlandiya asosan shaharlar mamlakati bo'lib, und'a qishloq aholisi ozchilikni tashkil
qilardi.
Ammo Yevropaning bir chekkasidagi orolda joylashgan bu mamlakatda XVI asrda xo'jalikning
kapitalistik formalari yuyat jadal rivojlanib bormoqda edi. XVI asr Angliyasida kapitalizm
ayni bir vaqtda xalq xo'jaligining hamma tarmoqlarida — sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo,
dengiz kemachiligida ham katta muvaffaqiyatlar qozonmoqda edi. XVI asr Angliya uchun
kapitalistik manufakturaning gullab-yashnagan, agrar o'zgarish boshlangan, ingliz savdogarlari
okeanlarni keza 'boshlagan, dastlabki' ingliz mustamlakalariga asos solingan davr edi.
Angliya xalq xo'jaligining yuksalishiga va uning kapitalistik asosda qayta qurilishiga umuman
olganda ikkita tarixiy faktor yordam bergan edi: 1) Buyuk geografik kashfiyotlar; bu
kashfiyotlar natijasida Angliya Eski Dunyo bilan Yangi Dunyo o'rtasidagi yangi jahon yo'llarining
markazi bo'lib qolgan hamda o'zining dengiz mamlyakati sifatidagi afzalliklaridan foydalanish
imkoniga faqat endi ega bo'la boshlagan edi va 2) keyingi o'rta asr oldidagi davrda Angliyada
feodalizmning juda buzulib ketganligi — qaram dehqon huquqining ilk bor tugatilganligi,
movut sanoatining rivojlana boshlashi, mamlakatning siyosiy jihatdan juda tez markazlashishi
va |Quyi feodal tabaqalari (ritsarlar va jentriylar)ning tashkil topayotgan burjuaziya bilan
XIII asrdayoq yaqinlasha boshlaganligidir."r?
Kapitalistik manufakturaning rivojlanishi^Movut sanoati XVI asrga kelib Angliyaning «milliy
sanoatiga» aylandi. Aholining yarmidan ko'prog'i shu sanoatda band edi desa bo'ladi. Movut
to'qish bilan shaharlardagina emas, qishloqlarda ham kup shug'ulanardilar. Angliya qirolligining
hamma burchaklarida har xil, jumladan, a'lo sifatli mayin movut ishlab chiqaradigan
mahalliy sanoat markazlari paydo bo'ldi. Chunonchi, Sharqiy Angliyada Norich shahri, Yorkshirda
Boston shahri, g'arbda Preston va Lankashirdagi Vigan, O`rta Angliyada I`yuBeri, g'arbijanubda
Ekzeter shahri va boshqalar shunday markazlar edi. Bu shaharlarda XI—XII asrlardayoq vujudga
kelgai qadimgi hunarmandchilik, garchi sanoat bilan sex sanoati muvaffaqiyatli raqobat
qilayotgan bo'lsada, sex hunarmandchiligi shaklida rivojlanishda davom etaverdi. Movut
mahsulotining faqat bir qismigina, unda ham ozgina qismi, shahar hunarmandchilik sexlari
tomonidan ishlab chiqarilardi. Movut sanoatining ko'proq tarqalgan tashkiliy ko`rinishi esa
1manufaktura edi. XVI asrdagi manbalarda markazlashgan yirik manufaktura korxonalarining
xarakteri juda ravitan tasvir qilib berilgan, u vaqtda bir korxonada kapitalist uchun n'echa
yuzlab ishchi ishlagan, XVI asrning 90 yillarida yozilgai bir balladada bunday deyilgan: «Keng
va uzun bir xonada 200 ta to'quv dastgohi turibdi, dastgohlarda qator bo'lib 200 kishi
ishlamoqda... boshqa bir xonada 100 ayol jun titmoqda^.. ikkinchi xonada boshqa 100 qiz jun
yigirmoqda... so'ngra 50 qirquvchi movut qirqmoqda, ularning yonida 80 bo'yoqchi ishlamoqda...»,
*
l p YVI yagpyaya Angliyada «tarqoq» manufakturalarning konlar ishni uiga Qishloqlarda
to'qilgan movut odatda dag'al, oxarlanmagav va bo'yalmagan bo'lardi. Qeyin ularning bir qismi
Angliya shaharlariga olib kelinib ishlov berilar, bir qismi esa yarim fabrikat holida
Niderlandiyaga jo'natilib, Flandriya va Brabantda tayyor holga keltirilar edi. Chet ellarga
chiqariladigan oliy nav va dag'al movut XVI asrning 60 yillarida butun ingliz
eksportining 80 foizdan ko'prog'ini tashkil qilardi. . XVI asrdagi Angliyada sanoatning
boshqa tarmoqlaridan? konchilik — temir, qalayi, qo'rg'oshin, mis qazib chiqarish xiyla
rivojlangan edi. Ruda quyish ishlari hamisha oshib borganligi tufayli, o'rmonlar kesila berib
yo'q bo'lib ketayotganligidan zamondoshlar noliy boshlagan edilar. Usib borayotgav kemasozlik
sanoati ham juda ko'p yog'och iste'mol qilardi. Nihoyat, XVI asrdagi Angliyada ishlab
chiqarishning o'rta asrlarda bo'lmagan, asosan, manufaktura tipidagi yangi turlari: shisha
sanoati, sovun pishirish, porox yasash, qog'oz ishlab chiqarish, bosmaxona ishi va boshqalar tez
rivojlanib bormoqda edi. XVI asrda Angliyada ko'plab toshko'mir qazib chiqarilz boshladi, "biroq
bu ko'mirdan uy-joy binolarini isitish uchungina foydalanilardi; mineral yoqilg'i yordamida
ruda eritishni hali bilishmasdi!^,' xu 3\v '
•— Tashqi savdoning rivojlanishi'.<^ Angliya o'z sanoatining taraqqiyoti natijasida juda ko'p
tovarga ega bo'lib, XVI asr davomida tashqi savdo-sotiq ishlarini keng ko'lamda rivojlantirib
yubordi. Yevropaning turli bozorlarini, shuningdek, mustamlakalarni ham movut bilan
ta'minlashni ingliz savdogarlari o'z qo'llariga oldilar (holbuki bu vaqtgacha qit'z bilan
bo'ladigan savdo-sotiq ishlarida nemis savdogarlari va Venetsiya savdogarlari vositachilik
qilar edilar).
«Dengizning narigi yog'ida» inglizlar olib borgan savdo-sotiq ishlarining kengayishini va ,
asosan qaysi tomonlarda rivojlanganligini XVI asr davomida birin-ketin paydo bo'lgan
ingliz savdo kompaniyalarining tarixi yaqqol ko'rsatib turibdi, avanthuquqshunos savdogarlarning XV
asrning 70 yillaridayoq vujudga kelgan eski kompaniyasiga kapitalistik aktsiyachi kompaniyalar
tipida tashkil etilgan yangi kompaniyalar qo'shildi. Bular orasida Moskva kompaniyasi katta
rol o'ynadi; bu kompaniya 1553 yilda Richard Chenslerning Moskva davlatiga qilgan sayohati
natijasida tashkil etilgan edi1. Bu kompaniyaga Kirsan ingliz savdogarlari Rossiya bilangina
ema^|balda Urte Osiyo mamlakatlari — Buxoro, Eroy hamda ¦Za'k^Jgyza&mamlakatlari —
Armaniston, Ozarbayjon va boshqalar bilan ham savdo-sotiq ishlari olib borardi. XVI asrning
70 va 80 yillarida Baltika dengizida savdo sotiq ishlarini olib borish uchuy
Mstlandiya (yoki Ostzey) kompaniyasi, O`rta dengizda savdo-sotiq ishlari olib borish uchun Turk
(yoki Levant) kompaniyasi tashkil yupdi. Taxminan shu vaqtlarda Gvineya kompaniyasi tuzilib, ke
iinchalik uning savdo maqsadi bilan qilgan sayohatlari natijasida mashhur OstIndiya
kompaniyasi vujudga keldi, bu kompaniya 1599—1601 yillarda tashkil topdi. Markaziy (Vest
Indiya) va Shimoliy Amerika bilan savdo-sotiq ishlari olib borish uchun bir iecha savdo
kompaniyasi bor edi. Dastlabki ingliz koloniyalari XVI asr oxirlarida barpo qilingandir.
Shimoliy Amerikada Virginiya koloniyasi barpo qilindi. VestIndiyadagi Barbados orolini va
OstIndiyadagi Surat shahdini Angliya XVII asriing boshlarida bosib olgan edi.*7e/du
~
Agrar o'zgarishlarning boshlanishiuTov tutishlar. XVI asrga kelib Angliyada qaram dehqon x.uqo'q
batamom yo'qoldi. Bir zamonlar qaram dehqon bo'lgan dehqonlar «odatdagi huquq bo'yicha» yoki o'sha
payt Angliyadagi ibora bilan aytganda, «manor odati bo'yicha» voris bo'lib yerga egalik qiluvchi
dehqonlarga yamlandilar. Dehqonlar oddiyeregalari (customary tenants) yoki kopigol`derlar
(copuhalders) deb atalardilar, chunki ular ularga berilgan yer uchun kopiya (manorial`
kantselyariya qaroridan nus'ha)ni o'z qo'llarida saqlardilar. Kopigol`derlar bir vaqtlar
bitimda ko'rsatilgan va qat'iy bo'lib qolgan odatga muvofiq lordlarga muayyan miqdorda yer
renta (yer solig`i)si to'lashlari lozim edi. Qishloqda tovarpul munosabatlari o'sib borayotgan bir sharoitda
bunday «aniq» va muayyan miqdorda renta to'lash xiyla badavlat dehqonlar uchun juda foydali
edi. Ko'pgina tarixchilarning XV asrni Angliya tarixida ingliz dehqonlari uchun eng omadli
davr, ularning o'ziga xos bir «oltin davr» deb ataganliklari bejiz emasdir.
Ammo XV asr oxirlaridan boshlab ingliz dehqonlari uchun katta xavf, o'zlariga tegishli
haydaladigan yerlardan, shuningdek jamoat yaylovlaridan ajrash xavfi tug'ila boshladi.
Niderlandiyaga chiqariladigan yoki Angliyaning o'zida sanoat ishlab chiqarishiga ketadigan yung
narxlarining oshib borishi kptta yer egalarining mayda bo'laklarg'a bo'linib ketgan yerlprpi o'z
qo'llariga kiritib olishlariga va bu yerlarni ilgarigndek feodal mulki tipida emas, balki
burjua tipidagi u.ch mulklariga aylantirishlariga undadi. Shu maqsadda lordlar dastavval
Angliya sharoitida jamoalarga qarashli ko'pginp grlarii, ya'ni har xil o'rmonlar orasidagi
yalangliklar, .inxKiiiii orlar va hokazolarni o'z qo'llariga kiritib oldilar, bu srlar shu
paytgacha lordlar bilan dehqonlarning qaramog'idi edi. Yer egalari o'zlari bosib olgan bu
yerlarni qoziqlar qoqib, xandaqlar kovlab, daraxtlar o'tqazib va boshqa har xil toiuinp tutib
to'sib olardilar. Shuning uchun lordlarning 11igli:1 ds'hqonlarini yerdan mahrum etish jarayoni
«g'ov tutish» dob ptnldn. G'ov tutish aslida ijtimoiy-iqtisodiy voqea edi. G'op tutish —
mehnatkash dehqonlar ommasining yirik yer Ega» lari —lordlar tomonidan ekspropriatsiya
qilinishi, dehqon. larni ularning asosiy ishlab chiqarish quroli — yerdan mahrum •qilishi
edi. FOB tutish, K. Marks aytganidek, dastlabki jamg'arilishning eng asosiy metodlaridan
biri bo'ldi.
Dehqonlarning jamoa yaylovlaridan mahrum qilinishi ularning xo'jaligiga qattiq zarba bergan
hamda dehqonlarning dehqonchiligi va chorvachiligi uchun zarur shart bo'lgan jamoa yaylovlarini
o'z ichiga oluvchi butun qishloq jamoa tuzumini yemirgan edi. Ammo lordlar jamoalarga qarashli
yerlarni bosib olish bil^ngina kifoyalanmadilar. Ular dehqonlarning ekin yerlarini ham tortib
ola boshladilar. Yer ega. lari birinchi navbatda qisqa muddat bilan ijaraga. berilgan yer
maydonlarini, ya'ni pomeshchiklarning xo'jayinlar domenidan eng mayda dehqonlarga —
lizgol`derlarga ijaraga berilgan yerlarni tortib oldilar. Nihoyat lordlar dehqonlarni
ularga meros qolgan chek yerlardan ham haydab chiqara boshladilar. Lordlar tortib olgan
dalalarni odatda qo'y boqish uchun yailovlarga .ailantirardilar va katta-katta narx qo'yib
(dehqonlardan tortib olingan,jamoa yaylovlari bilan birlikda), yirik ijaradorfermerlarga
ijaraga berardilar. Ba'zan esa xo'jalik ishlarida omilkor lordlarninr o'zlari yilqichi
sohibkorlarga aylanardilar, ular o'z yerlarida bir necha o'n minglab" qo'ylarni boqardilar.
FOB tutishlar natijasida butunbutun qishloqlar tamomila yo'q bo'lib ketardi. Bir necha o'n
minglab dehqon oilalari tirikchilik vositalaridan mahrum bo'lib, o'z joylarini tashlab, daydi
va gadoy bo'lib ketishga majbur bo'lar edilar.
1489 yildayoq chiqqan parlament statutlaridan birida bunda y deyilgan edi: «Bizning
qirolligimizda dehqonlarning uylari va butunbutun qishloqlarning bo`m-bo`sh bo'lib qolishi,
vayron qilinishi va butunlay buzib yuborilishi tufayli nihoyatda zo'r kulfat kundankunga
ortib bormoqda. Azaldan dehqonchilik uchun foydalanib kelingan ekinzorlar endi yailovlarga
aylantirilmoqda. Bir vaqtlar 200 lab kishi g'alla ekib, dehqonchilik qilib yurgan yerlarda endi
2—3 ta podachi qolgan». Tomas Mor o'zining 1516 yilda bosilib chiqqan «Utopiya» degan asarida
istehzo bilan: «Sizning odatda juda yuvvosh bo'lgan qo'ylaringiz... hozir shu qadar yeb to'ymas
va sarkash bo'lib ketishibtiki hatto odamlarni ham yeb qo'ymoqdalar», degan edi4^.
,
FOB tutishlarga qarshi Tyudorlar qonuni.(T yu d o r l a r hukumati (1485—1603) g'ov tutishlar
oqibatidan qo'rqib qoldi. Ommaviy faqirlik (n^yasrizm), qashshoqlik, daydilik mulkdor
sinflarning xotirjamligini xavf ostida qoldirdi. Mamlakatda xususiy mulkka qarshi
jinoyatlar ko'paydi. Dehqonlarning lendlordlarga qarshi g'azab va nafrati oshmoqda edi. G'ov
tutuvchilarga qarshi turli grafiklarda tez-tez mahalliy qo'zg'olonlar bo'la boshladi. Hukumat
'g'ov tutishlarning keng
yoyilib ketishi davlat xazinasiga va harbiy ishlarga ham katta zarar keltirishidan xavotir
bo'lib qoldi. Xonavayron bo'lgan dehqonlar soliq to'lay olmas edilar. Dehqonlar sonining
kamayishi mamlakatning lashkar to'plash ishiga ham putur yetkazardi. Hukumat yuz ellik yildan
ortiqroq davr ichida (XV asr oxiridan deyarli XVII asr o'rtalarigacha) g'ov tutishlarga qarshi
juda ko'p statut va ordonanslar chiqardi. Genrix VII tomonidan 1489 yilda chiqarilgan
statutda loaqal 20 akrdan1 ortiq yeri bo'lgan dehqon usad`balarida g'ov tutish va usad`ba
larni buzish ta'qiqlangan edi. 1516 yilda Genrix VIII chiqargan statutda konversiya, ya'ni
ekinzorlarni yaylovga aylantirish man qilingan edi. Genrix VIII ning.1533 yilgi qonuni esa,
bir mulkdorning asraydigan qo'yi 2 ming boshdan ortmasin deb chegaralab qo'ygan edi. 1597
yilda qiroleva Yelizaveta hukumati dehqonlarning buzib yuborilgan usad`balarini tiklash va
barcha g'ov tutishlarni to'xtatish haqidagi talablarni takrorlagan edi. Hukumat g'ov tutishlarni
tekshirish uchun bir necha marta: 1517, 1548 va 1607 yillarda reviziya tayinlagan edi.
Statutlarni buzgan aybdorlarga jarimalar solindi. Lekin chiqarilgan shu qonunlarning hammasi
natijasiz qoldi. Tyudorlarning dvoryanlar monarxiyasi dehqonlarni yerdan mahrum etishlarga
qarshi izchillik bilan kurasha olm'as edi. G'ov tutishlarga qarshi chiqarilgan statutlarni amalga
oshirishda ham yetarli darajada g'ayrat bilan ish ko'rilmas edi. Statutlarni amalga oshirishlari
lozim bo'lgan sheriflar shu ishlar bilan sh^`'ullanuvchi sud`yalar va boshqa hamma mansabdorlar
deyarli o'zlari yer egalari bo'lib, g'ov tutishlarni tekshirish ishlariga har qanday yo'llar bilan
to'sqinlik qilardilar. Yirik lordlar o'z yer egasilarida g'ov tutish uchun saroydan maxsus
ijozat olar va ayrim grafliklardagi g'ov tutishlarni tekshirish topshirilgan maydaroq
amaldorlarni nazarlariga ham ilmas edilar./ .
Robert Qet qo'zg'oloni.chG'ov tutishlar munosabati bilan dehqonlar ko'targan qo'zg'olonlardan eng
kattasi Norfol`kdagi 1>()bert Ket qo'zg'oloni edi. Bu qo'zg'olon Eduard VI podsholik qilP1N
dyavrda, ya'ni 1549 yil yozida, Angliyaning sharqidagi sanoati xiyln taraqqiy qilgan
grafliklardan biri bo'lgan Norfol`kdn ko'tarilgan edi. Bu qo'zg'olonda Norfol`k dehqonlari
bilan bnrga sharqiy grafliklardagi, ayniqsa qo'shni Seffol`k grafLigpdagP aholi ham
qatnashgan edi. Mayda Skvayr2 Robert Ket y:i uklei Vil`yam bilan birlikda bu qo'zg'olonga
boshchilik qildi. Qo'.chgolon iyun` oyining oxirida Norfol`k janubida akauk« Knvuip yashaydigan
Uindem degan joyda boshlanib, bu yerdii pshmolga, to Norich shahri (Norfol`k grafligining
bosh shahri)gacha yoyilib ketgan edi. Ket qo'zg'oloni dehqonlarni Norichga qarab olib
bordi, ular 10 iyulda bu yerga kelib yetdilar. Norich shahrining kambag'allari
dehqonlarga qo'shildilar. Hammasi bo'lib 20 mingtacha qurolli dehqonlardan iborat
bo'lgan qo'zg'olonchilar shahar atrofidagi o'rmon bilan qoplangan tepaliklardan
birida lager` qurib oldilar. Qo'zg'olonchilar Londonga qirol nomiga yuborilgan
talablar dasturini tayyorladilar. 29 moddadan iborat bu dasturning bir qancha
moddadalarida g'ov tutishlarni to'xtatish va dehqonlarga lordlar jamoalardan
torta b olgan yaylovlardan foydalanish uchun to'la huquq berish talab qilingan: «Biz
so'raymizki... manor lordlari jamoa yaylovlarida poda boqmasalar ekan» (11modda). «Biz
so'raymizki... Genrix VII qirollik qila boshlagan yildan beri mirovoy sud`yalar, sheriflar
va boshqa amaldorlar tomonidan (xalqdan yashirib kelingan (g'ov tutishlarga qarshi) yaxshiyaxshi
qonunlar, statutlar, proklamatsiyalar va boshqa tadbirlar tiklansin va amalga oshirilsin»
(27modda)1.
Qo'zg'olonga qatnashgan eng kambag'al dehqonlar tomonidan tuzilgan boshqa bir hujjatda ular
dehqonlarning yer egaligi uchun zarur sharoit yo'qligidan shikoyat qiladi: «Yerga egalik qilish
uchun bizga berilgan mavjud sharoitlar arzimaydigan, qullarga beriladigan sharoitlardir, yerga
egalik qilish tamomila lordning xohishi va o'zboshimchaligiga bog'liqdir...». Lordlar bosib
olgan jamoa yerlarida ular qurgan to'siqlarning hammasini dehqonlar buzib tashlamoqchi
edilar: «Biz hamma' to'siqlarni yer bilan yakson qilib tashlaymiz, xandaq va zov'urlarni ko'mib
tashlaymiz va har bir kishiga jamoa yaylovlaridan foydalanishga imkon beramiz... Biz hamma
narsadan erkin, baravar va teng foydalanishni istaymiz».
Hukumat qo'zg'olonni bostirish uchun ko'pchiligi yollangan nemis va ital`yanlardan iborat 15 ming
kishilik butun bir armiyani yubordi. Muntazam qismlarga qarshi urush olib borishni bilmagan
qo'zg'olonchilarni yirik lord — graf Uorvik qo'mondonligi ostidagi hukumat qo'shinlari tor-mor
qildi.
Norich yonidagi Dyussendeyl` vodiysida jang 1549 yilning 27 >avgustida bo'lgan edi. Chet ellik
yollanma soldatlar qo'zg'olonchilarni ko'plab qirib tashladilar. Uldirilgan de'hqonlarning
soni 3500 ga yetardi. Asir olyngan Robert va Vil`yam Ket osib o'ldirildi. Qo'zg'olon
qatnashchilaridan jazolab o'ldirilganlarning soni 300 dan ortiq edi. S SH
Yerdan maxrum qilingan xalq ommasiga qarshi chiqarilgan qonli qonun/^Gyudorlar hukumati
dehqonlarning qo'zg'olonlarini shafqatsizlik bilan bostirib, g'ov tutishlar natijasida juda
ko'plab xonavayron bo'lgan dehqonpauperlarta qarshi repressiya boshladi. Angliya qishloqlari va
yo'llariii to'ldirib yuborgan gadoy va daydilarga qarshi hukumat g'oyat mudhish qonunlar chiqardi.
Faqat mehnatga yaramay qolganlarga va keksalargagina sadaqa so'rash ruxsat etilgan edi.
Tilanchilik qnlgan «sog'lom 1gadoy»larni qamchi bilan savalash va qamoq jazosi kutardi.
Pauperlarni ayrim shaxslarga qul qilib berardilar. Qul qilib berilgandan keyin
xo'jaynnlaridan qochib ketganlarniig badaniga o'tda qizdirilgan temir bilan tamg'a bosardilar.
Ikkinchi marta qochib ketgan pauper qatl qilinardi. Hukumat daydilarni tug'ulib o'sgan
joylariga har qanday yo'llar bilan qaytarishga harakat qilardi. Shu yo'l bilan o'z yurtiga
qaytariltan pauper «mahalla quli»ga aylantirilardi. U o'zining yashash joyini tashlab keta
olmas va mahalliy pomeshchik yoki bironbir yirik fermerga yoki korchalonsanoatchiga ular
taklif etgan har qanday ishga yollanishga majbur edi'«Hozirgi ishchilar sinfining ota-bobolari
hammadan avval o'zlarining zo'rlik bilan daydilarga va rtayperlarga aylantirilganliklari
uchun jazoga tortilgan edilar»1,— deb yozgan edi Marks.

Tyudorlar absolyutizmi va uning ijtimoiy negizi.sXU asrning oxiridan XVII asr boshlarigacha
Angliyani idora qilgan Tyudorlar dinastiya (sulola)si qirol hokimiyatini ancha mustahkamlashga muvaffaq
bo'ldi. Hokimiyat bu dinastiya (sulola) qirollari davr surgan zamonlarda chinakam absolyutizm
xususiyatlariga ega bo'ldi. Dinastiya (sulola)ni boshlab bergan Genrix VII (1485—1509) va uning o'g'li
Genrix VIII (1509—1547) «Qizil gul urushlari»dan keyin hali saqlanib qoltan feodal
zodagonlarining qoldiqlariga qarshi ayovsiz kurash olib bordi. Tyudorlar chekka o'lkalarni:
Kornuell, Uel`s va Angliyaning shimoliy grafliklarini ham markaz ta'siri ostiga oladilar.
Tyudorlar davrida favqulodda siyosiy va ma'muriy sudlar — Yulduz palatasi sudi, Iltimoslar
palatasi sudi, Kantsler sudi va boshqa sudlar tuzilib, ular idora qilishda byurokratik
elementlarni kuchaytirdilar. Tyudorlar ingliz sanoati, savdosi va kemalar yurishini himoya
qilish va rag'batlantirishga qaratilgan mer. kan7il siyosatni izchillik bilan yurgizib,
mamlakatning iqtisodiy hayotyga doim aralashib turdilar. Tyudorlarning sotsyal negyzini
dastavval yangi dvoryanlar tashkil qilar edi, yangi dvoryanlar qisman yo'q bo'lib ketgan eski
feodal xonadonlari o'rniyai bosgan yangi lordlardan, qisman o'rta va mayda dvoryanlar —
jentrilardan iborat edi. Jentrilar ritsarlar, skvayrlar va boshqa jentel`menlardan tarkib
topgan edi. Tyudorlarning boshqa bir tayanchi — o'sib borayotgan shahar burjuaziyasi, ya'ni
dvoryanlar bilan mahkam bog'langan manufaktura, savdo va banksudxo'rlar burjuaziyasi edi.
Qirol hokimiyatining shu burjua va burjualashgan yangi sinflar bilan ittifoqi Tyudorlar
dinastiya (sulola)si qirollarining parlamentga nisbatan o'ziga xos munosabatlarida o'z ifodasini
topgan edi. Vakillar muassasalarini juda yomon ko'radchgan kontinent absolyutizmidan
(Fransiyada Bosh shtatlar faoliyatining tugatilishi, Ispaniyada korteslar faoliyatining
tugatilishi va hokazolardan) farq qilib, Angliyada Tyudorlar davrida parlament yo'qotilishi u
yoqda tursin, balki o'z ahamiyatini ma'lum darajada kuchaytirdi. Asosan o'rta dvoryanlar va
qisman savdogarlar bilan manufakturachilarning vakillaridan iborat bo'lg'an ' quyi palata
(umum palatasi) Tyudorlar davrida muqarrar mustahkamlandi, ayni vaqtda lordlar palatasi,
aksincha zaiflashdi. Genrix VIII o'zining eng katta islohotini — ingliz cherkovini Rimdan
ajratish va cherkovmonastirlarning yerlarini. sekularizatsyya qilish ishlarini parlament
yordamida amalga oshirdi.
Shu tarzda Fransiya hamda Yevropa qit'asidagi boshqa mamlakatlardan farqli o'laroq, ingliz
absolyutizmi parlament bilan vakolatli muassasa sifatida chiqishib keldi, chunki parlament bu
yerda o'z sotsyal tarkibi jihatidan rivojlanayotgan absolyutizmning muhim tayanchi va madadi
edi. Ingliz absolyutizmining yana bir xususiyati shundan iborat ediki, Angliya grafliklarida
bu vaqtda mahalliy o'zo'zini boshqarish (yarim saylanadigan sheriflar va mahalliy sud`yalar,
maslahatchi sud`yalar, shaharlarning saylanadigan munitsipalitetlari va hokazolar) saqlanib
qolgan edi. Buning sababi shu ediki, bu organlarga ham odatda o'sha «ittifoqchi sinflar»—o'rta
dvoryanlar bilan burjuaziya kirib, ular Tyudorlarning sotsyal tayanchi sifatida umuman juda
katta rol o'ynardilar. Nihoyat ingliz absolyutizmi qit'adagi absolyutizmga o'xshash muntazam
armiya tuzmadi, bunga Angliyaning orolda joylashish mavqei ko'p jihatdan sabab bo'ldi. O`rta
asrlarda va hatto yangi davrning dastlabki asrlaridagi harbiytexnika vositalarn
ning holatida quruqchilikdagi kuchlarning Angliyaga hujum qilishi juda qiyin vazifa
^isoblanardi. Ammo XVI asrdagi ingliz qirollari katta muntazam armiya tuzmasalar ham,
parlament bilan birgalikda harbiy flotni muttasil mustahkamlab bordilar. Buning
oqibatida harbiy flot dushmanning dengizdan hujum qilishidan mamlakatning xavfsizligini to'la
ta'minlabgina qolmay, ingliz mustamlaqa va savdo ekspansiyasi uchun qudratli vosita xam
bo'lib xizmat qilardi,/>
Ingli? islohattsiyasi (ko`rinishi).(%ngliz hukumati islohattsiyaga avvaliga salbiy qaragan edi. Yoshligida
yaxshigina maxsus diniy ta'lim ko'rgay1 Genrix VIII Lyuterga qarshi munozarada ham shaxsan
ishtirok qilgan edi. U 1521 ,yil,noyabrida yozgan2 «Yetti sirning himoyanomasi» degan pamfletni
Rimga papa nomiga yuborgan edi. Genrix VIII Yekaterina Aragonskayaga uylangach, Karl V bilan
dinastik bog'lanish tufayli, avval boshda Fransiyaga qarshiuyushtirilgan koalitsiyada ham
qatnashgan edi.
Biroq ingliz dvoryanlari cherkovga qarashli yerlarni bosib olishdan juda manfaatdor bo'lganligi,
ingliz burjuaziyasining islohattsiyaga xayrixohlik bilan qaraganligi va <:cherkov bo'lishini jon deb istaganligi, 20 yillar oxiridan Angliyaning tashqi siyosatida
o'zgarish paydo bo'la boshlaganligi (Gabsburglar. juda. kuchayib ketganligi tufayli Fransiya
bilan yaqinlashganligi) «taqvodor qirol»ni cherkov masalasida tutgan o'z siyosatini
o'zgartirishga majbur etdi. Genrix VIII ning xotinini qo'yishi bu o'zgarishta rasmiy bahona
bo'ldi. Genrix VIII Yekaterina Aragonskayani (yoshi o'zidan katta bo'lganligi va o'g'il
tug'maganligi uchun) qo'yib yubormoqchi bo'lib, Rimga murojaat qildi, chunki katolik qonunlariga
muvofiq ajralishni papa rasmiylashtirishi kerak edi. Yekaterina Karl V ga xola bo'lganligi
uchun, asosan shu vaj bilan papa bu ajralishga ruxsat berishdan bosh tortdi. Chunki Karl V 1527
yildan keyin Rimga xo'jayin bo'lib qolgan, papa esa tamomila uning ixtiyorida edi. Nihoyat
qirolning hotinidan ajralishi Rim papasining ruxsatisiz Angliyada rasmiylashtirildi (1533
yil). Shundan keyin Genrix VIII avval qirolevaning freylinasi bo'lgan Anna Boleynga uylandi.
Papa siyosatidan g'azabga kelgan Genrix VIII 30yil o'rtalarida Rim bilan aloqasini butunlay
uzdi. 1534 yilda tuzilgan «Suprematiya to'g'risidagi akt» bu jihatdan muhim qadam edi, bu
aktga binoan qirol ingliz cherkovining bosh rahbari, deb e'lon qilindi. Ammo.shunisi
xarakterliki, aktda hamma eski katolik aqida va rasmodatlar dahlsizdir, deyilgan
edi. Cherkovni idora qilishgina o'zgartirilgan, shunda ham uning yuqori instantsiyasidagi
idorasigina o'zgartirilgan edi. Papa o'rniga qirol o'tib, yepiskopat avvalgi holicha
qolaverdi. Genrix VIII Rimni ham, Vittenbergni ham istamasligini bir necha marta aytdi.
Shunday qilib, ingliz cherkovi (yoki lotincha aytganda — anglikan cherkovi) katolitsizm bilan
protestantlik o'rtasidagi bir vaziyatni egallagan edi.
Genrix VIII islohattsiya masalalarida konservativlik ko'rsatgan bo'lsada, iqtisodiy sohada
muhim bir tadbirni ko'rdi. 1536 va 1539 yillarda u monastirlarni (avvalo maydalarini,
so'ngra kattalarini ham) bekitdi va monastirlarning mulki, binolari, har qanday ziynat
buyumlari, oltin va kumush boyliklarini, eng muhim monastirlarga qarashli juda katta yer,
larni musodara qildi. Cherkov yerlarining musodara qilinishi g'oyat katta ijtimoiy oqibatlarni
keltirib chiqardi. Musodara qilingan yerlar qirol xazinasi ixtiyorida uzoq saqlanib qol
madi. Bu yerlar sotildi va bir qismi qirol arzandalariga hadya qidib berildi. O`rta
darajadagi harbiy va puldor dvoryanlardan va qisman burjualardan iborat yangi mulkdorlar
sekulyarlashtirilgan mulklardan juda boyib ketdi. Genrix VIII zamonida o'tkazilgan islohattsiya
natijasida yangi dvoryanlar sinfi tashkil topdi va keyinchalik bu sinf XVII asr o'rtalarida
bo'lgan ingliz inqilobida burjuaziyaning ittifoqchisi bo'ldi. Monastirlarning yerlarini
egallab olgan yangi mulkdorlarning bu yerlarda yashab kelgan dehqonlar bilan hech qanday
traditsion aloqasi yo'q edi. Faqat boyish payidan bo'lgan ochko'z yangi xo'jayinlar dehqonlarni
sira ayamay, chek yerlaridan haydab yuborar, yerlarga g'ov tutar, azaldan odat bo'lib qolgan
renta (yer solig`i) o'rniga yangisini, undan ko'ra qimmatroq turadygan va uni to'lashga o'rtahol dehqonlarning
mutlaqo qurbi yetmaydigan bozor renta (yer solig`i)sini belgilardilar «Islohattsiya tufayli va bu bilan
birga cherkov imenielarining nihoyat darajada talontoroj qilinganligi tufayli XVI asrda
xalq om,masini zo'rlik bilan,ekspropriatsiya qilish yangidan juda dahshatli tue oldi» >. u
,
Genrix VIII dan keyin islohattsiyaning taqdiri.^Genrix VIII o'lgandan keyin uning yosh qolgan
o'g'li Eduard VI qirol bo'ldi (1547—1553). Uning davrida qirollikning vasiysi va regenti
(protektori) avval (boshda 1yosh qirolning tog'asi2 gersog Eduard Seymur Somerset, so'ngra 1549
yildagi qo'zg'olonni bostirgan va Somersetni hokimiyat tepasidan olib tashlagan graf Uorvik
vasiy va regent bo'ldi.
Har ikki regent ham protestantlar partiyasiga mansub edi. Ular davrida anglikan cherkovi
protestantizmning qit'adagi
formalariga bir qadar yaqinlashib qoldi. Anglikanizmda, jumladan, kal`vinizm ta'siri
(taqdir haqidagi dogmat, marosimlarning kamaiishi va hokazo) aniq ko'rinardi. Ammo Eduard
VI o'lgandan keyin uning o'rniga Genrix VIII ning Yekaterina Aragonskayadan tug'ulgan qizi
Mariya Tyudor taxtga o'tirdi. Genrix VIII saroyiga nisbatan ispan katoliklari oppozitsiyasi
muhitida tarbiyalangan Mariya Tyudor ko'proq g'arb bilan shimolning xiyli qoloq okrugl a
ridagi ingliz dvoryanlarining ba'zi bir qismidan madad topgan katoliklar partiyasiga
boshchilik qildi. Bundan tashqari, qiroleva ona tomon qarindoshi, ispan qiroli Filipp II ga
erga tegdi. Yuqorida aytib o'tilganidek, Filipp II—XVI asrning ikkinchi yarmidagi katolik
reaktsiyasining eng fanatik arboblaridan biri edi.
Mariya ispanlar madadiga tayanib, Angliyada katolizmni tikladi va protestantlarni qattiq
ta'qib ostiga oldi. Bir zamonlar o'rta asr yeretiklarini gulxanga tashlab qanday kuydirgan
bo'lsalar, Angliyada protestantlarni ham shunday tiriklayin kuydirardilar. Protestantlar
Mariyani shafqatsizligi uchun «qonxo'r» deb atadilar 50 yillar boshida mamlakatDa bir necha
marta katta-katta fitnalar uyushtirildi, bundan maqsad. Mariyani taxtdan ag'darib tashlash va
chet el ispan ta'sirini yo'qotish edi. Bu fitnalar bostirildi. Ingliz parlamentining o'zi
biror darajada jiddiy oppozitsiya uyushtirishga jur'at etolmay, katolik hukumatiga nisbatan
o'zini tobe tutardi. Ammo Mariya Tyudor uzoq vaqt qirollik qilmadi. U 1558 yilda o'ldi.
Ingliz zadoganlari orasidagi protestantlar ustun chiqib, Genrix VIII ning Anna Boleyndan
bo'lgan qizi Yelizaveta I ni qiroleva qilib qo'ydilar, u XVI asrning butun ikkinchi yarmida
podsholik qildi (1558—1603).
Yelizaveta I mo''tadil anglikan ko`rinishidagi protestantizmni uzil-kesil tikladi. 1559 yilda
parlament taxt egasining cherkov ishlariga boshchilik (suprematiya) qilish huquqini yana
tasdiqladi. Qirolevaga yepiskoplarni tayinlash huquqi berildi. Yepiskoplar esa isloh
qilingan cherkovda ham qolib, o'z yepiskoplik yerlarini hamda lordlar palatasida majlis o'tka
zish huquqini saqlab qoldilar. Anglikan cherkovining boshqa nomi — yepiskopa l` cherkov degan
nomi shundan kelib chiqqandir.
1571 yilda anglikan din simvoli ishlab chiqildi, u 39 a'zo (bob)dan iborat bo'lib, unda ba'zi
bir katolitsizm aqidalari bilan bir qatorda protestantizm, kal`vinizm ta'siri ham sezilib
turardi. Ibodat qilishda bir xillik (Conformity) joriy ztildi. Ibodat hukumat tomonidan
tasdiqlangan alohida qo'llanmaga binoan ingliz. tilida amalga oshirilishi kerak edi..
Qirolevaning cherkovta boshchilik qilishni tan olishdai bosh tortgan katolikrekuzantlarga qarshi
qattiq qonun^ar chiqarildi. Iezuitlarning Angliyaga kirishi qat'iy man etildi. Katoliklar
yana qo'shimcha katta-katta soliqlar to'lashga mij bur edilar^Prbtestantizmdan katolitsizmga
o'tish davlatga xiyonat qilish bilan bir qatordagi jinoyat hisoblanardi.
XVI asRDO#G ikkinchi yarmida Angliyaning umumiy ichki va tashqi siyoavgi^lizaveta. I Tyudorning
uzoq muddat (qirq besh yil) qirollik qilgan davri — Angliya iqtisodiy jihatdan ayniqsa
taraqqiy etgan davr edi. Boshqa mamlakatlar bilan, jumladan, Hindiston va Amerika bilan
savdo-sotiq ishlarini olib borish uchun juda ko'p savdo kompaniyalari tuzildi, dengizning
narigi tomonida inglizlar kolonizatsiyasi boshlandi, ingliz savdo floti juda o'sib ketdi,
movut manufaktur a si da muvaffaqiyatlarga erishildi, kapitalistik fermerlik tobora keng
yoyila boshladi, ana shu hodisalarning hammasi «Yelizaveta asri» deb atalgan davrning eng
yorqin xususiyatlaridir.
Yelizaveta protestantizmni tiklash bilan avvallari monastirlarga qarashli yerlarga egalik
qiluvchi mulkdorlarning huquqlarini mustahkamlab berdi hamda yangi dvoryanlar va
burjuaziyaning manfaatlarini ta'minladi. 1569 yilda graflardan Nortumberlendskiy va
Vestmorlendskiy boshchiligida shimoldagi lordlar «eski» va «haqiqiy» katolik dinini himoya
qilish bayrog'i ostida markaziy hokimnyatga qarshi isyon ko'targanlarida, bu isyon tezda
bostirildi. Hukumat janubiy va janubi-sharqiy grafliklarning djentriylari va frigol`
derlaridan katta qo'shin to'plab, muayyan vaqt davomida butun Shimolni aslida okkupatsiya qilib
turdi, bu o'lkani shafqatsiz ravishda taladi. Hukumatning terrori 1569 yilda o'zlariga xos
bahonalarga ko'ra (Shimoldagi yerlarni qo'lga kiritib olgan, yer renta (yer solig`i)sini oshirgan va bu yerga
ham g'ov tutish siyosatini olib kelgan «Londonlik» eski lordlarga nafrat yuzasidan) ha
rakatida ishtirok etgan shimoliy dehqonlarning bir qismiga ham yoyildi.
Genrix VIII vaqtida parlament qirolevaga uning feodalkatolik guruhlariga qarshi olib
borgan kurashida har tomonlama yordam berdi. Qatoliklar tomonidan ingliz toju taxtiga
da`vogar qilib qo'yilgan Shotlandiya korslevasi Mariya Styuart (u ham onasi tomondan Tyudorlar
dinastiya (sulola)siga mansub edi) Yelizaveta agentlarining yordami bilan Shotlandiyadan haydab
yuborildi. Angliyaga qochgan Mariya Styuart o'z «egachisi» bo'lgan ingliz qirolevasi qo'liga asir
tushib qoldi. Mariya Styuart turli qal'alarda ko'p yillar qamalib yotib, bir necha marta
muvaffaqiyatsiz qochishga urinib ko'rganidan so'ng 1587 yilda qatl qilindi.
Mariya Styuart ishida ispan qiroli Filipp II ning agentlari katta rol o'ynadi. Mamlakat
ichidagi feodalkatolpklar reaktsiyasi ham, chetdagi ispanlarning aralashuvi ham Yelizaveta
hukumatini bir xilda tashvishga solib qo'ydi. Ispaniya yapada muhimroq boshqa bir sababga ko'ra
uzoq vaqtgacha Angliyaning milliy dushmani bo'lib qoldi. Inglizlarnikg dengyz savdosi
rivojlanib va mustahkamlanib borgan sari, ing
liz burjua doiralarining ko'pgina ispanportugal mustamlakalariga kirib borishi uchun
Ispaniya tobora katta to'siq 6vlib qolmoqda edi.
Yelizaveta Ispaniyani zaiflashtirish maqsadida Niderlandiya inqilobini qo`llab-quvvatladi.
Ingliz kemalari, hech qanday urush e'lon qilmasdan, ispanlarning Amerikadan Ispaniyaga
qimmatbaho yuklar ortib kelayotgan flotiliyasiga hujum qilar va ularni talar edilar.
Yelizaveta esa bularning * hammasidan xabardor edi va ularni rag'batlantirardi. Yeli
zavetaning ikki yirik admirali — Dreyk bilan Xoukins o'zlarining siyosiy kar`eralarini
devgiz qaroqchyligidan boshlagan edilar. Inglizlarning dengizdagi qaroqchiligiga xotima
berish va, Angliyada Mariya Qonxo'r davridagi singari, ispanlarning to'la ta'sirini tiklash
maqsadida Filipp II 1588 yilda Angliyaga qarshi «Yengilmas armada»sining harbiy yurishini
boshladi, ammo, yuqorida ko'rsatilganidek, uning bu yurishi tamomila muvaffaqiyatsizlikka uchradi
'. Shu vaqtdan boshlab dengizda inglizlarning qo'li baland bo'lib qoldi. XVI asrning 90
yillari va XVII asr boshlarida inglizlar bilan fransuzlarning ahillashib qolganligi tufayli
Gollandiya respublikasi qat'iy g'alaba qozondi va shunday qilib, Ispaniyaga yana qattiq
zarba berildi./ ¦
Irlandiyaning bosib olinishi va talanishi/^XVI asrning ikkinchi yarmida Angliya qo'shni Irlandiyaga
o'z tazyiqini keskin kuchaytirdi. Irlandiyaning Dublin shahri bilan sharqiy sohillari
XII.asrning ikkinchi yarmidayoq birinchi marta zabt qylingan edi. Shundan keyingi asrlarda
orolning boshqa tumanlarnga ham ingliz hukumatining ta'siri kengaydi. Ammo umuman olganda
inglizlarning Irlandiyaga kirib borishi uzoq vaqtgacha yetarli darajada chuqur bo'lmagan
edi^Dabilalarning mahalliy yo'lboshchilari ingliz qirollariga nomigagina bo'ysunardilar.
Inglizlarning Irlandiyaga ko'chib borishi nisbatan uncha ko'p emasdi. Ko'chib borgan
inglizlarning, shu jumladan, bu yerga ko'chib kelgan ingliz feodallarining irlandlashuvi
xarakterlidir. Ko'chib kelgan inglizlarning ikkinchiuchinchi bo'G'iniyoq irland urfoda'tlari va
tilini to'la 5'zlasht1fib olib, shu tarzda mahalliy aholi bilan qo'shilib ketardi. Chegaralari
mustahkamlangan va ko'plab ingliz garnizonlari joylashgantorgina sharqiy polosada (Pel`deb
ataladigan joyda) ingliz feodallari va savdogarlari o'zlarini birmuncha mustahkam tutib,
mahalliy irland aholisidan alohida ekanliklarini saqlab qoldilar va hatto buni ta'kiDlab
ko'rsatardilar. Ingliz sanoati va savdosining rivojlanishi, yangi yerlarda jun, g'alla va
boshqa mahsulotlarga talabning oshishi munosabati bilan ingliz feodallari ehtiyojining
keskinlashuvi natijasida Irlandiya ingliz hukmron sinflarini ko'proq qiziqtira boshladi.
Irlandiyaning ajoyib yaylovlari ', unda qimmatli qazilmalarning mavjudligi, ko'plab dengiz
buxtalari, orolning qulay strategik mavqei — bularning hammasi ingliz dvoryanlarini va
ularni qo`llab-quvvatlovchi burjuaziya doiralarini Irlandiyaga nisbatan ekspansiya va
agressiyani kuchaytirishga undar edi.
Dastlabki Tyudorlar, Genrix VII va Genrix VIII davridayoq Irlandiyada ingliz hukumatining
ta'siri kuchaya boshlagan edi. * Xususan Genrix VIII birinchi marta Irlandiya qiroli titulini
kabul qildi (bu paytgacha ingliz qirollari Irlandiya senyori tituli bilangina
kifoyalanib kelardilar). Irlandiya zodagonlari ingliz qiroliga qasamyod qilishlari,
undan titul olishlari hamda ular qabilalardan tortib olgan yerlarga egalik qilish
huquqini olishlari kerak edi. Irlandiyada ingliz hukmronligini yanada mustahkamlashda
islohattsiya katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu yerda islohattsiya ayniqsa zo'ravonlik usullari bilan
hamda Irlandiya cherkovmonastir` yerlarini ommaviy tarzda sekulyarizatsiya qilish bilan
o'tkazilgan edi. Irlandiyaning feodalqabila tarqoqligidan foydalanib, bir kabila
yo'lboshchisini ikkinchisiga qarshi gijgijlash, orolning ayrim tumanlarida ig'vagarlik
maqsadida g'alayonlar uyushtirish va ularni shafqatsizlik bilan bostirish yo'li bilan ingliz
hukumati Mariya davridayoq, so'ngra esa Yelizaveta davrida ham O`rta va Shimoliy Irlandiyadagi
yerlarni sistematik tarzda musodara qila boshladi. Odatda, musodara qilingan yerlar
ingliz dvoryanlariga va qisman Angliyadan ko'chib kelgan dehqonlar — istilochilarga
berilardi. Yelizaveta hukmronlik qilgan davrning ayniqsa ikkinchi yarmida va oxirida
yerlar juda ko'plab mikdorda shu tarzda musodara kilindi, Ol`sterda Shan O' Neyd` (1559—
1567), Mensterda Desmond (1579—1583) hamda yana Ol`sterda graflardan Tiron bilan
Tirkonel` (1595—1603) rahbarligida ro'y bergan Irlandiya qo'zg'olonlari bostirilgani
natijasida ana shunday ishlar kilindi. Yelizaveta hukmronlik qilgan davrda ingliz
hukumati Irlandiyada jami 1300000 akr hajmdagi juda katta yer 1maydoni musodara qilindi.
Irlandiyaning bo'ysundirilishi va talakishi Angliyaning shundan keyingi tarixi uchun g'oyat katta
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga ega bo'ldi. Irlandiya Angliyaning mustamlakasiga aylanib, u yerga
ingliz movuti v a boshqa sanoat mahsulotlari olib borilar hamda u yerdan Angliyaga g'alla,
chorva mollari, jun va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlari keltirilar edi. Angliya
lendlordizmi o'sha paytda ingliz dvoryanlari har qanday usullar bilan (g'ov tutish,
sekulyarizatsiya va shu singari
usullar bilan) kengaytirgan va Angliyaning o'zida to'la mulkiga ailantirgan yerlarga qo'shimcha
sarzda Irlandiyani o'zining iqtisodiy bazasiga aylantirdi/
XVI asr — XVII asrning boshlarida AngliyaRossiya munosa
batlarts/XVI asrda Angliyada Rus davlati bilan anchagina jonli IQ.TISODIY munosabatlar
o'rnatilgan edi. 1554 yilda AngliyaMoskva «ompaniyasining tuzilishi Angliya bilan Rossiya
o'rtasida muntazam savdo aloqalari o'rnatilishiga olib keldi. Rossiyadan inglizlar juda ko'p
miqdorda zig'ir poyasi, kanop losi, mol yog'i, mum, mis, mo'yna, yog'och va shu singarilarni olib
ketar edilar. Qishloq xo'jaligi va o'rmon xo'jaligining ana shu mahsulotlari evaziga inglizlar
Rossiyaga movut, galantereya tovarlari, doridarmon, qurolyaroq, oltingugurt, selitra,
qo'rg'oshin olib kelardilar. Rossiyaning juda ko'plab arqonlari kompaniyalar vositachiligida.
ingliz flotini ta'minlash uchun yuborib turilardi. Ingliz savdogarlari Moskvadagina eMas,
balki Yaroslavl`, Vologda, Velikiy Ustyug va boshqa ba'zi shaharlarda ham yashardilar. Ana shu
shaharlarning ayrimlarida ular xom ashyoni qayta ishlash va bu mahsulotni (arqon, parusina va
shu singarilar") Angliyaga jo'natish uchun sanoat korxbnalarini tashkil qilishardi. Angliya
negotsiantlari Sharqiy O`rta Osiyo bozorlariga borish uchun Rossiya davlati orqali Volga bo'ylab
va undan keyin Kaspiy dengizi bo'ylab uzoq sayohat qilardilar. Birok ingliz savdogarlari
hamda ularni qo`llab-quvvatlovchi Angliya hukumati Rossiya davlotini o'ziga xos savdo
koloniyasi hisoblashga moyil bo'lib, bu yerda ularga Rossiyaning butun eksporti va importa
ustidan to'la monopoliya o'rnatishlari ta'minlanishini xohlardilar. Qompaniyalarning bunday
siyosati Rossiya hukumatining keskin qarshiligiga duch keldi. Rossiya savdogarlari bu masala
xususida Rossiya hukumatiga bir necha marta qattiq shikoyat bilan murojaat qilishgan edi. 70
yillarning boshlaridayoq Ivan Grozniy inglizlarning imtiyozlarini ancha qirqib qo'ydi. XVI
asrning oxirlarida va XVII asrning boshlarida Boris Godunov davrida ular yanada ko'proq
cheklab qo'yildi.
Moskva davlotining markazlashgan xarakteri, rus savdogarlarining iqtisodiy jihatdan ancha
o'sganligi va ularning alohida posadskoe sosloviega (G'arbdagi uchinchi sosloviening tashkil
topishini eslatuvchi) sosloviega uyushuvi Rossiyaning xalqaro savdo va siyosiy munosabatlarda
yetarliudarajada mustaqil milliy siyosat o'tkazishini ta'minladi/
Burjua oppozitsiyasining boshlanish^Yelizaveta I ning ichki va tashqi siyosat sohasida erishgan
yutuqlari tufayli o'sib kelayotgan ingliz burjua sinfi nazarida uning obrusi g'oyat ko'ta
rildi. Parlament Yelizaveta hukumatidan subsidiyani sira ayamadi. Ammo Yelizaveta qirollik
qilgan davrdayoq absolyutizm rejimidan burjuaziyaning norozi ekanligini ko'rsatadigan ba'zi
alomatlar paydo bo'lib qoldi. Xususan, bu oppozitsiya parlament a'zolarining parlamentdagi
tanqidiy nutqlarida aks etdi. 70 va 80 yillardayoq parlament hukumatdan feodalkatolik
reaktsiyasiga qarshi qat'iyroq kurashsin va Yelizaveta o'ziga protestantlardan voris
belgilasin, deb talab qildi. Parlament deputatlar uchun shaxe dahlsizligi va so'z erkinligi
bo'lishini, shuningdek, parlament saylovlariga hukumat tamomila aralashmasligini talab qildi.
1601 yilda parlament ^ar xil tovarlar ishlab chiqarishni ayrim shaxslar yoki kompaniyalarning
monopoliya qilib olishi uchun qiroleva tomonidan joriy etilgan patent sotilishiga qat'iy qarshi
chiqdi. G'azabga kelgan parlamentni tinchitish uchun Yelizavetaning o'zi aralashishi va bundan
keyin bunday ishni qilmasligi to'g'risida va'da berishi lozim bo'lib qoldi. Parlament
qirolevaning cherkov siyosatidan ham norozi edi. Anglikanizmni uning katolitsizmga yaqinligi
uchun tanqid qilib chiqishlar Yelizaveta I ning deyarli hamma parlamentlarida 60 yillardan
boshlaboq eshitila boshlagan edi. Burjuaziya va yangi dvoryanlarning bir. qismi ingliz cherkovini
kal`vinizm ruhida chuqurroq islohattsiya qilishga moyil edi. Ammo Yelizaveta yepiskopal`
anglykan tuzumidan ajralgisi kelmasdi, chunki bu tuzum sharoitida yepiskoplar ab^olyutizmning
eng itoatli quroli bo'lib xizmat qilar edilar./
Puritanlar harakati. Diniysiyosiy tue olgan oppozitsiey kayfiyatlar tobora kuchayib bordi.
Usib mustahkamlangan burjua sinfining absolyutizm siyosatidan norozoligini aks ettiruvchi
qulayroq forma puritanizm deb nom olgan yangi diniycherkov oqimi edi. Dastavval puritanlar
deb anglikan cherkovining tarafdorlarini, ya'ny ularning bu cherkovni katolitsizm
sarqitlaridan «tozalash» uchun ko'proq kurashib kelgan qismini atardilar (puritanlar so'zining
o'zi lotincha «purus», ya'ni «toza» degan so'zdan kelib chiqqan). «Puritan» nomi Angliyada
dastlab XVI asrning 60 yillarida paydo bo'ldi. 70 va 80 yillarda puritanlarning soni
juda ko'payib «yetdi. Puritanlarga kal`vinizm ideologiyasi tobora ko'proq ta'sir ko'rsata
bordi. Ularning ko'plari qit'aga borishib, Jeneva, Germaniyaning Reyn sohili va Niderlandiya
kal`vinchilari bilan aloqada bo'lishgan edi.
Vaqt o'tishi bilan puritanlar hukmron anglikan cherkovidan tamomila' ajralib chiqib, boshida
saylanib qo'yilgan starshina (presviter)lari bo'lgan alohida cherkov jamoalarini tuza
boshladilar. Puritan cherkov jamoalari cherkov ishlarida yangi mulkdor sinflarga to'la
mustaqillik berdilar. Sho'nday qilib, yangliz burjuaziyasi va yangi ingliz dvoryanlari din
sohasida o'zlarini ozod qilishga kirishdilar va shu bilan keyinchalik umuman butun feodal
absolyut tuzumiga qarshi kurashga o'tishni nazarda tutdilar. XVI asrning oxirlaridayoq ingliz
puritanlari orasida aniq ko'rinib turgan ikki oqim paydo bo'ldi: uning biri — eng yirik
burjuaziya va yirik dvoryanlar vakil
larini o'z ichiga olgan ancha o'ng yo'l tutgan presviterian oqimi, va ikkynchisi — asosan mayda
burjuaziya, jentri va dehqonlar orasidan o'ziga tarafdorlar topgan, ancha so'l yo'l tutgan i
ndep yeyadent oqim edi. Yelizaveta hukumati puritanlarga g'oyat dushmanlik nazari bilan
qarardi. Puritailar xam katoliklar singari ta'qib qilinardi. Katoliklar siigari ularni
ham turmalarga qamar, mamlakatdan haydab chiqarar va ularga turli jarimalar solar edilar.
Ammo, puritanlarning soni ortib boraverdi, bu esa burjua sinflarining absolyutizm bilan
aloqani uzishga tobora jiddiyroq tayyorlanayogganligidan dalolat berardi,
Yelizaveta I podsholik qilishining tugashi. Styuartlar dinastiya (sulola)si hukmronligining
boshlanishitsElyzaveta I Tyudor qariyb 45 yil podsholik qilib, 1603 yil 24 martda "vafot etdi.
U Tyudorlar dinastiya (sulola)sining oxirgi vakilasi edi. Bu dinastiya (sulola) davrida inglizlarning
kapitalistik taraqqiyoti juda katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

. Yelizaveta vafotidan sal ilgari Shotlandiya qiroli Yakov VI ni (u qatl etilgan Mariya
Styuartning o'g'li edi) o'z vorisi kilib tayinladi. Yakov uchun bu — kutilmagan voqea emasdi,
Yelizavetaning vazirlari allaqachondan beriyoq Shotlandiya qiroli bilan maxfiy xat yozishib,
uning ingliz taxtiga huququni tasdiqlashar hamda «ikki millatni birlashtirish»— Angliya bilan
Shotlandiyani umumiy bir qirollikka birlashtirishning aniq shartlarini ishlab chiqishgan edi.
Ammo yangi dinastiya (sulola)ga o'z podsholigini murakkab sharoitlarda boshlashga to'g'ri keldi. Angliyada
burjuaziya inqilobi uchun shartsharoit vujudga kela boshlagan edi. Must'ahkamlanib va
sinfga aylanib olgan ingliz burjuaziyasi hamda uning ittifoqchisi bo'dmish yangi dvoryanlar
hokimiyatni o'z qo'llariga olib, ular uchun ortiqcha va zararli bo'lgan monarxiya ko`rinishiga
barham berishga intilayotgan edilar. Tyudorlar davridayoq shakllana boshlagan parlament
oppozitsiyasi Styuartlar davrida ayniqsa zo'r g'ayrat bilan harakat qildi1/>SH ? '. 3.
XVI asrda ingliz madaniyati. XVI asr Angliya tarixida kapitalizmning tug'ilish asri bo'lish
bilan birga, ayni vaqtda ingliz millati shakllanishining davom etishi va ingliz madaniya
tining g'oyat gullagan davri ham edi. XVI asrda ingliz adabiyoti bilan ingliz teatri g'oyat
gullab-yashnadi. Ilk ingliz gumanizmi adabiyotining eng yorqin namoyandasi mashhur Tomas Mordir
(1478—1535). Mor o'zining «Utopiya» nomli (1516 yil) klassik asarida avvalo Angliyadagi
dastlabki jamg'arilish davrining ijtimoiy ziddiyatlarini analiz qilib berdi, bu bilan G'arbiy
Yevropa, utopik ijtimoiyizmi oqimiga asos soldi va bu oqim bundan keyingi asrlarda rivojlana
borib. ilmiy ijtimoiyizm elementlarini tayyorlab berdi. Erazm Rotterdamskiyning «Betamizlik
madhiyasi» degan asari kabi Morning «Utopiya»si ham gumanistik adabiyotning eng mashhur va
eng ko'p tarqalgan yodgorliklaridandir. «Utopiya» ham asli lotin tilida yozilgan bo'lib
keyinchalik Yevropaning hamma tillariga tarjima qilingan va dunyo adabiyotining hamma
bahramand bo'lgan asarlaridandir.
XVI asrning ikkinchi yarmida, Yelizaveta davrida qiroleva va saroydagi bir qancha katta
dvoryanlar homiylik qilgan ingliz teatri katta rivoj topdi. Shu bilan birga teatr Lon
dondagi keng xalq ommasining sevikli tomoshasi edi. Xalqning teatrga munosabati dramaturg
va aktyorlarni o'z badiiy obrazlarini mu?yyan xalqdemokratik ruhidagi uslubda yaratish uchun
harakat qilishga majbur etdi. Vil`yam Shekspir (1564—1616) jahonda shuhrat qozongan buyuk
ingliz dramaturgi edi. Qisman tarixiy va qisman o'z zamonasining maishiy , temalarida
yozilgan o'nlarcha drama, tragediya va komediyalarning muallifi bo'lgan Shekspir o'z asarlarida
feodalizmdan kapitalizmga o'tish davridagi Angliyani xiyla to'la tasvir etib berdi.
Shekspirning p`esalaridagi qahramonlar— Uyg'onish davrining qahramonlik xarakteriga ega
bo'lgan g'oyat ehtirosli kishilardir. Shu bil'an birga ular juda realistik ruhda talqin ztilgan
bo'lib, oddiy kishilar taqdiriga xayrixohlik bildiriladi. Shoir oddiy kishilarning donoligini
ko'pincha saroydagi oliftalarning yengiltakligiga va bema'niligiga qaramaqarshi qilib qo'yadi.
Shekspirning eng yaxshi p`esalari: «Gamlet», «Otello», «Romeo va Jul`etta», «Qirol Lir» va
boshqalar butun dunyodagi teatrlarning repertuarida markam o'rin olgan. Biz ularni sobiq Ittifoq
sahnasida ham tez-tez uchratib turamiz. Shekspirning adabiy merosida tarixiy xarakterdagi
dramalar («Tarixiy xronikalar») alohida ahamiyatga ega. «Richard II», «Genrix IV», «Genrix
V», «Genrix VI» va «Richard III» deb ataluvchi bu dramalarning syujeti asosan Oq atir gul va
Qizil atir gul urushlari tarixidan olingan. Shekspir bu dramalarda markaziy hokimiyatning
feodal anarxiyasiga qarshi shiddatli kurashi hamda chetdan bo'ladigan hujum xavfi sharoitida
o'tgan Angliyaning siyosiy birlashuvi jarayonini aks ettirgan.
XVI asrdagi yana bir atoqli dramaturg Kristofer Map l o (1564—1593) bo'lib, bir qancha yirik
tragediyalar— «Temurlang», «Faust», «Qirol Eduard» va «Parij qirg'iii» (yani «Varfolomey
kechasi») unyng qalamiga mansubdir. Marlo haqli ravishda Shekspirning eng ajoyib
o'tmishdoshlaridan biri hisoblanadi. Marlo unga dramatik she'rning formdsi (mashhur «oq»
she'r) bilanoq katta ta'sir ko'rsatdi.
Yoshroq avlod shoir;dramaturglar orasida Ben Jons_oi (1578—1637) alohida o'rin tutadi. Ko'p
komediyalar yozgan `en Jonson Shekspirga qaramaqarshi o'laroq o'z ijodiyotida XVI
asr oxiri va XVII asr boshlarida o'sib kelayotgan burjua oppozitsiyasining antifeodal va
antiabsolyut kayfiyatini ancha keskin aks ettirgan edi. Unyng bekorchi saroy ahllarini,
xonavayron bo'lib borayotgan maishatparast dvoryanlarni, qirollikdagi sud`yalar va
amaldorlarning poraxo'rligi va o'zboshimchaligini yorqin siyosiysatirik xarakterda tasvirlab
yozgan asarlari XVII asr o'rtalaridagi ingliz burjua inqilobi davrining publitsistikasiga
tayyorgarlikdan iborat edi.
XVI asrning oxirgi o'n yilliklari va XVII asrning b'irinchi yarmida mashhur ingliz faylasufi
Frensis Bekon (1561 — 1626) o'z asarlarini yaratdi. U «Yangi organon» (1620 yil) degan ajoyib
falsafiy asarning muallifidir. Bekon bu asarda fanlarni yangidan klassifikatsiya qilib, og'irlik
markazini tabiiyot fanlariga yo'naltirgan edi. Bekon o'rta asr sxolastikasining e'tiqodli
dushmani edi. U targ'ib qilgan induktiv bilish metodi faktlarni umumlashtirgan holda o'rganishga
asoslangan bo'lib, Yevropada shu davrgacha fan rivojlanishining bevosita natijasi edi va o'z
tomonidan tabiiyotning yanada yuksalishiga hamda yangi dunyoqarashning shakllanishiga yordam berdi.
Bekon Tomas Morning «Utopiya»sidan keyingi utopik asar «Yangi Atlantida»ning .ham muallifidir.
Bu asar muallif umrining oxirida yozilgan va uning vafotidan keyin e'lon qilingan.
«Atlantida» asarida Bekon fan bilan ishlab chiqarishning aloqasi haqida o'zining ezgu g'oyasini
namoyish qildi. «Atlantida»ning yuksak sanoat texnika darajasi Bekon utopiyasining asosiy
xususiyatini tashkil qiladi.
XLVI B OB XVI—XVII ASRLARDA FRANSIYA
XVI ASRNING BIRINCHI YARMIDA FRANSIYA
XVI asrda Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti. XVI asrda Fransiya G'arbiy Yevropada markazlashgan
eng yirik davlat edi. U iqtisodiy taraqqiyotida ancha katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Fransiya
iqtisodiy jihatdan Ispaniyaga, ichki Germaniya, Janubiy Italiya va Skandinaviya mamlakatlariga
Karaganda ko'proq rivoj topgan mamlakat edi. Fransuz sanoatining ba'zi tarmoqlari endi sex
hunari ramkasidan chiqib, markazlashtirilgan hamda tarqoq manufakturalar ko`rinishida rivojlana
boshlagan edi. Ayniqsa Puatu viloyati va Pikardiyadagi movut ishlab chiqarish, Bretan`, Men va
Normaidiyadagi kalamenka va polotno ishlab chiqarish, Tur, Lion, Orlpsh va boshqa joylardagi
shoyi to'qish — manufakturaning ana shunday formalari rivojlanib borayotgan sanoat tarmoqlari
edi. Usha vaqtlardayoq Parijding att'orlik (parfyumeriya) va zarlarlik mollarining dong'i hamma
yoqqa tarqalgan edi. Italiyadan o'rganib olib o'zlashtirilgan gilam (gobelen) to'qish,
ko'zgusozlik, oynasozlik, chinni ishlash manufakturalari kabi yangi manufakturalar ham
muvaffaqiyat bilan rivojlanib bormoqda edi. 1
Fransuz bosmaxonalarida (Et`en firmasi va boshqalarda) boeilgan kitoblar Fransiyaning
o'zidagina emas, balki Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham tarqalar edi. Fransuzlar yasagan
zambaraklar XV asrdayoq butun Yevropadagi eng yaxshi to'plar deb hisoblanar edi.
Fransiya ilg'arigidek O`rta dengiz orqali qizg'in 'savdo-sotiq ishlari olib borardi. Marsel`
mamlakatning eng kattl porti bo'lib qolga^ edi. Ammo shu bilan birga Atlantika okeani bilan
bog'langan g'arbiy va shimoliy portlarning ham ahamiyati oshib bormoqda edi. Bordo, Laroshel`,
Nant, Gavr, D`epp shaharlari ham katta portlarga aylanib bormoqda edi. Lion shahrida olib
boriladigan savdo-sotiq ishlari xalqaro ahamiyatga ega bo'lish bilan birga, bu shahar g'oyat
katta pul bozori ham edi. Lion birjasi Antverpen bilan raqobat qilardi.
Ammo shunday bo'lsa ham, Fransiya iqtisodiy jihatdan Angliya bilan Niderlandyyaga qaraganda
sekinroq rivojlanmoqda edi. Fransiyaning manufakturalari mazkur ikki mamlakat
manufakturalari kabi keng (milliy) tue olmagan edi. Aholining kupchiligi qishloq xo'jaligi
bilan shug'ullanar edi. Shu bilan birga fransuz qishloqlari o'zining tipik feodal qiyofasini
saqlab kelmoqda edi. Fransiyada XVI asrda ham ishlab chiqarishdagi feodal usulning traditsion
munosabatlarida buzilish hali boshlanmagan edi desa bo'ladi, holbuki Angliyada bunday
munosabatlarning buzilib borayotganligini yuqorida ko'rib o'tgan edik.

XVI asrdagi fransuz qishlog'ining tuzumi. XVI asr Fransiyada servaj ko`rinishidagi shaxeiy


qaram dehqonlik munosabatlari kamdankam uchraydigan bo'lib qoltan edi. Dehqonlarning juda
kupchiligi chinsheviklardan, ya'ni meros yerlarga egalik qiluvchilardan iborat edi, ular umuman
olganda odat huquqiga muvofiq, yerga egalik qiluvchi ingliz dehqonlariga (kopigol`
derlarga)' o'xshardi. Dehqonlar to'laydigan senz, ya'ni pul renta (yer solig`i)si doim bir tarzda, bir
me'yorda bo'lar edi. Fransuz dvoryanlari ingliz dvoryanlaridan shu bilan farq qilardiki,
ularning dehqonlar qo'lidagi yerlarni tortib olishlari uchun biron muhim bahona yo'q edi, chunki
Fransiyada, yiriktovar qishloq xo'jaligini tashkil etishni taqozo qiluvchi ichki ham, tashqi ham
sabablar yo'q edi. Shunday qilib, fransuz dehqoni yersiz qolish xavfi ostida emas edi. Bu
jihatdan fransuz dehqonining ahvoli birodari ingliz dehqonining ahvolidan
durustroq edi. Ammo fransuz dehqonining boshqa mushkulliklari bor edi.
Avvalo, Fransiyada qishloq xo'jaligi texnikasining umumiy darajasi juda past edi. Mayda
dehqonlar yerni ishlash usullarini takomillashtirishda hech qanday yangilik kirgizolmas edilar.
Ekinlarnivg hosili avvalgidek juda past edi. Ammo feodallar dehqonlardan juda ko'p soliqlar
olardi. Odatda, Fransiyadagi chinsh (senz) Angliyaning «odat»dagi renta (yer solig`i)sidan ko'p bo'lardi.
Fransuz dehqoni o'z senyorlariga chinshdan tashqari yana qo'shimcha har xil katta va kichik to'
lovlar berishga majbur edi. So'ngra, fransuz dehqoni davlatga ham katta-katta soliqlar
to'lardi. Dehqonlardan olikadigan soliqlar markazlashgan Fransiyaning juda tez o'sib ketgan
davlat idoralarini ta'minlab turuvchi asosiy manba edi. Qirol saroyi, byurokratiya, armiya va
cherkoz g'oyat ko'p mablag' talab etardi. Davlat olgan soliqlarning bir qismi keyinchalik har
xil pensiyalar, had`yalar va hokazolar tarzida yana o'sha dvoryanlarga kelib tushardi. 'Fransuz
dehqoni pomeshchiklarga feodal renta (yer solig`i)sini aslda ikki marta to'lardi: bir marta chinsh
tariqasida va u bilan bog'liq bo'lgan har xil to'lovlar shaklida o'zining mahalliy yer egasi
senyoriga to'lar, ikkinchi (marta esa davlat soliqlary tariqasida umuman butun feodallar
sinfiga (o'ziga xos marnazlashtan feodal renta (yer solig`i)si qilib) to'lar edi. Katolik cherkovi foydasiga
ushur (desyatina) ham saqlanib qolgan edi. Biroq fransuz dehqoni bulardan boshqa yana bir
«senz» to'lashga majbur edi. Fransuz dehqonlarining juda ko'pchiligi sudxo'rlardan qarzdor
bo'lib qolgan edi. O`rta asrlar Fransiyasnda dehqonlar katta to'lov berib ozod bo'lgan edilar,
ana shu shart bilan ozod bo'lish o'sha vaqtdayoq .dehqonlarni qarzga botirib qo'ygan edi.
Keyinchalik Yuz yillik urush davridagi xonavayronlik natijasida dehqonlarning sudxo'rlarga
qaramligi yana kuchayib ketdi. Nihoyat, bu qaramlik davlat soliqlarining tinmay oshib
borganligi tufayli yanada kuchayib, mustahkamlanib ketdi, Bunday sharoitda fransuz
dehqonining qarzdan qutulishiga hech qanday imkoniyat yo'q edi. Oqibat natijada sudxo'r o'ziga
tegishli foizlarni dehqonning yeri ustiga qo'yib, uni abadiy qarzdrr qilar edi. Shunday
qilib, dehqon yer uchun aslda yana bir renta (yer solig`i) to'lashga majbur edi, bu renta (yer solig`i) esa sudxo'rga
to'lanar edi. Bu renta (yer solig`i)ning senzdan tashqari to'lov yoki qonunlashtiriltan renta (yer solig`i) degan maxsus
nomi bor edi.
Fransuz absolyutizmi va uning ijtimoiy tabiati. Ishlab chiqarishning feodal usuli va imtiyozli
feodaldvoryanlar sosloviesi asosan hukmronlik qiluvchi, ammo shuningdek ancha darajada
sanoat rivojlanishiga erishilgan va keng milliy bozor vujudga keltirilayotgan, siyosiy
markazlashtirish qadimiy va mustahkam urf-odat, an’anaga ega bo'lgan agrar mamlakat — Fransiyada
siyosiy tuzum XVI—XVII asrlarda eng rivojlangan klassik absolyutizm ko`rinishini oldi. Mam
lakatda yuqori imtiyozli soslovie bo'lgan feodal dvoryanlar sinfi fransuz samoderjaviesining
asosiy ijtimoiy bazasi edi. Ilk vaqtlardan buen qirol hokimiyati bilan mahkam bog'lanib
turgan katolik cherkovi fransuz qirollariga katta yordam ko'rsatardi. Tashkil topayotgan
burjuaziya ham, yuqorida ko'rganimizdek, o'z 'zamonida qirol hokimiyatining ishonchli itti
foqchisi bo'lib kelgan edi. O`rta asrlardagi fransuz kommunalarining tarixi bunga yaqqol
dalildir. Lekin keyinroq ham burjuaziya qirol hokimiyatiga muhtoj edi. Burjuaziyaning
markazlashgan feodal davlat bilan bog'lanishining yangi muhim ko`rinishi davlatning moliyaviy
ishlaridan burjuaziyaning manfaatdorligi edi. Davlat xarajatlari (ayniqsa urushlar mu
nosabati bilan) ortib borgan sari davlat burjuaziyadan ko'p
roq qarz olardi. Burjuaziya bilan davlat xo'jaligi o'rtasidagi aloqaning yana bir ko`rinishi —
otkup (ijaraxo'rlik) sistemam zdi. Deyarli hamma bilvosita soliqlarni to'plash moliyachi
kapitalistlarga topshirilardi, ular esa aholidan soliq pullarini o'z agentlarining yordami
bilan o'zlari yig'ib olar va bunda davlatga ijaraxo'rlarning odatda «oldin» to'lagan pullari
summasidan ancha ko'proq qilib yig'ib olar edilar. Fransiyada otkup sistemasi dastlabki
kapital jamg'arilishining o'ziga xos ko`rinishi edi. Buning ustiga burjuaziya feodallar davlati
apparatidan yana o'ziga xos bir tarzda ham foydalanardi. O`rta asrlar oxiridan boshlab,
Fransiyada davlat mansablarini pulga sotish va sotib olish tartibi mahkam o'rnashib qolgan
edi. Burjuaziya bunga foyda keltiruvchi savdo muomalasining bir xili deb qarardi. Mansabni
sotib olish uchun sarf qilingan kapital keyinchalik, burjua amaldorlarga yumushi tushib
turadigan xalq ommasidan keladigan daromad hisobigaortig'i bilan mansab egasiga qaytib
kelishi shart edi. Sudlardagi har xil mansablar ayniqsa ko'p daromad keltirardi.
Yirik fransuz burjuaziyasining ko'pchiligi o'z manfaatlari jihatidan absolyutizm bilan
chambarchas bog'langan edi va xonavayron bo'lgan dvoryanlarning mol-mulklarigina emas, balki
ularning titullari va unvonlarini ham egallab olib, sekinasta dvoryanlashmoqda edi. Mayda
burjuaziyaga kelganda, uning o'zi davlatning ag'ir moliyaviy zulmi dastidan azoblanmoqda
edi. Dehqonlar bilan birga shahar mayda burjuaziyasining ham davlat soliqlari tufayli
tinkasi qurimoqda edi. Moliyachi boylar va ularning bir tuda agentlari bo'lgan soliq
to'plovchilarga shaharlardagi mehnatkashlar ommasi ham, xuddi qishloq mehnatkashlar ommasi
singari juda nafrat bilan qarardn. Soliq to'plash munosabati bilan ko'tarilib turgan
qo'zgolonlar XVI va XVII asrlardagi fransuz shaharlari va fransuz viloyatlari tarixida eng
muhim ijtimoiysiyosiy hodisalardan biridir.
Frantsisk I davrida absolyutizmning muvaffaqiyatlari. Qirol Frantsisk I davrida (1515—1547)
qirol hokimiyati g'oyat zo'r qudratga ega bo'lgan edi. Frantsisk I (Fransua I) dastavval
cherkovni tamomila o'ziga bo'ysundirdi. Papa Lev X bilan Bolonda tuzilgan konkordatga ko'ra,
fransuz qiroli barcha fransuz yepiskoplarini vazifalarga o'zi tayinlaydigan bo'ldi. Shu bilan
birta pana fransuz cherkovidan keladigan daromadlarning ko'pchilik qiomini qirolning o'zi
olishi uchun huquq berdi.
So'ngra, Frantsisk I Bosh shtatlarni mutlaqo chaqirman qo'ydi. Garchi u uzoq vaqt qirollik qilgan
va uning davrida doim urushlar bo'lib, odatda bunday vaziyatda fransuz qirollari shtatlarni
chaqirishga majbur bo'lgan bo'lsalar ham, Frantsisk I davrida Bosh shtatlar bir marta ham
chaqirilma* di. Frantsisk I qonun chiqaruvchi hokimiyat tanho o'z qo'limda bo'lishi^lozim, deb
bilar va.bu hokimiyatni vakillar yig'ini bilan o'rtoqlashishni sira istamas edi. Uning
huquqshunoslari haloyiq oldida ochiqdanochiq: qirol hokimiyatini hech kim va hech narsa cheklab
qo'yolmaydi, deb e'lon qilardilar.. 1527 yilda Parij parlamentining prezidenti majlisda
hozir bo'lgan qirolga murojaat qilib: «Siz qonundan yuqori turasiz, sizni qonunlar va
ordonanslar hech narsaga majbur etolmaydi va umuman sizni bironbir narsaga majbur qila
oladigan hokimiyatning o'zi yo'q» degan edi. •
Do'rust, Bosh Parij shtatlari bo'lmaganligidan, parlament qirol edikt, (farmon)larini
ro'yxatga olish huquqiga asoslanib, qirol hokimiyatini cheklovchi organ bo'lib olishga urinib
kurgan edi. Ammo u bunga muyassar bo'lolmadi. Frantsisk I faqat oliy sud palatasi sifatida
parlamentga taalluqli bo'lgan sud ishlaridan tashqari, davlatning boshqa ishlariga uning
aralashishini man qildi.
Qirol; davlat boshqarmasining maydachuydalariga ham shaxsan o'zi aralashardi, Butun markaziy
boshqarma ishi qirol kengashi qo'lida edi. Bu kengash turli nomdagi bo'limlarga: Katta va Kichik
kengashlar (Kichik kengash odatda qirol ishtirokida bo'lardi), Moliya kengashi, Xat aloqalari
kengashi, Siyosiy yoki Davlat kengashi (bu kengash tashqi ishlar bilan shug'ullanardi) va
boshqalarga bo'lingan edi. Bu bo'limlar umuman markaziy organlar bo'lib, keyinchalik paydo
bo'lgan bosh (vazirliklar: ichki ishlar, moliya, yustitsiya,tashqi ishlar .va hokazo
vazirliklarga moe kelardi.
Ital`yan urushlari. Uzining o'tmishdoshlari qirol Karl VIII va Lyudovik XII ga o'xshab, Frantsisk
I ham ital`yan urushlarini davom ettirdi. U Karl V Gabsburg bilan to'rt marta: 1521— 1525,
1527—1529, 1536—1538 va 1542—1544 yillarda urush qildi. Frantsisk 1^urushlarda ayrim
muvaffaqiyatlarga erishgan va diplomatiya sohasida katta iste'dod egasi bo'lib, Gabsburglarga
qarshi kurashda o'ziga juda ko'p (shu jumladan turk sultonini ham) ittifoqchi qilib olgan
(bo'lsada, Italiyadagi urushlar fransuz feodallari uchun muvaffaqiyatsiz tugagan edi. 1525
yilda Paviya yonidagi jangda mag'lubiyatga uchragaiida Frantsisk I hatto o'zining qudratli
dushmani qo'liga asir bo'lib ham tushib qolgan edi. So'nggi urush vaqtyda Karl V Fransiya
hududiga bostirib kirib, Parijga hujum boshladi. Ammo aholi ommasi, xususan dehqonlar
bosqinchilarga juda qattiq qarshilik ko'rsatdilar. German pro^yestans knyazlarining im
peratorga qarshi qo'zg'olon ko'tarishiga tayyorlanayotganliklaridan xabardor bo'lib qoltan Karl V
Fransiyada urush harakatlarini davom ettirishdan voz kechishga majbur bo'ldi. U Frantsisk I
bilan sulh tuzdi; 1544 yilgi (Krepi shahrida tuzilgan) shartnomaga binoan har ikkala tomon
urushib olgan, yerlaridan «oz kechdi. ' '
Frantsisk I o'lgandan keyin uning vorisi Genrix II davrida (1547—1559) ital`yan urushlari yana
boshlanib ketdi. Bu urush_ l ar 1559 yilda KatoKambrezi shahrida tuzilgan sulh bilan
tugadi. Bu sulh bitimiga muvofiq Genrix II Italiyadan tamo * mila voz kechdi. Ammo Filipp
II Ispanskiy ham o'z tomonidan muhim bir masalada yon berdi: Fransiya Mets, Tul` va Verden
shaharlari bilan birlikda Lotaringiyaga (yuqori Lotaringiya deb atalgan yerlarga) ega bo'lib
qoldi. Bu bilan "Fransiya davlati o'zining hamma yerlarini tamomila birlashtirib, deyarli
hozirgichegaralarigacha bo'lgan yerlarga ega bo'ldi1.
.Fransiyadagi Uyg'onish. Italiyaga qilingan yurishlarning oqibatlaridan biri shu bo'ldiki, fransuz
jamiyati o'sha zamon Yevropasida eng go'zal va nafis madaniyat bo'lgan ital`yan madaniyatini
o'zlashtirib oldi. Italiyaga borib kelgan fransuz dvoryanlari ital`yanlarning rasmodatlari,
odobqoidalari va kiyimlarini o'zlashtirib oldilar. Fransiyada juda ko'p kishilar ital`yan
ilm-fany, san'ati va adabiyotini sevib, unga taqlid qila boshladilar. Qirol saroyi Uyg'onish
davr yangi madaniyatining asosiy markazi bo'lib qoldi. Qirolning Parijdagi g'oyat go'zal Luvr
saroyi ital`yan arxitekturasi uslubida qurildi, xuddi shu uslubda shahar tashqarisida bir
qancha qasrlar ham solindi. Qirolning singlisi — malika Margarita Navarrskaya iste'dodli
shoira bo'lib, bir qancha gumanist adiblar, shoirlar va rassomlarni o'z atrofiga to'plagan edi.
Germaniyadagi singari, Fransiyada ham antik avtorlarning ijodlarini zo'r berib o'rgana
boshladilar. Atoqli filolog Giyom Byude (1460—1540) qadimgi grek tilini goyat yaxshi bilishi
bilan mashhuredi. Uni mashhur nemis gumanist filologaga o'xshatib «fransuzlarning Reyxlini»
deb atardilar. Jak Lefevr d' Etapl` (1455—1537) atoqli gumanist, faylasuf, geograf va
(matematik bo'lib, uning nomi ham fransuzlar islohattsiyasi (ko`rinishi)ning boshlanishi bilan bog'liqdir.
Sxolastik urf-odat, an’analarga mahkam yopishib olgan eski Parij universiteta (Sorbonna) ga
qaramaqarshi o'laroq, yangi_ tashkil toptan Fransuz kolledji gumanizmning ilmiy markazi
bo'lib q'olgan edi; bu kolledj o'ziga xos gumanistik akade • .miya edi. Jahonga dong'i ketgan
Fransua Rable (1494— 1553) fransuz gumanizmining eng katta namoyandasi edi. Buyuk fransuz
satirigi Rable yozgan «Gargantyua va Pantagryuel`» degan roman yeodallar jamiyatining
sharmandasini chiqargan, o'tkir fikrlar va achchiq kinoyalarga to'libtoshgan g'oyat zo'r va kuchli
satirik asardir. Rable bu asarida xalq yaratgan sodda romanlar ko`rinishidan foydalanib,
feodallarni beso'naqay, yeb to'ymas, ichkilikboz,. janjalkash kishilar qilib, oliy va
farosatli motivlardan mutlaqo mahrum hayvonlardek hayot kechiradigan kishilar qilib
ko'rsatady.
Shu bilan birga, Rable o'z romanida, gumanistik ilmma'rifat va tarbiya uchun kurashchi, tabiat
va kishini o'rganadigan yangi fanni joriy qiluvchi tashabbuskor, sxolastikaning dushmani
sifatida maydonga chiqdi, u sxolastikani insoniyatdan yorug'likni vaqtincha to'sib turuvchi
«gotik va varvarlar tumani» deb atagan edi. ..
Fransiyada islohattsiya. Fransiyada islohattsiya ham gumanistlar doirasida boshlandi. Lefevr d'
Etapl` 1512 yildayoq «Apostol Pavelning maktublari» haqida degan kitobi bilan maydonga
chiqkan edi. U o'zining bu kitobida Lyuterga o'xshab, «najot yo'li — dindir» degan g'oyani ilgari
surgan edi. Lefevr 20yillarda tavrot (bibliya)ni fransuz tiliga tarjima qila boshlagan edi.
Ammo Lefevr islohattsiyani tayyorlab bergan bo'lsada, protestant bo'lmagan edi. U hayotining
oxirigacha rasman katolik bo'lib qolaverdi. Lefevrning shogirdi va Mo shaharchasining
yepiskopi Brisone ustozidan aicha o'tib ketib, Mo shahrida Fransiyadagi birinchi protestantlar
jamoasini tuzdi, lekin bu jamoa keng yoyila olmadi. Fransiyaga Lyuterning ko'pgina izdoshlari
ko'chib kelishi munosabati bilan bu mamlakatga Lyuter g'oyalarining kiritilishi
protestantizmning yoyilishiga ko'proq ta'sir ko'rsatdi. Avval boshda Kal`vinning o'zi ham
Lyuterning izdoshi edi, u faqat ~keyin, 30yillarga kelib, bu ta'limotni chuqurlashtirdi va
radikallashtirdi. Ammo Fransiyada yangi .protestantlik dinining ijtimoiy negizi keng emas edi.
Mamlakatning shimolidagi shu jumladan, Parijning yirik burjuaziyasi ham katolik diniga
mahkam yopishib olgan edi, chunki qirol singari katolitsizm ham Fransiyadagi milliy
birlikning simvoly edi. Fransiyada katolik cherkovi Germaniyadagi singari papaga tobe emas
edi. Bu cherkov tamomila qirolga bo'ysunardi. Fransiyada dehqonlar katolitsizmga juda
berilgan edi. Bunga sabab fransuz agrar munosabatlari konservativ xarakterda bo'lganligi
va bu vaqtlarda Fransiya qishloqlarida ijtimoiy ziddiyatlar Germaniya bilan Angliyadagi
singari juda keskin tuoga kirmaganligidir. Nihoyat, fransuz dvoryanlari ham avval boshda
islohattsiya bilan u qadar qiziqmagan edilar. Fransuz dvoryanlarining eng faol qismi
Italiyadagi urushlar bilan band edi.
Frantsisk I bir oz vaqt 'mamlakatda islohattsiey g'oyalarning yoyilishiga chidab, indamay keldi,
chunki u Karl V ga qarshi olib borayotgan kurashida german protestant knyazlaridan madad olib
turar edi. Ammo 30 yil o'rtalarida qirol hukumati «yeretiklar»ni juda qattiq ta'qib qila
boshladi. 1635 yilda lyuteranlardan 35 kishi o'tda kuydirildi va 300 kishi qamoqqa olindi.
1540 yilda Fransiyada inkvizitsiya joriy qilindi. Yeyilib borayotgan kal`vinizm ma'murlarni
ayniqsa
<5r1
katta tashvishga solib qo'ydi. Genrix II davrida^^nTRPsorolning mamlakatni idora qila
boshlagan birinchi yildayoq kal`vinistlarni jazolash uchun favqulodda tribunal tuzildi. Yangi
sud dabdabali nom bilan «Utli palata» deb ataldi.
1547 yildan to 1550 yilgacha o'tgan uch yil mobaynida «Utli palata» 500 tacha hukm chiqardi,
bundan 60 tasi o'lim jazosi to'g'risidagi hukm edi.
Lekin shunga qaramasdan Fransiyada islohattsiya rivojlana bordi. Garchi dehqonlar «yeres`»ga
beparvo munosabatda bo'lib, burjuaziyaning yuqori qatlami va saroyga yaqin dvoryanlar eski
katolik cherkovini bor kuchlari bilan himoya qilgan bo'lsalarda, shaharlarda kal`vinizmga
tarafdor bo'lganlar anchagina topilar edi. Janubiy va g'arbijanubiy shaharlar, sobnq
al`begoychilar harakatining markazlari kal`vinizmga ayniqsa moyil edilar. Qal`vinistlar,
yoki — Fransiyada ularni ataganlaricha — gugenotlar1 Fransiyaning; janubida 30
va 40yillarda ayniqsa ko'payib ketishdi. Ayni zamonda janubiy fransuz dvoryanlari
ham zo'r berib kal`vinizmga qo'shila boshladilar. Bularning ko'pchiligi Fransiyaning janubi va
janubig'arbiy qismidagi o'rta va mayda dvoryanlar edilar. Mahalliy shaharlar bilan bog'liq
bo'lgan, tor provintsial kayfiyat=dagi va qisman hali patriarxal sharoitdan chiqmagan
shu dvoryanlar kal`vinizmni o'zlarining «sof dini» deb bilar, markazlashgan katolitsizm
ideologiyasiga qaramaqarshi o'laroq, ideologik jihatdan o'zlarining mahalliy
partikulyarizmini aks ettiruvchi din deb bilardi, chunki ular katolik dinini qirol va
Parij dini deb, XVI asrda ham janubliklar uchun yot bo'lib qola bergan Shimoliy
Fransiya dini deb bilar
dilar.
Ammo vaqt o'tishy bilan siyosiy mulohazalarga ko'ra, janubdagina emas, balki Fransiyaning
boshqa mintaqalaridagi yirik feodal aristokratlar ham gugyonotlarga qo'shildilar. Chunki
gugenotlarning cherkov tashkiloti hamda gugenot dvoryanlar bilan shaharliklar ommasi qirol
hokimiyatiga qarshi kurashda protestantlar uchun kuchli dasta!k bo'lishi mumkin edi.
GUGENOTLAR URUSHI
XVI asr o'rtalarida fransuz monarxiyasining inqirozi. 50—
60 yillarda fransuz monarxiyasi og'ir inqirozni boshidan qschirmoqda edi. Ital`yan urushlari
muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Fransuz feodallarining harbiy o'ljalar olamiz, Italiyada yer
va mansablarga ega bo'lamiz deb kutgan umidlari puchga chiqdi. Dvoryanlar, shu jumladan
ularning yuqori qatlami bo'lgan aristokratiya ham, bu muvaffaqiyatsizlikdan juda g'lzabga
kelib, buning uchun qirol bilan saroyni aybladn. Urushdan keyin aristokrat
dvoryanlarning iqtisodiy ahvoli juda yomonlashib, xonavayronlikka. yaqinlashib qoldi.
Aristokratiyaning xarajati doim kupaya borganligidan, ularning yeridan keladigan
daromadi bu xarajatlarni qoplay olmaydigan bo'lib qoldi. Boshlanib ketgan narxlar
inqilobi umuman fransuz dvoryanlari ahvoliga og'ir ta'sir ko'rsatdi] Bu dvoryanlar
dehqonlardan traditsion .belgilangan shaklda pul to'lovlari olardilar. Cherkov yerlarini
sekulyarizatsiya'qilish masalasi endilikda dvoryanlar uchun aktual masala bo'lib qoldi.
Dvoryanlar siyosiy sohada ham .markaziy hokimiyatning yon berishiga erishmoq uchun
gugenotlarning tashkilotlari .va gugenotlar harakagidan darhol foydalanish payiga tushdylar.
Genrix II vorislarining zaif bo'lganligi feodallar oppozisiyasining ularga qarshi chiqishini
osonlashtirdi.
Fransiyada shu tarzda uz.oq davom ztgan o'zaro urush boshlanib ketdi. Gugenotlar urushi
(Fransiyadagi kal`vinistlar nomidan (yoki fuqarolar urushi (Les Gulrres Civiles),. degan nom
bilan mashhur bo'lgan bu urush hammasi bo'lib o'ttiz yildan ko'proq davom etib, Fransiyaning
shundan keyingi tarixiga g'oyat katta ta'sir ko'rsatdi.
Keyingi Valualar. 60 yillar boshida gugenotlar va katoliklar.'Genrix II dan keyin ketma
ket uning uch o'g'li: Frantsisk II (1559—1560), Karl IX (1560—1574) va Genrix III (1574—1589)
. qirollik qildi. Ular kam qobiliyatli hukmronlar edi, ba'zi hollarda esa, hatto balog'atga
yetmasdanoq mamlakatni idora qila boshlab, saroydagi har xil feodal guruhlarining fitna
nayranglari uchun. osongina qurol bo'lib qolardilar. Frantsisk II davrida saroyda
lotaringiyalik feodal Gizlar oilasi yetakchilik qildi, 10 yoshda qirollik kila boshlagan Karl
IX vaqtida esa uning onasi — kelib chiqishi jihatidan ital`yan bo'lgan Yekaterina
Medichi qirollikda regentlik qilgan edi. U o'z favoritlari bilan birlikda hokimiyatni
boshqarib turdi. 60 yillar boshida eng yirik feodallar ikkita diniysiyosiy guruhga
ayniqsa keskin bo'linib ketdilar. Feodallarnint bir qismi Gizlar boshchiligidagi
katolitsizm tomonida edi. Yekaterina Medichi ularning haddan tashqari mansabparastli
gid'an cho'chisa ham, ularga qo'shilgan edi. Boshqa bir oppozitsion kal`vinchigugenotlar

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish