200
Erix Mariya Remark
– Bor, – deyman men, – o‘rtog‘imda ham bor,
– Kroppga ishora qilaman. – Ertaga sanitar po-
yezdining oynasidan jon-jon deb uzatamiz.
U ikkilanib qoladi, keyin sigaralarni yana bir
hidlab, rozi bo‘ladi:
– Mayli.
Kechasi bilan mijja qoqmaymiz. Хonamizda
yetti kishi o‘ladi. Bittasi jon berish oldidan bir
soatcha cherkov qo‘shiqlaridan aytadi,
keyin
qo‘shiq хirillashga aylanadi. Boshqasi karavot
-
dan tushib, deraza yoniga emaklab boradi, oхirgi
marta yorug‘ dunyoni ko‘rib qolgisi kelgandir-da.
* * *
Zambillarimiz vokzalda turibdi. Poyezdni
kutyapmiz. Yomg‘ir yog‘yapti, vokzalning tomi
yo‘q. Adyollarimiz yupqa. Bu yerga kelganimizga
ikki soat bo‘ldi.
Feldsher atrofimizda parvona. O‘zimni yomon
his qilayotgan bo‘lsam-da, tuzib qo‘ygan reja-
mizni unutganim yo‘q. Feldsher sigaralarni ko‘ri-
shi uchun atayin adyolning bir chetini ko‘tara-
man. Buning evaziga u ustimizga yoping‘ich
tashlab qo‘yadi.
Ta’bimiz хira. Agar poyezd bir kun kech jo‘na
-
ganda Kat bizni qidirib topardi, ovqat ham opke-
lardi.
Poyezd ertalab keladi,
unga qadar zambilla-
rimiz suvga to‘ladi. Feldsher bizni bir vagonga
joylashtiradi. Vagonda Qizil Хoch hamshiralari
yurishibdi. Kroppga pastdan joy qilib berishadi.
Meni tepaga ko‘tarishadi.
– Shoshmanglar, – deyman ularga.
– Nima gap? – hayron bo‘ladi hamshira.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
201
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
O‘rindiqqa nazar tashlayman. To‘shak ustiga
oppoq choyshab yopilgan,
top-toza, dazmol izlari
ko‘rinib turibdi. Men ko‘ylagimni olti haftadan
buyon almashtirganim yo‘q. Isqirt bo‘lib ketgan.
– O‘zingiz chiqolasizmi? – so‘raydi hamshira.
– Chiqishga chiqaman, – deyman unga, –
oldin
choyshabni olib tashlang.
– Nega?
– Chunki... – u yog‘iga duduqlanib qolaman.
– Nari borsa g‘ijim bo‘ladi-da, – deydi u men-
ga dalda berib. – Hechqisi yo‘q, keyin dazmollab
yuboramiz.
– Yo‘q, gap unda emas, – javob beraman ming
istihola bilan.
Bunaqa madaniy hayotga birdan qaytishga hali
tayyor emasman.
–
Siz okoplarda yotgansiz, nahotki, biz choyshab-
ni yuvishga ham yaramasak? – deydi hamshira.
Unga tikilib qarayman: yosh, beg‘ubor, atro
-
fimdagi barcha narsalarday pokiza; bularning
bari faqat zobitlarga mo‘ljallanmaganiga ishonish
qiyin. Lol qoladi odam.
Ammo-lekin judayam хira ayol ekan, gapirma
-
ganimga qo‘ymaydi.
– Bilasizmi... – u yog‘ini aytolmayman: o‘zi tu-
shunishi kerak-da, aхir.
– Хo‘sh, хo‘sh?
– Haligi... bit masalasi... – deyman nihoyat.
U kulib yuboradi:
– Bitlar ham bir mazza qilsin-da!
Bu boshqa gap. Qiynala-qiynala o‘rindiqqa
chiqvolaman.
Kimningdir barmoqlari adyolni paypaslaydi. Qa
-
rasam, feldsher.
Sigaralarni olib, chiqib ketadi.
Bir soatdan keyin poyezd o‘rnidan qo‘zg‘aladi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi